FACTORS AFFECTING CHARACTERISTICS OF MENTAL DEVELOPMENT OF STUDENTS' MIND

HAC
Google Scholar
To share
Sa’dullayeva, M. (2024). FACTORS AFFECTING CHARACTERISTICS OF MENTAL DEVELOPMENT OF STUDENTS’ MIND. Modern Science and Research, 3(1), 19–22. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27818
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article theoretically covers psychological approaches that provide students with the basis of an analysis of the results of factors affecting them on a negative and positive level in relation to real events that occur in the environment.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

19

TALABALAR ONGINING PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARIGA TA’SIR

ETUVCHI OMILLAR

Sa’dullayeva Mohinurbegim

Osiyo Xalqaro Universiteti

Pedagogika Psixologiya yo’nalishi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10463135

Annotatsiya.

Ushbu maqolada talabalarga atrof muhitda sodir bo’ladigan real

voqealarga nisbatan ta’sir etuvchi omillarning salbiy va ijobiy darajadagi natijalarining tahliliga
asos bo’ladigan psixologik yondoshuvlar nazariy jihatdan yoritilgan.

Kalit so’zlar

: ko’nikma, ijtimoiy muhit, “rol”, “ideal Men”, “real Men”, “xayoliy Men”,

refleksiya, “Tana tili”.

FACTORS AFFECTING CHARACTERISTICS OF MENTAL DEVELOPMENT

OF STUDENTS' MIND

Abstract.

this article theoretically covers psychological approaches that provide students

with the basis of an analysis of the results of factors affecting them on a negative and positive level
in relation to real events that occur in the environment.

Keywords:

skill, social environment, "role", "ideal me", "real me", "imaginary me",

reflection” "div language".

ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ХАРАКТЕРИСТИКИ ПСИХИЧЕСКОГО

РАЗВИТИЯ УМСТВА СТУДЕНТОВ

Аннотация.

В данной статье теоретически излагаются психологические подходы,

которые могут лежать в основе анализа результатов на отрицательном и
положительном уровнях факторов, влияющих на учащихся по отношению к реальным
событиям, происходящим в их среде.

Ключевые слова

: навык, социальная среда, “роль”, “идеальное Я”, “реальное я”,

“воображаемое я”, рефлексия, “язык тела”.

Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir etishida ta’lim-tarbiyaning roli kattadir. Chunki bolalar

yoshligidan atrofdagi kishilar bilan munosabatda bo'lib, bilimlar, ko'nikma va malakalarni
egallaydilar. Bolani o'rab olgan ijtimoiy muhit (tabiat, jamiyat, jamoa va guruh), mehnat va til
faqat inson shaxsi taraqqiyotining shartlarigina bo'lib qolmay, bolalar uchun maktabda o'quv
predmetiga aylanadi. Bilim va ko'nikmalarni egallash bolaning ma’naviy jihatdan o'sishiga
yordam beradi, dunyoqarash shakllanadi. Inson ongining o'zgarishida uning faollik ko'rsatishi ham
muhim ahamiyatga ega. Agar bola tug'ilganidan boshlab faollik ko'rsata boshlasa, keyinchalik bu
faollik faoliyatga aylanadi. Faoliyat esa kishining o'zini o'rab olgan tabiatga, ijtimoiy muhitga va
ayrim kishilarga ta’sir ko'rsatishidir. Bularning hammasi kishilar ongining o'zgarishiga sabab
bo'ladi.

Ma’lumki, har bir odamning ongi tug'ilish paytidan boshlab, butun umr bo'yi o'sib boradi.

Odam ongining yoshga qarab o'zgarish sababi nimada, degan savol tug'ilishi tabiiy. Turmushdagi
kuzatishlar va biologlar, jamiyatshunoslar, psixologlar va pedagoglarning ko'pgina ilmiy
tadqiqotlari bu savolga quyidagicha javob qaytarishimizga asos beradi: har bir kishi, ongining


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

20

yoshga qarab taraqqiy etishi shu kishi organizmining o'sishiga, ijtimoiy muhit ta’siriga, ta’lim va
tarbiyaga, shuningdek, odamning o'z faoliyatiga bog'liq.

Shaxs va uning jamiyatdagi o’rni bir qator ilmiy tushunchalar vositasida talqin qilinadi. U

yoki bu mehnat jamoasida faoliyat ko’rsatayotgan shaxs o’z jamoasida ma’lum mavqyeini
egallashga harakat qiladi. Ijtimoiy mavqye yoki

status tushunchasi odamning ma’lum insoniy

munosabatlar tizimida tutgan o’rnini ifodalaydi. Bu o’rin uning shu jamoada barcha huquqlari
(masalan, bo’lim boshlig’i bo’lib ishlaydigan odamdagi lavozimidan kelib chiqadigan normativ
huquqlari) hamda burchlari (yaxshi samara bilan ishlash, xodimlarga o’z vaqtida va aniq
topshiriqlar berish, maoshni to’g’ri belgilash va h-zo) majmuasidan kelib chiqadi. Odamning
obro’si aslida ana shu mavqyeni to’g’ri va obyektiv, xolis anglashi, o’z huquq va burchlari
to’g’risidagi tasavvurlarining aniqligi va amalda ularning ijrosiga bevosita boqliq. Shuning uchun
rahbar nafaqat o’z mavqyeini, balki barcha jamoa a’zolarining mavqelarini aniq bilishi kerakki,
shundan kelib chiqib u xodimlar bilan munosabatlarini tashkil etadi. Bu holat yana bir muhim
tushunchani keltirib chiqaradi. Bu ijtimoiy rol tushunchasidir.

Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi huquq

va burchlaridan iborat harakatlarini bildiradi. Masalan, talaba rolini oladigan bo’lsak, uni bajarish
– u yoki bu oliy o’quv yurtida tahsil olish, uning moddiy bazasidan foydalanish, kutubxonasiga
a’zo bo’lish, stipendiya olib, ma’muriyatning ijtimoiy himoyasida bo’lish kabi qator huquqlar
bilan birgalikda o’sha oliygoh ichki tartib-intizomi normalariga so’zsiz bo’ysunish, darslarga o’z
vaqtida kelish, reyting baholov talablari doirasida kundalik o’zlashtirish normalarini bajarish,
amaliyotda bo’lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini ham bajarish kabi qator
burchlarni ham o’z ichiga oladi. Bu rol uning uyga borgach bajaradigan “farzandlik” roli (ota va
ona, yain qarindoshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Ya’ni, konkret shaxsning o’ziga
xosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli-tuman ijtimoiy rollarning xarakteridan kelib chiqadi.
Shunga ko’ra, kimdir “tartibli, ba’mani, fozil, axloqli va odobli” deyilsa, kimdir be’mani, bebosh,
o’zgaruvchan, ikkiyuzlamachi (ya’ni,

bir sharoitda juda qobil,

boshqa yerda - betartib) degan

hayotiy mavqyega ega bo’lib qoladi.

Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi maqyeini tasavvur qilishidan

hosil bo’lgan obraz – “Men” – obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi
shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.

“Men” – obrazining ijtimoiy-psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va

tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda,
tarbiya shaxsning o’zi va o’z sifatlari to’g’risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb
ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o’zini, o’zligini qanchalik aniq va to’g’ri bilsa, tasavvur
qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo’ladi, ya’ni
u tarbiyalangan bo’ladi.

O’z-o’zini anglash, o’zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko’pincha konkret shaxs

tomonidan og’ir kechadi, ya’ni, inson tabiati shundayki, u o’zidagi o’sha jamiyat normalariga
to’g’ri kelmaydigan, noma’qul sifatlarni anglamaslikka, ularni “yashirishga” harakat qiladi,
hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi (avstriyalik olim Z.Freyd
nazariyasiga ko’ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo’lmay, u har bir shaxsdagi o’z shaxsiyatini o’ziga
xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko’pincha turli xil yomon


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

21

asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, “Men” –
obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o’sha shaxsni o’rab turgan tashqi muhit, o’zgalar va
ularning munosabati katta rol o’ynaydi. Odam o’zgalarga qarab, go’yoki oynada o’zini ko’rganday
tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada

refleksiya

deb ataladi. Bu jarayonning mohiyati – aynan

o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir.
Odamning o’z “Meni” to’g’risidagi barcha tasavvurlari va bilimlari majmui shu tariqa shakllanadi.
“Men” obrazining bir qancha turlari farqlanadi: ayni mavjud “Men” (“Real – Men”); istalgan
“Men” (“ideal – Men”); xayoliy “Men”. Shaxsning o’ziga-o’zi beradigan hisobotlariga qarab,
uning ham o’ziga, hamda birovlarga munosabatlarini aniqlash mumkin. “Men kimman?” deb
nomlangan test aynan ana shunday o’ziga nisbatan o’zining hisobotining mohiyatini aniqlaydi.

Bunda tekshiriluvchidan 12 daqiqa mobaynida “Kimman?” degan savolga 20 xil variantda

javob berish so’raladi. Javoblar betartib bo’lishi mumkin, chunki ular keyinchalik kontent-tahlil
yordamida qayta ishlanadi.

V.Stolin fikricha, o’ziga munosabat 9 xil modallikda – o’lchovlarda aniqlanishi mumkin:
-“Men”ning anglanganligi;
-o’zini hurmat qilish va o’ziga ishonch;
-o’zini boshqara olish va izchillik;
-boshqalardan kutiladigan munosabat;
-o’zidan rozilik;
-o’z qadr-qimmati uchun qayg’urish;
-o’z “Meni”ga tobelik, bog’liqlik;
-o’zini tushunmaslik, o’z “Meni” bilan ziddiyatlarning mavjudligi;
-o’zini o’zi ayblashi.

Ana shunday usullar bilan shaxsning kognitiv tizimidagi xususiyatlarni aniqlash va mos

tarzda munosabat strategiyasini belgilash mumkin bo’ladi.

Shaxs mavqyeini o’rganishda vizual psixodiagnostikaning ham ahamiyati katta.

A.Shtangel o’zining “Tana tili” kitobida inson qaddi-qomati va yurishining tavsiflarini keltiradi.
Masalan, uning izlanishlariga ko’ra, qomatning doimo erkin tutilishi – har qanday tayziqdan
xolilik, erkinlik belgisi. Bo’shashgan qomat – bo’ysunuvchanlik, tobelik, ergashuvchanlik,
mustaqil fikrning yo’qligidan alomat. Bundan tashqari, odam tanasi yelka qismi va umuman tana
yuqori qismining xususiyatlari egasining mavqyei va rolidan dalolat beradi, masalan, kerik odam
bilan kamtar odam, har narsaga burnini tiqaveradigan odam bilan o’z ishini bilib, bir chekkada
band bo’lishni xohlaydigan odamning fe’li har xil bo’lishini bilamiz.

Talabalar atrofdagi turli voqea-hodisalardagi haqiqatni bilishga intiladi. Ularni tayyor

yechimlar, ma’lumotlar emas, balki shu yechim va ma’lumotlarni o‘zlari mulohaza yurgizib,
qidirish jarayonining o‘zi ko‘proq qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar bo‘yicha bahs va
munozaralar yuritishga va o'zlarining fikrlarini isbotlashga juda qiziqadilar. Bu davrda bilish
jarayonlarining rivoji faol ravishda davom etadi. Bu rivojlanish o‘ziga va uning atrofidagi
kuzatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga kelib, talabalar to‘la ravishda mantiqiy tafakkurga ega
bo'ladilar, nazariy fikr yuritib, o‘zlarini-o‘zlari tahlil eta oladilar.



background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

22

REFERENCES

1.

Allan Piz. Tana tili.Toshkent:. G’afur G’ulom uyi nashriyoti. 2015y. 8-bet

2.

Jo'rayeva S .N . Talaba shaxsiga kasbiy shakllanish ta’sirining psixologik jihatlari.
Psixol.f.n....dis.. - Т.: T D P U 2010. - 133 b.

3.

Убайдуллаев A.X. Д иагносика аксидентальных сп особн остей в
профориента18ионной работе среди м олодеж и. — Т. Автореф. к .п с .н .1994.-19 с.

4.

Xodjakulova D .l. Talaba shaxsi kasbiy yo'nalganligining psixologik xususiyatlari.
Ps.f.n....avtoref. —Т., 2011-24 b.

5.

Gileva N. S.Deviant xulq psixologiyasi. O'quv-uslubiy qo'llanma.T:.2003.



References

Allan Piz. Tana tili.Toshkent:. G’afur G’ulom uyi nashriyoti. 2015y. 8-bet

Jo'rayeva S .N . Talaba shaxsiga kasbiy shakllanish ta’sirining psixologik jihatlari. Psixol.f.n....dis.. - Т.: T D P U 2010. - 133 b.

Убайдуллаев A.X. Д иагносика аксидентальных сп особн остей в профориента18ионной работе среди м олодеж и. — Т. Автореф. к .п с .н .1994.-19 с.

Xodjakulova D .l. Talaba shaxsi kasbiy yo'nalganligining psixologik xususiyatlari. Ps.f.n....avtoref. —Т., 2011-24 b.

Gileva N. S.Deviant xulq psixologiyasi. O'quv-uslubiy qo'llanma.T:.2003.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов