CRIMES RELATED TO THE TRANSFERRING MATERIALS PROMOTING EXTREMISM, SEPARATISM AND IDIOLOGY ACROSS THE CUSTOMS BORDER OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Raxmatov, M. (2024). CRIMES RELATED TO THE TRANSFERRING MATERIALS PROMOTING EXTREMISM, SEPARATISM AND IDIOLOGY ACROSS THE CUSTOMS BORDER OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 3(1), 201–215. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28972
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

В статье описаны правовая борьба и организационные механизмы против перемщения через таможенную границу Республики Узбекистан материалов, пропагандирующих экстремизм, сепаратизм или фанатизм. На основе проведенного исследование сделаны общие выводы, даны практические рекомендации по борьбе с незаконным оборотом материалов, пропагандирующих религиозный экстремизм, сепаратизм и фанатизм.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

201

EKSTREMIZM, SEPARATIZM VA AQIDAPARASTLIKNI TARG‘IB QILUVCHI

MATERIALLARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA

CHEGARASIDAN O‘TKAZISH BILAN BOG‘LIQ JINOYATLAR

Mirjon Mo‘minovich Raxmatov

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

“Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura tinglovchisi.

E-mail:

rahmatov1778@gmail.com.

Phone: +99899 862-50-54.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10636952

Annotatsiya.

Maqolada ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi

materiallarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazishga qarshi huquqiy
kurash va tashkiliy mexanizmlari yoritilgan. Amalga oshirilgan tadqiqot asosida umumiy
xulosalar berilgan, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi
materiallarning noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

bojxona organlari, kontrabanda jinoyati, ekstremizm, separatizm,

aqidaparastlik, noqonuniy aylanmasi, jinoyat, tergov harakatlari, tergovga qadar tekshiruv,
javobgarlik, jazo.

ПРЕСТУПЛЕНИЯ, СВЯЗАННЫЕ С ПЕРЕДАЧЕЙ МАТЕРИАЛОВ,

ПРОДВИГАЮЩИХ ЭКСТРЕМИЗМ, СЕПАРАТИЗМ, И ИДЕОЛОГИЮ ЧЕРЕЗ

ТАМОЖЕННУЮ ГРАНИЦУ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Аннотация.

В статье описаны правовая борьба и организационные механизмы

против перемщения через таможенную границу Республики Узбекистан материалов,
пропагандирующих экстремизм, сепаратизм или фанатизм. На основе проведенного
исследование сделаны общие выводы, даны практические рекомендации по борьбе с
незаконным оборотом материалов, пропагандирующих религиозный экстремизм,
сепаратизм и фанатизм.

Ключевые Слова:

таможнные органы, контрабандная преступность, экстремизм,

сепаратизм, фанатизм, незоконный оборот, преступность, следственные действия,
досудебное расследование, ответственность, наказание.

CRIMES RELATED TO THE TRANSFERRING MATERIALS PROMOTING

EXTREMISM, SEPARATISM AND IDIOLOGY ACROSS THE CUSTOMS BORDER

OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract.

The article describes the legal struggle and organizational mechanisms against

the transfer of materials promoting extremism, separatism and fanaticism across the customs
border of the Republic of Uzbekistan. Based on the conducted research, general conclusions are
given, practical recommendations are given to fight against the illegal trade of materials
promoting religious extremusm, separatism and fanaticism.

Key words:

customs authoritties, smuggling crime, extremism, separatism, fanaticism,

illegal circulation, crime, investigative actions, pretrial investigation, responsibility, punishment.



background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

202

K I R I SH

“Hammamizga maʼlumki, hozirgi vaqtda yon atrofimizda diniy

ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy
migratsiya, «ommaviy madaniyat» degan turli balo-qazolarning
xavfi tobora kuchayib bormoqda”

1

.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

Hozirgi zamon xalqaro munosabatlari o‘zining ko‘lami, tabiati va mazmuni jihatidan

boyiganligi bilan ajralib turadi. Ularning negizini esa xavfsiz hamkorlik tashkil etadi. XXI asrning
boshida xalqaro hamjamiyat o‘z taraqqiyotining murakkab davrini boshidan kechirmoqda. Bu davr
fundamental muammolar va xalqaro xavfsizlikka real tahdidlarning ko‘payishi bilan tavsiflanadi.

Bugungi davrda davlat boshqaruvi organlarining “Davlat — inson uchun” tamoyili asosida

hududiy masalalarni hal qilishdagi masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning
strategik yoʻnalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish maqsadida, qabul
qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-
huquq islohotlari jarayoniga taʼsirini kuchaytirishga yoʻnaltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati
sifatini tubdan oshirish masalalariga muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadigan tadqiqot
yoʻnalishi sifatida alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kunidagi“2022-2026-yillarga

moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son
Farmonning 16-maqsadiga muvofiq, Jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning sodir
etilishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali
tizimini yaratish lozimligi alohida belgilab qoʻyilgan.

Asosiy qism.

XXI asrga kelib texnikaning keng rivojlanishi ular ustidan bojxona nazoratini

taʼminlashning yangi shakllarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Аvvallari, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan, ekstremistik, separatistik,

aqidaparastlik, terroristik, pornografik va shunga o‘xshash mazmundagi materiallar bosma
nashrlar (kitob, varaqa) ko‘rinishida olib o‘tilib, ko‘paytirilib, tarqatilgan bo‘lsa, hozirda bunday
materiallar elektron maʼlumot tashuvchi tashqi xotiralarda olib o‘tilmoqda. Yaʼni, bu kabi
materiallarni noutbuk, smartfon, uyali telefon, xard disk, USB fleshka va boshqa shunga o‘xshash
qurilmalar xotirasiga yozgan holda bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi kuzatilmoqda.

Shu sababli, bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan fuqarolarning axborot tashuvchi

qurilmalarini nazoratdan o‘tkazish mamlakatimiz hududiga olib kirilishi taʼqiqlangan
materiallarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirilishini oldini olishda alohida ahamiyat kasb
etmoqda.

Ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar kontrabandasiga

qarshi kurashish Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri
hisoblanadi.

1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom

ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz” asari T: “Oʻzbekiston”-2017-y., 206-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

203

Mazkur faoliyatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (146-

modda), “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi (7-modda), "Terrorizmga qarshi kurash
to‘g‘risida"gi (8-modda), “Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi (10-modda), “Jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi (2004-y), “Ekstremizmga
qarshi kurash to‘g‘risida”gi (2018-y), “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi (2010-y), “Vijdon erkinligi
va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi (2021-y) Qonunlar, JPK va boshqa qonunchilik hujjatlariga
asosan jinoyatlarni aniqlash, oldini olish va fosh etish orqali mazkur jinoyatga qarshi kurash olib
boradilar.

Dunyoda terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki

psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, axborot texnologiyalari
sohasidagi jinoyatlar soni izchil oshib borayotgan (2016-yilda ko‘plab mamlakatlarda turli
hajmdagi 1787 ta terakt sodir etilgan. Dunyoda terrorizm qurbonlari statistikasi 13759 nafar kishi
halok bo‘lgan, 16683 nafar kishi jarohatlangan

2

; 2020-yilda 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan har

o‘n sakkizinchi yer aholisi, ya’ni 284 million kishi

(aholining 5,6%)

oxirgi 12 oy ichida kamida

bir marta giyohvandlik vositalarini iste’mol qilgan

3

; Bolalar fondi YUNISEF ma’lumotlariga

qaraganda shimoli-sharqiy Nigeriyada 2019-yil 1-yanvardan 17-iyun oralig‘ida odam bombasi
sifatida ishlatilgani aytilgan bolalar sonini 5 nafarga yetkazdi. 2018-yilda xushkudlik hujumlarida
48 nafar bola, jumladan 38 nafari qiz bolalar o‘z joniga qasd qiluvchi terrorist sifatida qurbon
bo‘lgan

4

), ularga qarshi kurashda maxsus bilim va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga

bo‘lgan ortib borayotgan hozirgi sharoitda jinoyat ishlari bo‘yicha kriminalistik metodikasini
takomillashtirish masalasi dolzarb sanaladi.

Kontrabanda

(lotincha “kontr.” — “qarshi” va ital. “bando” — “hukumat farmoni”) —

“Hukumat farmoniga qarshi” degan ma’noni anglatadi. Mamlakatga olib kelish va olib ketish
taqiqlangan tovarlar, qimmatbaho buyumlar, valyuta boyliklari va boshqalarni davlat chegarasidan
qonunga xilof (yashirincha) usullarda oʻtkazish, shuningdek, taqiqlangan mollarni olib oʻtish
uchun noqonuniy harakatlar qilish. Bojxonadan oʻtkazilmagan, xususan, bojxona nazoratidan
tashqari yashirincha, topish qiyin boʻlgan vositalar orqali yoki hujjatlar (deklaratsiya)da
koʻrsatilmagan mollar noqonuniy olib oʻtilgan hisoblanadi. Bunday noqonuniy oʻtkaziladigan
mol-mulkning oʻzi ham kontrabanda deyiladi. Kontrabanda qonun bilan jazolanadi. Xalqaro
qonunlarga koʻra, kontrabanda tovarlari musodara qilinadi, aybdorlar jarima toʻlaydi yoki jinoiy
javobgarlikka tortiladi

5

.

Qonun chiqaruvchi quyidagi ijtimoiy xavfli qilmishni kontrabanda jinoyati sifatida

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (JK) 246-moddasida belgilagan bo‘lib, unga ko‘ra,

Kontrabanda, ya’ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud

bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib,
deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli ta’sir qiluvchi,
zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-

2

Vawilon.ru/statistika-terrorizma/statistika terrorizma v mire.

3

Vsemirniy doklad o narkotikax 2022 god. www.unodc.org / wdr 2022 / field / WDR_Booklet1_Exsum_Russian.pdf.

4

UNICEF Press release, Use of children as ‘human bombs’ rising in north east Nigeria, 17 June 2019 (URL:

https://www.unicef.org/media/media).

5

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

(2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

204

yarog‘, o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm,
separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasining
bojxona chegarasidan o‘tkazish

— besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in qurolining boshqa turlarini, shunday

qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan material va moslamalarni, radioaktiv
materiallarni, shuningdek giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni
ko‘p miqdorda kontrabanda qilish

— o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

6

.

Har qanday jinoyatga taʼrif berishda, avvalo uning tarkibi haqida tushunchaga ega bo‘lish

lozim. Jinoyat huquqida jinoyat tarkibi – bu, jinoyat qonunida muayyan ijtimoiy xavfli qilmishni
jinoyat sifatida tavsiflaydigan obyektiv va subyektiv elementlar, ulardagi belgilarning minimal va
yetarli majmuidir. Shaxsning harakatlarida maʼlum bir jinoyatning tarkibi bo‘lgandagina va
harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlangan qilmish uchungina, u jinoiy javobgarlikka tortilishi
mumkin.

Jinoyat tarkibini jinoyat obyekti va obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni tashkil

etadi.

Kontrabanda jinoyati

predmetlari

JK 246-moddasi dispozitsiyasiga asosan:

— kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi;
— portlovchi moddalar;
— radioaktiv materiallar;
— portlatish qurilmalari;
— qurol-yarog‘, o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlari;
— giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar;
— diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar;
— kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni

yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan material va moslamalar hisoblanadi.

Kontrabanda predmetlarini davlat chegarasi orqali qonunga xilof ravishda oʻtkazish,

tegishli shartlar mavjud boʻlganda, jinoyatlar majmui tariqasida Jinoyat kodeksining 246-moddasi
h amda radioaktiv materiallar, giyohvandlik vositalari, kuchli taʼsir qiluvchi zaharli,
zaharlovchi, portlovchi moddalar, qurol-yarogʻ, portlatish qurilmalari va boshqalar bilan muomala
qilish qoidalarini buzganlik javobgarlikni keltirib chiqaruvchi moddalar boʻyicha kvalifikatsiya
qilinishi lozim.

Bojxona chegarasi orqali JK 246-moddasining

birinchi qismida

qayd etilgan kontrabanda

ashyolarini o‘tkazishda ifodalangan harakatlarni kvalifikatsiya qilishda kontrabanda predmetlari
miqdori huquqiy ahamiyat kasb etmaydi.

Agar shaxs JK

182-moddasi

ta’siriga tushuvchi tovarlarni bojxona chegarasi orqali

o‘tkazish bilan bir qatorda kontrabanda jinoyatini sodir etsa, uning harakatlari JK

182

va

246-

moddalarida

nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi.

6

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 246-moddasi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

205

Diniy materiallar bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda olib o‘tilgan har bir holatda

shaxsning harakatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun ularda diniy ekstremizm, separatizm,
aqidaparastlik g‘oyalari targ‘iboti mavjud yoki mavjud emasligi masalasini aniqlash maqsadida

sud-dinshunoslik ekspertizasi

tayinlanishi lozim. Agar ekspertiza natijalariga ko‘ra diniy

mazmundagi materiallarda ekstremizm, separatizm, aqidaparastlik g‘oyalari targ‘iboti mavjudligi
aniqlansa, shaxsning harakatlari JK

246-moddasi

bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi

7

.

Bunda, birinchi navbatda, kontrabanda jinoyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga

olish zarur:

subyekti

– oʻn olti yoshga toʻlgan har qanday jismoniy shaxslar (jinoiy zanjirning har

qanday ishtirokchisi: tashkilotchi – ishlab chiqaruvchi – tashuvchi, tarqatuvchi – foydalanuvchi
(isteʼmolchi) yoki mulkdor;)

-

subyektiv tomondan

– yaʼni qonunbuzarning o‘z harakatlariga bo‘lgan ruhiy

munosabati bo‘lib, mazkur jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatni mazkur modda bilan
kvalifikatsiya qilish uchun motiv va maqsadning ahamiyati yo‘q;

-

obyekti

– jamoat xavfsizligi, jamoat tartibi va aholi salomatligi;

-

obyektiv tomondan

– kontrabanda ashyolarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona

chegarasidan:

- bojxona nazoratini chetlab o‘tkazish;
- bojxona nazoratidan yashirish;
- bojxona hujjatlari yoki bojxona identifikatsiyalash vositalariga o‘xshatib yasalgan

hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanish;

- deklaratsiya qilmasdan yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanish;
- chegarani buzib o‘tishda ifodalanadi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi

“Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti
toʻgʻrisida”gi 2-sonli qarori 6-10-bandlarida kontrabanda jinoyatining obyektiv tomonlarini
quyidagicha izohlab bergan:

bojxona nazoratini chetlab o‘tkazish

deganda ularni O‘zbekiston Respublikasining

bojxona hududiga O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridan
tashqari yoki bojxona nazorati o‘tkazish vaqtidan tashqari olib kirish yoki mazkur hududdan olib
chiqishdan iborat har qanday qasddan sodir etilgan harakatda ifodalanadi.

bojxona nazoratidan yashirish

deganda, ularni topishni qiyinlashtirish yoxud ularning

asl xususiyati yoki miqdorini yashirish (masalan, ayrim tovarlarga boshqacha ko‘rinish berish,
ularni almashtirib qo‘yish, bojxona identifikatsiyalash vositalarini buzmagan holda transport
vositalarining yuk bo‘limlaridagi tovarlarni olib qolish, o‘rniga boshqa turdagi tovarlarni yuklash,
tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun maxsus tayyorlangan
yoki moslashtirilgan xufiya joylardan (chemodanlar, sumkalar, transport vositalari, konteynerlar
va boshqa tashish vositalarining konstruksiyaviy (tuzilish) xususiyatiga ko‘ra, ashyolarini saqlash

7

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2-son qarori. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun
hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

206

yoki tashishga mo‘ljallanmagan bo‘shliqlari, devorlari (ramalari) oralaridan) foydalanish, jinoyat
predmetlarini odam, hayvon tanasida va hokazo)ga qaratilgan har qanday harakatlar tushuniladi.

bojxona hujjatlari yoki bojxona identifikatsiyalash vositalariga o‘xshatib yasalgan

hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanish

deganda, jumladan, bojxona organlariga

quyidagilarni taqdim etish tushunilishi lozim:

* bila turib qalbaki hujjatlar;
* bila turib yolg‘on ma’lumotlar kiritilgan hujjatlar;
* qonunga xilof ravishda olingan yoki boshqa tovarlarga tegishli hujjatlar;
* haqiqiy bo‘lmagan hujjatlarni bojxona organlariga taqdim etish, shuningdek

qalbakilashtirilgan bojxona identifikatsiyalash vositalaridan (plombalar, muhrlar, tamg‘alar
bosish, identifikatsiyalash belgilari, shtamplar va BK

197-moddasida

nazarda tutilgan boshqa

identifikatsiyalash vositalari) yoki boshqa tovarlarga tegishli haqiqiy identifikatsiyalash
vositalaridan foydalanish.

Tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazishning har bir tartibi uchun qonunchilikda bojxona

organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarning alohida ro‘yxati nazarda
tutilgan (BK

9

,

18-19

,

267-moddalari

) bo‘lib, unda nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni

taqdim etmagan shaxsning harakatlari qonunga xilof deb qaralishi mumkin emas.

deklaratsiya qilmasdan bojxona chegarasidan o‘tkazish

deganda tovarlarni olib

kirish yoki olib chiqish (chiqarish), ularni tanlangan bojxona rejimi ostiga joylashtirish, bojxona
to‘lovlarini hisoblash va undirish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan tovarlar
haqidagi ma’lumotlarni bojxona deklaratsiyasida bayon qilmaslikni yoxud deklaratsiyalanishi
shart bo‘lgan tovarlarni

“yashil” yo‘lak

orqali olib o‘tishni nazarda tutadi.

boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib tovarlarni bojxona

chegarasidan o‘tkazish

deganda, bojxona deklaratsiyasida yoki deklaratsiyalashning boshqa

belgilangan shaklida tovarlar (nomlanishi, sifati va xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi
ma’lumotlar) to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlarni aks ettirish tushuniladi.

Bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga

qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida ko‘zdan kechirish hamda o‘lchash, ularning namunalari
va nusxalarini olish huquqi (BK

275-moddasi

)dan deklarantning foydalanmaganligi uning

javobgarligini istisno etmaydi.

JK

182-moddasida

nazarda tutilgan jinoyatning tugallanish payti har bir muayyan ish

bo‘yicha tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazish usulidan (bojxona
nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga
o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud
boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib) kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.

Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirgan holda tovarlarni bojxona

chegarasidan o‘tkazish jinoyati tovarlar bilan bojxona chegarasini amalda kesib o‘tgan paytdan
boshlab

tugallangan

hisoblanadi.

Bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan yoki

deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalangan holda tovarlarni
bojxona chegarasidan o‘tkazish jinoyati bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi
rasmiylashtirilgan paytdan boshlab

tugallangan

hisoblanadi (BK

264-moddasi

).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

207

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona yoki davlat chegaralari orqali ekstremizm, separatizm

va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarini noqonuniy olib oʻtish quyidagi yoʻllar bilan
amalga oshirilishi mumkin:

respublika hududiga bojxona chegarasi orqali yoki aylanma yoʻllar orqali ekstremizm,

separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni noqonuniy olib kirish yoki olib
chiqish;

deklaratsiyalamasdan yoki boshqa tovar niqobi ostida deklaratsiyalab olib oʻtish;

olib oʻtiladigan tovar toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim qilish (qalbaki

hujjatlardan foydalangan holda);

oʻtkaziladigan tovarni yashirish yoki unga boshqa koʻrinishni berish (huquqni

muhofaza qilish organlari tomonidan ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi
materiallarni aniqlashni qiyinlashtiruvchi turli usul va vositalardan foydalanib).

So‘nggi yillarda aksariyat vayronkor va tajovuzkor kuchlar turli xil diniy-falsafiy qarash

va mafkuralarni o‘z manfaatlariga moslashtirib talqin qilgan holda “amaliyotga” tatbiq etishga
hamda shu orqali siyosiy hokimiyatni egallashga harakat qilmoqda.

Shuning uchun biz kontrabanda bilan bog‘liq jinoyatlarning yuridik tahlillarini amalga

oshirishga harakat qilamiz. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq
kontrabanda bilan bog‘liq jinoyatlar qatoriga o‘n beshta tarkib jinoyatlar (97-m., 104-m., 105-
m., 159-m., 173-m., 182-m., 223-m., 244

1

-m., 244

4

-m., 248-m., 251

1

-m., 253-m., 273-m., 276-

m.) kiritilgan bo‘lib, ushbu jinoyatlar tarkiblarining har biri o‘ziga xosdir. Shu bilan birga JKning
246-moddasida keltirilgan kontrabandani sodir etish usullarini keltirishning o‘ziyoq kontrabanda
bilan bog‘liq jinoyatlar tarkiblarini kamida ikki marotaba ortishiga olib keladi.

Аna shunday radikal “kuchlar” toifasiga mansub bo‘lgan hamda dunyo mamlakatlarida

turli ko‘rinishda (masalan, oshkora yoki yashirin, legal yoki nolegal) faoliyat olib borayotgan

diniy

ekstremistik tuzilmalar

kishilik jamiyati taraqqiyotiga tahdid solib, bugungi kunda tobora global

muammoga aylanib bormoqda.

Lug‘aviy jihatdan olib qaraganda,

ekstremizm

(lotincha extremus – o‘ta, so‘nggi)

siyosatda ashaddiy, favqulodda tadbirlar va qarashlarga tarafdorlik maʼnolarini bildiradi .
Ekstremistlar barcha dinlarda uchrab turadi.

Diniy ekstremizm keskin choralarni qo‘llashga, baʼzan zo‘ravonlik harakatlarini sodir

etishga moyilligi bilan ajralib turadi. Bunda muayyan shaxs ham, boshqa dinga mansub ijtimoiy
guruh ham yoki shu dinning o‘z vakillari tomonidan rad etilayotgan mazhabga mansub vakillar
ham taʼsir ko‘rsatish obyekti sifatida tanlab olinishi mumkin.

Ammo, A.V.Korovikov fikriga ko‘ra, ekstremizm biron-bir jamiyatda qabul qilingan

normalar va qadriyatlarga qarama-qarshi, mutlaq farq qiluvchi xulosalari bilan undan ajralib
turadi.

Ekstremizm ham ijtimoiy ong, ijtimoiy psoxologiya, axloq, mafkura sohasiga, ham

ijtimoiy guruhlar

(ijtimoiy ekstremizm)

, etnik guruhlar

(etnik yoki milliy ekstremizm)

, jamoat

birlashmalari, siyosiy partiyalar, davlatlar

(siyosiy ekstremizm)

, konfessiyalar

(diniy

ekstremizm)

o‘rtasidagi munosabatlarga taaluqlidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

208

Separatizm

(lotincha “separatus” - alohida)

- ajralish, alohidalashishga intilish;

davlatning bir qismini ajratishga va yangi davlatni tashkil etishga yoki davlat hududining bir qismi
uchun avtonomiyaga harakat qilish maʼnosini anglatadi.

Аqidaparastlik

(arabcha “qoida” va forscha “parast” so‘zlaridan, qoidaga ko‘r-ko‘rona

berilish)

– qoidalarga dalilsiz va isbotsiz, ko‘r-ko‘rona ishonishga, o‘zgarmas tushuncha va

qarashlarga asoslangan tafakkur uslubi va xatti-harakatlar. Аqidaparstlikning turli ko‘rinishlari
mavjud. Ulardan biri – diniy aqidaparastlik, voqea va hodisalarga aniq-tarixiy yondoshuv
tamoyilini inkor etadi.

Eng muhimi, O‘zbekiston Respublikasida har bir insonga diniy e’tiqod erkinligi

kafolatlangan. Bu O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda 05.07.2021-yildagi
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-699-sonli Qonunda o‘z aksini topgan.
Taasuflar bo‘lsinki, din niqobi ostidagi turli-tuman norasmiy harakatlar va jinoiy guruhlar XX
asrning 80-90-yillarida O‘zbekiston hududiga kirib kelib, jinoiy maqsadlarga erishishda diniy
dunyoqarashi mukammal bo‘lmagan shaxslarni, ayniqsa, yoshlarni o‘ziga jalb qilib, moddiy
mablag‘lar sarflab, davlatdagi kriminogen vaziyatni keskinlashtirishga harakat qilishdi, o‘ta og‘ir
jinoyatlarga qo‘l urdi va urmoqda. Bu esa ularning ijtimoiy xavfli qonunga xilof qilmishlarini
yuridik jihatdan to‘g‘ri baholash uchun jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligiga yangi moddalar
kiritish zaruratini keltirib chiqardi.

O‘zbekiston davlati xalqimizning o‘tmishi bilan uzviy bog‘liq, bugungi kunda

ma’naviyatimizning ajralmas qismiga aylangan islom dinidan siyosiy maqsadlariga erishish
vositasi sifatida foydalanmoqchi bo‘lgan ekstremist, ayirmachi va terrorchi jinoyatchilarning
jinoyatlarini fosh etish, jinoyatiga yarasha jazolash, qilmishi uchun javobgarligi muqarrarligini
ta’minlash prinsiplari asosida bu turdagi jinayatlarga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘ldi.

Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm ta’sirini o‘z mamlakati misolida tahlil qilar ekan,

AQSh prezidenti Jorj Bush: “Biz Islom diniga qarshi emasmiz, hech qachon qarshi bo‘lgan
emasmiz va hamisha Islom dinini hurmat qilib yashamiqdamiz, millionlab Amerika fuqarolari ham
Islom diniga erkin e’tiqod qilib kelmoqda, bunga hech qanday to‘siq yo‘q va bo‘lishi ham mumkin
emas

8

”,– deb ta’kidlab, ko‘pchilik davlatlar hududida o‘rnashib olgan terrorchi jinoyatchilar,

ularning markaz, mashq maydonlarini moddiy jihatdan ta’minlayotgan manbalarni yo‘q qilish
zarurligiga alohida urg‘u berdi.

Hozirgi kunda bojxona organlarida foydalanilayotgan bojxona nazoratining texnik

vositalari shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lishimiz mumkin:

1. Radiatsiya nazoratini amalga oshirishda foydalaniladigan texnik vositalar.
2. Valyuta hamda qimmatbaho qog‘ozlar va hujjatlarning aslligini tekshirish texnik

vositalari.

3. Qo‘l yuklari va bagajlarni rentgen qilish apparati.
4. Bojxona ko‘rigini o‘tkazishda qo‘llaniladigan texnik vositalar.
5. Kontrabanda ashyolari hisoblanuvchi materialar, moddalar va buyumlarni

identifikatsion ekspress tahlil qilish.

6. Inspeksion tekshiruv majmualari.

8

Islom Karimov Terrorizm xavfi to'g‘risida. Tuzuvchi mualliflar: Sh.R.Qobilov, B.U.Tadjixanov


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

209

7. Bojxona nazorati zonasini vizual kuzatish (videokuzatuv tizimi).
8. Аudio, video va turli maʼlumot tashuvchilarni nazorat qilish (kompyuter, noutbuk,

fleshka, disk).

Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib

kirish va tarqatish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va
tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 180-sonli Qarori
talablariga asosan dinshunoslik ekspertizasini tayinlash lozim bo‘ladi.

Hozirgi kunda keng tarqalgan va O‘zbekistonning nafaqat iqtisodiy, balki jamoat

xavfsizligiga ham tahdid qilayotgan jinoyatlardan biri kontrabanda jinoyatidir. Kontrabanda
jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning markaziy bo‘g‘inlaridan biri
bo‘lib hisoblanadi.

Kontrabanda jinoyatini sodir etuvchi shaxslar o‘zlarning jinoiy maqsadlariga erishish

uchun uyushgan guruhlar tarzida, o‘z harakatlarini puxta niqoblab, sodir qilish uslublarni
mukammallashtirib, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sodir etmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi sharoitida kontrabanda jinoyatiga qarshi kurashish bojxona

idoralarining eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi.

Respublikamiz narkobiznes va qurol-yaroq kontrabandasi, ekstremizm va terrorizmga

qarshi kurashish borasida xalqaro maydonda barcha davlatlar bilan keng miqyosda hamkorlikni
amalga oshirmoqda.

Bojxona qo‘mitasi boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda davlatning

iqtisodiy xavfsizligiga putur yetkazishga qaratilgan kriminal guruhlarni aniqlash va ularni jinoiy
harakatlarini oldini olish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Bojxona xizmati xodimlari tomonidan
ko‘p miqdorda narkotik moddalar, kuchli taʼsir qiluvchi zaharli moddalar, psixotrop moddalarning
tabletkalari va ampulalari, o‘qotar qurollari va o‘q-dorilar, ekstremistik mazmundagi materiallar
ushlanib, sodir etilishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldi olinmoqda.

Sudga oid ekspertiza tayinlanishi va o‘tkazilishini, shuningdek, ekspertiza tekshiruvi uchun

namunalar olishni tartib-qoidalari hamda protsessual asoslari JPKning 172-187-moddalarida
belgilab qo‘yilgan.

Sudga oid ekspertiza tayinlash va o‘tkazish – fan, texnika, sanʼat va kasb-hunar sohasi

bo‘yicha maxsus bilimga ega bo‘lgan shaxsning, maʼmuriy va jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv
va dastlabki tergovni amalga oshirayotgan mansabdor shaxsning ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi
qarorida oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha maxsus tekshirish o‘tkazganidan keyin javob
berishidan iborat bo‘lgan tergov harakatidir. Maxsus bilimga ega bo‘lgan va surishtiruvchi,
tergovchi, prokurorning qaroriga muvofiq shunday xulosa beradigan jinoyat protsessi ishtirokchisi

ekspert

hisoblanadi.

Ekspertizalar o‘z maqsadi, mazmuni va o‘tkaziladigan obyektlari hamda savollarni hal

qilish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim turiga qarab guruhlarga (kriminalistik, trasologik,
daktiloskopik, ballistik, xatshunoslik, avtorlik, hujjatlarni tekshirish, fonoskopik, portretlik,
tovarshunoslik, metallshunoslik, narkotik vositalar, sud-tibbiy, sud-psixiatrik, biologik, sud-
iqtisodiy va boshqalar) ajratiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

210

Kontrabanda ashyolarini bojxona chegarasidan noqonuniy olib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan

barcha holatlarda tegishli ekspertizalar tayinlanib, o‘tkaziladi.

Ekspertiza o‘tkazish orqali, aynan qanday kontrabanda ashyolarini noqonuniy olib o‘tishga

urinilgani, ularning miqdoriy va sifat xususiyatlari aniqlanadi. Kontrabanda jinoyatiga oid ishlar
bo‘yicha kriminalistik, daktiloskopik, ballistik, trasologik, dastxatshunoslik, materiallar, moddalar
va boshqa ekspertizalar o‘tkaziladi.

Shuningdek, kontrabanda ashyosi - qurol-yarog‘ni noqonuniy yo‘l bilan olib o‘tish bilan

bog‘liq bo‘lsa, qurolga oid (ballistik), diniy ekstremizm va separatizmni targ‘ib qiluvchi
materiallar mazmunini aniqlash maqsadida

dinshunoslik ekspertizasi

o‘tkaziladi.

Kontrabanda ashyosi sifatida olib qo‘yilgan diniy mazmundagi materiallar yuzasidan

“Sud–dinshunoslik ekspertizasi” tayinlanib, ekspertlar oldiga quyidagi savollar qo‘yilishi
mumkin:

- olib qo‘yilgan materiallar diniy mazmundagi materiallar turkumiga kiradimi yoki

kirmaydimi ?

- diniy mazmundagi materiallar turkumiga kirgan taqdirda, ular Din ishlari bo‘yicha

qo‘mita tomonidan O‘zbekistonga olib kirish va foydalanishga ruxsat etilgan diniy adabiyotlar
ro‘yxatiga mansubmi ?

- olib qo‘yilgan materiallarda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi

maʼlumotlar mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa, materialning aynan qaysi qismi (jumlasi)da mavjud ?

- olib qo‘yilgan materiallarda ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan

yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga daʼvat etadigan
yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa,
materialning aynan qaysi qismi (jumlasi)da mavjud ?

- olib qo‘yilgan materiallarda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini

Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud Qonuniy ravishda
saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud
O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-
ochiq daʼvat qilishlar mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa, materialning aynan qaysi qismi (jumlasi)da
mavjud ?

- olib qo‘yilgan materiallar O‘zbekiston Respublikasida faoliyati cheklangan yoxud

taqiqlangan tashkilotlarga tegishlimi? Аgarda tegishli bo‘lsa qaysi faoliyati cheklangan yoxud
taqiqlangan tashkilotga mansub ?

- olib qo‘yilgan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (olib chiqish)

uchun biron-bir cheklov yoxud taʼqiqlar mavjudmi? Аgarda mavjud bo‘lsa ular qaysi qonun va
qonun osti hujjatlarda aks ettirilgan ?

Bundan tashqari, har bir ish hujjatlaridagi tafsilotlarini inobatga olib, ishni qonuniy hal

etish uchun boshqa ahamiyatli savollar ham qo‘yilishi mumkin.

Kontrabanda to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ayrim hollarda kontrabanda holatini sodir etgan

odamning pasport va boshqa turdagi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning haqqoniyligini tekshirish
zarurati tug‘iladi. Hujjatni qalbaki deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lsa, kriminalistik ekspertiza
tayinlanadi va ekspertlar oldiga pasport qanday yo‘l bilan – tipografik yoki boshqa usulda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

211

tayorlanganligi, hujjat qandaydir o‘zgarishlarga uchraganligi, fotosurat almashtirilganligi kabi
savollar qo‘yiladi.

Shuning uchun xorijiy davlatlar bojxona xizmatlarining boy amaliy tajribasini inobatga

olgan holda, bojxona postlarida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishga mo‘ljallangan va maxsus
jihozlangan xonalarida maxsus audio-video qurilmalar o‘rnatish hamda fotografiya usullaridan
samarali, axloq qoidalariga amal qilgan holda foydalanish, kontrabanda buyumlarini ashyoviy
dalil sifatida olish jarayonini, huquqbuzarning his-tuyg‘ularini yozib, mustahkamlash eʼtiborga
molikdir.

Kontrabanda ashyolarini olib o‘tishda gumon qilinuvchi shaxs yoki bir guruh shaxslarning

jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki
yo‘q qilib yuborishining oldini olish maqsadida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilish –
ushlab turish qo‘llanilishi mumkin.

Bunday hollarda ushlagan xodim ushlangan shaxsga o‘zini tanishtirishi va tasdiqlovchi

hujjatini ko‘rsatishi hamda uning huquq va majburiyatlarini o‘qib eshitirishi shart, yaʼni:

“…

Siz jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlandingiz. Siz o‘zingizga qarshi

ko‘rsatmalar bermasligingizni, shu bilan birga barcha aytganlaringiz dastlabki tergov va sudda
Sizga nisbatan dalil sifatida qo‘llanilishi mumkinligini habar qilaman. Siz yaqin qarindoshingizga
yoki o‘zingizning himoyachingizga ushlanganligingiz va qaerda ushlab turilganligingiz haqida
telefon orqali habar berishingiz mumkin. Siz qanday jinoyat sodir etganlikda gumon
qilinayotganligingiz haqida bilishga huquqingiz bor

9

”.

Tabiiyki, bunday qilmishlar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidagi qator

normalar bilan taqiqlangan va ularni sodir etgan jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarlikka
tortilishi belgilangan. Diniy ekstremistik, fundamentalistik, separastik oqimdagilarning qilmishini
jinoyat deb baholash uchun olimlar va amaliyotchi xodimlar (tezkor xodimlar, surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror, sudya, advokat) musulmon haqidagi davlatchilik masalalarini bilishlari lozim.

Achinarlisi shundaki, XX asrning oxirida aqidaparastlar va islom niqobi ostida

hokimiyatga intilayotgan diniy ekstremistik oqimlarning a’zolari xalifalikka qaytish to‘g‘risidagi
o‘ta tor, mutaasib, dinlar va millatlar orasiga nizo soladigan, eng muhimi, shariatdagi barcha
insonlar, irqi, jinsidan qat’iy nazar, tengligi, insonparvar bo‘lish, o‘zaro hamkorlikda yashash,
adolat bilan ish yuritish, halol mehnat evaziga kun kechirish, begunoh insonlarning qonini nohaq
to‘kmaslik haqidagi umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan ijobiy g‘oyalarni ochiqdan
ochiq rad etib, xalqaro terrorchlik va din niqobi ostidagi ekstremizmni avj oldirib, butun insoniyat
hayotiga tahdid solishga urinmoqda.

Ekstremistlar respublikamiz hududida dinni o‘zlariga niqob qilib olib, yoshlarni dinga

o‘rgatish bahonasida, ularning onglarini norasmiy diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyalari bilan
zaharlamoqdalar. Ular O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda
buzishga ochiqdan ochiq da’vat qilish, shuningdek bunday mazmundagi materiallarni tarqatish
bilan shug‘ullanmoqdalar. Shu kabi jinoyatlarga qarshi kurashda Jinoyat Kodeksida bir qator
moddalar kiritilgan.

9

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 27-moddasi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

212

Islom o‘ta “kuchli” din bo‘lib, faqat Xudoga ishonishdan uzoqdir. Boshqa jahon dinlari

singari u ham hayot tarzini, tafakkur tarzini, qolaversa, butun bir sivilizatsiyaning asosini
ifodalaydi. Tizimli xarakterga ega bo‘lgan bu din insonning tug‘ilishidan to o‘limigacha bo‘lgan
hayotining barcha jabhalarini musulmon jamiyatida belgilaydi. Shu munosabat bilan shuni
ta’kidlash kerakki, “islom ekstremizmi” atamasining o‘zi ilmiy nuqtayi nazardan mutlaqo to‘g‘ri
emas. Biz albatta, islom dinidan diniy mafkura sifatida foydalanadigan ekstremizm haqida
gapiryapmiz

10

.

Holbuki, “... islom faqat nurli hayotga, ilm-ma’rifatga yaxshilikka undaydi. Hech qachon

xunrezlik, qotillik, zo‘ravonlikka chaqirmaydi. Ana shu haqiqatni tan olmasdan, soxta g‘oyalarga
aldanib, zararli oqimlarga kirish, terrorchi bo‘lish – bu O‘zbekiston xalqiga mutlaqo to‘g‘ri
kelmaydi

11

”.


XULOSA VA TAKLIFLAR:

Xulosa qilib, shuni taʼkidlash lozimki, hozirgi kunda

kontrabanda jinoyatiga qarshi kurashish bojxona idoralarining eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib
qolmoqda.

Respublikamiz xalqaro maydonda giyohvandlik vositalari, ekstremizm, separatizm va

aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar kontrabandasi, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish
borasida barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilib kelmoqda.

Davlat bojxona xizmati organlari boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan

hamkorlikda jamoat xavfsizligi va tartibi hamda aholi salomatligiga tahdid solayotgan jinoiy
guruhlarni fosh etish va ularning faoliyatiga chek qo‘yish borasida samarali ish olib bormoqda.

1-Taklif:

“Yuridik shaxslarning javobgarligi

Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyatlar yuridik shaxsning topshirig‘iga binoan yoki

foydasini ko‘zlab sodir etilganda jismoniy shaxs bilan bir qatorda yuridik shaxslar ham
javobgarlikka tortiladi.

Fuqarolik qonunlari asosida yuridik shaxs maqomiga ega tijorat va notijorat tashkilotlar

jinoiy javobgarlikka tortiladi.”

Tahlil qilinganda, hozirgi vaqtda Аvstraliya, Аngliya, Belgiya, Vengriya (2001), Daniya,

Isroil, Irlandiya, Islandiya (1998), Kanada, Xitoy (1997), Gollandiya (1976), Norvegiya (1991),
Polsha (2002), Ruminiya (2004), Sloveniya (1999), АQSh, Finlyandiya (1995), Frantsiya (1992),
Shveytsariya (2003) (deyali barcha anglo-sakson jinoyat qonunchiligida), shu jumladan ayrim
sobiq MDH mamlakatlari qonunchiliklarida yuridik shaxslarning jinoiy javobgarlik instituti
nazarda tutilgan.

Kontrabanda jinoyatining 2-qismi uchun jismoniy shaxslarni javobgarlikka tortishni 14

yoshdan boshlab belgilash hamda yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligi to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat kodeksiga yuqoridagi mazmunda alohida qo‘shimcha yangi norma
kiritish taklifini bildiraman.

10

Bagliyev Murod Aliyevich siyosiy fanlar nomzodi “Zamonaviy islom ekstremizmining siyosiy jihatlari: Misr

misoli” mavzusidagi dissertatsiya 2002-yil.

11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.

.

Mirziyoyevning “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas

dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqadan. Toshkent shahri. 15-iyun
2017-yil.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

213

2-Taklif:

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va

jinoyat qonunchiligini

liberallashtirish

hamda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 246-moddasida

belgilangan jinoiy javobgarlikni

xalqaro va milliy qonunchilik talablariga moslashtirish

maqsadida

JKning 246-moddasi 1-qismini

quyidagicha taʼriflash:

246-modda. Kontrabanda

Kontrabanda, ya’ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud

bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib,
deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli ta’sir qiluvchi,
zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-
yarog‘, o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek
giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni yoki

ekstremizm,

separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni

O‘zbekiston Respublikasining

bojxona chegarasidan o‘tkazish”

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 30-iyul kunidagi “Ekstremizmga qarshi kurash

to‘g‘risida”gi O‘RQ-489-sonli Qonunining 3-moddasiga asosan, “

Ekstremizm

— ijtimoiy-

siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini
zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hokimiyatni zo‘rlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini
o‘zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarning
ashaddiy shakllari ifodasi”,- deb ta’rif berilgan.

Demak, ekstremistik guruh va (yoki) ekstremistik tashkilotda ishtirok etuvchi shaxslar

tomonidan biror-bir ijtimoiy guruhga nisbatan siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy
adovat yoxud dushmanlik sababli ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirishga doir faoliyati
ekstremistik faoliyat deb ataladi.

Qonunga muvofiq, “ekstremizm” tushunchasi, “diniy ekstremizm” tushunchasidan ko‘ra

umumiy tushuncha hisoblanadi. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 246-
moddasining dispozitsiyasi va JKning boshqa moddalaridagi “diniy ekstremizm” degan so‘zlar
“ekstremizm” degan so‘z bilan almashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

3-Taklif:

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 81-moddasida

ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-
aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni
surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos
bo‘ladigan har qanday haqiqiy maʼlumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanishi, shuningdek bu
maʼlumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining,
sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar,
videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining
bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanishi belgilangan.

Biroq, jinoyat-protsessual qonunchilikda “elektron maʼlumotlar”ni dalil sifatida eʼtirof

etilishi bo‘yicha protsessual normalar mavjud emas. Maʼlumki, jinoyat ishini qonuniy, asosli va
adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni aniqlash
maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iborat bo‘lgan isbot qilish bosqichida
dalillar muhim ahamiyatga ega.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

214

Demak, “elektron dalil” tushunchasi dasturiy taʼminot xususiyatlariga qarab elektron-

texnik qurilma yoki elektron maʼlumotlarning boshqa turdagi tashuvchilarida avtomatlashtirilgan
holda shakllantiriladigan, u yerda mavjud bo‘ladigan va saqlanadigan, raqamli belgilar yoki
signallar majmuasi sifatidagi ish uchun ahamiyatli bo‘lgan elektron maʼlumotlar elektron dalillar
sifatida hisoblanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga “Elektron dalillar” nomli 81

1

-

moddasini kiritish va u quyidagicha taʼriflanadi:

81

1

-moddasi. Elektron dalillar

Elektron dalil texnika vositalari va axborot tizimlari xizmatlari hamda axborot

texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratilgan, ishlov beriladigan, saqlanadigan va
identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan, shu bilan birga boshqa rekvizitlardan iborat jinoyat
ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan axborotlardir. Elektron dalillar jinoyat ishi yuritilayotgan organga
yoki sudga elektron saqlovchi qurilmalar vositasida yoxud elektron manzil orqali taqdim qilinishi
mumkin.

Jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan elektron dalillar yuzasidan surishtiruvchi, tergovchi

yoki sud tomonidan ekspertiza tayinlanishi yoxud mutaxassis jalb qilinishi mumkin. Elektron
dalillar bo‘lib elektron hujjatlar, elektron yozishmalar va chizmalar, elektron jadvallar va grafiklar,
internet maʼlumotlari, audio-video yozuv va boshqa axborot texnika vositasida tayyorlangan
maʼlumotlar bo‘lishi mumkin.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T. “O‘zbekiston” 2023-yil.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari
milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

3.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat–protsessual kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi
Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

4.

“Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi (1999-y.) Xalqaro
Konvensiya.

5.

1982-yil 21-oktabrdagi “Chegaralarda yuklar nazoratini amalga oshirish shartlarini
kelishish to‘g‘risida”gi Jeneva Konvensiyasi.

6.

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrdagi “Davlat bojxona xizmati
to‘g‘risida”gi O‘RQ-502-sonli Qonuni. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy
bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

7.

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 30-iyulidagi “Ekstremizmga qarshi kurash
to‘g‘risida”gi O‘RQ-489-sonli Qonuni. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy
bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi “Bojxona
toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti
toʻgʻrisida”gi 2-son qarori. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining
rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

9.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar T.: “O‘zbekiston” – 2006-yil.

10.

I.R.Astanov, Sh.U.Samandarov “Ekspertiza tayinlash va o‘tkazish tartibi” uslubiy
qo‘llanma. – Toshkent: “Sahhof” nashriyoti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi,
2021-y. -160 b.

11.

“O‘zbekiston Yuridik ensiklopediyasi”, T., “Adolat”, 2010-yil.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

215

Elektron ta’lim resurslari:

-

www.ziyonet.uz

-

www.lex.uz

-

www.customs.uz

-

http://www. Norma.uz.

-

http://www. minjust.uz

References

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T. “O‘zbekiston” 2023-yil.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat–protsessual kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

“Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi (1999-y.) Xalqaro Konvensiya.

1982-yil 21-oktabrdagi “Chegaralarda yuklar nazoratini amalga oshirish shartlarini kelishish to‘g‘risida”gi Jeneva Konvensiyasi.

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrdagi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-502-sonli Qonuni. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 30-iyulidagi “Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘RQ-489-sonli Qonuni. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2-son qarori. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar T.: “O‘zbekiston” – 2006-yil.

I.R.Astanov, Sh.U.Samandarov “Ekspertiza tayinlash va o‘tkazish tartibi” uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: “Sahhof” nashriyoti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, 2021-y. -160 b.

“O‘zbekiston Yuridik ensiklopediyasi”, T., “Adolat”, 2010-yil.

Elektron ta’lim resurslari:

- www.ziyonet.uz

- www.lex.uz

- www.customs.uz

- http://www. Norma.uz.

- http://www. minjust.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов