THE ROLE OF INNOVATSION MANAGEMENT IN THE ERA OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE

HAC
Google Scholar
f
481-484
1
1
To share
Abduvoidov, H. . (2024). THE ROLE OF INNOVATSION MANAGEMENT IN THE ERA OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE. Modern Science and Research, 3(1), 481–484. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28613
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This thesis provides information on how artificial intelligence (AI - artificial intelligence) can influence the role of innovation in various companies and organizations and the ways of managing innovation processes in the near future.


background image


481

SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA INNOVATSION MENEJMENTNING O’RNI

Abduvoidov Hasan Ilhom o’g’li

Sirdaryo viloyati yuridik

texnikumi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10578093

Annotatsiya.

Ushbu tezisda yaqin kelajakda sun'iy intellekt (AI - artificial intelligence)

turli xil kompaniyalar va tashkilotlarga innovatsiyalar kiritishdagi o’rni va innovatsion

jarayonlarini boshqarish usullariga qanday ta'sir qilishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.

Kalit so’zlar:

sun’iy intellekt, innovatsiya, menejment, ChatGPT, korxona, texnik uskuna,

ishlash tizimlari va prinsiplari, iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy inqilob.

THE ROLE OF INNOVATSION MANAGEMENT IN THE ERA OF ARTIFICIAL

INTELLIGENCE

Abstract

. This thesis provides information on how artificial intelligence (AI - artificial

intelligence) can influence the role of innovation in various companies and organizations and the

ways of managing innovation processes in the near future.

Keywords:

artificial intelligence, innovation, management, ChatGPT, enterprise, technical

equipment, work systems and principles, economic crisis, social revolution.

РОЛЬ ИННОВАЦИОННОГО УПРАВЛЕНИЯ В ЭРУ ИСКУССТВЕННОГО

ИНТЕЛЛЕКТА

Аннотация

. В данной статье представлена информация о том, как искусственный

интеллект (ИИ – искусственный интеллект) может повлиять на роль инноваций в

различных компаниях и организациях и на способы управления инновационными процессами

в ближайшем будущем.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, инновации, менеджмент, ChatGPT,

предприятие, техническая оснащенность, системы и принципы работы, экономический

кризис, социальная революция.

Bugungi kunda biror bir mashinaning (texnik uskuna) tashqi ma'lumotlarni qayta ishlash,

sharhlash va o'rganish qobiliyati sifatida ta'riflangan sun'iy intellekt (AI) hayotimizning barcha

jabhalarini jadallik bilan o’zgartirib bormoqda. Misol uchun, sun’iy intellekt hozirda hal qilib

bo'lmaydigan ilmiy muammolarni tezlik bilan hal qila oladi, yangi turdagi dori vositalarini tezroq

yaratishga yordam beradi, xo’jalik ishlarimizda kerak bo’ladigan avtomashinalarni yaratishga

imkon beradi, shuningdek, onlayn xaridlarni osonlashtiradi va bizning ko’nglimizga yoqadigan


background image


482

narsani oson topishga yordam beradi. Bundan tashqari, global rivojlanayotgan va barcha uchun

umumiy maqsadli texnologiya sifatida qaralayotgan sun'iy intellekt, taqqoslaydigan bo’lsak, 30

yillar oldin internet nima vazifani bajargan bo’lsa yoki 100 yillar oldin elektr energiyasi turmush

tarzida qanday muhim rol o’ynagan bo’lsa, u ham har bir sohani yaxshilashi va kelgusi dekadada

tashkilotlardagi boshqaruv tizimini butunlay o’zgartirib yuborishi ham mumkin. Masalan, hozirgi

kunda barcha uchun ma’lum bo’lgan va keng foydalanib kelinayotgan ChatGPT insoniyat uchun

keng ko’lamli xizmatlarni bajarib bermoqda hamda ayrim korxonadagi inson tomonidan

bajariladigan idrokli ishlarni yuqori tezlikda yechim topib hal qilmoqda. Demak, hammasi ijobiy

tomonga ketmoqda, unda kelgusida tashkilotlardagi boshqaruv tizimi haqida o’ylashdan nima

foyda degan savol yuzaga keladi. Ishlash tizimlari va prinsiplari takomillashar ekan, bu vaqtning

o’zida menejment tizimi ham rivojlanish jarayoniga qo’shilishi kerak.

Sun’iy intellekt jahondagi ko’plab mamlakatlarning sanoatida tub oʻzgarishlarni amalga

oshirishga xissa qo’shmoqda va bu jarayon mazkur amaliyotni yanada rivojlantirish uchun sun’iy

intellektni yanada to’g’riroq yo’nalishda boshqarishga zamin yaratmoqda. Yuqorida

ta’kidlanganidek, hammasi joyida bo’lishiga qaramasdan, kelajakda sun’iy intellekt insoniyatning

tashkilotlarni boshqarish tizimiga qanday ta’sir ko’rsatishi hali ham so’roq ostida turmoqda.

Masalan, agar ularni boshqarish davomida menejment tizimi to’g’ri yo’lga qo’yilmasa, sun’iy

intellekt ko’p jarayonlarni izdan chiqarishi mumkin, xatto insoniyatning o’ziga ham qarshi ishlash

ehtimoli yo’q emas. Oqibatda, juda ko’plab insonlar ishsiz qolishi va insoniyat orasida katta

iqtisodiy inqiroz yuz berib, shu vaqtning o’zida katta bir iqtisodiy-ijtimoiy inqilib ham boshlanishi

mumkin. Bunda insoniyat hokimyat boshqaruvining yangi tizim va strategiyalarini yaratishni

boshlaydi. Bundan tashqari, oldinda eng katta xavf - iqtisodiy inqiroz masalasini ijobiy tomonga

o’zgartirish majburiyati ham bor. Tasavvur qiling, ko’p sonli ishlar sun’iy intellekt tomonidan

oshirilsa, misol uchun, mashina haydash, tikish, ovqat pishirish, sanoat ishlari, ustaxonalar va

xattoki davlat tashkilotidagi ayrim ishlar ham shu qatorga kirsa, natijada insoniyat moliyaviy kun

kechirishi uchun boshqa yo’llarni izlashiga to’g’ri keladi. Shunday bo’lsa-da, fikrimga ko’ra bu

jarayonda yangi ijobiy inqilob uchun ham turtki bor, ya’ni insonlar endilikda faqatgina ko’ngil

ochar ishlar bilan shug’ullana boshlaydilar va barcha kundalik yumushlardan tortib ular xarid

qiladigan mahsulotlarning tayyorlanishigacha hammasi sun’iy intellekt (masalan, robotlar)

tomonidan oshirila boshlaydi. Natijada, insoniyat oldida menejment sohasining yangicha

yo’nalishlari paydo bo’la boshlaydi.

Oldinlari

menejment

tizimlari

insoniyatning

ishlash

prinsiplariga

tayanib

tashkillashtirilgan bo’lsa, endilikda yangi innovatsion menejmentga katta yo’l ochiladi va bunda


background image


483

boshqaruv tizimini tubdan yangilash vazifasi yotadi. Innovatsion menejment o’zi nima?

Ko’pchilikka ma’lum-ki, innovatsiya bu yangilik qilish, topish va uni amaliyotga kiritish

demakdir. Xuddi shu voqeilik menejment sohasida bo’lib o’tadi va shu paytgacha inson tomonidan

bu sohada amalga oshirilgan ishlar, yozilgan maqola va kitoblar, uslubiy qo’llanmalar qaysidir

ma’noda o’zlarning ahamiyat darajasini yo’qota boshlaydi. Bu tabiiy jarayon, yer yuzida vaqt

degan fizik tushuncha mavjud ekan, barcha narsalar qachondir eskira boshlaydi va ularni

yangilishga ehtiyoj paydo bo’ladi. Mazkur maqolada shu mavzudagi bir necha maqolalar va

kitoblarni o’qish orqali olingan bilimlar qisqaroq va tushunarliroq qilib yoritiladi va o’rinli

joylarda takliflar ham keltiriladi.

Yuqorida taxmin qilinayotgan yangicha davrda sun’iy intellekt boshqaruvini innovatsion

rivojlanish jarayonni ta'minlash maqsadida soha mutaxassislari tomonidan bir necha takliflar berib

o’tilgan. Zelko Tekich va Yoxan Fyullerning “Sun’iy intellekt davrida innovatsiyalarni

boshqarish” maqolasida sun’iy intellektda innovatsiyalar boshqaruvini ilg'or bosqichga olib

chiqish orqali innovatsiyalarni boshqarishda inqilob qilish potensialiga ega bo’lishi mumkinligi

haqida fikr bildirilgan

1

. Bundan tashqari, Naomi Hefnerning “Sun’iy intellekt va innovatsion

menejment: izoh, amaliyot va izlanish natijalari” ilmiy ishida sun’iy intellekt davrida innovatsion

menejmentni takomillashtirish uchun avvalo sun’iy intellekt miyasi qanday ishlashi va qanday

vazifalar orqali menejmentga moslashuvchanligini aniqlab olish zarurligi bayon qilingan. Unga

ko’ra, bu holat (sun’iy intellektning miyasi ishlash jarayoni) 3 bosqichga bo’lib tushuntirilgan:

ishlarni bajarish (birinchi bosqich), ma’lumotlarni kengaytirish (ikkinchi bosqich) va yangi

hodisalarni tadqiqot qilish (oxirgi bosqich)

2

. Shu bosqichlarni tahlil qilish va kuzatish orqali

innovatsion menejmentdagi strategiyalarni o’zgartish va yangilab borish mumkin. Misol uchun,

sun’iy intellekt ma’lum bir tashkilotda ma’lum bir vazifani bajaradi va kuzatishlarda davomida

unda qo’shimcha xususiyatlar yuzaga kelishi bilanoq uni maqsadliroq yo’lda sarflash uchun

boshqaruv tizimiga yangi ko’rinishdagi takliflar berilishi mumkin va ularning natijasida sun’iy

intellekt boshqaruvida innovatsion uslublar qo’llanila boshlaydi.

Xulosa qilib aytganda, 21-asrda insoniyat rivojlanishida sun’iy intellekt ham o’z o’rniga

ega bo’lmoqda va undan samarali foydalanish uchun insoniyat innovatsion boshqaruvlar yo’llarini

izlashi, hamda ularni amaliyotda qo’llashni boshlashlari kerak. Zero, bu harakatlar insoniyat

kelajagini inqiroz va jaholatga emas, aksincha ma’rifat va ilm-fan taraqqiyotiga yetaklashi kerak.

1

Zeljko Tekic, Johann Fuller - “Managing innovation in the era of AI”, 2023

2

Naomi Haefner - “Artificial intelligence and innovation management”, 2021


background image


484

REFERENCES

1.

Naomi Haefner, “Artificial intelligence and innovation management: a review, framework,

and research agenda” 2021

2.

Zeljko Tekic, Johann Fuller, “Managing innovation in the era of AI” 2023

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов