STATE POLICY AIMED AT RAISING THE POTENTIAL OF INTELLECTUAL YOUTH

HAC
Google Scholar
To share
Azizova , N., & Rahimjanov, M. (2024). STATE POLICY AIMED AT RAISING THE POTENTIAL OF INTELLECTUAL YOUTH. Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29578
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information on the priority directions of state policy to increase the role of science in the socio-economic development of Uzbekistan, innovative development, retraining of scientific personnel, increasing the intellectual potential of youth during the years of independence, increasing the number of young scientists. It is planned to create ample opportunities for youth to carry out scientific and research work.

Similar Articles


background image


450

INTELLEKTUAL YOSHLAR SALOHIYATNI YUKSALTIRISHGA QARATILGAN

DAVLAT SIYOSATI

Azizova Nodira Husniddin qizi

O‘zbek filologiyasi 2-kurs talabasi

Masrur Rahimjanov

Ilmiy rahbar, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.

ALFRAGANUS university

http://doi.org/10.5281/zenodo.10694585

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonning ijtimoiy -iqtisodiy taraqqiyotida ilm -

fanning rolini oshirish, innovatsion rivojlantirish, ilmiy kadrlarni qayta tayyorlash davlat

siyosatining ustivor yo‘nalishlari yoritib berilgan va mustaqillik yillarida yoshlar intellektual

salohiyatini yuksaltirish, yosh olimlar sonini yanada ko‘paytirish , yoshlar ilmiy-tadqiqot ishlari

olib borishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Kalit so

z

: Intellektual, rivojlangan, ilm–fan, ijtimoiy -iqtisodiy , salohiyat, fundamental ,

oliy talim.

STATE POLICY AIMED AT RAISING THE POTENTIAL OF INTELLECTUAL

YOUTH

Abstract.

This article provides information on the priority directions of state policy to

increase the role of science in the socio-economic development of Uzbekistan, innovative

development, retraining of scientific personnel, increasing the intellectual potential of youth

during the years of independence, increasing the number of young scientists. It is planned to create

ample opportunities for youth to carry out scientific and research work.

Key words:

Intellectual, developed, scientific, socio-economic, potential, fundamental,

higher education.

ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПОЛИТИКА, НАПРАВЛЕННАЯ НА ПОВЫШЕНИЕ

ПОТЕНЦИАЛА ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ МОЛОДЕЖИ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о приоритетных

направлениях государственной политики повышения роли науки в социально-

экономическом развитии Узбекистана, инновационного развития, переподготовки

научных кадров, повышения интеллектуального потенциала молодежи в годы

независимости, повышения количество молодых ученых., планируется создать широкие

возможности молодежи для осуществления научной и исследовательской работы.


background image


451

Ключевые слова:

Интеллектуальное, развитое, научное, социально-экономическое,

потенциальное, фундаментальное, высшее образование.

Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalaridan ma’lumki, mamlakat taraqqiyotini

taminlashda intellektual salohiyatning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kunlardanoq intellektual salohiyatni oshirishning muhim

qismi bo‘lgan kadrlar tayyorlash siyosatiga alohida e’tibor qaratdi. Ayniqsa, ilm-fan sohasini isloh

qilish taraqqiyotimiz uchun muhim ahamiyatga ega.

Bugungi kunda ilm-fan sohasida erishilayotgan ulkan kashfiyotlar va ularning ishlab

chiqarishga keng miqyosda joriy qilinishi olimlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi ro‘lini

kuchaytirib yubordi. Xususan, jamiyat taraqqiyotiga ilmiy-texnika inqilobi o‘z ta’sirini ko‘rsata

boshlagan dastlabki yillardan jamiyatning intellektual salohiyati, uning asosi bo‘lgan kadrlar

tayyorlash muammolari yanada dolzarblashdi, shu bois u ko‘plab tadqiqotlar ob’ekti bo‘lib

kelmoqda.

O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning ro‘lini oshirish, innovatsion

rivojlantirish, ilmiy kadrlarni qayta tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Mamlakat taraqqiyotini mustahkamlash, istiqbolini belgilashda ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali

tashkil etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligini ta’minlash bugunning dolzarb

masalalaridan biri hisoblanmoqda. Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmoqlari taraqqiyotida katta

o‘rin tutadi. Har qanday davlat bu yolda, avvalo, olimlarga suyanadi. Bugungi kunda

mamlakatimiz aholisining katta qism‘ini yoshlar tashkil etayotganligi hech kimga sir emas. Shu

sabab olimlar orasida yoshlar ko’pchilikni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida yoshlar intellektual

salohiyatini yuksaltirish, yosh olimlar sonini yanada ko‘paytirish, yoshlar ilmiy-tadqiqot ishlari

olib borishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2016 yil 30 dekabrda bir guruh

ilmiy jamoatchilik vakillari, akademiklar, professor-olimlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda

respublikamiz ilm-fani, ta’lim tizimining bugungi holati va ertangi kelajagi bilan bog‘liq bir qator

masalalar ko‘tarildi. Mamlakatda fundamental va akademik fanni rivojlantirish sohasiga yosh

istiqbolli kadrlarni yanada ko‘proq jalb etish borasida bir qator vazifalar belgilandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevralda “Oliy ta’limdan

keyingi ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-4958 sonli Farmoniga ko‘ra,

mustaqillik yillarida uzluksiz ta’limning noyob tizimi yaratildi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, oliy

malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish samaradorligini


background image


452

oshirishga, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini kuchaytirishga

yo‘naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Oliy ta’lim va fan integratsiyasini kengaytirish,

yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda akademik ilmiy kadrlar salohiyatidan foydalanish

samaradorligini rivojlantirish, ularning OTM o‘quv jarayonidagi ishtirokini ta’minlash, iqtidorli

yoshlarni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish maqsadida O’zbekiston

Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar

akademiyasi bilan hamkorlikda o’quv-ilmiy kompleks va markazlar faoliyatini tashkil etish modeli

yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi “Fanlar akademiyasi

faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2789-sonli Qarori, 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga

oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-

quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106 sonli Farmoni va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli

mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini

yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori kabi normativ-huquqiy

hujjatlarning qabul qilinishi va ijtimoiy hayotga tatbiq etilishi bu borada muhim qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston

Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli

Farmoniga muvofiq, Fan va texnologiyalar qo’mitasi tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi

Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil topishi, O‘zekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2018 yil 19 iyuldagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb qilish tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to’risida”gi 559-sonli Qarori mamlakatimiz ilm-fani sohasida

yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozli vaziyatning oldini olish maqsadida quyilgan dadil qadam

bo‘ldi. Unda ilm-fan nufuzini yanada oshirish, ilmiy texnologik salohiyatni yuksaltirishda

akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish va

yangi maktablar yaratilishini ta’minlash maqsadiga qaratildi. Qarorda yoshlarni ilm-fan sohasiga

ommaviy tarzda jalb qilishga yo‘naltirilgan yaxlit tizim – O‘zR FA tarkibida “Yosh akademiklar”

klubini tashkil etish vazifasi belgilab qo‘yilgan. “Yosh akademiklar” klubining asosiy vazifasi –

bo‘lajak a’zolarini maxsus sinovlar asosida saralab olish. Albatta, ilm-fanni yosh, iqtidorli,

malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimdonlik darajasini oshirish, ularning

qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratish, ilmiy jarayonni

jadallashtirish bilimga asoslangan iqtisodiyot modeli hisoblanib, bu jarayonning samaradorligini

ta’minlashda yangicha yondashuvlarni izlab topishni taqozo etadi.


background image


453

Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid ishlar oliy o‘quv

yurtidan keyingi ta’lim tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator xorijiy

mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg‘or amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini

taqozo etmoqda.

Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal rivojlantirish va sifatini

oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning ilmiy

salohiyatini mustahkamlash, undan respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali

foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1.

Mirziyoev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo‘lida yanada hamjihat bo‘lib, qat’iyat bilan

harakat qilaylik. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Ijtimoiy

barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi”

mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqi) Toshkent, Xalq so‘zi. 2017 yil 16 iyunь №

119(6813).

2.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. 2019 yil 7 may PQ-4307-

son. // Toshkent, Xalq so‘zi. 2019 yil. 4 may. № 78 (6710).

3.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari. Elektron resurs:

https://yoshlarittifoqi.uz/uz/menu/maqsad-va-vazifalar

Murojaat

qilingan

sana:

02.11.219.

4.

Mirziyoev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.:

O‘zbekiston, 2017. –B. 25.

5.

Mirziyoev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.:

O‘zbekiston, 2017. –B. 25.

6.

Nabiev F. Fuqarolik jamiyati sharoitida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishda

ma’naviyatning o‘rni. Globallashuv. Ommaviy madaniyat, milliy g‘oya. /Ilmiy-amaliy

maqolalar to‘plami. T.: “Ma’naviyat”, 2009. – 69-b.

7.

Quronov M., Nazarov Q., To‘raev Sh. va boshq. Dunyoning mafkuraviy manzarasi –

2010. / Elektron o‘quv kursi dasturi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Milliy

g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi. T.: 2010.

References

Mirziyoev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo‘lida yanada hamjihat bo‘lib, qat’iyat bilan harakat qilaylik. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqi) Toshkent, Xalq so‘zi. 2017 yil 16 iyunь № 119(6813).

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. 2019 yil 7 may PQ-4307-son. // Toshkent, Xalq so‘zi. 2019 yil. 4 may. № 78 (6710).

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari. Elektron resurs: https://yoshlarittifoqi.uz/uz/menu/maqsad-va-vazifalar Murojaat qilingan sana: 02.11.219.

Mirziyoev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017. –B. 25.

Mirziyoev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017. –B. 25.

Nabiev F. Fuqarolik jamiyati sharoitida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishda ma’naviyatning o‘rni. Globallashuv. Ommaviy madaniyat, milliy g‘oya. /Ilmiy-amaliy maqolalar to‘plami. T.: “Ma’naviyat”, 2009. – 69-b.

Quronov M., Nazarov Q., To‘raev Sh. va boshq. Dunyoning mafkuraviy manzarasi – 2010. / Elektron o‘quv kursi dasturi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi. T.: 2010.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов