THE ROLE OF SAID MUHAMMAD NASIR'S "RESEARCH ON BUKHARA" IN STUDYING THE HISTORY OF BUKHARA

HAC
Google Scholar
To share
Xodjayev, B. (2023). THE ROLE OF SAID MUHAMMAD NASIR’S "RESEARCH ON BUKHARA" IN STUDYING THE HISTORY OF BUKHARA. Modern Science and Research, 2(10), 517–519. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24500
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the role and importance of Said Muhammad Nasir's work "The study of the arch of Bukhara" in the study of the history of Bukhara. Reasonable opinions and comments are used throughout the article.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

517

SAID MUHAMMAD NOSIRNING “TADQIQOTI ARKI BUXORO” ASARINING

BUXORO TARIXINI O'RGANISHDAGI RO’LI

Xodjayev Bekzod Baxodirovich.

Buxoro davlat unversiteti Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy

tadqiqot usullari yo'nalishi 2-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10009385

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Said Muhammad Nosirning “Tadqiqoti arki Buxoro”

asarining Buxoro tarixini o'rganishdagi ro’li va ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola davomida
asoli fikr va mulohazalardan foydalanilgan.

Kalit so’zlar:

Said Muhammad Nosir, Buxoro tarixi, barcha xalqlar o‘tmishi.

THE ROLE OF SAID MUHAMMAD NASIR'S "RESEARCH ON BUKHARA" IN

STUDYING THE HISTORY OF BUKHARA

Abstract.

This article talks about the role and importance of Said Muhammad Nasir's work

"The study of the arch of Bukhara" in the study of the history of Bukhara. Reasonable opinions
and comments are used throughout the article.

Key words:

Said Muhammad Nasir, history of Bukhara, past of all nations.

РОЛЬ «ИССЛЕДОВАНИЯ О БУХАРЕ» САИДА МУХАММАДА НАСИРА В

ИЗУЧЕНИИ ИСТОРИИ БУХАРЫ

Аннотация.

В данной статье говорится о роли и значении труда Саида Мухаммада

Насира «Исследование арки Бухары» в изучении истории Бухары. На протяжении всей
статьи используются обоснованные мнения и комментарии.

Ключевые слова:

Саид Мухаммад Насир, история Бухары, прошлое всех народов.

Buxoro O‘zbekistonnig qadimiy madaniy maskanlaridan biri. Uning tarixi, madaniyati

O‘zbekistonda yashovchi barcha xalqlar o‘tmishining bir bo‘lagi hisoblanadi. Alohida olingan bir
qadimiy hudud o‘tmishini O‘zbekiston tarixi doirasida maxsus o‘rganish O‘zbekiston
mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018-yil fevralda Buxoro

viloyatiga tashrifi Buxoro tarixini maxsus o‘qitish borasidagi masalaning ijobiy yechim topishiga
yo‘l ochdi. Prezidentimiz tomonidan Buxoro davlat universiteti huzurida Buxoro tarixi ta’lim
yo‘nalishini ochish to‘g‘risida berilgan topshiriqqa binoan 2018-2019 o‘quv yilida Buxoro tarixi
ta’lim yo‘nalishi tashkil etilib, hozirgi paytda unda talabalar tahsil olmoqda.

O‘qitilayotgan va o‘qitilishi mo‘ljallanayotgan maxsus fanlar Buxoro tarixining barcha

masalalarini qamrab oladi, chunki yo‘nalishning asosiy maqsadi Buxoro tarixi bo‘yicha malakali
kadrlar tayyorlash. Shuningdek, ushbu yo‘nalish gidlar tayyorlash yoki gidlikka yo‘naltirish,
ularga me’moriy obidalar bo‘ylab ekskursiya o‘tkazish medotologiyasini o‘rgatish vazifasini ham
o‘z zimmasiga oladi. Zero, me’moriy obida to‘g‘risida ma’lumot berayotganda obidaning qurilish
davridagi ijtimoiy-siyosiy ahvol uning qaysi hukmdor davrida bunyod etilganligi va davrning
o‘ziga xos jihatlari masalasiga e’tibor qaratish lozim.

Buxoro vohasining qadimgi davr tarixini o‘rganishda hududda olib borilgan arxeologik

tadqiqotlarning ahamiyati beqiyos. Vohadagi Poykent, Varaxsha yodgorliklarini arxeologik
o‘rganish XX asr birinchi yarmida boshlanib, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. L.A.Zimin,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

518

V.A.Shishkin, A.R.Muhammadjonov, J.Mirzaahmedov kabi olimlar tomonidan olib borilgan
arxeologik tadqiqotlar natijasida yodgorliklarning voha ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotida
egallagan salmoqli o‘rni aniqlanib, to‘plangan ma’lumotlar ilmiy jamoatchilik hukmiga havola
etildi. Shuningdek, bronza davriga oid Zamonbobo yodgorligi Zarafshon arxeologik
ekspeditsiyasining a’zolari Yahyo G‘ulomov va Ahmadali Askarov tarafidan o‘rganilib, Buxoro
vohasining janubiy-g‘arbiy qismida ibtidoiy madaniyat izlari mavjudligi aniqlandi. Qo‘lga
kiritilgan ushbu ilmiy yutuqlarning talabalar diqqatiga havola etilishi, ularning qadimgi mahalliy
madaniyat to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarini kengaytiradi.

Buxoro shahrini yoshini aniqlash borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar hason o‘z

ahamiyatini saqlab kelmoqda. Vohada ilk shaharlarning vujudga kelishi tabiiy iqlim sharoitlari,
geografik joylashuv va asosiysi Zarafshon daryosining ahamiyati bilan belgilanadi. Zarafshon
daryosining Xitfar, Rudizar, Qorako‘ldaryo, Moxondaryo kabi irmoqlari Buxoro vohasida o‘troq
dehqonchilik va urbanizatsiya jarayonlarining keng yoyilishida muhim o‘rin tutgan. Akademik
V.V.Bartold ta’biri bilan aytganda, Buxoro shahri dastlabki paydo bo‘lgan hududini
o‘zgartirmasdan, hamon o‘sha joyda qad ko‘tarib turibdi.

Aynan shunday holat Buxor shahri hududida arxeologik tadqiqotlar olib borish ishlarini

ancha murakkablashtirib yubordi. Shunday bo‘lsa-da, shaharda olib borilgan arxeologik
tadqiqotlar uning qadimiyligini isbotladi. Shuningdek, o‘rta asr tarixchisi Narshaxiyning Buxoro
tarixiy topografiyasi yuzasidan qoldirib ketgan ma’lumotlari arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘z
tasdig‘ini topdi.

Buxoroda sovet hokimiyati o‘rnatilgandan keyin ham Buxoroni o‘rganish ishlari davom

etdi. 1921-yil Buxoroda tashkil topgan dastlabki ilmiy o‘lkashunoslik jamiyati - “Tarixi anjuman”
o‘z tarkibiga V.V.Bartold, A.A.Semenov, P.Soliev singari atoqli olimlardan tashqari, bir guruh
mahalliy ziyoli ma’rifatparvarlarni birlashtirgan ediki, ular safida Sayyid Muhammad Nosir ham
bor edi. “Tarixi anjuman” jamiyati vazifasi doirasida amalga oshirilgan yagona ish Sayyid
Muhammad Nosir tomonidan tayyorlangan “Tadqiqoti arki Buxoro” asaridir. O‘z davri uchun
yuqori intellektual salohiyatga egaligi va eng asosiysi, Buxoro arkining tarixi, tarixiy
topografiyasini yaxshi bilgani tufayli, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, “Tarixi anjuman”ga
qabul qilinadi va unga Buxoro arkining tarixi, tarixiy topografiyasi bo‘yicha risola tayyorlash
vazifasi topshiriladi.

Boshqa bir sabab, amirlik davrida arkdan chiqmaslik majburiyati bilan cheklangan bu

shahzodaning hayoti Buxoro arki ichida, xalq tili bilan aytganda, “shahar ichidagi shahar”da o‘tdi.
Tabiiyki, u arkning tarixiy topografiyasi, me’moriy, ma’muriy, xo‘jalik binolari tarixini yaxshi
bilgan va bu masalada o‘sha davrda yagona bilimdon sanalgan. To‘rt gektarli ark ustida qad
ko‘tarib turgan barcha binolarni u o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, ayrimlarining ichiga kirgan, holatidan
xabardor bo‘lgan. Arkda olib borgan tadqiqot va kuzatuvlarining natijasi “Tadqiqoti arki Buxoro”
asarida o‘z ifodasini topadi. O‘tgan asr 20-yillarida Buxoro tarixi, aniqrog‘i shaharsozlik tarixi
masalalari bilan bir guruh mahalliy o‘lkashunos olimlar ham shug‘ullandilar va e’tiborga sazovor
natijalarga erishdilar.

Taniqli tarixchi-o‘lkashunos olim Muso Saidjonovning (1893-1938) bu boradagi faoliyati

ibrat namunasi bo‘lib xizmat qiladi. Uning “Buxoro shahri va eski binolari” nomli tadqiqoti
Buxoro shahrining tarixiy topografiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Buxoro shahristoni, Ark va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

519

undagi imoratlar, Registon va unga tutash hamda yaqin joylarda joylashgan binolar to‘g‘risida
ma’lumot beriladi. Ish boy tarixiy manbalar, jumladan, Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, o‘rta asr
vaqf hujjatlari, arxeologik ashyolar asosida yozilgan va hanuzgacha o‘z ilmiy qimmatini saqlab
kelmoqda. Muallif V.V.Bartold, I.I.Umnyakov kabi mashhur olimlar tadqiqotlari, shuningdek,
Fotih Karim tarjimalaridan ham foydalangan.

REFERENCES

1.

Vaxitov M., Mirzayev Sh. Me’morchilik tarixi. –Toshkent : 2010. – B. 103.

2.

Шодиев Ж.М. Бухоро амирлиги давлатчилигининг ривожланиши. –Tошкент:
2010. – Б.34

3.

Ўзбек Совет Энциклопедияси, 2-қисм. Т-1972

References

Vaxitov M., Mirzayev Sh. Me’morchilik tarixi. –Toshkent : 2010. – B. 103.

Шодиев Ж.М. Бухоро амирлиги давлатчилигининг ривожланиши. –Tошкент: 2010. – Б.34

Ўзбек Совет Энциклопедияси, 2-қисм. Т-1972

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов