ISSUES OF DEVELOPING AN EFFECTIVE SYSTEM OF COMBATING TERRORISM AND RELIGIOUS EXTREMISM

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ismatillayev, S., & Boymuradov, I. . (2023). ISSUES OF DEVELOPING AN EFFECTIVE SYSTEM OF COMBATING TERRORISM AND RELIGIOUS EXTREMISM. Modern Science and Research, 2(5), 175–178. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19805
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, in today's globalization and at a time when the transformation of international and regional conflicts continues, the issues of effective fight against terrorism and religious extremism are scientifically covered.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

175

TERRORIZM VA DINIY EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHNING

SAMARALI TIZIMINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Ismatillayev Sulton Ilhom o’g’li

Oʻzbekiston respublikasi IIV Akademiyasi 3 - o’quv kursi 302 - guruh kursanti

Boymuradov Ismoil Ismatulla o’g’li

Oʻzbekiston respublikasi IIV Akademiyasi 3 - o’quv kursi 303 -guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7904165

Annotatsiya.

Mazkur maqolada bugungi globallashuv sharoitida hamda xalqaro va

mintaqaviy mojarolar transformatsiyasi davom etayotgan bir paytda, terrorizm va diniy
ekstremizmga qarshi samarali kurashish masalalari keng ilmiy yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

diniy ekstremizm, terrorizm, globallashuv, vijdon erkinligi.

ВОПРОСЫ РАЗРАБОТКИ ЭФФЕКТИВНОЙ СИСТЕМЫ

ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ ТЕРРОРИЗМУ И РЕЛИГИОЗНОМУ ЭКСТРЕМИЗМУ

Аннотация.

В данной статье в условиях современной глобализации и в условиях,

когда продолжается трансформация международных и региональных конфликтов, научно
освещаются вопросы эффективной борьбы с терроризмом и религиозным экстремизмом.

Ключевые слова:

религиозный экстремизм, терроризм, глобализация, свобода

совести.

ISSUES OF DEVELOPING AN EFFECTIVE SYSTEM OF COMBATING

TERRORISM AND RELIGIOUS EXTREMISM

Abstract.

In this article, in today's globalization and at a time when the transformation of

international and regional conflicts continues, the issues of effective fight against terrorism and
religious extremism are scientifically covered.

Key words:

religious extremism, terrorism, globalization, freedom of conscience.


KIRISH

O‘zbekiston Respblikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT bosh ansambleyasining 72-

sessiyasidagi nutqida “Biz butun jahon hamjamiyatiga islom dinining asl insonparvarlik
mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy
qadriyatlarimiz mujassamligining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz” deb ta’kidlagan. Vatanimiz
uzoq tarixiga nazar tashlasak, zaminimizda madaniyat rivojining uch ming yildan ortiq buyuk
tarixni ko‘ramiz. Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonning hozirgi hududida qadim
davrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo‘lgan, xilma-xil dinlarga e’tiqod
qilgan xalqlar hamjihatlikda, hamdo‘stlikda yashaganlar. Bu esa xalqimizga xos bo‘lgan diniy
bag‘rikenglikning ma’naviy asosini tashkil etadi.

Bugun ham yurtimizda diniy bag‘rikenglik va osoyishtalikni ta’minlash Konstitutsiyamizda

qat’iy belgilab qo‘yilgan bo‘lib, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida diniy e’tiqod
erkinligi sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining diniy
sohada davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari fuqarolarning vijdon va diniy e’tiqod
erkinligi kafolatlash, konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda
bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

176

Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining

o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi
bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini
anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.

Afsuski, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti

g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, geosiyosiy maqsadlarga
bo‘ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining
ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol
namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, ko‘plab xalqlarning
boshiga fojiali kunlarni solmoqda.

So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi

mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari,
yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik
mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga
oshirmoqda.

Mutaxassislarning fikricha hozirda 100 mingdan ortiq ekstremizmning turli ko‘rinishlarini

o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet
orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalikni
tiklash kabi g‘oyalar singdirlib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga jalb qilinmoqda.
Muayyan siyosiy kuchlarning nog‘orasiga o‘ynayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi oqimlar
tomonidan u yerlarda amaliyotni o‘tab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan
mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi zombi jangarilardan tinch
mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun
ko‘pchilikka ayon haqiqatdir.

Darhaqiqat hozirgi kunga kelib diniy-ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib

ulgurdi. Bu chuqur o‘ylangan strategiyaning bir qismidir. Avvalo, barcha ekstremistik tashkilotlar
bir tadqiqot markazlari, ta’bir joiz bo‘lsa, “g‘oyaviy laboratoriya”lar mahsuli ekanini alohida qayd
etishimiz lozim.

Diniy-ekstremistik oqimlarning jamiyatimiz barqarorligiga tahdidi respublikamizdagi

ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni
keskinlashtirish, fuqarlarni, ayniqsa, yoshlarni qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berayotgan hududlarda
faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlarga jalb qilish kabi harakatlarda, shuningdek,
mamlakatimizda terrorchilik harakatlari sodir etish uchun suqilib kirishga urinishlarda namoyon
bo‘lmoqda.

Yuqorida qayd etilgan holatlar hushyorlikni qo‘ldan boy bermaslik, hamisha ogoh bo‘lib

yashash zaruratini yana bir marta ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida, diniy ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurashda xalqaro maydonda ko‘p va ikki yoqlama hamkorlikni kuchaytirish,
BMT, Shanhay hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning faoliyatini
samaradorligini oshirish masalasini qat’iy qilib kun tartibiga qo‘ymoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm

va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqda.
Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf etish masalalariga oid siyosiy-huquqiy hujjatlar BMT,
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doiralarida imzolangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

177

Hozirda O‘zbekiston BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga

qaratilgan asosiy 13 ta hujjatini ratifikatsiya qilgan. BMT Xavfsizlik kengashi Aksilterroristik
qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi xalqaro hamkorligi yuksak
baholanadi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida “uch yovuz kuch”, ya’ni “terrorchilik”,

“ayirmachilik” (separatizm) va “ekstremizm”ga qarshi kurashda xamkorlikni rivojlantirish alohida
o‘rin tutadi. 2004 yildan beri Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat
yuritmoqda.

2010 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlari

bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisida yurtboshimiz Islom Karimov nutq so‘zlab, terrorizm,
ekstremizm, ayirmachilik va narkotrafikka qarshi birgalikda kurashish hamda Afg‘onistondagi
vaziyatni barqarorlashtirish mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tgan.

Shuningdek, O‘zbekiston AQSh, Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo respublikalari kabi qator

mamlakatlar bilan xalqaro terrorizmga qarshi kurashda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘z navbatida, jamiyatimizda diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishini oldini

olishda profilaktik va tushuntirish ishlari saviyasi va ta’sirchanligini tizimli ravishda kuchaytirib
borish bugungi kunning hayotiy muhim masalasiga aylandi.

Hozirgi kunda respublikamizda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda davlat va

fuqarolik jamiyatining samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Davlat amaldagi qonunlarimizga zid
ravishda konstitutsion tuzumga qarshi guruhlarning faoliyatini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi.

Davlatimiz Rahbari tomonidan jamiyatimizning ma’naviyatini yuksaltirish, aholini yot va

soxta diniy g‘oyalar ta’siridan saqlash, hushyorlik va ogohlikni da’vat etishda diniy soha xodimlari
tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuksak baholanganiga barchamiz guvohmiz. Mazkur
e’tirof diniy soxa xodimlarini jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni avaylab-asrash yo‘lida
yanada fidokorona faoliyat yuritishlariga undaydi.

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, shuningdek, yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy

va diniy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, turli diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashni
yanada faollashtirish hamda yoshlarni yot g‘oyalarga qo‘shilib ketishining oldini olish maqsadida
diniy soha xodimlari quyidagilarga ahamiyat qaratishi zarur hisoblanadi:

- joylarda fuqarolar ichida din bilan bog‘liq jarayonlardan doimiy ravishda boxabar bo‘lib

yurish, vaziyatning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralar bilan
amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash;

- o‘quv muassassalari, mahalla yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda yoshlarni dunyoviylik,

vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning ta’sirchanligini oshirish;

- ta’lim muassasalarida «Tinchlik eng oliy ne’mat», «Islomda ekstremizm va terrorizmga

o‘rin yo‘q», «Diniy-ekstremistik oqimlar – davlat va jamiyatga tahdid» kabi mavzularda davra
suhbati va seminar-mashg‘ulotlar son va sifatini oshirish, tadbirlarda diniy ekstremistik va
terroristik guruhlarning asl qiyofasini fosh etuvchi, jinoyatlari aks etgan videotasvirlardan
foydalanish;

- joylarda masjid va alohida uylarda(hujralarda) noqonuniy diniy ta’lim berish holatlariga

barham berish yuzasidan tushuntirish ishlari tizimli o‘tkazish;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

178

- mahalliy OAVda diniy ekstremizm va missionerlik g‘oyalarining jamiyatga tahdidi haqida

davra suhbatlarida ishtirok etish, xalqaro terrorizm hamda diniy ekstremizm g‘oyalari zamirida
g‘arazli geosiyosiy maqsadlar yotganligi, aqidaparastlar islomni buzib talqin qilishlarini asosli
tarzda fosh etuvchi chiqishlarni ko‘paytirish;

- Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom instituti,

Imom Buxoriy xalqaro markazi, O‘MIning joylardagi vakilliklarining internet saytlariga sof islom
ta’limotlarini yoritishga bag‘ishlangan hamda turli norasmiy, g‘arazli oqimlar tomonidan da’vo
qilinayotgan g‘oyalarga (xususan, mazhabsizlik, takfir, hijrat, jihod) haqqoniy ilmiy raddiya
mazmunidagi maqolalarni muntazam berib borish;

- mahalllalarda hushyorlik va ogohlikni ta’minlash, yoshlarning tarbiyasida oila

ma’suliyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar uyushtirish va bu kabi ishlarda faol ishtirok etish,
mehnat migrantlari bilan ularni jihodiy jamoalar ta’siriga tushib qolishi oldini olishga qaratilgan
suhbatlarda ishtirok etish;

- hokimiyat, korxona, tashkilot, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari bilan hamkorlikda

xayriya faoliyatini kuchaytirish orqali ekstremistlar uchun «faoliyat maydonini» toraytirish va
yo‘qqa chiqarishga alohida e’tibor qaratish;

- diniy-ekstremistik oqimlar tarkibida sodir etgan jinoyati uchun jazo o‘tagan, hozirda

tuzalish yo‘liga kirgan va amnistiya tufayli ozodlikka chiqqan shaxslar bilan o‘tkaziladigan
tarbiyaviy ishlarda qatnashish, ularga aqidaparastlikning asl mohiyati va zararli oqibatlarini
tushuntirish bilan ijobiy ta’sir o‘tkazishga urg‘u berish.

XULOSA

Tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, globallashuv

jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g‘urur,
iftixor, tuyg‘usini, yanada chuqurroq shakllantirish, yot g‘oyalardan saqlovchi mafkuraviy
immunitet shakllantirish O‘zbekistondek buyuk Vanatimiz kelajagiga o‘zini ma’sul hisoblovchi
barcha yurtdoshlarimizning, shu jumladan, diniy soha xodimlarining muhim vazifasi bo‘lib qoladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-Toshkent “O‘zbekiston”.-2020. O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksi https://www.lex.uz/acts/111453.

2.

A.U.Anorboyev. Kiberjinoyatchilik, unga qarshi qarshi kurashish muammolari va
kiberxavfsizlikni ta’minlash istiqbollari; monografiya, toshkent 2020 y.

3.

Extiyot bo‘ling, ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlik\ http://www.qoshrabot.uz/oz/node/661

4.

Sh.M.Mirziyoyevni

O‘zLDPning

X

qurultoyida

so‘zlagan

nutqi.

https://uznews.uz/posts/2030-iilgaca-savkat-mirziyoev.

5.

Sh.M.Mirziyoyevni Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://uza. Uz,30.12.2020.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-Toshkent “O‘zbekiston”.-2020. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi https://www.lex.uz/acts/111453.

A.U.Anorboyev. Kiberjinoyatchilik, unga qarshi qarshi kurashish muammolari va kiberxavfsizlikni ta’minlash istiqbollari; monografiya, toshkent 2020 y.

Extiyot bo‘ling, ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlik http://www.qoshrabot.uz/oz/node/661

Sh.M.Mirziyoyevni O‘zLDPning X qurultoyida so‘zlagan nutqi. https://uznews.uz/posts/2030-iilgaca-savkat-mirziyoev.

Sh.M.Mirziyoyevni Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://uza. Uz,30.12.2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов