Boshlang`ich sinf o`quvchilariga milliy tarbiyani o`rgatishda odobaxloq tarbiyasi

HAC
Google Scholar
To share
Esemuratova , T. ., & Matmuratova, G. (2024). Boshlang`ich sinf o`quvchilariga milliy tarbiyani o`rgatishda odobaxloq tarbiyasi. Modern Science and Research, 3(1), 1–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27878
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

maqolada muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan zamonaviy pedagogik ta’limda talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish, Odob-axloq normalariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Similar Articles


background image

Kalit so‘zlar:

Pedagogik ta’lim, tarbiya, talaba,

mustaqil hayot,

ilmiy-nazariy, asos, takomillashtirish, odob-axloq,

oila, ehtiyoj, baxtli bo‘lish, davlat, jamiyat, kuch, imkoniyat, yoshlar, o‘z fikri, yuksak ma’naviyat.

Annotatsiya

maqolada muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan zamonaviy pedagogik ta’limda talabalarni mustaqil

hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish, Odob-axloq normalariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Odob-axloq

bu jamiyatda, kishilar o`rtasida

kundalik

turmushda

zarur

bo`lgan

hatti

harakatlar,

urf

odatlar

normalari,

qoidalaridir. Barcha norma va qoidalarini kishilar
tomonidan ado etilishini nazorat etish va tartibga
solish ijtimoiy, yuridik asosda taminlanadi. Odob-
axloq qoidalari va normalar har bir xalqning
qadriyatlarida muhim o`rin egallaydi. Unda
o`sha xalqning turmush tarzi, madaniy saviyasi,
an`analari guruhi, dini ifodalanadi, aks etadi.
Shuning uchun axloq

odob qoidalari va

normalari o`sha xalqning bitmas tugalmas
ma`naviy boyligi hiosblanadi va millat darajasida
shakllanganlik darajasi deb qaraladi. Axloq

odob norma va qoidalari jamiyat taraqqiyoti bilan
rivojlanib, o`zgarib boradi. Bunda qardosh
xalqlar, mintaqada yashovchi xalqlar, millatlar
urf

odatlari bir

biriga ta`sir ko`rsatadi. Ilg`or,

qulay

urf

odatlar, an`analarga, an`analar

esa qadriyatlar darajasiga ko`tariladi.

Bugungi kunda yoshlarni yuksak ma`naviy g`oya
va milliy urf-odat, an`analar asosida tarbiyalash
dolzarb muammoga aylangan. Yuksak manaviy
g`oya va urf

odatlar hajmi nihoyatda keng va

serqirra

bo`lib,

ulardan

eng

muhimlari

iymonlilik,

Vatanni

sevish,

insonparvarlik,

do`tslik, o`rtoqlik, birodarlik , ongli intizom,
ijtimoiy faollik, halol mehnat, oila , davlat va
jamiyat oldidagi burchni anglash, tinch totuv
yashash uchun kurashish, hur fikrlilik kabilar.

Asosiy qism. Axloq

odobni bir biridan ajratib

bo`lmaydigan uch tarkibiy qismi bo`lib, ular bir
butunlikni tashkil etadi.

G`oyaviy

axloqiy ong

ijtimoiy hayotning

shaxs tasavvurlari, qarashlari va e'tiqodlariga aks
etishi va ifodalanishidir. U shaxs faoliyatida
qo`llaniladigan hayotiy tamoyillar bo`lib, u yoki
bu muammoni hal etish, xatti

harakat xulq

qoidalarini tanlashda namoyon bo`ladi.

G`oyaviy

axloqiy qadr

qimmat

shaxsning u

yoki bu xatti

harakat va urf

odatlariga

munosabati va ularni yaxshi yomonga ajratib
baholashda ifoadalanadi.

Bunda shaxsning butun hayoti davomida
intilishlar, hayot mazmunini belgilab beradigan
ideallari muhim rol o`ynaydi.

Axloqiy hissiyotlar esa shaxsning o`ziga,
boshqalarga ijtimoiy hodisalarga munosabatida
ifodalanadi. Shaxsning axloqiy hissiyotlari
g`ururi, or

nomus, vijdon , uyat, nafrat,

xudbinlik, mag`rurlik kabi shakllarda namoyon
bo`ladi.

Vatanparvarlik

va

baynalminallik

axloqiy

tarbiyada alohida o`rin tutadi. Hadisu Sharifda
Vatanni

sevmoq

iymondandir,

deb

bejiz

aytilmagan.

Tarbiyachi va o`qituvchi bolalarda Vatanga
muhabbat,

faxrlanish,

xalq

va

mamlakat

yutuqlaridan quvonish, uni dushmanlarga nafrat
tuyg`ularini tarbiyalaydi. Bolalarni Vatan ravnaqi
yo`lida va fidokorona mehnat qilishga
tayyorlaydi.

Baynalminallik

axloqiy

qoida

sifatida

vatanparvarlikni boyitadi, o`z milliy qobig`iga
o`ralib qolishiga yo`l bermaydi. Barcha xalqlar
bilan do`st bo`lib, tinchlik va taraqqiyot uchun
kurashga chorlaydi.

Boshlang`ich sinf o`quvchilariga milliy tarbiyani o`rgatishda

odob

axloq tarbiyasi

Esemuratova Turganbike Aytmuratovna

Matmuratova Gulistan Kamalatdinovna

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti

“Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi

katta

o‘qituvchi

lari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439350


background image

O`quvchilarni vatanparvarlik va baynalminallik
ruhida tarbiyalash ularda insonparvarlik hissini
ulg`aytiradi, turli millat va elatlar bilan do`st

inoq

yashashga o`rgatadi.

Mehnat

axloqiy

munosabatni

tarbiyalash

shaxsning

butun

ma`naviy

yo`nalishini

belgilaydi,

chunki

ishlamay,

kurashmay yashash mumkin emas. Mehnat

yashash manbai.

Bu axloqiy munosabat shaxsning mehnat
jarayonida namyon bo`ladigan yuksak ongida,
mehnatning hayotdagi ro`lini anglashida, xususiy
va jamoa mehnatiga tayyorgarlik, mehnatni
hurmat qilish va mehnatsevarlikda ifodalanadi.

O`quvchilar mehnat jabhalarida ishtirok e`tishlari
orqali o`zaro yordam, muvaffaqiyatli quvonish,
o`zi va o`rtog`i mehnatini adolatli baholash
fazilatlarni shakllantiradi.

Atrfodagi

kishilarga

axloqiy

munosabat

shaxsning jamoatchilik, ko`pchilik manfaatidan
ustun qo`yishdir.

Jamoatchilik

o`quvchida

insonparvarlik,

mehnatga

munosabat,

ongli

intizomni

shakllanitirishda yordam beradi.

Shaxsning o`ziga, o`z xalqiga axloqiy munosabtni
tarbiyalashni

bu o`quvchini o`z

o`zini ongli

intizom

ruhida

tarbiyalashga

o`rgatishdan

iboratdir. Intizom axloqiy norma bo`lib,
shaxsning fuqarolik qiyofasini belgilaydi.

Maktab

o`quvchilarini

quyidagi

intizom

normalariga ko`niktirish kerak

1.Qabul qilingan intizom qoidalariga o`qishda,
mehnatda, bo`sh vaqtlarida roiya qilishga ehtiyoj
sezish

2. O`z

o`zini nazorat qilish va o`z xulqini idora

qilish

3. Jamoada tartib buzayotgan, intizomsizlik
qilayotgan bolalarga qarshi faol kurashish.

Intizom asosida ong yotadi, uni iroda boshqaradi.
Ongli

intizomni

taminlaydigan

qat'iylik,

tashabbuskorlik, mustaqillik, o`zini tuta bilish,
uyushqoqlik irodaviy sifatlardir. Ongli intizom
vijdon va rostgo`ylik bilan bog`liq.

Axloqiy

munosabatlar

dastavval

oilada

shakllanadi. So`ng oiladagi munosabatlar bolalar
bog`chalarida, maktab va oliy o`quv yurtlarida,
jamoa joylarida takomillashadi. «Tarbiyani

deydi Abdulla Avloniy tug`ilgan kundan
boshlasak, vujudimizni quvvatlandurmaq,
fikrimizni

nurlandurmaq,

axloqimizni

go`zallandurmaq, zehnimizni ravshandurmaq
lozim ekan. Tarbiyani kimlar qilur

Qanday

qilinur

Bu savolga birinchi «uy tarbiyasi» deb

javob bermoq lozim». Demak, adib ham oila
tarbiyasiga ahamiyat beryapti.

Maktabda axloqiy tarbiya berishga xilma

xil

usullar qo`llaniladi. Quyida shu usullardan
namunalar keltiramiz

1.Axloqiy tarbiya o`qitish jarayoni bilan qo`shib
olib

boriladi.

Buyuk

nemis

pedagogi

A.V.Disterverg aytganidek, yaxshi o`qita bilgan
o`qituvchi yaxshi tarbiyalaydi ham.

2. Axloqiy tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli
o`quvchilar

va

o`qituvchilar

jamoasining

saviyasiga bog`liq. Buning uchun jamoa ahil va
inoq bolalar intizomli bo`lishi kerak.

3. Tarbiyaviy ishlarning rejali bo`lishi va
hamjihatlik bilan amalga oshirilishi axloqiy
tarbiyaning

muvaffaqiyatini taminlaydi.

A.

S.Makarenkoning «10 ta yuqori malakali, o`z
holicha ishlaydigan o`qituvchidan malakasi past,
bir yoqadan bosh chiqaradigan 1 ta o`qituvchi
afzal» deganini unutmaslik kerak.

4.Maktabda ijobiy meyoriy shart

sharoit yaratish

axloqiy tarbiya jarayoniga foydali ta`sir etadi.
Masalan,

Respublika

mustaqilligi

kuni,

«Navro`z» bayrami.

5 Barcha o`quvchilarning maktabdagi umumiy
va yagona tartib qoidaga roiya qilishlariga
erishish.

6. Axloqiy tarbiyada ongi, tushunchalarni
shakllantirishda tushuntirish, uqtirish, suhbat,
munozara, lektsiya, rag`batlantirish, jazolash
usullaridan foydalanish.

7.Axloqiy

odobni

shalklantirishda

mashq,

bolalarni turli faoliyatini uyushtirish .

8.Tarbiyaviy soatlar, (odobnoma) darslarini
saviyasini oshirish.

9. Mehnat ilg`ori, ilm

fan xodimlari, mehnat va

urush faxriylari, ko`p bolali onalar, iymonli
qariyalar,

hojilar

bilan

o`quvchilar

uchrashuvlarini uyushtirib borish.

10. Maktabda turli

tuman tadbirlar, adabiy

kechalar,

bayram,

olimpiada,

festival,

musobaqalar o`tkazish, kinoteatr. Televidenie


background image

ko`rsatuvlaridan, jumladan. «Otalar so`z

aqlning ko`zi», «Ma`rifatnoma» eshittirishlaridan
yangi tashkil etilgan «Ma`naviyat va ma`rifat»
markazi tavsiyalaridan foydalanish.

11. Dars jarayoni, sinfdan va maktabdan tashqari
mashg`ulotlarida Sharq qadriyatlari va milliy
an`analari aks etgan Quroni Karim, «Hadis»,
«Hotamnoma», «Odobnoma», «Hikmatnoma»,
«Bozornoma», Kaykovusning «Qobusnoma»,
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig», Nosir
Xisravning

«Saodatnoma»,

İbn

Sinoning

«Donishnoma»,

Sad'iyning

«Guliston»,

«Bo`ston», A.Navoyinning «Mahbubul qulub»,
Boburning

«Boburnoma»,

A.Avloniyning

«Turkiy guliston yoxud axloq», shuningdek,
Hamza,

Fitrat,

M.İsmoiliy,

X.To`xtaboev

asarlarini o`qib o`rganish lozim.

Maktab bolalari axloqiy tarbiyalash dars jarayoni
sinfdan yo maktabdan tashqari turli tuman
ishlardan olib boriladi. O`quvchilarda bilim
axborot, mahorat, malaka va odatlar beriladi.

Bolalar odob va odobsizlik haqida tushuncha
oladi. Ular axloqiy tushunchalar badiiy va ilmiy
adabiyotlar, hayot kinofilm va spektakllar orqali
anglaydilar.

O`quvchilarni axloqiy ruhda tarbiyalash xarakteri
xususiyatlarini tarkib toptiradi. Ularga maqsadga
intiluvchanlik, o`qish va ishda matonatli,
qat'iyatli,

tashabbuskorlik,

uyushqoqlik

qiyinchiliklarda qo`rqmaslik kiradi. Maktabda
axloq tarbiya berishda xilma

xil usullar

qo`llaniladi. Quyidagi usullardan namunalar
keltiramiz.

Maktabda talim bilan tarbiyani ajratib bo`lmaydi.
Vatanimizning istiqlol va taraqqiyoti kelgusi yosh
avlodni har tomonlama etuk bilimli, ongli, yuksak
axloqiy bo`lishiga bog`liqdir.

O`quvchilarni o`z xulqini axloqiy jihatdan
baholashlarini birinchi sinfdan boshlab o`rgata
borish kerak. Ular mehnatini sevish, mulkni
ehtiyot qilish, hurmat, rostgo`ylik, sofdillik,
vijdon, kamtarlik ma`nolarni tushunib olsin.
Maktabda bolalar yoshi, saviyasi va sinfiga qarab
«Mardlik va qo`rqoqlik», «Jamoa nima

»,

«Inson go`zalligi nimada

», «Axloq va odob»,

«Axloq va shaxs erkinligi», «Ona yurting omon
bo`lsa ...», «Baraka ko`pchilikda», «Jannat onalar
oyog`i ostida», «Inson odobi bilan», «Tijorat va
halollik» mavzularida suhbatlar o`tkazish maqul.
O`quvchiga kundalik yuritishni tavsiya etish
kerak. Unda «Bugun qanday ish qildim

»,

«Bugun qanday yomon ish qildim

», «O`zimdagi

qaysi siıfatni tuzatishim kerak va qanday qilib»
degan uch bo`lim bo`lishi kerak. Haftaning
oxirida «O`tgan haftadan qanoatlanamanmi

»

degan savolga javob yozishni tavsiya etish
darkor. U tarbiyaviy soatda yoki individual
suhbatda tahlil qilinadi.

Uzoq yillar milliy tarbiyamiz, ming yillik
urf

odatlar qadriyatlraimiz kamsitilishi, dinimiz,

tilimiz oyoq osti qilinishi oqibatida odamlar
orasida mehr

oqibat, diyonat, sharm

hayo,

andisha, or

nomus, halollik, kattalarga hurmat.

Kichkinaga e'tibor susayib ketdi. O`z tilimiz qolib
boshqa tilda gapirishdek, markazning yuborgan
o`quv dasturlari va dasrliklar bilan ishladik.
Shuning natijasida yoshlar ma`naviyati darz ketdi.
Demak,

yoshlarni

Vatanparvarlik

ruhida

tarbiyalash

ishi

avvalo

ularda

milliy

qadriyatilamizni hurmat qilishdan, o`zligimizni,
kimligimizni anglashni o`rganishdan boshlanishi
lozim ekan.

Darsda va darsdan tashqari ishlarda Alpomish,
To`maris, Shiroq kabi xalq qahramonlari, Amir
temur, Bobur, Ulug`bek singari sarkardalarimizni,
Ibn Sino, Beruniy singari olim u

fuzalolarimiz

qarashlariga tez

tez murojaat qilishimiz yoshlarni

Vatanga muhabbat ruhida tarbmiyalash ishining
asosini tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda tarbiya
borasidagi jahon standartlariga ham e'tiborni
qaratish lozim.

Ota

onalarningiz hayotlar, turmush tarzlari, bola

shaxsida ilmiy dunyoqarashida ma`naviy,
axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy
omillarni shakllantirish maqsadida tizimli tasir
ko`rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.
Bunda ijtimoiy va ma`naviy hayot ta`sirida
oilaning ham jiddiy yangilanib borayotganini
esdan chiqarmaslik lozim.

Oilalar shaxslar va qishloqlarimizni yagona
iqtisodiy

va

ijtimoiy

umumiyligi

asosida

rivojlanmoqda. Ayni paytda oilaviy hayot va
oilaviy tarbiya o`zining milliy xususiyatlariga
ham egadir. Bu esa oilaviy tarbiya usullari va
muhim umumiy va xususiy tomonlar rivojida
yaqqol

ko`zga

tashlanadi.

Masalaning

murakkabligi o`qituvchi, tarbiyasi, xalq ta`limi
xodimlari,

keng

jamoatchilik

oilaviy

taraqqiyotining hisobga olgan holda oilaviy
tarbiyaning

nazariy

va

amaliy

asoslarini

pedagogik jihatdan to`g`ri izohlanish va tegishli
uslubiy tasviyalar berishlari lozim. Ikkinchidan
esa

yangi

mustaqil

davlatimizning

shaxs


background image

taraqiyotiga ko`rsatayotgan pedagogik ta`sirini
aniqlash,

kelgusida

kutiladigan

natijalarni

chamalab olish ham lozim.

Agar oilada o`zaro hamkorlik, o`zaro yordam ,
bir

biriga ishonch holati mavjud ekan, bunday

oilada rostgo`y, samimiy, mehribon o`rtoqlariga
doimo yordam berishga tayyor bo`lgan inson
kamol topadi. O`zida odobli kishiga xos
fazilatlarni

mujassamlashtirgan

kishilarning

oilalarda doimo huzur xalovat va samimiy
hurmat qaror topadi.

Darhaqiqat, oila jamiyat hayotini olg`a suruvchi
yanada yuksak bosqichlarda ko`tarib ravnaq
toptiruvchi kelajak avlodlarni tarbiyalab voyaga
yetishtiruvchi, kamol toptirish uchun ma`sul
bo`lgan g`oyat muhim boshlang`ich guruhidir.
Oila erkak va ayollarni to`la teng huquqli oila
uchun barovar javobgarligi asosida quriladi.
Oiladagi daromadlarining oshishi bir tomondan,
ota

onalarni bilim saviyalari va madaniyat

hayotlari yaxshilanishiga sabab bo`lsa, ikkinchi
tomonidan oila a`zolarini yuqori ma`naviy
ehtiyojlarini

ijobiy

shakllanishiga

oilaviy

munosabatlarining takomillashuviga, boyishiga,
kattalar

va

kichiklar

orasidagi

muloqot

mazmuniga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Atoqli
pedagoglar tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil
etish

shart

sharoitlardan

biri

ota

onalarini

savodxonligiga deb hisoblagan edilar. Masalan,
A.Avloniy o`zining «Turkiy guliston yoxud
axloq» nomli asarida shunday deydi

«Tarbiyani

kimlar qilur

», «Qayerda qilinur

» degan

savolga keladur. Bu savolga birinchi uy
tarbiyasidir. Bu ona vazifasidir. Ikkinchidan
maktab va madrasa tarbiyasi bu ota muallim,
mudarris va hukumat vazifasidir deb javob bersa
bu kishi deyurki «Qaysi oilalarni aytarsiz bilimsiz
boshi paxmoq qulog`i to`qmoq onalarni

O`zlarida yo`q tarbiyani qanday olib berurlar»
der. Otasiga nima desak «Qaysi ota

To`ychi

uloqchi,

bazmchi,

do`mbirachi,

karnayshi,

surnayshi ilm qadrini bilmagan ilm uchun bir
pulni ko`zlari qiymagan zamonda xabarsiz
otalarni aytirursiz

Avval o`zlarini o`qitmoq,

tarbiya qilomoq lozimdir» der.

Agar

ota

onalarga

umumiy

ta`lim-tarbiya

berishdagi olimlarni tavsiyalari shahar, tuman
mehnat jamoalari, shuningdek mehnat va urush
faxriylari

maslahatlari

uchrashuvidagi

tavsiyalariga tayanilsa, so`zsiz shu ishning
samaradorligi

yanada

oshadi.

Tarbiyaviy

maslaxatning

samaradorligini

oshirishda

ota

onalar majlisi muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktab o`quvchilar ota

onalar majlisiga puxta

tayyorgarlik ko`rishlari lozim.

Xulosa: Malumki, bola maktabga kelguncha
maktabda o`qish davrida ham, asosan oilada
tarbiyalanadi. Oila bolalarning dunyoqarashi,
xulqi va didiga ko`rsatishi tabiiy holdir.
Ota

onalarining bolalarni tarbiyalashdagi eng

birinchi vazifalari bolalar sog`lig`ini saqlashdir.

Ayniqsa,

ota

oanalar

o`zlarini

mehnat

faoliyatlarini, xulq atvorlari orqali na`munali
bo`lishlari lozim. O`zaro oilaviy jamoada yaxshi
iborali so`zlashuvni tashkil etish ham maqsdaga
muvofiqdir.

Ota

onalar maktab o`quv vazifalarini yaxshi

bajarishlarini taminlash uchun quyidagilarga
roiya qilsa maqul bo`ladi

o`quvchilarni mashg`ulotlardan kechikishlariga

va darsga kech qolishlariga yo`l qo`ymaslik

bolalarning mashg`uloti uchun uyda unga qulay

joy tanlab berish belgilangan soatlarda o`quv ishi
bilan

band

bo`lish.

Bilim

ko`nikmasini

shakllantinrish uy vazifalarini shoshilmay, aniq
bajarilish imoknini vujudga keltirish

bolalarni uy vazifalariga halollik bilan qarash,

o`rgatish, bolalarni g`ayrat bilan chidamini
oshirish

o`quvchilarni vijdonli va rostgo`y bo`lishiga

ham bilmagan narsani yashirish, aldash mustaqil
ishlashdan bo`yin tovlash, boshqalardan uy
vazifasini

ko`chirib

olish

kabi

qanday

urinishlariga nafrat bilan qarashga o`rgatish lozim
va h.k.

Oila, maktab va jamoatchilik hamkorligida

hozirgi kunimizni dolzarb masalalaridir. Chunki
birinchidan oila tarbiyasida oila, maktab va
jamoatchilik hamkorligini o`zi murakkab jarayon,
bunda muallimlardan tashqari ishlab chiqarish
jamoalari, vakllar, yoshlar kasaba uyushmalari
ishtirok

etadilar.

Ikkinchidan,

ota

onalar

va

qarindosh urug`lar turli mehnat jamoalari vakllari
bo`lib ishlab chiqarish va yoru do`stlarining
ma`naviy hayotlarida omillarni muhokoma qiladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Karimov I. “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”.-T.:
Ma`naviyat 2008.
2. Abdulla Avloniy. O`son millat. Toshkent.: Sharq, 1993.
3. Axloq-odobga doir hadis namunalari. Toshkent.:Xalq
merosi, 1990.


background image

4. Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari. Toshkent.:Fan,
1994.
5. Obidov M. Odob-axloq-ma`naviyat bulog`i. Toshkent.:
Fan, 1991.
6. T.Esemuratova, G.Matmuratova “Xalq o`g`zaki ijodi
namunalari asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarining
ma`naviy ehtiyojini shakllantirishning shart-sharayotlari”.
“Ta`lim va innovatsion tadqiqotlar” jurnalı №12/3 sonı

7. T.Esemiratova, G.Matmuratova, G.Utepova. “Basics
of teaching elementary school students based on
information and pedagogical technologies”. “Journal
of innovations in scientific and educational research”
2023 yil VOLUME-6, ISSUE-4 (30-APRIL)

References

Karimov I. “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”.-T.: Ma`naviyat 2008.

Abdulla Avloniy. O`son millat. Toshkent.: Sharq, 1993.

Axloq-odobga doir hadis namunalari. Toshkent.:Xalq merosi, 1990.

Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari. Toshkent.:Fan, 1994.

Obidov M. Odob-axloq-ma`naviyat bulog`i. Toshkent.: Fan, 1991.

T.Esemuratova, G.Matmuratova “Xalq o`g`zaki ijodi namunalari asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarining ma`naviy ehtiyojini shakllantirishning shart-sharayotlari”. “Ta`lim va innovatsion tadqiqotlar” jurnalı №12/3 sonı

T.Esemiratova, G.Matmuratova, G.Utepova. “Basics of teaching elementary school students based on information and pedagogical technologies”. “Journal of innovations in scientific and educational research” 2023 yil VOLUME-6, ISSUE-4 (30-APRIL)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов