INNOVATSIYALAR – RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILIDIR

HAC
Google Scholar
To share
Mustafaqulov, Y. (2024). INNOVATSIYALAR – RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILIDIR. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28178
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Maqolada innovatsiya, innovatsion jarayon tushunchalari va ularning mohiyati xususida xorijiy va mahalliy olimlarning fikrlari keltirilib, innovatsion jarayonlarni tashkil etish shakllari va innovatsion jarayonlarning asosiy bosqichlarining batafsil nazariy taxlili keltirib o'tilgan. Shu bilan birga, bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsiyalarning ta’siri va uning muhim omil ekanligi tavsiflab o’tilgan.


background image

INNOVATSIYALAR

RAQAMLI IQTISODIYOTNI

RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILIDIR

Mustafaqulov Yangiboy Bo’riqulovich

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi kata o’qituvchisi

yangiboymustafaqulov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467672

Annotatsiya:

Maqolada innovatsiya, innovatsion jarayon tushunchalari va ularning mohiyati xususida xorijiy va mahalliy

olimlarning fikrlari keltirilib, innovatsion jarayonlarni tashkil etish shakllari va innovatsion jarayonlarning asosiy bosqichlarining
batafsil nazariy taxlili keltirib o'tilgan. Shu bilan birga, bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsiyalarning

ta’siri va uning muhim omil ekanligi tavsiflab o’tilgan.

Tayanch so'zlar:

Innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion jarayonlarni tashkil etish shakllari, innovatsion

jarayonlarning asosiy bosqichlari, innovatsion strategiya.

Bugun dunyo iqtisodiyotiga nazar solsak,

shiddat bilan rivojlanayotganligiga guvoh bo’lamiz.
Buning zamirida bir tomondan mehnat va tajriba
yotsa, ikkinchi

tomondan esa shak-shubhasiz

innovatsiyalar va ularni iqtisodiyotga qo’llash natajasi
yotadi. Bundan ko’rinib turibdi-ki, bugungi kunda
iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsiyalarning o’rni
beqiyosdir.

Dunyoning iqtisodiy sahnasiga chiqishda har

qanday

iqtisodiy

tizim

(korxona,

hudud

va

mamlakat)ni

samarali

rivojlantirish

uning

innovatsiyalarni qabul qila olishiga bog'liq. Ya'ni
tashqi va ichki muhitning o'zgarishiga mos ravishda
faoliyat

shaklining

yangilanishida

uzluksizlik

ta'minlanishi

zarur.

Zamonaviy

dunyoda

innovatsiyalarning turli sohalardagi faoliyatga joriy
qilinishi iqtisodiy o'sishga olib kelib, bir tomondan
davlatning rivojlanishida bosh omil bo'lsa, ikkinchi
tomondan ilmiy-texnik rivojlanishning natijasi sifatida
namoyon bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoev

ta'kidlaganlaridek,

“Xalqimiz

dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng
muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo'lmas ekan, hech
bir sohada raqobat, rivojlanish bo'lmaydi. Bu sohadagi
o'zgarishlarni xalqimizga keng targ'ib qilmasak,
odamlarda ko'nikma paydo qilmasak, bugungi davr
shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan
hamqadam bo'lolmaymiz

1

. Iqtisodiy tizimning

rivojlanishi innovatsiyalarning ta'siri ostida amalga
oshirilib yakunda yangi bilimlar hisobiga iqtisodiy
o'sishga

erishishda

innovatsion

dastaklardan

foydalanish dolzarbligini ko'rsatadi. Innovatsion
ishlanmalar turli xil elementlardan tashkil topgan

1

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutqidan

2.12.2017

yil.

http://uza.uz/uz/politics/shavkat-mirziyoyev-

xalqimizdunyoqarashida-innovatsiya-muhit-02-12-2017

2

Шаймиева Э.Ш. Инновации для реализации технологической

модернизации регионов. – Казань: Познание Института
экономики, управления и права, 2011.

3

Друкер Питер Ф. Бизнес и инновации: Пер. с англ. – Москва:

ООО «И.Д. «Вильямс», 2009.

4

Инновационный менеджмент: учеб. [Текст] / под ред. С.Д.

Ильенковой. – Москва: ЮНИТИ, Банки и биржи, 2001.

bo'lib, ularni bir butun tizimga birlashtirishdan olingan
natija iqtisodiy o'sishga sabab bo'ladi.

Jahonda “innovatsiya” va “innovatsion

jarayon” tushunchalariga ko'plab olimlar o'z ta'riflarini
keltirishgan. Bu ishlab chiqarish omillarining
noan'anaviy kombinatsiyasi bo'lib, Y.Shumpeter
tomonidan uning innovatsion o'sish nazariyasining
asosi sifatida foydalanilgan. U ishlab chiqarish
omillarining yangi kombinatsiyasining mavjudligi va
zarurligini

birinchilardan

bo'lib

asoslagan.

Shuningdek texnologik "innovatsiyalar" tushunchasini
"yangi kombinatsiyalarning kiritilishi"

2

- deya

ta'riflagan. P.F.Drukerning fikricha, innovatsiya - bu
tadbirkorlar tomonidan qo'llangan o'ziga xos vosita
bo'lib, undan turli xil xizmat va biznesdagi imkoniyat
sifatida foydalanish mumkin

3

.

S.D.Ilenkovaning

ta'kidlashicha,

innovatsiyalarning tarkibi o'zgarishlardan iborat
bo'lib, innovatsion jarayonning asosiy vazifasi ham
o'zgarishlardir. Innovatsiyalarda dinamik va statik
jihatlar mavjud. Oxirgi holatda esa ilmiy-ishlab
chiqarish tsiklining natijasi sifatida namoyon bo'lib, bu
natijalar o'zining muammolariga ega bo'ladi

4

. Shu

sababli innovatsion jarayonga yangiliklarni asta-
sekinlik bilan joriy etish talab etiladi. R.I.Gimush,
F.M.Matmurodovlarning fikricha, innovatsiya -
yangilik va yangilik kiritish degan ma'noni bildiradi.
Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni,
yangi

uslubni,

kashfiyotni

tushunish

lozim

5

.

Z.T.Gaibnazarovaning ta'kidlashicha innovatsiya - bu
kasbiy faoliyatning tubdan tartibga solinadigan, yangi
natijalarni yaratish va uni tubdan yangi sifat darajasiga
ko'tarish. Mukammal holdagi har qanday yangilik
odatdagi faoliyatdan tashqariga chiqadi va har doim
ushbu sohada yutuqlarga intiladi

6

. Unga ko'ra inson

5

Gimush R. I., Matmurodov F. M. Innovatsion menejment:

Iqtisodiyot oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma - Toshkent:
O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.

6

Гаибназарова З.Т. Модернизация: управление инновациями и

управленческие

инновации

//

XIX

Международная

конференция “История управленческой мысли и бизнеса.
Управленческий труд и роли менеджеров: прошлое, настоящее,
будущее”. – Россия, Москва: МГУ имени М.В.Ломоносова, 21-
22 сентября 2018.


background image

kapitalini rivojlantirishda innovatsion jarayonlarni
to'g'ri va vaqtida yo'lga qo'yish muhim hisoblanadi.

Innovatsion jarayonlarni ta'riflashda ko'plab

olimlarning

ilmiy

qarashlari

e'tiborga

molik.

A.I.Anchishkinning

ta'kidlashicha,

innovatsion

jarayonlarni uch xil turdagi yangiliklarni joriy
qilinishiga ajratish mumkin. Bular, shu paytga qadar
aytilmagan

ilmiy

yangiliklar

bo'lib,

inqilobiy

samaradorlik kuchlarini namoyon qiladi; texnikaning
davri almashishi, mavjud fundamental ilmiy tamoyilni
saqlagan xolda yangi texnologiyalarning paydo
bulishi;

mavjud

texnikaning

ma'lum

bir

ko'rsatkichlarini miqdoriy yaxshilash, yangilik joriy
qilish

turlarining

mohiyati,

turli

darajadagi

bilimlarning moddiylashuvidir

7

. L.S.Baryutinning

ta'kidlashicha, yangiliknig joriy qilinishi bu -
boshqariladigan jarayon bo'lib, majmuaviy xarakterga
ega va turli xil tizim va tarkibiy tuzilmalarga sezilarli
o'zgartirishlar kiritish maqsadida yangisini yaratish,
tarqatish va butunlay yangi yoki modifikatsiyalangan
vosita (yangilik)dan foydalanish bilan aniq ijtimoiy
ehtiyojni qondirish va iqtisodiy, texnik hamda ijtimoiy
samara

keltirishidir

8

.

Mazkur

atamalarning

mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki,
qachonki, har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar,
xizmatlar va usullar turlari tarqalishiga qabul qilinsa
(tijoratlashish), o'shanda xalq ommasi tomonidan tan
olinadi. Bunda yangilikning joriy etilishi yangilikni
qo'llash

jarayonini

bildiradi

va

yangilikning

tarqatilishiga qabul qilinishi vaqtidan boshlab yangi
sifat - innovatsiya (yangilikni joriy etish)ga aylanadi.
Innovatsiya va innovatsion jarayon atamalari bugungi
kunda juda keng qo'llanilishi uning mazmun-
mohiyatini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarni yanada
kuchaytirmoqda. Shu sababdan mazkur atamalarning
iqtisodiy mazmun-mohiyatini tadqiq etgan ayrim
iqtisodchi-olimlarning

qarashlarini

o'rganish

muhimdir.

Xorijiy

izlanuvchilar

va

MDH

mamlakatlaridagi tadqiqotchilar bilan bir qatorda
O'zbekistonlik iqtisodchi-olimlar ham “innovatsiya”
atamasining iqtisodiy mazmun-mohiyati yuzasidan
ilmiy qarashlarni o'rtaga tashlash bo'yicha katta
izlanishlar olib borishgan va o'zlarining zamonaviy
talqindagi ta'riflarini ishlab chiqqanlar. Ilgari,
innovatsion jarayonda hukumatning roli bozorning
barcha ishtirokchilari innovatsiyalarni samarali ishlab
chiqishi va joriy qilishi, shuningdek, fundamental
tadqiqotlar va yangi ishlanmalarga homiylik qilishi
mumkin bo'lgan innovatsion muhitni yaratishdan
iborat edi.

7

https://studme.org/13761025/investirovanie/struktura_inno
vatsionnogo_pr otsessa

8

Meshkova and Moiseichev. Russia’s experience of

foresight implementation in global value chain research.
Journal of Innovation and Entrepreneurship (2016).

9

Morozyuk Y.V., Sharkova A.V., Merkulina I.A., Vasilyeva

O.N. 2017. Innovative Aspects of Development of the Waste
Recycling Industry in the New Economic Context: Problems
and Prospects. Journal of Environmental Management and
Tourism, 8(3(19)).

Bugungi tobora murakkablashib borayotgan

dunyoda, sanoatning o'zaro kirib borishi va
o'zgarishlarning

tez

sur'atlarda

oshib

borishi

sharoitida, davlatning roli yanada ahamiyatli bo'lib
bormoqda

9

.

Chunki

mamlakat

innovatsion

rivojlanishni amalga oshirmasa global miqyosda
ko'plab mamlakatlardan ortda qoladi va natijada
iqtisodiy inqirozning sodir bo'lishiga zamin yarata
boshlaydi. Mamlakatni innovatsion rivojlantirish
siyosatini, shu jumladan sanoatni rivojlantirish
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali,
hukumat nafaqat strategik muhim istiqbolli loyihalarni
moliyalashtiradi, balki tarmoqlarning innovatsion
rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi

10

. Global

qiymat zanjiri nazariyasining mavjud yondashishlari
bir-birini to'ldirishiga qaramay, bu mavzudagi
tadqiqotlarning klassik nazariy asosini bekam-u ko'st
deb bo'lmaydi. Global qiymat zanjiri tadqiqotlarining
empirik va uslubiy asoslari yaratilmoqda.

Tadqiqot natijalarining ishonchliligini va

ularning prognoz qiymatini oshirish, ko'proq taklif
qilish,

amaliy-siyosiy

tavsiyalar

va

strategik

rejalashtirishni takomillashtirish hamda foyda olish
uchun Global qiymat zanjiri va innovatsion tizimlar
tadqiqotlarini

birlashtirish

mumkin.

Bu

nazariyalarning o'ziga xos cheklashlaridan qochish,
taqdim etilgan model milliy institutlarning ahamiyati
inobatga

olinadi.

Foresight

(Bashorat)

metodologiyasining

qo'llanilishi

prognozni

kengaytiradi. Tahlil qilish imkoniyatlari va statik
modelga dinamizmni qo'shadi. Bularning barchasi
mamlakatlarning strategik rejalashtirish aniqligini
oshirishga imkon beradi. Global qiymat zanjirlarida
mavjud va mavjud modellarga nisbatan ishlab
chiqilgan

siyosiy

tavsiyalarning

ahamiyatini

oshiradi

11

. Ushbu metodologiyani mamlakatimizga

joriy qilish orqali yangi innovatsion yechimlarga
erishish

mumkin.

Tekshirilgan

tashkilotlarning

umumiy sonida texnologik innovatsiyalar bilan
shug'ullanuvchi

tashkilotlar

ulushi

biznes

hamjamiyatining

umumiy

hajmida

innovatsion

faoliyatning rivojlanish darajasini ko'rsatadi. Sanoat
namunalariga berilgan patentlar sonining indikatori
innovatsiya

sohasining

rivojlanishi

va

ilmiy

xodimlarning jalb etilish darajasi, shuningdek ushbu
ko'rsatkich

innovatsion

jarayonning

kapital

intensivligini ko'rsatadi.

Rivojlangan

ilg'or

texnologiyalarning

ko'rsatkichi

kompleksda

innovatsion

ishlab

chiqarishni tashkil etish samaradorligini baholashga
imkon beradi. Shuningdek, innovatsiyalar mehnat
resurslaridan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi

10

Райзберг

Б.А.

Государственное

управление

инновационними процессами. Экономист. – Москва,
2008.

11

https://studme.org/13761025/investirovanie/struktura_inno

vatsionnogo_pr otsessa.


background image

bilvosita ko'rsatkichdir. Patentlarning soni ortishida
mamlakatimizda asosan kichik biznes va tadbirkorlik
sub'ektlari

faol

harakat

qilishmoqda.

Davlat

tashkilotlarida esa ushbu jarayon so'nggi yillarda
keskin pasayganligi sezilmoqda. Innovatsion jarayon -
bu ilmiy bilimlarni innovatsiyaga aylantirishning
taraqqiyotidir. Innovatsiyalarni g'oyadan ma'lum bir
mahsulot, texnologiya yoki xizmatga o'tadigan va
amaliy foydalanishda tarqaladigan hodisalarning
ketma-ket maqsadi sifatida taqdim etish mumkin.
Boshqalardan farqli o'laroq, innovatsiya jarayoni
amalga oshirish bilan tugamaydi. Ya'ni, bozorda yangi
mahsulot, xizmat paydo bo'lishi yoki yangi
texnologiyalarni loyihalashtirish quvvatiga yetkazish
talab etiladi. Innovatsion jarayon (IJ) bir necha
bosqichlarni o'z ichiga oladi, ularning asosiylari
quyidagilardan iborat: ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI),
tajriba-konstruktorlik ishlari (TKI), ishlab chiqarishga
texnologik tayyorgarlik (ICHTT), ishlab chiqarish
sikli (ICHS), bozor faoliyati (BF).

“O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga

qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish
konsepsiyasi”ga ko'ra Ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlariga sarflanadigan xarajatlarni
oshirish hamda bu ko'rsatkichni YAIMga nisbatan 1-
1,5 foizga yetkazish, band bo'lgan aholi orasida
tadqiqotchi olimlar sonini 0,4 foizga, iqtisodiyot
tadbirkorlik sektorining ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik

ishlariga

xarajatlari

ulushini

innovatsiyalarga sarflanadigan barcha xarajatlarning
0,4 foizga yetkazish, shuningdek, Global innovatsion
indeks reytingi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi
jahonning 50 ta ilg'or mamlakati orasidan joy olishiga
erishish vazifasi belgilangan

12

. Ilmiy-tadqiqot va

tajriba-konstruktorlik

ishlariga

sarflangan

o'zlashtirilgan xarajatlar tuzilmasini ko'rib chiqishda
davlat sektorining ulushi kattaligini qayd etish zarur.

Jahon mamlakatlarini baholash va ularni

innovatsiyalar

rivojlanishi

darajasi

bo'yicha

taqqoslash uchun Kornel universiteti, INSEAD biznes
maktabi va Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT)
Global innovatsion indeksni (Global innovation
Index) ishlab chiqdi. Oxirgi e'lon qilingan tadqiqotda
(Global innovation Index 2018) ekspertlar intellektual
mulk huquqi uchun arizalar sonidan va yaratilgan
mobil ilovalardan boshlab to ta'lim uchun xarajatlar
hajmi va ilmiy-texnik e'lonlar sonigacha 80 ta turli
parametr asosida 126 ta mamlakatni baholadi.
O'zbekiston 2018 yilgi Global innovatsion indeksga
kiritilmadi. Oxirgi marta mamlakatimiz bu indeksda
2015 yilda ishtirok etgan bo'lib, 141 ta mamlakat
orasida 122-o'rinni egalladi. Bunda indeks yaratish
uchun ko'rib chiqilgan 80 ta ko'rsatkichdan 39 tasi

12

O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-

iqtisodiy

kompleks

rivojlantirish

konsepsiyasi.

https://www.pv.uz/uz/documents/

mamlakatni

ijtimoiy-

iqtisodiy

rivojlantirishning strategic vazifalari amalga

oshirilishi samaradorligi uchun O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining ma’suliyatini oshirishga doir
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar togrisida.

13

O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-

iqtisodiy

kompleks

rivojlantirish

konsepsiyasi.

bo'yicha O'zbekistonga oid ma'lumotlar mavjud emas
edi. Global innovatsion indeksda foydalanilgan
metodologiyaga ko'ra 11 ta ko'rsatkich bo'yicha
O'zbekiston

eng

zaif

xususiyatlarga

ega.

O'zbekistonda innovatsion mahsulotlarni ishlab
chiqarish va xizmatlar ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi
kompaniyalar

ancha

o'sganligiga

qaramay,

innovatsion-faol

korxonalar,

ya'ni

texnologik

innovatsiyalarni joriy etuvchi korxonalar ulushi ham
past darajadadir. Bugungi voqelikda innovatsiyalar
milliy iqtisodiyotda strategik vazifalarni hal qilishda
samarali vosita bo'lib xizmat qiladi, chunki ular
rivojlanish sur'atlarini belgilash, yetakchilik va
raqobatdosh ustunlikni kuchaytirish va zararlardan o'z
vaqtida himoya qilishni ta'minlaydi. Biznesning
barcha sohalarida iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiq bo'lmagan radikal innovatsiyalarni joriy etish
sharoitida Rossiya iqtisodiyotidagi bir nechta sanoat
innovatsiyalarini rivojlantirish istiqbolli hisoblanadi.
Ular kerakli ishlab chiqarish ko'lamiga ega (neft va
gaz, energetika, metallurgiya va boshqalar) va ilg'or
texnologiyalarni va milliy innovatsion markazlarni
joriy etishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi
mumkin. O'z navbatida, O'zbekiston quyidagi
ko'rsatkichlar bo'yicha yuqori o'rinlarga ega: biznes
tashkil etishning oddiyligi (55-o'rin), faoliyat ko'rsata
olmaslikni hal etishning oddiyligi (bankrotlikni tan
olish) (72-o'rin), o'rta ta'limda olimlar va o'qituvchilar
nisbati (47-o'rin), ilm-fan va texnika sohasidagi
bitiruvchilar soni (47-o'rin), kapitalning yalpi
jamlanishi (19-o'rin), mikromoliyaviy tashkilotlar
kredit portfeli (39-o'rin), kelib chiqishi bo'yicha patent
arizalar (48- o'rin), kelib chiqishi bo'yicha foydali
model ilovasi (24-o'rin), bir kishiga YAIM o'sish
sur'atlari (6-o'rin), yaratilgan milliy badiiy filmlar (49-
o'rin)

13

[3].

2019

yilda

mamlakatimizning

Global

innovation Index ro'yxatiga kiritilmaganligini past
darajadagi innovatsion siyosatning qo'llanilishi bilan
bog'lash mumkin. Buning oldini olish va innovatsion
faoliyatni

yanada

rivojlantirish

maqsadida

Prezidentimiz tomonidan uzoq muddatli maqsadli
strategik yo'nalish belgilab berildi. Hamda innovatsion
jarayonlarni samarali yo'lga qo'yish maqsadida
“O'zbekiston

Respublikasining

2035

yilgacha

rivojlantirish strategiyasining Konsepsiyasi”da “Inson
iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili” 26 ekanligi
keltirilgan.

Hamda

yuqori

malakali

kadrlarni

tayyorlashga va innovatsiyalarni rivojlantirishni
rag'batlantirishga imkon beradigan uzluksiz ta'lim
konsepsiyasi joriy qilinganligi keltirib o'tilgan. Unga
ko'ra quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi.
Ya'ni:

14

- aholining barcha qatlamlari uchun qulay va

https://www.pv.uz/uz/documents/

mamlakatni

ijtimoiy-

iqtisodiy

rivojlantirishning strategic vazifalari amalga

oshirilishi samaradorligi uchun O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining ma’suliyatini oshirishga doir
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar togrisida.

14

O'zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlantirish

strategiyasining

Konsepsiyasi.

https://uzbekistan2035.uz/uz/uzbekistan-2035


background image

sifatli ta'limni yo'lga qo'yish; - ta'lim vazirliklarining
rivojlantirish bo'yicha yagona strategiyasini yaratish; -
ta'lim sifatini baholashning davlat tizimini ishlab
chiqish; - rivojlangan infratuzilma, maktablar (sinfda
27 kishigacha), universitetlar (har bir universitet
uchun 170 ming kishi) va bolalar bog'chalari sonining
ko'payishi; - ommaviy ta'limdan inklyuziv ta'limga
o'tish; - rivojlangan xususiy ta'lim bozorini tashkil
qilish; - mehnat bozori hajmi va tuzilmasi bo'yicha
ishonchli va to'liq ma'lumotlarni shakllantirish; - ilmiy
va pedagogik kadrlar samaradorligini oshirish, shu
jumladan ilmiy xavola qilingan natijalarni ilmiy
jurnallarda nashr etish (peer-reviewed journals).
Xirsha Indeks nashrlarining iqtiboslarini ko'paytirish;
- xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy maktablarni
yaratish (taniqli olimlar uchun) kabilar kiradi.
Yuqoridagi yo'nalishlarni amaliyotga joriy qilish
hisobiga inson kapitaliga qaratilgan innovatsion
jarayonlarni tashkil etishning samaradorligini oshirish
natijasida 2030 yilga kelib quyidagi natijalarga
erishish mumkin: - mutaxassislarning malakasi bozor
talablariga javob bera boshlaydi; 27 - 2030 yilga kelib
aholi jon boshiga YAIM 4 538 AQSH dollarini tashkil
etishi kutilmoqda; - muhandislar, iqtisodchilar va
menejerlar

bozorda

ustunlik

qila

boshlaydi

(xodimlarning 70% dan ortig'i); - ishsizlik darajasi
6,2% ga kamaytiriladi

15

.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev
nutqidan 2.12.2017 yil. http://uza.uz/uz/politics/shavkat-
mirziyoyev-xalqimizdunyoqarashida-innovatsiya-muhit-02-
12-2017
2.O'zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlantirish
strategiyasining

Konsepsiyasi.

https://uzbekistan2035.uz/uz/uzbekistan-2035
3.O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-
iqtisodiy

kompleks

rivojlantirish

konsepsiyasi.

https://www.pv.uz/uz/documents/

mamlakatni

ijtimoiy-

iqtisodiy

rivojlantirishning strategic vazifalari amalga

oshirilishi samaradorligi uchun O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining ma’suliyatini oshirishga doir
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar togrisida.
4.Барютин

Л.С.

Управление

техническими

нововведениями в промышленности. – Ленинград: Изд-
во ЛГУ, 1986.
5. Gimush R. I., Matmurodov F. M. Innovatsion menejment:
Iqtisodiyot oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma -
Toshkent:

O'zbekiston

faylasuflari

milliy

jamiyati

nashriyoti, 2008.
6.Гаибназарова

З.Т.

Модернизация:

управление

инновациями и управленческие инновации // XIX
Международная

конференция

“История

управленческой мысли и бизнеса. Управленческий труд
и роли менеджеров: прошлое, настоящее, будущее”. –
Россия, Москва: МГУ имени М.В.Ломоносова, 21-22
сентября 2018.

15

O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-

iqtisodiy

kompleks

rivojlantirish

konsepsiyasi.

https://www.pv.uz/uz/documents/

mamlakatni

ijtimoiy-

iqtisodiy

rivojlantirishning strategic vazifalari amalga

7.Друкер Питер Ф. Бизнес и инновации: Пер. с англ. –
Москва: ООО «И.Д. «Вильямс», 2009.
8.Инновационный менеджмент: учеб. [Текст] / под ред.
С.Д. Ильенковой. – Москва: ЮНИТИ, Банки и биржи,
2001.
9.

Райзберг

Б.А.

Государственное

управление

инновационними процессами. Экономист. – Москва,
2008.
10.Шаймиева Э.Ш. Инновации для реализации
технологической модернизации регионов. – Казань:
Познание Института экономики, управления и права,
2011.
11.Morozyuk Y.V., Sharkova A.V., Merkulina I.A.,
Vasilyeva O.N. 2017. Innovative Aspects of Development
of the Waste Recycling Industry in the New Economic
Context: Problems and Prospects. Journal of Environmental
Management and Tourism,
12.Meshkova and Moiseichev. Russia’s experience of
foresight implementation in global value chain research.
Journal of Innovation and Entrepreneurship (2016).
13.https://studme.org/13761025/investirovanie/struktura_in
novatsionnogo_pr otsessa.


oshirilishi samaradorligi uchun O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining ma’suliyatini oshirishga doir
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar togrisida.

References

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutqidan 2.12.2017 yil. http://uza.uz/uz/politics/shavkat-mirziyoyev-xalqimizdunyoqarashida-innovatsiya-muhit-02-12-2017

O'zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasining Konsepsiyasi. https://uzbekistan2035.uz/uz/uzbekistan-2035

O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi. https://www.pv.uz/uz/documents/ mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategic vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ma’suliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar togrisida.

Барютин Л.С. Управление техническими нововведениями в промышленности. – Ленинград: Изд-во ЛГУ, 1986.

Gimush R. I., Matmurodov F. M. Innovatsion menejment: Iqtisodiyot oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.

Гаибназарова З.Т. Модернизация: управление инновациями и управленческие инновации // XIX Международная конференция “История управленческой мысли и бизнеса. Управленческий труд и роли менеджеров: прошлое, настоящее, будущее”. – Россия, Москва: МГУ имени М.В.Ломоносова, 21-22 сентября 2018.

Друкер Питер Ф. Бизнес и инновации: Пер. с англ. – Москва: ООО «И.Д. «Вильямс», 2009.

Инновационный менеджмент: учеб. [Текст] / под ред. С.Д. Ильенковой. – Москва: ЮНИТИ, Банки и биржи, 2001.

Райзберг Б.А. Государственное управление инновационними процессами. Экономист. – Москва, 2008.

Шаймиева Э.Ш. Инновации для реализации технологической модернизации регионов. – Казань: Познание Института экономики, управления и права, 2011.

Morozyuk Y.V., Sharkova A.V., Merkulina I.A., Vasilyeva O.N. 2017. Innovative Aspects of Development of the Waste Recycling Industry in the New Economic Context: Problems and Prospects. Journal of Environmental Management and Tourism,

Meshkova and Moiseichev. Russia’s experience of foresight implementation in global value chain research. Journal of Innovation and Entrepreneurship (2016).

https://studme.org/13761025/investirovanie/struktura_innovatsionnogo_pr otsessa.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов