SURGICAL TREATMENT OF SURGICAL DISEASES

HAC
Google Scholar
To share
Boboxonov, S. . (2023). SURGICAL TREATMENT OF SURGICAL DISEASES. Modern Science and Research, 2(10), 730–733. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24714
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The incidence of surgical care has increased considerably at this time. Many of the diseases previously treated only by internal diseases m utahassis are now being treated with surgery, making great progress in this area. The role of surgical methods in the surgical treatment of pulmonary tuberculosis, in the surgery of congenital a and acquired heart vices, in the transplantation of the heart, liver, kidneys, pancreas has increased. Modern surgery uses not only mechanical means of influence, but also various other M Etudes based on the newest advances in the theoretical science fields of Physics, Chemistry, Biology and medicine (anatomy, physiology, microbiology, immunology, pharmacology).

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

730

XIRURGIK KASALLIKLARNI JARROHLIK YO'LI BILAN DAVOLASH

Boboxonov Sherzod Qo'chqor o'g'li

Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filiali

https://doi.org/10.5281/zenodo.10039850

Annotatsiya.

Jarrohlik yordamining ko ‘lami hozirgi vaqtda ancha oshdi. Ilgari faqat ichki

kasalliklar mutaxassislari davolagan ko‘pgina kasalliklarni endilikda jarrohlik usuli bilan
davolash natijasida bu sohada katta yutuqlarga erishilmoqda. O‘pka siliga jarrohlik yo‘li bilan
davo qilishda, tug‘ma va orttirilgan yurak illatlari xirurgiyasida, yurak, jigar, buyrak, me’da osti
bezini transplantatsiya qilishda jarrohlik usullarining roli oshdi. Hozirgi zamon jarrohligi faqat
mexanik ta’sir ko‘rsatish vositalaridan emas, balki fizika, kimyo, biologiya va tibbiyotning nazariy
fan sohalari (anatomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, immunologiya, farmakologiya)ning eng
yangi yutuqlariga asoslangan turli boshqa m etodlaridan ham foydalanadi.

Kalit so'zlar:

jarrohlik, operatsiya, mikrobiologiy, transplantatsiya qilish, xirurgiya.

SURGICAL TREATMENT OF SURGICAL DISEASES

Abstract.

The incidence of surgical care has increased considerably at this time. Many of

the diseases previously treated only by internal diseases m utahassis are now being treated with
surgery, making great progress in this area. The role of surgical methods in the surgical treatment
of pulmonary tuberculosis, in the surgery of congenital a and acquired heart vices, in the
transplantation of the heart, liver, kidneys, pancreas has increased. Modern surgery uses not only
mechanical means of influence, but also various other M Etudes based on the newest advances in
the theoretical science fields of Physics, Chemistry, Biology and medicine (anatomy, physiology,
microbiology, immunology, pharmacology).

Keywords:

surgery, surgery, microbiology, transplantation, surgery.

ХИРУРГИЧЕСКОЕ ЛЕЧЕНИЕ ХИРУРГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ

Аннотация.

Масштабы хирургической помощи в настоящее время значительно

возросли. Многие заболевания, которые раньше лечили только специалисты по внутренним
болезням м, теперь достигают больших успехов в этой области благодаря хирургическому
лечению. Возросла роль хирургических методов в хирургическом лечении туберкулеза
легких, хирургии врожденных и приобретенных пороков сердца, трансплантации сердца,
печени, почек, поджелудочной железы. Современная хирургия использует не только
механические средства воздействия, но и различные другие методы лечения, основанные
на новейших достижениях теоретических дисциплин физики, химии, биологии и медицины
(анатомии, физиологии, микробиологии, иммунологии, фармакологии).

Ключевые слова:

хирургия, хирургия, микробиология, трансплантация, хирургия.


Xirurgiya - klinik tibbiyotning yetakchi sohalaridan biri bo'lib, bunda kasallik asosan

jarrohlik usuli bilan davolanadi. Shu bilan birga xirurgiyada diagnostika hamda terapiya,
pediatriya hamda tibbiyotning boshqa sohalarida qo'llaniladigan davolashning barchaga ma’lum
uslublaridan keng foydalaniladi. Shunga qaramay, xirurgiyada jarrohlik yo‘li bilan davolash asosiy
usul hisoblanadi va u faqat operatsiya qilish bilangina cheklanmay, balki turli amaliyotlarni ham
o‘z ichiga qamrab oladi. Peratsiya asosan, to'qimalarga mexanik ta'sir ko'rsatish, to‘qimalar kesilib


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

731

patologik o‘choq aniqlanib bartaraf etiladi va to’qimalar yoki ayrim tana a’zolarining normal
shakli, funksiyasi tiklanadi; to‘qimalar va a’zolar kesib olinib boshqa joyga ko‘chiriladi.

Jarrohlik yordamining ko‘lami hozirgi vaqtda ancha oshdi. Ilgari faqat ichki kasalliklar

mutaxassislari davolagan ko‘pgina kasalliklarni endilikda jarrohlik usuli bilan davolash natijasida
bu sohada katta yutuqlarga erishilmoqda. O‘pka siliga jarrohlik yo‘li bilan davo qilishda, tug‘ma
va orttirilgan yurak illatlari xirurgiyasida, yurak, jigar, buyrak, me’da osti bezini transplantatsiya
qilishda jarrohlik usullarining roli oshdi. Hozirgi zamon jarrohligi faqat m exanik ta’sir ko‘rsatish
vositalaridan emas, balki fizika, kimyo, biologiya va tibbiyotning nazariy fan sohalari (anatomiya,
fiziologiya, mikrobiologiya, immunologiya, farmkologiya) ning eng yangi yutuqlariga asoslangan
turli boshqa metodlaridan ham foydalanadi.

Jarrohlik operatsiyalari doirasi ham sezilarli darajada kengaygan. Aslini olganda,

organizmdagi har qanday a’zo kasalligini jarrohlik yo'li bilan davolash mumkin. Jarrohlik
operatsiyasi ko‘p hollarda nihoyatda murakkab bo’ladi va u o‘z ichiga faqat davolashnigina emas,
balki selektiv diagnostikani qamrab oladi. Operatsiyalar paytida murakkab apparaturalardan
foydalaniladi, ko’pincha ultratovush va lazer, magnit maydoni va mikrooptika, radioaktiv
izotoplar va bo’yoq moddalarini eritish bilan amalga oshiriladigan diagnostika usullari bilan bir
qatorda sun’iy qon aylanishi va gemodializ, gemosorbsiya va plazmaferez metodlari qo‘llaniladi.

Shu sababli «xirurgiya» (so‘zma-so‘z tarjimasi - qo‘llishi, qo‘l hunari) atamasi hozirgi

zamon jarrohligi yo‘li bilan davo qilish usullari degan keng ma’noda ishlatiladi.

Jarrohlik yo‘li bilan davolash qadim zamonlarda ham amalga oshirilgan. Xirurgiyaning

rivojlanishi umuman tibbiyotning rivojlanishiga ta’sir k o‘rsatgan bo'lishi ehtimoldan holi emas.
Shunga qaramay, xirurgiya fan sifatida faqat XVIII asrda Milanlik xirurg M.L afranshi Parij
universitetiga (Sorbonna) xirurgiyadan dars berish uchun taklif qilinganda va oradan 12 yil o‘tgach
1731-yilda Fransuz xirurgiya akademiyasi tashkil etilgandan keyingina tan olindi. Akusherlik va
ginekologiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya, neyroxirurgiya, o‘pka va endokrin xirurgiyasi,
transplantologiya.

Xirurgiyada ixtisoslashtirish tufayli xirurgik yo‘l bilan davolash tobora takomillashib borm

oqda. Ixtisoslashtirilgan xirurgik yordam hozirgi zamon tibbiyotning asosi bo‘lib qoldi. Ikkinchi
tomondan esa haddan tashqari ixtisoslashtirish xirurgiyani o‘zlashtirishni, ayniqsa tibbiyot oliy
o‘quv yurtlarida o ‘rganishni qiyinlashtirmoqda.

Xirurgiya fanining mohiyati va uni har bir vrach chuqur o‘rganishi zarurligini quyidagi

omillar belgilaydi:

1. Xirurgiya tibbiyotning asosiy va yetakchi sohalaridan biridir, chunki xirurgik kasallar

bemorlar umumiy sonining 25 foizini tashkil qiladi.

2. Tibbiyot amaliyotida ko‘pincha bemorga zudlik bilan xirurgik yordam ko‘rsatish hollari

tez-tez uchraydi, shuning uchun ham bo‘lajak vrach xirurgik kasalliklaming (ayniqsa, qorin
bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklari, o‘pkaning yiringli kasalliklari, tashqi va ichki qon ketish
va boshqalar) simptomatikasi va diagnostikasinni yaxshi bilishi zarur.

3. Tabiiy ofatlar tufayli odamlar ommaviy tarzda zarar ko’rganlarida, transport hodisalari

yoki urush bo‘lib qolgudek bo'lsa yoki boshqa falokatlarda har bir vrach ixtisosidan qat’i nazar,
kechiktirib bo‘lmaydigan xirurgik yordam ko‘rsatishga (bemorni jonlantirish, qon ketishini
to‘xtatish, traxeostomiya va h.k) jalb etilishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

732

Har bir xirurgik ixtisoslik o ‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lsa-da, ularning har biri uchun

umumiy xirurgiya nazariy asos hisoblanadi. Shuning uchun ham xirurgiya asoslarini va xirurgik
faoliyatning umumiy prinsiplari haqidagi bilimlarni egallamay turib, ixtisoslashtirilgan xirurgiya
sohalarini tushunib yetish, nazariy bilim larni chuqurlashtirish, amaliy malakani oshirish mumkin
emas. Shu bilan birga anatomiya, patofiziologiya, patologik anatomiya, mikrobiologiya, imm
unologiya, molekulyar biologiya va genetikani o‘rganish kasallikning getiopatogenezini
chuqurroq anglab yetishga hamda xirurgik jarayonni asosli ravishda davolashga yordam beradi.

Shu munosabat bilan tibbiy o‘quv muassasalarining davolash fakulteti talabalari uchun

qayta ishlab chiqilgan yangi o‘quv programmasi katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bu dastur
asosida dastlabki kurslarda patologik jarayonlarni to‘g‘ri tushunish uchun zarur bo‘lgan fanlar
o‘rganiladi. Anatom iya va fiziologiya, patofiziologiya, patanatomiya, biologiya, tibbiyot fizikasi
ana shunday fanlardandir. Birinchi kurs talabalari ilk marta xirurgik klinikaga borib, xirurgik
bemorlarni parvarish qilish prinsiplari bilan tanishishlari zarur. Umumiy xirurgiya kursi
ta’limining ikkinchi va uchinchi yillarida talabalar xirurgiyaning umumiy masalalari va xirurgik
patalogiya bilan tanishadilar, kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishning amaliy
ko‘nikm alarini o'rganadilar. Umumiy xirurgiya kafedrasida xirurgik yordamni tashkil etish
xirurgik bemorni tekshirish asoslari, antiseptika va aseptika, bemorni operatsiyaga tayyorlash va
operatsiya qilingandan keyin umumiy parvarish, desmurgiya anesteziologiyaning umumiy
prinsiplari, qon ketishi va uni to‘xtatish, qon quyish va xirurgiyaning boshqa umumiy masalalari
o ‘rganiladi.

Xirurgik kasaliklar fani tibbiyot instituti IV va V kurslarining o ‘quv dasturiga kiritilgan

bo‘lib, unda ma’lum xirurgik kasalliklar maxsus xirurgik kafedralarda o‘rganiladi. Talabalar ayrim
spesifik xirurgiya masalalarini travmatalogiya, ortopediya va harbiy-dala xirurgiyasi, onkologiya,
jag‘-yuz xiruriyasi, neyroxirurg, bolalar xirurgiyasi kafedralarida o‘zlashtiradilar. Kursdan-kursga
o‘tishda xirurgiya fanining murakkab bo‘limlarini o‘rganish ham asta-sekin murakkablashib
boradi. Shu sababli xirurgiya fanini o‘rganish uch bosqichga b‘linadi. Buning qanday zarurati bor,
degan haqli savol tug‘iladi. Haqiqatan ham, ko ‘pchilik davlatlarda xirurgiya fani bir kafedrada
to‘rt yil mobaynida bosqichma-bosqich o ‘tiladi.

Odatda, bunday kafedralarda buning uchun hamma shart-sharoitlar - qon tayyorlash va

qon quyish labaratoriyalari, ixtisoslashtirilgan jarrohlik bo‘limlari (kamida 500-600 o‘rinli)
mavjud. Jarrohlik mutaxassislari tayyorlashda mavjud kafedralari orasida IV kurs akademik
klinikasi (yoki fakultet jarrohligi klinikasi) juda muhim hisoblanadi, chunki III kurs propedevtika
jarrohlik klinikasi aslida klinik izlanishlar bilan shug‘ullanmaydi, uning vazifasi nazariy jarrohlik
dasturini ayrim bemorlarda ko‘rsatishdan iborat. Ill kurs talabalari bemorni emas, jarrohlik
xastaliklarini o‘rganadilar, xolos. IV kurs klinikasida esa talaba har xil xirurgik bemor bilan
bevosita muloqotda bo‘ladi.

Mazkur klinikaning vazifasi har bir xirurgik bemorni izchil o‘rganishdan iborat bo’lib,

talabalar ilmiy-amaliy dastur asosida tekshiruv va davolash uslublaridan ehtiyojga yarasha
foydalanishlari va chuqur o‘rganishlari kerak. V kurs gospital jarrohligi klinikasida esa talaba
ayrim bemorni emas, balki ma’lum xirurgik xastalik toifasidagi bemorlarni, mazkur shifoxona
imkoniyati darajasida eng sodda va qulay tekshiruv davolash uslublaridan foydalanib o‘rganadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

733

Gospital jarrohlik klinikasining vazifasi - ilmiy-nazariy jarrohlik dasturiga ega talabaga amaliy
hayotga yo‘llanma berishdan iborat.

Shunday qilib, jarrohlik propedevtikasi dasturi yordamida III kurs talabasi jarrohlikdan

nazariy bilim olsa, V kurs jarrohlik gospital klinikasi dasturini o‘zlashtirish vositasida amaliy
ko‘nikm alarga ega bo'ladi; IV kurs fakultet jarrohligi klinikasi dasturi asosida esa asl ma’noda
izchil ilmiy yo‘nalish olib, amaliy jarrohlik maktabini o‘tadigan bo‘ladi. Shunday qilib, bizda
xirurgiya fani um um iy xirurgiya, fakultet xirurgiya va gospital xirurgiya kafedralarida o‘rgatiladi.

Bundan asosiy maqsad - xirurgiya fanini yaxshi o ‘zlashtirish ekan, o‘qitishning mavjud

shakli va metodlaridan albatta foydalanish zarur (biror muammoni ko‘tarib chiqadigan ma’ruza,
amaliy mashg‘ulotlar, kompyuter yordamida kasalxonalar va klinikalaning xirurgiya bo‘limlarida
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash, talabalarning ilmiy to‘garaklarda mashg‘ulotlar o‘tishi).
Shifokor-mutaxassis tayyorlash yangi konsepsiyasi asosida tuzilgan dastur VI va VII kurslarda
talabaning olgan bilim va amaliy ko‘nikmalarini xirurgik klinikalardan birida takomillashtirish
ko‘zda tutilgan. Tibbiyot oliy o‘quv yurtini tugatgan yosh shifokor bakalavr ixtisosiga ega bo‘ladi
va keyinchalik xohlagan mutaxassisliini magistraturada o‘qish bilan davom ettiradi.


REFERENCES

1.

Gaba D. Sog'liqni saqlashda simulyatsiyaning kelajakdagi ko'rinishi. Qual Saf Healthc
virtual o'rganishning dastlabki tahlili muhit.

2.

Sabab J. Inson xatosi: modellar va boshqaruv. BMJ 2000.

3.

Ker J, Bradley P. Tibbiy ta'limda simulyatsiya. In: Swanick T,ed. Tibbiy ta'lim
seriyasini

4.

SHAPING STUDENTS’THINKING SKILLS. INTERNATIONAL JOURNAL OF
DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1, 37-40.

References

Gaba D. Sog'liqni saqlashda simulyatsiyaning kelajakdagi ko'rinishi. Qual Saf Healthc virtual o'rganishning dastlabki tahlili muhit.

Sabab J. Inson xatosi: modellar va boshqaruv. BMJ 2000.

Ker J, Bradley P. Tibbiy ta'limda simulyatsiya. In: Swanick T,ed. Tibbiy ta'lim seriyasini

SHAPING STUDENTS’THINKING SKILLS. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1, 37-40.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов