CASES OF HARASSMENT, HARASSMENT AND VIOLENCE AGAINST WOMEN AND GIRLS AND THEIR PROTECTION

HAC
Google Scholar
To share
Ikromova , M. ., & Xakimova, G. . (2024). CASES OF HARASSMENT, HARASSMENT AND VIOLENCE AGAINST WOMEN AND GIRLS AND THEIR PROTECTION. Modern Science and Research, 3(2), 579–587. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29405
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article discusses the forms and causes of violence and harassment of women and girls and the work they are doing to prevent this violence in society. The legislation regulating family relationships, the national experience of protecting women affected by family violence and harassment, has been studied.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

579

XOTIN-QIZLARGA NISBATAN TEGAJOG‘LIK, TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIK

HOLATLARI VA ULARDAN HIMOYALANISH

Ikromova Maqsuda Baqoyevna

“O’zbek tili va adabiyoti, xorijiy tillar” kafedrasi asissenti.

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy

Tadqiqotlar Universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Buxoro sh, O’zbekiston

Tel: (93) 454 15 70

e-mail: ikromova

m1969@umail.uz

Xakimova Gulrux Abdunabiyevna

Buxoro viloyat yuridik texnikumi

“Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

Tel: 998 (93) 450 28 33

e-mail:

xakimovagulrux92@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10663539

Annotatsiya. Maqolada xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiq holatlarining

namoyon bo‘lish shakllari va sabablari, jamiyatda ushbu zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha
amalga oshirayotgan ishlar xususida yoritilgan. Oiladagi munosabatlarni tartibga soluvchi
qonunchilik hujjatlari, oilaviy zo‘ravonlik va tazyiqdan jabr ko‘rgan ayollarni himoya qilishning
milliy tajribasi o‘rganilgan.

Tayanch so‘zlar: oiladagi zo‘ravonlik va tazyiq, xotin-qizlarga nisbatan jismoniy

zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, psixologik zo‘ravonlik, iqtisodiy zo‘ravonlik, himoya orderi, tazyiq
va zo‘ravonlikka sabab bo‘luvchi omillar va oqibatlar, RESPECT women, xotin-qizlarga ko‘mak
berish, reabilitatsiya qilish.

CASES OF HARASSMENT, HARASSMENT AND VIOLENCE AGAINST

WOMEN AND GIRLS AND THEIR PROTECTION

Abstract. The article discusses the forms and causes of violence and harassment of women

and girls and the work they are doing to prevent this violence in society. The legislation regulating
family relationships, the national experience of protecting women affected by family violence and
harassment, has been studied.

Key words: domestic violence and harassment, physical violence against women, sexual

violence, psychological abuse, economic violence, protective order, harassment and violence
contributing factors and consequences, RESPECT women, women support, rehabilitation.

СЛУЧАИ ДОМОГАТЕЛЬСТВ, ДОМОГАТЕЛЬСТВ И НАСИЛИЯ В

ОТНОШЕНИИ ЖЕНЩИН И ДЕВОЧЕК И ИХ ЗАЩИТА

Аннотация. В статье рассматриваются формы и причины насилия и

домогательств в отношении женщин и девочек, а также проводимая ими работа по
предотвращению этого насилия в обществе. Изучено законодательство, регулирующее
семейные отношения, национальный опыт защиты женщин, пострадавших от насилия и
домогательств в семье.

Ключевые слова: домашнее насилие и домогательства, физическое насилие в

отношении женщин, сексуальное насилие, психологическое насилие, экономическое


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

580

насилие, охранный ордер, факторы и последствия, способствующие домогательствам и
насилию, УВАЖЕНИЕ женщин, поддержка женщин, реабилитация.

“Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda

huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar.

Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga

nisbatan birodarlik munosabatida bo‘lishlari kerak”

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1-modda

Qadim-qadimdan ayollarni kamsitish evaziga erkaklarning ustunligini namoyon qilish

oddiy hol sifatida qabul qilingan. Hatto erkak tomonidan ayolning jazolanishi qonunan
mustahkamlab qo‘yilgan. Lekin XX asrning 70-yillariga kelib, oiladagi zo‘ravonlik masalasi
muhokama va e’tirozlarga sabab bo‘la boshlagan. Shunda ham gap faqat jismoniy zo‘ravonlik
xususida borgan. Milliy xususiyatlarimizga ko‘ra, oiladagi holatni ommaga oshkor qilish uyatli
hisoblanib, shu nuqtayi nazardan ham oilada bolalarga “uydagi gapni ko‘chaga tashima”, deya
tarbiya berishgan. Agar qizlar oila qurganidan keyin qandaydir muammo tug‘ilsa, “sen ayolsan,
chida, chiqqan qiz chig‘iriqdan tashqarida bo‘ladi”, deya ularni taqdiriga ko‘nishga, salomatligini
yo‘qotish evaziga chidashga chorlangan. Xo‘sh, texnologiyalar asri hisoblanmish bugungi kunda-
chi?! Qachonki rivojlanish uchun barcha sharoitlar yaratilsa, o‘z bilimi, malakasi va
ko‘nikmalarini yuksaltirish imkoni bo‘lgan bugungi kunda ham oiladagi zo‘ravonlikka chidash
kerakmi?!

Insonlarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlari asosida insoniyat taraqqiyotining o‘ziga xos

jihatlari va tarixiy rivojlanish shakllari paydo bo‘lgan. Tazyiq va zo‘ravonlikka asoslangan xulq-
atvor hamda o‘zaro munosabatlar ham mazkur jarayonda o‘z o‘rniga ega. Tarixga nazar solsak,
ijtimoiy taraqqiyotning har bir bosqichida zo‘ravonlikka asoslangan munosabatlarni ko‘rish
mumkin. Zero zo‘ravonlik ham ijtimoiy munosabatlarning bir ko‘rinishi sifatida azaldan barcha
jamiyatlarda mavjud bo‘lib kelgan. Tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini ijtimoiy munosabatlar
nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish insoniyat taraqqiyotini boshqa tomondan anglash imkonini
beradi.

Har yili sayyoramiz bo‘ylab yarim milliondan ortiq odam zo‘ravonlikdan vafot etadi,

ko‘pchiligi jamoaviy va shaxslararo nizolar natijasida tan jarohatlari oladi. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, zo‘ravonlik dunyo bo‘ylab 15 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan
odamlar o‘limining asosiy sabablaridan biridir.

A.A.Guseinov va R.A.Apresyan kabi bir qator olimlarning fikricha: “Zo‘ravonlikning

mohiyati odamlar o‘rtasidagi iroda erkinligini yo‘q qilish jarayoni bo‘lib, bir tomonning kuch
ishlatish va tashqi majburlash yo‘li bilan o‘z irodasini boshqalarga yuklashidir”[2]. Olimlarning
nazarida bitta fikrning ikkinchi fikrga o‘z xohishi bilan bo‘ysunish holati bundan mustasno. Misol
uchun, oilada o‘g‘il otasining fikrini ma’qul bilib, unga o‘z xohishi bilan bo‘ysunishi zo‘ravonlik
holati hisoblanmaydi.

Zo‘ravonlik va tazyiq tushunchasini har tomonlama o‘rganish va ishlab chiqish muhim

ahamiyatga ega. Chunki bunday munosabatlar doimiy ravishda davlatlar, millatlar, alohida
guruhlar, shaxslar va oila a’zolari o‘rtasida sodir bo‘lishi kuzatiladi. Oiladagi zo‘ravonlik va tazyiq


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

581

holatlarini o‘rganganda uning tarkibiy elementlarini alohida inobatga olish hamda omillarni tahlil
qilish dolzarb sanaladi.

AQSHda XX asrning ikkinchi yarmida oiladagi zo‘ravonlik milliy muammo sifatida e’tirof

etildi va fanlararo ilmiy tahlil obyektiga aylandi. Eng mashhur ilmiy loyihalar qatoriga 1975-yilda
amerikalik sotsiologlar tomonidan o‘tkazilgan hamda 1985-yilda A.Strauss[3] boshchiligidagi bir
guruh mutaxassislar tomonidan oiladagi zo‘ravonlik muammolarini umummilliy o‘rganishni
davom ettirilishi kiradi. Bu sotsiologlar va boshqa bir qator amerikalik olimlar (L. Lerman, L.
Sherman, R. Burk, D. Finkelxor, K. Yollo va boshqalar) bugungi kungacha oiladagi zo‘ravonlik
sohasini o‘rgangan yetakchi mutaxassislardan hisoblanadi[4]. Bugungi kunda ham AQSH
hukumati oiladagi zo‘ravonlikni tadqiq qilish va unga qarshi kurashishning yangi yondashuvlarini
ishlab chiqishga katta sarmoya kiritib kelmoqda.

Ayollarga nisbatan eri yoki yaqin sherigi tomonidan zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazilishi

sog‘liqni saqlash va inson huquqlarining jiddiy buzilishi hisoblanadi. JSST tomonidan e’lon
qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab, taxminan, har uchinchi (30%) ayol o‘z hayoti
davomida turmush o‘rtog‘i yoki boshqa shaxs tomonidan jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka
duchor bo‘ladi.

Oilaviy zo‘ravonlik global muammolardan biri bo‘lib, ayollar begonalar tomonidan emas,

balki o‘z oila a’zolarining tajovuzkor harakatlariqurboni bo‘ladi. Bu badanga unchalik katta
bo‘lmagan yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq o‘rta og‘irlikdagi jinoyatlar hamda qotilliklarga
tegishli. Yaqin insonlariga nisbatan tajovuz holatlari deyarli barcha mamlakatlarda qayd etiladi.
Shu nuqtayi nazardan guruhdagi, jumladan, oiladagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini quyidagicha
ta’riflash mumkin:

Zo‘ravonlik

biror insonga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki

bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i,
jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoyalangan boshqa huquqlari hamda
erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik holatlarini qamrab oladi.
Tazyiqesa sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, insonning,
jumladan, xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat yoki harakatsizlik,
shilqimlik holatlarini nazarda tutadi.

Oiladagi tazyiq va zo‘ravonlik

– shaxsning jismoniy va ruhiy salomatligiga zarar

yetkazadigan, oila a’zolarining maqbul hayotiga xalal beradigan, oiladagi bolalarning normal
rivojlanishi uchun xavf tug‘diradigan, oila a’zolaridan birining huquqlarini buzadigan har qanday
harakatdir.

Bugungi kunda oiladagi tazyiqlar va zo‘ravonliklar tufayli ayollarni asrash va himoya

qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra,“

tazyiq va

zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlar

– o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishi tahdidi ostida

bo‘lgan yoki tazyiq va zo‘ravonlik natijasida jabrlangan ayollar”dir.

Oilaviy zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazish zo‘rlik qilish xatti-harakatlarida namoyon bo‘lib, u

ko‘p hollarda jismoniy zo‘ravonlik va tazyiq bilangina chegaralanmaydi, balki oiladagi insonlarni
qat’iy chegaralash, xo‘rlash, zug‘um o‘tkazish va qo‘rqitish kabi shakllar orqali ham namoyon


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

582

bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, oiladagi tazyiq va zo‘ravonliklar

jismoniy, jinsiy, ruhiy va

iqtisodiy

turlarga ajratilishi mumkin.

Xotin-qizlarga nisbatan oiladagi jismoniy zo‘ravonlik

xotin-qizlarga nisbatan og‘irligi turli

darajada bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish, ularni xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan
shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish,
jismoniy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazishning o‘zga choralarini qo‘llash bilan tahdid
qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan
boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qilinadigan zo‘ravonlik shaklidir.

Xotin-qizlarga nisbatan oiladagi jinsiy zo‘ravonliko‘z ichiga xotin-qizlarga nisbatan

ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daxlsizlikka va
jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan zo‘ravonlik xatti-harakati, shuningdek, zo‘rlik ishlatish bilan
tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir
etish orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash holatlarini qamrab oladi.

Xotin-qizlarga nisbatan oiladagi iqtisodiy zo‘ravonlikxotin-qizlarga nisbatan turmushda

amalga oshirilgan zo‘ravonlik turi bo‘lib, xotinqizlarning normal yashashi va kamol topishi uchun
oziq-ovqat, uyjoy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqini,
mulk huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib
keladigan harakat yoki harakatsizlikni o‘z ichiga oladi.

Xotin-qizlarga nisbatan oiladagi ruhiy zo‘ravonlikxotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat

qilish, tahdid qilish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek, ularning xohish-
irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zo‘ravonlik turi bo‘lib,
reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun
xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib keladigan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar
yetkazgan harakat yoki harakatsizliklardir.

Deyarli barcha davlatda zo‘ravonlik holatlari, jumladan, oiladagi zo‘ravonliklar borasida

to‘plangan statistik ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ular mavjud holat yuzasidan o‘zgarishlarni yillar
kesimida kuzatish imkonini bersa-da, oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning aksariyati bu
borada ma’lumot berishni lozim topilmasligi sababli oilaviy zo‘ravonlik va tazyiq holatlarining
aniq ko‘lamini bilish imkoni chegaralagan. Oiladagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini o‘rganish
mutasaddi organ vakillarining mahorati va tajribasini talab qiladi.

Zo‘ravonlik va tazyiqqa sabab bo‘luvchi umumiy omillarga quyidagilarni kiritish

mumkin:

ta’lim va madaniyat darajasining pastligi jinsiy zo‘ravonlikni sodir etish va jinsiy

zo‘ravonlikka duchor bo‘lish ehtimolini oshiradi;

bolalik davrida zo‘ravonlikni boshdan kechirish zo‘ravonlik qilish va unga duchor bo‘lish

ehtimolini oshiradi;

oilada kuzatilgan zo‘ravonlik tufayli zo‘ravonlik qilish va unga duchor bo‘lish ehtimoli

oshadi;

shaxsning antisotsial jihatdan buzilishi zo‘ravonlik qilish ehtimolini oshiradi;

spirtli ichimliklar yoki narkotik moddalarni iste’mol qilish zo‘ravonlik qilish va unga

duchor bo‘lish ehtimolini oshiradi;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

583

erkaklarning zararli odatlari va xulq-atvor normalari, shu jumladan, ko‘pxotinlilikka

moyillik va zo‘ravonlikni oqlaydigan munosabatlar zo‘ravonlik qilish ehtimolini keskin oshiradi;

erkaklarga imtiyozli yoki yuqori lavozimni, ayollarga esa pastroq lavozimni belgilovchi

ijtimoiy normalar erkaklar tomonidan amalga oshirilgan zo‘ravonlik holatlarini oqlash va bunga
yo‘l ochib berish;

ayollarning ishga joylashishdagi imkoniyatlarining cheklanganligi ularni tazyiq ostida

yashashga ko‘nikishiga sabab bo‘ladi;

gender tengligining quyidarajasi, ya’ni diskriminatsion qoidalar ayollarning qaram

bo‘lib,chidabyashashiga olib keladi.

Ko‘plab tadqiqotlar va kuzatishlar natijasida oilada turmush o‘rtog‘i tomonidan

zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan ayollarning soni ko‘payishiga sabab bo‘luvchi omillar
mavjudligi aniqlandi. Ularni shartli ravishda to‘rtga bo‘lishmumkin:

erning o‘tmishida birovga zo‘ravonlik qilish va tazyiq o‘tkazish tajribasi mavjud bo‘lsa;

er va xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va oilaviy hayotdan qoniqmaslik holatining

mavjudligi;

juftlikning o‘zaro munosabatidagi qiyinchiliklar;

erkakning oiladagi dominantlikka, hamma narsani nazorat qilishga intilishi.

Oiladagi zo‘ravonlik tufayli xotin-qizlarda qisqa va uzoq muddatli, yengil yoki jiddiy

jismoniy, ruhiy, jinsiy va reproduktiv salomatlikka oid muammolar kelib chiqishi mumkin.
Zo‘ravonlikning yuqorida keltirilgan turlari oiladagi farzandlarga ham ta’sir o‘tkazmay
qo‘ymaydi. Bu esa jamiyat uchun katta ijtimoiy va iqtisodiy muammolar hamda xarajatlar keltirib
chiqaradi. Oiladagi zo‘ravonlik bir qator ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bularga,
asosan, quyidagi holatlar kiradi:

o‘lim yoki o‘z joniga qasd qilish holatlari;

jiddiy lat yeyish va jarohatlanish: zo‘ravonlik haqida xabar bergan ayollarning 42 foizi

turmush o‘rtog‘i tomonidan amalga oshirilgan zo‘ravonlik tufayli jarohatlanganligi ma’lum
bo‘lgan;

ayol homiladorlik davrida amalga oshirilgan zo‘ravonlik tufayli 13 foiz holatda homilaning

tushishi, 41 foiz holatda esa bolaning vaqtidan oldin tug‘ilishiga sabab bo‘lgani kuzatilgan;

depressiya va posttravmatik stress psixologik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi;

zo‘ravonlikni boshdan kechirgan insonlarning ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka ruju

qo‘yishi.

Shubhasiz, oilada ota-ona bolalarning kamol topishida katta ta’sir ko‘rsatadi. Farzandlar

uchun ota-onaning xulq-atvori,to‘g‘ri va noto‘g‘ri xatti-harakatlari namuna sifatida gavdalanadi.
Har birimiz ota-ona munosabatlarining namunasiga egamiz, lekin afsuski, u har doim ham
muhabbat va o‘zaro hurmatni ifodalamaydi. Dunyoda har kuni ko‘plab bolalar oilaviy
zo‘ravonlikning guvohi bo‘ladi. Ular jamiyatning eng zaif va yordamga muhtoj qatlami bo‘lib, bu
kabi ayanchli holatlarning guvohi, jabrlanuvchisiga aylanadi. Notinch muhitga ega oila farzandlari
uchun bu muhit tabiiydek tuyuladi, ular hamma narsa boshqacha bo‘lishi mumkinligini tasavvur
ham qilolmaydi. Ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar ota-onasiga bog‘liq bo‘ladi, ular otasi nima
uchun onasini kaltaklashini tushunolmaydi. Ba’zan sodir bo‘layotgan voqealar uchun o‘zini
aybdor sanashi mumkin. Shu bilan birga,bolalarning kattalarga o‘z muammolari haqida gapirishi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

584

qiyin bo‘ladi. Ularga bu holatda yordam berish faqat ota-onalarningishtirokida amalga oshirilishi
mumkin.

Ota-onalarning zo‘ravonligiga guvoh bo‘lgan bolalarda tashvish, ruhiy tushkunlik,

maktabda o‘zlashtirish darajasining pastligi, qo‘rquv, qo‘rqinchli tushlar, ishtahaning yo‘qligi
(ortiqcha ovqatlanish yoki ovqatlanmaslik) kabi hissiy va xulq-atvor muammolarining paydo
bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi. Bunday bolalar bolalik va o‘smirlik davrida tajovuzkor xatti-
harakatlarga moyil bo‘lishi yoki aksincha, atrofdagi voqealarga befarq munosabatda bo‘lishi va
kelajakdagi oilaviy munosabatlarni qurishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Shuning uchun oiladagi tazyiq va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, jabrlanganlarni esa

reabilitatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Bunda davlat siyosati doirasida mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarish organlari qatorida keng jamoatchilik va shaxsan fuqarolarning mas’uliyati va
majburiyatlarini ado etishi asosiy o‘rin egallaydi.

O‘rganilgan dalillar va ularni baholash natijasida jamiyatdagi ayollarga nisbatan

zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida 2019-yilda JSST, BMT Ayollar tashkiloti, BMTning 12 ta
boshqa tashkilotlari va ikki hamkor tashkilotlar ko‘magida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning
oldini olish bo‘yicha “RESPECT women” nomli hisobot e’lon qilindi[8].

“RESPECT”so‘zining har bir harfi yettita strategiyaning bosh (birinchi) harfidir:
Aloqa ko‘nikmalarini mustahkamlash (Relationship skills strengthening);
Ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish (Empowerment of women); Ta’minlangan

xizmatlar (Services ensured);

Qashshoqlikni kamaytirish (Poverty reduce);
Maktab, ish va jamoat joylarida yaratilgan qulay muhit (Enabling environments created);
Bolalar va o‘smirlar tomonidan zo‘ravonlikning oldini olish (Child and adolescent abuse

prevention);

O‘zgartirilgan munosabat, e’tiqod va me’yorlar (Transformed attitudes, beliefs and norms).
Ushbu yetti strategiyaning har biri resurslar cheklangan va yetarli bo‘lgan sharoitda

yordam ko‘rsatish amaliyotlarini inobatga oladi. Misol sifatida turmush o‘rtog‘ining zo‘ravonligi
qurboni bo‘lgan ayollarga psixologik yordam va maslahatlar berish; ayollarning ijtimoiy va
iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish; moddiy mablag‘ ajratish kabi choratadbirlarni nazarda
tutadi. Shu bilan birga, turmush o‘rtoqlarning har ikkalasida muloqot qobiliyatini yaxshilash
hamda oilaviy munosabatlarni saqlash bo‘yicha maslahat berish; gender tengligini targ‘ib qilish
va stereotiplarni o‘zgartirish maqsadida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish kabi
yo‘nalishlarda faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston qonunchiligida ma’lum normativ hujjatlar asosida oiladagi tazyiq va

zo‘ravonlikka uchrash holatlari va ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda bu yo‘nalishda
bajarilishi kerak bo‘lgan chora tadbirlar belgilab berilgan. Ushbu normativ hujjatlarga “Xotin
qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Xotin- qizlar va erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviymaishiy zo‘rlik
ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3827 sonli
qarori, Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va
yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

585

“Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderi berish ijrosini ta’minlash va
monitoringini yuritish to‘g‘risida”gi Nizom kiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda ayol-qizlardan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan

huquqni muhofaza qilish organlariga 39 343 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 34 330 tasi yoki
87 foizi oilada sodir etilgan. Mazkur holatlarning barchasiga himoya orderi berilgan bo‘lib,
ularning 378 tasi voyaga yetmaganlarga, 9 861 tasi 18–30 yoshdagi ayol qizlarga, 29 104 tasi 30
yoshdan oshgan ayollarga berilgan.

Ma’lumki, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish jarayoni oilada jabr ko‘rgan xotin-

qizlarning hayoti, sog‘lig‘i uchun paydo bo‘lgan xavfni bartaraf etish–xavfsizligini ta’minlash,
jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxs g‘ayriqonuniy
xattiharakatlarnitakroran amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadidagi iqtisodiy, ijtimoiy,
huquqiy, tashkiliy, psixologik va boshqa tusdagi kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar tizimini o‘z
ichiga qamrab oladi. O‘z navbatida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish chora-tadbirlari xotin-
qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga olib keladigan sabablar hamda shart-
sharoitlarni erta aniqlash va bartaraf etish, jamiyatda xotin-qizlarning zo‘ravonlikdan xoli bo‘lish
huquqlaridan xabardorligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa
choratadbirlar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan

shaxslar, jumladan, ayollar quyidagi huquqlarga egadirlar:

Birinchidan, o‘ziga nisbatan tazyiq vazo‘ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish

tahdidi mavjudligi to‘g‘risida ariza bilan tegishli vakolatli organlar, tashkilotlar yoxud sudga
murojaat etish.

Ikkinchidan, maxsus markazlarda, shuningdek, bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy

maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa turdagi yordamlar olish.

Uchinchidan, ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan

murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa ularni bu haqda xabardor qilish;

Himoya orderi– tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat himoyasini

taqdim etuvchi hujjat. Himoya orderini rasmiylashtirish vakolati profilaktika inspektoriga
berilgan. Aniqlangan yoki kelib tushgan barcha zo‘ravonlik holatlari yuzasidan ma’lumotlar
hududiy profilaktika inspektori tomonidan o‘rganib chiqilib, 24 soat ichida himoya orderi berish
choralari ko‘riladi. Himoya orderi 30 kun muddatga berilib, shu muddat mobaynida xavf bartaraf
etilmasa, uni uzaytirish bo‘yicha murojaatga asosan yana 30 kun muddatga uzaytiriladi. Himoya
orderi berilishining asosiy maqsadi qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, zo‘ravonlik holatlariga barham
berish va takroriy zo‘ravonlik yoki tazyiq holatlarining oldini olishdir. Mamlakatimizda himoya
orderini berish amaliyoti “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi
Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi “Xotinqizlarni tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-
yilning fevral oyidan berila boshlandi.

To‘rtinchidan, sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik natijasida o‘ziga yetkazilgan moddiy

zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi talab bilan
sudga murojaat etish. Shu o‘rinda, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganga yetkazilgan moddiy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

586

zararning o‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan
sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinishini alohida ta’kidlash joiz.

Mamlakatimiz qonunchiligiga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir

choralarni qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lgan holatlarda mazkur mexanizmlar o‘z ishini
boshlaydi. Ushbu asoslarga quyidagilar kiritilgan:

tazyiq va zo‘ravonlik qurbonining murojaati;

jismoniy yoki yuridik shaxslarning holat yuzasidan xabarlari;

vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etish

yoxud ularni sodir etishga urinish faktlarining bevosita aniqlanishi;

davlat organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan kelib tushgan axborotlar.

Tazyiq va zo‘ravonlik faktlari aniqlangan taqdirda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan

himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar bu haqda tegishli ichki
ishlar organlariga zudlik bilan xabar qilishlari majburiy sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan yordam

ko‘rsatish, maslahat berish mexanizmi hamda choratadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va
zo‘ravonlik holatlarining oldini olish to‘g‘risida axborot olishni ta’minlash maqsadida
respublikaning butun hududida tun-u kun ishlaydigan bepul 1146 telefon tarmog‘i faoliyat
yuritmoqda.

Mazkur telefon tarmog‘i maxfiylikka rioya etgan holda ish olib boradi. “Xotin-qizlarni

tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasida “tazyiq va
zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatgan shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan barcha
shaxsga doir ma’lumotlar tegishli qonun hujjatlari bilan qo‘riqlanadi” deyilgan. Ishonch telefoni
orqali olingan axborotlarning maxfiy saqlanishi, oshkor etilmasligi muhim ahamiyatga ega,
albatta.

Og‘ir ahvolga tushib qolgan ayollar uchun Respublika reabilitatsiya va moslashtirish

markazi ham xizmat ko‘rsatmoqda (1169). Bundan tashqari, ichki ishlar organlariga “102”,
“1102”, “Ne molchi”, “Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q” nomli telegram kanallar va shu bilan bir qatorda,
zo‘ravonlik holatlari yuzasidan xabar berilishi mumkin bo‘lgan boshqa ko‘plab telefon raqamlar
va ijtimoiy tarmoqlar mavjud. Zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xabar bergan shaxsga oid
ma’lumotlaruning xohishiga ko‘ra anonim bo‘lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, zo‘ravonlik va tazyiq holatlari jamiyat rivojlanishining turli davrlari

va darajalarida kuzatilgan bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning negativ shakli sifatida ilmiy jihatdan
tadqiq qilinishi maqsadga muvofiq. Bunda oilaviy zo‘ravonlik va tazyiq oila ijtimoiy institutining
barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi munosabat shakli sifatida unga olib keluvchi
asosiy sabablar hamda uning oqibatlari, jumladan, farzand tarbiyasidagi ta’siri nuqtayi nazaridan
o‘rganilishi muhim ahamiyatga ega. Sharq va G‘arb olimlarining tadqiqotlari doirasida olingan
natijalarning umumiy va o‘ziga xos jihatlari borligiga alohida e’tibor qaratilishi barobarida buning
sabablari milliy va madaniy xususiyatlarga borib taqalishi mumkinligini inobatga olish lozim.
Jamiyatdagi oilaviy zo‘ravonlik va tazyiqning ko‘lamini kamaytirish, oldini olish va oqibatlari
bilan kurashish maqsadida xalqaro tajriba hamda amaliyotini o‘rganish, kurash mexanizmlarini
tadqiq etish, aniqlangan ustunlik va kamchiliklar ustida ishlash orqali jamiyatdagi holatni
yaxshilash borasida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va qo‘llash imkoni paydo bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

587

REFERFENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi “Ijtimoiy reabilitatsiya
qilish va moslashtirish, shuningdek oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3827-son qarori.
https://lex.uz/ru/docs/3804821

2.

“Xotin qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son
Qonuni. https://lex.uz/docs/4494709

3.

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari
to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-son Qonuni. https://lex.uz/docs/4494849

4.

Насилие

в

семье:

как

это

влияет

на

ребенка

и

что

делать? https://www.unicef.by/press-centr/360.

5.

Родина И.В. Социальная проблематизация насилия в семье в современной
России. Диссертация. 2007. – 355 с. https://www.dissercat.com/content/sotsialnaya-
problematizatsiya-nasiliya-v-seme-vsovremennoi-rossii

6.

Usmonova N. Xotin-qizlar himoyasi doimiy e’tiborda. https Research: Grounded
Theory Procedures and Techniques. – Москва: Эдиториал УРСС, 2001. – 256
с.://uza.uz/uz/posts/hotin-qizlarhimoyasi-doimiy-etiborda_2708099.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3827-son qarori. https://lex.uz/ru/docs/3804821

“Xotin qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonuni. https://lex.uz/docs/4494709

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-son Qonuni. https://lex.uz/docs/4494849

Насилие в семье: как это влияет на ребенка и что делать? https://www.unicef.by/press-centr/360.

Родина И.В. Социальная проблематизация насилия в семье в современной России. Диссертация. 2007. – 355 с. https://www.dissercat.com/content/sotsialnaya-problematizatsiya-nasiliya-v-seme-vsovremennoi-rossii

Usmonova N. Xotin-qizlar himoyasi doimiy e’tiborda. https Research: Grounded Theory Procedures and Techniques. – Москва: Эдиториал УРСС, 2001. – 256 с.://uza.uz/uz/posts/hotin-qizlarhimoyasi-doimiy-etiborda_2708099.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов