THE PROCESS OF ELECTRIFYING THE UZBEK SSR (1940S-1950S)

HAC
Google Scholar
To share
Shermamatova, D. (2023). THE PROCESS OF ELECTRIFYING THE UZBEK SSR (1940S-1950S). Modern Science and Research, 2(12), 936–939. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27317
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article provides information about the process of electrifying the Uzbek SSR in the 1940s and 1950s.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

936

O‘ZBEKISTON SSRNI ELEKTIRLASHTIRISH JARAYONI

(1940-1950-YILLAR)

Shermamatova Dilnoza Alisherovna

O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti

1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10412622

Annotatsiya.

Ushbu maqolada 1940-1950-yillarda O‘zbekiston SSRni elektirlashtirish

jarayoni haqidagi malumotlar keltirilib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Elektr energiyasi, elektr tarmoqlari, elektr podstansiyalari, issiqlik

energiyasi.

THE PROCESS OF ELECTRIFYING THE UZBEK SSR

(1940S-1950S)

Abstract.

This article provides information about the process of electrifying the Uzbek SSR

in the 1940s and 1950s.

Keywords:

electricity, electrical networks, electrical substations, thermal energy.

ПРОЦЕСС ЭЛЕКТРИФИКАЦИИ УЗБЕКСКОЙ ССР

(1940-1950-Е ГОДЫ)

Аннотация.

В данной статье представлена информация о процессе

электрификации Узбекской ССР в 1940-1950-е годы.

Ключевые слова:

электроэнергия, электрические сети, электрические подстанции,

тепловая энергия.


Elektr energiyasi insoniyat sivilizasiyasining noyob ne’mati bo‘lib, bugungi kunda

hayotimiz farovonligini ta’minlab beruvchi muhim vositalardan biri hisoblanadi. Jahon
energetikasi tarixi, xususan, O‘zbekiston elektr energetikasining tarixiy yo‘li ulkan tarixiy
jarayondir - hayotimiz evolyusiyasi muhim bosqichlari hamda uning taraqqiyoti tendensiyalarini
o‘rganish zamonaviy energetika istiqbollarini aniqlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonda energetika sohasining rivojlanish tarixi bir asrdan ko‘p davrni qamrab oladi.

O‘tgan asrning boshlarida, ya’ni 1909 yilda Toshkent shahrida Belgiya kompaniyasi tomonidan
elektr tramvayni boshqarish uchun beshta dvigatelli 1,40 50 kVt quvvatga ega dizel dvigatelli 1450
kVt quvvatga teng bo‘lgan elektr stansiyasi qurildi. Ayni o‘sha davrda Toshkent shahrida dastlabki
elektr tarmoqlari paydo bo‘la boshladi.

1911 yilda Toshkent shahrini yoritish uchun 125 kVt kuchlanishli elektr stansiyasi

o‘rnatildi. 1913 yilga kelib, O‘zbekiston hududida elektr stasiyalarining quvvati 3000 kVtga yetib,
elektr energiyasini ishlab chiqarish esa 3,3 mln kVt soatni tashkil etdi. Elektr tarmoqlari esa past
kuchlanishli havo liniyalari bor-yo‘g‘i bir necha kilometrni tashkil qilar edi.

1923 yilda Toshkent shahri yaqinida Bo‘zsuv irrigasiya kanalida 4000 kVtga ega shu

nomdagi gidroelektrstansiyasi qurilishi boshlandi. Bu O‘zbekistonning ilk elektr stansiyasi bo‘lib,
iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish uchun elektr tarmoqlari va elektr
podstansiyalari qurilishi bilan birga olib borildi. 30 kVt kuchlanishga ega 6 kVt kabel kuchlanishli
gidroelektrstansiyasi Toshkent shahridagi tramvay stansiyasiga ulandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

937

1933 yilda quvvati 1300 kVt bo‘lgan Toshkent yaqinida Qodiriya gidroelektrstansiyasi

qurilishi yakunlandi. 1934 yil 25 sentyabrda O‘zbekiston energetikasi tizimi boshqaruv organiga
asos solindi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 1909 yil 3 mln kVt soatdan 1934 yilda 180
mln kVt soatga yoki sutkasiga 60 kVt soatga yetdi.

Urushdan avvalgi yillarda yirik sanoat korxonalarini elektr energiyasi ta’minotiga ulash

ishlari amalga oshirildi. Jumladan, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga elektr energiyasi va
issiqlik energiyasini yetkazib berish uchun 2000 kVt quvvatga ega birinchi bug‘ turbinali elektr
stansiyasi foydalanishga topshirildi.

1935 yilgacha uning quvvati 8,300 kVt soatga oshirildi. Farg‘ona to‘qimachilik kombinati,

Quvasoy syement zavodi va boshqa iste’molchilar undan elektr quvvati ola boshladi. 1939 yilda
Toshkent to‘qimachilik fabrikasida quvvati 6 MVt bo‘lgan 2 ta teplofikasion turbinalar ishga
tushirildi.

Ma’lumki, Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945 yillar) ko‘plab sanoat korxonalari

O‘zbekistonga ko‘chirilgan bo‘lib, bu esa yangi elektr stansiyalarini qurishni taqozo etdi. Har
birining quvvati 10-15000 kVt bo‘lgan Oq tepa, Oq qovoq, Salar, Qibray, Quyi Bo‘zsuv kaskad
gidroelektrstansiyalari foydalanishga topshirildi. 1943 yilda quvvati 126 000 kVt bo‘lgan Farhod
gidroelektrstansiyasi qurilishi boshlandi.

1950 yilda respublikada elektr stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati 528 MVtni tashkil qilib,

bu 2680 mln kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatini berardi.

1953 yilda Angrendagi qo‘ng‘ir ko‘mir koni bazasida quvvati 600 MVt bo‘lgan Markaziy

Osiyodagi eng yirik Angren issiqlik elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Angren IES yuqori
quvvatli turbinalari 50 MVt, yuqori bosimli bug‘ parametrlari bo‘yicha qurilgan birinchi elektr
stansiyasi bo‘ldi.

Angrendagi qo‘ng‘ir ko‘mirdan hozirgi kunda ham elektr stansiyasi uchun foydalanib

kelinmoqda. Qodiriya elektr stansiyasining barpo etilishi bilan bir vaqtning o‘zida, Toshkent
shahrida 35 kVt quchlanishga ega ikki zanjirli birinchi uzatish liniyasi qurildi.

1962 yilda O‘zbekistonda elektr stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati 1973 MVt, yil

davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 7,5 mln kVt soat, elektr uzatish liniyalarining
umumiy uzunligi 11.200 km ni tashkil etdi.

Shu yilda respublika energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish

maqsadida O‘zbekiston SSR Energetika va elektrlashtirish ministrligi tashkil etildi va ministr
lavozimiga tajribali energetik Hamidov Aziz Hakimovich tayinlandi. U qariyb 25 yil davomida
ministr lavozimida faoliyat yuritib, uning bevosita rahbarligida issiqlik elektr energetikasi
sohasida bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi, bu bilan respublika energetika tarmog‘i
rivojlanishi yangi bosqichga ko‘tarildi.

Jumladan, Angren IES, Toshkent IES, Navoiy IES, Taxiatosh IES kabi yirik energetika

korxonalari bunyod etildi. Mamlakatimiz energetika sohasining jadal rivojlanishiga hamda uning
rivojlanishi texnik yo‘nalishini tubdan o‘zgarishiga tabiiy gaz konlarining ochilishi katta turtki
bo‘ldi. 1963 yilda Toshkent GRESda umumiy quvvati 1920 MVt bo‘lgan 12 ta energoblok va 850
MVt quvvatga ega Navoiy GRES qurilishi boshlandi. 1966 yilning kuzida energetika tizimidagi
eng yirik loyiha - Sirdaryo GRES qurilishi boshlandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

938

1985 yil aprelida 300 MVt quvvatga ega bo‘lgan Yangi-Angren GRES 1-energoblok ishga

tushirildi. 1985 yilda Muborak shahri sanoat bazasida gaz kimyo-kompleksi korxonalarini issiqlik
va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida 60 MVt quvvatga ega bo‘lgan
Muborak IEM ishga tushirildi. 1990 yilda quvvati 630 MVt bo‘lgan Taxiatosh GRES ishga
tushirildi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston elektr energetikasi rivojlanishning yangi bosqichiga

qadam qo‘yildi. Jumladan:

-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimi takomillashtirildi – bozor tamoyillpriga

asoslangan “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi;

-energetika tizimini jadal rivojlantirish maqsadida xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy

sheriklar bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yildi;

-tarmoqqa xorijiy investisiyalarni jalb qilish hamda zamonaviy texnalogiyalarni joriy etish

asosida modernizasiya ishlarini amalga oshirish jadallashdi;

-energetika sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining

elektr energetikasi to‘g‘risidagi qonuni qabul qilindi.

Shu davrda energiya sarfini qisqartirish maqsadida energosamaradorligi mavjud issiqlik

elektr stansiyalariga nisbatan 20-40 foizga yuqori bo‘lgan bug‘-gaz va gaz turbinalirini joriy qilish
bilan qator investisiya loyihalari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuslari bilan bugun tarmoqda ijobiy

o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. 2016 yilgacha yangi joriy etilgan zamonaviy uskunalarning
umumiy quvvati sohada 505 MVt (jami ishlab chiqarish quvvatlarining 5,45 foiz)ni tashkil etgan
bo‘lsa, 2016-2021 yillarda amalga oshirilgan investisiya loyihalari natijasida qo‘shimcha 5304
MVt yangi va modernizasiya qilingan quvvatlar ishga tushirilib, energotejamkor, eng zamonaviy-
energosamarador uskunalarning umumiy quvvati 5809 MVtga yetdi va issiqlik elektr stansiyalari
umumiy quvvatining 53 foizini tashkil qilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda elektr stansiyalarining umumiy o‘rnatilgan quvvati 14,1

mln kVtdan oshadi, shu jumladan, issiqlik elektr stansiyalariga umumiy quvvati 12,5 mln kVt yoki
yagona elektr energotizimida o‘rnatilgan quvvatning 86 foizini tashkil etmoqda.

REFERENCES

1.

2017-2021йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор
йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида: Ўзбекистон Республикаси
Президентининг 2017 йил 7 февраль ПФ-4947-сон Фармони.WWW.Lex.uz.

2.

2022-2026йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси
тўғрисида: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январь ПФ-60-сон
Фармони.WWW.Lex.uz

3.

Ataullayev.N.O. Navoiy davlat konchilik institute Yo'nalishga kirish; o'quv uslubiy
qo'llanma. Navoiy - 2020 y.

4.

Gidroelektrostansiyalar. O'quv ko'llanma Badalov A.S., Uralov B.R., Zenkova V.A.,
Shaazizov F.Sh., Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Toshkent. 2007 y.

5.

Karimov R.Ch., Rafikova G.R., E.G.Usmonov, M.R.Ro'zinazarov. Yo'nalishga kirish.
Ma'ruzalar matni, -T.: ToshDTU nashriyoti, 2018.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

939

6.

"Ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida innovatsion texnologiyalarni qo'llash
mamlakat taraqqiyotining muhim omili" mavzusidagi XV respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari V qism (2018 yil, 2-3 iyun) samarqand-2018. Tolliboev . M. A.
Samarkan GES lar kaskadi.uk.

7.

Toirov O.Z., Alimxodjayev K.T., Alimxodjayev SH.K. Qayta tiklanuvchi energiya
manbalari. -Toshkent.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2019

8.

Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi AJ matboat xizmati.


References

2017-2021йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февраль ПФ-4947-сон Фармони.WWW.Lex.uz.

2022-2026йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январь ПФ-60-сон Фармони.WWW.Lex.uz

Ataullayev.N.O. Navoiy davlat konchilik institute Yo'nalishga kirish; o'quv uslubiy qo'llanma. Navoiy - 2020 y.

Gidroelektrostansiyalar. O'quv ko'llanma Badalov A.S., Uralov B.R., Zenkova V.A., Shaazizov F.Sh., Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Toshkent. 2007 y.

Karimov R.Ch., Rafikova G.R., E.G.Usmonov, M.R.Ro'zinazarov. Yo'nalishga kirish. Ma'ruzalar matni, -T.: ToshDTU nashriyoti, 2018.

"Ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida innovatsion texnologiyalarni qo'llash mamlakat taraqqiyotining muhim omili" mavzusidagi XV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari V qism (2018 yil, 2-3 iyun) samarqand-2018. Tolliboev . M. A. Samarkan GES lar kaskadi.uk.

Toirov O.Z., Alimxodjayev K.T., Alimxodjayev SH.K. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari. -Toshkent.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2019

Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi AJ matboat xizmati.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов