119
10-12 YOSHDAGI FUTBOLCHILARNI REAKSIYA HARAKATLARINI
BAHOLASH UCHUN ELEKTROKARDIOGRAMMA DASTURIDAN FOYDALANISH
SAMARADORLIGI
A.A.Tulyaganov
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10019582
Annotatsiya.
Ushbu ilmiy maqolada 10-12 yoshdagi futbolchilarni reaksiya harakatlarini
baholash uchun elektrokardiogramma dasturidan foydalanish samaradorligi haqida yoritib
berilgan.
Kalit so‘zlar:
futbol,
ommaviy sport, harakat texnikasi, reaksiya harakatlari, sport
natijalar.
EFFECTIVENESS OF USING THE ELECTROCARDIOGRAM PROGRAM TO
EVALUATE REACTION MOVEMENTS OF FOOTBALL PLAYERS AGED 10-12
YEARS
Abstract.
This scientific article describes the effectiveness of using the electrocardiogram
program to evaluate the reaction movements of 10-12-year-old football players.
Key words:
football, mass sports, movement technique, reaction movements, sports results.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПРОГРАММЫ
ЭЛЕКТРОКАРДИОГРАММЫ ДЛЯ ОЦЕНКИ РЕАКТИВНЫХ ДВИЖЕНИЙ
ФУТБОЛИСТОВ 10-12 ЛЕТ
Аннотация.
В данной научной статье описана эффективность использования
программы электрокардиограммы для оценки реактивных движений футболистов 10-12
лет.
Ключевые слова:
футбол, массовый спорт, техника движений, реактивные
движения, спортивные результаты.
Respublikamizda futbolni aholi oʻrtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori
iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar
sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan
raqobat qila oladigan darajaga yetkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda
mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish (seleksiya)
120
tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish
belgilab oʻtilgan.
Futbolchining oʻyin faoliyati muvaffaqiyati koʻplab omillar bilan belgilanadi, ular orasida
muhim jihatlardan biri qulay va noqulay oyoq bilan texnik harakatlarni oqilona bajarish
qobiliyatini rivojlantirish muhimdir. Harakat texnikasining istalgan elementini noqulay oyoq bilan
bajarishning deyarli har qanday urinishlar soni va samaradorligini oshirish hamda sportchini
yuqori natijalarni qoʻlga kiritishida muhim shartlardan biri hisoblanadi. Yosh futbolchilarning
toʻpni boshqarish texnikasini asimmetrik harakat faoliyatini rivojlantirish asosida tashkil qilish
boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari yetarli darajada olib borilmagan.
Oʻyin vaziyatlariga asoslangan holda toʻpni sifatli boshqarish texnikasiga oʻrgatish hamda
oʻquv-mashgʻulotlarida asimmetrik harakat faoliyatini zamon talablarga moslashtirish
masalasining ilmiy jihatdan oʻrganilmaganligi futbol boʻyicha sport natijalarining oʻsib borishiga
salbiy taʼsir koʻrsatayotganligiga eʼtibor qaratilmoqda.
Tadqiqot ilmiy ishini kengroq yoritish maqsadida “Futbolchilarni reaksiya harakatlarini
baholash uchun elektrokardiogramma” dasturi (oddiy reaksiya) orqali shugʻullanuvchilarining
toʻpga oyoq kaftining ichki qismi, oyoq kaftining tashqi qismi va oyoq kaftining yuza qismida
toʻpga zarba berish vaqti qulay va noqulay oyoqdagi holatlarini aniqlandi. Olingan natijalardan
biz texnik usullarga zarba berish vaqti va noqulay oyoqda bajarilgan texnik usullar orasida sezilarli
vaqt borligini aniqladik.
Futbol sport turida musobaqa faoliyatida samarali natija koʻrsatish koʻpgina omillarga
bogʻliq boʻlib, bu omillardan biri futbolchilarning oʻyin faoliyatida oʻzlarining qulay va noqulay
oyoqda boʻlgan texnik usullarni bajara olish masalasi soha olimlari diqqat eʼtiborida boʻlib
kelmoqda.
1-jadval
“Futbolchilarni reaksiya harakatlarini baholash uchun elektrokardiogramma” dasturi
yordamida 10-11 yoshli futbolchilarning turli shiddat zonalarida texnik usullarni
bajarishdagi oddiy reaksiya holatlari
№
Texnik usullar
Oyoq
Yurak qisqarish soni (z/d)
80-120 zar/daq
121-150
zar/daq
151 va undan
yuqori zar/daq
Х
σ
Х
σ
Х
σ
1
1
1,14
0,27
1,26
0,17
1,35
0,12
121
Oyoq
kaftining
ichki
qismida toʻpga zarba berish
2
1,43
0,21
1,52
0,31
1,63
0,11
2
Oyoq
kaftining
tashqi
qismida toʻpga zarba berish
1
1,27
0,10
1,38
0,21
1,53
0,13
2
1,35
0,19
1,58
0,33
1,70
0,17
3
Oyoq kaftining yuza qismida
toʻpga zarba berish
1
1,38
0,21
1,54
0,22
1,66
0,18
2
1,56
0,20
1,71
0,18
1,85
0,12
4
Jami
1
1,28
0,23
1,42
0,23
1,55
0,20
2
1,41
0,22
1,58
0,29
1,71
0,16
Izoh:
1-qulay oyoqda; 2-noqulay oyoqda.
Jadvaldagi natijalarda biz tomonimizdan qiziqarli maʼlumotlarni qoʻlga olishga muvaffaq
boʻldik. Yaʼni, qulay oyoqda 80-120 zarba/daqiqa oraligʻidagi oyoq kaftining ichki qismida toʻpga
zarba berish 1,14±0.27, tashqi qismida 1,27±0,10, yuza qismida 1,38±0,21 bajarilgan boʻlsa, 121-
150 zarba/daqiqada 1,26±0,17, 1,38±0,21 va 1,54±0,22 hamda 151 yuqori zarba daqiqada
1,35±0,12, 1,53±0,13, 1,66±0,18 tashkil etgan. Noqulay oyoqda bu texnik usullarni bajarish
holatlarida millisekundlar oraligʻida farq qilinishi aniqlangan. Oʻrganilgan holatni yoritishda biz
3.11-rasmga eʼtiboringizni qaratsak.
Bu yerda oyoq kaftining ichki qismida, tashqi qismida va yuza qismida toʻpga zarba berishda
holatlarini oʻrtacha koʻrinishi (
Х
) keltirilgan. Bu yerdagi rasmda qulay oyoqdagi toʻpni teginish
vaqti keltirilgan boʻlib, fiziologik shiddatlarni oʻzgarishi toʻpga tegish vaqtiga taʼsir koʻrsatishi
keltirilgan. Shiddatni oshirish toʻpga tegish vaqtiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
1-rasm. Qulay oyoqda texnik usullarni bajarish holati (soniya)
Noqulay oyoqdagi ham amalga oshirilgan natijalarda shiddatni oʻzgarishi taʼsir koʻrsatgan.
Bundan tashqari noqulay oyoqda toʻpga teginish vaqti qulay oyoqda bajarilgan teginishga nisbatan
koʻpligi aniqlandi.
1,14
1,26
1,35
1,27
1,38
1,53
1,38
1,54
1,66
1,28
1,42
1,55
1
1,5
2
80-120 zar/daq
121-150 zar/daq
151 va undan yuqori zar/daq
Oyoq kaftining ichki qismi
Oyoq kaftining tashqi qismi
Oyoq kaftining yuza qismi
Jami
122
2-rasm. Noqulay oyoqda texnik usullarni bajarish holati (soniya)
“Futbolchilarni reaksiya harakatlarini baholash uchun elektrokardiogramma” dasturi
yordamida 10-11 yoshli futbolchilarning qulay va noqulay oyoqdagi orasidagi farqni biz
tomonimizdan 3-rasmda keltirib oʻtdik.
3-rasm. Qulay va noqulay oyoqda texnik usullarni bajarishdagi farq (millisekunda)
Boshlangʻich tayyorlov guruhidagi yosh futbolchilarni oʻquv mashgʻulot jarayonida texnik
usullarni samarali oʻrgatish hisobiga hujum ampluasidagi oʻyinchilarning (Assimetrik holatda
toʻpni olib yurish, aldab oʻtish, toʻpni uzatish, zarba berish) simmetrik harakatlarni (ikki oyoqda
aldamchi harakatlar) va himoyachilarning assimetrik harakatlari (Toʻpni olib qoʻyish, toʻpni
uzatish, aldab oʻtish) hisobiga ixtisoslashtirilgan mashqlar koʻlami takomillashtirilgan. Rasmdagi
maʼlumotlarga eʼtibor beradigan boʻlsak assimetrik holatda oʻyinchilarning ampluasi hisobiga
bosqichma-bosqich texnik usullarga oʻrgatish modeli keng yoritilgan.
Xulosa.
Maʼlumotlarga eʼtibor beradigan boʻlsak, yosh shugʻullanuvchilarning katta
boʻlishi bilan ularda harakatlanish funksiyasi rivojlanishining asimmetriyasini yuqori boʻlishiga
olib keladi. Bu esa, asimmetriya noqulay (talab qilinmaydigan) oyoqda susayishiga olib keladi va
yoshlik davrida yoʻqotilgan yillar kattaroq yoshda yetkazib olishning amalda iloji boʻlmaydi.
Biroq futbol sport turida yosh shugʻullanuvchilarning texnik tayyorgarligi boʻyicha baʼzi bir
masalalar hozirgi kungacha ham dolzarbligicha qolmoqda va bu masalalar chuqur oʻrganishni
talab qiladi. Biz tomonimizdan keltirib oʻtilgan maʼlumotlarda oʻyin texnikasiga oʻqitish
uslubiyatlarini rasionallashtirish boʻyicha yangi yoʻllarni qidirish va yangi ilmiy-uslubiy
ishlanmalarni ishlab chiqish zaruratini shartlaydi. Zotan, bolalar sport maktablarining
boshlangʻich tayyorlov guruhlarida mazkur keltirib oʻtilgan yoshlarda toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali
yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash imkoniyati dolzarb hisoblanadi.
1,43
1,52
1,63
1,35
1,58
1,7
1,56
1,71
1,85
1,41
1,58
1,71
1
1,5
2
80-120 zar/daq
121-150 zar/daq
151 va undan yuqori z/d
Oyoq kaftining ichki qismi
Oyoq kaftining tashqi qismi
Oyoq kaftining yuza qismi
Jami
0,12
0,16
0,16
0
0,05
0,1
0,15
0,2
80-120 zarb/daq
121-150 zarb/daq
151 yuqori zarb/daq