THE STUDY OF SOME ANCIENT TURKISH TERMS IN THE WORK "DEVONU LUGAT AT - TURK"

HAC
Google Scholar
To share
Saidova, M. (2023). THE STUDY OF SOME ANCIENT TURKISH TERMS IN THE WORK "DEVONU LUGAT AT - TURK". Modern Science and Research, 2(10), 443–446. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25277
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the literary terms in the work "Devonu lug'at at-turk" written by Mahmud Koshgari, an encyclopedic linguist, and their alternatives today are considered. It has been discussed what some ancient Turkish terms meant in the 11th century, how many of them have alternative versions, how many are in use, and how many have changed their meaning.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

443

“DEVONU LUG‘AT AT – TURK” ASARIDAGI AYRIM QADIMGI TURKIY

ATAMALARNING O‘RGANILISHI

Saidova Mahuzna Farhod qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2 - bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10115380

Annotasiya.

Ushbu maqolada qomusiy tilshunos olim Mahmud Koshgʻariy qalamiga

mansub boʻlgan "Devonu lugʻat at - turk" asaridagi adabiy atamalar hamda ularning bugungi
kundagi muqobillari koʻrib chiqilgan. Ayrim qadimgi turkiy atamalar XI asrda qay maʼnoni
anglatgani va hozirgi kunga kelib ularning qanchasi muqobil variantga ega, qanchasi isteʼmolda
bor, qanchasining maʼnosi oʻzgargani haqida soʻz yuritilgan.

Kalit soʻzlar:

atama, janr, xalq ogʻzaki ijodi, muqobil, tilshunos, soʻz, adabiyotshunoslik,

"Devonu lugʻat at - turk", til.

THE STUDY OF SOME ANCIENT TURKISH TERMS IN THE WORK

"DEVONU LUGAT AT - TURK"

Abstract.

In this article, the literary terms in the work "Devonu lug'at at-turk" written by

Mahmud Koshgari, an encyclopedic linguist, and their alternatives today are considered. It has
been discussed what some ancient Turkish terms meant in the 11th century, how many of them
have alternative versions, how many are in use, and how many have changed their meaning.

Key words:

term, genre, folklore, alternative, linguist, word, literary studies, "Devonu

lug'at at - turkish", language.

ИЗУЧЕНИЕ НЕКОТОРЫХ ДРЕВНЕТУРЕЦКИХ ТЕРМИНОВ В РАБОТЕ

«ДЕВОНУ ЛУГАТ АТ – ТЮРК»

Аннотация.

В данной статье рассматриваются литературные термины в

произведении «Девону лугат ат-тюрк» Махмуда Кошгари, лингвиста-энциклопедиста, и
их альтернативы на сегодняшний день. Обсуждается, что значение некоторые
древнетурецких терминов в XI веке и сколько из них имеют альтернативные версии, сколко
используются и сколко изменили свое значение.

Ключевые слова:

термин, жанр, фольклор, альтернатива, лингвист, слово,

литературоведение, «Девону лугъат – турецкий», язык.


Maqolani boshlashdan oldin atama soʻzining mazmuniy jihatiga qisqacha taʼrif berib

oʻtsak.

Atamalar maʼlum fan yoki kasb - hunar sohasidagi muayyan bir tushunchani aniq ifodalash

uchun maʼnosi maxsuslashtirilgan soʻz yoki soʻz birikmalaridir.

1

Bugungi kunda atama soʻzining

muqobillari sifatida

termin

,

istiloh

kabi soʻzlarni isteʼmolda qoʻllashimiz mumkin. Turk tilining

serqirra isteʼdod egasi va targʻibotchisi Mahmud Koshgʻariy XI asrda yashab ijod etgan olim
hisoblanib, u turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti hamda sanʼati rivojiga oʻzining munosib
hissasini qoʻshgan. Mahmud Koshgʻariy umri mobaynida qilgan mashaqqatli mehnati natijasida
qomusiy olim va tolmas sayyoh nomlari bilan taniladi.

1

[ Nargiza Erkaboyeva Oʻzbek tilidan maʼruzalar toʻplami - T.: “YOSH KUCH”, 2019. 130 - bet].


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

444

Uning “Devonu lugʻat at – turk” asari turkiy xalqlarning bebaho gavhari hisoblanadi. Asar

1072 - 1074 - yillarda yozilgan. Lekin unga kiritilgan maqol, matal, hikmatli soʻzlar, atamalar 15
- 20 yillar mobaynida jamlangan. Muallifning: “Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli
soʻzlar, saʼj (qofiyali nasr) lar, maqollar, rajaz (misralari nisbatan uzunroq boʻlgan sheʼr turi) va
nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida
qoʻllanib kelgan shodlik va motam kunlarida qoʻllanadigan hikmatli soʻzlardan, maqollardan
keltirdim ", - deyishi bejiz emas.

2

Mahmud Koshgʻariyni qomusiy olim deyishimizga sabab u oʻzining birgina “Devonu

lugʻat at - turk“ asari orqali geografiya, botanika, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix,
toponimika kabi bir qancha sohalarni yoritgan va shu sohalardan xabardor boʻlgan. Mahmud ibn
al - Husayn qadimgi turkiy xalqlar folklori, yaʼni xalq ogʻzaki ijodining janr xususiyatlarini
oʻrganishda birinchi taqdiqotchi hisoblangan. XXI asrga kelib bu masala bilan akademik B.
Valixoʻjayev, professor B. Toʻxliyev, N. Rahmonovlar shugʻullanganlar va shu sohada bir qancha
ilmiy ishlar olib borganlar.

Asarda

"Bilig"

atamasi

"bilim",

"hikmat", "aql"

degan maʼnolarni izohlagan. Aslida bilig

soʻzi hikmat aytuvchi, oqil va olim kishiga nisbatan qoʻllaniladi. Hozirgi kunda bilig soʻzi
isteʼmolda mavjud emas, bu soʻzni faqat adabiy, badiiy, tarixiy asarlarda uchratishimiz mumkin.
Bu soʻzga muqobil sifatida biz bilimli, dono insonlarni, yaʼni olim terminini qoʻllashimiz mumkin.

Oʻtluk

soʻzi Turkiy soʻzlar devonida nasihat maʼnosini anglatgan. Nasihat ruhidagi

sheʼrlar qadimda oʻtluk nomi bilan yuritilgan.

Oʻvoʻt

soʻzi ham qadimda shu maʼnoni ifodalagan.

Hozirda pand, nasihat, oʻgit soʻzlari oʻtluk soʻzining variantdoshi sifatida qoʻllaniladi. Biz pand -
nasihat ruhidagi asarlarni didaktik asarlar deb yuritamiz.

Didaktika [ yunoncha didaktikos - ibratli, oʻrgatuvchi, taʼlim beruvchi].

3

Ibrat boʻladigan,

oʻgit - nasihat beradigan asarlarni biz didaktik asarlar deb yuritamiz. Bunga yaqqol misol sifatida
Alisher Navoiy asarlarini, jumladan "Hayrat ul - abror" asarini pand - nasihatga yoʻgʻrilgan
didaktik asar deya olamiz. "Devonu lugʻat at - turk" asarida uchraydigan

tabzug

ʻ termini turkiy

adabiyotdagi qadimgi janrlardan biridir. Oʻsha davrda bu soʻz topishmoq maʼnosini anglatgan.
Hozirgi kunda tabzugʻ soʻzining top - top, jumboq, topmacha, matal kabi mumtoz adabiyotda esa
chiston nomli variantdoshlari ham mavjud. "Devonu lugʻat at -turk" dan tashqari topishmoqlarning
eng goʻzal namunalari keltirilgan asar bu Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" dostonidir.
Quyidagi dostonda Kuntugʻdi Oytoʻldini huzuriga chorlab, buyum nomlarining maʼnosini
Oytoʻldidan soʻrashi buyum topishmogʻiga yaqqol misol boʻla oladi.

Sandush

soʻzi asarda

tortishuv maʼnosida qoʻllangan. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida tortishuv soʻziga sinonim qilib bahs,
munozara, nazorat soʻzlarini keltirish mumkin.

Yigʻi - Yoʻqlov

. Turkiy xalqlarda biror kishining

oʻlimi munosabati bilan odamlar toʻplanib koʻz yosh toʻkishi, yaxshi sifatlarini aytib yigʻlashi
yigʻi - yoʻqlov deb yuritilgan. Asarda Alp Er Toʻnga, yaʼni Aftosiyobga bagʻishlangan yigʻi -
yoʻqlov parchalari uchraydi. Aza, gʻam - alam, ogʻriq, iztirob va shular tufayli yuzaga keladigan
ruhiy holatlarni izohlaydigan soʻzlarni muqobil variant sifatida isteʼmolda qoʻllay olamiz. Alqish

2

[ Adabiyot. 11 - sinf: darslik - majmua. B. Toʻxliyev, B. Karimov, K. Usmonova, - T oshkent: " Oʻzbekiston milliy

ensiklopediyasi " Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. – 53 - bet.]

3

[ Abduvahob Madaliyev tahriri ostida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” I jild . –T.: “O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2020. 607-bet].


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

445

soʻzi asarda olqish, madhiya aytmoq, tabriklamoq maʼnolarida kelgan. Bugungi kunda olqish
soʻzining maʼnodoshi sifatida duo qilmoq, maqtov, mamnunlik, tahsin bildiruvchi qarsak kabi
soʻzlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Qargʻaq

atamasi asarda qargʻish maʼnosini ifodalagan. Hozirda biz bu soʻzning lanʼat,

qargʻish kabi variantdoshlaridan foydalanamiz. Asardagi qoʻshugʻ termini sheʼr, qasida maʼnosini
anglatgan. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida biz qoʻshugʻ soʻziga nisbatan qoʻshiq, ashula, lapar, terma
kabi birgancha sinonimlardan foydalana olamiz.

Sav

adabiy atamasi turkiy xalqlarda orasida janr

nomini ifodalagan. Turkiy soʻzlar lugʻati asarida esa bu soʻz otalar soʻzi, qissa, hikoya maʼnolarini
ifodalab kelgan. Bugungi kunda biz rivoyat, afsona, hikmatli soʻz kabi soʻzlarni sav soʻziga
maʼnodosh sifatida qoʻllashimiz mumkin. ”Devonu lug‘at at – turk” da uchraydigan

yir

so‘zi kuy

ma’nosini anglatib, asosan, she’rga nisbatan qo‘llangan. Bugungi kunda bu so‘zning muqobili
sifatida ohang, maqom, kuy so‘zlaridan foydalanamiz.

Tangrikla

. Tangri – Allohdir. Qadimgi turkey tilda bu so‘z Tangriga yolvor, Tangriga

tavba qil ma’nolarini ifodalagan. Bu so‘zning hozirgi kunda Alloh (Olloh), Xudo, Parvardigor,
Tangri Taolo kabi shakllari ham mavjud. Aytish joizki, hali hech bir til vakili o‘z lug‘at boyligini
Mahmud Koshg‘ariychalik har tomonlama mukammal o‘rganib chiqmagan.

“Devonu lug‘at at – turk“ asaridagi quyidagi to‘rtlikni ko‘rib chiqsak.
Qish yay bila to‘qushti,
Qing‘ir ko‘zun baqishti,
Tutashqali yaqishti,
Utg‘alimat o‘g‘rashur.
Mazmuni: Qish bahor bilan to‘qnashdi. Bir – birlariga yomon ko‘z bilan qarashdi. Bir –

birlarini tutish uchun yaqinlashdilar. Ularning har biri yengishni istar edi. Ushbu to‘rtlikdagi

qing‘ir

atamasi bugungi kunda egri, qiyshiq, noto‘g‘ri munosabatda bo‘lmoq, yomon ko‘z bilan

qaramoq kabi ma’nolarni anglatadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “Devonu lug‘at at – turk“ asarida qo‘llangan har bir

atama, maqol, matal, hikmatli so‘zlar o‘sha davrda turk tili ravnaqi uchun beqiyos olmos
hisoblangan. Asarda turkiy xalqlar urf – odatlari, marosimlari, e’tiqodlari bilan bog‘lab ketadigan
badiiy lavhalar nihoyatda ko‘p uchraydi. Asarda qabila va urug‘ tillariga doir lingvistik
ma’lumotlar batafsil yoritilib o‘tilgan. Bunda har bir so‘zning ma’nolari, polisemiyasi, omonimik,
antonimik, sinonimik, etimologik xususiyatlari chuqur talil qilib o‘rganilgan. Asarda qo‘llanilgan
har bir atama hozirgi kunda o‘z muqobil variantlariga ega ekan. Biz shu so‘zlarning muqobil
variantlaridan yetarlicha foydalansak maqsadga muvofiq ish bo‘lardi.

REFERENCES

1.

Abduvahob Madaliyev tahriri ostida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” I jild . –T.:
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2020. 607-bet.

2.

Adabiyot. 11 - sinf: darslik - majmua. B. Toʻxliyev, B. Karimov, K. Usmonova, - T
oshkent: " Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi " Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. – 53 - bet.

3.

Bo‘riboy Ahmedov . O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. “Davla ilmiy nashriyoti”, - T.:
2002. 230 – 231 – betlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

446

4.

Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘at at – turk. Turkiy so‘zlar devoni. Uch tomlik. I tom.
Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M. Mutallibov. – T.: O‘zFA nashriyoti, 1960, 500 b.

5.

Nargiza Erkaboyeva Oʻzbek tilidan maʼruzalar toʻplami - T.: “YOSH KUCH”, 2019. 130
- bet.

6. https://kh-davron.uz
7.

www.arboblar.uz

References

Abduvahob Madaliyev tahriri ostida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” I jild . –T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2020. 607-bet.

Adabiyot. 11 - sinf: darslik - majmua. B. Toʻxliyev, B. Karimov, K. Usmonova, - T oshkent: " Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi " Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. – 53 - bet.

Bo‘riboy Ahmedov . O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. “Davla ilmiy nashriyoti”, - T.: 2002. 230 – 231 – betlar.

Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘at at – turk. Turkiy so‘zlar devoni. Uch tomlik. I tom. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M. Mutallibov. – T.: O‘zFA nashriyoti, 1960, 500 b.

Nargiza Erkaboyeva Oʻzbek tilidan maʼruzalar toʻplami - T.: “YOSH KUCH”, 2019. 130 - bet.

https://kh-davron.uz

www.arboblar.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов