TO`Y MAROSIMLARINI TEJAMKORLIK BILAN O`TKAZISHDA NURONIYLARNI TUTGAN O`RNI

HAC
Google Scholar
To share
Axmedov, Z. (2024). TO`Y MAROSIMLARINI TEJAMKORLIK BILAN O`TKAZISHDA NURONIYLARNI TUTGAN O`RNI. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28161
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mustaqillika erishganimizdan so`ng davlatimiz tomonidan nuroniylarga berilayotgan e`tibor hamda o`zbek davlatchiligi tajribasidan kelib chiqib, keksalar duosi albatta qabul bo`lajagiga ishonib, ularni hurmatini joyiga qo`yib, bugungi globallashuv davrida Yangi O`zbekistonda yoshlar tarbiyasida ularning hayotiy tajribasidan foydalanib, aytgan o`gitlariga amal qilib, jamiyat va davlat boshqaruvida ularning o`rnini oshib borishini ko`rsatish.

Similar Articles


background image

TO`Y MAROSIMLARINI TEJAMKORLIK BILAN

O`TKAZISHDA NURONIYLARNI TUTGAN O`RNI

Zoir Axmedov

1

Mustaqil tadqiqotchi: Jizzax viloyati, Sh. Rashidov tumani 49-maktab

Yoshlar masalalari va ma’naviyat ishlar

bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

13-maktab direktor o`rinbosari Fotima Qosimova

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467025

Annotatsiya:

Mustaqillika erishganimizdan so`ng davlatimiz tomonidan nuroniylarga berilayotgan e`tibor hamda o`zbek

davlatchiligi tajribasidan kelib chiqib, keksalar duosi albatta qabul bo`lajagiga ishonib, ularni hurmatini joyiga
qo`yib, bugungi globallashuv davrida Yangi O`zbekistonda yoshlar tarbiyasida ularning hayotiy tajribasidan
foydalanib, aytgan o`gitlariga amal qilib, jamiyat va davlat boshqaruvida ularning o`rnini oshib borishini
ko`rsatish.

Kalitso`zlar:

Nuroniylar maslahati, mahalla, to`ylar haqida jadidlar fikrlari, hukumat qarorlari, tejamkorlik haqida Qur`oni

karim va hadis ilmlardagi muqaddas so`zlar, nikoh haqida tarixiy shaxslar o`gitlari.

1 KIRISH

O‘tgan asr boshlarida milliy madaniyatimiz

ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan jadidlar millatni
yuksaltirishning asosiy omili xalq turmush tarzi,
dunyoqarashini o‘zgartirish, odamlarni zamonaviy
fikrlashga o‘rgatishdir, degan xulosaga kelishgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18
fevraldagi PQ-4602-son

“O‘zbekiston Respublikasi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi

Qarori,

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18
fevraldagi

“Jamiyatda ijtimoiy-ma`naviy muhitni

sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada
qo`llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar
bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish
chora-tadbirlari

to`g`risida”gi PF-5938-sonli

Farmoni

qabul qilindi. Mazkur Farmonning 11-

bandiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Mahalla
va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi hududiy
bo`linmalari boshliqlarining keksalar va faxriylar
ishlari

bo`yicha

o`rinbosarlari-nuroniylar

jamoatchilik kengashlari raislari etib belgilangan.
Farmon ijrosini ta`minlash maqsadida

O`zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23
maydagi “Qoraqlpog`iston Respublikasi,

viloytlar,

Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda
nuroniylar jamoatchilik kengashlarining tashkil etish
chora-tadbirlari to`g`risida” gi 326-sonli qarori bilan
viloyatlar, shaharlar va tumanlarda nuroniylar
jamoatchilik kengashlari tashkil etilgan. Ushbu
qarorda va tasdiqlangan namunaviy Nizomda
nuroniylar

jmoatchilik

kengashlarining

asosiy

vazifalari

va

yo`nalishlari,

vakolatlari

va

majburiyatlari hamda ularning ishini tartibli tashkil
etish bo`yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.

Adabiyotlar tahlili.

Abdurauf Fitrat, Abdulla

Avloniy, Mahmudxo`ja Behbudiy

kabi ulug`

ajdodlarimiz ta`lim-tarbiya, axloq-odob haqida
qanchalik

qayg`urgan

bo`lishsa,

milliy

qadryatlarimizning ajralmas qismi bo`lgan to`y
haqida ham shu qadar kuyunib yozishgan.

Ma`rifatparvar bobolarimiz dabdabali to`ylarni
madaniyatsizlik, ma`naviy qashshoqlik belgisi, deb
bilishgan. Bir so`z bilan aytganda, to`y-ma`rakalar
mavsusi bugun ham

nuroniylar aralashuvisiz

o`tmaydi.

O‘zbek

adibi,

tarixchi

va

tilshunos,

ma’rifatparvar

shoir

Isxoqxon

To‘ra

Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat

“Hali ham biz o‘z

dinimizga harakat qilmay, aqcha topsak, ho-yu havas,
ovloq to‘ylarga o‘n ming so‘m behuda isrof qilamiz”,


background image

{1,3} deya xalqni mashaqqat bilan topilgan
mablag‘ni o‘tkinchi havasga emas,

farzandlarning

ilm-hunar egallashi uchun ishlatishga da’vat
etgan.

Jadid adabiyotining yetuk vakili Abdulhamid

Cho‘lpon “...

ilgari vaqtlarda bundog‘ behuda

isroflik to‘ylar ham bo‘lmasdi...” {1,3}

deya “Sadoi

Farg‘ona” gazetasida xalqni ortiqcha mol-mulkni
millat ravnaqi yo‘lida sarflashga chaqirgan. Turkiston
musulmonlari

s’ezdida

“Sho‘roi

Islomiya”

tashkilotining to‘y va ma’rakalarni

tartibga solish

to‘g‘risidagi qarori muhokama qilingan.

1917 yil 27

aprelda “Najot”

gazetasida chop etilgan mazkur

qarorda sovchilik, fatir, kichik to‘y, qozon qaytarish,
yuz ko‘rar, hayitda mol yoyib, kelin ko‘rmoq, sandiq
to‘la sarpo bermoq, mashinalarda ko‘plab ko‘rpa -
yostiq, yuk yubormoq taqiqlangan. Bunga amal
qilmaganlarga

jarima

solinib,

qozilar

orqali

undirilishi bayon etilgan.

Demak,

yuz yil ilgari ham

to‘y-ma’raka va boshqa oilaviy tadbirlarni
o‘tkazishda muammolar bo‘lgan. Dabdabali to‘y
orqali

shuhrat

qozonishni

salbiy

oqibatlari

Muqimiyning

“To‘y”,

“Iqonbachcha”,

Qodiriyning

“To‘y”,

“Baxtsiz

kuyov”,

Shuhratning “Besh kunlik kuyov”

asarlarida,

shuningdek, “Mahallada duv-duv gap”, “Uchrashuv”
kabi o‘lmas filmlarda tanqid qilingan.

Ma’lumki,

xalqimiz o‘tmishda og‘ir yillarni boshidan
kechirgan.

Qanchalik qiynalmasin, boriga shukur

qilib, sabr-qanoat bilan yashagan. Bugun yurtimiz
tinch, yon atrofimizga boqsak, mudom yangilanish,
bunyodkorlik shukuhini his etamiz. Shu aziz yurt
ravnaqi yo‘lida xizmat qilish, jamiyatda munosib
o‘rin topishga bo‘lgan ishtiyoq tobora kuchayib
boraveradi. Xo‘sh, shunday sharoitda nima uchun
yillar davomida topgan mablag‘imizni

jadid

bobolarimiz aytganidek,

farzandlar kamoliga emas,

bir-ikki kunlik to‘yga sarflashimiz kerak?

Bu haqda

jurnalist Lobar Jalilova Toshkent viloyati bir
guruh faollari bilan suhbati haqida quyidagilarni
keltiradi:

“Afsuski, oramizda “O‘z pulimga to‘y

qilyapman, boshqalar aralashmasin” qabilida fikr
yuritadigan kishilar ham yo‘q emas. Ular bilan
ko‘proq tushuntirish ishlari olib borishdan
erinmayapmiz, – deydi Toshkent viloyati Olmaliq
shahar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari
faoliyatini muvofiqlashtirish kengashining diniy-
ma’rifiy ishlar bo‘yicha

bosh mutaxassisi Dilbar

O‘rinboeva

.

– Binobarin, dabdabali to‘ylar oqibatida oilaviy
ajrimlar ko‘paymoqda. Masalan, shu yilning (2018)
birinchi choragi davomida Bobur mahallasida

8 ta

oila ajralib ketdi. Shulardan birining sababini
eshitsangiz, hayron qolasiz. O‘rtahol oila farzandi
bo‘lgan o‘g‘il kelin tanlagan qimmatbaho oq libosni

olib bermagan. To‘y esa bekor qilingan. Holbuki,
yoshlar qonuniy nikohdan o‘tib bo‘lishgan edi.
Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida

7

may kuni Toshkent davlat texnika universiteti
Olmaliq filialida barcha mahalla raislari ishtirokida
suhbat o‘tkazildi”.{2,3}

Demak,

inson hayotining

mazmuni faqat to‘y bilan belgilanmaydi. To‘y
kelgusida farovon, ahil va tinch-totuv yashash uchun
qo‘yiladigan ilk qadamdir. Hamma gap qanday oila
barpo etishda. Bu esa, avvalo, dunyoqarashimiz va
tafakkurimizga bog‘liq masaladir.

O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi

Qonunchilik

palatasi

va

Senati

Kengashlarining 2019 yil 14-sentyabrdagi

“To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va
marosimlar o`tkazilishini tartibga solish tizimini
yanada takomillashtirish tog`risida” gi

2736-

III/QQ-592-III-sonli

qo`shma

qarorining

tartibli o`tkazish bo`yicha komissiyalarning
ishini

yanada

jonlashtirishda

nuroniylar

jamoatchilik

kengashlari ham faol ishtirok

etmoqda. Bu haqda

Toshkent shahar nuroniy

jamg`armasi raisi, senator Rustam Kolonov
quyidagilarni keltiradi. Jumladan;

“3 451 nafar

yoshning nikoh to`ylari Nuroniylar maslahat
kengashlari orqali ixcham tarzda o`tkazishga
erishildi”. {3,6}

Bugungi kunda aholisining

asosiy qismi musulmon bo‘lgan davlatlarda, hatto
neftga boy Yaqin Sharq mamlakatlarida ham
qashshoqlik muammosi mavjud. Qashshoqlik
boshqa musibatlar kabi Ollohning sinovi yo
bandaning Yaratgan oldida maqomi ortishiga
sabab yoki qilgan gunohlariga jazo bo‘lishi
mumkin. Biroq inson o‘z-o‘zidan qashshoqlashib
qolmaydi. Bunga asosan, uning shariat ruknlariga
amal qilmasligi yoki noz-ne`matlarni isrof qilishi
sabab bo‘ladi. Ushbu dolzarb masala necha o‘n
yillardan beri xalqimizning o‘tkir muammolaridan
biri bo‘lib kelmoqda. XX asr boshida jadid
bobolarimiz

to‘y-ma’rakalarimizdagi

isrofgarchilik va dabda-babozlikning millatimizni
ma’naviy

tanazzul

va

qashshoqlikka

yetaklaydigan illat ekani haqida kuyunib yozgan
edi.

Fikrimizni

isboti

sifatida:

Ulug‘

ma’rifatparvar

bobomiz

Mahmudxo‘ja

Behbudiy millatimiz taraqqiyotiga to‘g‘anoq
bo‘ladigan ikki narsa bor: bu – to‘y va azadir,
deb ayni haqiqatni yozgan edi”. {4, 3}

Barcha

zamonlarda ham to‘y bo‘lgan. Ammo ota-
bobolarimiz

me’yorga

rioya

etganlar,

isrofgarchilikdan

tiyilganlar.

Hozir

ham

keksalarimiz uchun

tejamkorlik muhim taomil

hisoblanadi.

Bunga tarixdan mashhur bir hadisni

misol qilib keltiramiz. Bu haqda Qur’oni karimda:


background image

“Englar, ichinglar, lekin isrofgarchilikka yo‘l
qo‘ymanglar.

Zero,

Alloh

taolo

isrof

qilguvchilarni sevmagay”

, {4,3}deb buyurilgan.

To‘y tugagach, dasturxonda non ushoqlari sochilib
yotganini ko‘rib, inson dilini xira qiladi.

Demak,

isrofgarchilik va manmanlik dinimiz talablariga
ham zid. Ayrimlar bunga amal qilmayotgan ekan,
aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini yanada
kuchaytirish kerak. Afsuski, yillar o‘tsa-da,
zamon o‘zgarib borayotgan bo‘lsa-da, milliy
taraqqiyotimizga katta to‘siq va g‘ov bo‘lib
kelayotgan bu illatga barham berish, to‘y-
ma’rakalarni ixcham, zamonaviy ko‘rinishda
o‘tkazish o‘rniga, to‘ydan oldin va keyin
bo‘ladigan kerakli-keraksiz tadbirlarni o‘ylab
topish, dabda-babozlik qilib, haddan ziyod
isrofgar-chilikka yo‘l qo‘yish holatlari tobora
kuchayib bormoqda. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat
qiladi:

“Tejamkor bo‘lgan (kishi) kambag‘al

bo‘lmaydi” (Imom Ahmad, Ibn Abu Shayba va
Bayhaqiy rivoyati

)”.{5,4}

Hadis tarjimasidagi

“tejamkorlik”

so‘zi arabiy matnda “iqtisod” deb

keltirilgan. Mazkur lafz

“sarf-xarajatda o‘rtacha

yo‘l tutish, isrof ham, baxillik ham qilmay,
me’yorida sarflash” ma’nosini anglatadi.

Amallar va holatlarning eng yaxshisi o‘rtachasidir.
Shu jumladan, turmush uchun kerak bo‘ladigan
narsalardagi sarfda ham o‘rtaliq faqat foyda va
baraka keltirishini farzandlarimizga ko‘rsata
bilishimiz kerak. Ba’zilar tejamkorlikni baxillik
bilan almashtirib, bu ikkisi orasida katta farq
borligini anglamaydilar.

Keksalar oilalarni

poydevori, hikmati, aql-tafakkuri, ziynati, toji-
tarozisi, kamtarlik,

samimiylik, komillik, ibrat

namunasi. Shu bois, keksalar oila iqtisodida
jamg‘armaning o‘rni hisoblanadi. Keksalar
oilaning jami puli, daromadlari va sarf-xarajatlari
oila jamg‘armasini himoya qilish, o‘z o‘rnida
sarflash manbayidir.

Hozir tongga qadar davom

etadigan nikoh bazmlariga deyarli barham
berilgan.

Bu haqda Nuroniy gazetasi muxbiri

Adiba

Umarova

quyidagilarni

keltiradi:

“Ammo besh-olti yuz kishilik to‘yxonalarda ahvol
o‘sha-o‘sha. Yaqinda ana shunday to‘ylarning
birida bo‘lib, atrofni obdon kuzatdim. To‘y
dasturxoni

eng

sara

noz-ne’matlar

bilan

bezatilgan. Qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni
chiroyli liboslarni kiygan. Faqat ma’naviyat
masalasida hali ham oqsayotganimiz ko‘rinib
qolmoqda. Ochig‘i, ayrim xotin-qizlar, yoshlarni
sarxush holatda ko‘rib, o‘zimni noqulay sezdim.
Hatto kelin-kuyovni ham spirtli ichimlik ichishga
majbur etishgani dilimni xira qildi”.{6,3}

Turmushning nozik tomonlariga nega e’tibor
bermayapmiz? Ichkilik oqibatida nogiron bolalar
dunyoga kelayotgani hech kimga sir emas-ku! Shu
o‘rinda, Amir Temur bobomizning purhikmat
o`gitlarini keltirib o`tishni vaqti deb bildik:

“O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimga
biron tomchi sharob ichib, jufti haloliga
yaqinlashishni ma’n etdim. Sharobning
ta’sirida dunyoga kelgan farzand nasl-
nasabning buzilishiga ta’sir etgay, deb shu
pokiza yo‘lni tutdim”,

yozib qoldirgan.

Albatta, har bir ota-onaning eng katta orzu-

niyati jondan aziz far-zandining baxtu iqbolini
ko‘rishdir. Lekin bunga faqat dabdabali to‘y qilish,
moddiy boylik to‘plash bilan erishib bo‘lmaydi.
Bunga hayotda ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Fikrimizni isboti sifatida, Turkistonda XIX asr
oxiri-XX asr boshlarida ilm-fan, ma`naviyat
sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu
muvaffaqiyatlarga erishishda jadidlarning o`rni
katta bo`ldi.

Nusratulla Qudratilla qalamiga

mansub “To`y” asarida oilaviy va shaxsiy
fojialar sababchisiga aylangan serchiqim ba`zi
urf-odatlar va an`analar tanqid ostiga olindi.

Pyesada oila boshlig`ining serhasham sunnat to`yi
uchun puli yetmay qolganida qarz olishga majbur
bo`lganligi va ko`p o`tmay to`lovga layoqatsizligi
oqibatida

qarzdorning

qamoqqa

oliishi

ko`rsatilgan. Bu asar tarbiyaviy tomoni bilan
xalqimiz ongida katta taasurot qoldirgan. Bunday
bema’niliklarga barham berib, millatimizga xos
bo‘lgan an’analarga qaytish choralarini ko‘rish,
avvalo,

to‘y

sohiblari,

qolaversa,

keng

jamoatchilikning

vazifasi.

Ko‘pni

ko‘rgan

keksalarimiz,

mahalla

faollari,

din

peshvolarining sa’y-harakatlari

bilan

qiz

yig‘inlari, kelin va sunnat to‘ylari oilaviy sharoitni
hisobga olgan holda o‘tkazilishiga erishilmoqda.

Xulosa

Xulosa shuki,

o‘zbek xonadoni to‘y bilan

fayzli. Shunday xayrli ishni ixcham, ortiqcha

dabdabavozlikdan xoli o‘tka zish uchun yuqoridan

ko‘rsatma kutib o‘tirish shart emas. Mahalla
faollari,

nuroniylar, profilaktika nozirlari,

posbonlar,

maslahatchilar

va

keng

jamoatchilik

mas’uliyat bilan yondoshsa,

yechimini kutib turgan ayrim muammolar hal

bo‘ladi. Me’yor va tartib bor joyda osoyishtalik
hukmron. Maqsadimiz bitta hayotimizni yanada
farovon,

oilalarimizda,

yurtimizni

tinchlik,

xotirjamlik va yurtni obod qilishdir. Me’yor bor

joyda tartib bo‘ladi. Tartib esa osoyishtalik


background image

mezonidir. Hayotimizda osoyishtalik hokim ekan,
oilalarimizda farovonlik, obodlik barq uraveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

[1]

Nuroniy, ijtimoiy, ma`rifiy, ommabop gazeta. E-mail:
nuroniy-gazeta@umail.uz

nuroniy-

gazeta@mail.ru

Namangan

viloyati

To‘raqo‘rg‘on tumani Isroiljon Sattarov mehnat faxriysi.
“Dabdabali to`ylar chekinmoqda” 2018-yil 6-iyun, №
24(931). 3 b

[2]

2. Nuroniy, ijtimoiy, ma`rifiy, ommabop gazeta. E-mail:
nuroniy-gazeta@umail.uz

nuroniy-

gazeta@mail.ru

Jurnalist

Lobar

Jalilova

“Dabdabali to`ylarga hushimiz yo`q!-deyishmoqda
olmaliqlik onaxonlar ”

2018-yil 30-may, № 23(930). 3 b

[3]

3. Rustam Kolonov, Toshkent shahar nuroniy jamg`armasi
raisi, senator “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat,
rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi

respublika

ilmiy-amaliy

konferensiya

materiallari to‘plami (13-oktabr 2022-yil) “Toshkent
shahrida nuroniylarni qo`llab-quvvatlash borasida amalga
oshirilgan ishlar” “Mahalla va oila nashryoti” T; 2022. 6 b.

[4]

4. Nuroniy gazetasi E-mail: nuroniy-gazeta@umail.uz
nuroniy-gazeta@mail.ru 2018-yil 3-mart, № 10 (917).

Respublika

“Mahalla”

xayriya

jamoat

fondi

va“Nuroniy” jamg‘armasi faollarining murojaati. 3 b

[5]

5.Nuroniy ijtimoiy, ma`rifiy, ommabop gazeta E-mail:
nuroniy-gazeta@umail.uz nuroniy-gazeta@mail.ru № №
52(959) 18.12.2018 Mehriniso Saidjalolova, Xadichai Kubro
ayol-qizlar o‘rta maxsus Islom bilim yurti Axborot-resurs
markazi rahbari. “Tejamkorlikda farzandlarimizga o‘rnak
bo‘laylik” 4 b.

[6]

6. Nuroniy gazetasi E-mail: nuroniy-gazeta@umail.uz
nuroniy-gazeta@mail.ru 2018-yil 3-mart, № 10 (917) Adiba
Umarova “Mahallada “”duv-duv” gap bo`lishi shartmi? 3 b

References

Nuroniy, ijtimoiy, ma`rifiy, ommabop gazeta. E-mail: nuroniy-gazeta@umail.uz nuroniy-gazeta@mail.ru Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Isroiljon Sattarov mehnat faxriysi. “Dabdabali to`ylar chekinmoqda” 2018-yil 6-iyun, № 24(931). 3 b

2. Nuroniy, ijtimoiy, ma`rifiy, ommabop gazeta. E-mail: nuroniy-gazeta@umail.uz nuroniy-gazeta@mail.ru Jurnalist Lobar Jalilova “Dabdabali to`ylarga hushimiz yo`q!-deyishmoqda olmaliqlik onaxonlar ” 2018-yil 30-may, № 23(930). 3 b

3. Rustam Kolonov, Toshkent shahar nuroniy jamg`armasi raisi, senator “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami (13-oktabr 2022-yil) “Toshkent shahrida nuroniylarni qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar” “Mahalla va oila nashryoti” T; 2022. 6 b.

4. Nuroniy gazetasi E-mail: nuroniy-gazeta@umail.uz nuroniy-gazeta@mail.ru 2018-yil 3-mart, № 10 (917). Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi va“Nuroniy” jamg‘armasi faollarining murojaati. 3 b

5.Nuroniy ijtimoiy, ma`rifiy, ommabop gazeta E-mail: nuroniy-gazeta@umail.uz nuroniy-gazeta@mail.ru № № 52(959) 18.12.2018 Mehriniso Saidjalolova, Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus Islom bilim yurti Axborot-resurs markazi rahbari. “Tejamkorlikda farzandlarimizga o‘rnak bo‘laylik” 4 b.

6. Nuroniy gazetasi E-mail: nuroniy-gazeta@umail.uz nuroniy-gazeta@mail.ru 2018-yil 3-mart, № 10 (917) Adiba Umarova “Mahallada “”duv-duv” gap bo`lishi shartmi? 3 b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов