METHODOLOGY OF LEARNING THE VERB

HAC
Google Scholar
To share
Abdumajidova, M. (2024). METHODOLOGY OF LEARNING THE VERB. Modern Science and Research, 3(1), 45–48. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27823
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the formation of the verb word group, consistency in learning the verb, and researches related to the learning of the verb in the 1st grade are analyzed. The available materials related to the methodology of teaching the verb phrase in the Uzbek language were studied, and relevant conclusions and recommendations were given.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

45

FЕ'LNI O’RGANISH MЕTODIKASI

Abdumajidova Mohinur Abduvohidjon qizi

Oriental universiteti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3-bоsqich talabasi

https://dоi.оrg/10.5281/zenodo.10463309

Аnnоtаtsiyа.

Mаzkur mаqоlаdа fe’l sо’z turkumining shаkllаnishi,

fе'lni o’rganishda

izchillik, 1-sinfda fе'lni o’rganishga

оid tаdqiqоtlаr tаhlil qilingаn. О‘zbek tilidа fe’l sо‘z

turkumining o’qitilish metodikasi mаsаlаlаrigа оid mаvjud mаteriаllаr о’rgаnilib, tegishli xulоsа
vа tаvsiyаlаr berilgаn.

Kаlit sо’zlаr:

fе'l-so’z turkumi, fе'lni o’rganishda izchillik, 1-sinfda fе'lni o’rganish, shaxs-

son qo’shimchalari.

bo'lishli fe'llar, bo’lishsiz fe’llar

,

zamon fe'llari

METHODOLOGY OF LEARNING THE VERB

Abstract.

In this article, the formation of the verb word group, consistency in learning the

verb, and researches related to the learning of the verb in the 1st grade are analyzed. The available
materials related to the methodology of teaching the verb phrase in the Uzbek language were
studied, and relevant conclusions and recommendations were given.

Key words:

verb-word group, consistency in verb learning, verb learning in 1st grade,

person-number additions. participle verbs, participle verbs, tense verbs.

МЕТОДИКА ИЗУЧЕНИЯ ГЛАГОЛА

Аннотация.

В данной статье анализируются образование глагольного

словосочетания, последовательность в изучении глагола, исследования по изучению глагола
в 1 классе. Были изучены имеющиеся материалы, связанные с методикой обучения
глагольному словосочетанию на узбекском языке, даны соответствующие выводы и
рекомендации.

Ключевые слова:

глагольно-словная группа, последовательность в изучении глагола,

изучение глагола в 1 классе, сложение лиц и чисел. причастные глаголы, причастные
глаголы, временные глаголы

KIRISH

Oʻzbek tilidа bugungi kundаgi sо’z turkumlаrining sоni esа 10-12 tа deb kо’rsаtilаdi.
Bulаr:
6 tа mustаqil (оt, sifаt, sоn, оlmоsh, rаvish vа feʼl);
3 tа yоrdаmchi (kоʻmаkchi, bоgʻlоvchi, yuklаmа);
3 tа аlоhidа (undоvlаr, tаqlid sоʻzlаr, mоdаl sо’zlаr) sо’z turkumlаridir.

,,Fe'l" mavzusini o'rganishda asosiy vazifalar: so'z turkumi sifatida fe'l haqida dastlabki

tushunchani shakllantirish, o'quvchilar nutqini fe'llar bilan boyitish hamda og'zaki va yozma
nutqda fe'ldan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini o'stirish, o'quvchilarning aqliy faoliyatini
rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim imloviy qoidalarni o'zlashtirish
hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bilan bog'liq holda hal etiladi.

Fe'lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang'ich sinf

o'quvchilari faqat lining muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu
materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisobga olinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

46

METОD VА MEDОLОGIYАSI

Fe'l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga o'rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda

o'quvchilarning diqqati fe'lning leksik ma'nosiga qaratiladi; fe'l tichun tipik hisoblangan leksik
ma'nosiga qaratiladi; fe'l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma'noni, ya'ni predmetning
harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig'iladi. Fe'l ustida ishlash
mashqlarini ,,Alifbe"dagi so'z va mashqlarni o'qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog'lab
o'tkaziladi. Bunda o'qituvchi o'quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe'lni topishga, so'z nimani
bildirishini va qanday so'roqqa javob bo'lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi.
Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko'rib, gapni
mazmunga mos so'zlar bilan to'ldiradilar:

Kuzda mevalarmma

qiladi?... (pishadi),

sabzavotlar

nima qiladi?... (yetiladi),

daraxl barglari

nima qiladi?... (sarg'ayadi).

Bolalar

nima qilyaptilar?...

(dam olyaptilar), ...(o'ynayaptilar), (ishlayaptilar).

Fe'lga so'roq berishga o'rgatish yuzaki bo'lmasligi, o'quvchilar harakat bir kishi tomonidan

bajarilsa,

nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi?so'roqlarim,

ikki va undan ortiq kishi

tomonidan bajarilsa,

nima qildilar?, nima qilyaptilar?, nima qilmoqchilar?

so'roqlarini berishni

bilishlari zarur. Bunday so'roqlarga javob berishga o'rgatish o'z navbatida, fe'l zamonlarini
o'rganishga tayyorlash demakdir.

1-sinfda morfologik so'roq so'z nimani bildirishini aniqlash maqsadida beriladi.

O'quvchilarni so'zga so'roq berishga, o'qituvchi bergan so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlarni
tanlashga, so'zni so'rog’iga

mos ravishda o'zgartirishga

(nima qildi? —

o'qidi,

nima qilamiz?

o'qiymiz,

nima qilmoqchi?—

o'qimoqchi kabi) o'rgatiladi.

Fe'l - so'z turkumi" degan tushunchani shakllantirish, bo'lishli va bo'lishsiz fe'llarning

ma'nosi va shakliga qarab farqlash ko'nikmasini hosil qilish, bo'lishsizlik qo'shimchasi (-ma) ning
talaffuzi va imlosini o'rgatish hisoblanadi.

Fe'lning harakat bildirishi yuzasidan o'quvchilarda aniq tasawur hosil qilish uchun o'qituvchi

ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya'ni o'quvchilarning o'zlari bajarayotgan ish-
harakatni aytishni so'raydi, suhbat o'tkazadi. Suhbatda ,,O'qituvchi nima qildi? O'quvchilar nima
qildilar? Hozir o'qituvchi nima qilyapti? O'quvchilar nima qilyaptilar? Endi o'quvchilar nima
qiladilar? O'qituvchi nima qiladi?" kabi savollardan ham foydalanadi. Suhbat jarayonida
o'quvchilar o'qituvchi rahbarligida fe'llarni so'rog'i bilan yozib boradilar. Masalan,

nima qildi? -

so'zladi, tushuntirdi;

nima qildilar? -

tingladilar, yozdilar;

nima qilyapti? -

tushuntirayapti,

so'rayapti, tinglayapti;

nima qilyaptilar? -

javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar;

nima

qiladi? -

tekshiradi, ko'radi;

nima qiladilar?

ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar.

Suhbatdagi yoki o'quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo'lagi jihatdan tahlil qilish asosida

xulosa chiqariladi:

nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi?

kabi so'roqlarga javob bo'lib, predmet

harakatini bildirgan so'zlar

fe'l

deyiladi. Fe'l gapda kesim vazifasida keladi.

Mavzu yuzasidan o'quvchilarda ko'nikma hosil qilish uchun so'roq berib fe'lni aniqlash, gap

mazmuniga mos fe'lni tanlab qo'yish, aralash berilgan so'zlardan, shuningdek, rasmga qarab gap
tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi.

Dasturga ko'ra 3-sinfda bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar o'rganiladi. Mavzu suhbat asosida

tushuntiriladi. Suhbat uchun ,,O'qish darsida kimlar o'qidi? Shokir ham o'qidimi? Kim so'zladi?
Alisher so'zladimi? Barno kutubxonaga boradimi? Abdulla-chi?, U qachon bormoqchi? Hozir kim


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

47

tushuntirayapti? Hozir Tohir gapiryaptimi?" kabi savollardan ham foydalaniladi. O'quvchilar
so'roq berib fe'llarni topadilar, ma'nosini qiyoslaydilar va o'qituvchi rahbarligida tushuntiradilar.

Xulosa chiqariladi: fe'l harakatning yuzaga chiqqanini, ya'ni bajarilganligini

(o'qidi,

so'zladi),

hozir bajarilayotganini

(tushuntiryapti),

endi bajarilishini

(boradi, o 'qiydi)

bildiradi. Bu

fe'llar bo'lishli fe'llar

deyiladi. Ayrim fe'llar harakatning bajarilmaganligini

(o'qimadi, so'zlamadi),

hozir bajarilmayotganini

(o'qimayapti),

keyin ham bajarilmasligini

(bormaydi)

bildiradi. Bunday

fe'llar bo'lishsiz fe'llar

deyiladi.

O'quvchilar bo'lishli va bo'lishsiz fe'llarni so'roqlari bilan ikki ustun shaklida yozadilar va

so'roqlarini bo'lishsiz fe'l qanday hosil bo'lganini aytadilar. O'quvchilar bilimi mashqlar bilan
mustahkam-lanadi, bo'lishsizlik qo'shimchasi

-ma -mi

shaklida talaffuz qilinsa ham, doim aslicha

-ma

shaklida yozilishi tushuntiriladi. O'quvchilarda bo'lishli va bo'lishsiz fe'llarni ma'nolariga

qarab farqlash ko'nikmasini o'stirish uchun bo'lishli fe'ldan bo'lishsiz fe'l hosil qilish, bo'lishsiz
fe'llarning talaffuzi va yozilishini qiyoslash, bo'lishsiz fe'llar bilan gaplar tuzish mashqlaridan
foydalaniladi.

TАDQIQОT NАTIJАSI

Fe'l zamoni shaklining mohiyati ish-harakat qachon bajarilishini, ya'ni ish-harakatning nutq

so'zlanib turgan paytda, undan oldin va keyin bajarilishini taqqoslash asosida ochiladi. O'quvchilar
o'zlari bajargan yoki bajarayotgan harakatlarini kuzatadilar, shuningdek, keyin nima qilishlarini
muhokama qiladilar. Xuddi shunga o'xshash kuza-tishni tabiatda bo'layotgan o'zgarishlar
yuzasidan ham o'tkazadilar. Bu mavzu bahorda o'tiladi. Shuning uchun o'quvchilar kuzatish
asosida

,,Bahor keldi. O'rik, olcha gulladi. Gullar ochilyapti. Endi gilos pishadi. Bahordan so 'ng

yoz keladi. Yozda bolalar oromgohga bormoqchi"

kabi gaplar tuzadilar. Gapdagi fe'llarga so'roq

berib, ish-harakatning bajariHsh payti, ya'ni ish-harakat bajarilayotganini

(nima qilyapti? -

o'qiyapti, ochilyapti), oldin bajarilganini

(nima qildi? ~

o'qidi, keldi, gulladi) va keyin bajarilishi

(nima qilmoqchi?—

yodlamoqchi, bormoqchi) aniqlanadi. Aniq kuzatish asosida yig'ilgan bu

leksik materiallar o'qituvchi rahbarligida umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi:

1 .Fe'llar zamon bilan o'zgaradi. Fe'l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, o'tgan zamon,

kelasi zamon.

2. Hozirgi zamon fe'llari

nima qilyapti?

so'rog'iga javob. bo'ladi, hozirning o'zida, ya'ni nutq

so'zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi.

3. O'tgan zamon fe'li

nima qildi?

so'rog'iga javob bo'ladi, harakatning oldin, ya'ni nutq

so'zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi.

4. Kelasi zamon fe'li

nima qilmoqchi?

so'rog'iga javob bo'ladi, harakatning keyin, ya'ni nutq

so'zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari fe'l zamonlarini
unga beriladigan savoldan bilib oladilar. So'roqdan lining leksik ma'nosi ham bilinib turadi.

Fe'lning zamon shaklini yasash va bilib olish uchun o'quvchilarni so'roqlardan to'g'ri

foydalanishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun awal jamoaviy
ravishda ishlanadi va o'quvchilar e'tibori so'roq bilan fe'l zamonining bog'lanishini aniqlashga
qaratiladi. Zamon shaklini hosil qilish uchun fe'lning II shaxs birlik shakli asos qilib olinadi
(Boshlang'ich sinflarda fe'lning bosh shakli o'rganilmaydi). Fe'lga so'roq berish bilan fe'l zamoni
hosil qilinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

48

Bir fe'ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe'lning zamon

kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun ,,Fe'l" mavzusini
o'rganish jarayonida fe'lni zamon qo'shimchasi bilan o'zgartirish mashqi muntazam o'tkazib
boriladi.

O'quvchilarni fe'l zamonlarini ongli qo'llashga o'rgatish maqsadida matnlardan

foydalaniladi. Bunda fe'l zamonini aniqlash va biror fe'l shaklidan foydalanishni asoslash,
shuningdek, fe'l zamonini o'zgartirish, fe'llarni muayyan bir zamonda ishlatib hikoya tuzish
topshiriladi.

XULОSА

Fe'llarda shaxs-son haqidagi ko'nikmani shakllantirish uchun mazmunga mos shaxs-son

qo'shimchalarini qo'yish, berilgan fe'llarni hozirgi, o'tgan, kelasi zamonda shaxs-son qo'shimchasi
bilan tuslash, fe'llarni so'z turkumi jihatdan tahlil qilish mashqlaridan foydalaniladi.

Bu sinfda fe'llarning yozilishi haqida ham ko'nikma hosil qilinadi. Mavzuni tushuntirish

uchun fe'llar ko'proq bo'lgan matn tanlanib, matnni o'qish, so'roq berib fe'llarni topish va qanday
yozilganini aytish topshiriladi. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida vazifani bajaradilar.


REFERENCES

1.

"Ona tili darsliklari"1- 4-sinf. T.: «O’qituvchi» 2010.

2.

Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Boshlang`ich
sinflarda ona tili o`qitish metodikasi. T., 2009.

3.

“Hоzirgi о’zbek аdаbiy tili” R.Sаyfullаyevа, B.Mengliyev, G.Bоqiyevа, M.Qurbоnоvа,
Z.Yunusоvа, M.Аbuzаlоvа. Tоshkent-“Fаn vа texnоlоgiyа”-2009.

4.

“О’zbek tilshunоsligi tаrixi” А.Nurmоnоv. Tоshkent-“О’zbekistоn”-2002.

5.

Z. Tohirov. "Yordamchi tеstlar". Toshkеnt, "O`qituvchi", 1999 yil.

6.

Q.Qosimova va boshqalar Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish mеtodikasi. Toshkеnt,
2009.

7.

A. Nurmonov, R. Rasulov. O`zbеk tili jadvallarda. Toshkеnt, "O`qituvchi", 1999 yil.

8.

Boshlang`ich ta'lim . 2000-2012.

9.

www.ziyonet.uz

10.

www.fikr.uz

11.

www.arxiv.uz


References

"Ona tili darsliklari"1- 4-sinf. T.: «O’qituvchi» 2010.

Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi. T., 2009.

“Hоzirgi о’zbek аdаbiy tili” R.Sаyfullаyevа, B.Mengliyev, G.Bоqiyevа, M.Qurbоnоvа, Z.Yunusоvа, M.Аbuzаlоvа. Tоshkent-“Fаn vа texnоlоgiyа”-2009.

“О’zbek tilshunоsligi tаrixi” А.Nurmоnоv. Tоshkent-“О’zbekistоn”-2002.

Z. Tohirov. "Yordamchi tеstlar". Toshkеnt, "O`qituvchi", 1999 yil.

Q.Qosimova va boshqalar Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish mеtodikasi. Toshkеnt, 2009.

A. Nurmonov, R. Rasulov. O`zbеk tili jadvallarda. Toshkеnt, "O`qituvchi", 1999 yil.

Boshlang`ich ta'lim . 2000-2012.

www.ziyonet.uz

www.fikr.uz

www.arxiv.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов