COMPARATIVE ANALYSIS OF FIBER PROPERTIES FROM COMBING MACHINES

HAC
Google Scholar
To share
Mirzaboyev, J. (2023). COMPARATIVE ANALYSIS OF FIBER PROPERTIES FROM COMBING MACHINES. Modern Science and Research, 2(10), 900–905. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24809
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article is given the research results of properties of fibers carding machines of yarn spinning enterprises and the influence of defects, neps and short fibers in raw cotton-fiber mixture on the quality of yarn. The infulence of the number of short fibers on the amount of fiber yield in yarn production has been studied and it has been found advisable to take the least amount of short fibers when accepting cotton fiber raw materials for production.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

900

TARASH MASHINALARIDAN OLINGAN TOLA XOSSA

KO’RSATKICHLARINI QIYOSIY TAHLILI

Mirzaboyev Jamoliddin Bahriddinovich

Namangan to’qimachilik sanoati instituti “To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi”

kafedrasi katta o’qituvchisi, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.10055519

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ip yigirish korxonalaridagi tarash mashinalaridagi

tolalarning xossa ko’rsatkichlari o’rganildi, paxta tolasi aralashmasi tarkibidagi nuqsonlar,
nepslar va kalta tola miqdorini ipning sifatiga ta’siri tadqiq etilgan. Kalta tolalar miqdorini ip
ishlab chiqarishda toladan maxsulot chiqish miqdoriga ta’siri tadqiq etildi va paxta tola
xomashyosini ishlab chiqarishga qabul qilishda kalta tola miqdorini eng kichik qiymatdagisini
qabul qilish maqsadga muvofiq deb topildi.

Kalit so’zlar:

tarash, kalta tola, ip, chiqindi, chiziqli zichlik, tezlik, notekislik, pishiqlik,

neps.

COMPARATIVE ANALYSIS OF FIBER PROPERTIES FROM COMBING

MACHINES

Abstract.

In this article is given the research results of properties of fibers carding

machines of yarn spinning enterprises and the influence of defects, neps and short fibers in raw
cotton-fiber mixture on the quality of yarn. The infulence of the number of short fibers on the
amount of fiber yield in yarn production has been studied and it has been found advisable to take
the least amount of short fibers when accepting cotton fiber raw materials for production.

Key words:

combing, short fiber, thread, waste, linear density, speed, unevenness,

ripeness, neps.

СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ СВОЙСТВ ВОЛОКОН ИЗ ЧЕСЕЧЕСНЫХ

МАШИН

Аннотация.

В данной статье изучены свойства волокон из чесальных машин

хлопкопрядильных предприятий, изучено влияние пороков, непсов и коротких волокон в
хлопково-волокнистой смеси на качество пряжи. Изучено влияние количества коротких
волокон на количество выхода волокна при производстве пряжи и пришли к выводу, что
при приеме хлопкового сырья на производство целесообразно принимать с наименьшим
количеством коротких волокон.

Ключевые слова:

чесание, короткое волокно, пряжа, отходы, линейная плотность,

скорость, неравнота, прочность, непс.

Kirish.

Yengil sanoat sohasi O’zbekiston iqtisodiyotining real sektoridagi eng jozibador

va istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Bu haqida unga jalb etilgan investitsiyalar hajmi ham
dalolat bermoqda. Shu jumladan ishlab turgan korxonalarni modernizatsiya qilish va yangi
quvvatlarni barpo etish bo’yicha ko’plab loyihalar amalga oshirildi. Respublikada ishlab
chiqarilayotgan to’qimachilik mahsulotlarining ko’p qismi jahonning yetakchi kompaniyalarida
ishlab chiqarilgan to’qimachilik mashinasozligi uskunalari bilan jihozlangan qo’shma va xorijiy
korxonalarga to’g’ri kelmoqda.

So’ngi 5 yillikda sohaga oid jami 24 ta qonun, qaror va farmonlar ishlab chiqildi. Ushbu

raqamlarga e’tibor qaratsangiz, Respublikamiz iqtisodiyotida to’qimachilik sanoatini qay darajada
dolzarb va muhim o’rinni egallab turganini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Zero, shunday dolzarb
vaziyatda sanoat sohasi rivojiga munosib hissa qo’sha olish har birimizning oldimizda turgan
muhim vazifalardan biri bo’lishi lozim.

Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 fevraldagi

93-sonli “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining to’qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

901

rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi” to’g’risidagi
va 10 dekabrdagi 747-sonli “Paxta to’qimachilik klasterlari faoliyatini yanada kengaytirish chora
tadbirlari” to’g’risidagi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi
“Toqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo’shilgan qiymatli
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag’batlantirish chora-tadbirlari”
to’g’risidagi PF-53 sonli farmoni sohadagi jadal rivojlanishga poydevor bo’lib xizmat qiladi [1, 2,
3].

Tadqiqot materiallari va metodologiyasi.

Ipning sifatli bo’lishi xomashyoning tarkibi,

uni yigirishga tayyorlash jihozlarining holati va mahsulotlarning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha
notekisligiga bog’liq. Yigirish korxonalarida mashinalarning holatini yaxshilash hamda
xomashyoni sifatini jarayonlarda pasaytirmaslik muhim vazifalardan biridir.

Mazkur vazifani yechish uchun mahsulotning strukturasini bilish, uning sifatini

ta’minlaydigan omillarni belgilash va rejalashtirish lozim. Mahsulotning strukturasi-tarkibiy
tuzilishi diskret elementlar to’plami bo’lib, ular ma’lum tartibli qonuniyat asosida joylashgandir.
Mazkur qonuniyat ip yigirishning barcha bosqich va jarayonlari uchun bir xil bo’lmaydi.

Ta’kidlash lozimki, tarash mashinasidan olinadigan yarim tayyor mahsulotga notekslikni

kamaytirish yoki sifatni oshirish uchun ishlab chiqarishning navbatdagi bosqichlarda qo‘shimcha
ishlov beriladi. Lekin uni yanada tozalash jaryoni deyarli qo‘shilmaydi. Shuning uchun tarash
mashinasi yigirilajak ipning sifati va xossalarini belgilashda muhim o‘rin tutadi.

Tarash jarayonidan ko‘zlangan maqsad ip yigirishdagi navbatdagi texnologik jarayonlarni

talab darajasida borishi uchun zarur sharoitlarni yuzaga keltirishdan iborat. Maqsadni bunday keng
ta’riflanishi turli ishlab chiqarish korxonalarida tarash jarayonida bajariladigan vazifalarni ko‘pligi
va ularni amalga oshirishga qo‘yiladigan talablarni xilma-xilligi bilan bog‘liq.

Bu borada olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida tarash jarayonida tolalarning sifat

ko’rsatkichlarini saqlab qolishga erishish va bir tikis pilta olish muhim jarayon hisoblanadi.
Mualliflar tomonidan [4,5] turli firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan tozalash va tarash
mashinalarida ajralib chiqadigan chiqindi miqdorlari, ularning tarkibidagi tolalardan foydalnish
inkoniyatlari o’rganilgan.

Yigiruv tizimida oddiy tarash mashinasi tolalarni iflosliklardan va nuqsonlardan tozalashda

so‘nggi jarayon hisoblanadi, lekin ma’lum bir darajada ta’kidlanganidek, has-cho‘p, begona
jismlar va kalta tolalar taramda qoladi. Toladagi has-cho‘p va nuqsonlarni tozalash bilan bir vaqtda
tarash jarayonida ma’lum miqdorda chiqindi va yigiruvbop tolalar ham chiqindiga ajraladi [6].

Tolali mahsulotlarni tarash jarayoni natijasida ajratib olingan chiqindilar tarkibida

yigiriluvchanlik xossasiga ega bo‘lgan tolalar ham qo‘shilib ketishi tajribalar asosida aniqlandi
[7].

Hozirgi tarash mashinalarining harakat tezliklari avvalgi tarash mashinalariga nisbatan uch

martadan ko‘prok, ya’ni bosh baraban 200 min-1 dan 900 min-1 gacha, qabul barabani 700 min-1
dan 2700 min-1 gacha, shlyapkalar harakat tezligi esa 100 mm/min dan 400 mm/min gacha
oshirilgani natijasida tarash mashinasi ish unumdorligining keskin oshishiga erishilgan. Misol
uchun, Trutzschler (Germaniya) firmasining TC-11, TC-15 rusumdagi tarash mashinalari
kinematik unumdoliklari 260 kg/soat gacha yetishi mumkinligi taklif etilmoqda [8].

Shveytsariyaning Rieter firmasi C70 rusumli tarash mashinasi bosh barabani diametri –

814 mm, aylanish tezligi 600 – 900 min-1ni tashkil etishi bilan unumdorlikni 240 kg/soatgacha
yetkazish imkoniga ega ekanligini ta’kidlamoqda [9].

Tadqiqot natijalari.

Tadqiqot ishining maqsadi turli rusumli tarash mashinalarida

tayyorlangan mahsulot xossalarini tadqiq etishdan iborat. Tadqiqot ishlari Namangandagi
"Namangan to’qimachi" MCHJ hamda “FT Textile” korxonalarida mutaxassislar bilan
hamkorlikda olib borildi. Mazkur tadqiqot ishlari Germaniyaning “Trutzschler” firmasining


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

902

tarash, Saurer firmasining “Autocoro 9” pnevmomexanik yigirish, “CSM” firmasining halqali
yigirish mashinalarida amalga oshirildi. Nomeri

e

N

=20,

e

N

=36,

e

N

=30OE,

e

N

=26 bo’lgan

trikotaj ipi ishlab chiqarishda o’rta tolali paxta tolasidan foydalanildi.

Korxonada paxta tolasi va yarim mahsulotlar tarkibidagi tolalarning xossalari

Shveysariyaning “USTER” firmasining USTER HVI 1000 M1000 asbobi va AFIS PRO 2 sinov
laboratoriya jihozlari yordamida o‘rganildi.

Pilta, pilik va ipni notekisligi hamda ipning tukliligi USTER TESTER 6-S800, ipni uzulish

kuchi, uzulishdagi uzayishi va uzulish vaqti USTER TENSORAPID 4, ipdagi buramlar soni
USTER ZWEIGLE TWIST TESTER 5 va orgonoleptik usulda ipni sifati motovilo USTER
ZWEIGLE YARN INSPECTION WINDER, ipning ishqalanish koeffitsiyenti USTER ZWEIGLE
FRIKSION TESTER asboblarida aniqlandi. Olingan natijalar Uster Statistics-2018 me’yoriy
ko‘rsatkichlari bilan solishtirilib quyidagi jadvallarda keltirildi.

Tarash mashinasidan olingan tolalarning xossa ko’rsatkichlari

1-jadval

Yuqoridagi 1–jadval natijalarini Uster Statistics-2018 50% li ko’rsatkichlariga

solishtiradigan bo’lsak, “Namangan to’qimachi” korxonasida jami o’rtacha tarash mashinasiga


Total

Nep

Cnt

[Cnt/g]

Fiber

Nep Cnt

[Cnt/g]

SC Nep

Count

[Cnt/g]

SFC(
w) %

0.5in

SFC(n)

%

0.5in

5%

L(n)

[in]

Fine-

ness

[mtex]

Matu-

rity

Ratio

IFC

[%]

1g. tol

ada

gi j

ami

nuqsonl

ar

soni

1g. tol

ada

gi neps

soni

1g. tol

ada

gi chigit

sini

g’

i

soni

12,7 mm

da

n ka

lt

a tol

alar

foiz

i

12,7 mm

da

n ka

lt

a tol

alar

soni

S

Hta

pe

l uzunligi

, mm

Tola

ning chiz

iql

i zic

hli

gi,

mt

eks

Tola

ning pi

shib y

eti

lganl

igi

Ulyuk tol

alar

foiz

i

Uster
Statistics-2018

5%

104

97

5

3

13,2

177

0,96

3,8

25%

161

151

10

4,3

17

170

0,94

4,8

50%

233

222

13

5,7

20

162

0,92

5,8

Namangan to’qimachi korxonasi

Jami o’rtacha, tarash
mashinasiga kirishda

344

325

19

6,49

20

33

165

1

6

Jami o’rtacha, tarash
mashinasidan chiqishda

57

54

3

7

19

34

172

1

5

FT TEXTILE korxonasi

Jami o’rtacha, tarash
mashinasiga kirishda

351

318

32

7,7

23,2

34,6

164

0,88

7,7

Jami o’rtacha, tarash
mashinasidan chiqishda

62

57

6

7,8

22,7

35,4

163

0,89

6,0


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

903

kirishda 1g toladagi jami nuqsonlar soni 47,6% ga, 1g toladagi nepslar soni 46,3% ga, chigit sinig’i
soni 46,1% ga, 12,7 mm dan kalta tolalar foizi 13,8% ga yuqoriligi, tolaning chiziqli zichligi
bo’yicha 50% li, pishib yetilganligi bo’yicha va ulyuk tolalar foizi bo’yicha Uster Statistics-2018
ko’rsatkichlariga mos kelmasligi o’z aksini topgan.

Jami o’rtacha tarash mashinasidan chiqishda 1g toladagi jami nuqsonlar soni 75,5% ga, 1g

toladagi nepslar soni 75,6% ga, chigit sinig’i soni 76,9% ga pastligi, 12,7 mm dan kalta tolalar
foizi 22,8% ga yuqoriligi, tolaning chiziqli zichligi va ulyuk tolalar foizi bo’yicha 25% li, pishib
yetilganligi bo’yicha esa ushbu kategoriyaga mos kelmasligi aniqlandi.

“FT Textile” korxonasida jami o’rtacha tarash mashinasiga kirishda 1g toladagi jami

nuqsonlar soni 50,6% ga, 1g toladagi nepslar soni 43,2% ga, chigit sinig’i soni 146,1% ga, 12,7
mm dan kalta tolalar foizi 35% ga yuqoriligi, tolaning chiziqli zichligi bo’yicha 50% li, pishib
yetilganligi bo’yicha va ulyuk tolalar foizi bo’yicha Uster Statistics-2018 ko’rsatkichlariga mos
kelmasligi o’z aksini topgan.

Jami o’rtacha tarash mashinasidan chiqishda 1g toladagi jami nuqsonlar soni 73,3% ga, 1g

toladagi nepslar soni 74,3% ga, chigit sinig’i soni 53,8% ga pastligi, 12,7 mm dan kalta tolalar
foizi 36,8% ga yuqoriligi, tolaning chiziqli zichligi va ulyuk tolalar foizi bo’yicha 50% li, pishib
yetilganligi bo’yicha esa ushbu kategoriyaga mos kelmasligi aniqlandi.

1-rasm

. 1g toladagi nuqsonlar soni.

Uster statistics 2018 ko’rsatkichi

Tarash mashinasiga kirishda “Namangan To’qimachi”

Tarash mashinasidan chiqishda “Namangan To’qimachi”

Tarash mashinasiga kirishda “FT Textile”

Tarash mashinasidan chiqishda “FT Textile”


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

904

2-rasm

. Shtapel uzunligi mm.

Tarash mashinasiga kirishda “Namangan To’qimachi”

Tarash mashinasidan chiqishda “Namangan To’qimachi”

Tarash mashinasiga kirishda “FT Textile”

Tarash mashinasidan chiqishda “FT Textile”

3-rasm

. Tolaning chiziqli zichligi mteks.

Uster statistics 2018 ko’rsatkichi

Tarash mashinasiga kirishda “Namangan To’qimachi”

Tarash mashinasidan chiqishda “Namangan To’qimachi”

Tarash mashinasiga kirishda “FT Textile”

Tarash mashinasidan chiqishda “FT Textile”

Xulosalar.

Natijalarni umumlashtirgan holda shuni aytish mumkinki, har ikkala

“Namangan to’qimachi” va “FT Textile” korxonalarida ham tarash mashinasiga kirishda
tolalarning nuqsonlar soni, nepslar soni va chigit sinig’i soni tarash mashinasidan chiqqan toladagi
nuqsonlar soni, nepslar soni va chigit sinig’i sonidan ko’proq va aksincha, 12,7 mm dan kalta
tolalar foizi esa tarashdan chiqqandan keyin ortib ketayotganini va tolaning chiziqli zichliklari esa
ma]lum miqdorda o’zgarganini ko’rishimiz mumkin.


REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 fevraldagi “
“Uzto’qimachiliksanoat” uyushmasining to’qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi”
to’g’risidagi 93-sonli qarori.

2.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10 dekabrdagi “Paxta to’qimachilik
klasterlari faoliyatini yanada kengaytirish chora tadbirlari” to’g’risidagi 747-sonli qarori.

3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi “Toqimachilik va tikuv-
trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag’batlantirish chora-
tadbirlari” to’g’risidagi PF-53 sonli farmoni.

4.

J. Mirzaboyev, Q. Jumaniyazov, B. Mirzabaev. Analysis of the properties of waste
coming out of carding machines of various types. ACADEMICIA: An International
Multidisciplinary Research Journal. INDIA. Vol. 10, Issue 11, November 2020, P 1180 –
1183.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

905

5.

J.Mirzaboev. Achieving the preservation of fibre properties by improving the working
parts of the fibre cleaner in spinning enterprises. Universum. Технический науки. №9
(102). Сентябр 2022г.

https://7universum.com/ru/tech/archive/item/14295

6.

Бадалов К.И. Прядение хлопка и других текстильных волокон // К.И. Бадалов,
В.В. Джохов, Х.А. Осмин. – М.: Легпромбытиздат, 1988.

7.

J. Mirzaboyev. Ip yigiruv korxonalarida tola, ip hamda chiqindilarning chiqish miqdoriga
texnologik jarayonlarning ta’siri. Magistrlik dissertasiyasi. Namangan – 2017.

8.

www.truetzchler.com

9.

www.rieter.com

References

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 fevraldagi “ “Uzto’qimachiliksanoat” uyushmasining to’qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi” to’g’risidagi 93-sonli qarori.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10 dekabrdagi “Paxta to’qimachilik klasterlari faoliyatini yanada kengaytirish chora tadbirlari” to’g’risidagi 747-sonli qarori.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi “Toqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag’batlantirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PF-53 sonli farmoni.

J. Mirzaboyev, Q. Jumaniyazov, B. Mirzabaev. Analysis of the properties of waste coming out of carding machines of various types. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. INDIA. Vol. 10, Issue 11, November 2020, P 1180 – 1183.

J.Mirzaboev. Achieving the preservation of fibre properties by improving the working parts of the fibre cleaner in spinning enterprises. Universum. Технический науки. №9 (102). Сентябр 2022г. https://7universum.com/ru/tech/archive/item/14295

Бадалов К.И. Прядение хлопка и других текстильных волокон // К.И. Бадалов, В.В. Джохов, Х.А. Осмин. – М.: Легпромбытиздат, 1988.

J. Mirzaboyev. Ip yigiruv korxonalarida tola, ip hamda chiqindilarning chiqish miqdoriga texnologik jarayonlarning ta’siri. Magistrlik dissertasiyasi. Namangan – 2017.

www.truetzchler.com

www.rieter.com

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов