MITIGATING THE IMPACT OF THE ECONOMIC CRISIS THROUGH THE DEVELOPMENT OF BUSINESS ACTIVITY IN TOURISM

HAC
Google Scholar
To share
Eshpo‘latov , A. . (2024). MITIGATING THE IMPACT OF THE ECONOMIC CRISIS THROUGH THE DEVELOPMENT OF BUSINESS ACTIVITY IN TOURISM. Modern Science and Research, 3(1), 720–723. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28389
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, I tried to explain the benefits of developing the tourism sector, and also to improve the economy of Uzbekistan through the development of entrepreneurship in the tourism sector, to prevent or reduce the impact of possible economic crises.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

720

TURIZMDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ORQALI

IQTISODIY INQIROZ TA`SIRINI YUMSHATISH

Eshpo‘latov Abdulaziz Ulug‘bek o‘g‘li

Osiyo Xalqaro Universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10552851

Annotatsiya.

Ushbu maqolada turizm sohasini rivojlantirish natijasida keladigan foydalar

haqida, bundan tashqari turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali O`zbekiston
iqtisodiyotini yanada yaxshilash, bo’lishi mumkin bo’lgan iqtisodiy inqirozlarning oldini olish
yoki ta`sirini kamaytirish haqida yoritishga harakat qildim.

Kalit so`zlar:

Turizm, tadbirkorlik, iqtisodiy inqirozlar, Yangi O`zbekiston, turizmni

rivojlantirish to’g’risidagi farmon.

MITIGATING THE IMPACT OF THE ECONOMIC CRISIS THROUGH THE

DEVELOPMENT OF BUSINESS ACTIVITY IN TOURISM

Abstract.

In this article, I tried to explain the benefits of developing the tourism sector, and

also to improve the economy of Uzbekistan through the development of entrepreneurship in the
tourism sector, to prevent or reduce the impact of possible economic crises.

Key words:

Decree on tourism, entrepreneurship, economic crises, New Uzbekistan,

tourism development.

СМЯГЧЕНИЕ ПОСЛЕДСТВИЙ ЭКОНОМИЧЕСКОГО КРИЗИСА ЧЕРЕЗ

РАЗВИТИЕ ДЕЛОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В СФЕРЕ ТУРИЗМА

Аннотация.

В этой статье я попытался объяснить преимущества развития

туристического сектора, а также улучшить экономику Узбекистана за счет развития
предпринимательства в сфере туризма, чтобы предотвратить или уменьшить влияние
возможных экономических кризисов.

Ключевые слова:

Туризм, предпринимательство, экономический кризис, Новый

Узбекистан, указ о развитии туризма.


KIRISH.

Bugungi kunda mamlakatimizda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz

Prezidenti tomonidan yurtimizning iqtisodiy-siyosiy va madaniy qiyofasini tubdan yaxshilash va
rivojlantirish maqsadida “Yangi O’zbekiston” tashabbusi ishlab chiqildi. Yangi O’zbekistonni
rivojlantirish va butun dunyoga tanitish maqsadida ko’plab islohotlar va yangiliklar qilinmoqda.

Ularning ichida turizm sohasini yaxshilash va yanada rivojlantirish yuqori o’rinni egallaydi.
Oxirgi besh yil ichida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan turizmni rivojlantirish maqsadida

ko’plab farmon va qarorlar qabul qilindi.

2018-yil 3-fevralda “O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun

qulay sharoit yaratish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni, 6-
fevral kuni esa “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni, 2018-yil 7-
fevral kuni “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi
navbatdagi qaroridan kelib chiqib, mamlakatimizning barcha turistik hududlarida, shuningdek,
sayyohlarni jalb qilish salohiyatiga ega bo’lgan boshqa hududlarda ichki turizmni rivojlantrish,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

721

infratuzilmasini yaxshilash, yangi yo’nalishlar tashkil qilish bo’yicha turli vazifalar belgilab
qo’yildi.

2021-yilning aprel oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6199- sonli

«Turizm, sport va tarixiy meros sohalarida davlat boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash
maqsadida jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda turizmni rivojlantirish Davlat qo’mitasi
negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi, hamda uning zimmasiga eng muhim vazifalar
yuklatildi.

Ushbu vazirlik turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalariga oid yagona

davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hamda turizmni rivojlantirish Davlat
qo’mitasi huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu bilan birgalikda ushbu hujjatlarni
xalqaro shartnoma bo’yicha huquqiy vorisi sifatida tan olindi.

Shu va shunga o’xshash qarorlarning qabul qilinishi mamalakatimizga tashrif

buyuruvchilar sonining yanada ortishiga sabab bo’ldi. Butun dunyo siyosatida turizm strategiya
va taktikaga asoslanadi, shu sababli turizm strategiyasi davlatni qayta qurish va rivojlantirish
sohasidagi harakatlarni belgilab beradi.

Turizmda rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirish uchun vaqt hamda katta moliyaviy

mablag’lar talab qilinadi va maqsadli dasturlarni ishlab chiqishga qaratiladi. Turistik taktika – bu
mavjud sharoitlarda maqsadga erishishning aniq choralari va usullarini amalga oshirish bilan birga
fuqarolarning turistik xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish niyatida yaratiladigan
imkoniyatlar hisoblanadi.

Shu bilan birga yangi ish o’rinlari sonini ko’paytirish, byudjet tizimiga soliq tushumlari,

xorijiy valyutalarning kirib kelishi va saqlanishi uchun zarur zamonaviy imkoniyatlarga ega yuqori
samarali va raqobatbardosh turistik kompleksni yaratish, madaniy va tabiiy merosdan oqilona
foydalanishni ham o’z ichiga oladi.

Yurtimizda bir qancha turistik shaxarlar mavjud. Ulardan eng qadimiylari Buxoro,

Samarqand, Xorazmdir. Bu shaharlarga keladigan turislar soni ham nisbatan ko’p. Masalan
Buxoroda joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida 43 ta 1 ming 183 o‘rinli yangi katta-kichik
mehmonxonalar ishga tushdi. Mehmonxonalar umumiy soni 445 taga (4974 ta xona, 11412 ta
o‘rin) yetdi.

Bunda, yangi tashkil qilingan mehmonxonalar – 9 ta, oilaviy mehmon uylari – 19 ta,

xostellar – 15 tani tashkil etadi. Olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida hisobot davrida viloyatga
tashrif buyurgan sayyohlar soni 1 million 824 ming nafardan oshdi. Sayyohlardan viloyat
iqtisodiyotiga 2021-yilda 478,9 milliard so‘m tushum tushgan bo‘lsa, 2022 yilning olti oyida bu
ko‘rsatkich 763 milliard so‘mdan oshdi.

Xorijiy sayyohlar oqimini oshirish, sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida

2022-yilning iyun oyida ilk bor Istanbul-Buxoro-Istanbul yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, turizm yo‘nalishida bir qator madaniy-
ko‘ngilochar tadbir, forum, festival va yarmarkalar tashkil etildi.

Jumladan, 2022-yilning fevral oyida “Ichki va ziyorat turizmi” yarmarkasi va uning

doirasida “Usmon mushafi” nomli maxsus suvenirlar kolleksiyasi namoyishi o‘tkazildi. 19-may


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

722

kuni “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumining Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan yakuniy
bosqichida 11 ta davlatdan 100 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

O‘zbekiston hamda jahon hamjamiyatining e’tiqod erkinligini targ‘ib qilish borasidagi

“Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik” yo‘nalishi bo‘yicha “Buxoro deklaratsiyasi” qabul
qilindi. 21-25 may kunlari Buxoro shahrida 58 ta davlatdan tashrif buyurgan 220 nafar xorijiy
mehmon ishtirokida “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivali o‘tkazildi.

Festival doirasida Butunjahon Hunarmandchilik Kengashi tomonidan Buxoro shahriga

“Butun jahon hunarmandlar shahri” maqomi berildi. 3-4 iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan
Turkiy davlatlar tashkilotining “IV Yosh liderlar” forumi doirasida Buxoro shahri 2022-yilda
“Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti” deb e’lon qilindi.Hududiy investitsiya dasturlari doirasida
2022-2023-yillarda turizm sohasida mehmonxona, hotel, umumiy ovqatlanish shoxobchalari,
ekoturizm, turistik transport vositalaridan iborat umumiy loyiha qiymati 483,9 milliard so‘mni
tashkil etuvchi 52 ta loyiha amalga oshirilmoqda. bugungi kunda mazkur loyihalardan 9 tasi ishga
tushirildi.

Bu kabi turizm sohasidagi tadbirkorlikning rivojlanishi nafaqat davlatimiz iqtisodiyoti

balki aholi ijtimoiy hayotining yaxshilanishiga ham yordam bermoqda. Bundan tashqari Abu Ali
ibn Sino tug‘ilib o‘sgan “Afshona” qishlog‘ini turizm shaharchasiga aylantirish yuzasidan
muzeyga tutash hududdan 2,7 gektar yer uchastkasini qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer
maydonlari hisobiga o‘tkazish hamda belgilangan tartibda investor va tashabbuskorlarni jalb
qilgan holda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilish ishlari boshlanadi.

Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasida “Gastro Bazar” va “Street Food” gastronomik ko‘cha

tashkil etiladi. G‘ijduvon tumanida “Qo‘rg‘on” “Turizm mahallasi”, Vobkent tumanida “Shirin
etnoturizm qishlog‘i” va Ahmad Donish ko‘chasida “Turizm ko‘chasi” tashkil etish
rejalashtirilgan. Bu kabi islohotlarning tobora ko’payishi faqat va faqat davlat iqtisodiyoti va aholi
iqtisodiy holatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi.

XULOSA

Turizmning yuqori daromad keltiruvchi soha boʻlganligi tufayli koʻpgina davlatlar va

tadbirkorlar uning rivojlanishi uchun katta eʼtibor bermoqdalar. Ular yangi-yangi
mehmonxonalarni qurmoqda, eskilarini rekonstruksiya qilib taʼmirlamoqda va jahon standartlari
talablariga moslashtirmoqda. Bunga birgina Samarqand shahrida qurilgan oʻnlab shaxsiy
mehmonxonalarni misol keltirish mumkin. Ular hech kimning taʼziqi yoki koʻrsatmasisiz oʻz
tashabbuslari bilan qurilgan obyektlardir. Maqsad shu sohani rivojlantirib katta foyda olishdir.

Bu esa oʻz navbatida, turizmni rivojlantirish uchun eng muhim omillardan biridir.
Turistlarni koʻproq jalb qilish maqsadida dunyo tamadduni va tarixiy obidalar

namunalarini qayta tiklash va asl holiga keltirish uchun ham katta eʼtibor berilmoqda. Masalan,
Samarqandda “Bibixonim” majmuasining qayta tiklanishi, Imom Al-Buxoriy, Motrudiy kabi
allomalarimiz majmualarining qaytadan barpo qilinishi kabilar bularga misol boʻla oladi.

Turizmning rivojlanishiga nafaqat daromad keltiruvchi iqtisodiy, balki katta ijtimoiy soha

deb ham qarash lozim. Agar xalqaro turizm oʻz rivojini topsa xalqlar oʻrtasidagi madaniy va
maʼrifiy aloqalarning mustahkamlanishiga, turli millatlarning doʻstlashishiga, davlatlar oʻrtasidagi
munosabatlarning yaxshilanishiga, oxir-oqibatda dunyoda tinchlikning qaror topishiga ham
muhim omil boʻladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

723

REFERENCES

1.

https://fayllar.org/turizmning-iktisdiy-mazmuni-va-moxiyati-v2.html?page=9

2.

Fayziyeva Sh. Osnovnыe napravleniya razvitiya turizma v Uzbekistane. //
Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana.

3.

https://yuz.uz/uz/news/buxorolik-tadbirkorlar-xalqaro-turizm-yarmarkasining-birinchi-
kunida-14-mln-dollarlik-kelishuvlarga-erishdi

4.

https://uza.uz/oz/posts/buxoro-turizmni-rivojlantirish-istiqbollari_395201

5.

https://statefund.uz/uz/news/news_25-02-2021/

References

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов