CORRECTLY APPLY EDUCATIONAL METHODS IN LESSON PROCESSES IMPACT ON THE QUALITY OF EDUCATION.

HAC
Google Scholar
To share
Ikromova, M., & Xakimova, G. (2023). CORRECTLY APPLY EDUCATIONAL METHODS IN LESSON PROCESSES IMPACT ON THE QUALITY OF EDUCATION. Modern Science and Research, 2(10), 316–322. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24354
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the essence of educational methods, their types and different approaches to them, as well as ways of improving them, educational tools, as well as an introduction to the didactic fundamentals of education have been covered. At the same time, information was provided about what educational methods should be used in which parts of the lesson and their effect on the productivity of the lesson. It is also intended to develop global thinking, competence, professionalism, theoretical and practical training, knowledge, skills and abilities of independent education, and to ensure that they use them effectively in their pedagogical activities. caught. It is dedicated to the issues of using modern educational methods in the educational system, training in the educational process, implementation of advanced educational methods in the organization of work individually, in pairs, small groups and teams, and a new approach to the pedagogical process.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

316

DARS JARAYONLARIDA TA’LIM METODLARINI TO’G’RI QO’LLASHNING

TA’LIM SIFATIGA TA’SIRI.

Ikromova Maqsuda Baqoyevna

“O’zbek tili va adabiyoti, xorijiy tillar” kafedrasi asissenti.

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy

Tadqiqotlar Universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institute.

Buxoro sh, O’zbekiston.

e-mail:

ikromova m1969@umail.uz

Tel: (93) 454 15 70

Xakimova Gulrux Abdunabiyevna

Buxoro viloyat yuridik texnikumi

“Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

Tel: 998 (93) 450 28 33

e-mail:

xakimovagulrux92@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8428603

Annotatsiya

. Ushbu maqolada ta'lim metodlarining mazmun-mohiyati, ularning turlari va

ularga turlicha yondashuvlar hamda ularni takomillashtirish yo‘llari, ta’lim vositalari,
shuningdek, ta'limning uskunaviy didaktik asoslari bilan tanishtirish yoritib borilgan. Shu bilan
birgalikda darsning qaysi qismlarida qanday ta’lim metodlarini qo’llash kerakligi va ularning
dars unumdorligiga ta’siri haqida ham ma’lumot berib o’tilgan.

Shuningdek o’qituvchilarda global tafakkur, kompetentlik, professionallikni shakllantirish,

nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim turlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni
rivojlantirish, ulardan o’z pedagogik faoliyatlarida samarali foydalanishlarini ta’minlash ko’zda
tutilgan. Ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish, o’quv jarayonida treninglar,
yakka tartibda, juftlikda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilgan holda ilg’or ta’lim
metodlarini amaliyotga joriy qilish hamda pedagogik jarayonga yangicha yondashuv
masalalariga bag’ishlangan.

Tayanch tushunchlar:

ta’lim, metodika, ta’lim vositalari, didaktika, interfaol usul,

yelpig’ich metodi, paradokslar metodi, esse metodi.

CORRECTLY APPLY EDUCATIONAL METHODS IN LESSON PROCESSES

IMPACT ON THE QUALITY OF EDUCATION.

Abstract.

In this article, the essence of educational methods, their types and different

approaches to them, as well as ways of improving them, educational tools, as well as an
introduction to the didactic fundamentals of education have been covered. At the same time,
information was provided about what educational methods should be used in which parts of the
lesson and their effect on the productivity of the lesson.

It is also intended to develop global thinking, competence, professionalism, theoretical and

practical training, knowledge, skills and abilities of independent education, and to ensure that
they use them effectively in their pedagogical activities. caught. It is dedicated to the issues of
using modern educational methods in the educational system, training in the educational process,
implementation of advanced educational methods in the organization of work individually, in
pairs, small groups and teams, and a new approach to the pedagogical process.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

317

Key words:

education, methodology, educational tools, didactics, interactive method, fan

method, method of paradoxes, essay method.

ПРАВИЛЬНО ПРИМЕНЯТЬ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ МЕТОДЫ В УЧЕБНЫХ

ПРОЦЕССАХ ВЛИЯНИЕ НА КАЧЕСТВО ОБРАЗОВАНИЯ.

Аннотация.

В данной статье освещены сущность методов обучения, их виды и

различные подходы к ним, а также пути их совершенствования, средства обучения, а
также введение в дидактическую технику обучения. При этом была дана информация о
том, какие воспитательные методы следует использовать в каких частях урока и их
влияние на продуктивность урока.

Он также направлен на развитие глобального мышления, компетентности,

профессионализма, теоретической и практической подготовки, знаний, навыков и умений
самостоятельного образования, а также на то, чтобы они эффективно использовали их
в своей педагогической деятельности. Использование современных методов обучения в
системе образования, обучение в учебном процессе, внедрение передовых методов обучения
в организацию работы индивидуально, в парах, малых группах и командах, новый подход к
педагогическому процессу посвящены вопросам.

Ключевые слова:

обучение, методика, средства обучения, дидактика,

интерактивный метод, веерный метод, метод парадоксов, метод эссе.

Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa,

berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar.

I.A. Karimov

Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish

uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalarii amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari
va shakllarini o’z ichiga oladi.

Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo’li,

usuli yoki ko’rinishidan iborat bo’lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat
qiluvchi o’ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi.

Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun

qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq
ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda
o’rgatish, maktabgacha ta’lim muassasasida o’rgatish, o’qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar,
kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish. Demak har bir harakat ma’lum
yo’lda va shunga muvofiq metodda amalga oshiriladi.

Metod –

(grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, yo’l, ahloq usuli ma’nolarini

anglatadi). Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. Faoliyat, harakatning
yo’li, usuli yoki qiyofasi, shakli, ko’rinishi.

Ta’lim metodi

– o’qituvchining o’quvchilar bilan muntazam qo’llaydigan, o’quvchilarga

o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni egallash hamda
ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgilangan ta’lim berish maqsadiga
erishish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga
solingan usullari majmuasidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

318

Metodika –

biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, usullari, yo’llari majmuasi.

U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o’quv fanini o’qitish
hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika
metodikasi va shu kabilar.

Usul –

biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish tartibi.

Uslub –

biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun qo’llash lozim

bo’lgan usullar majmuasi.

Yo’l (ruscha – priyom) –

biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi.

Yuqorida aytilganlardan ko’rinadiki, har bir ta’lim metodi tarkibiga muayyan ta’lim-

tarbiyaviy vazifani bajarishga qaratilgan ish-harakat usullari, yo’llari kiradi.

Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan ta’lim metodlari xilma- xil hamda ko’p sonli bo’lib,

ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga, ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarga ega, muayyan
maqsadlarga, sharoitlarga mos ekanligi va boshqa sifatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Bundan
ko’rinib turibdiki, bu metodlarning har biri muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar uchun mos
bo’lib, uning o’rniga boshqa metodni qo’llash maqsadga muvofiq emas. Chunki boshqa metod
ushbu maqsad uchun mos emas ekanligi ma’lum.

Shu sababli ta’lim metodlarining qaysinisidan qaysi maqsad uchun foydalanish ko’zda

tutilgan samarani berishini bilish muhim ahamiyatga ega. Lekin bu masala hozirgacha to’liq
o’rganilgan emas. Bu masala avvalo ta’lim metodlarini ma’lum belgilariga ko’ra turlarga ajratib
olish va ularning asosiy xarakteristikalarini aniqlashni talab qiladi. Shuni hisobga olgan holda
zamonaviy ta’lim metodlarini turlarga ajratish dolzarb masaladir. Buni hal qilish uchun zamonaviy
ta’lim metodlarining turlarga ajratish uchun zarur bo’lgan asosiy belgilarini aniqlab olish lozim.
Bu belgilar quyidagilar bo’lishi mumkin:

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining

samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta
tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.. Shu bilan
birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik
hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda
ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda
interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash
muammosini keltirib chiqargan.

O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va

imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi,
o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.

Interfaol metodlar

deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga

undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi

.

Bu metodlar

qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi
butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali
jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

ta’lim samarasi yuqoriroqbo’lgan o’qish-o’rganish;

ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;

ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

319

ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;

ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;

amalda bajarish orqali o’rganilishi;

ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Shunday qilib, fanlarni o’qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o’ziga xos

xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab
o’rganish va amalda qo’llash o’quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning
to’g’ri echimini topishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchi-talabalarning ijodkorligini va
faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda
o’quvchi-talabalarning bilim, ko’nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.

Yuqorida aytilganlardan interfaol ta’lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda

ularni tasniflash zarurati ma’lum bo’ladi. Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni
keltiramiz.

Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari,

interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.

Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:

1.

Interfaol

metodlar:

“Keys-stadi”

(yoki

“O’quv

keyslari”),

“Blist-so’rov”,

“Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.

2.

Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”,

“Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari
tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv
ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham
ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.

3.

Interfaol grafik organayzerlar

: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn

diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik
organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma
ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq
jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.

Interfaol ta’lim metodlarini ko’pincha turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari

texnologiyalari bilan bir vaqtda qo’llanmokda. Bu metodlarni qo’llash mashg’ulot
ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo’yicha hozirgi ayrim interfaol ta’lim

metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash uchun
qulayligi shartli ravishda quyidagi 8-jadvalda keltirildi.

Bu jadvaldagi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari

texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi bir muncha shartli va aslida muayyan o’quv
mashg’ulotlari texnologiyalari bilan boshqa yana ko’p interfaol metodlarni aniq maqsadlar yo’lida
qo’llash mumkin ekanligini alohida ta’kidlash zarur.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

320

Yelpig’ich (VEER) METODI

Bu metod murakkab, ko’p tarmoqli, ko’pincha muammoli xarakterga ega bo’lgan

mavzularni o’rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, unda mavzuning barcha
jihatlari (masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari, boshqa
fazilatlari) to’g’risida bir yo’la sharh beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida belgilanadi va
tegishlicha muhokama etiladi.

Bu interfaol metod o’quvchi talabalarda tanqidiy, tahliliy, aniq, mantiqiy fikrlashning

muvaffaqiyatli rivojlanishiga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham
bayon etish, himoya qilish qobiliyatini rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.

Yelpig’ich metodi umumiy mavzuning ayrim jihatlarini alohida muhokama qiluvchi kichik

guruhlarning hamda har bir ishtirokchining va shu bilan birga, butun guruhning faol ishlashini
tashkil qilishga yo’naltirilgan.

Yelpig’ich metodini mavzuni o’rganishning turli bosqichlarida qo’llash mumkin:

boshlanishida: o’quvchi-talabalarning bilimlarini erkin faollashtirish;

mavzuni o’rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;

yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.

Bu metodni qo’llashda mavzu bo’yicha quyidagi asosiy tushunchalar o’rganiladi:

mavzuga tegishli tushunchalar, nuqtayi nazarlar, predmet, hodisalar;

afzallik – biror narsa bilan qiyoslagandagi ustunpik, imtiyoz;

nuqson—nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik;

fazilat – ijobiy sifatlar;

xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo’yicha dalildan natijaga kelish.

Yelpig’ich metodi ta’lim maqsadidan tashqari tarbiyaviy xarakterdagi quyidagi vazifalarni
amalga oshirish imkonini ham beradi:

jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;

muammolar, vaziyatlarni turli nuqtayi nazardan muhokama qilish mahorati;

murosali qarorlarni topa olish mahorati;

o’zgalar fikriga hurmat;

xushmuomalalik;

ishga ijobiy yondashish;

faollik;

muammoga diqqatini jamlay olish mahoratini shakllantirish va mustahkamlash.

“Qor bo’ron” metodi

Ikkiga ajratilgan guruh talabalari bir muammo yuzasidan eng ko’p to’g’ri javoblar topish

maqsadida birgalikda muhokama yuritishadi. Har bir to’g’ri javob yumaloqlangan qor ko’rinishida
o’sha guruh hisobiga yozib qo’yiladi; to’plangan umumiy ballar miqdori asosida guruhlar
baholanadi.

Muammo bitta guruhda yoki ikki kichik guruhlarda muhokama qilinadi. Bunda topshiriqlar

har xil yoki butun guruhga bitta bo’lishi mumkin. Guruhlar qo’yilgan muammoni ma’lum muddat
muhokama etib, natijani boshqalarga ma’lum qilishadi. Muammo yechimining eng yaxshi varianti
tanlab olinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

321

“ESSE” METODI

Esse

fransuz tilidan tarjimada “tajriba, andaza” ma’nolarini anglatadi.

Esse

– prozaik

etyud, qandaydir bir predmetga oid umumiy yoki dastlabki mulohazalar. Ko’pincha esse yozish
mashg’ulotning boshida, yoki refleksiya sifatida, ohirida taklif etiladi. Esse yozish ko’pincha
nazariy mashg’ulotlar, ma’ruzalar hamda mustaqil mashg’ulotlar tarkibida o’tkaziladi. Uning
quyidagi turlari tegishli maqsadlarga muvofiq holda qo’llaniladi:

Esse

– taklif etilgan mavzu yuzasidan 1000 dan 5000 gacha so’z hajmidagi insho.

Esse

– bu muallifning ta’kidlab o’tadigan individual nuqtayi nazarini erkin ifoda etish

shakli; qandaydir mavzu bo’yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o’z ichiga oladi.

Asoslangan esse

– qo’yilgan savolga asosli javob keltirilgan yozma ishdir. Muallif ma’lum

bir nuqtayi nazarni egallaydi va uni himoya qiladi, bunda o’zining nuqtai nazarini qo’llab-
quvvatlash uchun bir qancha asoslangan isbotlarni keltiradi. Maqsad – muallif lozim topadigan
qarashlarni boshqalarning ham qabul qilishiga ishontirish.

Asoslangan samarali esse yozish uchun agar siz o’z esseingizni yozish jarayonida uni fikriy

jihatdan kitobxonlarga (uni o’quvchilarga) “taqdim eta olsangiz” va ular bilan fikriy muloqot
o’rnata olsangiz, uni yozishingiz engil bo’ladi.

PARADOKSLAR METODI

Pedagog ma’ruzani olib borish jarayonida talabalarning qarama-qarshilikka

(tushunchalardagi, bilimlardagi) duch kelishlarini ta’minlaydi. Bunday vaziyat asosan talabaning
tushunchalaridagi adashishlar va xatoliklar bilan bog’liq. Demak, bu muammoli vaziyat
talabalarning oldingi fikr, tushunchalari va xulosalariga qarama-qarshi, paradoksal bo’lgan
vaziyatdir.

Talabalar muammoli vaziyatni yuzaga keltirgan amallardagi xatolikni izlaydilar (lekin

amallarda xatolik yo’q).

Ijodiy fikrlay oladigan talaba amallarning bajarilishi jarayoni emas, balki mazkur amalning

o’zi xato ekanligini aniqlay oladi (bunday talaba topilmasa, o’qituvchining o’zi buni oshkor
qilishiga to’g’ri keladi).

Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash nimalarga bog‘liq,

degan masaladir. Didaktikaga oid adabiyotlarda ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlash va ularni
qo‘llash samaradorligining turli omillar bilan bog‘liqliklari quyidagicha qayd qilinadi:
birinchidan, o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog‘liq; ikkinchidan,
bayon qilinadigan materialning harakteriga bog‘liq; uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va
rivojlanish darajasiga bog‘liq; to‘rtinchidan, o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining
muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq; beshinchidan, o‘quv jarayonining moddiy-texnik
ta’minoti bilan bog‘liq; oltinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va
o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o‘qituvchining hozirgi zamon metodlari bo‘yicha
bilimlariga bog‘liq. Bunda har bir shakl o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va
metodlar to‘plami yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didaktik majmuaning amalga
oshirilishi esa, o‘quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi. Xulosa
qilib aytadigan bo‘lsak, ta’lim olish jarayonida ta’lim metodlari, vositalari va ularni to‘g‘ri va
o‘rinli qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Va ular ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

322

REFERENCES

1.

O‘zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y

2.

O‘.Asqarova, M.Nishonov, M. Xayitbaеv “Pеdagogika” T., “Talqin” 2008

3.

To‘xtaboеv, A. Eraliеv “Tashkiliy xatti-xarakatlar” Andijon.,“Xayot” 2001y

4.

R. Mavlonova “Pеdagogika” T., “O‘qituvchi” 2004 y

5.

M.To‘xtaxo‘jayeva “Pеdagogika” T., “O‘qituvchi” 2010 y

6.

O.U.Avlayev, S.N. Jo‘rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv-uslubiy qo‘llanma,
“Navro‘z” nashriyoti, Toshkent – 2017

7.

Xaydarov, S. A. (2021). Mamlakat tarixini o‘qitishda tasviriy san’atdan foydalanishning
o‘rni. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. YANGI FANI. Konferentsiya materiallarida
(41-43-betlar).

8.

Психологическая служба образования: от теории к практике. учебно-методическое
пособие. Ш.Р.Баратов, Д.Ш.Баротова, М.Н.Усманова. – Бухоро: Дурдона, 2017. – 172
c.

9.

Мясищев, В.Н. Основные проблемы и современное состояние психологии
отношений человека [Текст] / В.Н. Мясищев ИИ Психологическая наука в СССР. -
1960.-Т.2. -С.. 110-125.

10.

Абульханова-Славская, К.А. Деятельность и психология личности [Текст] /
К.А.Абульханова-Славская. – М.: Наука, 1980. -335 с.

11.

Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007.

12.

Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, Fan va
texnologiya. 2010.

13.

Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati, 2010.

14.

Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjayev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti,
2017.

15.

Djurayev R.X. va boshqalar. Pedagogik atamalar lug‘ati. –Toshkent, Fan, 2008.

16.

O‘.Asqarova. Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar; O‘quv qo‘llanma.– Toshkent,
Istiqlol, 2005.

17.

Pedagogik entsiklopediya. I va II jild. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy
nashriyoti. -Toshkent, 2012.

18.

TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by Alex


References

O‘zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y

O‘.Asqarova, M.Nishonov, M. Xayitbaеv “Pеdagogika” T., “Talqin” 2008

To‘xtaboеv, A. Eraliеv “Tashkiliy xatti-xarakatlar” Andijon.,“Xayot” 2001y

R. Mavlonova “Pеdagogika” T., “O‘qituvchi” 2004 y

M.To‘xtaxo‘jayeva “Pеdagogika” T., “O‘qituvchi” 2010 y

O.U.Avlayev, S.N. Jo‘rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv-uslubiy qo‘llanma, “Navro‘z” nashriyoti, Toshkent – 2017

Xaydarov, S. A. (2021). Mamlakat tarixini o‘qitishda tasviriy san’atdan foydalanishning o‘rni. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. YANGI FANI. Konferentsiya materiallarida (41-43-betlar).

Психологическая служба образования: от теории к практике. учебно-методическое пособие. Ш.Р.Баратов, Д.Ш.Баротова, М.Н.Усманова. – Бухоро: Дурдона, 2017. – 172 c.

Мясищев, В.Н. Основные проблемы и современное состояние психологии отношений человека [Текст] / В.Н. Мясищев ИИ Психологическая наука в СССР. - 1960.-Т.2. -С.. 110-125.

Абульханова-Славская, К.А. Деятельность и психология личности [Текст] / К.А.Абульханова-Славская. – М.: Наука, 1980. -335 с.

Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007.

Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, Fan va texnologiya. 2010.

Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.

Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjayev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017.

Djurayev R.X. va boshqalar. Pedagogik atamalar lug‘ati. –Toshkent, Fan, 2008.

O‘.Asqarova. Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar; O‘quv qo‘llanma.– Toshkent, Istiqlol, 2005.

Pedagogik entsiklopediya. I va II jild. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. -Toshkent, 2012.

TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by Alex

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов