256
BO‘LAJAK KADRLARNING KASBIY KOMPETENTLIGI – MUHIM JARAYON
Rahmonova Zulfiya Bahromovna
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi “Umumta’lim fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11180328
Annotatsiya.
Ushbu maqolada muallif mamlakatimizda taʼlim tizimining samaradorligini
taʼminlash, iqtisodiyotning real sohalarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish, yuksak xorijiy tajribalar asosida taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish,
axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni samarali pedagogik mexanizmlarini ishlab
chiqish hamda joriy etishga alohida eʼtibor berilayotganligi, o‘quvchi va talablarda kasbiy
kompetentlikni shakllantirish hamda rivojlantirish muhum masala ekanligi xususida fikr
bildirgan.
Kalit so‘zlar:
pedagogik mexanizmlar, kasbiy kompetentlik, intellektual resurslar, kreativ
kompetentlik, intellektual kompetentlik, kommunikativ kompetentlik.
PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE PERSONNEL IS AN IMPORTANT
PROCESS
Abstract.
In this article, the author expresses the opinion that in our country special
attention is paid to ensuring the effectiveness of the education system, improving the training
system taking into account the real spheres of the economy, expanding educational opportunities
based on high foreign experience, developing and introducing effective pedagogical mechanisms
of information and communication and digital technologies, the formation and development of
professional competence of students and requirements.
Key concepts:
pedagogical mechanisms, professional competence, intellectual resources,
creative competence, intellectual competence, communicative competence.
ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ БУДУЩИХ КАДРОВ – ВАЖНЫЙ
ПРОЦЕСС
Аннотация.
В данной статье автор высказывает мнение о том, что в нашей
стране уделяется особое внимание обеспечению эффективности системы образования,
совершенствованию системы подготовки кадров с учетом реальных сфер экономики,
расширению возможностей получения образования на основе высокого зарубежного
опыта,
разработке
и
внедрению
эффективных
педагогических
механизмов
информационно-коммуникационных и цифровых технологий, формированию и развитию
профессиональной компетентности учащихся и требований.
257
Ключевые
понятия:
педагогические
механизмы,
профессиональная
компетентность,
интеллектуальные
ресурсы,
творческая
компетентность,
интеллектуальная компетентность, коммуникативная компетентность.
Mamlakatimizda taʼlim tizimining samaradorligini taʼminlash, iqtisodiyotning real
sohalarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuksak xorijiy
tajribalar asosida taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish, axborot-kommunikatsiya va raqamli
texnologiyalarni samarali pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga alohida
eʼtibor berilmoqda. Ushbu masalalarning qanchalik muhum ekanligi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi quyidagi fikrlaridan
ko‘rinib turadi: “Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi.
Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak,
zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta hayotimiz va
jamiyatimiz o‘zgaradi”
1
. Taʼlim jarayonida o‘quvchi va talabalar kreativ, intellektual
kompetentligini rivojlantirish, ularning salohiyatini rivojlantirish, muammolarni mustaqil hal etish
iqtidorlarini takomillashtirish, intellektual madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan deyish
o‘rinlidir.
Albatta, bunda intellektual salohiyat tushunchasi asosiy urinni egallaydi. Maʼlumki,
bugungi kunda insonning intellektual xususiyatlarini tavsiflash uchun umumiy psixologiyada
qo‘llaniladigan aniq mezonlar jamiyatining zamonaviy rivojlanish darajasiga va intellektual
resurslarning ortib borayotganligiga qarab belgilanadi.
Pedagogika sohasining taniqli olimlaridan biri N.Muslimov taʼlim jarayonida kompetentlik
shakllanishi o‘quvchilarning intellektual tarbiyasi bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishi
kerak, bu esa har birining aqliy tajribasini intellektual mahsuldorligini oshirish va uning aql-
idrokining o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi, deb taʼkidlaydi.
2
Bugungi globallashuv davrida o‘quvchi va talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini
kuchaytiruvchi hissiyotlarini shakllantiruvchi mexanizmlar va o‘qitishning yangi pedagogik
texnologiyalar hamda interfaol metodlari orqali ularning bilim olish jarayonlarini faollashtirish
tizimini takomillashtirish, ulardagi kasbiy ijodkorlikni shakllantirish, taʼlim-tarbiya jarayoni
1
https://pv.uz/uz/newspapers/poslanie-prezidentarespubliki-uzbekistan-shavkata-mirzieeva-olij-mazhlisu-2020.
2
Muslimov N.A. Oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish texnologiyalari
Monografiya, T.: “Fan” nashriyoti. 2011 yil. 28-b.
258
sifatini yuritish va nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqib amalga oshirish metodlari mavjud
bo‘lib, ular uzluksiz taʼlim tizimini mazmunan yangilashni, taʼlim-tarbiya samaradorligini yangi
sifat bosqichiga olib chiqishga xizmat qiladigan samarali choralar ko‘rishni taqozo etadi.
Bugungi kunda taʼlim jarayonlarini o‘quvchi va talabalarning kreativ kompetentligi,
intellektual kompetentligi, kommunikativ kompetentligi kabi tushunchalarsiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. O‘qitishda maqsad ham ularda ushbu qobiliyat va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda
rivojlantirishga qaratilgandir. Yetishib chiqayotgan qaysi sohadagi kadrlar bo‘lmasin, ularda
ushbu fazilatlar bo‘lishi talab qilinadi.
Taʼlim muassasalari kasbiy kompetentligini o‘rganishdan asosiy maqsad mutaxassislar
kasbiy kompetentligining taʼlim-tarbiya jarayonidagi o‘rni hamda kompetentlik, kasbiy
kompetentlik sifatlari, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, o‘zini-o‘zi boshqarish haqidagi bilimlarni
chuqurroq shakllantirish, yuksak milliy muloqot texnikasi va madaniyatini egallashga yordam
berish va kasbiy kompetentlik bo‘yicha yetuk malakaga ega bo‘lishlarini taʼminlashdan iboratdir
3
.
Zero, bugungi davr kadrlari jamiyat hayotida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning
asosiy ishtirokchilaridan biri sifatida har tomonlama yetuk, bilimli, davlatiga, xalqiga muhabbati
kuchli, jamiyatdagi hamda kasb vazifalarini yaxshi bilgan shaxs bo‘lishi shart. Shundagina
davlatning har tomonlama kuchli davlatlar qatoriga olib chiqishga xizmat qila oladi.
Bo‘lajak kadrlarning kasbiy kompetentligi xususida olim M.Choshanovning
“Kompetentlik – bu nafaqat bilimlarga ega bo‘lish, balki ushbu bilimlarni muntazam rivojlantirib,
yangilab borishga, aniq vaziyatlarda qo‘llay olishga intilish, yaʼni operativ va mobil bilimlarga
ega bo‘lish, tanqidiy fikrlash, qulay, samarali qaror qabul qilish hamda yolg‘onni rad etish
qobiliyatiga ega bo‘lishdir”
4
, degan fikrlariga qo‘shilish lozim deb o‘ylaymiz.
So‘zimiz yakunida aytish mumkinki, kasbiy kompetentlik mutaxassisning muhim
fazilatlari sifatida taʼlim olish va kelajakdagi kasbiy tajriba, amaliy faoliyat natijasida yana ham
chuqurroq egallab boriladi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
3
N.Baxriyeva. Taʼlim muassasalari mutaxassislari kasbiy kompetentligining tuzilishi. Zamonaviy taʼlim /
sovremennoye obrazovaniye. 2019, 9(82). 4-bet.
4
A.Markova.Psixologiya professionalizma. - M.: Mejdunarodniy gumanitarniy fond “Znaniye”, 1996.-S.218.
259
https://pv.uz/uz/newspapers/poslanie-prezidentarespubliki-uzbekistan-shavkata-
3.
Muslimov N.A. Oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish
texnologiyalari Monografiya, T.: “Fan” nashriyoti. 2011 yil. 28-b.
4.
N.Baxriyeva. Taʼlim muassasalari mutaxassislari kasbiy kompetentligining tuzilishi.
Zamonaviy taʼlim / sovremennoye obrazovaniye. 2019, 9(82). 4-bet.
5.
A.Markova.Psixologiya professionalizma. - M.: Mejdunarodniy gumanitarniy fond
“Znaniye”, 1996.-S.218.
