Authors

  • Maftuna Omonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.28381

Keywords:

Fashion

Abstract

This article contains information about the names, history, and characteristics of clothes in English and Uzbek languages.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

744

ZAMONAVIY VA ENG QADIMIY KIYIMLARNING FARQLARI VA

ULARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI

Omonova Maftuna Soatmurodovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistranti

maftunaomonova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10557097

Annotatsiya.

Bu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi kiyimlarning nomlari, tarixi, uning

xususiyatlari haqida ma’lumotlar mavjud.

Kalit so’zlar:

Kiyim bichimlari, fransuz modalari, kiyim taraqqiyotiga, uygʻonish davri,

kiyim, toʻr, burma, bantiklar, yubka va bluzka.

DIFFERENCES BETWEEN MODERN AND ANCIENT CLOTHES AND THEIR

GENERAL FEATURES

Abstract.

This article contains information about the names, history, and characteristics

of clothes in English and Uzbek languages.

Keywords:

Fashion, French Fashion, Fashion, Renaissance, Dress, Lace, Ruffles, Bows,

Skirt and Blouse.

РАЗЛИЧИЯ МЕЖДУ СОВРЕМЕННОЙ И СТАРИННОЙ ОДЕЖДОЙ И ИХ

ОБЩИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ

Аннотация.

В данной статье содержится информация о названиях, истории и

характеристиках одежды на английском и узбекском языках.

Ключевые слова:

Стили одежды, французская мода, развитие одежды,

Возрождение, одежда, кружево, складки, банты, юбка и блузка.

14—15-asrlarda Gʻarbiy Yevropada chizmachilik ilmining taraqqiyoti hozirga qadar

mavjud boʻlgan andazalarning barcha turlarini yaratilishini taʼminladi, matolarning nafisligi,
iplarining joylashishi bichishni mukam-mallashtirdi. Bu yutuqlar Kiyimni aniq loyihalash va
qomatga mos nafis Kiyimning paydo boʻlishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Xalqlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarning kengayishi natijasida Kiyim bichimlari bir

mamlakatdan ikkinchisiga tarqalgan. Masalan, 11 — 14-asrlarda Gʻarbiy Yevropaga fransuz, 14—
16-asrlarda Flandriya va Burgundiya, 16-asr 2-yarmidan ispan, 17-asr 2-yarmidan yana fransuz
modalari tarqalgan. Rus zodagonlari Sharqda tayyorlangan zarboft, kimxob toʻnlar, zardoʻzi telpak
va b. buyumlarni juda qadrlashgan (mas, Monomax telpagi). 14-asrda Kiyim taraqqiyotiga maʼlum
darajada meʼmorlik va tasviriy sanʼatdagi uslublar taʼsir etgan.

Masalan, 10— 12-asrlarda Gʻarbiy Yevropada Kiyim bichimida roman uslubi aks etgan,

yaʼni uzun koʻylak va yelkaga tashlab yuriladigan yopinchiq urf boʻlgan; 12-15-asrlarda gotika
uslubida tikilgan kalta va tor Kiyim kiyishgan. Uygʻonish davri (15-16-asrlar) da kalta, lekin keng
bichimdagi Kiyim rasm boʻlgan, 16-18-asrlarda barokko, 18-asrda rokoko uslubidagi, yaʼni
murakkab bichimli Kiyimlar kiyila boshlangan. Kiyim toʻr, burma, bantiklar bilan bezatilgan. 18-
asr fransuz inqilobi davrida yuzaga kelgan erkaklar libosi Yevropa erkaklar Kiyimini
shakllanishida muhim rol oʻynadi. 19-asrda yagona Yevropa Kiyimi shakllanishi yakunlandi, 19-
asr 2-yarmidan Kiyimlarni ommaviy i.ch. natijasida quyi qatlamlar orasida ham yangi modali
Kiyimlar keng tarqaldi. Angliya erkak Kiyimi yaratishda yetakchi boʻlib qoldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

745

20-asrda texnika taraqqiyoti va oʻnga bogʻliq holda oʻzgargan hayot tarzi, tikuvchilik

sanoatining oʻsishi Kiyim tarixida yangi davrni ochib berdi, avtomobil va mototsiklda yurishning
keng tarqalishi tufayli erkaklar Kiyimida oʻzgarishlar roʻy berdi: kalta shim, kurtka, rangli koʻylak,
bosh Kiyim — keplar paydo boʻldi. 20-yillardan erkaklar yagona bichimdagi Kiyim kiya boshladi.
50-yil lardan erkin harakatga qulay boʻlgan Kiyim yuzaga keldi, ancha yengil va shaklan nafis
Kiyim yaratildi, yenglari yaxlit bichimli koʻylaklar, pochasi tor shimlar paydo boʻldi, sport
Kiyimlari keng tarqaldi.

Ayollar Kiyimida 20-asr 10-yillar Kiyim shaklidagi bejamdorlik, chiziklar va bezakdagi

asimmetriya yoʻqoldi, koʻylaklarda elastik matolarning erkin bur-malari bilan hosil qilinadigan
chiziqlarning oquvchanligi paydo boʻldi.

Urush yillarida kundalik Kiyim — yubka va bluza boʻlib, koʻylaklar kaltalashdi. Bu

Kiyimda paypoq muhim oʻrin tutdi. 30— 40-yillarda nozik shaklda (egri ip yoʻnalishida bichilgan
mato qomatga mos yotadi) qarbiy Kiyim xususiyatlari (yelkaning keng va balandligi boʻrttirilgan
va b.) koʻzga tashlanadi, poyabzal qalin taglikka (platformaga) ega boʻldi; 50-yillarda ayollar
Kiyimida uslubiy oʻzgarishlar roʻy berdi: qatʼiy shakldan mayin oquvchan chiziqlarga ega boʻlgan
yangi bichim yaratildi; yengi bilan yaxlit bichimli qomatga mos Kiyimturi (beli va yubkasi tor
koʻylak) va uchli, nafis va ingichka poshnali poyabzal yuzaga keldi. 60-yillar boshida yubkalar
oʻrnini egʻallay boshlagan shimlar keng tarqaldi.

60-yillarda oyoq Kiyimda oʻzgarishlar roʻy berdi: sport uslubidagi keng va oʻrtacha baland

poshnali poyabzal paydo boʻldi. Qishki poyabzallardan etiklar keng tarqaldi. 60-yillardan erkak
va ayollar Kiyimidan yoshlar libosi ajralib turadi: oʻsmir yigit va qizlar Kiyim bi-chimining
oʻxshashligi deyarli bir xil boʻlgan buyumlar yaratishga olib keldi.

70-yillardan Kiyim turi va uning shakllari juda rang-baranglikka ega. Modelyerlar ana shu

xilma-xillikda ayrim qismlarni uygʻunlashtiruvchi oʻziga xoslikni koʻradilar.

Kiyim modelini yaratishda zamonaviy Kiyimlarni loyihalash markazi shakllangan

Fransiya yetakchi oʻrin egʻallaydi (G. Shanel, K. Dior, P. Karden va b.). 20-asr 2-yarmidan
Angliya (M. Kuant), Italiya (opa-singil Fontanalar, Valentino), shuningdek, AQSH, Yaponiya va
b. firmalar ular bilan erkin raqobatlashadi. ʻMDH hududida matodan tikilgan Kiyim neolit
davridan maʼlum. Mil. av. 1-ming yillikda skif-sarmat qabilalarining erkaklari koʻylak va kaftan,
uchli qalpoq, etik, ayollar keng koʻylak, ustki (yopinchiq) Kiyim kiyishgan. Rus, ukrain va
beloruslar toʻgʻri bichimli uzun koʻylak, kamzul, poʻstin, moʻynali qal-poq, etik, piyma, boshmoq,
lapta (chipta kavush) kiyishgan. Kavkazliklar (arman, gruzin, ozarbayjon) uzun koʻylak, cherkaska
(kamzul), burka, papaxa, ayollar beligacha tor, etagi keng koʻylak, ixcham qalpoqcha kiyib, yupqa
roʻmol oʻrab yurishgan. Oʻrta Osiyo xalqlari toʻgʻri bichimli uzun koʻylak, yaktak, chopon, doʻppi,
salla, roʻmol, moʻynali qalpoq, mahsi, kavush, etik vab. Kiyim kiyishgan.

Oʻzbek milliy Kiyimi. Oʻzbekiston hududida mahalliy Kiyim qadimdan iqlim, turmush

sharoitlari va urugʻ-qabila anʼanalari asosida shakllangan. Respublika hududidan topilgan
arxeologik yodgorliklar, devoriy rasmlar, yozma manbalar, qoʻlyozma kitoblarga ishlangan
moʻʼjaz tasvir (miniatyura)larda oʻzbek milliy Kiyimining boy tarixi namoyon boʻladi.

Sharq Uygʻonish davrida barcha sohalarda boʻlgani kabi liboslarga tus berishda ham gʻoyat

ilgarilab ketilgan. Kishi qomatining goʻzalligini aniq koʻrsatadigan beli qisma liboslar tarqalgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

746

REFERENCES

1.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 1-жилд. -Т.: Фан, 1987.
(Alisher Navoi. A perfect collection of works. 20 volumes. Volume 1 -T .: Fan, 1987.)

2.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 2-жилд. -Т.: Фан, 1987.
(Alisher Navoi. A perfect collection of works.

3.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 7-жилд. -Т.: Фан, 1991.
(Alisher Navoi. A perfect collection of works. 20 volumes. Volume 7 -T .: Fan, 1991.)

4.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 8-жилд. -Т.: Фан, 1991.
(Alisher Navoi. A perfect collection of works. 20 volumes. Volume 8 -T .: Fan, 1991.)

5.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 9-жилд. -Т.: Фан, 1992
(Alisher Navoi. A perfect collection of works. 20 volumes. Volume 9 -T .: Fan, 1992)

6.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 10-жилд. -Т.: Фан, 1992.
(Alisher Navoi. A perfect collection of works. 20 volumes. Volume 10 -T .: Fan, 1992.)

References

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 1-жилд. -Т.: Фан, 1987. (Alisher Navoi. A perfect collection of works. 20 volumes. Volume 1 -T .: Fan, 1987.)

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 2-жилд. -Т.: Фан, 1987. (Alisher Navoi. A perfect collection of works.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 7-жилд. -Т.: Фан, 1991. (Alisher Navoi. A perfect collection of works. 20 volumes. Volume 7 -T .: Fan, 1991.)

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 8-жилд. -Т.: Фан, 1991. (Alisher Navoi. A perfect collection of works. 20 volumes. Volume 8 -T .: Fan, 1991.)

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 9-жилд. -Т.: Фан, 1992 (Alisher Navoi. A perfect collection of works. 20 volumes. Volume 9 -T .: Fan, 1992)

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 10-жилд. -Т.: Фан, 1992. (Alisher Navoi. A perfect collection of works. 20 volumes. Volume 10 -T .: Fan, 1992.)