METHODS OF MODERN INNOVATION IN TEACHING

HAC
Google Scholar
To share
Akramova , Z. (2023). METHODS OF MODERN INNOVATION IN TEACHING. Modern Science and Research, 2(10), 531–534. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25477
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article examines the advantages, methodological bases and possibilities of using modern innovative and pedagogical technologies in the educational process.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

531

O‘QITISHDA ZAMONAVIY INNOVATSIYA METODLARI

Akramova Z.Sh.

Alfraganus Universiteti, Farmasevtika va kimyo kafedrasi assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10129986

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ta`lim jarayonida zamonaviy innovatsion hamda pedagogik

texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, metodologik asoslari hamda imkoniyatlari ko`rib
chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

Ta`lim, innovatsiya, pedagogik texnologiya, metod, o`qitish.

METHODS OF MODERN INNOVATION IN TEACHING

Abstract.

This article examines the advantages, methodological bases and possibilities of

using modern innovative and pedagogical technologies in the educational process.

Key words:

Education, innovation, pedagogical technology, method, teaching.

МЕТОДЫ СОВРЕМЕННЫХ ИННОВАЦИЙ В ОБУЧЕНИИ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются преимущества, методические

основы и возможности использования современных инновационных и педагогических
технологий в образовательном процессе.

Ключевые слова:

Образование, инновация, педагогическая технология, метод,

обучение.


KIRISH

Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interfaol usullarni

qo‘llashga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Bunday qiziqishgaasosiy sabab, shu vaqtgacha
an’anaviy ta’limda talabalar faqat tayyorbilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy
texnologiyalarda esa,ularni bilimni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlilqilishlariga,
hatto xulosalarni o‘zlari chiqarishlariga o‘rgatadi. Pedagog bujarayonda o‘quvchi shaxsining
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish vatarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda
boshqaruvchilik,yo‘naltiruvchilik funksiyasini ham bajaradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, asosiy ko‘rsatkich: o‘quvchi o‘rinlari sonining normativga

mosligi; texnik vositalarning mavjudligi, o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar, laboratoriya va amaliy
mashg‘ulotlarni bajarish uchun tarqatma materiallar tashkil etadi.

Pedagogik mahorat jarayoni tashkillashtirish metodlarga, maqsad va vazifalarni

ifodalashga, maqsadga muvofiq metod va shakllarni tanlashga, o‘quv-texnik vositalarni tanlay
bilishga, rejalarning ilmiyligiga asoslanadi. Pedagogik mahoratning ayrim maqsad va vazifalarni
aniqlaydigan metodlarni ko‘ramiz. Bu metodlar faoliyatni tashkil etgani uchun tashkiliy va ilmiy
nazariya bilan uzviy bog‘liq.

Darsga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun o‘qituvchi o‘ziga kerakli ta’lim

vositalarini tanlaydi. Ma’lumki, maqsadni amalga oshiradigan vositalar tarkibiga o‘qitish
mazmuni, o‘qitish metodlari, o‘qitishning tashkiliy shakllari, sinf jamoasi va o‘qituvchiga ta’sir
etish metodi, o‘quv texnik vositalari kiradi. O‘quv materialining asosini darslik va rejalashtirish
tashkil etganligidan, o‘qituvchi uning tarkibiga o‘qitish shartlarini bilgan holda o‘zgartirish va
to‘ldirish kiritadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

532

Metod so‘zi maqsadga erishishni bildiradi. O‘qitishning muhim tomonlaridan biri bu –

o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro uzviyligidir. Bu jarayonning asosiy funksiyasi,
jumladan, o‘quvchilarni o‘qitishda rivojlantirish va tarbiyalashda yagona metoddan iboratligi
hisoblanadi. O‘qitish metodlari – bu o‘quv-tarbiyaviy masalalar yechimiga qaratilgan o‘quvchi va
o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini yo‘lga qo‘yish demakdir. O‘qitish metodi ta’sirini
oshirishda har bir holat uchun turkumlash turini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi zamonda o‘qitish metodlari turkumining turli-tumanligi bizga ma’lum. Bular:

bilim manbalari bo‘yicha, o‘quv masalalari bo‘yicha, o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘yicha,
o‘quvchining bilish faoliyati bo‘yicha, binar turkumlash va boshqalar. Bular zarur bo‘lganda
o‘qituvchi didaktik materiallardan foydalanishi mumkin.

Nuqtai nazarimizda o‘qituvchi o‘qitish metodlarini qancha ko‘p bilsa, shuncha darslari

qiziqarli o‘tadi, chunki har bir metodning o‘ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Bunday
ijobiy va salbiy tomonlar aniq shartlar bo‘yicha katta yoki kichik darajali tomonlarni o‘zida aks
ettiradi [3].

O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘ra turib, suhbat yoki hikoya, yozma yoki og‘zaki mashq

bajarish metodlarini tanlaydi. Ammo bunday tanlov o‘quvchining o‘quv faoliyati haqida
tushuncha bermaydi. Faraz etaylik o‘qituvchi suhbat metodini tanladi. Suhbat metodi xuddi hikoya
metodik, tayyor bilimlarni o‘zlashtirishni aniqlaydi.

Bu nomlanishi bo‘yicha o‘qitish metodlari, bilim faoliyatiga imkon beradi. Shunday qilib,

o‘quvchidagi o‘qishni o‘rganishni rivojlantirish darajasi bilim manbalari bo‘yicha tasniflash
metodlari, o‘qitish metodlarini tanlash uchun yetarli emas.

Bu yetishmovchilikni bartaraf etish uchun o‘quvchilar bilish faoliyati tavsifi bo‘yicha

tavsiflashdan foydalanish mumkin.

Bunda metodlar ikki guruhga bo‘linadi: reproduktiv va produktiv. Birinchi guruhga

quyidagi metodlar kiradi: ko‘rgazmali – tushuntirish (axborot-retseptiv) va reproduktiv. Ikkinchi
guruhga qisman izlanish va tadqiqot. Muammoli bayon ikkala guruh orasidagiga kiradi, chunki,
harakat usullari va izlanish hamda tayyor axborotni o‘zlashtirishni afzal ko‘radi.

Ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish,

o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interfaol uslublardan foydalanish ta’lim maqsadini
samarali amalga oshirishga yordam beradi [2].

Bugungi kunda ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi konsepsiyasi — zamonaviy

innovatsion ta’lim texnologiyalarning turli xil (interfaol metodlar, strategiyalar, grafik organeyzer,
modulli kredit tizimi) ko‘rinishlarini qo‘llash juda yaxshi samara bermoqda.

Ta’lim tizimida intelektual faol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan innovatsion usullardan biri

Case study (keys stadi) metodi bo‘lib, unda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni
ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan
aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga
asoslanadigan ta’lim uslubidir [3,4].

Keys-stadi - ta’lim axborotlar kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim

maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish
jarayonida bashorat qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

533

ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan
ta’lim texnologiyasidir.

1-jadval

An’anaviy metodlar va keys metodi asosida dars o‘tishning farqlovchi xususiyatlari

Farqlovchi

ko‘rsatkichlar

O‘qitish metodlari

An’anaviy metodlar

asosida o‘qilgan

ma’ruza

Keys metodi asosida o‘tilgan dars

Maqsad

Bilim berish

- fikrlash;

-

muammoni xal etish ko‘nikmalarini hosil

qilish;

-

kashfiyotlarga intilish hamkorlikka tayyor

bo‘lish sifatlarini rag‘batlantirish;

O‘qituvchining vazifasi

O‘z fanining mazmunini

bilish

-O‘z fani mazmunini bilish;

-Muhokama jarayonini boshqara bilishi

O‘qituvchi – talaba

munosabatlari

O‘qituvchining o‘quvchi

– talaba ustidan

hukmronligi

Sheriklik va hamkorlik

Talabalarning o‘z – o‘zini

va bir – birini o‘qitish

jarayonida ishtiroki

Sust

Faol talabalar o‘qituvchining vazifasi

hisoblanuvchi muhokama rejasini tuzish asosiy

maqsadni aniqlash mustaqil muhokama qilishga

qodir bo‘ladilar


XULOSA VA MUNOZARA

Berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida talabaning tegishli fan bo‘yicha o‘zlashtirgan

bilimlari yanada kengayadi mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanadi hamda unda egallagan
bilimlarini nostandart vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalari shakllanadi.

Xulosa qilib aytganimizda, oliy ta’lim sohasining ta’lim jarayonida innavatsion

ta’limtexnologiyalari bo‘lmish pedagagok va axborot texnologiyalaridan optimal foydalanish
ta’limsamaradorligini oshirishning muxim omili bo‘lib hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Sh.M.Mirziyoev. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

534

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. № PQ-3775 05.06.2018 y.

2.

Ahmadaliev A.M., Qosimov A.X. Innovatsion faoliyat va ilg‘or pedagogik texnologiyalar.
O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2016. -67 b.

3.

Klarin M.V. O'qitishdagi innovatsiyalar: metafora va modellar: Xorijiy tajribani tahlil qilish.
M., Nauka, 2017, 223 b.

4.

Farberman L.B, Musina R.G. Jumaboeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy
usullari. T. 2012.

5.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2010. -73 b.

6.

Ganiyeva, M. (2023). INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA,
O'QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA O'RGATISHNING, SHAKL, METOD
VA VOSITALARI. Scienceweb academic papers collection.

7.

Ganiyeva, M. (2023). Mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda TRIZ ning imkoniyatlari.
Scienceweb academic papers collection.

8.

Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MANTIQIY
TAFAKKURINI

RIVOJLANTIRISHDA

DIDAKTIK

O'YINLARDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI. TA'LIM FIDOYILARI.

9.

Эргашева, С. (2022). ЭШҚОБИЛ ШУКУР ШЕЪРИЯТИДА БАДИИЙ ОБРАЗ
ТАКОМИЛИ. Science and innovation, 1(B2), 478-484.

10.

Ergashova S. THE SCOPE OF THE TOPIC IN THE POETRY OF ESHQABIL SHUKUR
//Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 95-97.

References

Sh.M.Mirziyoev. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. № PQ-3775 05.06.2018 y.

Ahmadaliev A.M., Qosimov A.X. Innovatsion faoliyat va ilg‘or pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2016. -67 b.

Klarin M.V. O'qitishdagi innovatsiyalar: metafora va modellar: Xorijiy tajribani tahlil qilish. M., Nauka, 2017, 223 b.

Farberman L.B, Musina R.G. Jumaboeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy usullari. T. 2012.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2010. -73 b.

Ganiyeva, M. (2023). INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA, O'QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA O'RGATISHNING, SHAKL, METOD VA VOSITALARI. Scienceweb academic papers collection.

Ganiyeva, M. (2023). Mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda TRIZ ning imkoniyatlari. Scienceweb academic papers collection.

Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. TA'LIM FIDOYILARI.

Эргашева, С. (2022). ЭШҚОБИЛ ШУКУР ШЕЪРИЯТИДА БАДИИЙ ОБРАЗ ТАКОМИЛИ. Science and innovation, 1(B2), 478-484.

Ergashova S. THE SCOPE OF THE TOPIC IN THE POETRY OF ESHQABIL SHUKUR //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 95-97.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов