AHOLI DEMOGRAFIK JARAYONLARINI STATISTIK O‘RGANISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Zarina , S. (2024). AHOLI DEMOGRAFIK JARAYONLARINI STATISTIK O‘RGANISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI. Modern Science and Research, 3(1), 1–6. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28134
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada aholi bandligi tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida tahlil qilingan. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda bandlik va mehnat bozorini tartibga solishning modellari o‘rganib chiqilgan. Mazkur davlatlar tajribalaridan mamlakatimizda ishsizlikni qisqartirish va aholining ijtimoiy zarur mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni barqarorlashtirish sharoitida mehnat bozorini takomillashtirish, ishchi kuchiga amalda haqiqiy talab va taklif asosida bandlikni ta’minlash va unga ta’sir qiluvchi omillar statistik usullarda tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqolada aholini o‘sish dinamikasi va unga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlar tizimi statistik jadval va grafiklar, induksiya va deduksiya, statistik guruhlash, ekspert baholash, ilmiy abstraksiyalash, tahlil va sintez, dinamik qatorlar va iqtisodiy indekslar kabi turli statistik tahlil usullarida tahlil qilinib, olingan natijalar asosida ilmiy taklif va tavsiyalar keltirib o‘tilgan..

Similar Articles


background image

AHOLI DEMOGRAFIK JARAYONLARINI STATISTIK

O‘RGANISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI

Siroj Zarina Rustambekovna

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, Gavhar ko‘chasi. 1, Toshkent 100149, O‘zbekiston E-mail:

zarina36.84gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10466965

Kalit so‘zlar:

makroiqtisodiyot, aholishunoslik, demografik o‘zgarishlar, statistik tadqiqotlar, Milliy hisoblar
tizimi, retrospektiv tadqiqotlar, tabiiy o‘sish, aholi jon boshiga YaIM, YaMM, aholi daromadlari
va xarajatlari.

.

ANNOTATSIYA Maqolada aholi bandligi tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida tahlil qilingan. Sanoati rivojlangan

mamlakatlarda bandlik va mehnat bozorini tartibga solishning modellari o‘rganib chiqilgan. Mazkur davlatlar
tajribalaridan mamlakatimizda ishsizlikni qisqartirish va aholining ijtimoiy zarur mehnat bilan bandligini
ta’minlash bo‘yicha foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasida
iqtisodiyotni barqarorlashtirish sharoitida mehnat bozorini takomillashtirish, ishchi kuchiga amalda haqiqiy
talab va taklif asosida bandlikni ta’minlash va unga ta’sir qiluvchi omillar statistik usullarda tahlil qilingan.
Shu bilan birga, maqolada aholini o‘sish dinamikasi va unga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlar tizimi statistik
jadval va grafiklar, induksiya va deduksiya, statistik guruhlash, ekspert baholash, ilmiy abstraksiyalash, tahlil
va sintez, dinamik qatorlar va iqtisodiy indekslar kabi turli statistik tahlil usullarida tahlil qilinib, olingan
natijalar asosida ilmiy taklif va tavsiyalar keltirib o‘tilgan..

1 KIRISH

Mustaqillik yillarida aholining bandligi va

daromadlarini oshirish bo‘yicha katta ishlar amalga
oshirildi. Davlatimiz va hukumatimiz yuzaga kelayotgan
katta demografik vazifalar bois aholining jon boshiga
daromadlarini oshirish bilan bog‘liq murakkab
vazifalarni bajarishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Bugungi kunda mamlakat aholisining soni va

boshqa demografik jarayonlarini inobatga olmasdan
turib, mamlakat byudjetini rejalashtirib bo‘lmaydi.
Bandlikni oshirishning muhim elementlaridan biri
demografik jarayonlarni statistik o‘rganish hisoblanadi.

Aholishunoslikni

rivojlantirish

mamlakat

aholisi miqdorining dinamikasini va uning asosiy
manbalarini, aholi tabiiy ko‘payishidagi o‘zgarishlarni,
urbanizasiya va migratsiya dinamikasini, milliy va
ijtimoiy tarkibini hamda uning mehnat resurslari
bandligini tavsiflaydigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va
demografik jarayon hisoblanadi.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ko‘p

xususiyatlari

bilan

sobiq

ittifoq

davridagidan

farqlanadigan yangi demografik vaziyat yuzaga keldi.

Bunga

iqtisodiyotda

muvaffaqiyatli

tuzilmaviy

o‘zgarishlar, barqaror yuqori o‘sish ko‘lamlari natijasida
erishildi.

Mehnat resurslari, bandlik va ishsizlik

statistikasi ma‘lumotlari davlatning aholi bandligi va
mehnat bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab
chiqishi va istiqbolini belgilashi uchun zarurdir.
Shuningdek, potensial investorlar uchun respublika
hududlari yoki korxonalarida talab etiladigan (ta‘lim va
malakaviy) xususiyatlarga ega ishchi kuchining
muvofiqligi masalalarini yechishda, malakaviy ta’lim
muassasalarida bozor talablariga javob beradigan
mutaxassislarni tayyorlashning kasbiy tuzilmasini
shakllantirish uchun, korxonalarga kadrlar siyosatini
ishlab chiqish, ishchi kuchidan foydalanishni yaxshilash
zaxira(rezerv)larini izlash va tahlil qilish uchun hamda
alohida shaxslar uchun yangi ishni tez va samarali
topish, o‘zini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni
oqilona amalga oshirish va tashkil etish uchun
demografik axborotlar zarur hisoblanadi. Bugungi kunda
aholining ish bilan bandligini ta'minlash muammosi
jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim


background image

makroiqtisodiy xususiyatlaridan biri bo‘lib iqtisodiyotda
alohida ahamiyatga ega.

2021-2026-yillarga

mo‘ljallangan

Yangi

O‘zbekistonning

taraqqiyot

strategiyasida

[1]

mahallalarda yangi institut sifatida joriy qilingan
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash
va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha
tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar
yetakchilari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yish, vazifalari
belgilab berilgan. Xususan, “Yangi ish o‘rinlarini tashkil
etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat
dasturi” doirasida xorijdan qaytgan fuqarolarni manzilli
ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish orqali qayta
tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish belgilab
berilgan.

Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar jarayonida

aholi bandligini ta'minlash muammolarini tadqiq
etishning dolzarbligi birinchi navbatda, mazkur
tushunchaning evolyusion qarashlari va konseptual
yondashuvlarini tadqiq qilishni taqozo qiladi. Mazkur
tushunchaning

ijtimoiy-iqtisodiy

munosabatlari

mazmuni turli tuman shakllar vositasida ifodalanadi.

2 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR

TAHLILI

Mavzu doirasida ishchi kuchlarini migratsiyasi,

ularga yaratilishi lozim bo‘lgan shart sharoitlar (yashash
va ishlash huquqlari) va qisqa, o‘rta hamda uzoq
muddatli shartnomalarning, ish staji, kadrlar aylanmasi
darajasining ishlab chiqarishga ta'siri bo‘yicha S.Altorjai
[2] tomonidan olib borilgan tadqiqotda ko‘rish mumkin.
Mehnat bozori sifat xususiyati-ning eng muhim mezoni
uni infra-tuzilmasining rivojlanish darajasi ekanligi,
mehnat bozori infratuzilmasining ijtimoiyiqtisodiy
mohiyati, tarkibiy qismlari elementlari, asosiy vazifalari
va funksiyalarining ayrim jihatlari borasida Q.X.
Abduraxmonov tomonidan tadqiq etilgan. Akademik
Q.X. Abdurahmonov “Ish bilan bandlik – fuqarolarning
qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o‘z shaxsiy va
ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan,
ularga ish haqi va daromad keltiradigan faoliyatidir”, -
degan 4 ta'rifni beradi [3].

Ish bilan bandlik xizmatlari shakllanishi va

rivojlanishining

asosiy

yo‘nalishlari

Sh.R.

Xolmo‘minov, N.U. Arabovlarning [4] tadqiqotlarida
o‘z

aksini

topgan.

Iqtisodchi

olimlarimizdan

A.O‘lmasov va A.Vahobovlar fikricha “Bandlik mehnat
qobiliyatiga ega bo‘lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor
kishilarni ishga joylashib, foydali mehnat bilan mashg‘ul
bo‘lishlaridir” [5].

A.G. Gryaznov bandlikni ish-joy bilan

ta'minlash va xo‘jalik faoliyatida ishtiroki bilan bog‘liq

bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar to‘plami deb ataydi.
Uning fikricha, bandlik moddiy omillar ishlab
chiqarishga taalluqli iqtisodiy faol aholini tasvirlaydi.
Bandlikda jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi hamda
iste'mol qiluvchi kuchlari o‘zi namoyon qiladi. Chunki,
undagi ishlab chiqarishning ob'ektiv sharoitiga
munosabat, jami aholining takror ishlab chiqarish
sharoiti hisoblanuvchi mehnatkashlar yashashlari uchun
mablag‘lar olish vositasi bo‘lib xizmat qiladi[6].

V.A. Pivlenkov ta'rifi bo‘yicha, aholi bandligi –

bu qonunda belgilangan yoshga yetgan va hozirgi paytda
moddiy yoki pul shaklida daromadlar olib keladigan
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fuqarolardir [7].
E.R.Saruxanov tomonidan boshqacha ta'rif berilgan.
Bandlik - xodimlar ishtirok etadigan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlardir, ya'ni ular moddiy ne'matlar ishlab
chiqarish va takomillashtirishda insonlar faoliyatini
amalga oshiradilar [8]. L.A. Kostin fikriga
asoslanadigan bo‘lsak, bandlik - barcha iqtisodiy
formasiyalarga xos bo‘lgan universal iqtisodiy
kategoriyadir. Bandlik - bu mehnatkashlarning o‘zaro
hamkorlikdagi ijtimoiy munosabatlaridir [9].

Aholi bandligi - ijtimoiy ishlab chiqarishning

muhim tarkibiy qismi sifatida yuzaga keluvchi
murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida, aholini ish
joyi va bir vaqtning o‘zida insonni yashashi uchun
zaruriy

mablag‘

bilan

ta'minlovchi

ijtimoiy

munosabatlar sifatida jamiyatning asosiy ishlab
chiqarish kuchlari shakllanishini ta'minlaydi [10].

Bu yerda muallif ishlatgan ehtiyoj bu bir vosita,

mehnat – insonning birdanbir maqsadi emas, balki u
bekam-u ko‘st yashashi uchun buyumlarga zaruriyati
borligi tushuniladi. Inson o‘ziga zarur bo‘lgan
ne'matlarga ega bo‘lish uchun mehnat qiladi.

XVI asrda (1530-1596) fransuz siyosiy

yozuvchisi J.Boden tomonidan ham demografik bilimlar
birmuncha rivojlantirilgan. 1577-yili J.Bodenning
Angliyada “Respublikaning olti kitobi” nomli asari
nashr etilib, uning alohida bobida aholi va uning
daromadi statistikasini muntazam hisoblab borish har
qanday davlat uchun zarurligi qayd etilgan. J.Bodenning
zamondoshi italiyalik siyosiy yozuvchi D. Botero ham
o‘z asarlarida aholi statistikasiga alohida etibor qaratadi.
U aholi harakati haqida birinchilardan bo‘lib fikr
yuritgan olim hisoblanadi. D.Botero XVI asrda yashab,
tadqiqotlar olib borgan bo‘lsa-da, uning ijodi XX asrda
rossiyalik olimlar tomonidan juda yuqori baholanadi.
Ular D. Boteroni aholi Davlat statistika qo‘mitasi
huzuridagi 5 nazariyasining asoschilari sifatida tan
olishgan. D.Botero aholini juda tez ko‘payib borish
xususiyatini ta'kidlab, uni to‘xtatishda turli harakatlar,
ochlik, epidemiya va urushlarni omil sifatida ko‘rsatadi
[11].


background image

XVIII-XIX asrlarda Fransiyada ham aholini

statistik o‘rganish borasida tadqiqotlar olib borilgan.
Ushbu tadqiqotlarda aholi takror barpo bo‘lishi
jarayonlari ham o‘rganilgan. 1855-yilda Parijda A.
Giyyarning “Inson statistika elementlari yoki qiyosiy
demografiya”, 1881- yilda Jan Bertil'on tomonidan
yozilgan “Fransiya aholisi xarakterining statistikasi”
[12] nomli asarlari aholini statistik o‘rganishga
bag‘ishlanadi.

Aholishunoslik bo‘yicha “Statistik jurnal” bilan bir

qatorda boshqa ilmiy asarlarni ham ko‘rsatish mumkin.
Masalan, K.F. Germanning “Aholishunoslik haqida” deb
nomlangan ilmiy asarida Rossiya aholisi bo‘yicha
statistik tadqiqotlar natijalari berilgan. Muallif o‘z
asarida ko‘plab ma'lumotlar, jadvallar keltirgan,
xususan, aholining o‘lim darajasi haqidagi jadval
Rossiyada ilk bor qo‘llaniladi. 1811-yilda Rossiyada
vazirlikning statistik mahkamasi tuzildi. Bu mahkama
keyinchalik IIBning statistik bo‘limiga aylandi [13].

Tadqiqotchilar iqtisodiy o‘sish sur'ati, bandlik va

mehnat unumdorligi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikka
asoslangan holda sanoati rivojlangan mamlakatlarda
aholi bandligini rag‘batlantirish siyosatida bir qancha
modellarini ajratishadi. Jumladan, tadqiqotchilar bandlik
va mehnat bozorini tartibga solishning beshta: amerika
modeli (AQSh), skandinaviya modeli (Shvesiya,
Finlyandiya, Daniya, Norvegiya), anglo-saksoniya
modeli

(Buyuk

Britaniya,

Kanada,

Irlandiya),

kontinental yoki nemis modeli (Germaniya, Avstriya,
Belgiya, Niderlandiya, Shveysariya, qisman Fransiya)
va yapon modellarini ajratishadi. Ammo ayrim
tadqiqotchilar mamlakatlarni boshqacha guruhlashadi,
masalan, amerika modelini bo‘lak qilib ajratmasdan, uni
anglo-saksoniya modeliga qo‘shib yuborishadi,

2.1

TADQIQOT
METODOLOGIYASI

Tadqiqot metodologiyasini aholi bandligini ta'minlash
nazariyasi bo‘yicha mamlakatimiz hamda xorijiy
olimlarning olib borgan ilmiy ishlari natijalari,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
aholi bandligini ta'minlash va turmush farovonligini
oshirishga oid farmon va qarorlari tashkil etadi. Shu
bilan birga, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda aholi
bandligini ta'minlash modellarining o‘ziga xos
xususiyatlarini

o‘rganish,

O‘zbekistonda

aholi

bandligini ta'minlash siyosatini yuritishda foydali
jihatlarini amaliyotga kiritishda katta turtki bo‘lishi
mumkin. Shu nuqtai nazardan ushbu tadqiqotning
metodologik

jihati

mamlakatimizda

innovasion

rivojlanish g‘oyalarini amaliyotga joriy etish yo‘llarini
asoslashdan iborat.

2.2

TAHLIL VA NATIJALAR

Demografik jarayonlar juda ham bir-biriga zid va ko‘p
omillar ta'sirida bo‘ladi: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,
milliy, tabiiy va h.k. Masalan, hozirgi davrda Davlat
statistika

qo‘mitasi

huzuridagi

O‘zbekistonda

zamonaviy demografik jarayonlar o‘zining tarangligi va
keskinligi bilan farq qiladi. Mazkur jarayonlar asosida
mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yotadi. Shuni
qayd qilish darkorki, barcha demografik jarayonlar u
yoki bu miqdorda aholining bandligiga ta'sir qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2018-
yil 1-yanvar holatiga 32 656,7 ming kishini tashkil etib,
1991-yildagiga nisbatan 12 049 ming kishiga, ya'ni
58,5%ga o‘sgan (1-jadval).

1 O‘zbekistonda doimiy aholi soni dinamikasi

Yuqoridagi 1-jadvaldan ko‘rinadiki, 2001-yilda

O‘zbekiston jami aholisining 37,2 foiz shahar va 62,8
foiz qishloq aholisi tashkil qilgan bo‘lsa, 2001-yilga
nisbatan jami aholi soni 139,3 foizga, shahar aholisi
189,8 foizga va qishloq aholisida 109,4 foizga
o‘sganligini kuzatishimiz mumkin.

Aholi soni mamlakat va uning aholisi haqida

yetarli ma'lumot bera olmaydi. Buning uchun aholi
zichligi yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM
ko‘rsatkichlari hisoblab topilishi kerak va ushbu
ko‘rsatkichlar mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy holatini
aks ettirishi mumkin. Aholi zichligini ushbu formula
yordamida hisoblab topish mumkin:

Az = As /Hm (1)

Bu yerda: Az – aholi zichligi; As - aholi soni; Hm -
Hudud maydoni.



background image

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, aholi zichligi
yillar davomida o’sib kelishi hudud o’zgarmagan holda
aholi sonining ortishi zichlikning ortib borishiga olib
keladi.

2-rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki,

tug’ilganlar sonining (905,2 ming kishi) o’lganlar soniga
(174,4 ming kishi) nisbatan yuqori darajada o’sishi
tabiiy o’sishga sabab bo’lgan. Salbiy o’sish
ko’rsatkichlaridan biri bu nikohdan ajralishlar (15,6
ming kishidan 39,3 ming kishiga ortgan) hisoblanadi.

4

3 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

asosida Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Mamlakatimizda har yili aholi bandligini ta’minlash
bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda,
shuningdek bo‘sh va kvotalanadigan ish o‘rinlariga
ishga joylashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda,
o‘zini o‘zi band qilishning samarali shakllarini
rivojlantirish borasida ta’sirchan chora tadbirlar olib
borilmoqda. Yuqoridagi ko’rsatkichlar esa albatta shu
chora tadbirlarning natijasi hisoblanadi.

Mehnat bilan band bo‘lgan fuqarolar:
- yollanib ishlayotganlar, shu jumladan ishlarni

to‘liq bo‘lmagan ish vaqti mobaynida yoki uyda ish haqi
olib bajarayotgan, shuningdek,

haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan

vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan fuqarolar;

- kasallik, ta’til qayta tayyorgarlik, malaka

oshirish, ishlab chiqarishning to‘xtab turishi tufayli,
shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq vaqtinchalik
ishda bo‘lmagan xodim uchun saqlanib qoladigan
boshqa holatlarda ish joyida vaqtinchalik bo‘lmagan
fuqarolar;

- haq to‘ladigan lavozimiga saylangan yoki

tayinlangan fuqarolar;

- o‘zini mustaqil ravishda ish bilan

ta’minlovchi fuqarolar, jumladan, Tadbirkorlik faoliyati
bilan shug’ullanuvchilar,

hunarmadlar, dehqon xo‘jaliklari, ishlab

chiqarish kooperativlari a’zolari, fermerlar va
qonunchilik nazarda tutilgan boshqa faoliyat turlari bilan
shug’ullanuvchilar;

- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida,

jumladan, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar
vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida
xizmatni, shuningdek, muqobil xizmatni o‘tayotgan
fuqarolar va boshqalar;

- nodavlat notijorat tashkilotlarida, shu

jumladan, o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga
oshirayotgan diniy tashkilotlarda ishlovchilar. Ishga
joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan
aholi (ishsizlar) – qonun hujjatlariga muvofiq rasman
ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar,
shuningdek haq to‘lanadigan ishga yoki daromad
keltiruvchi mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, mustaqil
ravishda ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga
joylashishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli
yoshdagi vaqtincha mehnat bilan band bo‘lmagan
shaxslardir. Ularning to‘g’risidagi ma’lumorlar 2-
jadvalda keltirilgan.

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib

turibdiki, mamlakatimizda aholi sonining ortishi bilan


background image

iqtisodiyotimizda yangi ish o’rinlari yaratilishi sababli
bandlik darajasi turli omillar ta’sirida turlicha
ko‘rsatkichlarga ega bo’lmoqda. Masalan, 2016-yilda
Toshkent shahrida bandlik darajasi 75,4 foizni tashkil
qilgan bo’lsa, 2021-yilga kelib Toshkent shahrida
doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish tizimidagi o’zgarishlar
tufayli shahar aholisi soni o‘sgan va shuning hisobiga
uning tarkibida ishsizlar soni ham ortganligini
ko‘rishimiz mumkin.

Mamlakatda

kichik

biznes

rivoji

uchun

yaratilayotgan shart-sharoitlar va qo‘llab-quvvatlash
mexanizmlari samarali ishlayotganligi tufayli, aholining
ishbilarmonlik

qobiliyati

kengayishi,

yoshlarda

tadbirkorlik tashabbusi ortishi kuzatilmoqda. Bu jihatlar
o‘z navbatida, istiqbolli taklif va tashabbuslarni o‘z
vaqtida rag‘batlantirishga katta yo‘l ochib bermoqda.
Natijada, ish bilan band aholining aksariyat qismi aynan
kichik biznes sohasida mehnat qilmoqda, tarmoqning
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa ortmoqda. KBXT
rivojiga keng yo‘l ochib berilganligi aholi bandligining
oshishi va daromadlari o‘sishida muhim omil bo‘lish
bilan birga, iqtisodiyotni izchil rivojlantiruvchi, jamiyat
barqarorligini ta'minlovchi kafolat vositalaridan biriga
aylandi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga

joylashtirishning hisobot va prognoz balanslarini
quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqish zarur:

1. Aholi bandligini, birinchi navbatda, yoshlarni va

mehnatga layoqat yoshiga yetgan va birinchi marotaba
mehnat bozoriga kirib kelayotganlar bandligini
ta'minlash uchun ish o‘rinlari tashkil etish parametrlarini
aniqlash.

2. Mehnat bozori talab va taklifi balansi va

tuzilmasidagi nomutanosiblikni baholash.

3. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan va

iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasini
hisobga olgan holda mehnat bozori istiqbolini aniqlash.

4. Ta'lim muassasalari tomonidan kadrlar

tayyorlash miqdorini aniqlash.

Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston

Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini
ishga joylashtirish balansining namunaviy tuzilmasi.
Istiqbolni belgilashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun mazkur namunaviy
tuzilmada ko‘rsatkichlar nomi, ularni hisoblash
algoritmi, hisobot balansi, bahoda (joriy yil) va prognoz
balansi (kelgusi yil) o‘z aksini topishi kerak.

Shuningdek, namunaviy tuzilma satrlarida: mehnat

resurslari soni, ya'ni iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol
aholi soni turlari bo‘yicha; ishchi kuchi taklifi va unga
bo‘lgan talab hamda ular o‘rtasidagi farq (balans (+)

yoki (-) ) turlari bo‘yicha; toifalar kesimida aholining
ishga joylashtirish darajasi bo‘lishi lozim.

Ikkinchidan, mehnat resurslari, bandlik va aholini

ishga joylashtirish balansini shakllantirish uchun
ma'lumotlar taqdim etish sxemasi. Ushbu sxemada
ma'lumotlar mazmuni (nomi)ni, ma'lumotlarni taqdim
etuvchi vazirlik va idora nomini, ma'lumotni taqdim
etish muddatini hamda qayerga taqdim etilayotganini
aniq ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq.

Uchinchidan, mehnat resurslari, bandlik va aholini

ishga joylashtirish balansini ishlab chiqishning tashkiliy
sxemasi. Sxema chora-tadbirlar nomi, amalga oshirish
bosqichlari va muddatlari hamda ijro uchun mas'ul
tashkilotlarni qamrab olgan holda quyidagi to‘rtta
yo‘nalishda bo‘lishi lozim:

ma'lumot bazasini shakllantirish;

hisobot balansini ishlab chiqish;

prognoz balansini ishlab chiqish;

ularning amaliyotda qo‘llanilishi.

Yuqorida qayd etilgan namunaviy tuzilma va

sxemalar ishlab chiqilib, tasdiqlangandan keyin
respublikaning mutasaddi vazirlik va idoralari ushbu
tuzilma va sxemalar asosida O‘zbekiston Respublikasi
bo‘yicha jami va hududlarning mehnat resurslari,
bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot
balansini ishlab chiqish lozim. Shuningdek, hisobot
balansidan tashqari mutasaddi vazirlik va idoralar
bo‘yicha jami va hududlarning mehnat resurslari,
bandlik va aholini ishga joylashtirishning kelgusi yil
uchun prognoz balansi ishlab chiqilishi zarur:

aholi

sonining

prognoz

ko‘rsatkichlari

(demografik prognozi);

mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga

joylashtirishning hisobot balansi;

respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy,

iqtisodiyot

tarmog‘ini

rivojlantirish

prognoz

parametrlari; mehnat bozoriga kirayotgan ta'lim
muassasalari bitiruvchilari prognoz ko‘rsatkichlari;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari

tarmoqlarida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni baholash
to‘g‘risidagi ma'lumotlardan foydalaniladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, yuqorida qayd etib

o‘tilgan metodikani ishlab chiqish va uni amaliyotga
joriy etish orqali mehnat resurslari, bandlik va aholini,
ilk marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotgan
yoshlarni ishga joylashtirishni har tomonlama, sifatli
va ob'yektiv tahlil qilish, ish bilan bandlik darajasini
oshirish uchun zamin yaratiladi. Bu esa, an'anaga
ko‘ra har yil ish o‘rinlari tashkil etish va aholi
bandligini ta'minlash dasturi loyihalarini ishlab
chiqishda

foydalanish

va

amaliyotdagi

samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.


background image

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-
yanvardagi “2022- 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O’zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-son Farmoni. https://lex.uz/. 2022-y.

2. S.Altorjai, Overqualification of immigrants

in the UK, Institute for Social and Economic Research,
University of Essex. https://www.iser.essex.ac.uk 2013-
y.

3. R.Lowenstein, An excellent description of

the academic debate over how to measure the labor
market impact of immigration and how this discussion
has influenced the U.S. policy debate. The Immigration
Equation, New York Times Magazine, July 9 2006-y.

4. Q.X. Abduraxmonov Mehnat iqtisodiѐti

(darslik). -T.: Mehnat. 2009 y.. 508-519 b.

5. A. Olmasov, A. Vahobov Iqtisodiyot

nazariyasi.Darslik. – T.:Iqtisodmoliya, 2014-y. 420- 424
b.

6. Шуваева Е.В. Занятость как важнейший

элемент трудовых отношений // Актуальные
вопросы

экономических

наук:

Материалы

международ. науч. конф.- Уфа : Лето, 2011.34-42 c.

7. Павленков В.А. Рынок труда. Занятость.

Безработица. М.: МГУ, 2004 г..- 580-584 с.

8. Саруханов Э.Р. Проблемы занятости в

период перехода к рынку. СПб.: СПбУ. ЭФ, 2001г.-
254-258 с.

9. Костин Л.А., Зущина Г.М., Султанова Р.М.

Рынок туда и теория занятости: учебное пособие. М.:
АТиСО, 1997г.- 420-424 с
10. Sh.R. Xolmo‘minov Mehnat bozori rivojlanishining
tahlili. Jamoaviy Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O‘zbekiston statistika axborotnomasi”
ilmiy elektron jurnali. 2022-yil, 4-son 12 monografiya.
T.: Fan va texnologiya. 2016.- 137 b.
11. Шелестов Д.К. Демография: История и
современность.-М.1983г. 21-34 с.
12. M. Bo‘rieva Demografiya asoslari. – T.,. 2001-y. 12-
13-b
13.

Дружинина,

В.В.

Обеспечение

сбалансированности

местного

рынка

труда:

зарубежный опыт. // Научный Вестник Херсонского
государственного университета. – 2014 г. – № 6. 124–
128 с

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022- 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. https://lex.uz/. 2022-y.

S.Altorjai, Overqualification of immigrants in the UK, Institute for Social and Economic Research, University of Essex. https://www.iser.essex.ac.uk 2013-y.

R.Lowenstein, An excellent description of the academic debate over how to measure the labor market impact of immigration and how this discussion has influenced the U.S. policy debate. The Immigration Equation, New York Times Magazine, July 9 2006-y.

Q.X. Abduraxmonov Mehnat iqtisodiѐti (darslik). -T.: Mehnat. 2009 y.. 508-519 b.

A. Olmasov, A. Vahobov Iqtisodiyot nazariyasi.Darslik. – T.:Iqtisodmoliya, 2014-y. 420- 424 b.

Шуваева Е.В. Занятость как важнейший элемент трудовых отношений // Актуальные вопросы экономических наук: Материалы международ. науч. конф.- Уфа : Лето, 2011.34-42 c.

Павленков В.А. Рынок труда. Занятость. Безработица. М.: МГУ, 2004 г..- 580-584 с.

Саруханов Э.Р. Проблемы занятости в период перехода к рынку. СПб.: СПбУ. ЭФ, 2001г.-254-258 с.

Костин Л.А., Зущина Г.М., Султанова Р.М. Рынок туда и теория занятости: учебное пособие. М.: АТиСО, 1997г.- 420-424 с

Sh.R. Xolmo‘minov Mehnat bozori rivojlanishining tahlili. Jamoaviy Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali. 2022-yil, 4-son 12 monografiya. T.: Fan va texnologiya. 2016.- 137 b.

Шелестов Д.К. Демография: История и современность.-М.1983г. 21-34 с.

M. Bo‘rieva Demografiya asoslari. – T.,. 2001-y. 12-13-b

Дружинина, В.В. Обеспечение сбалансированности местного рынка труда: зарубежный опыт. // Научный Вестник Херсонского государственного университета. – 2014 г. – № 6. 124–128 с

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов