DEVELOPMENT OF ARTISTIC CREATIVITY IN FINE ARTS LESSONS

HAC
Google Scholar
To share
Jamoldinov , B. (2024). DEVELOPMENT OF ARTISTIC CREATIVITY IN FINE ARTS LESSONS. Modern Science and Research, 3(1), 1012–1014. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28572
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the development of fine art, in particular, the understanding of national identity, its role in the illumination of centuries-old traditions and customs, religion and literature, and the development of various directions through art education. It is reflected that the study of the specific characteristics of national schools, their formation and development in the context of cultural integration is one of the most important tasks of modern art history.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1012

TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA BADIIY IJODKORLIKNI

RIVOJLANTIRISH

Jamoldinov Bahtiyor Shaxobidinovich

Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi

Kasbiy ta’lim ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10574524

Annotatsiya. Mazkur maqolada tasviriy san’atining rivojlanishi, xususan milliy oʻzlikni

anglash, koʻp asrlik an’ana va urf odatlar, din va adabiyotni yoritishdagi oʻrni, san’at ta’limi
orqali turli yoʻnalishlarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Milliy maktablarning oʻziga xos
xususiyatlarini, ularning shakllanishi va rivojlanishini madaniyatlar integrasiyasi sharoitida
oʻrganish zamonaviy san’at tarixining eng muxim vazifalaridan biri ekanligi aks ettirilgan.

Kalit soʻzlar: integrasiya, madaniyat, uzluksiz, tasviriy san’at, badiiy jarayon, milliy

an’analar, ijodiy metod.

DEVELOPMENT OF ARTISTIC CREATIVITY IN FINE ARTS LESSONS

Abstract. This article describes the development of fine art, in particular, the

understanding of national identity, its role in the illumination of centuries-old traditions and
customs, religion and literature, and the development of various directions through art education.
It is reflected that the study of the specific characteristics of national schools, their formation and
development in the context of cultural integration is one of the most important tasks of modern art
history.

Key words: integration, culture, continuity, fine art, artistic process, national traditions,

creative method.

РАЗВИТИЕ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ТВОРЧЕСТВА НА УРОКАХ

ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА

Аннотация. В данной статье описывается развитие изобразительного искусства,

в частности, осмысление национальной самобытности, его роль в освещении
многовековых традиций и обычаев, религии и литературы, а также развитие различных
направлений посредством художественного образования. Отражено, что изучение
особенностей национальных школ, их становления и развития в условиях культурной
интеграции является одной из важнейших задач современного искусствоведения.

Ключевые слова: интеграция, культура, преемственность, изобразительное

искусство, художественный процесс, национальные традиции, творческий метод.

San’at milliylikka asoslanadi, ayni paytda ezgulik, olijanoblik, doʻstlik, hamjihatlik,

ma’naviy yetuklik kabi umuminsoniy gʻoyalarni targʻib etadi. Yurtimizga chetdan kirib
kelayotgan barcha asarni ham san’at deb qabul qilish notoʻgʻri. Bugungi globallashuv jarayonida,
tezkor axborotlashuv davrida yoshlarni oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlay olishga oʻrgatish
zimmamizdagi asosiy vazifalardandir. Mustaqillik yillaridagi xalqaro integrasiya Oʻzbekiston
san’atini jahondagi badiiy jarayonlarga qoʻshilishiga, yangi tendensiyalar bilan uygʻunlashuviga
olib keldi. Mamlakat san’atida xorij innovasiyalari, modernizm oqimlari, konseptual san'at
yoʻnalishlarining zamonaviy koʻrinishlari oʻz aksini topa boshladi. Bugungi zamonning dolzarb
masalalari bilan bogʻliq mazkur ijodiy hodisalar ularni jahon badiiy tajribalari kontekstida tadqiq


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1013

etishga undamoqda. Shu jihatdan, mustaqillik davrida Oʻzbekiston rangtasvirida rivojlangan yangi
tendensiyalar, ularning zamonaviy jarayonlar bilan ijodiy aloqasi, shuningdek, etnomadaniy meros
bilan uygʻunligini tadqiq etish muhimdir.

Akademik tasviriy san’at Gʻarb mamlakatlarida rivojlanganligi sababli, ushbu san'at bilan

shugʻullanish uchun, yuqori darajadagi ustozlar kabi asarlar yozish uchun ularning bilimlaridan
oʻrganamiz. Ularning bilimlarini oʻrganishning eng toʻgʻri yoʻli, bu ularning asarlaridan nusxa
koʻchirishdir. Akademik maktabda boʻlajak rassomni tayyorlashda asardan nusxa koʻchirish darsi
qadim zamonlardan beri amalda qoʻllangan va hozirgi kunda ham ta'lim jarayonining ajralmas
qismidar. Shu oʻrinda misol qilib mashxur haykaltarosh Lorenso Berninining fikrini keltirishimiz
mumkin: “Akademiyalarda qadimgi antik dunyo goʻzal haykallarining nusxalari boʻlishi shart,
ushbu san'at asrlarini yoshlarga chizdirish orqali ularni oʻqitish kerak, ularda goʻzallik fikrini
tarbiyalash kerak, agarda oʻqitishning boshidan oʻquvchilarga tabiatdan ishlashga ruxsat bersak,
ular keyinchalik goʻzallikni koʻra olmaydilar va hech qachon tabiatdan idrok etish qiyin boʻlgan
goʻzal va yuqori darajadagi badiiy asarlar bajara olmaydilar, chunki ular tabiatdagi goʻzallikni seza
olishmaydi”

Tasviriy san'at asarlaridan nusxa koʻchirish texnikasining taraqqiyot davri bir qancha

bosqichlarni bosib oʻtgan. Eng qadimiy nusxa koʻchirish Antik davrga mansub. Bu erda eslab
oʻtishimiz mumkinki, Antik davrda yasalgan deyarli barcha grek haykallari rim
haykaltaroshlarining nusxasi orqali bizga tanishdir. Ushbu nusxalar asl haykallardan bir muncha
farq qiladi. Faqatgina haykal hajmi yoki biron-bir mayda qismi bilan emas, balki ishlash texnikasi
bilan ham farq qiladi. Nusxa koʻchirish texnikasi taraqqiyotining navbatdagi bosqichi Oʻrta
asrlarda boʻlgan. Bu davrda ham nusxa asar bilan asl asarning oʻxshashligi va farqi toʻgʻrisidagi
fikrlar hozirgi kundagi fikrlarga nisbatan ancha farq qilgan. Faqatgina Renessans davriga kelibgina
nusxa koʻchirish oʻzining yuqori choʻqqilariga erishdi. Aynan shu davrda Evropa madaniyatida
nusxa koʻchirishning teoretik qonun-qoidalari ishlab chiqildi va nusxa bilan asl asarning mavqelari
inobatga olindi. Soʻng yuqori darajadagi badiiy asl rangtasvir va haykaltaroshlik asarlaridan nusxa
koʻchirish rivojlandi. XVII asrga kelib san'at ihlosmandlarini tasviriy san'atga oʻqitish maqsadida
rassomlar akademiyalari tashkil topdi. Shu tariqa nusxa koʻchirish amaliyoti akademik ta'limning
ajralmas qismiga aylandi, hamda uning maqsadi tan olingan ustalarning namuna boʻlgan asarlarini
texnika-texnologiyasini oʻrganish va rivojlantirish edi.

Hozirgi kunda Oliy oʻquv yurtida akademik ta'limning muhim jixatlaridan biri – asarning

asl nusxasidan nusxa koʻchirishdir. Nusxa koʻchirishning dasturi rangtasvir texnika-
texnologiyasini oʻrganish, hamda yuqori darajada professional mahoratni tarbiyalashni oʻz ichiga
oladi. Nusxa koʻchirishdan maqsad asar muallifining ushbu asar ustida ishlash jarayonini, ketma
ketligini qaytarishdan hamda rangtasvirning nozik sir-asrorlarini oʻrganishdan iboratdir.
Fikrimizcha, nusxa koʻchirish orqali, rassom, rangtasvir asarini har bir bosqichlarini professional
darajada yozish madaniyatini oʻrganadi. Hozirgi kundagi rassom qadimda yashab ijod etgan
rassomning asaridan nusxa koʻchirish orqali u bilan “suxbat” quradi va uning bilimlarini
oʻrganadi. Shu tariqa asar muallifi rassomga ustozlik qiladi. Tarixiy portretlar milliy qadriyatlar
ifodachisi sifatida rassomning fuqarolik nuqtai nazari hamda milliy merosga munosabatini aks
ettirishda oʻz ifodasini topadi, obrazlar va mavzular talqini oʻzgaradi, zero, tarixning tub


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1014

burilishlari va ijtimoiy-gʻoyaviy evrilishlar paytida zamon qahramonlari borasidagi tasavvurlar
oʻzgaradi, davr mohiyatini aks ettiruvchi yorqin timsollar yaratilishiga ma'naviy ehtiyoj tugʻiladi.

Rangtasvirda nusxa koʻchirishni boshlashdan avval rassom oʻz oldiga maqsad koʻyishi

kerak. Nusxa koʻchirishni amalga oshirishda nusxasi koʻchirilayotgan asarni va asar muallifini
yaxshilab oʻrganish kerak. Asar muallifi qaysi davrda yashab ijod etgani, qanday maktabga
mansub ekanligi, asar yozishda nimalarga asosan e'tibor berganini, qaysi texnikada asarni
yozganini va qaday materiallardan foydalanganligini taxlil qilib oʻrganib chiqishi kerak. Rassom
bundan tashqari nusxasi koʻchirilayotgan asarni texnologiyasini oʻrganishi kerak. Asar qanday
matoga ishlangan, asar yozishda ishlatilgan ashyolar toʻgʻrisida ma'lumotga ega boʻlishi va ularni
oʻrganishi kerak. Rassom nusxa koʻchirish orqali ketma ketlikka, ranglarni qay tarzda mukammal
ishlatish mumkinligiga, asarni qaysi joylarini koʻproq ishlash, qaerga urgʻu berish va bir rangda
ishlab boshqa rangda lessirovka qilib natijaga erishish kabi bilimlarni oʻrganishga harakat qiladi.
Bundan tashqari rassomning rangtasvir asariga boʻlgan munosabati oʻzgaradi va u tarbiyalana
boshlaydi. Albatta hamma ham asardan mukammal darajada nusxa koʻchira olmaydi, ammo
shunday boʻlgan taqdirda ham ushbu asar va ushbu asar muallifidan koʻplab rangtasvir sirlarini
oʻrganadi. Asar tugallanmay qolgan holatda ham talaba-rassom ishni qanday toʻgʻri olib borish
toʻgʻrisidagi bilimlarga ega boʻladi.

Muxtasar qilib aytganda, nomdor akademik rangtasvir maktablarining namoyondalari

asarlaridan nusxa koʻchirish yuqori bilimlarni beradigan, rangtasvir madaniyatini oʻrgatadigan,
professional darajaga olib chiqadigan hamda mustahkamlaydigan muhim amaliyotdir. Zero,
akademik maktabda boʻlajak rassomni tayyorlashda asardan nusxa koʻchirish tarixdan amalda
qoʻllanilib kelgan va hozirgi kunda ham ta'lim jarayonining ajralmas qismidir.

REFERENCES

1.

Ахмедова Н.Р. Живопись Центральный Азии ХХ века: традиция, самобытность,
диалог. – Ташкент: 2004.

2.

Ахмедова Н. Художник – эпоха – история. San’at. №2. 2004.

3.

Ракитин В. Художественные искания Александра Волкова. Научный, методический
и информационный журнал МГК “Вестник МАГК”. 2001.

4.

Лотман Ю.М. Культура и взрыв. / Лотман Ю.М. Семиосфера. – СПб.: Искусство-
СПб., 2004.

5.

Зингер Л.С. Очерки теории и истории портрета. Москва. – Изобразительное
искусство. – 1986.

6.

Хакимов А.А. Искусство Узбекистана: история и современность. – Ташкент, 2010.

7.

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL
CREATIVITY.

8.

Ilhomovna,

M.

S.

(2021,

July).

HEALTHY

ENVIRONMENT-HEALTHY

COMMUNITY. In Archive of Conferences (pp. 62-66).

9.

Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy generation.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 892-895.

References

Ахмедова Н.Р. Живопись Центральный Азии ХХ века: традиция, самобытность, диалог. – Ташкент: 2004.

Ахмедова Н. Художник – эпоха – история. San’at. №2. 2004.

Ракитин В. Художественные искания Александра Волкова. Научный, методический и информационный журнал МГК “Вестник МАГК”. 2001.

Лотман Ю.М. Культура и взрыв. / Лотман Ю.М. Семиосфера. – СПб.: Искусство-СПб., 2004.

Зингер Л.С. Очерки теории и истории портрета. Москва. – Изобразительное искусство. – 1986.

Хакимов А.А. Искусство Узбекистана: история и современность. – Ташкент, 2010.

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL CREATIVITY.

Ilhomovna, M. S. (2021, July). HEALTHY ENVIRONMENT-HEALTHY COMMUNITY. In Archive of Conferences (pp. 62-66).

Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy generation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 892-895.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов