THE IMPORTANCE OF EDUCATION MANAGEMENT IN 21st CENTURY

HAC
Google Scholar
To share
Abduvoidov, H. . (2024). THE IMPORTANCE OF EDUCATION MANAGEMENT IN 21st CENTURY. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28614
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This thesis provides information about the place of educational management in the 21st century, the control that should be focused in the management systems of the production, technology age.

Similar Articles


background image


485

XXI ASRDA TA’LIM MENEJMENTINING AHAMIYATI

Abduvoidov Hasan Ilhom o’g’li

Sirdaryo viloyati yuridik

texnikumi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10578103

Annotatsiya.

Mazkur tezisda ta’lim menejmentining 21-asrda qanday o’rin tutayotganligi,

samaradorligi, raqamli texnologiya asridagi moslashuvchanligi va boshqaruv tizimlarda e’tibor

qaratilishi kerak bo’lgan jihatlari haqida ma’lumotlar beriladi.

Kalit so’zlar:

ta’lim menejmenti, korxonalar, globallashuv, texnologik taraqqiyot,

iqtisodiyot, ilm-fan, kompetensiya, biznes strategiyalar.

THE IMPORTANCE OF EDUCATION MANAGEMENT IN 21

st

CENTURY

Abstract

. This thesis provides information about the place of educational management in

the 21st century, the control that should be focused in the management systems of the production,

technology age.

Key words:

educational management, enterprises, globalization, technological

development, economy, science, competence, business strategies.

ВАЖНОСТЬ УПРАВЛЕНИЯ ОБРАЗОВАНИЕМ В 21 ВЕКЕ

Аннотация

.

В данной статье представлена информация о месте

образовательного менеджмента в 21 веке, управлении, на котором следует

сосредоточить внимание в системах управления производственно-технологического века.

Ключевые слова:

менеджмент образования, предприятия, глобализация,

технологическое развитие, экономика, наука, компетентность, бизнес-стратегии.

O’tgan ikki dekada, aniqroq qilib aytganda 21-asrning birinchi choragi shiddat bilan

borayotgan texnologik taraqqiyot, barcha mamlakatlararo globallashuv, yuqori sur’atlarda

rivojlanib borayotgan iqtisodiyot va ilm-fan taraqqiyotining jadallik bilan oldinga borishi bilan

ajralib turadigan davrdir. Ilgarilari ta’lim menejmentining ahamiyati ham hozirgichalik yaqqol

ko’zga tashlanmagan va hozirda unga bo’lgan e’tibor har tomonlama takomillashib bormoqda. Bu

davr katta iqtisodiy raqobatlarni keltirib chiqarmoqda - korxonalar ko’zda tutilmagan

qiyinchiliklar va qo’lga kiritish qiyin bo’lgan imkoniyatlar bilan kurashayotgan bir paytda, bu

muhitda rivojlanishga intilayotgan shaxslar boshqaruv tamoyillarida mustahkam poydevor

qurishga majbur bo’lmoqda. Natijada, sohadagi boshqaruvchilar, rahbarlar boshqaruv ta’limotini

yanada kuchliroq o’rganishga intilishmoqda. Ushbu tezisda 21-asrda menejment ta'limining


background image


486

ahamiyatini chuqur o'rganish afzalliklari, hamda uning shaxslar va tashkilotlarning kelajagini

shakllantirishdagi ko'p qirrali roli haqida ma’lumot olish mumkin.

XXI asrning o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu raqamli inqilobdir, aniqroq qilib aytganda

texnologiyalar asrining jadal taraqqiy etish asridir. Texnologiya hayotimizning barcha sohalariga

kirib, sanoat va ish uslubimizni qaytadan shakllantirib kelmoqda. Ushbu o’sish jarayonida

muvaffaqiyatga erishish uchun odamlar texnologiyaning biznesdagi rolini to'liq tushunishlari

kerak. Menejment ta'limi yuqoridagi marralarga erishish uchun o'z o'quv tizimiga ma'lumotlarni

tahlil qilish, raqamli marketing va axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish kabi strategiyalar

orqali soha o’rganuvchilariga bilim bera boshladi. Mazkur menejment dasturlari bitiruvchilari

nafaqat kuchli nazariy bilim asosiga ega, balki texnologiya kuchidan samarali foydalanish

imkonini beruvchi amaliy ko‘nikmalarga, ya’ni kasblararo kompetensiyaga ega bo‘ladilar.

Globallashuv mamlakatlar va madaniyatlarni bir-biriga tobora yaqinlashtirib, o‘zaro

bog‘langan xalqaro dunyoni yaratib kelmoqda. Bir tomonlama qaraganda, bu biznes sohasidagi

insonlar uchun o'z imkoniyatlarini kengaytirishda ko'plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Boshqa

tomonlama qaraganda esa bu holat madaniyat to’qnashuvlar va xalqning urf-odatlari bo’yicha

tortishuvlarni keltirib chiqaradi. Menejment bo'yicha ta'lim - millatlararo turli xil madaniyatlarning

imkoniyatlarini, xalqaro biznes strategiyalarini va global ta'minot zanjirini boshqarishni

rivojlantirishga urg'u beradi. Ta’lim menejmenti o’rganuvchilar uchun nafaqt boshqaruv usullari

yoki biznes tamoyillarini, balki jahon bozorlarining nozik jihatlarini va xalqlar o’rtasidagi sog’lom

raqobatni ham o’rgatadi.

Kundan kunga rivojlanib borayotgan dunyoda ta’lim menejmenti yanada takomillashtirish

va o’rganish uchun bir nechta uslublardan foydalansa bo’ladi. Masalan, bir qator davlatlarning

universitetida talabalarni bog’lab turishi mumkin bo’lgan umumiy tarmoq (bu jarayon jahonda

“networking” tushunhasi bilan mashxur) tuzilishi mumkin. Bunday tarmoqlar iqtisodiyot

olamidagi muvaffaqiyatning asosidir va u menejment bo'yicha ta'limda o’rganuvchilar uchun

tengdoshlar, professorlar va sanoat mutaxassislari bilan bog'lanish imkoniyatini taqdim etadi. Bu

kabi dasturlarni nafaqat universitetlardan, balkim kollej va texnikumlardan ham boshlash mumkin.

Bu talabalarga erta yoshdanoq ta’lim menejmenti haqida xabardor bo’lishlariga yordam beradi.

Kollej va texnikum aloqalarni osonlashtirish uchun tarmoq va mezbon tadbirlar, seminarlar va

bitiruvchilar yig'ilishlarining ahamiyatini tushuniladi. Ushbu muassasalarning o’quvchilari ta’lim

menejmenti darslaridan tashqari kuchli va xilma-xil professional tarmoqlardadan foydalanish

imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bundan tashqari, ta’lim menejmentida talabalarni sanoat

ko’rsatkichlariga moslashtirish va raqobatbardosh bo’lishni ham o’rgatish zamonamizda katta


background image


487

ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Sanoat doimiy ravishda rivojlanmoqda va so'nggi

tendensiyalardan xabardor bo'lish har bir kadrning martabasi o'sishi uchun juda muhimdir.

Menejment bo'yicha ta'lim talabalarni amaliy tadqiqotlar, turli xil ma'ruzalari va tadqiqot

loyihalari orqali sohaga oid o'zgarishlar haqida xabardor qiladi. Natijada, talabalar o'zgaruvchan

sanoat ko’rsatkichlariga moslashishga va o'z sohalarida innovatsiyalarni rivojlantirishga tayyor

bo’lishadi. Qo’shimchasiga, bu sohada talabalarga tanqidiy fikrlash va muammoga yechim topish

mahoratlarini yangicha uslublarda o’rgatish zarur. Hozirgi murakkablik va noaniqlik davrida

tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati birinchi o'rinda turadi. Menejment bo'yicha

ta'lim o'quvchilarni ushbu ko'nikmalarni hayotda real sodir bo’ladigan misollar, simulyatsiyalar va

tajribaviy o'rganishlar orqali rivojlantirishga undaydi. Bu o’rganuvchilarni 21-asrdagi murakkab

biznes muammolarini hal qilish va ongli qarorlar qabul qilishlari uchun muhim ahamiyat kasb

etadi.

Xulosa qilib aytganda, 21-asr insoniyat va tashkilotlar uchun o'ziga xos muammolar va

imkoniyatlar ko’lamini taqdim etib kelmoqda. Menejment ta’limi ma’rifat chirog‘i bo‘lib xizmat

qilishi, o‘quvchilarni ushbu dinamik muhitda ustun bo‘lish uchun zarur bo‘lgan bilim va

ko’nikmalarni berishi lozim. Ta’lim menejmenti har doim texnologiyaga moslashishda, jahon

bozorlarida sof raqobatbardoshlikni yaratishda, yetakchilikni qo‘llab-quvvatlash yoki

innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов