Authors

  • Mashxura Abduraximova
  • Odil Salomov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.30694

Keywords:

commercial banking financial relations investment financial stability external factors internal factors.

Abstract

Stimulating economic growth and increasing investment activity largely depends on the financial potential of commercial banks. In this scientific research, the internal and external factors affecting the financial stability of commercial banks are analyzed and their role is revealed.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

175

TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI

OMILLAR

Abduraximova Mashxura Baxrombekovna

Salomov Odil Begaliyevich

Bank-moliya akademiyasi magistraturasi talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10939373

Annotatsiya.

Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va investitsion faollikni oshirish ko‘p

jihatdan tijorat banklarining moliyaviy salohiyatiga bog’liq. Mazkur ilmiy tadqiqot ishida tijorat
banklarining moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar tahlil qilingan
va ularning o‘rni ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

tijorat banki, moliyaviy munosabatlar, investitsiya, moliyaviy barqarorlik,

tashqi omillar, ichki omillar.

FACTORS AFFECTING THE FINANCIAL STABILITY OF COMMERCIAL

BANKS

Abstract.

Stimulating economic growth and increasing investment activity largely depends

on the financial potential of commercial banks. In this scientific research, the internal and external
factors affecting the financial stability of commercial banks are analyzed and their role is revealed.

Key words:

commercial banking, financial relations, investment, financial stability,

external factors, internal factors.

ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ФИНАНСОВУЮ СТАБИЛЬНОСТЬ

КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ

Аннотация.

Стимулирование экономического роста и повышение инвестиционной

активности во многом зависит от финансового потенциала коммерческих банков. В
данном научном исследовании анализируются внутренние и внешние факторы, влияющие
на финансовую устойчивость коммерческих банков, и раскрывается их роль.

Ключевые слова:

коммерческий банкинг, финансовые отношения, инвестиции,

финансовая устойчивость, внешние факторы, внутренние факторы.


Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar tarkibi ikki turga, ya’ni

tashqi va ichki omillarga bo‘linadi.

1-jadval

Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga

ta’sir etuvchi tashqi omillar

Tashqi omillar

Makroiqtisodiy omillar

Bank faoliyatiga oid davlat siyosati
Talab va taklif, to‘lov qobiliyati
Pul bozorining rivojlanganlik darajasi

Pul aylanishining holati

Raqobat muhitining rivojlanganligi

Bank tizimi va hamkor tijorat banklari iqtisodiy ahvoli
Qonunchilik va normativ hujjatlar ta’minoti


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

176

Tashqi bank infratuzilmasi holati
Banklarga bo‘lgan ishonch

Ushbu jadval ma’lumotlarida keltirilgan barcha ta’sir etuvchi omillar tijorat banklari

moliyaviy barqarorligiga ham ijobiy ham salbiy ta’sir etishi mumkin, barcha omillarni ta’sir
etishidan kelib chiqqan holda, ularni inkor etib bo‘lmaydi, boshqa ta’sir etuvchi omillar bilan birga
o‘zaro aloqadorligi hamda banklar iqtisodiy ahvoliga ta’sir etishidan kelib chiqqan holda kuchli
ta’sir etishi ham mumkin. 1-jadval ma’lumotlari asosida tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga
ta’sir etuvchi tashqi omillarni o‘rganishga harakat qilamiz.

Makroiqtisodiy omillarni ko‘rib chiqishda eng avvalo, har qanday tijorat banklari

moliyaviy barqarorligiga iqtisodiyotning barqarorligi, mamlakat YaIM o‘zgarish hajmi, tovarlar
aylanishi, eksport va import hajmi, investitsiyalar hajmi, aholi real daromadlilik darajasiga ko‘p
jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Mamlakat iqtisodiyoti to‘g‘risida so‘z ketganda, davlat moliyasining
holati, ya’ni davlatning tashqi qarzi miqdori va byudjet defitsitiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.

Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlari ham katta ahamiyatga ega, ayniqsa, iqtisodiyot aniq

bir tarmog‘iga katta bog‘liqligi bo‘lsa, ushbu tarmoqdagi holat tijorat banklari moliyaviy
barqarorligiga ta’sir etadi.

Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi makroiqtisodiy omillar ichida

davlatning soliq siyosatini ham misol sifatida keltirib o‘tish mumkin. Sababi, soliqlar hajmi ham
tijorat banklarini rivojlantirish, yangi bank mahsulotlarini mijozlarga taqdim etishini kechiktirish
yoki xizmatlarning ancha qimmatlishishiga olib kelishi mumkin. Shu bois, O‘zbekiston
Respublikasida yangi tashkil etilayotgan tijorat banklari uchun soliq to‘lovlariga turli imtiyozlar
berish amaliyoti qo‘llanib kelinmoqda.

Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga talab va taklif, shuningdek, to‘lov qobiliyati ham

ta’sir etadi. Banklar xizmatlari va mahsulotlariga talabning oshishi, ularning moliyaviy
barqarorligiga ijobiy ta’sir etadi. Bir so‘z bilan aytganda, banklar yanada ko‘p foyda olishga va
buning natijasida moliyaviy barqarorligini mustahkamlab yanada yangi imkoniyatlar yaratishiga
xizmat qiladi va zamin yaratadi.

Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga pul va moliya bozorining holati sezilarli ta’sir

ko‘rsatadi. Barchamizga ma’lumki, har qanday moliyaviy barqaror bo‘lgan tijorat banklari ham
ma’lum bir vaqtlarda moliyaviy qiyin ahvolga tushishi, to‘lov qobiliyatini qisqa vaqtlarda
yo‘qotishi mumkin. Bunday hollarda, Markaziy bankning pul-kredit siyosati katta rol o‘ynashi
mumkin. Qayta moliyalashtirish siyosati, shuningdek, Markaziy bankning foiz siyosati evaziga
tijorat banklari oborot mablag‘lari oshishiga xizmat qiladi, bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar
iqtisodiyotga, shuningdek, pul bozorida resurslar bahosiga ta’sir etishiga xizmat qiladi.

Pulning qadrsizlanishi, inflyatsiya darajasining yuqoriligi, iqtisodiyotga hamda bank

tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, pulning qadrsizlanishi va yuqori inflyatsiya
sharoitida tijorat banklari valyuta ayirboshlash operatsiyalaridan yaxshigina naf olishi mumkin.

Tijorat banklari bunday vaqtlarda uzoq muddatlarga, iqtisodiyot tarmoqlariga pul

mablag‘larini joylashtirgandan ko‘ra, qisqa muddatlarda valyuta ayirboshlash operatsiyalari orqali
daromad olishi va yo‘qotishlarni shu yo‘l bilan qoplab moliyaviy barqarorligini ta’minlashga
harakat qilishadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

177

Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi tashqi omillari ichida raqobat

muhiti ham katta o‘rin tutadi. Raqobat muhiti yyetarli darajada rivojlangan sharoitda, tijorat
banklari raqobatchi tijorat banklari faoliyatini o‘rganib boradi, ancha faol ishlashni,
operatsiyalarini kengaytirishi, yangi va sifatli bank xizmatlarini o‘z mijozlariga ko‘rsatishi, bank
faoliyati va xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshishiga xizmat qiladi. Etarli darajada raqobat muhiti
shakllanmagan va rivojlanmagan bir sharoitda, tijorat banklari o‘z faoliyatini qisqartirishiga olib
keladi, bu esa oxir-oqibatda banklar moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bank tizimi va hamkor tijorat banklarining iqtisodiy ahvoli moliyaviy barqarorlikka ta’sir

etuvchi yana bir tashqi omillardan biri hisoblanadi. Bank tizimidagi barqaror holat yoki
nobarqaror vaziyat, alohida olingan tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatishi,
shuningdek, hamkor tijorat banklaridagi moliyaviy qiyinchiliklar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashning asosiy omillaridan biri, bu

qonunchilik va normativ me’yoriy-huquqiy asoslarning mavjudligi hisoblanadi. Qonunlar tijorat
banklari faoliyatini tartibga soladi, normativ, me’yoriy-huquqiy hujjatlar esa banklar asosiy
operatsiyalarini tartibga solib boradi va uni barqaror holatini saqlab turishga xizmat qiladi. Shu
bilan birga, mamlakat bank tizimi va tijorat banklari moliyaviy barqarorigini ta’minlashga xizmat
qiluvchi huquqiy asoslar mavjud va ular doimo takomillashib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan
holda ishlab chiqilmoqda.

Bank infratuzilmasi tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashga ta’sir etuvchi

omillardan biri hisoblanadi. Bank infratuzilmasi mamlakatda tijorat banklari moliyaviy
barqarorligini ta’minlash metodologiyasini, kadrlar bilan ta’minlanganlik, ilmiy va texnologik,
shuningdek, tartibga solish va audit olib borish tizimi mavjudligini nazarda tutadi. Bank
infratuzilmasining mavjudligi, tijorat banklari faoliyati mustahkamligi va barqarorligini
ta’minlashga zamin yaratadi, ularni ishonchli xizmat qilishi va rivojlanib borishining kafolati
hisoblanadi. Banklar bozorda o‘zlarini erkin his etib, o‘z faoliyatilarini yanada innovatsion
jihatdan rivojlantirishga intilishi kuchayib boradi. Ma’lumotlarning yyetarliligi, ular faoliyatini
pronozlash va shunga ko‘ra istiqbolda rivojlanishni belgilashga yordam beradi. Achinarlisi,
mamlakatimiz bank tizimida ko‘p yillar davomida aholining naqd pullar bilan bo‘lgan pul
aylanishida bankomatlarning etishmasligi yoki mavjud emasligi, naqd pul berishda mavjud
muammolar yoki valyuta operatsiyasidagi ayrim muammolarning mavjudligi tijorat banklari
moliyaviy barqarorligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi. Hozirgi kunda ushbu
muammolarning bartaraf etilgani naqd pul aylanishi va xorijiy valyuta ayirboshlash masalasida
muammolar nisbatan hal etilgani, raqobat sharoitida tijorat banklari moliyaviy barqarorligini
ta’minlashga va uni mustahkamlab borishga xizmat qilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi bank
xizmatlarini takomillashtirish va innovatsiyalarni joriy etib borish, bir so‘z bilan aytganda, bank
infratuzilmasini yaxshilash orqali tijorat banklari moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga
xizmat qilishi, mijozlarning tijorat banklariga va bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshiradi va
bozorida banklar mavqeini tiklab borishiga xizmat qiladi. Shu bois, tijorat banklari raqobat
sharoitida ham foydasini oshirib borishlari bilan birga, ular infratuzilmasiga alohida e’tibor
qaratishlari lozim deb hisoblaymiz.

Mijozlar, kontragentlar va aholining moliya-kredit tashkilotlari va tijorat banklariga

bo‘lgan ishonchining oshib borishi ham yuqoridagi fikrlarimizning davomi hisoblanadi. Ishonch


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

178

fundamental xarakterga ega bo‘lgan jarayon hisoblanadi. Tijorat banklari ularga bo‘lgan ishonch
mustahkam bo‘lgan holatda, boshqa banklardan qiyinchiliklarsiz kredit resurslari jalb etadi,
mijozlar ko‘z o‘ngida ishonchli hamkor sifatida maydonga chiqadi va ulardan omonatlar va
depozitlar jalb etishda boshqa banklarga qaraganda ustunlikka ega bo‘ladi. Chunki, ishonchning
bo‘lmasligi, banklar kredit resurslarining bahosi qimmatlashadi, likvidlilik holatiga putur etadi,
bozorda vahima boshlanadi va tijorat banklari moliyaviy barqarorligi pasayadi. Bejizga xorijiy
adabiyotlarda so‘nggi paytlarda inqirozlarni – “ishonchlilik inqirozi” deb ta’rif berishmayapti.

Sababi, ishonch yo‘qolsa bu tijorat banklarining barcha operatsiyalari va uning bozordagi

o‘rniga katta putur etadi. Afsuski, bugungi kunda olimlar va tartibga soluvchi xalqaro moliya
tashkilotlari tomonidan tijorat banklari “ishonchlilik nazariyasi” ishlab chiqilmagani, ishonchlilik
yo‘qolishi, inqiroz holatiga olib kelishi, uni baholash masalalari chuqur tadqiq etilmaganligi bilan
belgilanadi.

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan, tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi tashqi

omillar tezda va operativ ravishda ta’sir ko‘rsatmaydi, balki sekinlik bilan ta’sir etishi mumkin.

Shu bilan birga, ushbu ta’sir etuvchi omillar natijasida tijorat banklari moliyaviy

barqarorligi mustahkam bo‘lgan, banklar nafaqat turli qiyinchiliklar vaqtida o‘z faoliyatini saqlab
qoladi, balki ular o‘z pozitsiyalarini yanada mustahkamlab olishlari mumkin bo‘ladi.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan ta’sir etuvchi omillar tashqi ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi.
Shu bilan birga, tijorat banklari faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki omillar ham mavjud.
Navbatda biz, tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi ichki omillarni ko‘rib

chiqamiz.

2-jadval

Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga

ta’sir etuvchi ichki omillar

Ichki omillar

Strategiya va rivojlanish ustuvorliklarini aniq belgilash
Bank faoliyati ko‘rsatkichlarining son va sifat jihatdan oshib borishi
Moliyaviy mablag‘larni jalb etish qobiliyati
Risklarga qarshi tura olish qobiliyati

Investitsiya loyihalarini baholash sifati

Xarajatlarni tejash

Ichki infratuzilma

Marketing va boshqarish sifati

Bank zamonaviy texnologiyalari va yangi bank xizmatlarini joriy etishga ehtiyoj

Bank ishini tashkil etish


Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi ichki omillar ichida eng avvalo,

bank strategiyasi va rivojlanish ustuvorliklarini aniq belgilab olish masalasi dolzarb hisoblanadi.

Ushbu omil, odatda bir qaraganda nazariy ahamiyat kasb etganday tuyuladi. Chunki, tijorat

banklari strategiyasini ishlab chiqishda asosan yo‘nalish va amalga oshiriladigan ishlar bayon
etiladi. Lekin, ushbu ishlarni amalga oshirish mexanizmi va yo‘llari to‘liq bayon etilmaydi. Shu
bois, tijorat banklari bunga rasmiy yondoshuv bilan qarashadi. Qo‘shimcha ravishda,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

179

innovatsiyalarni amalga oshirishda xarajatlar manbalari yuzasidan aniqlik va izlanishlar olib
borilmaydi. Shu bilan birga, bularga eskicha yondoshuv bo‘lsa, ko‘zlangan aniq maqsadlarga
erishishda turli qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Tijorat banklari strategik hujjatlarini tayyorlash murakkab analitik ish hisoblanadi.
Achinarlisi shundaki, banklarda kuchli analitikaning mavjud emasligi, strategik xujjatlar

tayyorlanishida umumiylik, maqsadni yozish bilan cheklanish, eng achinarlisi esa uni amalga
oshirish mexanizmlari to‘liq bayon etilmasligi natijasida, ko‘zlangan maqsadga erishish
murakkabligini keltirib chiqadi. Shuningdek, bu kabi holatlar tijorat banklari moliyaviy
barqarorligiga putur etkazadi. Lekin, buning aksi bo‘lganda, tijorat banklari moliyaviy
barqarorligini nafaqat mustahkamlashga, balki kelgusida faoliyatini yanada rivojlantirishga va
moliyaviy mustahkamligini oshirishga xizmat qiladi.

Bank faoliyati ko‘rsatkichlarining son va sifat jihatidan oshib borishi ham asosiy ta’sir

etuvchi ichki omillaridan biri hisoblanadi. Bu erda gap sonlar va raqamlar to‘g‘risida ketmoqda,
ya’ni kapitalning oshishi, uning yyetarliligi, aktivlar va passivlar tarkibining sifat va soni jihatidan
muvofiqligi, banklar boshqa operatsiyalarida ham muvofiqligini ta’minlash dolzarb hisoblanadi.

Banklar faoliyatining son va sifat jihati, kredit va investitsiya portfeli, depozitlar hajmi,

mijozlar soni va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarda yanada uning ahamiyati oshadi.

Moliyaviy barqarorlik nuqtai nazaridan, tijorat banklar pul aylanishini oshirishi, mijozlarga

xizmatlar ko‘rsatish hajmi, sifati va tarkibi juda muhim hisoblanadi. Bu erda eng avvalo, aktivlar
rentabelligi (ROA), kapital yyetarliligi (ROE) ko‘rsatkichlariga, xarajatlar tarkibiga katta e’tibor
qaratiladi.

Moliyaviy resurslarni jalb etish qobiliyati banklar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda

katta o‘rin tutadi. Bunda, tijorat banklari kapitallashuv darajasini eslamasdan ilojimiz yo‘q, sababi,
aynan aktsionerlik kapitali orqali kelgusida banklar barqarorligi, daromadi, foydasi va
yaratiladigan zaxiralari to‘g‘risida fikr yuritishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, tijorat banklari
likvidliligini ta’minlash ham dolzarb hisoblanadi. Sababi, banklarda likvidlilik muammosi kelib
chiqqanda, eng avvalo, resurslarni jalb etish, banklararo kredit resurslari bozoridan mablag‘lar
olish hamda bir so‘z bilan aytganda, mijozlar oldidagi bank majburiyatlarini bajarish vaqtida
tezkor va operativ hal etish yo‘li orqali masalalar echimi kelib chiqadi.

Yuqoridagi fikrlarning uzviy davomi sifatida, tijorat banklarida vujudga keladigan risklar

va ularni boshqarish eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. To‘g‘ri tijorat banklari risklarda
qochib qutula olmaydi, chunki, risklar barcha bank operatsiyalarida mavjud, qaysiki bir bank katta
riskka borsa, u albatta katta daromad olishga ham harakat qiladi. Shu bilan birga, bu kabi katta
risklarni moliyaviy barqaror bo‘lgan tijorat banklari amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, risklarni to‘g‘ri baholay olmaslik va hisoblamaslik natijasida, banklarda katta

yo‘qotishlar ham kelib chiqishi ehtimoldan holi emas. Bu kabi holatlar ayniqsa, iqtisodiy nochorlik
holati kuzatilganda va to‘lovlardagi ayrim muammolar mavjud bo‘lgan hollarda kelib chiqishi
barchamizga ayon. Tijorat bankari vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli risklarni oldini olish
maqsadida, zaxiralar tashkil etishi va ular orqali qiyin bir moliyaviy holatlarda tartibga solish
mumkin bo‘ladi. Shu bois, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida tartibga
soluvchi organ, ya’ni Markaziy banklar o‘rnatgan iqtisodiy me’yorlarga amal qilib borishadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

180

To‘g‘ri tijorat banklari risk qiluvchi sub’ekt hisoblanadi, lekin bu risklar banklar

kapitalidan oshmagan miqdorda bo‘lishi, agar bu holat kuzatilsa, unda ushbu risklar nafaqat
banklar moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki bank mijozlarining moliyaviy
barqarorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini esdan chiqarmaslik lozim bo‘ladi.

Har qanday tijorat banklari uchun resurslarni jalb etish bilan bir qatorda ushbu resurlardan

oqilona va samarali foydalanish eng muhim vazifadir. Shu boisdan, tijorat banklari investitsion
loyihalarni moliyalashtirish jarayonida, har bir mijoz tomonidan taqdim etilgan loyihalarning
texnik-iqtisodiy asosnomasi, moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini berilgan ko‘rsatkichlar
asosida ularning haqqoniyligi tanqidiy tahlil qilish va baholash orqali investitsion qarorlar qabul
qilish, investor sifatida bankning strategik rivojlanishi yo‘lida moliyaviy barqarorligini
ta’minlaydigan ichki omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Demak, banklar investitsion qarorlar
qabul qilishda, bevosita bankning moliyaviy barqarorligiga ta’sir qilishini hisobga olgan holda,
qarorlarni qabul qilishga asos bo‘luvchi loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash
uslubiyoti va natijalarining haqiqatga yaqinligi hamda to‘g‘ri yondashuvga ega ekanligiga tijorat
banklari tomonidan yyetarlicha ahamiyat berilishi zarur.

Banklar moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri bu xarajatlarni tejash

hisoblanadi. Har qanday tashkilot kabi tijorat banklarida ham o‘z xarajatlari mavjud bo‘ladi, lekin,
bu xarajatlar va daromadlarini banklar tegishli tartibda o‘lchab borishlari lozim bo‘ladi.

Bu erda barqarorlikni ta’minlashda banklarga xarajatlar tarkibi va byudjetlashtirish katta

yordam beradi. Qolaversa, ushbu ishlarni amalga oshirishda tijorat banklari daromadlari yyetarli
bo‘lishi, shuningdek, kundalik tartibda bank joriy faoliyatini tahlil etib borishi va keng tarzda
moliyaviy barqarorligini oshirib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Tijorat banklari moliyaviy barqaroriligiga ta’sir etuvchi ichki omillar ichida ichki

infratuzilma ham katta ahamiyat kasb etadi. Ichki infratuzilma tashqi infratuzilma kabi katta
ahamiyatga ega, lekin ichki infratuzilma omadga olib borishning yirik kafolati hisobalanadi. Shu
bilan birga, informatsion bazaning hajmdorligi, bank ichki me’yoriy hujjatlarining ishlab
chiqilganlik darajasi, ichki nazorat tizimining ishlash tartibi, bularning barchasi banklar moliyaviy
barqarorligiga ta’sir ko‘rsatishi natijasida, uning infratuzilmasi ham o‘zgarib borishi lozim. Ichki
infratuzilmalar ichida kadrlar va ularning salohiyati ham asosiy rol o‘ynaydi.

Kadrlar qo‘nimsizligi, ularning yyetarlicha intelektual qobiliyatining mavjud emasligi, o‘z

ustida muntazam ishlamasligi ham tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Sababi, bank bozorida innovatsiyalar, so‘nggi bo‘layotgan o‘zgarishlar, axborot
texnologiyalarning keng qo‘llanayotgan kadrlar masalasida ham tegishli o‘zgarishlar bo‘lishidan
dalolat beradi.

Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga marketing va boshqarish sifati ham ta’sir etuvchi

asosiy bir omillardan biri hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, chuqur o‘rganilmagan
marketing tadqiqotlari va sifatsiz boshqarish tijorat banklarida katta yo‘qotishlarga olib kelishi
mumkin. Risklarni oshirishda yyetarlicha tajriba bo‘lmaslik, shuningdek, shubhali bitimlarning
qo‘llab-quvvatlanishi, prognoz ko‘rsatkichlarining noaniqligi natijasida qabul qilingan qarorlar
evaziga, tijorat banklarida katta yo‘qotishlarga va bu esa ularning moliyaviy barqarorligi
pasayishiga olib kelishi mumkin. Buning aksi sifatida, yuqori professional tayyorgarlikka ega
mutaxassislarning mavjudligi va bir tekisda rivojlanishga qaratilgan siyosatning olib borilishi,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

181

salbiy holatlarni oldini olishga, shu bilan birga kelgusida samarali faoliyat olib borilishi natijasida
banklar moliyaviy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Zamonaviy bank texnologiyalarini hamda yangi bank xizmatlari amaliyotga keng joriy

etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. To‘g‘ri banklar bu jarayonlarga e’tibor qaratmasdan,
o‘z faoliyatlarini olib borishlari mumkin, lekin ma’lum bir muddatdan so‘ng u raqobatchilaridan
ortda qolishi, mijozlarni asta-sekin yo‘qotib borishi, bankning moliyaviy kontragent sifatidagi
mavqeini pasaytirib boradi, bu esa banklar moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuni ta’kidlash lozimki, tijorat banklari zamon o‘zgarishi bilan mijozlari talabi asosida

mahsulot va xizmatlarini o‘zgartirib bormas ekan, u avvalo, moliyaviy barqarorligini va
keyinchalik esa bank bozoridan ma’lum muddatdan so‘ng chiqib ketishiga majbur bo‘ladi. Shu
bois, tijorat banklari bu kabi jarayonlarga o‘z vaqtida kechikmasdan chora ko‘rishlari, mijozlari
talablarini o‘rganib borishlari va bank bozorida o‘z mavqeini saqlab qolishga harakat qilishlari
lozim bo‘ladi.

Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rib chiqib, bank ishini

tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganmaslik iloji yo‘q. Shu bois, tijorat banklari tarkibiy
tuzilishi, administrativ boshqaruv, bank faoliyatini tanqidiy tahlil etish, dunyodagi yangi
tendentsiyalarni amaliyotda qo‘llab borish maqsadida, bank strategiyasiga kiritish va joriy etish,
ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarini takomillashtirib borishni nazarda tutadi.

REFERENCES

1.

Абдувохидов А. А. и др. ИҚТИСОДИЁТНИ БАРҚАРОР РИВОЖЛАНТИРИШДА
ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ ЎРНИНИ КЕНГАЙТИРИШ МАСАЛАЛАРИ
//BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. –
2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 252-263.

2.

Худоёров О. О., Ғозоров Ш. О. МАМЛАКАТНИНГ ИҚТИСОДИЙ РИВОЖИДА
ТИЖОРАТ БАНКЛАРИ ИНВЕСТИЦИОН КРЕДИТЛАРИНИНГ ЎРНИ //World
scientific research journal. – 2023. – Т. 12. – №. 2. – С. 254-262.

3.

Ibodullayevich B. T., Sobirovich T. S. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini
ta’minlashning metodologik asoslari //Current Issues of Bio Economics and Digitalization
in the Sustainable Development of Regions (Germany). – 2022. – С. 152-159.

References

Абдувохидов А. А. и др. ИҚТИСОДИЁТНИ БАРҚАРОР РИВОЖЛАНТИРИШДА ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ ЎРНИНИ КЕНГАЙТИРИШ МАСАЛАЛАРИ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 252-263.

Худоёров О. О., Ғозоров Ш. О. МАМЛАКАТНИНГ ИҚТИСОДИЙ РИВОЖИДА ТИЖОРАТ БАНКЛАРИ ИНВЕСТИЦИОН КРЕДИТЛАРИНИНГ ЎРНИ //World scientific research journal. – 2023. – Т. 12. – №. 2. – С. 254-262.

Ibodullayevich B. T., Sobirovich T. S. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning metodologik asoslari //Current Issues of Bio Economics and Digitalization in the Sustainable Development of Regions (Germany). – 2022. – С. 152-159.