PROBLEMS OF COMPREHENSIVE STUDY OF KIPCHOK DIALECTS AND ETHNOGRAPHISM OF KASHKADARYA AND SURKHANDARYA

HAC
Google Scholar
To share
Raxmanov, B., Boypo‘latova , S., & Qo‘ziboyeva , S. (2023). PROBLEMS OF COMPREHENSIVE STUDY OF KIPCHOK DIALECTS AND ETHNOGRAPHISM OF KASHKADARYA AND SURKHANDARYA. Modern Science and Research, 2(10), 228–232. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24865
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the types of dialectal ethnography of Kashkadarya and Surkhondarya, their similarities and differences. The problems of studying ethnographies specific to the oasis dialects are discussed.


background image



228

QASHQADARYO VA SURXONDARYO QIPCHOQ DIALEKT VA

ETNOGRAFIZMLARINI YAXLIT O‘RGANISH MUAMMOLARI

Raxmanov Botir Abdurasulovich

Tadqiqotchi.

Boypo‘latova Sevinchxon A’zam qizi

Talaba.

Qo‘ziboyeva Saboxat Alisher qizi

Talaba.

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, Termiz tumani.

botirjonrahmonov99@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10067310

Annotatsiya.

Ushbu

maqolada

Qashqadaryo

va

Surxondaryo

dialektal

etnografizmlarining turlari, ularning o‘xshash va farqli jihatlari haqida so‘z yuritiladi. Voha

shevalariga xos etnografizmlarni o‘rganish muammolari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

umumturkiy so‘z, etnografizmlarining turlari, dialekt, etnografiya,

etnografizm, lingvomadaniyat, etnografik maqollar, etnografik leksika, marosim leksikasi, diniy

motivlar.

PROBLEMS OF COMPREHENSIVE STUDY OF KIPCHOK DIALECTS AND

ETHNOGRAPHISM OF KASHKADARYA AND SURKHANDARYA

Abstract.

This article talks about the types of dialectal ethnography of Kashkadarya and

Surkhondarya, their similarities and differences. The problems of studying ethnographies specific

to the oasis dialects are discussed.

Key words:

common Turkish word, types of ethnography, dialect, ethnography,

ethnography, linguistic culture, ethnographic proverbs, ethnographic lexicon, ritual lexicon,

religious motives.

ПРОБЛЕМЫ КОМПЛЕКСНОГО ИЗУЧЕНИЯ КИПЧОКСКИХ ДИАЛЕКТОВ

И ЭТНОГРАФИЗМА КАШКАДАРЬИ И СУРХАНДАРЬИ

Аннотация.

B данной статье говорится о типах диалектной этнографии

Кашкадарьи и Сурхандарьи, их сходствах и различиях. Обсуждаются проблемы изучения

этнографии, характерной для оазисных диалектов.

Ключевые слова:

общетюркское слово, виды этнографии, диалект, этнография,

этнография, лингвокультура, этнографические пословицы, этнографическая лексика,

ритуальная лексика, религиозные мотивы.


background image



229

Bugungi zamonaviy tilshunoslikda quyidagi sohalar ustuvor va dolzarb bo‘lib turibdi.

Bular: psixolingvistika, antropolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika va lingvokultrologiya

sohalaridir. Dialekt va etnografizmlarni keng ko‘lamda ilmiy asosda o‘rganish bevosita

etnolingvistika va lingvokultrologiya yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlarning

samaradorligiga ham bog‘liq. Sababi, hozirda dialekt va etnografizmlarni etnolingvistik va

lingvomadaniy aspektda o‘rganish muhim tadqiqot zaruriyati bo‘lib turibdi.

O‘zbek tili boshqa turkiy tillardan ko‘p shevaliligi bilan farqlanadi. Prof. Y.D.Polivanov

asrimiz birinchi choragidayoq o‘zbek tili o‘zining ko‘p shevaliligi bilan boshqa turkiy tillardan

ajralib turishi haqida o‘zining ilmiy ishlarida ma’lumot bergan edi

1

. O‘zbek shevalari o‘zbek

tilining mahalliy ko‘rinishlari bo‘lib, uni o‘rganish fan uchun nazariy ahamiyat kasb etsa, bo‘lajak

til va adabiyot o‘qituvchisi uchun amaliy ahamiyatga molikdir. Hozirgi zamon jonli sheva va

etnografizmlari yozma yodgorliklarda, shuningdek, hozirgi adabiy tilimizda ham uchramaydigan

ko‘pgina so‘z va so‘z formalari, lug‘aviy birliklarni o‘zida saqlab qolganki, ularni asosli ravishda

o‘rganish tilning uzoq zamonlardagi holatini aniqlashda yordam beradi

2

.

“Agar zudlik bilan keksa avlod nutqida saqlanib kelayotgan noyob so‘z va iboralar zudlik

bilan yig‘ib olinmasa, barcha ma’sulyatni o‘z zimmamga olib aytamanki, ular hofizasidagi bir

qism dialektizmlar umuman yo‘qolib ketishi mumkin”,

3

degan

edi

akademik

Sh.Shoabdurahmonov. Olimning aytgan fikri bugun ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bizga

ma’lumki, o‘zbek tili qarluq, qipchoq, o‘g‘uz lahjalariga ajratiladi. Bu lahjalar leksik, morfologik,

fonetik jihatdan bir-biridan farq qiladi. Qipchoq lahjasi, asosan, “j” lovchi va “a”lovchi

hisoblanadi. Qipchoq lahjasi hududiy jihatdan Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo

viloyatlarini o‘z ichiga oladi. Qipchoq shevasini A.SHermatov, T.Nafasov, A.Jo‘rayev,

A.Mamatqulov, A.Ishayev, A.Nosirov, Sh.Muhammadjonov, Q.Mamayev, S.Rahimov kabi

olimlar o‘rgangan. Ular o‘z ilmiy izlanishlari orqali qipchoq lahjasining o‘ziga xos xususiyatlarini

yoritib bergan.

Biz Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati shevalarini o‘rganib shunga amin bo‘ldikki,

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Yakkabog‘, Chiroqchi tumanlarida yashovchi aholi

shevasi bilan Surxondaryo viloyati aholisi Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on shevasida

o‘xshashlik juda ko‘p. Bunga sabablardan biri hududiy yaqinlik bo‘lsa, yana bir sabab doimiy

qarindoshlik aloqalari va tumush tarzidagi o‘xshashlik hisoblanadi.

1

Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O’zbek dialektologiyasi. T.: O’qituvchi,1978.

2

Rahimov S. Surxondaryo o’zbek shevalari lug’ati. Toshkent, 1995.

3

SHoabdurahmonov SH. O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari. Toshkent, 1962.


background image



230

Kuzatishlar va o‘rganishlar natijasida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati

etnografizmlarini quyidagi tematik guruhlarga bo‘lish mumkin:

1)

milliy urf-odatlar, marosimlar, an’analar va qadriyatlarning nomlarini anglatuvchi

etnografizmlar: oshxudayi, darvishona, xatim, pitro‘za, dangana, toqson kirsa, to‘rg‘ay qadamicha

kun uzayar;

2)

urug‘-qabila nomlarini bildiruvchi etnografizmlar: tortuvli, oboxli, ko‘sa, rayimto‘da, arab,

mo‘nkaovul kabi;

3)

oziq-ovqat va uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlarini anglatuvchi etnografizmlar: jalama,

nonbosti, nonto‘shama, g‘ilmindi, chopqi, juvaldiz va boshqalar;

4)

kiyim-kechak hamda taqinchoq nomlarini bildiruvchi etnografizmlar: charchi, lachak,

kurta, massi, mo‘kki;

5)

chorvachilik va dehqonchilik bilan bog‘liq etnografizmlar: to‘l, to‘la, chuvuz, gilagay,

qog‘anoq, ko‘nargi, tomizg‘i, uyutma, iydirma, enchi, chagana, kuvi(kubi), tuvcha, to‘xli, shishak,

chibin, boyidi.

Quyidagi jadval orqali Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qo‘llaniladigan dialekt

va etnografizmlarning o‘xshashligini ko‘rish mumkin.

Qashqadaryo

viloyatida

qo‘llaniladigan

dialekt va etnografizmlar (B.Jo‘rayev

“Yuqori Qashqadaryo o‘zbek shevalari”

kitobi asosida)

Surxondaryo

viloyatida

qo‘llaniladigan

dialekt va etnografizmlar (S.Rahimov

“Surxondaryo o‘zbek shevalari lug‘ati” kitobi

asosida)

shibirdamoq – pichirlamoq

shibirdamoq – pichirlamoq

shirvoz – emadigan (hali sutdan ayrilmagan

qo‘zi)

shirboz – olti oylik sutdan ayrilmagan qo‘zi;

Shirbirich – shirguruch (sutda pishiriladi)

shirbirich – sutda pishirilgan guruch;

ovloq—pana, chekka joy

ovloq—pana, chekka joy

chunoq – xasis

chunoq – xasis

chinoq – qulog‘i kertik mol

chinoq – qulog‘i kertik mol

ayna – murojaat uchun ishlatiladigan so‘z

ayna – murojaat uchun ishlatiladigan so‘z

oyg‘oq – shatta, janjalkash

ayg‘aq – shatta, janjalkash

ural – boshning tarki birikkan joyda o‘sgan

kokil

ural – boshning tarki birikkan joyda o‘sgan

kokil

alag‘alay – qandaydir, allaqanday

alag‘alay – qandaydir, allaqanday


background image



231

aptap – quyosh

aptap – quyosh

chuvoq – issiq

chuvaq – issiq

atqamar – uch tomoni berk joy

atqamar – uch tomoni berk joy

oxmoy – paxta yog‘i

axmay – paxta yog‘i

arqayin – bamaylixotir

arqayin – bamaylixotir

ottaba – oftoba

attaba – oftoba

tutandiriq – quruq o‘tin

tutantiriq – quruq o‘tin

Uvuz – yangi tug‘gan mol suti

uvuz – yangi tug‘gan mol suti

uchunmoq – qo‘rqmoq

uchunmoq – qo‘rqmoq

to‘rsalak – lo‘ppi, semiz

to‘rsalak – lo‘ppi, semiz

tuyato‘pon –sabziga o‘xshagan yovvoyi

o‘simlik

tuyato‘pon – sabziga o‘xshagan yovvoyi

o‘simlik

to‘bal – qashqa

to‘bal – qashqa

allamchi – aldoqchi, yolg‘onchi

allamchi – aldoqchi, yolg‘onchi

taxtay – sabzi to‘g‘raydigan taxtacha

taxtay – sabzi to‘g‘raydigan taxtacha

boybicha –xotin-qizlarga murojaat

baybicha – baycha, xotin-qizlarga murojaat

baqimti – qo‘ldan kelgancha

baqimti – qo‘ldan kelgancha

tobaq – milliy kurashda polvonlar uchun

qo‘yiladigan sovrin

tabaq – milliy kurashda polvonlar uchun

qo‘yiladigan sovrin

berman-narman – nari-beri

berman-narman – nari-beri

siyirmoq – shilmoq

siyirmoq – shilmoq

vo‘pka – hovliqma

vo‘pka – hovliqma

boyinsa – tengqur

boyinsa – tengqur

siyir – sigir

siyir – sigir

Surxondaryo “j” lovchi shevalari fonetikasida tojik tili ta’siri sezilarli ekanligini uchratish

mumkin. Bu o‘ziga xoslik Machay shevasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qashqadaryo va

Surxondaryo shevalarining yana bir o‘xshash tarafi shundaki, Yakkabog‘ tumani, Dehqonobod

tumaning ayrim joylaridagi shevasida ham xuddi shunday tojik tilining ta’siri seziladi. Bu shevaga

xos xusussiyatlardan biri ular “o‘” va “i” tovushlarini cho‘zib talaffuz qiladi. Masalan, jilon, jo‘l,

jilamoq so‘zlarida “o‘”va “i” tovushlari urg‘u bilan aytiladi.


background image



232

1 Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, Qashqadaryo

va Surxondaryo dialekt va etnografizmlarini taqqoslash asosida ilmiy tadqiqot olib borish zarur.

2 Ushbu hududda yashovchi qipchoq dialekt va etnografizmlarini o‘rganish barobarida

boshqa viloyat qipchoq vakillari nutqini keng asosda o‘rganishga zamin yaratadi (Samarqand,

Jizzax qipchoq shevalari).

3 Qashqadaryo va Surxondaryo dialekt va etnografizmlarini “Janubiy O‘zbekiston” nomi

ostida yaxlit dialektal etnografizmlar lug‘atini yaratish (bunga viloyatlar kesimida bajarilgan

ishlarni yanada boyitish lozim).

4 Janubiy O‘zbekiston hududida amalga oshirilgan dialektologik tadqiqotlarni davom

ettirish va ularni etnolingvistikva lingvokultrologik aspektda o‘rganishni rag‘batlantirish kerak.

Masalan, N.Mirzayevning “O‘zbek tili etnografizmlarining izohli lug‘ati” hajmini bir necha

barobar oshirish mumkin.

S.Rahimovning “Surxondaryo o‘zbek shevalari lug‘ati” da 3500 sheva so‘zlari berilgan.

Bu ham juda kam va buni taxminan 20000 ga yetkazish mumkin. Qolaversa, bu lug‘atdagi

ko‘pchilik shevaga oid so‘zlar etnografizm darajasiga kelib qolgan.

Maqolamiz so‘ngida shuni aytmoqchimizki, obyektimiz hududida amalga oshirilgan

tadqiqotlarning aksariyat qismi sobiq ittifoq davrida olib borilganligini hisobga olsak, ularning

ilmiy izlanishlarida etnografizmlar masalasini yoritishga deyarli e’tibor qaratilmagan (bu sobiq

ittifoq mafkurasi ta’siri bilan bog‘liq).

REFERENCES

1.

ReshetovV.V. ShoabdurahmonovSH. O‘zbek dialektologiyasi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1978.

2.

To‘ychiboyev B., Hasanov B. O‘zbek dialektologiyasi. Toshkent, 2004.

3.

Jo‘rayev B. Yuqori Qashqadaryo o‘zbek shevalari. Toshkent, 1969.

4.

Rahimov S. Surxondaryo o‘zbek shevalari lug‘ati. Toshkent, 1995.

References

ReshetovV.V. ShoabdurahmonovSH. O‘zbek dialektologiyasi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1978.

To‘ychiboyev B., Hasanov B. O‘zbek dialektologiyasi. Toshkent, 2004.

Jo‘rayev B. Yuqori Qashqadaryo o‘zbek shevalari. Toshkent, 1969.

Rahimov S. Surxondaryo o‘zbek shevalari lug‘ati. Toshkent, 1995.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов