O‘ZBEKISTONDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH SHAROITIDA RAQAMLI MOLIYA XIZMATLAR BOZORINI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI

HAC
Google Scholar
To share
Aripov, I. (2024). O‘ZBEKISTONDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH SHAROITIDA RAQAMLI MOLIYA XIZMATLAR BOZORINI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28082
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash sharoitida moliya xizmatlar bozorida raqamlashtirish tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari yoritilgan bo‘lib, raqamli moliya xizmatlar tushunchasi, uning jahon iqtisodiyotidagi ahamiyati, ushbu sohani rivojlanish tendentsiyalari o‘rganilib, xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan.

Similar Articles


background image

O‘ZBEKISTONDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIGINI

TA’MINLASH SHAROITIDA RAQAMLI MOLIYA XIZMATLAR

BOZORINI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI

Aripov Ilhom Mamirovich

1

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462546

Annotatsiya

: Ushbu maqolada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash sharoitida moliya xizmatlar bozorida

raqamlashtirish tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari yoritilgan bo‘lib, raqamli moliya xizmatlar tushunchasi, uning
jahon iqtisodiyotidagi ahamiyati, ushbu sohani rivojlanish tendentsiyalari o‘rganilib, xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

makroiqtisodiyot, barqarorlik, raqamli moliya, raqamli banklar.

Mamlakatimizda

raqamli

moliya

xizmatlar bozorini rivojlantirish, aholini sifatli
raqamli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish,

iste’molchilarning

iqtisodiy manfaatlarini

qo‘llab

-

quvvatlash, iqtisodiy islohotlarning hozirgi
davrida moliya xizmatlar bozorida raqamli
faoliyatni tashkil qilish zarurligini keltirib
chiqarmoqda.

Buning

boisi,

raqamli

iqtisodiyotning rivojlanib borishi natijasida
ijtimoiyiqtisodiy

faoliyatning turli yo‘nalishlarini

raqamlashtirish, ya’ni kichik korxonalardan

boshlab

davlat

boshqaruvidagi

barcha

tashkilotlarni qamrab olmoqda.

SHu bois,

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining 23.03.2018 yil

“Bank

xizmatlari

ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha

chora-

tadbirlar

to‘g‘risida”gi

PQ-3620-sonli

qarorida bank xizmatlari ommabopligining
dolzarb muammolari yuzasidan mavzuga oid
izlanishlar

olib

borish,

xalqaro

tajribani

o‘rganish

va uni

respublika bank xizmatlari bozorida

qo‘llash

yuzasidan takliflar ishlab chiqish, banklar va
ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va
konsalting xizmatlarini tashkil etish, masofaviy
bank xizmatlari

ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha

zamonaviy va ilg‘or

bank xizmatlari turlarini

amaliyotda joriy etish tashabbuslarini ilgari
surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish
kabi vazifalar belgilab berilganligi raqamli moliya
xizmatlar

bozorini

rivojlantirish

zarurligini

anglatadi.

Raqamli moliya xizmatlar bozorining

rivojlanishi bu bevosita moliya indisturiyasiga
axborot texnologiyalarining kirib kelishi bilan
xarakterlanadi.

XXI

asr boshlariga

kelib

banklarning ichki va tashqi jarayonlari, shunigdek
mijozlari bilan

o‘zaro munosabatlari to‘liq

raqamlashtirila boshlandi. 1980 yillarda tijorat
banklariga kompyuterlar kirib kelishi 1990 yillarga
kelib esa internetning rivojlanishi onlayn

banking, elektron tijorat bank modellarining
ravnaq topishiga olib keldi.

Bundan

tashqari

raqamli

moliya

xizmatlar bozori rivojlanishining yana bir muhim

omili bu dunyo bo‘ylab millionlab insonlar uchun

internetga

kirish

imkonini

beruvchi

smartfonlarning ommaviy bozorga kirib kelishi
bilan izohlanadi.

2011 yilda Google Wallet undan keyin

2014 yilda Apple pay tizimining ishga tushirilishi
odamlarning turli xil moliyaviy xizmatlardan

foydalanishlari uchun to‘lov

vositasiga aylandi.

Statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan
bo‘lsak

dunyoda

mobil

telefondan

foydalanuvchilar soni 2019 yilga kelib 5,11
milliarddan oshgan [1].

Moliya xizmatlar bozorida axborot

texnologiyalarning jadal taraqqiyoti, FinTech
kompaniyalar va raqamli banking rivojlanishi
raqobat muhitini keskin ravishda oshib borishga
olib kelmoqda.

Bugungi

kunga

kelib

rivojlangan

mamlakatlarda tijorat banklari

o‘z

xizmatlarini

“Digital

banking”,

“Mobil

banking”,

“Neobanking”lar orqali taqdim etib kelmoqda.

2018 yil

“PwC”

tomonidan

“Digital

champions”


background image

raqamli bank rivojlangan mamlakatlar reytingi

tuzildi, ushbu reytinga ko‘ra Daniyada 89%,

Norvegiyada 87%, SHvetsiya 86%, Xindiston 45%,

Rossiya 30%, O‘zbekistonda 9,58% aholi raqamli

xizmatlardan foydalanuvchilarni tashkil etgan [2].

“Innovation in Retail Banking” 2018 yil

hisobotiga ko‘ra, banklar iste’molchi

talablariga

javob berish uchun “Cloud technologies” kabi

bulutli texnologiyalardan,

ilg‘or tahlillar va yangi

tarqatish muqobillaridan foydalangan holda,
raqamlash va innovatsion tashabbuslarning

ko‘paytirishiga alohida ahamiyat berishlari kerak

ekan [3].

FIS xalqaro kompaniyasi ma’lumotlariga

ko‘ra mijozlarning umumiy qoniqish

darajasi

bo‘yicha Angliyadagi raqamli banklar an’anaviy
banklardan

o‘zib

ketgan.

Britaniyaliklar

qatnashgan

so‘rovnoma

natijalariga

ko‘ra

“raqamli

banklar”

mijozlarining

76%

o‘z

moliyaviy

muassasasidan

“juda

mamnun”

ekanliklarini qayd

etgan bo‘lsalar, dunyoning Top

-50 reytingiga

kiruvchi bank mijozlarida esa ushbu

ko‘rsatkich

69%ni tashkil etgan [4].

Raqamli moliya xizmatlar bozorining

afzalliklari shundaki, ushbu xizmat turidan

foydalanuvchilar o‘zlariga qulay va xamyon bop
bo‘lgan xizmat turini tanlash

imkoniyatiga ega

bo‘ladilar.

CHunki, raqamli moliya

mobil

telefonlar, shaxsiy kompyuterlar, internet yoki
ishonchli raqamli onlayn va oflayn

to‘lov

tizimiga

ulangan kartalar orqali taqdim etiladigan
moliyaviy xizmatlar bozoridir [5]. Raqamli moliya

ko‘plab

yangi moliyaviy raqamli mahsulotlar,

moliyaviy xizmatlar, moliya bilan

bog‘liq

dasturiy

mahsulotlar, innovatsion moliyaviy xizmatlar
provayderlari

va

FinTech

kompaniyalar

tomonidan

taqdim

etiladigan

aloqa

va

mijozlarning o‘zaro

munosabatlarining yangi

shakllarini qamrab oluvchi jarayon [5].

Raqamli moliyaviy xizmatlar an’anaviy

bank xizmatlariga qaraganda qulayroq va

arzonroq bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda

yashovchi qashshoq odamlarga moliya tizimida

mablag‘larni

tejash, kredit olish, moliyaviy

xizmatlardan osonlik bilan foydalanish va

iste’mol

qilishga imkoniyat yaratib beradi [6]. Bundan
tashqari raqamli moliya xizmatlarning bir qancha
afzaliklari mavjud

bo‘lib,

sekin rivojlanayotgan

mamlakatlarning iste’molchilariga arzon, qulay va

xavfsiz

bank

xizmatlarini

taqdim

etish

imkoniyatiga egadir.

So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab raqamli

moliyaviy xizmatlarning mavjudligi va ulardan
foydalanish yaxshilanishi millionlab mijozlarga
kassa

operatsiyalaridan

xavfsiz

raqamli

platformalardan rasmiy raqamli moliyaviy

operatsiyalarga o‘tishda

yordam berib kelmoqda

[7]. SHuningdek, raqamli moliya hizmatlari kichik,

o‘rta va

yirik biznes egalariga umumiy xarajatlarni

kamaytirishi mumkin bo‘lgan turli xil

moliyaviy

mahsulotlar,

xizmatlar

va

kreditlardan

foydalanish imkoniyatini taqdim etish orqali yalpi

ichki mahsulotni (YaIM) o‘sishiga yordam beradi,

buning natijasida mamlakatning iqtisodiy va
moliyaviy barqarorligi

ta’minlanadi.

“SHuningdek,

raqamli moliya hizmatlar bozori umumiy
xarajatlarni

ko‘paytirishga

yordam beradigan

platformani taqdim etish orqali hukumatga foyda
keltiradi, bu esa moliyaviy operatsiyalarning
oshishi

natijasida

soliq

tushumlarining

ko‘payishiga olib keladi”

[8,9].

Moliyaviy

hizmatlarning

raqamlashtirilishi natijasida fiskal va monetar
siyosatlarning samarasi oshadi, shuningdek,
raqamli moliyalashtirishning

to‘liq

amalga

oshirilishi bankdan tashqari soxta pullar
aylanmasini sezilarli darajada kamaytiradi.
Raqamli

moliya

hazmatlarning

boshqa

afzalliklariga

to‘xtaladigan

bo‘lsak,

iste’molchilar

o‘zlarining

shaxsiy moliyasini real vaqt rejimida

nazorat qilishi, tezkor moliyaviy qarorlar qabul

qilishi va bir necha soniya ichida to‘lovlarni

amalga oshirishi mumkin

bo‘ladi.

Olib borilgan

tahlil natijalariga

ko‘ra

mamlakatimizda

raqamli

moliya

xizmatlar

bozorini

rivojlantirish

bo‘yicha

quyidagi

muammolar

aniqlandi:

Mamlakatimiz AKTlarining

fundamental

darajasi, shu jumladan,

kommunikatsiya infratuzilmasining yomonligi va
qimmatliligi;

davlat

tomonidan

tadqiqot

va

ishlamalarga qilinayotgan xarajatlar ulushining
pastligi, universitetlar, ishlab chiqarish, biznes
va xususiy sektor o‘rtasidagi integratsiyaning
rivojlanmaganligi,

intellektual

mulk

to‘g‘risidagi

qonunlarning

takomillashmaganligi va unga rioya qilish
darajasining sustligi;


background image

viloyatlarda yashovchi aholining

raqamli texnologiyalardan foydalanish bilim va

ko‘nikma

darajasining pastligi;

venchur sarmoyasi kiritilishining
kamligi, patentlar berilishining
qiyinligi va

yangi innovatsion

g‘oyalarning

amaliyotga

tadbiq etilish darajasining pastligi;

moliya

tizimida

zamonaviy

texnologiyalar

va

axborot-kommunikatsiya

vositalaridan foydalanish darajasi

bo‘yicha

jahon

mamlakatlariga nisbatan mamlakatimiz orqada
qolayotganligi va nufuzli reytinglarda past

o‘rinda

ekanligi;

Yuqorida

tahlilqilingan

mamlakatlarda

AKT

infratuzilmasining rivojlanganligi, internet tezligining
yuqoriligi, raqamli texnologiyalarni yaratish va
foydalanish

ko‘rsatkichining

balandligi raqamli

moliya xizmatlar bozorining rivojlanishiga turtki

bo‘lgan.

So‘nggi

yillarda mamlakatimizda raqamli

moliya xizmatlar bozorining tarkibiy qismlaridan biri

bo‘lgan

“raqamli

banking”ni

rivojlantirish,

innovatsiyalarga asoslangan yangi xizmat turlarini
kengaytirish

va

mavjud

bank

xizmatlarini

takomillashtirish

davlatning

muhim

strategik

maqsadiga aylandi.

O‘zbekistonda

aholining

yangi

moliyaviy xizmat turlariga bo‘lgan talabining

oshishi mamlakatda raqamli moliya xizmatlar
bozorini

rivojlantirish

zaruriyatini

keltirib

chiqarmoqda.

Tahlillardan

shuni

ko‘rish

mumkinki, mamlakatimizda raqamli moliya
xizmatlar bozorini rivojlantirish uchun birinchidan
normativ-huquqiy

hujjatlarni

qabul

qilish,

ikkinchidan mamlakat aholisining bilim saviyasini

ko‘tarish,

uchinchidan “Digital” tizimi ostida

ishlovchi qurilmalar bilan ta’minlash va AKT

infratuzilmasini yaxshilash lozim [10].

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish

va

raqamli

moliya

xizmatlar

bozorini

rivojlantirishda

quyidagi

yo‘nalishlarda

islohotlarni faollashtirish lozim deb hisoblaymiz:

raqamli moliya xizmatlar bozorini

rivojlantirish

uchun

innovatsion

g‘oyalar,

texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish
sohasida universitetlar va ishlab chiqarish, biznes
va

xususiy sektor o‘rtasidagi

integratsiyasini

ta’minlash;

raqamli moliya xizmatlar bozorini

raqamli bank faoliyatining

ilg‘or

xalqaro tajribasini

o‘rganish

hamda raqamli bank

xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini
joriy etish;


raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirish

bo‘yicha

rivojlangan mamlakatlarning tajribasini

o‘rganish

hamda raqamli moliyaviy xizmatlar va

mahsulot turlarini joriy etishning institutsional
mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.

Adabiyotlar ruyxati:

1.

https://wearesocial.com/

blog/2019/01/digital-2019-
global-internet- useaccelerates

2.

www.pwc.ru/ru/publications/digital-
champions.html

3.

https://www.edgeverve.com/

4.

https://www.fisglobal.com/solutions/retail-
banking/digital

5.

Manyika, J., Lund, S., Singer, M., White, O., &

Berry, C. (2016). Digital finance for all: Powering
inclusive growth in emerging economies.

McKinsey

Global Institute

, 1-15.

6.

Gomber, P., Koch, J. A., & Siering, M. (2017).

Digital Finance and FinTech: current research and
future research directions.

Journal of Business

Economics

,

87

(5), 537-580.

7.

Haider, H. (2018). Innovative financial

O‘zbekiston Respublikasi hududini

rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global
tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar
to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;

raqamli

texnologiyalarini

ishlab

chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy
axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan

foydalangan holda amaliy ish ko‘nikmalariga ega
malakali kadrlarni tayyorlash, aholining bilim
saviyasini oshirish, ilmiy tadqiqot va amaliy
ishlamalarga xarajatlarni ko‘paytirish;

rivojlantirish

sohasidagi

tashabbuslar (startaplar)ni moliyalashtirish va
qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun grantlar
va kredit liniyalarini ajratish;


background image

technologies to support livelihoods and economic
outcomes. Helpdesk Report. Brighton, UK: Institute
of Development Studies

References

https://wearesocial.com/blog/2019/01/digital-2019-global-internet- useaccelerates

www.pwc.ru/ru/publications/digital-champions.html

https://www.edgeverve.com/

https://www.fisglobal.com/solutions/retail-banking/digital

Manyika, J., Lund, S., Singer, M., White, O., & Berry, C. (2016). Digital finance for all: Powering inclusive growth in emerging economies. McKinsey Global Institute, 1-15.

Gomber, P., Koch, J. A., & Siering, M. (2017). Digital Finance and FinTech: current research and future research directions. Journal of Business Economics, 87(5), 537-580.

Haider, H. (2018). Innovative financial technologies to support livelihoods and economic outcomes. Helpdesk Report. Brighton, UK: Institute of Development Studies

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов