HUMAN DIGNITY IN THE REVISED CONSTITUTION

HAC
Google Scholar
To share
Yusupova , G., Muxtoraliyeva , S., & Rahmonaliyeva, M. (2023). HUMAN DIGNITY IN THE REVISED CONSTITUTION. Modern Science and Research, 2(12), 157–159. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26636
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Let's think, why do we need the Constitution? Each country has its own system of governance. In your opinion, how should the state justify to citizens that the system it uses is reliable? I'll just give you this in my mouth, then we won't say that we will build a state, of course. In order to gain the trust of the people, of course, an approved document, that is, the Constitution, is needed. The Constitution protects us on the street, at home, at work, at school, in general, everywhere. It includes our rights guaranteed by the state.


background image


157

YANGILANGAN KONSTITUTSIYADA INSON QADRI

Yusupova Gulruxsor

Farg'ona Davlat universiteti Filologiya fakulteti

Muxtoraliyeva Sarvinoz

Farg'ona Davlat universiteti Filologiya fakulteti

Rahmonaliyeva Mahbuba

Farg'ona Davlat universiteti Filologiya fakulteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10336613

Annotatsiya.

Bir o'ylab ko'raylikchi, Konstitutsiya bizga nima uchun kerak? Har bitta

davlatning o'ziga xos boshqaruv tizimi bo'ladi. Davlat o'zi foydalanayotgan tizimning ishonchli

ekanini fuqarolarga qanday asoslab berishi kerak,sizningcha? Shunchaki og'izda men sizlarga

bunday qilib beraman, unday davlat quramiz deb qolmaydi, albatta. Xalqning ishonchini sazovor

bo'lish uchun, albatta, tasdiqlangan hujjat, ya'ni

Konstitutsiya

kerak. Konstitutsiya bizni

ko'chada, uyda, ishxonada, maktabda, umuman olganda, hamma joyda himoya qiladi. Unda

davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarimiz kiritilgan.

Kalit so'zlar:

Konstitutsiya, inson qadri globallashuv davrida, tarixga nazar, huquqlar,

xotin-qizlarning Konstitutsiradagi o'rni, boshqaruv tizimi.

HUMAN DIGNITY IN THE REVISED CONSTITUTION

Abstract.

Let's think, why do we need the Constitution? Each country has its own system

of governance. In your opinion, how should the state justify to citizens that the system it uses is

reliable? I'll just give you this in my mouth, then we won't say that we will build a state, of course.

In order to gain the trust of the people, of course, an approved document, that is, the Constitution,

is needed. The Constitution protects us on the street, at home, at work, at school, in general,

everywhere. It includes our rights guaranteed by the state.

Key words:

Constitution, human value in the era of globalization, looking at history, rights,

role of women in the Constitution, management system.

ЧЕЛОВЕЧЕСКОЕ ДОСТОИНСТВО В ПЕРЕСМОТРЕННОЙ КОНСТИТУЦИИ

Аннотация.

Давайте подумаем, зачем нам Конституция? Каждая страна имеет

свою собственную систему управления. На ваш взгляд, как государство должно

доказывать гражданам, что используемая им система надежна? Я вам это просто в рот

дам, тогда мы не будем говорить, что будем строить государство, конечно. Чтобы

завоевать доверие народа, конечно, нужен утвержденный документ, то есть


background image


158

Конституция. Конституция защищает нас на улице, дома, на работе, в школе, вообще

везде. Это включает в себя наши права, гарантированные государством.

Ключевые слова:

Конституция, человеческие ценности в эпоху глобализации, взгляд

на историю, права, роль женщин в Конституции, система управления.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining avvalgi tahriri 1992 yil 8 dekabrda

O‘zbekiston xalqi tomonidan “vakolatli vakillari timsolida”, ya’ni parlament a’zolari –

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputatlari tomonidan qabul qilinganini bilamiz. Bundan

farqli ravishda, mamlakatimiz Asosiy Qonunining yangi tahririni “yagona O‘zbekiston xalqi”

bevosita umumxalq referendumida – to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan qabul qildi.

Shu ma’noda, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining haqiqiy muallifi xalqning

o‘zidir. Fuqarolarning xohish-irodasi esa islohotlarning manbai va harakatlantiruvchi kuchi

hisoblanadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 7-moddasi birinchi bandida «Xalq davlat

hokimiyatining birdan-bir manbai», degan norma belgilab qo‘yilgan. Bu norma timsolida

O‘zbekiston Respublikasida jahon miqyosida umume’tirof etilgan xalq hokimiyatchiligi prinsipi,

ya’ni xalq suverenitetning tashuvchisi va davlat hokimiyatining yagona manbai ekanligini

anglatuvchi tamoyil o‘rnatilgan.

Keyingi yillarda mamlakatimizda quyidagi prinsip va g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga

qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim. Xususan:

birinchidan

, Yangi O‘zbekiston – bu inson sha’ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklari,

qonuniy manfaatlari oliy qadriyat hisoblangan davlat bo‘ladi;

ikkinchidan

, xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak;

uchinchidan

, odamlar ertaga yo uzoq kelajakda emas, balki bugunoq o‘z hayotida ijobiy

o‘zgarishlarni ko‘rishni istaydi va shunday ekan, «odamlar tashvishi bilan yashash», xalqimizning

qonuniy talab-istaklari va xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish – davlat organlari faoliyatini

baholashning eng muhim mezoniga aylanishi zarur;

to‘rtinchidan

, «qonunning yagona manbai va muallifi xalq bo‘lishi kerak», ya’ni barcha

muhim qarorlar aholi ishtirokida, fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuv asosida qabul

qilinishi lozim. Demokratiyaning talab-u taomili va ustunligi ham shunda. Yangi tahrirdagi

Konstitutsiyaning 7-moddasi birinchi bandidagi norma mazkur modda ikkinchi bandi birinchi

qismida «O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab... amalga

oshiriladi» deb belgilangan norma bilan uyg‘un va hamohangdir. Hech shubhasiz, ushbu normalar

mamlakatimizda nafaqat xalq hokimiyatchiligining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini


background image


159

mustahkamlash, ayni chog‘da xalqimiz xohish-irodasi va insonlarning qonuniy manfaatlarini

ta’minlashga xizmat qiladi.

Yanada tushunarli qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda yuqorida tilga olingan:

«xalq

davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak»

degan umume’tirof

etilgan tamoyilga qat’iy rioya etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan yangi, zamonaviy va juda muhim

normalarning hayotga qat’iy hamda izchil tatbiq etilishi, xususan, sudlar tomonidan ana shu

konstitutsiyaviy qoidalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanishi yurtimiz va xalqimiz tarixida inson

huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va qadr-qimmatini ulug‘lash borasida yangi davrni

boshlab bermoqda. O‘zbekiston Prezidenti ta’kidlaganidek,

“Inson qadri biz uchun qandaydir

mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir

fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini

ta’minlashni nazarda tutamiz”.

Xulosa qilib aytganda, bugun Konstitutsiyamizning yangi normalarida asosiy e’tibor inson,

jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilganini ishonch bilan ta’kidlash

mumkin. Yangi tahrirdagi Asosiy qonunning qabul qilinishi bilan bu borada yanada mustahkam

konstitutsiyaviy-huquqiy asos yaratildi. Binobarin, Yangi O‘zbekiston o‘zining ushbu sohalardagi

xalqaro majburiyatlariga qat’iy sodiqligini yana bir bor namoyon etdi.

Konstitutsiyamizda Yevropa, Osiyo, Sharq va Amerika mintaqalarida joylashgan dunyo

davlatlarining ijobiy konstitutsiyaviy tajribasi o‘z aksini topgan. Asosiy qonunimiz huquqshunos

olimlar, siyosatshunoslar, ko‘plab xalqaro tashkilotlar mutaxassislari tomonidan sinchiklab

o‘rganilgan bo‘lib, unga inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq normalari qo‘shimcha ravishda

uyg‘unlashtirilgandir.

Ishonchimiz komilki, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar xolis va to‘g‘ri

ta’kidlaganlaridek, O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi "Inson sha’ni va

qadr-qimmati uchun" tamoyili asosida xalq farovonligini yanada yuksaltirish, inson, fuqarolik

jamiyati va davlatni jadal rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi.

REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.: O'zbekiston, 2019.

2.

"Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi". BMT bosh assambleyasi 217 A.

3.

www.lex.uz/ O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

4.

Kun.uz-axborot xizmari.

References

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.: O'zbekiston, 2019.

"Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi". BMT bosh assambleyasi 217 A.

www.lex.uz/ O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

Kun.uz-axborot xizmari.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов