TADBIRKORLARNING INNOVATSION - INVESTITSION FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARBLIGI

HAC
Google Scholar
To share
Rustamov, N., Qilichov, S. ., & Mustafaqulov , Y. . (2024). TADBIRKORLARNING INNOVATSION - INVESTITSION FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARBLIGI. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28189
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada kichik biznes sub'ektlarining innovatsioninvestitsion faolligini oshirishning nazariy masalalari hamda ushbu jarayonda uchraydigan asosiy atamalarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar, asosiy muammolar va takliflar bayon qilingan.


background image

TADBIRKORLARNING INNOVATSION - INVESTITSION

FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARBLIGI

Rustamov Narzilla Istamovich

1

, Qilichov Sobir Savriyevich

2

, Mustafaqulov Yangiboy Bo'riqulovich

3

1

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri, dotsent

2

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi katta o'qituvchilari

3

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi katta o'qituvchilari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467843

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kichik biznes sub'ektlarining innovatsioninvestitsion faolligini oshirishning nazariy masalalari

hamda ushbu jarayonda uchraydigan asosiy atamalarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar, asosiy
muammolar va takliflar bayon qilingan.

Tayanch so'zlar:

Investitsiya, investor, investitsion faoliyat, erkin iqtisodiy zona, kichik biznes, texnoparklar, kichik sanoat

zonasi, innovatsiya faoliyati, innovatsion rivojlanish, innovatsiyalar transferi.

Bugungi

kunda

mamlakatimiz

milliy

iqtisodiyotini, ayniqsa ishlab chiqarishni, investitsiyalar
asosida

modernizatsiya

qilish

sharoitida

tadbirkorlarning

innovatsion-investitsion

faolligini

oshirish va moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmlari
samarasini oshirish ob'ektiv zaruratga aylandi. Xalqaro
miqyosda

tadbirkorlarni

innovatsion-investitsion

rivojlantirish

masalalarining

samarali

yechimiga

erishish bo'yicha uzluksiz ravishda ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda va bunda xorijiy rivojlangan mamlakatlar
olimlari, ularning metodologik va nazariy jihatlariga
urg'u berilmoqda. O'tkazilgan tadqiqotlardan ma'lum
bo'lishicha,

tadbirkorlarni

innovatsion-investitsion

rivojlantirishning shakllangan milliy va xalqaro tizimlari
uzluksiz takomillashtirilmoqda. Lekin, mamlakatimiz
sharoitida

tadbirkorlarning

innovatsion-investitsion

faolligini oshirishning nazariy jihatlari va moliyaviy
qo'llab-quvvatlashning mexanizmlari alohida tadqiq
qilinmagan. Shuning uchun tadbirkorlarni innovatsion-
investitsion faolligini oshirishga qaratilgan masalalar
yechimiga erishish zarurati kun tartibida dolzarb bo'lib
turibdi.

Kundalik

hayotimizda

“investitsiya”,

“investor”, “investitsiya faoliyati”, “erkin iqtisodiy
zona”, “texnoparklar”, “kichik sanoat zonasi”
“innovatsiya faoliyati”, “innovatsion rivojlanish”,
“innovatsiyalar transferi”, “kichik biznes”, “start-ap
(start-up)”,

“bit coin”, “kriptovalyutalar” kabi

tushunchalar mazmunini ifodalash bo'yicha turli
yondashuv va ta'riflar mavjud bo'lib, ularning
bibliografik tahlili asosida quyidagi umumlashgan
xulosaga kelish mumkin: “investitsiya faoliyati”,
“innovatsion

faoliyat”,

“qimmatli

qog'ozlar”,

“intellektual

qimmatliklar”,

“start-aplar”ni

moliyalashtirish tushunchalari ko'p uchraydi.

Avvalo, investitsion faoliyatning eng muhim

elementi “investitsiya”ning mohiyati va mazmunini
aniqlab olaylik. “Investitsiya” so'zi ingliz tilidagi

“invetstments” so'zidan olingan bo'lib, “kapital
qo'yilma” degan ma'noni bildiradi. Investitsiya
(sarmoya) degani - daromad yoki foyda olish maqsadida
mablag'ni muayyan muddatga tadbirkorlik va boshqa
faoliyat turlari (ob'ektlari)ga yo'naltirishni tavsiflaydi.
Investitsiya

faoliyati

-

investitsiya

faoliyati

sub'ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan
bog'liq harakatlari majmuidir. U quyidagi shakllarda
amalga oshirilishi mumkin: yuridik shaxslar tuzish yoki
ularning ustav jamg'armalarida (kapitallarida) ulushli
ishtirok etish, shu jumladan, mol-mulkni yoki
aksiyalarni olish; qimmatli qog'ozlarni, shu jumladan,

O'zbekiston

Respublikasi

rezidentlari

tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish;
konsessiyalarni, shu jumladan, tabiiy resurslarni
qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan
foydalanishga bo'lgan konsessiyalarni olish; mulk
huquqini, shu jumladan, ular joylashgan yer uchastkalari
bilan birgalikda savdo va xizmat ko'rsatish sohalari
ob'ektlariga, turar joylarga mulk huquqini, shuningdek,
yerga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va
ulardan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida
foydalanish) huquqini qonun hujjatlariga muvofiq olish;
qonun hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa shakllarda. Har
qanday mol-mulk, shu jumladan, xalq xo'jaligining
barcha sohalaridagi asosiy fondlar va aylanma
mablag'lar,

qimmatli

qog'ozlar,

maqsadli

pul

qo'yilmalari, ilmiy-texnika mahsuloti, intellektual
qimmatliklar, boshqa mulkiy ob'ektlar hamda mulkiy


background image

huquqlar investitsiya faoliyatining ob'ekti hisoblanishi
mumkin

1

.

Dunyo hamjamiyatining hozirgi taraqqiyot

bosqichida birorta ham mamlakat investitsiyalarsiz
ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishga

erisha

olmaydi.

Investitsiya

resurslarini

o'z

vaqtida

milliy

iqtisodiyotlariga jalb qilish imkoniyati bo'lmagan, pul
mablag'lari

tanqisligini

boshidan

kechirayotgan

davlatlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo'yicha dunyo
mamlakatlari darajasidan ancha orqada qolib ketishiga
olib keladi. Mazkur holatning yechimi, moliyaviy
mablag'lar ortiqcha bo'lgan rivojlangan mamlakatlardagi
kapital

resurslarni,

rivojlanayotgan

mamlakatlar

iqtisodiyotiga jalb qilish hisoblanadi. Xorijiy investorlar
uchun berilgan imtiyozlar va moliyaviy-iqtisodiy
rag'batlantirish tizimi, investitsiyaviy jozibadorlikning
muhim omili hisoblanadi. Bular esa to'g'ridan-to'g'ri
xorijiy investitsiyalarni ishlab chiqarish sohasida,
xususan, eksport salohiyati yuqori bo'lgan sanoat
tarmog'iga yo'naltirilishini ta'minlaydi. Shu bilan birga,
xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb
qilishning muhim yo'nalishlaridan biri - maxsus
iqtisodiy zonalarni shakllantirish hisoblanadi.

Erkin iqtisodiy zona - yangi ishlab chiqarish

quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab
chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh,
import o'rnini bosuvchi, eksportga yo'naltirilgan tayyor
sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o'zlashtirishga faol
jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-
kommunikatsiya, yo'l-transport, ijtimoiy infratuzilmani
va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta'minlash
maqsadlarida tashkil etiladigan hudud.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha
Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni
mustahkamlash, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga
xorijiy, avvalo, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni
faol jalb qilish, davlat mulki xususiylashtirilgan
ob'ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyat, tuman va
shaharlarni kompleks ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishga
doir ko'plab vazifalar belgilangan. Mamlakatimizda
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat
zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, yangilarini
tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar bunda
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbarining
2016 yil 26 oktyabrdagi "Erkin iqtisodiy zonalar
faoliyatini

faollashtirish

va

kengaytirishga

doir

qo'shimcha choratadbirlar to'g'risida"gi Farmoniga
muvofiq ushbu zonalar uchun yanada qulay shart-
sharoitlar yaratildi. Bugungi kunda mamlakatimizda 14
ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. "Navoiy",
"Angren", "Jizzax", "Urgut", "G'ijduvon", "Qo'qon" va
"Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati

1

Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida: O'zbekiston

Respublikasining Qonuni, 2019 yil 25 dekabr.O'RQ № 598-
son.

486 million dollarga teng 62 loyiha amalga oshirilgan, 4
ming 600 dan ortiq ish o'rni yaratilgan. Farmatsevtika
sohasiga ixtisoslashgan "Nukus-farm", "Zominfarm",
"Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm", "Boysun-farm",
"Bo'stonliqfarm", "Parkent-farm" singari 7 ta yangi
erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo'yicha izchil ishlar
olib borilmoqda

2

.

Milliy iqtisodiyotga investitsiyalar kiritish

hajmini oshirishda ichki investitsiyalarga alternativ
omil, bu faqat xorijiy investitsiyalar va kredit mablag'lari
hisoblanadi. Shunday ekan, bugungi kunda xorijiy
investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish bilan
bog'liq mavjud barcha resurs va zahiralarni o'rganish va
qaytadan ko'rib chiqish, chet el kapitalini milliy
korxonalarga jalb qilish mexanizmini takomillashtirish
borasida ish olib borish muhimdir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqoridagi

masalalarning ijobiy hal etilishi, milliy iqtisodiyotga
yo'naltirilgan ichki va xorijiy investitsiyalar hajmining
ortishiga, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga,
pirovardida mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish,
xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda

ishbilarmonlik

muhitini

yanada

yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan kompleks
chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o'sish
sur'atlarini ta'minlash imkoniyatini bermoqda. Keyingi
yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka bo'lgan
e'tibor ortib bormoqda, jumladan, 2011 yil - “Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik” yili, 2018 yil - “Faol
tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni
qo'llab-quvvatlash” yili, 2019 yil “Faol investitsiyalar va
ijtimoiy rivojlanish” yili, 2020 yil “Ilm-ma'rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili deb, e'lon
qilinganligi ham shu sohaga bo'lgan e'tiborning,
aholining shu sohaga bo'lgan qiziqishini ortishiga sabab
bo'ldi.

Kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari

faoliyatiga investitsiyalarni jalb qilish orqali ishlab
chiqarishda innovatsion faoliyat rag'batlantiriladi,
chunki hozirgi kunda raqobat muhiti ishlab chikqarishda
doimiy yangiliklarni talab qilmoqda. Bu esa o'z
navbatida kichik biznesni uzluksiz rivojlanib borishiga
juda katta ta'sir ko'rsatadi. Natijada ta'lim va ishlab
chiqarish o'rtasida o'zaro innovatsion transfer aloqalari
rivojlanadi,

shuningdek

innovatsion

madaniyat

kengaytirilishi orqali ishlab chiqarishda yangi maxsulot
turlari yaratiladi va aholining ish bilan bandligi,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, bozorlarning tovar va
xizmatlar bilan mo'l-ko'l ta'minlanish darajasi yanada
ortadi.

Dunyo tajribasining dalolat berishicha, kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari yirik
korxonalarga nisbatan bozor talabiga qisqa muddat

2

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev erkin

iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish
bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahliliga
bag'ishlangan yig'ilishi. 2017 yil 9 oktyabr.


background image

ichida

moslasha

oladi.

Yangi

texnika

va

texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, yangi
ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, undan samarali
foydalanish kichik korxonalarda boshqalariga nisbatan
tez ro'yobga chiqadi. Ko'p hollarda yirik korxonalarda
qo'llaniladigan yangi texnika va texnologiyalar kichik
korxonalarda qo'llanilganda ko'proq samara beradi.

Kichik

korxonalar

boshqa

korxonalarga

nisbatan jamiyat uchun ko'proq yangi tovarlarni yetkazib
beradi, hamda iste'molchilarning talablarini o'rganib
faoliyatini shu talablarga tezda moslashtiradi. Kichik
biznes sohasini rivojlantirishdagi muhim omil - ushbu
sohani

moliyalashtirish

muammosidir.

Mazkur

muammoni ijobiy hal etish orqali kichik biznes
sub'ektlarining

mamlakat

iqtisodiyotini

barqaror

rivojlantirishdagi o'rni ortib borishida investitsion
faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik biznesning
taraqqiy etish sur'atlari keyingi yillarda barqaror
bo'lishiga

qaramasdan,

ushbu

kichik

biznes

korxonalarining ko'lami unchalik katta emas. Aksariyat
hollarda ushbu kichik biznes korxonalari bozorda
muayyan mavqeni egallagan bo'lsalarda, ishlab
chiqarishni kengaytirishda moliyaviy resurslarning
yetishmasligi muammosi ko'ndalang bo'lmoqda.

Ushbu muammo bir tomondan mamlakatda

moliyaviy resurslarning umumiy taqchilligi hamda
kichik

biznes

saxasida

faoliyat

ko'rsatayotgan

tadbirkorlarning aksariyat hollarda moliya bozorida
ishtirok etish ish ko'nikmalariga ega emasliklari va
mamlakatimizda moliya bozorining yetarli darajada
rivojlanmaganligi

va

takomillashmaganligi

bilan

bog'liqdir.

O'zbekistonda tadbirkorlarning investitsion

faolligini oshirishning nazariy asoslari va ularni
faollashtirish mexanizmi hali to'liq o'rganilmaganligi,
mos ravishda mamlakatimiz sharoitida biznes va
iqtisodiy rivojlanishning o'zaro bog'liqligini o'rganish
masalalari yechimi yetarli emasligi bilan belgilanadi.
Bunda aytish mumkinki, investitsiyalar asosida
modernizatsiya qilish sharoitida kichik biznes sub'ektlari
investitsion faolligini oshirish masalalari alohida ilmiy-
tadqiqot ob'ekti sifatida o'rganilmagan.

Mamlakatimizda tadbirkorlarni investitsion

faolligini oshirishda mavjud imkoniyatlardan kelib
chiqqan holda innovatsion faoliyat sub'ektlarini qo'llab-
quvvatlash, ularning innovatsion ishlanmalari transferi
va ularning moliyalashtirilishini rag'batlantirish bo'yicha
kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur.

E'tiborni rivojlangan mamlakatlar investorlari

va mahalliy investorlar tomonidan ichki innovatsiyalar,
“start-up”lar

va

ularning

moliyalashtirilishini

rag'batlantiruvchi mexanizmni yaratishga qaratish zarur.
Ushbu mexanizmda davlat-xususiy sherikchiligini

3

Abduraupov R.R., To'ychiev A.G'. Monografiya. Kichik

biznesga

innovatsiyalar

transferini

moliyalashtirish.

-

Toshkent: Fan. 2020.

4

Потенциал роста малого бизнеса в Узбекистане: барьеры

и возможности./Докладная записка ПРООН под ред.Ю.Б.

nazarda tutish maqsadga muvofiq. Kichik biznes
sub'ektlari ichki yoki tashqi innovatsiyalarni jalb etishi
mumkin. Bunda chora-tadbirlarni amalga oshirish hayot
siklining

birinchi

bosqichidagi

startaplarni

qo'llabquvvatlash

va

moliyalashtirish

tizimini

rivojlantirishga yo'naltirilishi kerak. Ushbu bosqichda
startaplar

rivojlangan

mamlakatlar

investorlariga

ularning bozoriga kirishga yordam beradigan tarzda
ishga tushirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan
aloqalar o'rnatish va rivojlantirish zarur

3

.

Kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini

innovatsion

rivojlanishiga

ta'sir

ko'rsatuvchi

muammolarga qator ishlar bag'ishlangan bo'lib UNDP
analitik bildirishnomasi amaliy ahamiyatga molik
hisoblanadi

4

. Lekin hozirda mamlakatimiz va uning

xududlari

iqtisodiyotini

davlatning

zamonaviy

progressiv makroiqtisodiy siyosati kontekstida qurilish,
qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish, sanoat tarmoqlari va
ularga hamohang kichik biznesning modernizatsiyasi va
innovatsion rivojlanishini rag'batli qo'llab-quvvatlash,
ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki va tashqi talabni
rag'batlantirish masalalarini yechishda kichik biznes
sub'ektlarining

innovatsioninvestitsion

faolligini

oshirish, umuman milliy iqtisodiyotni, ayniqsa xududiy
ishlab

chiqarishni,

investitsiyalar

asosida

modernizatsiya qilish sharoitida kichik biznesni
investitsion faolligini oshirish mexanizmi samarasini
oshirish masalalari alohida ilmiy-tadqiqot ob'ekti
sifatida o'rganilmagan. Bunda mamlakat iqtisodiyotini
innovatsion

omil

belgilaydigan

model

asosida

rivojlantirish omillarini to'g'ri tanlash nafaqat nazariy,
balki juda muhim amaliy ahamiyatga ham egadir.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkin-ki,

bugungi

kunda

mamlakatimizda

tadbirkorlarning

innovatsion - investitsion faolligini oshirish muhim
masalalardan biriga aylanib bormoqda. Bunga sabab,
iqtisodiy

barqarorlikni

jadal

sur’atlar

bilan

rivojlantirishdir. Buning uchun esa bizga barcha sharoit
va imkoniyatlar yetarli, vazifamiz esa mavjud imkoniyat
va sharoitlardan to’g’ri, samarali foydalanishdir..

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO'YXATI

1. Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida:
O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 2019 yil 25
dekabr.O'RQ № 598-son.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoev erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat
zonalarini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan
ishlar samaradorligi tahliliga bag'ishlangan yig'ilishi.
2017 yil 9 oktyabr.

Юсупова, Ташкент, №2(13), 2009 (www.undp.uz). Изоҳ:
БМТРЛ – Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг
ривожланиш лойиҳаси (русча - ПРООН, инглизча - UNDP)


background image

3. Abduraupov R.R., To'ychiev A.G'. Monografiya.
Kichik

biznesga

innovatsiyalar

transferini

moliyalashtirish. - Toshkent: Fan. 2020.
4. Потенциал роста малого бизнеса в Узбекистане:
барьеры и возможности./Докладная записка ПРООН
под ред.Ю.Б. Юсупова, Ташкент, №2(13), 2009
(www.undp.uz). Изоҳ: БМТРЛ – Бирлашган
Миллатлар Ташкилотининг ривожланиш лойиҳаси
(русча - ПРООН, инглизча - UNDP)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов