Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga milliy tarbiyani o‘rgatishda odob-
axloq tarbiyasi
Esemuratova Turganbike Aytmuratovna
va Matmuratova Gulistan Kamalatdinovna
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
“Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi
katta
o‘qituvchi
lari
https://doi.org/10.5281/zenodo.10462638
Kalit so‘zlar:
Pedagogik ta’lim, tarbiya, talaba,
mustaqil hayot,
ilmiy-nazariy, asos, takomillashtirish, odob-axloq,
oila, ehtiyoj, baxtli bo‘lish, davlat, jamiyat, kuch, imkoniyat, yoshlar, o‘z fikri, yuksak ma’naviyat.
Annotatsiya
maqolada muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan zamonaviy pedagogik ta’limda talabalarni mustaqil
hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish, Odob-axloq normalariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Odob-axloq
−
bu jamiyatda, kishilar o‘rtasida
kundalik
turmushda
zarur
bo‘lgan
hatti
−
harakatlar,
urf
−
odatlar
normalari,
qoidalaridir. Barcha norma va qoidalarini kishilar
tomonidan ado etilishini nazorat etish va tartibga
solish ijtimoiy, yuridik asosda taminlanadi. Odob-
axloq qoidalari va normalar har bir xalqning
qadriyatlarida muhim o‘rin egallaydi. Unda
o‘sha xalqning turmush tarzi, madaniy saviyasi,
an`analari guruhi, dini ifodalanadi, aks etadi.
Shuning uchun axloq
−
odob qoidalari va
normalari o‘sha xalqning bitmas tugalmas
ma`naviy boyligi hiosblanadi va millat darajasida
shakllanganlik darajasi deb qaraladi. Axloq
−
odob norma va qoidalari jamiyat taraqqiyoti bilan
rivojlanib, o‘zgarib boradi. Bunda qardosh
xalqlar, mintaqada yashovchi xalqlar, millatlar
urf
−
odatlari bir
−
biriga ta`sir ko‘rsatadi. Ilg‘or,
qulay
urf
−
odatlar, an`analarga, an`analar
esa qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi.
Bugungi kunda yoshlarni yuksak ma`naviy g‘oya
va milliy urf-odat, an`analar asosida tarbiyalash
dolzarb muammoga aylangan. Yuksak manaviy
g‘oya va urf
−
odatlar hajmi nihoyatda keng va
serqirra bo‘lib, ulardan eng muhimlari
iymonlilik,
Vatanni
sevish,
insonparvarlik,
do‘tslik, o‘rtoqlik, birodarlik , ongli intizom,
ijtimoiy faollik, halol mehnat, oila , davlat va
jamiyat oldidagi burchni anglash, tinch totuv
yashash uchun kurashish, hur fikrlilik kabilar.
Asosiy qism. Axloq
−
odobni bir biridan ajratib
bo‘lmaydigan uch tarkibiy qismi bo‘lib, ular bir
butunlikni tashkil etadi.
G‘oyaviy
−
axloqiy ong
−
ijtimoiy hayotning
shaxs tasavvurlari, qarashlari va e'tiqodlariga aks
etishi va ifodalanishidir. U shaxs faoliyatida
qo‘llaniladigan hayotiy tamoyillar bo‘lib, u yoki
bu muammoni hal etish, xatti
−
harakat xulq
qoidalarini tanlashda namoyon bo‘ladi.
G‘oyaviy
−
axloqiy qadr
−
qimmat
−
shaxsning u
yoki bu xatti
−
harakat va urf
−
odatlariga
munosabati va ularni yaxshi yomonga ajratib
baholashda ifoadalanadi.
Bunda shaxsning butun hayoti davomida
intilishlar, hayot mazmunini belgilab beradigan
ideallari muhim rol o‘ynaydi.
Axloqiy hissiyotlar esa shaxsning o‘ziga,
boshqalarga ijtimoiy hodisalarga munosabatida
ifodalanadi. Shaxsning axloqiy hissiyotlari
g‘ururi, or
−
nomus, vijdon , uyat, nafrat,
xudbinlik, mag‘rurlik kabi shakllarda namoyon
bo‘ladi.
Vatanparvarlik
va
baynalminallik
axloqiy
tarbiyada alohida o‘rin tutadi. Hadisu Sharifda
Vatanni
sevmoq
iymondandir,
deb
bejiz
aytilmagan.
Tarbiyachi va o‘qituvchi bolalarda Vatanga
muhabbat,
faxrlanish,
xalq
va
mamlakat
yutuqlaridan quvonish, uni dushmanlarga nafrat
tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Bolalarni Vatan ravnaqi
yo‘lida va fidokorona mehnat qilishga
tayyorlaydi.
Baynalminallik
axloqiy
qoida
sifatida
vatanparvarlikni boyitadi, o‘z milliy qobig‘iga
o‘ralib qolishiga yo‘l bermaydi. Barcha xalqlar
bilan do‘st bo‘lib, tinchlik va taraqqiyot uchun
kurashga chorlaydi.
O‘quvchilarni vatanparvarlik va baynalminallik
ruhida tarbiyalash ularda insonparvarlik hissini
ulg‘aytiradi, turli millat va elatlar bilan do‘st
−
inoq
yashashga o‘rgatadi.
Mehnat
axloqiy
munosabatni
tarbiyalash
−
shaxsning
butun
ma`naviy
yo‘nalishini
belgilaydi,
chunki
ishlamay,
kurashmay yashash mumkin emas. Mehnat
−
yashash manbai.
Bu axloqiy munosabat shaxsning mehnat
jarayonida namyon bo‘ladigan yuksak ongida,
mehnatning hayotdagi ro‘lini anglashida, xususiy
va jamoa mehnatiga tayyorgarlik, mehnatni
hurmat qilish va mehnatsevarlikda ifodalanadi.
O‘quvchilar mehnat jabhalarida ishtirok e`tishlari
orqali o‘zaro yordam, muvaffaqiyatli quvonish,
o‘zi va o‘rtog‘i mehnatini adolatli baholash
fazilatlarni shakllantiradi.
Atrfodagi
kishilarga
axloqiy
munosabat
shaxsning jamoatchilik, ko‘pchilik manfaatidan
ustun qo‘yishdir.
Jamoatchilik
o‘quvchida
insonparvarlik,
mehnatga
munosabat,
ongli
intizomni
shakllanitirishda yordam beradi.
Shaxsning o‘ziga, o‘z xalqiga axloqiy munosabtni
tarbiyalashni
−
bu o‘quvchini o‘z
−
o‘zini ongli
intizom ruhida tarbiyalashga o‘rgatishdan
iboratdir. Intizom axloqiy norma bo‘lib,
shaxsning fuqarolik qiyofasini belgilaydi.
Maktab
o‘quvchilarini
quyidagi
intizom
normalariga ko‘niktirish kerak
1.Qabul qilingan intizom qoidalariga o‘qishda,
mehnatda, bo‘sh vaqtlarida roiya qilishga ehtiyoj
sezish
2. O‘z
−
o‘zini nazorat qilish va o‘z xulqini idora
qilish
3. Jamoada tartib buzayotgan, intizomsizlik
qilayotgan bolalarga qarshi faol kurashish.
Intizom asosida ong yotadi, uni iroda boshqaradi.
Ongli
intizomni
taminlaydigan
qat'iylik,
tashabbuskorlik, mustaqillik, o‘zini tuta bilish,
uyushqoqlik irodaviy sifatlardir. Ongli intizom
vijdon va rostgo‘ylik bilan bog‘liq.
Axloqiy
munosabatlar
dastavval
oilada
shakllanadi. So‘ng oiladagi munosabatlar bolalar
bog‘chalarida, maktab va oliy o‘quv yurtlarida,
jamoa joylarida takomillashadi. «Tarbiyani
−
deydi Abdulla Avloniy tug‘ilgan kundan
boshlasak, vujudimizni quvvatlandurmaq,
fikrimizni
nurlandurmaq,
axloqimizni
go‘zallandurmaq, zehnimizni ravshandurmaq
lozim ekan. Tarbiyani kimlar qilur
Qanday
qilinur
Bu savolga birinchi «uy tarbiyasi» deb
javob bermoq lozim». Demak, adib ham oila
tarbiyasiga ahamiyat beryapti.
Maktabda axloqiy tarbiya berishga xilma
−
xil
usullar qo‘llaniladi. Quyida shu usullardan
namunalar keltiramiz
1.Axloqiy tarbiya o‘qitish jarayoni bilan qo‘shib
olib
boriladi.
Buyuk
nemis
pedagogi
A.V.Disterverg aytganidek, yaxshi o‘qita bilgan
o‘qituvchi yaxshi tarbiyalaydi ham.
2. Axloqiy tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli
o‘quvchilar
va
o‘qituvchilar
jamoasining
saviyasiga bog‘liq. Buning uchun jamoa ahil va
inoq bolalar intizomli bo‘lishi kerak.
3. Tarbiyaviy ishlarning rejali bo‘lishi va
hamjihatlik bilan amalga oshirilishi axloqiy
tarbiyaning muvaffaqiyatini taminlaydi. A.
S.Makarenkoning «10 ta yuqori malakali, o‘z
holicha ishlaydigan o‘qituvchidan malakasi past,
bir yoqadan bosh chiqaradigan 1 ta o‘qituvchi
afzal» deganini unutmaslik kerak.
4.Maktabda ijobiy meyoriy shart
−
sharoit yaratish
axloqiy tarbiya jarayoniga foydali ta`sir etadi.
Masalan,
Respublika
mustaqilligi
kuni,
«Navro‘z» bayrami.
5 Barcha o‘quvchilarning maktabdagi umumiy
va yagona tartib qoidaga roiya qilishlariga
erishish.
6. Axloqiy tarbiyada ongi, tushunchalarni
shakllantirishda tushuntirish, uqtirish, suhbat,
munozara, lektsiya, rag‘batlantirish, jazolash
usullaridan foydalanish.
7.Axloqiy
odobni
shalklantirishda
mashq,
bolalarni turli faoliyatini uyushtirish .
8.Tarbiyaviy soatlar, (odobnoma) darslarini
saviyasini oshirish.
9. Mehnat ilg‘ori, ilm
−
fan xodimlari, mehnat va
urush faxriylari, ko‘p bolali onalar, iymonli
qariyalar,
hojilar
bilan
o‘quvchilar
uchrashuvlarini uyushtirib borish.
10. Maktabda turli
−
tuman tadbirlar, adabiy
kechalar,
bayram,
olimpiada,
festival,
musobaqalar o‘tkazish, kinoteatr. Televidenie
ko‘rsatuvlaridan, jumladan. «Otalar so‘z
−
aqlning ko‘zi», «Ma`rifatnoma» eshittirishlaridan
yangi tashkil etilgan «Ma`naviyat va ma`rifat»
markazi tavsiyalaridan foydalanish.
11. Dars jarayoni, sinfdan va maktabdan tashqari
mashg‘ulotlarida Sharq qadriyatlari va milliy
an`analari aks etgan Quroni Karim, «Hadis»,
«Hotamnoma», «Odobnoma», «Hikmatnoma»,
«Bozornoma», Kaykovusning «Qobusnoma»,
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Nosir
Xisravning
«Saodatnoma»,
İbn
Sinoning
«Donishnoma»,
Sad'iyning
«Guliston»,
«Bo‘ston», A.Navoyinning «Mahbubul qulub»,
Boburning
«Boburnoma»,
A.Avloniyning
«Turkiy guliston yoxud axloq», shuningdek,
Hamza,
Fitrat, M.İsmoiliy, X.To‘xtaboev
asarlarini o‘qib o‘rganish lozim.
Maktab bolalari axloqiy tarbiyalash dars jarayoni
sinfdan yo maktabdan tashqari turli tuman
ishlardan olib boriladi. O‘quvchilarda bilim
axborot, mahorat, malaka va odatlar beriladi.
Bolalar odob va odobsizlik haqida tushuncha
oladi. Ular axloqiy tushunchalar badiiy va ilmiy
adabiyotlar, hayot kinofilm va spektakllar orqali
anglaydilar.
O‘quvchilarni axloqiy ruhda tarbiyalash xarakteri
xususiyatlarini tarkib toptiradi. Ularga maqsadga
intiluvchanlik, o‘qish va ishda matonatli,
qat'iyatli,
tashabbuskorlik,
uyushqoqlik
qiyinchiliklarda qo‘rqmaslik kiradi. Maktabda
axloq tarbiya berishda xilma
−
xil usullar
qo‘llaniladi. Quyidagi usullardan namunalar
keltiramiz.
Maktabda talim bilan tarbiyani ajratib bo‘lmaydi.
Vatanimizning istiqlol va taraqqiyoti kelgusi yosh
avlodni har tomonlama etuk bilimli, ongli, yuksak
axloqiy bo‘lishiga bog‘liqdir.
O‘quvchilarni o‘z xulqini axloqiy jihatdan
baholashlarini birinchi sinfdan boshlab o‘rgata
borish kerak. Ular mehnatini sevish, mulkni
ehtiyot qilish, hurmat, rostgo‘ylik, sofdillik,
vijdon, kamtarlik ma`nolarni tushunib olsin.
Maktabda bolalar yoshi, saviyasi va sinfiga qarab
«Mardlik va qo‘rqoqlik», «Jamoa nima
»,
«Inson go‘zalligi nimada
», «Axloq va odob»,
«Axloq va shaxs erkinligi», «Ona yurting omon
bo‘lsa ...», «Baraka ko‘pchilikda», «Jannat onalar
oyog‘i ostida», «Inson odobi bilan», «Tijorat va
halollik» mavzularida suhbatlar o‘tkazish maqul.
O‘quvchiga kundalik yuritishni tavsiya etish
kerak. Unda «Bugun qanday ish qildim
»,
«Bugun qanday yomon ish qildim
», «O‘zimdagi
qaysi siıfatni tuzatishim kerak va qanday qilib»
degan uch bo‘lim bo‘lishi kerak. Haftaning
oxirida «O‘tgan haftadan qanoatlanamanmi
»
degan savolga javob yozishni tavsiya etish
darkor. U tarbiyaviy soatda yoki individual
suhbatda tahlil qilinadi.
Uzoq yillar milliy tarbiyamiz, ming yillik
urf
−
odatlar qadriyatlraimiz kamsitilishi, dinimiz,
tilimiz oyoq osti qilinishi oqibatida odamlar
orasida mehr
−
oqibat, diyonat, sharm
−
hayo,
andisha, or
−
nomus, halollik, kattalarga hurmat.
Kichkinaga e'tibor susayib ketdi. O‘z tilimiz qolib
boshqa tilda gapirishdek, markazning yuborgan
o‘quv dasturlari va dasrliklar bilan ishladik.
Shuning natijasida yoshlar ma`naviyati darz ketdi.
Demak,
yoshlarni
Vatanparvarlik
ruhida
tarbiyalash
ishi
avvalo
ularda
milliy
qadriyatilamizni hurmat qilishdan, o‘zligimizni,
kimligimizni anglashni o‘rganishdan boshlanishi
lozim ekan.
Darsda va darsdan tashqari ishlarda Alpomish,
To‘maris, Shiroq kabi xalq qahramonlari, Amir
temur, Bobur, Ulug‘bek singari sarkardalarimizni,
Ibn Sino, Beruniy singari olim u
−
fuzalolarimiz
qarashlariga tez
−
tez murojaat qilishimiz yoshlarni
Vatanga muhabbat ruhida tarbmiyalash ishining
asosini tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda tarbiya
borasidagi jahon standartlariga ham e'tiborni
qaratish lozim.
Ota
−
onalarningiz hayotlar, turmush tarzlari, bola
shaxsida ilmiy dunyoqarashida ma`naviy,
axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy
omillarni shakllantirish maqsadida tizimli tasir
ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.
Bunda ijtimoiy va ma`naviy hayot ta`sirida
oilaning ham jiddiy yangilanib borayotganini
esdan chiqarmaslik lozim.
Oilalar shaxslar va qishloqlarimizni yagona
iqtisodiy
va ijtimoiy
umumiyligi
asosida
rivojlanmoqda. Ayni paytda oilaviy hayot va
oilaviy tarbiya o‘zining milliy xususiyatlariga
ham egadir. Bu esa oilaviy tarbiya usullari va
muhim umumiy va xususiy tomonlar rivojida
yaqqol
ko‘zga
tashlanadi.
Masalaning
murakkabligi o‘qituvchi, tarbiyasi, xalq ta`limi
xodimlari,
keng
jamoatchilik
oilaviy
taraqqiyotining hisobga olgan holda oilaviy
tarbiyaning
nazariy
va
amaliy
asoslarini
pedagogik jihatdan to‘g‘ri izohlanish va tegishli
uslubiy tasviyalar berishlari lozim. Ikkinchidan
esa
yangi
mustaqil
davlatimizning
shaxs
taraqiyotiga ko‘rsatayotgan pedagogik ta`sirini
aniqlash,
kelgusida
kutiladigan
natijalarni
chamalab olish ham lozim.
Agar oilada o‘zaro hamkorlik, o‘zaro yordam ,
bir
−
biriga ishonch holati mavjud ekan, bunday
oilada rostgo‘y, samimiy, mehribon o‘rtoqlariga
doimo yordam berishga tayyor bo‘lgan inson
kamol topadi. O‘zida odobli kishiga xos
fazilatlarni
mujassamlashtirgan
kishilarning
oilalarda doimo huzur xalovat va samimiy
hurmat qaror topadi.
Darhaqiqat, oila jamiyat hayotini olg‘a suruvchi
yanada yuksak bosqichlarda ko‘tarib ravnaq
toptiruvchi kelajak avlodlarni tarbiyalab voyaga
yetishtiruvchi, kamol toptirish uchun ma`sul
bo‘lgan g‘oyat muhim boshlang‘ich guruhidir.
Oila erkak va ayollarni to‘la teng huquqli oila
uchun barovar javobgarligi asosida quriladi.
Oiladagi daromadlarining oshishi bir tomondan,
ota
−
onalarni bilim saviyalari va madaniyat
hayotlari yaxshilanishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi
tomonidan oila a`zolarini yuqori ma`naviy
ehtiyojlarini
ijobiy
shakllanishiga
oilaviy
munosabatlarining takomillashuviga, boyishiga,
kattalar
va
kichiklar
orasidagi
muloqot
mazmuniga ijobiy ta`sir ko‘rsatmoqda. Atoqli
pedagoglar tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil
etish
shart
−
sharoitlardan
biri
ota
−
onalarini
savodxonligiga deb hisoblagan edilar. Masalan,
A.Avloniy o‘zining «Turkiy guliston yoxud
axloq» nomli asarida shunday deydi
«Tarbiyani
kimlar qilur
», «Qayerda qilinur
» degan
savolga keladur. Bu savolga birinchi uy
tarbiyasidir. Bu ona vazifasidir. Ikkinchidan
maktab va madrasa tarbiyasi bu ota muallim,
mudarris va hukumat vazifasidir deb javob bersa
bu kishi deyurki «Qaysi oilalarni aytarsiz bilimsiz
boshi paxmoq qulog‘i to‘qmoq onalarni
O‘zlarida yo‘q tarbiyani qanday olib berurlar»
der. Otasiga nima desak «Qaysi ota
−
To‘ychi
uloqchi, bazmchi, do‘mbirachi, karnayshi,
surnayshi ilm qadrini bilmagan ilm uchun bir
pulni ko‘zlari qiymagan zamonda xabarsiz
otalarni aytirursiz
Avval o‘zlarini o‘qitmoq,
tarbiya qilomoq lozimdir» der.
Agar
ota
−
onalarga
umumiy
ta`lim-tarbiya
berishdagi olimlarni tavsiyalari shahar, tuman
mehnat jamoalari, shuningdek mehnat va urush
faxriylari
maslahatlari
uchrashuvidagi
tavsiyalariga tayanilsa, so‘zsiz shu ishning
samaradorligi
yanada
oshadi.
Tarbiyaviy
maslaxatning
samaradorligini
oshirishda
ota
−
onalar majlisi muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktab o‘quvchilar ota
−
onalar majlisiga puxta
tayyorgarlik ko‘rishlari lozim.
Xulosa: Malumki, bola maktabga kelguncha
maktabda o‘qish davrida ham, asosan oilada
tarbiyalanadi. Oila bolalarning dunyoqarashi,
xulqi va didiga ko‘rsatishi tabiiy holdir.
Ota
−
onalarining bolalarni tarbiyalashdagi eng
birinchi vazifalari bolalar sog‘lig‘ini saqlashdir.
Ayniqsa,
ota
−
onalar
o‘zlarini
mehnat
faoliyatlarini, xulq atvorlari orqali na`munali
bo‘lishlari lozim. O‘zaro oilaviy jamoada yaxshi
iborali so‘zlashuvni tashkil etish ham maqsdaga
muvofiqdir.
Ota
−
onalar maktab o‘quv vazifalarini yaxshi
bajarishlarini taminlash uchun quyidagilarga
roiya qilsa maqul bo‘ladi
−
o‘quvchilarni mashg‘ulotlardan kechikishlariga
va darsga kech qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik
−
bolalarning mashg‘uloti uchun uyda unga qulay
joy tanlab berish belgilangan soatlarda o‘quv ishi
bilan band bo‘lish. Bilim ko‘nikmasini
shakllantinrish uy vazifalarini shoshilmay, aniq
bajarilish imoknini vujudga keltirish
−
bolalarni uy vazifalariga halollik bilan qarash,
o‘rgatish, bolalarni g‘ayrat bilan chidamini
oshirish
−
o‘quvchilarni vijdonli va rostgo‘y bo‘lishiga
ham bilmagan narsani yashirish, aldash mustaqil
ishlashdan bo‘yin tovlash, boshqalardan uy
vazifasini
ko‘chirib
olish
kabi
qanday
urinishlariga nafrat bilan qarashga o‘rgatish lozim
va h.k.
Oila, maktab va jamoatchilik hamkorligida
hozirgi kunimizni dolzarb masalalaridir. Chunki
birinchidan oila tarbiyasida oila, maktab va
jamoatchilik hamkorligini o‘zi murakkab jarayon,
bunda muallimlardan tashqari ishlab chiqarish
jamoalari, vakllar, yoshlar kasaba uyushmalari
ishtirok
etadilar.
Ikkinchidan,
ota
−
onalar
va
qarindosh urug‘lar turli mehnat jamoalari vakllari
bo‘lib ishlab chiqarish va yoru do‘stlarining
ma`naviy hayotlarida omillarni muhokoma qiladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Karimov I. “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”.-T.:
Ma`naviyat 2008.
2. Abdulla Avloniy. O‘son millat. Toshkent.: Sharq, 1993.
3. Axloq-odobga doir hadis namunalari. Toshkent.:Xalq
merosi, 1990.
4. Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari. Toshkent.:Fan,
1994.
5. Obidov M. Odob-axloq-ma`naviyat bulog‘i. Toshkent.:
Fan, 1991.
6. T.Esemuratova, G.Matmuratova “Xalq o‘g‘zaki ijodi
namunalari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
ma`naviy ehtiyojini shakllantirishning shart-sharayotlari”.
“Ta`lim va innovatsion tadqiqotlar” jurnalı №12/3 sonı
7. T.Esemiratova, G.Matmuratova, G.Utepova. “Basics
of teaching elementary school students based on
information and pedagogical technologies”. “Journal
of innovations in scientific and educational research”
2023 yil VOLUME-6, ISSUE-4 (30-APRIL)