NATURE OF PROBLEM ASSETS IN BANKS, CAUSES OF THEIR OCCURANCE

HAC
Google Scholar
To share
Botirova, D., & Eshmuratova, N. (2024). NATURE OF PROBLEM ASSETS IN BANKS, CAUSES OF THEIR OCCURANCE. Modern Science and Research, 3(2), 108–114. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30736
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In world practice, there are many accounting and auditing methods for determining the occurrence of problem assets, accounting for them, studying the causes of their origin, finding ways to eliminate them, and providing information about them to management and investors. scientific researches were carried out. This scientific thesis examines the causes of problem assets in banks.

Similar Articles


background image


108

BANKLARDA MUAMMOLI AKTIVLAR MOHIYATI, ULARNING YUZAGA KELISH

SABABLARI

Botirova Dilorom Narkuzievna

Eshmuratova Nilufar Jurabayevna

Bank-moliya akademiyasi magistratura talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10950151

Annotatsiya.

Jahon amaliyotida muammoli aktivlarning yuzaga kelishini aniqlash, uni

hisobga olish, kelib chiqish sabablarini o‘rganish, uni bartaraf etish yo‘llarni topish, ular

to‘g‘risida boshqaruvga, investorlarga ma’lumot berishda buxgalteriya hisobi va auditga

bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Mazkur ilmiy tezisda banklarda muammoli

aktivlarning yuzaga kelish sabablari o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar.

tijorat banki, aktiv, muammoli aktiv, jalb qilingan aktiv, qarz mablag‘i,

kredit.

NATURE OF PROBLEM ASSETS IN BANKS, CAUSES OF THEIR OCCURANCE

Abstract.

In world practice, there are many accounting and auditing methods for

determining the occurrence of problem assets, accounting for them, studying the causes of their

origin, finding ways to eliminate them, and providing information about them to management and

investors. scientific researches were carried out. This scientific thesis examines the causes of

problem assets in banks.

Keywords:

commercial bank, asset, problem asset, leveraged asset, debt, loan.

ПРИРОДА ПРОБЛЕМНЫХ АКТИВОВ В БАНКАХ, ПРИЧИНЫ ИХ

ВОЗНИКНОВЕНИЯ

Аннотация.

В мировой практике бухгалтерский учет и аудит посвящены

выявлению возникновения проблемных активов, их учету, изучению причин их

возникновения, поиску путей их устранения, предоставлению информации о них

менеджменту и инвесторам.Многие научные исследования было проведено. В данной

научной диссертации рассматриваются причины возникновения проблемных активов в

банках.

Ключевые слова:

коммерческий банк, актив, проблемный актив, заемный актив,

долг, кредит.

Tijorat banklaridagi muammoli aktivlar bilan ishlash usullarining o‘ziga xos xususiyatlari,

ushbu muammoga kontseptual yondashuvlarni, shuningdek, tijorat banklarida muammoli


background image


109

aktivlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga bag‘ishlangan ilmiy ishlarning kamligini

ko‘rsatadi.

Mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishi barcha mavjud imkoniyatlarning

safarbar qilinayotganligi hamda o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasining izchil davom

ettirilayotganligi hisobiga ta’minlanmoqda.

Bank aktivlari to‘g‘risida asosiy ma’lumot oladigan bank moliyaviy hisobotlarida aktivlar

sof xolatda aks ettirilishi, tashqi foydalanuvchilar uchun ularning sifati to‘g‘risida ma’lumotga ega

bo‘lish mushkul. Aktivlar sifati yomonlashganini buxgalteriya hisobining ichki foydalanuvchilari

agar ular buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirilgan bo‘lsa bilishlari mumkin. Aktivlar

sifatining yomonlashuvi uning muammoli aktivga o‘tayotganligidan dalolat beradi.

Tijorat banklari jalb qilgan mablag‘larining asosiy qismini kredit berish sifatida foydalanar

ekan, bunda faqatgina daromad olish uchun emas, balki mablag‘larni kredit oluvchidan to‘liq

qaytarib olish masalasini oldindan belgilab olishi zarur. Chunki, bank sarmoya egasi sifatida

sarmoyani emas, balki sarmoyadan foydalanish huquqini ma’lum bir shart va ustama foizlar

asosida ma’lum muddatga sotadi. Ayni paytda mamlakatimizda ham ilmiy-nazariy hamda

amaliyotchi olimlar tomonidan "muammoli kredit" tushunchasi avvalgiga nisbatan ancha ko‘proq

bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Bu albatta, bejizga emas, chunki bugungi kunda

respublikamiz tijorat banklarining kredit portfelida muammoli kreditlarning ulushi, uni

kamaytirish choralari ko‘rilishiga qaramasdan anchagina yuqori foizni tashkil etmoqda.

Xo‘sh, muammoli aktiv o‘zi nima, u qanday paydo bo‘ladi? Mana shu savollarga javob

izlab ko‘rsak.

Maxalliy va xorijiy ilmiy va maxsus adabiyotlarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ularda

muammoli aktivlarni ko‘pincha kreditlar bilan bog‘laydi, hamda “muammoli aktiv”, “muammoli

kredit”, “ishlamaydigan kredit”, “xarakatsiz kredit” kabi tushunchalar bilan ifodalaydi.

Jumladan, Bank nazorati bo‘yicha Bazel ko‘mitasi ishlamaydigan kreditni (aktivni) (NPL)

kredit bo‘yicha majburiyatlar bajarilmayotganda, ya’ni 90 kundan ortiq to‘lovning kechikishi

mavjud yoki bank mijozning kreditni to‘lamasligi, to‘lash bo‘yicha choralar ko‘rishni so‘ramasligi

(sekryutizatsiya, qayta moliyalashtirish, restruktirizatsiya, to‘lovni kechiktirish va hokazo)

mumkinligiga asos bo‘lsa; to‘lovchining to‘lov qobiliyati pasayishi natijasida aktivning

qadrsizlanishi mavjudligi; muddati o‘tgan kunlar sonidan qat’i nazar, asosiy qarzni va unga

to‘lanadigan foizni to‘liq to‘lashning iloji yo‘qligi to‘g‘risida dalillar mavjudligida tasniflaydi.

Bazel ko‘mitasi tomonidan muammoli kredit sifatida kredit va uning foizi bo‘yicha to‘lovlar 90

kundan ortiq muddatda to‘lanmasligini qayd etgan.


background image


110

Xalqaro amaliyotda muammoli kredit ishlamaydigan kredit tushunchasi bilan chambarchas

bog‘lik. Bloem, Freeman NPLs (Non-Performing Loans) ishlamaydiga kredit bu asosiy qarz va G’

yoki foizlar bo‘yicha to‘lovlarni 90 kun yoki undan ko‘proq muddatga kechiktirish bilan yoki 90

kun yoki undan ortiq kun foizlarga teng to‘lovlar bilan, kapitallashtirilgan, qayta

moliyalashtirilgan yoki kelishuv bo‘yicha kechiktirilgan kreditlar, yoki to‘lovlar muddati 90

kundan kuproq, shu bilan birga qarzdor bankrot deb e’lon qilish bo‘yicha ariza bergan hollarga

o‘xshash yanada jiddiy sabablar mavjud bo‘lgan aktivlar.

Ozili ishlamaydigan kreditlarni (NPLs - Non-Performing Loans) o‘rganish muhim

ahamiyatga ega ekanligini, chunki ular banklar kredit portfelining sifatini aks ettiradi va umuman

mamlakatdagi bank sektori kredit portfelining sifatini aks ettirini qayd etadi. Ishlamaydigan

kreditlar darajasiga ta’sir etuvchi omillarni tushunish banklarning risklarni boshqarish funktsiyasi

va bank barqarorligi uchun mas’ul bo‘lgan bank faoliyatini nazorat qiluvchi organlar uchun juda

muhimdir.

Bank menejmenti sohasida samarali ilmiy tadqiqotlar olib borgan amerikalik mutaxassis

Piter Rouzning fikricha, qarz oluvchi bir yoki bir necha to‘lovlarni amalga oshirmaganligi yoki

kredit ta’minoti qiymatining pasayishi kreditni muammoli kreditlar turkumiga o‘tishini anglatadi.

Bunda mutaxassis asosiy e’tiborni qarzdorning to‘lovga layyoqatsizligi sababli kreditning

qaytarishi e’tibor qaratadi, bank risklari e’tibordan chetda qolgan.

O‘zbekistonda ushbu holatga yaqin bo‘lgan holatni ko‘rishimiz mumkin, ya’ni muammoli

aktivlar (kreditlar) «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tasniflangan aktivlar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va

aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan

foydalanish tartibi to‘g‘risida” gi 2696-sonli nizomga e’tibor qaratsak, unda muammoli aktivlar

sifatida muddati o‘tishi, qarzdorlarning reytingi tushishi, ta’minotning qiymati tushishi, mijoz

faoliyat olib borayotgan sohada salbiy tendentsiyalarning paydo bo‘lishi, aktivlarni sud jarayoniga

o‘tkazilishi masalalariga e’tibor qaratilgan.

Ushbu holatlar muammoli kreditlar tavsifi kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizning o‘z

vaqtida to‘lanmaganda, mijoz moliyaviy holatining yomonlashgani, kredit shartlarining o‘zgarishi

va boshqa holatlar bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.

H.Otamurodov muammoli kreditlarni kamaytirishni kredit portfelni boshqarish bilan

bog‘laydi. Bunda asosiy e’tibor kredit sifatining yomonlashishi kredit siyosati va kredit portfeli

bilan bog‘liqligi ko‘riladi. Muallif muammoli kreditning yuzaga kelishini ko‘proq bank


background image


111

boshqaruvi faoliyatiga bog‘laydi, lekin mijozning faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan

salbiy holatlar e’tibordan chetda qolgan.

Yo.Abdullayev, T.Qoraliyev va boshqalar muammoli kreditlarni muddati o‘tgan, foyda

keltirmayotgan kreditlar sifatida qaraydi. Mualliflar kreditlarning qaytarish muddati o‘tishi, ular

bo‘yicha foizlar o‘z vaqtida to‘lanmasligi muammoli kreditlarning yuzaga kelishishi e’tirof

etishlan, lekin muddati qancha o‘tsa muammoli kredit bo‘lishi, uning yuzaga kelish sabablari

bayon etilmagan.

Olimlarning asarlarida va me’yoriy hujjatlarda “muammoli aktiv”, “muammoli kredit”,

“ishlamaydigan kredit”, “harakatsiz kredit” kabi tushunchalar turli hil yondashuvlarda ko‘rib

chiqilganlini ko‘rishimiz mumkin.

Fikrimizcha, bank muammoli aktivlariga quyidagi yondashuvni kiritsa maqsadga muvofiq

bo‘ladi: muammoli aktiv - bu bank joylashtirgan resurslarning bir qismini qaytmasligi yoki bank

ixtiyoridan chiqib ketishi, hisoblangan daromadlarni ololmasligi natijasida yuzaga kelishi mumkin

bo‘lgan yo‘qotishlar (zararlar) riski bo‘lgan bankning aktivlari va moliyaviy majburiyatlari.

Ushbu ta’rifda bankning balansdan tashqari majburiyatlari ham hisobga olindi, chunki

ularni bank mablag‘larini taqsimlash shakllaridan biri sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bundan

tashqari, ushbu ta’rif bank resurslarini qaytarmaslik yoki ularni tasarruf etish riskiga asoslangan,

chunki bu bank zarar ko‘rishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga muammoli aktiv turlari va ularni

buxgalteriya hisobida aks ettirilishi ham hisobga olingan deb aytish mumkin.

Ya’na shuni qayd etib o‘tish kerakki, muammoli aktiv bu faqat muammoli yoki

ishlamaydigan kredit emas, ular muammoli kreditga nisbatan kengroq tushuncha.

Sababi muammoli aktiv sifatida quyidagilarni ham tasniflash mumkin:

muammoli kredit;

muammoli lizing;

muammoli faktoring;

muammoli debitorlik qarzdorlik;

muammoli investitsiyalar;

muammoli sotib olingan qimmatli qog‘ozlar;

boshqa banklardagi muammoli mablag‘lar;

muammoli balansdan tashqari aktivlar;

muammoli undirilmagan daromadlar;

muammoli boshqa aktivlar.


background image


112

Muammoli aktivlar tarkibida va umuman bank aktivlari tarkibida kreditlarning ulushi

yuqori bo‘lganligi sababli muammoli kreditlarga e’tibor yuqori.

Umuman olganda bank aktivlari sifati pasayishi, daromad keltirmasligi, qaytib kelishi

kechikishi yoki umuman qaytarilmasligi, qiymatining pasayishida muammoli aktivlarni keltirib

chiqaradi.

Respublikamiz banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar

hajmining oshishi, bank aktivlarining asosiy qismini bank kreditlari tashkil etganligi bois banklar

kredit portfelida muammoli kreditlarning mavjudligi sezilarli bo‘lmoqda.

Mamlakat bank tizimining barqarorligini ta’minlashga, ya’ni bank mablag‘larining

aylanishiga, bankning o‘z mijozlari oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida ijro etishiga salbiy ta’sir

ko‘rsatmoqda. Muammoli kreditlardan yo‘qotishlar kreditning qaytishi va foizlarning

to‘lanmasligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan zararlardagina namoyon bo‘lmaydi.

Muammoli aktivlarning, jumladan, muammoli kreditlarning yuzaga kelishi quyidagi salbiy

holatlarga olib kelishi mumkin:

1.

omonatchilar, investorlar va boshqa mijozlarning mazkur bankka bo‘lgan

ishonchini yo‘qolishi hamda bank nufuzini tushib ketishi;

2.

tijorat banklari xarajatlarining ortib ketishi;

3.

tijorat banklarining daromad keltiruvchi aktivlarini muzlatilishi;

4.

daromad keltiruvchi bank operatsiyalaridan kelayotgan foyda hajmining qisqarishi

tufayli moddiy rag‘batlantirishlarning kamayishi natijasida bankning malakali kadrlar

qo‘nimsizligining ortishi;

5.

bank likvidligi va to‘lovga layoqatligi pasayadi;

6.

muammoli aktivlar bo‘yicha ehimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxira yaratilgan

taqdirda bank daromadining qisqarishi, bank faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi boshqa

ko‘rsatkichlarning tushib ketishi va boshqalar.

Tijorat banklarining daromadlarini tashkil etuvchi aktivlar sifati bo‘yicha turli vaziyatlarda

yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish va mazkur mazkur muammolar

echimini topishga katta e’tibor berilmoqda. Bu masalani xal qilishda birinchi navbatda muammoli

aktivlar mohiyati, xususiyatlarini xozirgi zamon bozor iqtisodiyoti su’bektlariga xos bo‘lgan

xatarlilik va tabiati bilan bog‘liq holda boshqarish va tahlil qilish, shuningdek ularni hisobini

yuritish va audit o‘tkazish amaliyotlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bugungi kunda tijorat banklarida aktivlarning muammoga aylanishining asosiy sabablariga

quyidagilarni misol qilishimiz mumkin:


background image


113

- kredit (lizing) ajratish bo‘yicha ariza beruvchini dastlabki monitoringdan o‘tkazilmasligi

bunda asosiy e’tiborni mijozning xarakteri uning biznes hamkorlari orasidagi mavqei, tajribasi shu

bilan birga garovga olinishi rejalashtirilayotgan mol-mulkni joyiga chiqgan holatga

o‘rganilmasligi hamda mijozning faoliyati bilan yaqindan tanishishmasligi;

- kredit bo‘limi xodimi mijozlarning moliyaviy holatini tahlil qilish bo‘yicha etarli bilim

va malakaga ega bo‘lmaganligi sababli mijozning moliyaviy ahvolini to‘liq va sifatli tahlil

qilinmasligi;

- mijozning kredit tarixi puxta o‘rganilmasligi;

- kredit ta’minoti sifati taqdim qilingan mol-mulklarning kredit muddatiga va foiziga

nisbatan munosib ravishda kelgusi narxini hisobga olgan holda baholab likvidli mol-mulklar

garovga olinmasligi yoki kafilning bergan kafillik summasiga nisbatan uning moliyaviy

hisobotlari tahlil qilinmasligi;

- mijozlarning firibgarlik qilishga moyilligi;

- mijoz faoliyat olib borayotgan sohada iqtisodiy tanglik xolatlari kuzatilsa;

- kredit shartnomalarda mijozning kredit va foiz to‘lov grafiklarini biznes rejaga mutanosib

ravishda rasmiylashtirilmasliklari;

- bank tomonidan tovar moddiy qiymatliklari, nomoddiy aktivlar, xizmatlar uchun

oldindan to‘langan mablag‘lar bo‘yicha moddiy, nomoddiy aktivlarning olib kelinmaganligi,

xizmatning ko‘rsatilmaganligi, to‘langan mablag‘larning qaytmasligi;

- boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlardagi mablag‘lar, depozitlarning, berilgan

banklararo kreditlarning qaytmasligi;

- ta’minot hisobiga bank faoliyatida foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan moddiy

aktivlarning bank balansiga kirim qilinganligi, uni sotish bo‘yicha ishlarning olib

borilmayotganligi;

- mijozning to‘lovga layoqatsizligi yuzaga kelishi hisobiga sotib olingan debitorlik

qarzlarining muddati o‘tishi, uning to‘lanmasligi;

- fors-major xolatlari.

Umuman, muammoli aktivlarning kelib chiqishi faqatgina kredit riskiga bog‘liq bo‘lmaydi.

Zero, valyuta riski, bozor riski, foiz stavkalarining o‘zgarishi riski va boshqa qator risklarining

mavjudligi hamda ularni to‘g‘ri baholay olmaslik muammoli aktivlarning kelib chiqishiga ta’sir

ko‘rsatadi. Muammoli aktivlarning iqtisodiy mazmunini tadqiq etishda risklarning o‘rni va ta’siri

asos sifatida ishtirok etadi. Tijorat banklarida vujudga keladigan risklarning asosiy qismi


background image


114

mamlakatdagi ayrim bir tarmoqdagi mahsulotga bo‘lgan talab va ishlab chiqarishning pasayib

ketish ehtimoli bilan uzviy bog‘liqdir.

REFERENCES

1.

Basel Committee on Banking Supervision (2016) “Guidelines Prudential treatment of

problem assets – definitions of non-performing exposures and forbearance”, 1-41.

2.

The Treatment of Nonperforming loans. International Monetary Fund. Prepared by

Adriaan M. Bloem and Russel Freeman. Issue Paper Prepared for the July 2005.

https://www.imf.org/external/pubs/ft/bop/2005/05-29.pdf

. Issue Paper, 1-15

3.

Ozili, P. K. (2019), “Non-Performing Loans and Financial Development: New Evidence”,

Journal of Risk Finance, February 2019, 1-35.

4.

Роуз П. Банковский менеджмент. Пер. с англ. – М.: Дело, 1997, 192-б.

5.

Otamurodov, H.H. (2018) “Current basis of management of the bank credit portfolio in

Uzbekistan” International Journal of Economics, Commerce and Management, Vol. VI,

Issue 12, 169-179.

6.

Абдуллаев Ё., Қоралиев Т., Тошмуродов Ш., Абдуллаева С. Банк иши. Ўқув

қўлланма-Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009 йил, 548 бет.

7.

Abdulazizovich A. A. et al. ISSUES OF BANKING SYSTEM DIGITALIZATION IN

UZBEKISTAN //World Bulletin of Management and Law. – 2022. – Т. 11. – С. 14-19.

8.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov, D.,

... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets for

mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

9.

Hakimova, M. Kh. "THE EFFECT OF FACTORS ON THE NUMERICAL

INDICATIONS OF MICROORGANISMS IN IRRIGATED LIGHT COLORED GRAY

AND BARRIOUS SOILS." (2024).

10.

Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN

TEACHING SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF

EFFECTIVENESS. Bulletin of Science and Education , (6-3 (109)), 56-61.

References

Basel Committee on Banking Supervision (2016) “Guidelines Prudential treatment of problem assets – definitions of non-performing exposures and forbearance”, 1-41.

The Treatment of Nonperforming loans. International Monetary Fund. Prepared by Adriaan M. Bloem and Russel Freeman. Issue Paper Prepared for the July 2005. https://www.imf.org/external/pubs/ft/bop/2005/05-29.pdf. Issue Paper, 1-15

Ozili, P. K. (2019), “Non-Performing Loans and Financial Development: New Evidence”, Journal of Risk Finance, February 2019, 1-35.

Роуз П. Банковский менеджмент. Пер. с англ. – М.: Дело, 1997, 192-б.

Otamurodov, H.H. (2018) “Current basis of management of the bank credit portfolio in Uzbekistan” International Journal of Economics, Commerce and Management, Vol. VI, Issue 12, 169-179.

Абдуллаев Ё., Қоралиев Т., Тошмуродов Ш., Абдуллаева С. Банк иши. Ўқув қўлланма-Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009 йил, 548 бет.

Abdulazizovich A. A. et al. ISSUES OF BANKING SYSTEM DIGITALIZATION IN UZBEKISTAN //World Bulletin of Management and Law. – 2022. – Т. 11. – С. 14-19.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov, D., ... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

Hakimova, M. Kh. "THE EFFECT OF FACTORS ON THE NUMERICAL INDICATIONS OF MICROORGANISMS IN IRRIGATED LIGHT COLORED GRAY AND BARRIOUS SOILS." (2024).

Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN TEACHING SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS. Bulletin of Science and Education , (6-3 (109)), 56-61.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов