THE DIFFERENCES BETWEEN MANAGEMENT AND LEADERSHIP IN MODERN WORLD AND THEIR SIMILARITIES

HAC
Google Scholar
To share
Abduvoidov, H. . (2024). THE DIFFERENCES BETWEEN MANAGEMENT AND LEADERSHIP IN MODERN WORLD AND THEIR SIMILARITIES. Modern Science and Research, 3(1), 1093–1095. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28682
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article tries to highlight the main differences between managers and leaders and the similarities, which might be observed in their activities.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1093

ZAMONAVIY DUNYODA MENEJMENT VA LIDERLIK O‘RTASIDAGI

FARQLAR VA O‘XSHASHLIKLAR

Abduvoidov Hasan Ilhom o‘g‘li

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi.

E-pochta:

hasanabduvohidov96@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10581703

Annotatsiya. Ushbu maqolada menejerlar va liderlarning bir-biridan asosiy farqlari

hamda ularning faoliyatida kuzatilishi mumkin bo’lgan o’xshashliklar yoritilib berishga harakat
qilingan.

Kalit so’zlar: menejment, liderlik, ijodkorlik, ishtiyoq, rag’batlantirmoq, ishlash

prinsiplari, boshqaruv sohasi, tanqidiy fikrlash, notiqlik, ziddiyatlar, sohalararo.

THE DIFFERENCES BETWEEN MANAGEMENT AND LEADERSHIP IN

MODERN WORLD AND THEIR SIMILARITIES

Abstract. This article tries to highlight the main differences between managers and leaders

and the similarities, which might be observed in their activities.

Key words: management, leadership, creativity, desire, rewarding, working principles, the

sector of management, critical thinking, orator, eloquence, contradictions, interdisciplinary.

РАЗЛИЧИЯ МЕЖДУ МЕНЕДЖМЕНТОМ И ЛИДЕРСТВОМ В

СОВРЕМЕННОМ МИРЕ И ИХ СХОДСТВА

Аннотация. В данной статье предпринята попытка осветить основные различия

между менеджерами и лидерами и сходства, которые можно наблюдать в их
деятельности.

Ключевые слова: менеджмент, лидерство, творчество, желание, вознаграждение,

принципы работы, сфера управления, критическое мышление, оратор, красноречие,
противоречия, междисциплинарность.


Har qanday jamiyatda menejer va liderlar odatda ikki turdagi insonlar hisoblanishadi.
Misol uchun, menejerning asosiy maqsadlari xohish-istaklardan ko’ra zaruriyatlarni

birinchi o’ringa qo’yishdan iborat bo’lib, ular asosan shaxslar va tashkilot bo’limlari o’rtasida
kelib chiqishi mumkin bo’lgan ziddiyatlarni bartaraf etishda, ma’lum bir tashkilotning kundalik
ishlarini bajarilishini ta’minlash uchun barcha tomonlarni o’rinli joylashtirib chiqishda muhim rol
o’ynaydi.

Liderlar esa erishilishi kerak bo’lgan maqsadlarga shaxsiy va faol nuqtai nazar bilan

qarashadi; ular atrofdagilarni rag’batlantirish va ularga ixtiyoriy imkoniyatlarni yaratib berish
uchun yo’llar izlashadi hamda ularning ishga bo’lgan ishtiyoqini jo’shqinlantirib, vazifaga yanada
ijodkorlik bilan yondashishlari uchun harakat qilishadi. Qo’shimchasiga, ularning xodimlari yoki
ishdagi sheriklari bilan munosabatlari shiddatli ko’rinadi va ularning ishlash muhiti biroz
tartibsizroq bo’ladi.

Hozirgi asrda (21-asrning birinchi choragi) boshqaruv va yetakchilikning ishlash

prinsiplarida jadallashish kuzatilmoqda, ya’ni aniq bir mezonlar yoki sohani rivojlantirish uchun
ishlab chiqilgan strategiyalar ko’p vaqt o’tmasdan o’zining samarali jihatlarini yo’qotmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1094

Bunga asosiy sabab esa barchamizga ma’lum: insoniyat kundan kunga taraqqiy etib

bormoqda va bu boshqaruvdagi o’zgarishlarni yanada tezlashtirmoqda. Shunday bo'lsa-da, ba’zi
kitoblar borki ularda menejment va liderlikning asosiy prinsiplari hamda farqlari hali ham o’z
kuchini yo’qotmagan ma’lumotlarni uchratish mumkin. Ulardan biriga yaqinda qiziqib o’qigan bir
maqolani misol keltira olaman. Mazkur maqola ilk bor 1977-yilda Abraham Zaleznik tomonidan
ommaga taqdim etilgan bo’lib, u “Managers and Leaders: Are they different?” (Menejerlar va
liderlar: ular har xilmi?) deya nomlangan.

Ushbu maqolada menejerlar hamda liderlarning rivojlanib borayotgan jamiyatda qanday

qilib muvaffaqiyatga erishishi va sohalararo omon qolishi haqida ham bahs boradi. Boshqaruv
sohasidagi rahbarlar va yetakchilar o’rtasidagi farqga Abraham Zaleznikning kitobida quyidagicha
izoh berilgan: “bu ikki toifa o’rtasidagi farq ularning ruhiyatida, ishlarni tartibga solishi va uni
rejalashtirishidadir. Menejerlar odatda bo’lib o’tayotgan voqeilikni shundayligicha qabul qiladilar,
bu jarayondagi umumiy barqarorlikni ushlashga harakat qilishadi, nazorat qilish yo’llarini topib
muammoni tezda hal qilish yo’llarini ko’rib chiqishadi.

Liderlar esa, boshqa tomonlama qaraganda, ishdagi muammolar, kamchiliklar va

tartibsizliklarga kerakli vaqt toqat qila olishadi va sodir bo’layotgan asosiy muammoni to’liqroq
tushunish uchun ma’lum bir vaqt kutishga tayyor bo’lishadi, ya’ni topshiriqni kelajakdagi
natijasini qat’iy nazar zudlik bilan bajarishga shoshmaydilar.

Menejer va liderlarning shaxsiy xususiyatlarida ham yetarlicha farqlarni topish mumkin.
Menejerning shaxs harakteriga keladigan bo’lsak, uning boshqaruv madaniyati ratsionallik

va nazoratga ko’proq urg’u beradi. Uning kuchi aniq maqsadlarga, resurslarga, tashkilot
tuzilmalari va ishchilarga qaratilgan bo’lib, qisqa qilib ta’kidlaganda, menejer muammoni hal
qiluvchi subyekt hisoblanadi. Menejerlar o’zlaridan quyidagi savollarga javob topishga harakat
qilishadi: “Qanday muammolarni tanlab hal qilish kerak va xodimlar shu tashkilotga o’z hissasini
faol qo’shishda davom etishlari uchun natijaga erishishning eng yaxshi usulllari qanday?”.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, menejerlik ishlarni boshqarish uchun amaliy harakatdir; u

o’z vazifasini bajarish maqsadida tashkilot xodimlardan ishxonadagi turli darajadagi maqomlarda
(lavozimlarda) o’rinli va mas’uliyat bilan samarali ishlashlarini talab qiladi. Menejer bo’lish uchun
qahramonlik yoki o’zgacha daholik shart emas, aksincha, zamonaviy menejer uchun tirishqoqlik,
qattiqqo’llik, mehnatsevarlik, aql-zakovat, vaziyatlarni tahlil qila olish va eng muhimi
bag’rikenglik hamda ishga nisbatan xayrixohlik kerakdir.

Liderlarning shaxs harakteri o’zgacha prinsiplarni talab qiladi, masalan, yolg’iz holda o’z

ustidan nazoratni qo’lga olish, boshqalarni oldinga yetaklash, tashabbuskorlik va imkon boricha
optimistik fikrlash shular jumlasidandir. Liderlar ma’lum bir masalni hal qilishda yoki biror
vaziyatdan ijobiy natijalar bilan chiqishda avvalambor o’zlarining ishtirokini ta’minlaydi, ya’ni
ular boshqa xodimlar bilan birgalikda voqeilikka aralashishadi va muammoni hal qilishda
o’zlarining ham tengma-teng ishtiroki orqali kurashishadi.

Bu ikki turdagi shaxs toifalarning o’xshashlik tomonlari ham mavjud - menejerda ham,

liderda ham boshqaruvda katta ma’suliyat bo’ladi va ular ko’p hollarda natija uchun javobgar
shaxs hisoblanadi. Shu bilan birga, ikkisida ham boshqaruv uchun tug’ma qobiliyatlarning yuqori
bo’lishi hamda jamoani boshqarishda notiqlik va tanqidiy fikrlashning mavjudligi o’ziga xos
ahamiyatga egadir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1095

Zamonaviy dunyoda liderlar va menejerlarning tashkiliy ishlari bir-biri bilan uzviy

bog’lanib bormoqda, va eng qiziqarli tomoni shunda-ki, hozirgi kunda bir bo’sh ish o’riniga
bo’lgan talabgorlar soni nihoyatda ko’pchilikni tashkil qilmoqda va bu o’z-o’zidan menejerlik
lavozimida ishlamoqchi bo’lgan insonning liderlik qobilyatiga ham ega bo’lishini talab etmoqda.

REFERENCES

1.

Abraham Zaleznik, 1997 “Managers and Leaders: Are they different?” The Harward
Business Review

2.

Marcus Buckingham, 1999 “First, Break All the Rules”

References

Abraham Zaleznik, 1997 “Managers and Leaders: Are they different?” The Harward Business Review

Marcus Buckingham, 1999 “First, Break All the Rules”

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов