ADVANTAGES OF UZBEKISTAN JOINING THE WORLD TRADE ORGANIZATION

HAC
Google Scholar
To share
Asilova, F., Nasirova, N. ., & Mullaboyeva, M. (2024). ADVANTAGES OF UZBEKISTAN JOINING THE WORLD TRADE ORGANIZATION. Modern Science and Research, 3(2), 690–693. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29456
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article highlights the advantages of Uzbekistan joining the World Trade Organization. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

690

O‘ZBEKISTON “BUTUN JAHON SAVDO TASHKILOTIGA” QO‘SHILISHDAGI

AFZALLIKLARI

Asilova F. M.

Toshkent davlat agrar universiteti, assistent

feruzaasilova6@gmail.com

Nasirova Nilufarxon Kabildjanovna

k.f.n.PhD

mukhamedovanilufarkhon@gmail.com

Mullaboyeva Marjona Baxrom qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10669979

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O’zbekistonning “Butun jahon savdo tashkilotiga”

qo‘shilishdagi afzalliklari yoritib berilgan. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalar keltirib
o’tilgan.

Kalit so‘zlar:

jahon savdo tashkiloti,

strategiya,

raqobat,

bitim,

liberallashtirish,

mustahkamlash.

ADVANTAGES OF UZBEKISTAN JOINING THE WORLD TRADE ORGANIZATION

Abstract.

This article highlights the advantages of Uzbekistan joining the World Trade

Organization. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned.

Key words:

World Trade Organization, strategy, competition, agreement, liberalization,

strengthening.

ПРЕИМУЩЕСТВА ВСТУПЛЕНИЯ УЗБЕКИСТАНА ВО ВСЕМИРНУЮ

ТОРГОВУЮ ОРГАНИЗАЦИЮ

Аннотация.

В данной статье освещены преимущества вступления Узбекистана во

Всемирную торговую организацию. В ходе статьи приводятся обоснованные мнения и
соображения.

Ключевые слова:

Всемирная торговая организация, стратегия, конкуренция,

соглашение, либерализация, укрепление.


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy

davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz
chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo
totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi. Xalqimizning
munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun
zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz

kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta
o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini,
inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay
sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda

jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

691

borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo
yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.


Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli
Farmonida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlangan. Mazkur strategiyasining 3.1-bandida
makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab
qolish maqsadida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro
va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar
siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan
samarali foydalanish lozimligi belgilandi. Shu sababdan 2018 yildan boshlab mamlakatimizda
ham JST qo‘shilishi bo‘yicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Maʼlumki, Jahon savdo tashkiloti (JST) — mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib

turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Avvalo qayd etish lozimki, JST (WTO, ingl. World Trade Organization)ning asosiy

maqsadlaridan biri oʻzini- oʻzi himoya qilishni kuchaytirish va

davlatning

ichki bozorini chet el

raqobatidan himoya qilish va tovar ishlab chikaruvchilarning tashqi bozorga chiqishini
ragʻbatlantirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatdir.

Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun

qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat beradi. Oʻzaro qabul qilingan muhim
hujjatlar davlatlarning oʻz savdo siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib borishlarida masʼuliyat
yuklaydi. Bundan koʻzlangan maqsad — jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga koʻmak berishdir.

Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy oʻsish

va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga kiradi. JST unga aʼzo boʻlgan
mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni qatʼiy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa
unchalik oson kechmaydi. Sababi arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el
korxonalariga raqobat qila olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir.

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga tezroq qo‘shilish uchun saʼy-

harakatlarni jadallashtirdi. Xo‘sh, O‘zbekiston JSTga aʼzo bo‘lsa, bundan nima yutadi-yu, nima
yutqazadi?

Haqiqatan ham, Jahon savdo tashkilotining dunyo iqtisodiyotidagi o‘rni qanday ekanligiga

ko‘pchilik qiziqadi. Bu borada juda ko‘plab mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirgan. Ushbu tashkilot
dunyoda o‘yin qoidalarini begilovchi yoki xalqaro savdoni tartibga soluvchi tashkilot hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

692

Jahon savdo tashkilotining uchta muhim tamoyili mavjud.

Birinchisi

– xalqaro savdoni

liberallashtirish hisoblanadi.

Ikkinchisi

– tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi savdo

bitimlarining oshkora bo‘lishini ta’minlash.

Uchinchisi

– mamlakatlararo raqobat muhitini tashkil

qilish. Ya’ni ushbu tashkilot mamlakat ichidagi monopolist kompaniyalar va protektanizm
siyosatiga barham beruvchi tashkilot hisoblanadi.

Bundan tashqari,

Ayni paytda O‘zbekiston eksporterlarining bir nozik tomoni bor – bizning

atrofimiz quruqlik bilan o‘ralgan. Juda ko‘p davlatlar dengizga tutash yoki bitta davlatni kesish
bilan mahsulot ishlab chiqaruvchilar dengizga chiqishi mumkin. Ya'ni, ular o‘zining eksport
mahsulotlarini arzongina dunyo bozoriga olib chiqa oladi. Bizning davlatdagilar esa mana shu
jihatdan yutqazib, eksport bozoriga arzon mahsulotlarni taklif qila olmaydi.

Buni qanday qilib arzon qilish mumkin? Birinchi o‘rinda, logistika xarajatlarini

kamaytirish kerak. Qanday kamaytirsak bo‘ladi? JSTga a'zo bo‘lsak, birinchi o‘rinda tariflar
kamayadi. Tarif kamaysa, ko‘proq mahsulot kirib keladi. Ko‘proq mahsulot bu ko‘proq taklif
degani. Ko‘proq taklif bu arzonroq narx va ko‘proq tovarlar degani. Mana shu holatda eksporterlar
ham yutishi mumkin.

Ularga raqobatchilar kirib kelyapti-ku, deyishimiz mumkin. Bir narsani unutmasligimiz

kerakki, JSTga a'zo bo‘lish orqali arzon mahsulotlar nafaqat iste'molchilarga, balki ishlab
chiqaruvchilarga ham yetkaziladi. Xomashyo endi arzonroq kirib kela boshlaydi. Siz biron narsani
ilgari 100 dollarga olsangiz, eni o‘sha narsani 80-70 dollarga olishingiz mumkin. Nafaqat
bozordagi narsalarning arzonlashishiga, balki ishlab chiqaruvchilarinng o‘ziga ham mahsulotning
tannarxini arzonlatib, dunyo bozorida imkoniyatlar beradi.

Bundan tashqari, investorlarga ham «O‘zbekistonga bemalol boraveringlar, endi islohotlar

ortga qaytmaydi», degan ishonch beradi. Bu O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini ham
oshiradi.

Yuqoridagi belgilangan maqsadlarga erishish uchun, bugungi kunda O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 02.06.2023 yildagi PQ-181-sonli qaroriga asosan yurtimizda JST
qo‘shlish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xulosa qilib etadigan bolsak, JSTga a’zo bo‘lish tabiatan murakkab bo‘lib, iqtisodiyotning

barcha sohalariga ta’sir qiladi va nafaqat mamlakatning tashqi savdo rejimiga (bojxona stavkalari,
texnik reglament, sanitariya va fitosanitariya tadbirlari va boshqalar), qishloq xo‘jaligi (qishloq
xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash), iqtisodiyot, narxlarni tartibga solish va
boshqalar), intellektual mulk, xizmatlar (chet el kompaniyalari xizmatlari), davlat buyurtmalari,
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va boshqalarni tartibga solishga ham o‘zgarishlar
kiritadi. Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan mamlakatimizning asosiy savdo sheriklari,
O‘zbekistonni jahon savdosiga yanada ochiqroq qo'shilishini qo‘llab-quvvatlaydi va
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo'lish jarayoniga har tomonlama yordam beradi. Xususan, Yevropa
Ittifoqi O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonini moliyalashtirish
uchun 5 million yevro miqdorida grant ajratdi. Tomonlar o‘rtasidagi bitim 2019-yil 11-noyabrda
Bryusselda imzolangan va Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida, shu jumladan, zarur
hujjatlarni tayyorlashda, o‘zbekistonlik mutaxassislarning JST shartnomalari bo‘yicha bilimlarini
oshirishda O‘zbekistonga yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. Mamlakatlarning JST ga a’zo


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

693

bo’lishi ushbu davlatlardagi iqtisodiy rivojlanish hamda mamlakatdagi monopoliyani bartaraf
etishning asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

REFERENCES

1.

1.O‘zbekiston respublikasining jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini
jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekisto respublikasi

prezidentining qarori. 05.06.2023y.

2.

https://www.wto.org/english/thewto_e/whatis_e/tif_e/org6_e.htm

3.

Baturina,Valentina, Jakhonghir Muinov and Evgenia Elfimova (2019): Uzbekistan on its
Way to the WTO: Risks and Benefits for the Textile and Apparel Industries, Uzbekistan
Economy, 88-93

http://www.uzbearingpoint.com/files/3/a11.pdf

4.

Asia pacific trade and investment report 2018. Recent Trends and Developments.
https://www.unescap.org/sites/default/d8files/knowledgeproducts/Uzbekistan.pdf

5.

Omuraliev E.K. Biz o'zaro munosabatlarni kengaytirish uchun juda ko'p imkoniyatlarga
egamiz. Qirg'iziston Respublikasining JSTga a'zoligi to'g'risida // AKIpress. 1996 yil - №
36.

6.

Ponkratova L.A., Chjao Xing. Xitoyning tashqi savdosi: tarkibiy o'zgarishlarni dinamikasi
va baholash xususiyatlari. Milliy manfaatlar: ustuvor yo'nalishlar, 2021yil. 2 (95), bet. 44-
53. 3. Jahon savdo tashkiloti rasmiy sayti ma‟lumotlari www.wto.org



References

O‘zbekiston respublikasining jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekisto respublikasi prezidentining qarori. 05.06.2023y.

https://www.wto.org/english/thewto_e/whatis_e/tif_e/org6_e.htm

Baturina,Valentina, Jakhonghir Muinov and Evgenia Elfimova (2019): Uzbekistan on its Way to the WTO: Risks and Benefits for the Textile and Apparel Industries, Uzbekistan Economy, 88-93 http://www.uzbearingpoint.com/files/3/a11.pdf

Asia pacific trade and investment report 2018. Recent Trends and Developments. https://www.unescap.org/sites/default/d8files/knowledgeproducts/Uzbekistan.pdf

Omuraliev E.K. Biz o'zaro munosabatlarni kengaytirish uchun juda ko'p imkoniyatlarga egamiz. Qirg'iziston Respublikasining JSTga a'zoligi to'g'risida // AKIpress. 1996 yil - № 36.

Ponkratova L.A., Chjao Xing. Xitoyning tashqi savdosi: tarkibiy o'zgarishlarni dinamikasi va baholash xususiyatlari. Milliy manfaatlar: ustuvor yo'nalishlar, 2021yil. 2 (95), bet. 44-53. 3. Jahon savdo tashkiloti rasmiy sayti ma‟lumotlari www.wto.org

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов