METHODOLOGY FOR ENSURING THE FINANCIAL STABILITY OF COMMERCIAL BANKS

HAC
Google Scholar
To share
Botirova , D. (2024). METHODOLOGY FOR ENSURING THE FINANCIAL STABILITY OF COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research, 3(2), 856–862. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29495
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Several studies have found that the financial stability of commercial banks is in many cases studied and considered in harmony with the reliability of banks. Therefore, we try to delve into the research of financial stability, reliability of commercial banks or any business entities. We will try to study the theoretical views and methodological foundations expressed by scientists regarding the financial stability of commercial banks, in contrast to these concepts.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

856

TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH

METODOLOGIYASI

Botirova Dilorom Narkuzievna

Bank-moliya akademiyasi magistratura talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10684480

Annotatsiya. Tijorat banklari moliyaviy barqarorligi ko‘p hollarda banklar ishonchliligi

bilan hamohang ravishda o‘rganilishi va ko‘rib chiqilishi bir qancha tadqiqotlarda aniqlandi. Shu
bois, biz tijorat banklari yoki har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy barqarorligi,
ishonchliligi yuzasidan tadqiqotlarni chuqur o‘rganishga harakat qilamiz. Ushbu
tushunchalardan farqli jihatlar, olimlarning tijorat banklari moliyaviy barqarorligi xususidagi
bildirgan nazariy qarashlari va metologik asoslarini tadqiq etishga harakat qilamiz.

Kalit so‘zlar: tijorat banki, moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy tahlil, ishonchlilik, tijorat

banki aktiv va passivlari, likvidlik.

METHODOLOGY FOR ENSURING THE FINANCIAL STABILITY OF

COMMERCIAL BANKS

Abstract. Several studies have found that the financial stability of commercial banks is in

many cases studied and considered in harmony with the reliability of banks. Therefore, we try to
delve into the research of financial stability, reliability of commercial banks or any business
entities. We will try to study the theoretical views and methodological foundations expressed by
scientists regarding the financial stability of commercial banks, in contrast to these concepts.

Keywords: commercial bank, financial stability, economic analysis, reliability, assets and

liabilities of a commercial bank, liquidity.

МЕТОДИКА ОБЕСПЕЧЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ УСТОЙЧИВОСТИ

КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ

Аннотация. В нескольких исследованиях было обнаружено, что финансовая

устойчивость коммерческих банков во многих случаях изучается и рассматривается в
гармонии с надежностью банков. Поэтому мы стараемся углубляться в исследования
финансовой устойчивости, надежности коммерческих банков или любых хозяйствующих
субъектов. Мы постараемся изучить теоретические взгляды и методологические основы,
выраженные учеными в отношении финансовой устойчивости коммерческих банков, в
отличие от этих концепций.

Ключевые слова: коммерческий банк, финансовая устойчивость, экономический

анализ, надежность, активы и пассивы коммерческого банка, ликвидность.


Har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini moliyaviy-iqtisodiy tahlili va uning

asosiy vazifalaridan biri – bu sub’yekt moliyaviy ishonchliligi va barqarorligini baholash ekanligi
aniqlanadi. Shu bois, ishonchlilik, barqarorlik tushunchalari va tijorat banklari faoliyatini baholash
va tahlil etish uslublari yuzasidan umumiy yondoshuvlar talab etiladi. Eng avvalo, aynan, ushbu
ikki tushunchalarni asoslash va farqli jihatlarini yoritishga harakat qilamiz.

Ba’zi manbalarda keltirilishicha, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy barqarorligi

ular moliyaviy mustaqilligi, sub’yektlar faoliyati doimiyligi va bardavomligini ta’minlashda o‘z
mablag‘larini mustaqil tasarruf etishi, shuningdek, moliyaviy barqarorlik bir qancha ko‘rsatkichlar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

857

tizimi asosida baholanishi aniqlanadi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy
barqarorligini baholashda qo‘shimcha ravishda aktivlar sifati va strukturasi ham katta ahamiyat
kasb etishi aniqlandi. Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar, shu
jumladan, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini baholash yuzasidan bir-birini to‘ldirsada, lekin
ularni umumiy integral baholashini nazarda tutmaydi. Shu bilan birga, ishonchlilik va moliyaviy
barqarorlik o‘rtasida hech qanday aloqadorlik va bog‘liqlik keltirilmaydi.

V.G. Artemenko o‘z ilmiy ishlarida barqarorlikni to‘lov qobiliyati bilan bog‘laydi hamda

absolyut va bir qancha ko‘rsatkichlar asosida ular moliyaviy barqarorligini baholashni nazarda
tutadi. To‘lov qobiliyatini xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida
bajarish, shuningdek, moliyaviy barqarorlikni pul oqimlari tahlili asosida baholanadi degan
xulosalarni ilgari suradi. Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkichlar tizimida banklar barqarorligi bilan
ular ishonchliligi o‘rtasida aloqadorlik mavjud emasligi ko‘rinadi.

O.V. Efimova tadqiqotlarida moliyaviy barqarorlikni boshqa ko‘rsatkichlar tizimidan

foydalanish zarur ekanligini tavsiya etadi. Ushbu umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimiga
olimning fikricha, kompleks ravishda banklar kapitalini oshib borishini ko‘rsatuvchi kapital
rentabelligi ko‘rsatkichini, ikkinchi ko‘rsatkich sifatida kapitalning yalpi passivlar hajmidagi
ulushini, shuningdek, moliyaviy barqarorlikka baho berishda aktivlar strukturasi, kapital
aylanmasi, rentabellik, doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarni solishtirilish orqali aniqlash lozim
degan xulosalarni beradi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar tizimidan

foydalangan holda, banklar moliyaviy barqarorligida kapital etaliligi va rentabellik darajasi,
kapitalning aktivlardagi ulushi orqali moliyaviy barqarorlikka baho berish mumkin deb
hisoblaymiz.

Yuqoridagi tadqiqotlardan o‘rganilgan olimlar tomonidan tadqiqotlarida ishonchlilikni

alohida ko‘rsatkichlar bilan ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsada, uni moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichi
bilan o‘zaro bog‘liq degan xulosa sifatida qarashmoqda.

Bizning fikrimizcha, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini kapital etarliligi, uning

rentabelligi va aktivlarga nisbati, shuningdek, moliyaviy barqarorlikka ijobiy ta’sir etuvchi
likvidlilik, to‘lov qobiliyati, rentabellik va ishonchlilik ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholash
maqsadga muvofiq hisoblanadi.

O.A. Tarasenko va E.G. Xomenkolarning fikricha tijorat banklari moliyaviy barqarorligini

tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimiga: likvidlilik, aktivlar sifati, kapitalning holati va daromadlilikni
kiritishadi. Mazkur qarashlarga qo‘shilamiz, lekin mualliflar banklar risklilik darajasiga e’tiborni
chetda qoldirishgan.

Xalqaro moliyaviy tashkilotlarning tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash

metodologiyasini o‘rganish, mazkur metodologiyalardan tegishli xulosalarni shakllantirish
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois, biz eng avvalo, Xalqaro valyuta fondi tomonidan
tavsiya etilgan indikatorlar va ularning ahamiyatli jihatlarini ko‘rib chiqamiz. Xalqaro valyuta
fondi asosiy va tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan 39 ta Moliyaviy barqarorlik (Financial
Soundness Indicators - FSI) ko‘rsatkichlarini chop etib keladi. 39 ta moliyaviy barqarorlik
indikatorlaridan 12 tasi aosiy indikatorlar bo‘lsa, 27 tasi tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan
indikatorlar hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

858

Moliyaviy barqarorlik asosiy ko‘rsatkichlari qatoriga: kapital etarlilik ko‘rsatkichlari,

aktivlar sifati, foyda va rentabellilik, likvidlilik, bozor riskiga sezgirlik darajasi kabi
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olsa, tavsiyaviy xarakteriga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlar qatoriga banklar,
shuningdek, boshqa moliyaviy muassasalar, korporativ kompaniyalar, xonadon xo‘jaligi, bozor
likvidligi, ko‘chmas mulk bozoriga mo‘ljallangandir.

1-jadval

“Moody’s” xalqaro reyting agentligining tijorat banklari moliyaviy barqarorligini

aniqlash metodologiyasi

Moliyaviy ko‘rsatkichlar

Banklarning toifalari

A

B

C

D

E

Zaxiralashgacha

bo‘lgan

foyda

miqdorining

bank

riskka

tortilgan

o‘rtacha

aktivlari summasiga nisbatani

3,5% va

undan yuqori

2,4%-

3,5%

1,4%-

2,4%

0,5%-

1,4%

0,5% va

undan past

Sof foydaning riskka tortilgan
o‘rtacha aktivlar umumiy
summasiga nisbatani

2,0% va

undan yuqori

1,7%-

2,0%

1,0%-

1,7%

0,3%-

1,0%

0,3% va

undan past

(Bozor fondlari – likvidli
aktivlar) / Jami aktivlar x
100%

-10%

-10%-

0%

0%-10%

10%-20%

20 % va

undan yuqori

Birinchi

darajali

kapital

etarliligi, foizda

10% va

undan yuqori

8%-10%

6%-8%

4%-6%

4 % past

Foydalanilmagan

kapitalni

riskka

tortilgan

o‘rtacha

aktivlar umumiy summasiga
nisbatani, foizda

7% va undan

yuqori

5,5%-

7,0%

4,0%-

5,5%

2,5%-

4,0%

4 % past

(Xarajatlar/Daromadlar)x
100%

45 foizdan

past

45%-

55%

55%-

65%

65%-80%

80% va

undan yuqori

(Muammoli kreditlar/ Yalpi
kreditlar) x 100%

0,8 foizdan

past

0,8%-

2,0%

2,0%-

5,0%

5,0%-

12,0%

12% va

undan yuqori

Muammoli
kreditlar/(Aktsiyadorlik
kapitali + kreditlar bo‘yicha
yo‘qotishlarni

qoplash

zaxirasi), foizda

10 foizdan

past

10%-

20%

20%-

30%

30%-50%

50% va

undan yuqori

Manba: Рейтинг финансовой устойчивости банков: методологии присвоения

рейтингов по глобальной шкале. Пер. с англ. – Moody’sInvestorsService, 2007. – С. 30.

Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan 2001 yildan e’lon

qilinayotgan bo‘lsa, bugungi kunda uning butun dunyo davlatlarida reytingi e’lon qilib kelinadi.

2-jadval


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

859

Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini baholash metodikalarining solishtirma

jadvali

№ Ko‘rsatkichl

ar nomi

Rossiya (Markaziy

bank) banki

metodikasi

“Ekspert RA”

agentlik

metodikasi

“RBK” reyting

agentligi metodikasi

1.

Bank kapitali

Bank kapitali etarliligi

ko‘rsatkichi. Umumiy

kapital etarlilik

ko‘rsatkichi.

Kapital etarliligi.

Moliyaviy

koeffitsientlar.

Kapital sifati

koeffitsienti.

Kapital etarliligi, sof

bank kapitali hajmi.

2.

Bank aktivlari

Kredit portfeli sifati.

Aktivlar sifati. Muddati

o‘tgan kreditlar.

Shakllangan zaxiralar

hajmi. Yirik kredit

risklari

kontsentratsiyasi.

Muddati o‘tgan

qarzdorlik.

Olingan ta’minot

hajmi. Yaratilgan

zaxiralar hajmi.

Sof aktivlar hajmi.

Muddati o‘tgan

qarzdorlik hajmi.

Kreditlar bo‘yicha

yaratilgan ehtimoliy

yo‘qotishlar hajmi.

Muddatidan ilgari

qaytarilgan kreditlar

hajmi.

3.

Bank

likvidliligi

Likvidlilik

koeffitsientlari.

Majburiyatlarning

muddatiga ko‘ra

tasnifi. Banklararo

kredit resurslari

bozoriga qaramlik
darajasi. Vekselda

majburiyatlar va uning

riski.

Likvidlilik

koeffitsientlari va

banklararo kredit

resurslari bozoriga

bankningqaramlik

arajasi.

Likvidlilik

koeffitsientlari. Aktiv va

passivlar farqi va

boshqalar.

4.

Bank

majburiyatlari

-

-

Banklararo mablag‘lar

jalb etish holati. Qarz

majburiyatlarining

ulushi. Jismoniy

shaxslar majburiyatlari

ulushi.

5.

5

Bank

operatsiyalari

daromadligi

va rentabelligi

ROA, ROE.

Daromad va xarajatlar

strukturasi.

Sof foizli marja.

ROA, ROE, sof

foizli marja.

ROA, ROE.

Sof foizli marja va

boshqalar.

6.

6

Menejment

-

Daromad va

xarajatlarnisolishti

rish, sof foyda

-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

860

tarkibi barqarorligi

va boshqalar.

7.

7

Qo‘shimcha

-

-

Bank valyuta

pozitsiyasi. Balansdan

tashqari majburiyatlari

hajmi.


Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining maqsadi davlatlar moliyaviy tizimini

makroprudentsial tahlil qilish orqali joriy moliyaviy holatni aks ettirish, XVF aa Jahon banki
tomonidan moliyaviy sektorni baholash Dasturini (Financial Sector Assessment Programm—
FSAP) amalga oshirish va mamlakatlar moliyaviy tizimi barqarorligini baholash bo‘yicha hisobot
nashrlari (Financial System Stability Assessment—FSSA) e’lon qilish, mamlakat moliyaviy
muassasalarininazorat qilish, kontragentlar, xonadon xo‘jaliklari barqarorligini baholashga
mo‘ljallanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan birga xalqaro reyting kompaniyalarining tijorat

banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash metodologiyasi katta ahamiyat kasb etadi.

Navbatda biz “Moody’s” xalqaro reyting agentligi orqali banklar moliyaviy barqarorligini

ta’minlash metodologiyasini keltiramiz.

1-jadval ma’lumotlaridan, Moody’s xalqaro reyting agentligi tijorat banklari moliyaviy

barqarorligini baholashda asosiy beshta ko‘rsatkichlardan foydalanmoqda. Bular: foydalilik
darajasi, likvidlilik holati, kapitalning etarliligi darajasi, samaradorlik va aktivlarning sifati. Bu
esa, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini baholash samarasini oshirishga xizmat qiladi.

Rossiya Markaziy banki normativ hujjatlariga nazar soladigan bo‘lsak, ularda tijorat

banklarini moliyaviy barqarorligini baholashni nazarda tutmaydi, aksincha tavsiyaviy xarakterga
ega iqtisodiy me’yorlari asosida banklar faoliyatini tartibga solib boradi.

Xorijiy davlatlar tajribasida reyting agentliklarining tijorat banklari moliyaviy

barqarorligini aniqlash va uni tahlil etib borishlarida katta ahamiyat kasb etadi va eng dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.

2-jadval ma’lumotlaridan Rossiya Federatsiyasi tijorat banklari moliyaviy barqarorligini

baholash metodikalari natijasida Markaziy bank (Rossiya banki), “Ekspert RA”, “RBK” reyting
agentliklari ma’lumotlari deyarli o‘xshash va bir-birini to‘ldiruvchi ko‘rsatkichlar asosida banklar
moliyaviy barqarorligini aniqlashi ko‘rinadi. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkichlar asosida alohida
olingan tijorat banklari faoliyatini tahlil etish va ularga reyting berishga asos bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Banklari Asotsiatsiyasi huzurida 1996 yilda “Ahbor-reyting”

reyting agentligi tashkil etilgan bo‘lib, u asosan unga a’zo tijorat banklari asosiy ko‘rsatkichlari va
balans ma’lumotlar tahlili asosida ularning reytinglari, renkingini o‘rganadi va natijalarini e’lon
qilib boradi.

Mazkur reyting agentligi tijorat banklari reytingini aniqlashda asosan quyidagi

metodologiyadan foydalanadi:

-

mavjud tijorat banklari kapitali hajmidan kelib chiqib, ularni “yirik”, “o‘rta” va “kichik”

banklarga ajratadi va ularning reytingini aniqlaydi. Reytingda asosan banklar yalpi aktivlarining


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

861

o‘zgarish dinamikasi, kredit portfeli, banklar kapitali, daromadlari va xarajatlari, sof foyda
miqdori, muammoli kreditlar salmog‘i va boshqa asosiy indikatorlarni tahlil etib boradi;

-

banklar asosiy ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda ularning renkingini aniqlaydi va

natijalarini chop etib boradi.

Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini baholashda reyting kompaniyasi yuqorida

ta’kidlaganimiz kabi banklarni “yirik”, “o‘rta” va “kichik” guruhlarga ajratadi. Tasniflangan
banklar aktivlari bo‘yicha umumiy aktivlari, aktivlar rentabelligi (ROA), kredit portfeli va uning
sifati, likvidlilik holati, bank daromadlari va xarajatlari dinamikasi, shuningdek, bank sof foydasi,
passivlari bo‘yicha, depozitlar tarkibi, aktsionerlik kapitali, kapital rentabellik darajasi(ROE) va
boshqa indikatorlar asosida o‘rganadi, tahlil etadi, banklarning iqtisodiy me’yorlarni bajarish
holati va banklar moliyaviy barqarorligi yuzasidan tegishli natijalarni e’lon qilib boradi.

Dunyo banklari tajribasi CAMELS reyting tizimi orqali tijorat banklari moliyaviy

barqarorligiga baho berish amaliyoti keng qo‘llaniladi. Ushbu reyting tizimi orqali banklar kapitali
va uning etarliligi, aktivlar sifati, boshqaruv, daromadlilik darajasi, likvidlilik hamda bozor
risklariga sezgirlik darajasiga baho berish amaliyoti mavjud. CAMELS reyting tizimi AQSh
Federal zaxira tizimi, Depozitlarni sug‘urtalash federal korporatsiyasi va Pul muomalasi
nazoratchisi tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan.

CAMELS reyting tizimi yuqoridagi olti komponentlar asosida baholanadi hamda eng

kuchli 1 ball, eng kuchsiz 5 ballgacha baho bilan baholanadi. CAMELS reyting tizimi orqali tijorat
banklari moliyaviy barqarorligiga quyidagi umulashgan jadval natijalari orqali baho beriladi.

3-jadval

CAMELS reyting tizimi orqali tijorat banklari

moliyaviy holatiga reyting berish natijasi

CAMELS reyting tizimi

bo‘yicha umumiy bali

Bank reytingi

1.

1 – 1,4 ball oralig‘ida

kuchli

2.

1,5 – 2,4 ball oralig‘ida

qoniqarli

3.

2,5 – 3,4 ball oralig‘ida

o‘rta

4.

3,5 – 4,4 ball oralig‘ida

kritik

5.

4,5 – 5,0 ball oralig‘ida

qoniqarsiz

3 - jadval ma’lumotlaridan CAMELS reyting tizimi orqali tijorat banklari moliyaviy

barqarorligiga “kuchli” reytingdan “qoniqarsiz” reytinggacha bo‘linishini ko‘rishimiz mumkin.
Tijorat banklari har bir komponentni chuqur tahlil etishi, uni o‘rganishi, asosiy ko‘rsatkichlarini
yaxshilash choralarini ko‘rib borishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Bizga ma’lumki, ko‘p vaqtlar davomida tijorat banklari moliyaviy barqarorligini

aniqlashda ularning yalpi aktivlari va yalpi depozitlari umumiy summasiga e’tibor qaratib
kelingan. Lekin, bugungi kunda xorijiy davlatlar amaliyotida banklar moliyaviy barqarorligini
aniqlashda, kapitallashuv eng asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Kapitallashuv darajasi oddiy
aktsiyalar bozor bahosining muomaladagi aktsiyalar soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Shu
bilan birga, amerikalik iqtisodchi-olim J.Sinkining fikricha, tijorat banklari reytingida yalpi
aktivlari umumiy summasi va ular kapitallashuv darajasi reytingi mos kelmasligi ta’kidlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

862

Misol uchun, Bank of New York banki 37 mlrd. AQSh dollari kapitallashuvi bilan 6-o‘rinni

egallagan bo‘lsa, aktivlar umumiy summasi bo‘yicha 77 mlrd. AQSh dollari bilan 15-o‘rinni
egallagan.

Xulosa o‘rnida, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash metodologiyasini

o‘rganish natijasida, xalqaro tashkilotlar, xalqaro va mahalliy reyting agentliklari, olimlarning
mazkur masala yuzasidan ilmiy tadqiqotlaridan aniqlanishicha, banklar kapitali va uning etarliligi,
aktivlar va kreditlar sifati, bank foydalilik va samaradorlik darajasi, likvidlilik holati, risklilik
darajasi eng ko‘p ishlatiladigan ko‘rsatkichlar sifatida aniqlandi. Demak, yuqorida nomlari
keltirilgan indikatorlar majmui orqali har qanday tijorat banklari moliyaviy barqarorlik holatini
aniqlash va unga baho berish mumkin degan xulosa shakllandi.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrdagi PF-158 son
“O‘zbekiston -2030 strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni

3.

Сюзан Чишти, Янош Барберис.

Финтех: Путеводител по новейшим финансовым

технологиям //Алпина Паблишер. 2017. 343 с.

4.

Binghui Wu, Tingting Duan.

The Application of Blockchain Technology in Financial

markets// Journal of Physics Conference Series 1176 (4):042094 March 2019.

5.

Миронова Д.Д. Шершова Е.В. Развитие современных банковских технологий в
условиях цифровой трансформации экономики Российской Федерации // Вестник
Алтайской академии экономики и права. – 2020. – № 4-3. – С. 378-384

6.

Moliya va bank ishi. Elektron ilmiy jurnal.// 2/2020.

7.

Abdulazizovich, Abduvakhidov Akmal, and Kamilova Sanobar Mirdjamolovna. "ISSUES
OF BANKING SYSTEM DIGITALIZATION IN UZBEKISTAN."

World Bulletin of

Management and Law

11 (2022): 14-19.

8.

Abdulazizovich, Abduvoxidov Akmal, and Obilov Mirkomil Rashidovich. "RAQAMLI
IQTISODIYOT VA UNING MOLIYAVIY BOZORGA TA’SIRI."

International Journal

of Contemporary Scientific and Technical Research

(2022): 71-75.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrdagi PF-158 son “O‘zbekiston -2030 strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni

Сюзан Чишти, Янош Барберис. Финтех: Путеводител по новейшим финансовым технологиям //Алпина Паблишер. 2017. 343 с.

Binghui Wu, Tingting Duan. The Application of Blockchain Technology in Financial markets// Journal of Physics Conference Series 1176 (4):042094 March 2019.

Миронова Д.Д. Шершова Е.В. Развитие современных банковских технологий в условиях цифровой трансформации экономики Российской Федерации // Вестник Алтайской академии экономики и права. – 2020. – № 4-3. – С. 378-384

Moliya va bank ishi. Elektron ilmiy jurnal.// 2/2020.

Abdulazizovich, Abduvakhidov Akmal, and Kamilova Sanobar Mirdjamolovna. "ISSUES OF BANKING SYSTEM DIGITALIZATION IN UZBEKISTAN." World Bulletin of Management and Law 11 (2022): 14-19.

Abdulazizovich, Abduvoxidov Akmal, and Obilov Mirkomil Rashidovich. "RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING MOLIYAVIY BOZORGA TA’SIRI." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2022): 71-75.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов