MY FEELINGS ON THE WHITE SHIP

HAC
Google Scholar
To share
Muxtoraliyeva, S., Azizova , R., & Mahmudjonova , U. (2023). MY FEELINGS ON THE WHITE SHIP. Modern Science and Research, 2(12), 160–163. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26637
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Chingiz Torakulovich Aitmatov is one of the most talented and world-famous figures of Kyrgyz literature of the 20th century. He was born on December 12, 1928 in Shakar Ovul, Talas Valley, Kyrgyzstan. Grandfather Aga Aitmat was a great fighter, father Torakul Aitmatov was a state and public figure, mother Naima was an educated and virtuous woman. Since childhood, Chingiz Aitmatov had a great love for fiction and was diligent in creating prose works. is engaged in. The story "Jamila", written in 1958 and translated into more than 40 languages of the world, made Adib's name famous internationally for the first time. Louis Aragon called the story "Jamila" "the most wonderful story written in the world about love."

Similar Articles


background image


160

OQ KEMADA QOLGAN HISLARIM

Muxtoraliyeva Sarvinoz

Farg'ona Davlat universiteti Filologiya fakulteti

Azizova Ruxshona

Farg'ona Davlat universiteti Filologiya fakulteti

Mahmudjonova Umidaxon

Farg'ona Davlat universiteti Filologiya fakulteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10336938

Annotatsiya

. Chingiz To‘raqulovich Aytmatov XX asr qirg‘iz adabiyotining eng iste’dodli

va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, u 1928-yil 12-dekabrda Qirg‘izistonning

Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilgan. Bobosi Aytmat og‘a ajoyib qo‘buzchi, otasi To‘raqul

Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi Naima opa o‘qimishli, fozila ayol edi.Chingiz Aytmatov

bolaligidanoq badiiy adabiyotga ulkan mehr qo‘ygan bo‘lib, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil

shug‘ullanadi. Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958 yilda yozilib, jahon

xalqlarining 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi bo‘ldi. «Jamila»

qissasini Lui Aragon «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb atagan.

Kalit so'zlar:

Chingiz Aytmatov nigohida XX asr, oq kema, inson qadri, XX asrda qirg'iz

xalqi, nohaqlikni ko'rmadi ko'zlar, bola qalbi, o'rmonchilik ishi.

MY FEELINGS ON THE WHITE SHIP

Abstract.

Chingiz Torakulovich Aitmatov is one of the most talented and world-famous

figures of Kyrgyz literature of the 20th century. He was born on December 12, 1928 in Shakar

Ovul, Talas Valley, Kyrgyzstan. Grandfather Aga Aitmat was a great fighter, father Torakul

Aitmatov was a state and public figure, mother Naima was an educated and virtuous woman. Since

childhood, Chingiz Aitmatov had a great love for fiction and was diligent in creating prose works.

is engaged in. The story "Jamila", written in 1958 and translated into more than 40 languages of

the world, made Adib's name famous internationally for the first time. Louis Aragon called the

story "Jamila" "the most wonderful story written in the world about love."

Key words:

20th century, white ship, human value, Kyrgyz people in 20th century, eyes that

did not see injustice, child's heart, forestry work in the eyes of Chingiz Aytmatov.

МОИ ЧУВСТВА НА БЕЛОМ КОРАБЛЕ

Аннотация.

Чингиз Торакулович Айтматов – один из самых талантливых и

всемирно известных деятелей кыргызской литературы ХХ века.Родился 12 декабря 1928

года в селе Шакар-Оул Таласской долины, Киргизия. Дедушка Ага Айтматов был великим


background image


161

борцом, отец Торакул Айтматов - государственным и общественным деятелем, мать

Найма - образованной и добродетельной женщиной. Чингиз Айтматов с детства имел

большую любовь к художественной литературе и усердно занимался созданием

прозаических произведений. Рассказ «Джамиля», написанный в 1958 году и переведенный

более чем на 40 языков мира, впервые прославил имя Адиба на международном уровне. Луи

Арагон назвал рассказ «Джамиля» «самой замечательной историей, написанной в мире о

любви».

Ключевые слова:

ХХ век, белый корабль, человеческие ценности, кыргызы в ХХ веке,

глаза, не видевшие несправедливости, детское сердце, лесохозяйственный труд глазами

Чингиза Айтматова.

Chingiz Aytmatov deganda, albatta, har birimizning ko'z o'ngimizda buyuk ijodkor, xalq

dardi bilan yashagan shaxs yoxud uning qaysidir asari gavdalanadi. Nima deb o'ylaysiz, nima

uchun Chingiz Aytmatovni xalq buncha ardoqlaydi? Nima uchun qirg'iz xalq adibi o'zbeklar

orasida ham juda qadrlanadi? Buning sababi ,birinchi navbatda, Ch.Aytmatov faqat va faqat xalqi

uchun yozgan, faqat xalq dardi bilan ijod qilgan. Ijodkorni ijodkor qiladigan narsa uning

ko'nglidagi milliy g'urur an'anasidir. Chingiz Aytmatovni o'zbeklar orasidagi qadri esa, uning

asarlarida biz o'zimizni, o'zligimizni topamiz. O'zbek va qirg'iz millatlarining bir-biriga o'xshash

tuyg'u va an'analarini topamiz. Ch.Aytmatov desak, ko'pchilikning ko'z o'ngiga 14 yoshidan

bridagirlik qilib, qishlog'ini boshqargan, hatto o'smirlik davriga qadam bosishga ulgurmay qalbida

Vatan tuyg'usi ufurgan kichik jussada katta qalbni sig'dirgan ijodkorni eslaymiz. Asarlarida ham

xuddi o'zidek, g'ayratli, tinib-tinchimas qahramonlar tanlagani ham bejiz emas. Ch.Aytmatov

bizning Shuhrat kabi "hayotda ko'rganini qog'ozga tushiradigan" ijodkorlardan. Ortiqcha

dabdabadan yiroq, atrofidagi hodisalarni bo'yamasdan, oshirmasdan shundayligicha tasvirlab

bergan ijodkordir. Chingiz Aytmatov yaratgan xarakterlar tarixiga yozuvchi biografiyasi orqali

qaraydigan bo‘lsak, bu xarakterlar va qahramonlar tarixi –Aytmatovlar oilasi tarixidir. Chingiz

Aytmatovning syujetlari – boshidan kechirgan, jonidan o‘tkazgan, ko‘nglida tuygan, ongida

muhrlangan, bolaligining beg‘ubor osmonlarning quyuq bulutlarga to‘ldirgan voqelikning hayotiy

fabulasidir. Taqdiri azal uning manglayiga baxtsiz bolalik dasxatini qora harflar bilan bitgan edi.

Tosh asrida ham, quldorlik va feodalizm sharoitida ham xunrezliklar, zo‘ravonliklar,

vayronagarchiliklar bo‘lib turgan, azaliy va muqaddas qadriyatlar toptalgan, inson xorlik va

zorlikka giriftor etilgan, ro‘zi qiyomatdan darak beruvchi zamon alomatlari botbot bo‘y ko‘rsatgan

– biroq bularning hech biri ko‘lami, tragizmi, bardavomiyligi bilan XX asrdagidek bo‘lmagan edi.


background image


162

Bo‘lg‘usi adibning bolaligi shunday sharoitda kechdi.Chingiz Aytmatov yaratgan xarakterlarning

ko‘pchiligi yakka, yolg‘iz, etim, o‘gay, kimsasiz… Ularning biografiyasini bir qur ko‘zdan

kechirib chiqsak, yozuvchi deyarli barcha asarlarida ushbu motivga qayta-qayta murojaat

qilganligini ko‘rish mumkin.Chingiz Aytmatovning real hayotdan mifologiyaga, mifologiyadan

real hayotga tabiiy o‘tib ketishini ta’minlaydigan poetik usullari bor. Bular – tush ko‘rish, isitmada

alahlash, ayni paytda o‘zga jonzodga evrilish istagi, galyutsinatsiya holatlaridir. “Oq kema”da bola

baliq odam bo‘lib ketishni orzu qilsa, “Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar”da O’rxun bobo suv

parisi bilan birlashib, mangulikka singib ketish umidida dunyodan o‘tadi.

Chingiz Aytmatov fenomenini yuzaga chiqargan yana bir jihatga e’tibor qaratish zarur.

Buyuk yozuvchi adabiyotga yangi insonni, yangi xarakterni olib kirdi. Bu inson obrazi o‘zining

yaqin salaflaridan farqli o‘laroq kurashchan, jangovor hamda muayyan g‘oyalar yalovbardori

emas, balki, kichikroq bir jug‘rofiy hududda o‘zligini, jamiyatdagi o‘rnini izlayotgan inson.

Gabriel Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” asari bilan Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asari

deyarli bir vaqtda yaratilgan. Realizm va mifologiyaning uyg‘unligi, parallel holda kechishi har

ikki asar uchun xos xususiyat. Bundan tashqari, har ikki asarning voqea-hodisalari

tsivilizatsiyadan chetroq, ovloq yopiq makonlarda kechadi. “Yolg‘izlikning yuz yili” qahramonlari

Makondoning to‘rt tarafidan suv bilan o‘ralganligini anglab, tamaddundan chetda chirib, nom-

nishonsiz yo‘qolib ketmaslik uchun u yerdan chiqishga harakat qilishadi. “Oq kema” qahramonlari

esa o‘z makonlari – o‘rmon xo‘jaligidan chiqib ketishni xayollarga ham keltirishmaydi. Chunki

ularni sivilizatsiyaning o‘zi shu ovloq go‘shaga uloqtirib tashlagan. Uzoq asrlar davomida chorva

ortidan yaylovdan tog'ga, tog‘dan yaylovga o‘tovi bilan ko‘chib yurgan kishilar uchun shahar

hayoti zerikarli, diqqinafas, soxta. Shu bois hech qanday kuch ularni bu makonlaridan

chiqarolmaydi. O’rmon xo‘jaligida bor-yo‘g‘i uchta oila: Mo‘min chol kampiri va nevarasi bilan,

O’rozqul xotini Bikey hamda Seyidaxmed xotini Guljamol va qizchasi bilan yashashadi. “Oq

kema”ning arxitektonikasi shunday qurilganki, personajlarning birortasi o‘zlari yashab turgan

mikro hududdan tashqariga chiqib ketolmaydi: hamma bir-biriga begona bo‘lsada, ayni damda

hamma bir-biriga ko‘rinmas iplar bilan bog‘lab tashlangandekChingiz Aytmatov Mo‘min chol

timsolida davr voqeligi ezib, abgor qilgan inson obrazini yaratgan edi. Keyinchalik romanlarida

yaratilgan manqurt, zurriyotlar g‘arb-u sharqda, shimol-u janubda kechgan, kechayotgan

voqelikning badiiy umumlashmalari, nazarkarda adibning karomatlari bo‘lib qoldi.XX asrning

oxirgi o‘n yilliklarida kechgan tarixiy jarayon – bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tish boshqa ong

qirralari kabi badiiy adabiyotda ham ijtimoiy fikrning salmog‘ini oshirdi. Shulardan kelib chiqib,

Chingiz Aytmatov uslubidagi ikki asosga e’tibor qaratmoq zarur. Qissalarida tabiat va tabiatga


background image


163

yaqin xarakterlar kashf etilgan bo‘lsa, romanlarida jamiyat va shaxsning ijtimoiylashish

jarayonlari kuchayganligi seziladi. Hozirda ana shu ikki asosning turli xil kombinatsiyalaridan

rang-barang asarlar yaratilayaptiki, bu alohida tadqiqot mavzui.

Tasavvuf talqiniga ko‘ra, olamning yaratilishidan maqsad – inson, insonning yaratilishidan

maqsad komil insondir. Komillikka yo‘l – shodu xurramlikka yo‘l emas, qayg‘uga safar,

musibatlarga safar. Haqiqiy talantning hayot va ijod yo‘li ham xuddi shunday –mashaqqat va

zahmatlardan yaraladi, o‘zlikni anglash va tinglashga da’vat etadi, ma’naviy poklanish va

yuksalishga chorlaydi. Ana shu azaliy va abadiy haqiqatni Chingiz Aytmatov o‘z asarlari bilan

hayot va davr tasdig‘idan o‘tkazdi.

“…Inson o‘ylari bilan Dengizga va Osmonga tenglasha oladi. Shu o‘ylari bilan u tabiatning

abadiy qudrati oldida o‘zining mavjudligini isbotlaydi, shu bilan inson koinotning teranligi va

yuksakligiga munosib bo‘la oladi. Shuning uchun inson hayot ekan, u ruhan dengizday qudratli,

ruhan osmonday cheksiz: chunki o‘y-xayolotning cheki yo‘q. Agar inson o‘lsa, uning o‘y-

xayollarini boshqa bir inson davom ettiradi, u ham o‘lsa, keyingisi va hokazo, bu hodisa cheksiz

davom etaveradi…”- deydi Chingiz Aytmatov.

REFERENCES

1.

AYTMATOV, Ch. (2017). Erta qaytgan turnalar: qissalar va hikoyalar. Toshkent: Yangi

asr avlodi.

2.

AYTMATOV, Ch. (2016). Tanlangan asarlar. Qissalar. Toshkent: Sharq.

3.

MARKES, G. G. (2008). Yolg’izlikning yuz yili.

References

AYTMATOV, Ch. (2017). Erta qaytgan turnalar: qissalar va hikoyalar. Toshkent: Yangi asr avlodi.

AYTMATOV, Ch. (2016). Tanlangan asarlar. Qissalar. Toshkent: Sharq.

MARKES, G. G. (2008). Yolg’izlikning yuz yili.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов