THEORETICAL FOUNDATIONS OF ENSURING FINANCIAL STABILITY OF COMMERCIAL BANKS

HAC
Google Scholar
To share
Salomov, O. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS OF ENSURING FINANCIAL STABILITY OF COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29568
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the theoretical foundations of ensuring the financial stability of commercial banks. During the article, valid opinions and considerations are mentioned.

Similar Articles


background image


385

TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING

NAZARIY ASOSLARI

Salomov Odil Begalievich

Bank-moliya akademiyasi magistratura talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10684685

Annotatsiya.

Mazkur maqolada tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashning

nazariy asoslari yoritib berilgan. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalr keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

tijorat banklari, moliyaviy barqarorligi, banklar faoliyatini mustahkamlash,

baholash mezonlari.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF ENSURING FINANCIAL STABILITY OF

COMMERCIAL BANKS

Abstract.

This article describes the theoretical foundations of ensuring the financial

stability of commercial banks. During the article, valid opinions and considerations are

mentioned.

Key words:

commercial banks, financial stability, strengthening of bank activity,

assessment criteria.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ

УСТОЙЧИВОСТИ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ

Аннотация.

В статье рассмотрены теоретические основы обеспечения

финансовой устойчивости коммерческих банков. В статье приводятся обоснованные

мнения и соображения.

Ключевые слова:

коммерческие банки, финансовая устойчивость, усиление

банковской деятельности, критерии оценки.

Banklar tashkil topgandan beri bugungi kunga qadar, banklar faoliyatini mustahkamlash,

ular barqarorligini ta’minlash, risklarni boshqarish masalasi o‘z dolzarbligini hamon yo‘qotmagan.

Tarixdan bilamizki, dunyo mamlakatlarida turli inqirozlar bo‘lib o‘tganligi, shuningdek, ushbu

inqirozlarda, eng avvalo, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini saqlab qolish masalasi

davlatning iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Barqarorlikni quyidagi asosiy tavsiflari orqali bayon etishga harakat qilamiz:

1)

Iqtisodiy sub’ekt faoliyati yuzasidan, iqtisodiy sub’ekt barqarorligi – uning asosiy

iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilangan darajada saqlashi va rivojlanishga qaratilgan harakati

tushuniladi.


background image


386

2)

Baholash mezonlari, sub’ekt barqarorligini baholash bir qancha standartlashgan

indikatorlarni, ko‘rsatkichlar majmuini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek,

indikatorlar va ko‘rsatkichlar majmui jamoatchilik tomonidan tan olingan bo‘lishi lozim. Aynan

shu bois barqarorlikni iqtisodiy adabiyotlarda boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan birga

bog‘langan holda o‘rganiladi.

3)

Tushuncha mazmuning etarliligi, ya’ni barqarorlik vaqt birligida baholanadi. Mana

shu vaqt birligida barqarorlikni nafaqat o‘z ko‘rsatkichlari me’yorini saqlaydi, balki unga ta’sir

etuvchi ichki va tashqi omillar ta’sirini, shuningdek, son va sifat ko‘rsatkichlariga, boshqa so‘z

bilan aytganda, ichki va tashqi muhitdan qat’iy nazar, barqarorlik rivojlanishga qaratilgan

intilishdir.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan holatlardan kelib chiqqan holda, “barqarorlik” asosiy tushuncha

ekanligi va uni xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, makro va mikroiqtisodiy jihatdan kompleks tavsiflash

zarur ekanligi aniqlanadi.

Bu borada, tadqiqotimizning asosiy e’tibori “barqarorlik” emas, aksincha “moliyaviy

barqarorlik”, “xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy barqarorligi” emas, aksincha “tijorat banklari

moliyaviy barqarorligi” hisoblanadi.

Navbatda tijorat banklari moliyaviy barqarorligi va uning asosiy turlari aks ettirilgan jadval

keltiriladi.

1-jadval

Tijorat banklari barqarorligi va uning turlari

Barqarorlik

turlari

Mazmuni

1.

Moliyaviy

barqarorlik

1.Tijorat banklari faoliyatining integral ko‘rsatkichlari bo‘lib, bank

moliyaviy-iqtisodiy holatini aks ettiradi (o‘z mablag‘lari hajmi va

strukturasi, daromad hajmi va foyda miqdori, kapitalga nisbatan

foyda miqdori, likvidlilik va boshqalar).

2.Banklar moliyaviy operatsiyalarini boshqarishda informatsion-

analitik va texnologik qo‘llab-quvvatlash.

2.

Umumiy

barqarorlik

Tijorat banklari aktsionerlik kapitali hajmi bilan aniqlanadi.

3.

Tijoriy

(tijorat)

barqarorlik

Tijorat banklarining bozor infratuzilmasiga moslashganligi

(banklarning davlat bilan aloqasi, banklararo munosabatlardagi


background image


387

ishtiroki, kreditorlar, mijozlar va omonatchilar bilan munosabatlar

sifati, bankning ijtimoiy ahamiyati va boshqalar)

4.

Funktsional

barqarorlik

1.

Bank ixtisoslashuvi bo‘yicha

2.

Bank universallashuvi bo‘yicha

5.

Tashkiliy-

strukturaviy

barqarorlik

Bank alohida faoliyatlarini funktsional-texnologik hujjatlar asosida

tashkil etilishi va boshqalar

Yuqorida ko‘rib chiqilgan, 1-jadval ma’lumotlarida aks etgan tijorat banklari

barqarorligining turlariistalgan tijorat banklarida uchraydi va uni banklar o‘zaro bir-birini bog‘liq

holda faoliyatida tahlil etib boradi va o‘rganadi.

Tijorat banklari barqarorligi turlarining tahlili, ular ichida eng asosiysi, barqarorlik bazasi

bu – “moliyaviy barqarorlik” ekanligi ko‘rinadi. “Moliyaviy barqarorlik” tijorat banklari

faoliyatining birlamchi va asosiy turi ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Ushbu xulosalarga kelishimizga

quyidagilar asos bo‘ladi:

Birinchidan, “moliyaviy barqarorlik” boshqa barqarorlik bloklarni ishlashiga asos va

bazasi hisoblanadi. Bunga sabablardan biri bu – pul oqimidir. Banklarning mustahkam moliyaviy

holati uning pul oqimi, shuningdek, bankning o‘z mablag‘lari hajmi, daromadlar va foyda miqdori,

likvidlilik holati kabi integral ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi.

Ikkinchidan, banklar umumiy faoliyatiga baho berish imkoni paydo bo‘ladi. Moliyaviy

barqarorlikda banklar ixtisoslashuvi va universallashuvi yoki tashkiliy-strukturaviy barqarorlikni

o‘z ichiga oladi. Chunki moliyaviy barqarorlik asosida boshqa turlar o‘z-o‘zidan barqarorligini

ta’minlashiga xizmat qilishi yaqqol ko‘rinadi.

Shu bois, mazkur masalani ilmiy jihatdan chuqur tahlil etish maqsadida biz tijorat banklari

moliyaviy barqaroriligini ta’minlashning turli iqtisodchi olimlarning qarashlari, ilmiy maqolalari,

tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash xususidagi ilmiy-nazariy qarashlarini chuqur

o‘rganishga harakat qilamiz.

O. Ovchinnikova va A.Betslar tijorat banklari moliyaviy barqarorligi deganda, banklarga

tashqi ta’sirlardan qat’iy nazar, ularning asosiy va yangi paydo bo‘ladigan funktsiyalarini

bajarishlarida deb fikr bildiradilar.

Yuqoridagi olimlarning fikrlaridan, banklar moliyaviy barqarorligi deganda – banklarning

tashqi ta’sirlarga qarshi turishi va o‘z navbatida ularning funktsiyalarini bajara olish qobiliyati

degan xulosa kelib chiqadi.


background image


388

S. Urazov banklar moliyaviy barqarorligini turli xil salbiy tashqi omillarning ta’siri

natijasida banklar tenglik oldingi holatiga, mustahkam pozitsiyasiga qaytishida deb hisoblaydi.

Albatta moliyaviy barqaror bank har qanday qiyin, katta yo‘qotishlar bo‘lganda, o‘zini

tezda tiklashi, bozorda mustahkam turishi katta ahamiyatga ega.

G.Melikyan esa banklar moliyaviy barqarorligiga ta’rif berishda ikki jihatdan yondashish

lozimligini, uni mikrodarajada va makrodarajalarga ajratgan holda ta’rif keltiradi. Uning fikricha,

mikrodaraja banklar moliyaviy barqarorligi – banklarning har qanday sharoitda mijozlar bilan

bog‘liq maqsad va vazifalarini bajarishda bank faoliyati hayotiyligini, davomiyligini ta’minlashda

deb hisoblaydi. Makrodarajada banklar moliyaviy barqarorligini iqtisodiyot turli sub’ektlari bilan

bog‘lagan holda, bank tizimi turli iqtisodiy qiyinchiliklarni oldini olishi, tizim barqarorligini

ta’minlashda deb hisoblaydi.

Ushbu olimning fikriga ko‘ra banklar moliyaviy barqarorligini har qanday sharoitda,

banklar o‘z faoliyatini mustahkam davom ettirishida, qiyinchiliklar bo‘lganda ham oldingi

pozitsiyasiga qaytishida deb qarashi bilan baholanadi.

Yu.G.Veshkin va G.L.Avagyanlar tijorat banklari moliyaviy barqaroriligini banklar

daromadlarining ular xarajatlaridan oshgan qismi sifatida qarashadi. Tijorat banklari daromadlari,

shuningdek, ular foydasidan dividentlar to‘lashga qarab banklar moliyaviy barqaroriligiga baho

berish bir oz munozarali hisoblanadi. Sababi, bank foydasi ular umumiy faoliyatiga baho

berishning asosiy bir ko‘rsatkichi hisoblanadi, lekin, banklar moliyaviy barqarorligini aniqlash

uchun uni tashkil etuvchi manbalariga asosiy e’tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz. Shu bilan

birga foydasi yuqori bo‘lgan banklar har doim ham moliyaviy barqaror bo‘la olmaydi.

P.A. Shalpanov tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga “... ichki va tashqi omillarga

qarshi turgan holda bank resurslarini transformatsiya qilib hamda risklarni samarali boshqarishda

o‘z funktsiyalarini amalga oshirishi” deb ta’rif keltiradi. Ushbu fikrlar ham o‘z navbatida

moliyaviy barqarorlik mohiyatini to‘liq aks ettirmaydi. Bunga sabab, birinchidan, tijorat banklari

faoliyatiga bizning nazarimizda bir oz tor doirada qaralgan, ikkinchidan, muallifning banklar

likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga munosabatlari bir oz noaniq ko‘rinadi.

V.V. Ivanov o‘zining tadqiqotlarida tijorat banklari ishonchliligi va moliyaviy barqarorligi

yuzasidan izlanishlar olib borgan. Masalan, olim ishonchlilikka bankning istalgan vaqtda mavjud

majburiyatlarini bajara olish qobiliyati sifatida qaragan. Bunda banklar ishonchliligi to‘lov

qobiliyati sifatida o‘rganilgan bo‘lsa, moliyaviy barqarorlikka esa banklar faoliyati, balans

likvidliligi nuqtai nazaridan yondashish lozim degan fikrlarni ilgari surgan.


background image


389

M.B.Aushevning fikricha, barqarorlik dinamik xususiyatga ega bo‘lib, ya’ni u uzoq

muddatli foyda mezoni sifatida aniqlanadi deb ta’kidlanadi. Bizning fikrimizcha, barqarorlik

haqiqatdan ham dinamik xususiyatga ega bo‘lgan tushunchadir.

V.N.Jivalov esa, banklar barqarorligi to‘g‘risida fikr yuritib banklar ishonchliligi, mijozlar

majburiyatlari va omonatlarini jalb etish ishonchliligi to‘g‘risida fikrlar bildirib o‘tadi. Mazkur rus

olimi banklar moliyaviy barqarorligiga ular passivlari nuqtai nazaridan qaraganligi ko‘rinadi.

Bank sektorining samaradorligi va barqarorligini ta’minlash masalasi bank tizimi uchun

ham juda dolzarb hisoblanadi. O.N.Litun o‘z ilmiy ishlarida ko‘p ukladli bank tizimi samarali

hisoblanadi deya ta’kidlaydi va ko‘p ukladli bank tizimiga turli mulkchilik shakliga ega

banklarning mavjud bo‘lishi, banklar hajmiga va faoliyati yo‘nalishlariga asosiy e’tiborni qaratadi.

Shu bilan birga, O.N.Litun tomonidan Germaniya, Italiya, Avstriya davlatlarida mavjud universal

banklar bilan bir qatorda kooperativ banklar, jamg‘arma kassalari, o‘zaro kreditlash

xo‘jaliklarining faoliyat olib borishi ta’kidlab o‘tadi. Masalan, Frantsiyada munitsipal kreditlash

fondlari juda keng tarqalganini, hududiy banklar esa Avstriyada keng rivojlanganligi va ular soni

600 dan ortiq ekanligi hamda har bir hudud ma’lum bir sohaga ixtisoslashganligini keltirib o‘tadi.

Bizning fikrimizcha, “tijorat banklari moliyaviy barqarorligi bu – bank foyda olish

jarayonida uning moliyaviy ko‘rsatkichlari va faoliyatining ijobiy holatini ta’minlagan holda bank

xizmatlari bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash orqali ichki va tashqi muhitning salbiy

oqibatlariga qarshi tura olish qobiliyatidir”.

REFERENCES

1.

Azizov U. va boshq. Bank ishi: Darslik. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2016,- 638 b

2.

Abduvoxidov A. A. i dr. HUDUDLARDA KIChIK BIZNES VA XUSUSIY

TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRIShDA

TIJORAT

BANKLARINING

KREDITLASh SIYoSATINI TAKOMILLAShTIRISh G’G’BARQARORLIK VA

YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – T. 2. – №. 5. – S.

46-52.

3.

Abduvoxidov A. A. i dr. O’zbekistonda bank tizimini raqamlashtirish masalalari //Jurnal

Innovatsii v Ekonomike. – 2021. – T. 4. – №. 2.

References

Azizov U. va boshq. Bank ishi: Darslik. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2016,- 638 b

Abduvoxidov A. A. i dr. HUDUDLARDA KIChIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShDA TIJORAT BANKLARINING KREDITLASh SIYoSATINI TAKOMILLAShTIRISh G’G’BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – T. 2. – №. 5. – S. 46-52.

Abduvoxidov A. A. i dr. O’zbekistonda bank tizimini raqamlashtirish masalalari //Jurnal Innovatsii v Ekonomike. – 2021. – T. 4. – №. 2.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов