DESCRIPTION OF DIFFERENT MICROCYCLES IN SPORTS

HAC
Google Scholar
f
184-187
0
1
To share
Mardonov , N. (2024). DESCRIPTION OF DIFFERENT MICROCYCLES IN SPORTS. Modern Science and Research, 3(1), 184–187. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28030
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article highlights the fact that the issue of improving the training process attracts the attention of scientists and practicing coaches more and more, and the most important structural unit of the training process - the microcycle organization method - is highlighted in the search for hidden opportunities of highly qualified athletes.


background image


184

SPORTDA TURLICHA MIKROSIKLNING TAVSIFI

Mardonov Nodir Jamolovich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10498448

Annotatsiya.

Mazkur maqolada mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish masalasi olimlar

va amaliyotchi murabbiylarning diqqatini tobora ko‘proq o‘ziga jalb qilyotganligi, Yuqori

malakali sportchilarni tayyorlashning yashirin imkoniyatlarni izlashda mashg‘ulot jarayonining

eng muhim tarkbiy birligi - mikrosiklni tashkil etish usuliyatiga katta ahamiyat qaratilishi

yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish, murabbiylarning aqliy tasavvurlari

va amaliy tajribalari.

DESCRIPTION OF DIFFERENT MICROCYCLES IN SPORTS

Abstract.

This article highlights the fact that the issue of improving the training process

attracts the attention of scientists and practicing coaches more and more, and the most important

structural unit of the training process - the microcycle organization method - is highlighted in the

search for hidden opportunities of highly qualified athletes.

Key words:

improvement of the training process, mental imaginations and practical

experiences of trainers.

ОПИСАНИЕ РАЗЛИЧНЫХ МИКРОЦИКЛОВ В СПОРТЕ

Аннотация.

В данной статье подчеркивается тот факт, что вопрос

совершенствования тренировочного процесса все больше привлекает внимание ученых и

тренеров-практиков, важнейшей структурной единицы тренировочного процесса в

поисках скрытых возможностей подготовки спортсменов высокой квалификации -

метода организация микроцикла.

Ключевые слова:

совершенствование тренировочного процесса, мысленные

фантазии и практический опыт тренеров.

Ta’kidlash joizki, mikrosikllarni tashkil etish ko‘pincha murabbiylarning aqliy

tasavvurlari va amaliy tajribalariga asoslanadi. Har doim ham sportchilarning organizmida

foydalaniladigan mashg‘ulotlarning ilmiy asosi bo‘lavermaydi. Tuzilishi, yuklama kattaligi va

ularning yo‘nalishi bo‘yicha turlicha mikrosikllarning tashkil etilishini asoslashning eng

istiqbolli yo‘llaridan biri, bizningcha, bu mashg‘ulot dasturlarining organizmdagi har xil organ


background image


185

va tizimlarga, ish qobiliyatiga jismoniy sifatlar va eng muhimi, musoboqalarda ko‘rsatilgan

natijaga ta’sirini o‘rganishdan iborat.

Bir necha kun davomida o‘tkaziladigan hamda tayyorgarlikning ayni bosqichida turgan

vazifalarnima’lum tarzda hal etishni ta’minlaydigan mashg‘ulotlar seriyasini mikrosikl deb atash

qabul qilingan. Mikrosikllarning davomiligi 3-4 kundan 10-14 kungacha tebranishi mumkin.

Yetti kunlik mikrosikllar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ular davomiyligi jixatdan taqvimiy haftaga

muvofiq keladi, shug‘ullanuvchilar hayotining umumiy jadvali bilan yaxshi moslashadi.

Boshqa xildagi davomiylikka ega bo‘lgan mikrosikllarni odatda musobaqa davrida

rejalashtiradilar, bu ko‘proq faoliyat rejimini almashtirish, oldinda turgan musobaqalarning

muayyan sharoitiga ko‘ra ish qobiliyatining o‘ziga xos ritmini shakllantirish zaruriyati bilan

bog‘liq bo‘ladi.

Mashg‘ulot qo‘rilishi tizimidagi o‘rni va mazmuniga qarab, mikrosikllarning qo‘yidagi

turlariga farqlanadi: jalb qiluvchi, zarbdor, hozirlovchi, musobaqa va tiklovchi .

Jalb qiluvchi mikrosikllar sportchi organizimini qizg‘in mashq faoliyatiga moslashtiradi.

Ular tayyorgarlik darvining birinchi bosqichida qo‘llaniladi. Bu mikrosikllardagi yuklama

zarbdor mikrosikllar bilan solishtirganda u qadar katta emas. Keyinchalik, sportchilarning

tayyorgarlik darajasi ortgan sayin, jalb qiluvchi mikrosikllarning birgalikdagi yuklamasi o‘sib

borib, keyingi mikrosikl yuklamasining 70-75% iga yetishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki,

ularning mazmuni sportchilarning keyingi zarbdor mikrosikllar yuklamasiga tayyorgarligini

ta’minlashi juda muhim. Zarbdor mikrosikllar katta hajimli faoliyat yig‘indisi, yuqori

yuklamalar bilan tavsiflanadi. Mikrosiklning asosiy vazifasi sportchi organizmidagi moslashuv

jarayonlarini ta’minlash hamda texnik-taktik, jismoniy, ruxiy va integral tayyorgarlakning

asosiy vazifalarini hal etish hisoblanadi. Zarbdor mikrosikllar asosan musobaqa davrida

qo‘llaniladi. Tiklovchi mikrosikllar, odatda zarbdor mikrosikllarning seriyasini yakunlaydi.

Ularni shiddatli faoliyatidan keyin ham rejalashtiradilar. Bu mikrosikllarning asosiy roli

sportchi organizmidagi tiklanish hamda moslashuv jarayonlarining kechishi uchun optimal

sharoitlarini ta’minlashdan iborat. Umumiy ish hajmi zarbdor mikrosiklga taqqoslaganda

taxminan 2 barobar kam. Katta va jiddiy hajmli mashg‘ulotlar rejalashtirilmaydi.

Hozirlovchi mikrosikllar sportchini bevosita musobaqaga tayyorlashga yo‘naltirilgan

bo‘ladi. Bu mikrosikllar hozirlovchi musobaqalar rejimini takrorlashi, to‘liq tiklanish hamda

ruxiy tayyorlanish masalalarini hal etish mumkin.

Hozirlovchi mikrosikllar, odatda, bevosita asosiy musobaqalar oldidan 2-3 haftalaik

mikrosikl mazmunini o‘z ichiga oladi. Dastlabki 2-3 ta hozirlovchi mikrosikl, odatda,


background image


186

yuklamalarning nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan yig‘indisi va umumiy ish hajmi sharoitida

muayyan musobaqalariga tor ixtisosdagi tayyorgarlikni nazoratda tutadi. Lekin alohida

mashg‘ulot dasturlarining yuqori darajali ixtisosloshuvi, ularning sportchilarni muayyan

musobaqa faoliyatiga maxusu tayyorlashga yo‘naltirilganligi kuzatiladi. Hozirlovchi

mikrosikllarning dasturlari ko‘p jihatdan individual xususiyatga ega. Tiklanish qobiliyati kuchli,

moslashish imkoniyatlari keng bo‘lgan sportchilar bu jihatdan uncha ajralib turmaydigan

sportchilarga nisbatan mikrosikllarda ancha jiddiy ish rejimiga bardosh berishlari mumkin.

Musobaqa mikrosikllari musobaqalar dasturiga muvofiq ravishda tuziladi. Mazkur

mikrosikllarning tuzilishi hamda davomiyligi har xil sport turlaridagi musobaqlarning o‘ziga

xosligi bilan belgilanadi. Biroq barcha xollarda ham ushbu mikrosikllarning tuzilishini tashkil

etuvchi tadbirlar muvaffaqiyatli musobaqa faoliyati uchun optimal bo‘lgan sharoitlarni

ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Musobaqa mikrosikllarida yuklamaning cho‘qqisi, tabiyki, musobaqa kunlariga to‘g‘ri

keladi. Musobaqalarning sonidan kelib chiqib, bir cho‘qqili, ikki cho‘qqili va ko‘p cho‘qqili

mikrosikllarga farqlanadi. Agar musobaqalar uzoq muddat davom etsa va so‘ngi kunlarga

rejalashtirilsa, u holda musobaqa mikrosiklining dastlabki kunlarida sportchilar bevosita

musobaqalar arafasidagi hozirlovchi mikrosikl dasturiga imkon qadar yaqinlashtirilgan dastur

bo‘yicha mashq qiladilar. Agar musobaqalar dastlabki kundan o‘tkazilsa, u holda keyinga

kunlarda sportchilar yo dam oladilar yoki tiklovchi xususiyatla kichik yuklamali mashg‘ulot

darslarini o‘tkazadilar .

Mashxur sportchilarning musobaqa mikrosikllari mazmuni o‘zining nihoyatda xilma-xilligi

bilan ajralib turadi. Bu ularning musobaqalarda ishtirok etish dasturi bilanham, alohida

xususiyatlari bilan ham, shuningdek, jahondagi turli maktablar vakillarining musobaqa faoliyati

va umuman, tayyorgarligini bir-biridan farqlaydigan konsepsiyalar bilan ham belgilanadi. Biroq

bundan qat’i nazar, musobaqa mikrosikllarida eng avvalo asosiy musobaqalar bo‘layotgan

kunlarda sportchilarning to‘la tiklanish va ish qobiliyatining o‘z cho‘qqisiga yetishi uchun

zarur sharoitlarning ta’minlanishiga e’tiborini qaratish lozim. Bu musobaqalar, dam olish hamda

mashg‘ulotlarning maxsus rejimini, to‘g‘ri ovqatlanish, ruhiy hozirlik, tiklanish vositalaridan

foydalanishini talab etadi.

Futbolda asosan tayyorgarlik davri bosqichlarida qo‘llaniladigan mikrosikllardan tashqari

“O‘yinlararo sikl” tushunchasi mavjud. O‘yinlararo sikl musobaqa davrida mavjud bo‘lgan,

ikki match (uchrashuv) orasidagi tayyorgarlik vaqtini o‘z ichiga oladi.o‘yinlararo sikllar musobaqa

taqvimiga bog‘liq, ular 2-3 kundan 10-14 kungacha davom etadi. Tabiiyki, bu xolat har xil


background image


187

o‘yinlararo sikllarda yuklamalarni rejalashtirishga ijodiy yondashuvni, turli qiyinchiliklarini

taqazo qiladi.

Masalan, ikki kunlik o‘yinlararo siklda, odatda, birinchi kuni futbolchilar dam oladilar va

tiklanish tadbirlarini amalga oshiradilar. Ikkinchi kuni kattaligi va yo‘nalishi jihatidan qo‘llab-

quvvatlovchi xususiyatli mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Uchinchi kuni sportchilar o‘yinga

tayyorgarlik ko‘radilar. O‘yinlar orasidagi vaqt bu qadar qisqa bo‘lgani uchun sport mahoratini

oshirish bilan bog‘liq maqsadli tayyorgarlikni olib borish qiyin, bundan faqat navbatdagi o‘yinga

tiklanib olish mumkin. Shu sababdan ikki kunlik o‘yinlararo sikllarda jismoniy kondisiyalarni

oshirish ustidagi ishlarini rejalashtirish maqsadga muvafiq emas.

Yuklamalarni 4-5 kunlik o‘yinlararo sikllarda rejalashtirish juda onson. Biroq haftalik o‘yin

sikli eng qulay hisoblanadi. Bu yerda tiklovchi tadbirlarni kattaligi va yo‘nalishi jihatdan turlicha

bo‘lgan yuklamalardan foydalangan holda jismoniy sifatlarni oshirish ishlari bilan

uyg‘unlashtirish mumkin. Pedagogik va tabbiy nazorat yuklamalarni ichki sezgiga qarab emas

aks ettiruvchi ob’yektiv ma’lumotlar ososida rejalashtirishga imkon beradi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов