382
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA FUQAROLARNING
EKOLOGIK HUQUQLARI
Rahmonova Zulfiya Bahromovna
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi “Umumta’lim fanlari” kafedrasi
yuristlar uchun ingliz tili fani o‘qituvchisi
Telefon: +998995111402
Zrahmonova0189@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.10408863
Annotatsiya. Ushbu maqolada konstitutsiyaviy normalar demokratik-huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyatini barpo etishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini
tashkil etishning asosiy prinsiplarini belgilashda, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini
kafolatlashda, ekologik huquq-tartibotni mustahkamlashda dolzarb ahamiyat kasb etishi bilan
bog‘liq masalalar xususida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: ekologik taraqqiyot strategiyasi, aholining ekologik xavfsizligi, suv tanqisligi,
cho‘llanish jarayonining kuchayishi, biologik xilma-xillikning kamayishi.
ENVIRONMENTAL RIGHTS OF CITIZENS IN THE CONSTITUTION OF THE
REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Abstract: This article will talk about issues related to the urgent importance of constitutional
norms in establishing a democratic-legal state and civil society, establishing the basic principles
of organizing the activities of state authorities and governing bodies, guaranteeing basic rights
and freedoms of citizens, strengthening environmental law and order.
Key concepts: ecological development strategy, environmental safety of the population,
water scarcity, exacerbation of the desertification process, reduction of biodiversity.
ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ПРАВА ГРАЖДАН В КОНСТИТУЦИИ РЕСПУБЛИКИ
УЗБЕКИСТАН
Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы, связанные с
актуальностью конституционных норм в построении демократического правового
государства и гражданского общества, определении основных принципов организации
деятельности органов государственной власти и управления, гарантировании основных
прав и свобод граждан, укреплении экологического правопорядка.
Ключевые понятия: стратегия экологического развития, экологическая
безопасность населения, нехватка воды, усиление процессов опустынивания, сокращение
биоразнообразия.
383
Maʼlumki, Bosh Qomusimizda mamlakat ekologik taraqqiyot strategiyasining asosiy
qoidalari, ekologik va aholining ekologik xavfsizligiga doir talablar belgilangan bo‘lib, ushbu
siyosiy-huquqiy hujjat mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish bo‘yicha eng muhim va asosiy qoidalarni o‘zida aks ettirgan.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida har kim qulay atrof-
muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega ekanligi, davlat
fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlash va atrof-muhitga zararli taʼsir ko‘rsatilishiga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
uchun shart-sharoitlar yaratishi, davlatning barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni
yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni
amalga oshirishi va albatta, Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda
tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘rishi
bog‘liq meʼyorlar belgilab qo‘yildi.
O‘z navbatida, ushbu muhim konstitutsiyaviy normaning amalga oshirish mexanizmlari
bevosita O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, Shaharsozlik kodeksi, “Tabiatni muhofaza
qilish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi, “Suv va
suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi,
“O‘rmon to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlarimizda o‘z
ifodasini topgan.
Vazirlar Mahkamasi atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-
xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda
ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati
Viloyatlar,
tumanlar,
shaharlar
hokimlarining
vakolatlariga
hududlarni
iqtisodiy,
madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni
taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni
amalga oshirish kiradi.
Aynan Asosiy qonunda davlat organlari va jamoat birlashmalarining ekologik faoliyatini
shakllantirish bo‘yicha asosiy prinsiplari mustahkamlanadi, fuqarolarning ekologik burchlari
belgilanadi, jamiyatning ekologik barqaror rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari o‘rnatiladi va
h.k. “...konstitutsiyaviy normalar demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo
1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2
https://advice.uz/uz/document/3094.
384
etishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tashkil etishning asosiy
prinsiplarini belgilashda, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlashda, ekologik
huquq-tartibotni mustahkamlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi”
Sir emaski, keyingi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasida so‘nggi yillarda suv tanqisligi,
cho‘llanish jarayonining kuchayishi hamda biologik xilma-xillikning kamayishi kabi ekologik
inqirozlar kuchayib bormoqda. Bu muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga jiddiy kirishmaslik
tiklanib bo‘lmas ekologik fojialarga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident boshqa sohalar singari bugungi kunning nafaqat
O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida global muammolardan biri bo‘lgan ekologiya sohasidagi
yechimini kutayotgan muammolarga ham alohida urg‘u berib, “Hozirgi vaqtda butun dunyoda
bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolar paydo bo‘lmoqda. Aksariyat
hududlarimizda tuproq tarkibi buzilib, unumdor yerlar qisqarib borayotgani, cho‘llanish, suv
yetishmasligi, qurg‘oqchilik, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash shular jumlasidandir”
,-
deya taʼkidladi.
Konstitutsiyaning Muqaddimasida mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini
ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit
musaffoligini saqlashga alohida urg‘u berilgan bo‘lib, bu davlatimizning ekologik
muammolarning oldini olish, tabiiy resurslarning xilma-xilligini taʼminlash va atrof tabiiy muhit
holatini yaxshilash barobarida kelajak avlodlar oldidagi davlatning strategik maqsad va
vazifalarini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning teng huquqli aʼzosi sifatida ekologiya
sohasida o‘nlab xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilib, bir qator muhim majburiyatlarni
amalga oshirish yuzasidan milliy dastur va chora-tadbirlar rejasini amalga oshirmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik
nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
qabul qilindi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatga muvofiq, Davlat ekologiya qo‘mitasiga 2022 yil
1 dekabrga qadar Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi
3
Dj.Safarov.
Ekologik munosabatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: milliy va xorijiy
tajriba.
https://constitution.uz/uz/pages/Ekologik_munosabatlar
4
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga
Murojaatnomasi 2022-yil 20-dekabr. https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-
mirziyoyevning-2023-yil-uchun-murojaatnomasi.
5
Sh. Fayziyev. Barqaror ekologik rivojlanishning huquqiy kafolatlari. https://uza.uz/uz/posts/barqaror-ekologik-
rivozhlanishning-huquqiy-kafolatlari_545552.
385
yuklatildi. Kodeksni keng jamoatchilik, ilmiy-tadqiqot institutlari, fuqarolik jamiyati institutlari
va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb etgan holda ishlab chiqish belgilangan.
Kodifikatsiyalashgan qonun ishlab chiqiladigan bo‘lsa, ushbu Ekologiya kodeksida
biologik xilma-xillik masalasi, yaʼni biologik resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza
qilish, Orol dengizining qo‘rigan tubida o‘rmonzorlarni barpo etilishi va muhofazasiga
bag‘ishlangan boblar bo‘lishi lozim. Hozirgi kunda ishlab chiqarishni bevosita ekologiyaga
taʼsirsiz amalga oshirish qiyin, demak bu borada ishlab chiqarishda ekologik nazorat va audit
masalalari, chiqindilarga bag‘ishlangan normalar bo‘lishi kerak.
Maʼlumot o‘rnida aytish mumkinki, dunyo miqyosida ekologiya kodeksini qabul qilgan
davlatlar, yaʼni Fransiya, Shvetsiya, Italiya, Estoniya, Kot- deIvuarda va Qozog‘istonda ekologik
munosabatlar maxsus kodifikatsiyalangan qonunga ko‘ra amalga oshiriladi.
Hozirgi davrda ekologik qonun hujjatlarini kodifikatsiyalash bo‘yicha harakatlar Belgiya,
Niderlandiya, Daniya, Polsha, Vengriya va Sloveniyada, Rossiya, Belarus, Ukraina, Qirg‘iziston
Respublikasida ham olib borilmoqda. Shuni ham taʼkidlash lozimki, umum Yevropa
mamlakatlarida Atrof-muhit kodeksini ishlab chiqish to‘g‘risidagi masalasi ham ko‘rib
chiqilmoqda.
Shu o‘rinda taʼkidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti ekologik siyosatni
amalga oshirish uchun qator tamoyillarga asoslangan holda ekologik qonunchilik hujjatlarini qabul
qilgan. Shuningdek, aholining ekologik xavfsizligini taʼminlash tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish, uni muhofaza qilish va sof holda kelajak avlodga yetkazib berishni taʼminlashga
qaratilgan 30 dan ortiq maxsus qonunlar qabul qilindi, va shu asosida ko‘plab 450 dan oshiq
normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan ham qator
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilmoqda, yaʼni nizom, yo‘riqnoma, qaror, dasturlar ishlab
chiqilgan.
Xulosa o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi ekologiya sohasidagi
normalarning ahamiyati shundaki, birinchidan, fuqarolarning ekologik huquq va erkinliklarini
taʼminlaydi hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish tamoyilini
konstitutsiyaviy qoida sifatida mustahkamlaydi deb aytish mumkin.
6
https://uza.uz/uz/posts/ekologiya-kodeksini-qabul-qilishda-ota-dolzarb-masalalar-bor_370311
386
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va
O‘zbekiston
xalqiga
Murojaatnomasi
2022-yil
20-dekabr.
https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-
2023-yil-uchun-murojaatnomasi.
3.
Dj.Safarov. Ekologik munosabatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: milliy va
xorijiy tajriba.
https://constitution.uz/uz/pages/Ekologik_munosabatlar
4.
Sh.
Fayziyev.
Barqaror
ekologik
rivojlanishning
huquqiy
kafolatlari.
https://uza.uz/uz/posts/barqaror-ekologik-rivozhlanishning-huquqiy-kafolatlari_545552.
5.
5.https://uza.uz/uz/posts/ekologiya-kodeksini-qabul-qilishda-ota-dolzarb-masalalar-
bor_370311.
6.
https://advice.uz/uz/document/3094.
