THE FOCUS ON EDUCATION MAKES THE COUNTRY POWERFUL

HAC
Google Scholar
To share
Rahmonova, Z. (2023). THE FOCUS ON EDUCATION MAKES THE COUNTRY POWERFUL. Modern Science and Research, 2(12), 1316–1318. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27554
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article will focus on the legislative acts of the country, which are being paid attention in the field of education and education, science, are being implemented, reforms serve for the prosperity of this area.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1316

TAʼLIMGA EʼTIBOR MAMLAKATNI QUDRATLI QILADI

Rahmonova Zulfiya Bahromovna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

“Umumta’lim fanlari” kafedrasi

yuristlar uchun ingliz tili fani o‘qituvchisi

Telefon: +998995111402

Zrahmonova0189@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10441808

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mamlakatimizda taʼlim va tarbiya, ilm-fan sohasida

qaratilayotgan eʼtibor, amalga oshirilayotgan, islohotlar bu soha ravnaqi uchun xizmat qiladigan
qonunchilik hujjatlari xususida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

taʼlim va tarbiya, ilm-fan, mamlakat taraqqiyoti, Uchinchi Renessans,

o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati.

THE FOCUS ON EDUCATION MAKES THE COUNTRY POWERFUL

Abstract.

This article will focus on the legislative acts of the country, which are being paid

attention in the field of education and education, science, are being implemented, reforms serve
for the prosperity of this area.

Key concepts:

education and upbringing, science, country development, the third

Renaissance, the honor and dignity of teachers.

ВНИМАНИЕ К ОБРАЗОВАНИЮ ДЕЛАЕТ СТРАНУ СИЛЬНОЙ

Аннотация.

B данной статье рассматриваются законодательные акты,

направленные на развитие образования и воспитания, науки в нашей стране, проводимые
реформы.

Ключевые понятия:

образование и воспитание, наука, развитие страны, третье

Возрождение, честь и достоинство учителей.

Tarixiy voqeliklardan maʼlumki, mamlakatning rivojlanganlik darajasi birinchi navbatda

o‘sha yurtda taʼlimga qanchalik eʼtibor qaratilganligi bilan belgilanadi va buni aslo inkor etib
bo‘lmaydi. To‘g‘ri, boshqa omillar ham mamlakat taraqqiyotida muhim rol o‘ynashi mumkin,
lekin birlamchi ahamiyat kasb etmaydi. Qaysiki davlatning iqtisodiy salohiyati baquvvat, fuqarosi
farovon hayot kechirayotgan ekan, ijtimoiy soha taraqqiyoti yuksak ekan, demak o‘sha davlat
taʼlim va ilm-fan taraqqiyotiga birinchi navbatdagi masala sifatida qaragan, adolatli siyosat olib
borgan, qonun ustuvorligiga qatʼiy amal qilgan, inson huquqlarini oliy qadriyat deb baholagan. Bu
tarixiy mutloq haqiqatdir.

Yurtboshimiz aytganlaridek: “Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham,

mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir. Ertangi
kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, taʼlim tizimi va farzandlarimizga
berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq.

Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali

O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, yaʼni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga
asosiy maqsad qilib belgiladik.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1317

Biz maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi, oliy va o‘rta maxsus taʼlim tizimi hamda ilmiy-

madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha
tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi
Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz.

1

Bugungi kunda mamalakatimizda amalga oshiralayotgan islohotlar jarayonida O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonning bugungi va
istiqboldagi taraqqiyoti yo‘lida beqiyos ahamiyat kasb etadi, deb ishonch bilan aytish mumkin.
Asosiy Qonunimizda o‘qituvchilarga bag‘ishlangan alohida konstitutsion normaning kiritilishi
tom maʼnodagi tarixiy voqelikdir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasida O‘zbekiston Respublikasida

o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni
shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda
boyitishning asosi sifatida eʼtirof etilishi hamda davlat o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini
himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilishi aniq belgilab qo‘yildi.

“...Finlyandiya, Yaponiya hamda Janubiy Koreya singari davlatlar asosiy eʼtibor va

sarmoyani inson resursini shakllantirishga yo‘naltirdilar. Millat sifatida qad rostlash va dunyoning
rivojlangan davlatiga aylanishiga faqatgina taʼlim sohasini isloh etish, buning uchun
o‘qituvchilarning jamiyatda eng obro‘li qatlamga aylantirish orqaligina erishish mumkin degan
to‘g‘ri xulosaga keldilar.

Natijada, hozirda ushbu davlatlar aholisining yarimi oliy maʼlumotga ega ekaniga guvoh

bo‘lish mumkin. Bunday davlatlarda xalqning bilimi va zakovati bilan taraqqiyotga erishish
imkoniyatini beradigan ixtirolar va kashfiyotlar qilinishga erishildi. Mamlakat iqtisodiyoti
rivojlandi. Ularning yalpi ichki mahsuloti tabiiy boyliklarga ega bo‘lgan ko‘pgina davlatlarning
yalpi ichki mahsulotidan katta ekani...”

2

ko‘rish mumkin.

Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar barobarida 2020 yil 23 sentyabrda

O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni

3

ham boyitilgan va

takomillashtirilgan holda yangi tahrirda qabul qilindi.

Mazkur qonunda taʼlim tizimi, turlari va shakllari aniq qilib belgilab berildi. Yaʼni, taʼlim

turlari: maktabgacha taʼlim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim; professional taʼlim;
oliy taʼlim; oliy taʼlimdan keyingi taʼlim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish; maktabdan tashqari taʼlimdan;

Taʼlim olish shakllari esa: ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olish (kunduzgi);

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); dual taʼlim; oilada
taʼlim olish va mustaqil taʼlim olish; katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga taʼlim berish; inklyuziv

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “О‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan

tantanali marosimdagi nutqi. https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-ituv-
30-09-2020.

2

B.Qosimov. O‘qituvchilar nufuzi va mavqeini yuksaltirish Yangi O‘zbekistonda inson resursining shakllanishida

hal qiluvi ahamiyatga ega. https://xs.uz/uzkr/post/oqituvchilar.

3

O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi 2020 yil 23 sentyabr O‘RQ-637-son Qonuni.

https://lex.uz/docs/5013007.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1318

taʼlim; eksternat tartibidagi taʼlim; mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati
sohasida kadrlar tayyorlashdan iborat etib belgilandi.

“Mamlakatimizning kelgusi taraqqiyotini o‘ylab, o‘qituvchi va muallimlarning

hayotimizdagi nufuzi va mavqeini oshirish maqsadida ularning maqomini qonun darajasida
belgilashni taklif qilaman. Ushbu qonunda yoshlarga taʼlim va tarbiya berish jarayonida
o‘qituvchilar o‘zlarining salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish,
ularni ijtimoiy, huquqiy, moddiy qo‘llab-quvvatlash choralari kafolatlanishi kerak”

4

, - deya

taʼkidlagan edi Prezidentimiz.

Olib borilgan islohotlar tufayli bugungi kunda o‘qituvchilarning huquqlari davlat

himoyasida bo‘lishini, ularning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashuv, boshqa majburiy va
jamoat ishlariga jalb qilish javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030”

strategiyasi to‘g‘risida 2023 yil 11 sentyabr PF-158-son Farmoni

5

da ham O‘zbekiston

Respublikasi taraqqiyotining strategiyasida alohida yo‘nalish sifatida har bir insonga o‘z
salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish belgilanib, unda pedagog
kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish
ustuvor vazifa qilib qo‘yildi.

Xulosa shuki, bugun har bir o‘qituvchi, ustoz va tarbiyachi, oliygoh o‘qituvchisi taʼlim va

tarbiya, ilm-fan sohasidagi eng so‘nggi ilg‘or ijobiy yangiliklarni o‘quv jarayonlariga tatbiq eta
oladigan, chuqur bilim, saviya va dunyoqarash egasi, umuman olganda, zamon va jamiyatimizning
eng ilg‘or namoyondalari bo‘lishlari kerak.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi 2020 yil 23 sentyabr O‘RQ-637-son
Qonuni. https://lex.uz/docs/5013007.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida
2023 yil 11 sentyabr PF-158-son Farmoni.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “О‘qituvchi va
murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.
https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-ituv-30-
09-2020.

5.

B.Qosimov. O‘qituvchilar nufuzi va mavqeini yuksaltirish Yangi O‘zbekistonda inson
resursining shakllanishida hal qiluvi ahamiyatga ega. https://xs.uz/uzkr/post/oqituvchilar.


4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “О‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan

tantanali marosimdagi nutqi. https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-ituv-
30-09-2020.

5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida 2023 yil 11 sentyabr PF-

158-son Farmoni.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi 2020 yil 23 sentyabr O‘RQ-637-son Qonuni. https://lex.uz/docs/5013007.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida 2023 yil 11 sentyabr PF-158-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “О‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-ituv-30-09-2020.

B.Qosimov. O‘qituvchilar nufuzi va mavqeini yuksaltirish Yangi O‘zbekistonda inson resursining shakllanishida hal qiluvi ahamiyatga ega. https://xs.uz/uzkr/post/oqituvchilar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов