Authors

  • Zulfiya Rahmonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32074

Abstract

The author of this article reflected on insurance related to the activities of individual entrepreneurs, including LLC, which provides passenger and cargo transportation services in the private sector, which is rapidly developing in the conditions of today's market economy.

background image


87

TASHUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA

QILISH

Rahmonova Zulfiya Bahromovna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

“Umumta’lim fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11126778

Annotatsiya.

Mazkur maqola muallif bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida jadal suratlar

bilan rivojlanib borayotgan xususiy sektordagi yo‘lovchi va yuklarni tashish xizmatini

ko‘rsatuvchi mchj ham yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati bilan bog‘liq sug‘urta xususida fikr

yuritgan.

Kalit so‘zlar:

yo‘lovchi, yuk tashish, tashuvchi, fuqarolik javobgarlik, baxtsiz hodisa, yo‘l-

transport hodisasi, majburiy sug‘urta.

COMPULSORY CIVIL LIABILITY INSURANCE OF THE CARRIER

Abstract.

The author of this article reflected on insurance related to the activities of

individual entrepreneurs, including LLC, which provides passenger and cargo transportation

services in the private sector, which is rapidly developing in the conditions of today's market

economy.

Key concepts:

passenger, freight, carrier, civil liability, accident, traffic accident,

compulsory insurance.

ОБЯЗАТЕЛЬНОЕ СТРАХОВАНИЕ ГРАЖДАНСКОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ

ПЕРЕВОЗЧИКА

Аннотация.

автор данной статьи рассуждал о страховании, связанном с

деятельностью индивидуальных предпринимателей, а также ООО, предоставляющее

услуги пассажирских и грузовых перевозок в частном секторе, которое стремительно

развивается в условиях сегодняшней рыночной экономики.

Ключевые понятия:

пассажир, доставка, перевозчик, гражданско-правовая

ответственность, авария, дорожно-транспортное происшествие, обязательное

страхование.

Sug‘urta haqida gap ketganda, darhol muayyan baxtsiz voqea-hodisalar yuz berishi

natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, tovonlar va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun

maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan, jismoniy

hamda yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlarni tushunamiz.


background image


88

Qonunchiligimizda sug‘urtaning turli ko‘rinishlari haqidagi qoidalar belgilab berilgan bo‘lib,

ulardan biri tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasidir. Bu borada O‘zbekiston

Respublikasining 2015 yil 26 mayda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta

qilish to‘g‘risida” O‘RQ-386-son Qonun

1

i, Ushbu qonun ijrosini taʼminlash maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2015 yil 15 sentyabrda 266-son “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini

majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-

tadbirlari haqida qarori

2

qabul qilindi hamda ushbu qaror bilan tashuvchining fuqarolik

javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta

qilish to‘g‘risida”gi qonunida mazkur sug‘urtaning mazmun-mohiyatini aniqroq tushunish uchun

baʼzi atamalarning huquqiy mazmuni ko‘rsatib berilgan. Avvalo, tashuvchi kim? Tashuvchi bu

mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga egalik qiladigan,

qonunchilikka muvofiq yo‘lovchilarni hamda ularning mol-mulkini tijorat asosida tashish

bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va buning uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yoxud ruxsat

etish xususiyatiga ega hujjati bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.

Mazkur sug‘urta bilan nimalar sug‘urtalanadi? Demak, aholiga yo‘lovchi yoki

yo‘lovchilarning mol-mulkini tashish bilan bog‘liq xizmatni ko‘rsatish jarayonida baxtsiz

hodisalar, yo‘l-transport hodisalari yuz berishi natijasida tashuvchining fuqarolik javobgarligini

majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i yoki

mol-mulkiga yetkazilgan zararlarni qoplashga qaratilgan sug‘urta turini tushunishimiz lozim.

Tashuvchi faoliyatini yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar

yetkazganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish

boshlanguniga qadar belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalashi shart hisoblanadi.

Shu o‘rinda yana bir normani aytib o‘tish kerak, basharti tashuvchilarning fuqarolik

javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq

tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish yuzasidan belgilangan sug‘urta

pulidan kam bo‘lmagan miqdorda sug‘urtalangan bo‘lsa, ularga nisbatan tashuvchining o‘z

fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati tatbiq etilmasligi belgilandi.

1

O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” Qonuni

2015 yil 26 may O‘RQ-386-son.

lex.uz›docs/2652779

.

2

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish

to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 2015 yil 15 sentyabr 266-
son qarori.

https://lex.uz/docs/2752511.


background image


89

Ushbu sug‘urta turida yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan

zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan chog‘dagi mulkiy

manfaatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish obyekti hisoblanadi.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bilan bog‘liq

munosabatlarning subyektlari sifatida tashuvchi, sug‘urtalovchi, yo‘lovchi, jabrlanuvchi va naf

oluvchilar eʼtirof etiladi.

Mazkur sug‘urta munosabatlari ham fuqarolik-huquqiy munosabat bo‘lganligi sababli

shartnoma tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy

sug‘urta qilish shartnomasi ommaviy shartnomalardan hisoblanadi. Tashuvchining fuqarolik

javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi

sodir bo‘lganda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud tashuvchiga yo‘lovchilarning hayoti,

sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini mazkur shartnoma bo‘yicha

shartlashilgan haq evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi. Tashuvchining

fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tashuvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida

tuziladi. Ushbu shartnomani tuzish uchun tashuvchining yozma shakldagi arizasi asos bo‘ladi

hamda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasida ko‘rsatilishi

lozim bo‘lgan shartlarning to‘liq emasligi uchun javobgarlik sug‘urtalovchining zimmasida

bo‘ladi.

Yo‘lovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi

tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi uch oydan bir

yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilishi mumkin.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasida quyidagilar

ko‘rsatilishi kerak: xususan, shartnoma predmeti; sug‘urta puli va sug‘urta mukofoti;

shartnomaning kuchga kirish sanasi va amal qilish muddati; taraflarning huquq va majburiyatlari;

taraflarning javobgarligi; nizolarni hal etish tartibi; shartnomani o‘zgartirish, bekor qilish va

muddatidan oldin tugatish tartibi va albatta, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy

sug‘urta qilish shartnomasida qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham bo‘lishi mumkin.

Sug‘urta tovoni yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar

miqdorida, ammo sug‘urta puli miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Sug‘urtalovchi

yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararni bartaraf qilish yoki

kamaytirish yuzasidan tashuvchining tashabbusiga yoki sug‘urtalovchining talabiga ko‘ra

kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi munosabati bilan tashuvchining yuzaga kelgan barcha

bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlari o‘rnini hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz bo‘lgan hollarda


background image


90

ham qoplaydi. Bunda sug‘urta tovonining va tashuvchi mazkur xarajatlarining umumiy summasi

sug‘urta puli miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda tashuvchi sug‘urta tovonini to‘lash talabi ko‘rsatilgan

yozma shakldagi ariza bilan quyidagi hujjatlarning aslini yoki ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan

holda, sug‘urtalovchiga murojaat etadi:

- jabrlanuvchining yoki naf oluvchining yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi

talabini o‘z ichiga olgan, tashuvchi nomiga yozilgan talabnomasining;

- zarar yetkazilganligi faktini va yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarning

(vakolatli organning tashish chog‘idagi hodisa to‘g‘risidagi xulosasi yoki qarori, tibbiyot

muassasasidan olingan maʼlumotnoma yoxud yo‘lovchining hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar

yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar);

- yo‘lovchining mol-mulkiga zarar yetkazilganligi faktini va yetkazilgan zarar miqdorini

tasdiqlovchi hujjatlarning (bagaj pattasi - mavjud bo‘lgan taqdirda; tashish chog‘ida shikast

yetkazilgan yoki yo‘qotilgan mol-mulkning taxminiy vazni ko‘rsatilgan, yo‘lovchi tomonidan

ixtiyoriy ravishda tuzilgan ro‘yxati; yo‘qotilgan mol-mulk qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar -

mavjud bo‘lgan taqdirda va hokazo);

- tashuvchining yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi qarorining;

- agar ish sud tomonidan ko‘rilgan bo‘lsa, yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi

sud qarorining;

- jabrlanuvchi yoki naf oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatning;

- agar sug‘urta tovoni yo‘lovchining merosxo‘rlariga to‘lanishi kerak bo‘lsa, meros huquqi

olinganligini, shuningdek merosxo‘rlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning. Qonunda nazarda

tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilish mumkin emas.

So‘zimiz yakunida o‘ylaymizki, ushbu sug‘urta munosabatlari ham bugungi bozor

iqtisodiyoti sharoitida o‘ziga xos dolzarblik kasb etadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabr O‘RQ-730-son “Sug‘urta faoliyati

to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/5739117?ONDATE=25.02.2022%2000.

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta

qilish to‘g‘risida” Qonuni 2015 yil 26 may O‘RQ-386-son. lex.uz›docs/2652779.


background image


91

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashuvchining fuqarolik

javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini

amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 2015 yil 15 sentyabr 266-son qarori.

https://lex.uz/docs/2752511.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabr O‘RQ-730-son “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/5739117?ONDATE=25.02.2022%2000.

O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” Qonuni 2015 yil 26 may O‘RQ-386-son. lex.uz›docs/2652779.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 2015 yil 15 sentyabr 266-son qarori. https://lex.uz/docs/2752511.