THE COMPOSITION OF PSYCHOLOGY AS AN INDEPENDENT SCIENCE AND DIRECTIONS OF PSYCHOLOGY IN THE PERIOD OF OPEN CRISIS

HAC
Google Scholar
To share
Sipatdinov , A., & Maturazova , Z. . (2024). THE COMPOSITION OF PSYCHOLOGY AS AN INDEPENDENT SCIENCE AND DIRECTIONS OF PSYCHOLOGY IN THE PERIOD OF OPEN CRISIS. Modern Science and Research, 3(2), 1226–1236. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29670
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the crises that occurred during the development and formation of psychology as an independent science, and the psychological schools founded by a number of scientists based on their theories, as well as the opinions expressed and ideas put forward by representatives of this school.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1226

PSIXOLOGIYANING MUSTAQIL FAN SIFATIDA TARKIB TOPISHI VA OCHIQ

INQIROZ DAVRIDAGI PSIXOLOGIYA YO'NALISHLARI

Sipatdinov Arman Sharafatdinovich

Berdoq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti

San'atshunoslik fakulteti amaliy psixologiya yo'nalishi 1-bosqich talabasi.

Maturazova Zulfiya

Berdoq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti óqtuvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10719194

Annotatsiya.

Ushbu maqolada psixologiyaning rivojlanish va mustaqil fan sifatida tarkib

topish davrida yuzaga kelgan inqirozlar va bir qator olimlarning o’z nazariyalariga tayanib asos
solgan psixologik maktablar, shuningdek ushbu maktab vakillari tomonidan bildirilgan fikrlar va
ilgari surilgan g’oyalar to’g’risida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar:

ong, idrok, introspeksiya, stimul, reaksiya, Fi fenomeni, onglilik ong osti,

ongsizlik.

THE COMPOSITION OF PSYCHOLOGY AS AN INDEPENDENT SCIENCE AND

DIRECTIONS OF PSYCHOLOGY IN THE PERIOD OF OPEN CRISIS

Abstract.

This article talks about the crises that occurred during the development and

formation of psychology as an independent science, and the psychological schools founded by a
number of scientists based on their theories, as well as the opinions expressed and ideas put
forward by representatives of this school.

Key words:

consciousness, perception, introspection, stimulus, reaction, Phi phenomenon,

conscious subconscious, unconscious.

СОСТАВ ПСИХОЛОГИИ КАК САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ НАУКИ И

НАПРАВЛЕНИЯ ПСИХОЛОГИИ В ПЕРИОД ОТКРЫТОГО КРИЗИСА

Аннотация.

В данной статье говорится о кризисах, произошедших в ходе

развития и становления психологии как самостоятельной науки, и психологических
школах, основанных рядом ученых на основе их теорий, а также высказанных мнениях и
идеях, выдвигаемых представителями этой школы.

Ключевые слова:

сознание, восприятие, интроспекция, стимул, реакция, феномен

Фи, сознательное подсознание, бессознательное.

Psixologiya fani antik davridan boshlab falsafa, keyinchalik biologiya singari fanlar

tarkibida rivojlanib keldi. O’z davrining buyuk faylasuf, biolog, sotsiolog, fiziolog va boshqa
olimlari hisoblangan Aristotel, Demokrit, Fales, Dekart, Dj.Lokk, Ch.Darvin, T.Gobbs, D.Gartli,
P.Golbaxlar o’zlarining tadqiqotlari arqoli psixologiya faning yanada rivojlanishiga va uni ilmiy
dalillar bilan boyitishga, shuningdek insonlarda kechadigan turli xil psixologik holatlarni ilmiy
asoslar bilan isbotlashga katta hissa qo’shdilar. Shulardan buyuk faylasuf Aristotel o’zining “Jon
to’g’risida” asarida psixologiya faniga doir dastlabki ilmiy fikrlarini bayon etdi va keyinchalik
insonlarda ruhga bo’lgan qiziqish yanada ortdi. Shu boisdan ko’pgina faylasuflar ham ruh haqida
o’z qarashlarini taqdim qila boshladilar.

Masalan, Geroklit va Demokrit singari olimlar ruhni olovdan kelib chiqqan deb

hisoblashsa, Anaksimen havo asosida vujudga kelganligini takidlab o’tgan. Keyinchalik


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1227

Dj.Lokkning psixik holatlar birlamchi holatlar ekanligi va inson ongi uning hissiyotlari orasiga
yashiringanligi to’g’risidagi nazariyasi, XVII asrga kelib esa T.Gobbs, D.Gartli, P.Golbax singari
bir qator ingliz olimlari tomonidan asos solingan determenizm tamoyillari va I.M.Sechenovning
bosh miyada joylashgan markazlarning inson harakatlarining aktivligiga tasir qilishini aniqlash
bo’yicha o’tkazgan tadqiqoti, shuningdek I.P.Pavlovning shartli va shartsiz reflekslar to’g’risidagi
ilmiy dalillari psixologiya fanining mustaqil fan sifatida tarkib topishiga poydevor bo’ldi. 1879-
yili Vilgelm Vundt boshchiligida Leypsig

universitetida dunyoda eng birinchi eksperimental

psixologiya laboratoriyasining tashkil etilishi bevosita psixologiya fanini mustaqil fan sifatida
qabul qilish va zamonaviy psixologiya haqida dastlabki qarashlarning paydo bolishiga zamin
yaratdi.

Yangi mustaqil psixologiya fanini o’rganish davomida olimlar tadqiqotlar o’tkazish orqali

turli xil nazariyalarni yaratdi. Bu o’z mobaynida har xil qarashlarni ilgari suruvchi ko’plab
psixologik maktablarning vujudga kelishini ta’minladi. Bu davirda harbir maktab namoyondalari
o’z nazariyalarini katta baholashar va uni to’g’ri deb ko’rsatishar, boshqa maktab vakillarining esa
kichik xatolarini ham baland ovozda jar solib raqobatlashar edi.

Shu sababli ham bu davr ochiq inqiroz davri sifatida yuritiladi (XX asrning 10-30 yy).

Albatta, bu davirni faqat qoralashimiz noto’g’ri, chunki psixologik maktablar o’rtasidagi kuchli
raqobat harbir maktabning o’z kamchiliklarini bilib olishiga va ularni qayta ishlab tuzatishiga asos
bo’ldi. Bu o’z navbatida zamonaviy psixologiyaning yanada ilmiy faktlar bilan taminlanishiga,
ko’pgina farazlarni ilmiy dalillar bilan asoslashga asosiy ustun vazifasini o’tadi.

Psixologiyaning mustaqil fan sifatida tarkib topishida ilimiy maktablarning o’rni katta.
Shulardan biri strukturalizm maktabi hisoblanadi. Bu maktab asoschilari sifatida V.Vundt

va E.Titchenerlar ko’rsatiladi. Bu maktab namoyondalarining fikriga ko’ra psixologiya bu – ong
va ong tarkibiga kiruvchi psixik hodisalar (his-tuyg’u, sezgi, fikr v.b)ni tadqiq etuvchi fan
hisoblanadi. Ular barcha e’tiborni asosan aqlni inson psixik elementlarini ixtiyoriy boshqarish
kuchiga egaligini va psixik elementlarni o’rganishga qaratdi. Bu yo’nalishda ular introspeksiya,
ya’ni insonlarni rag’batlandirish orqali o’zlarida his qilayotgan narsalarni so’rashga asoslangan
usuldan foydalandilar.

XIX asr oxirlarida strukturalizm vakillarining psixologiya ong elementlarini o’rganuvchi

fan haqidagi nazariyalariga reaksiya sifatida funktsionalizm maktabi paydo bo’lgan. Uning
asoschisi U.Djeyms bo’lib, tarafdorlari Dj.Dyui, X.Karr va Dj.Rowlandlar hisoblanadi. Bu maktab
nazariyasiga binoan psixologiya nafaqat ong elementlarini, balkim ongning asosiy vazifalarini va
unda yuz beruvchi har xil hodisalarni, shuningdek ongning tashqi muxitga moslashishini
o’rganuvchi fandir. Strukturalistlar insight usulidan foydalana olmas va buning oqibatida ular
hayvonlar, yosh bolalar va aqli zaiflarni o’rganisha olmas edilar. Ulardan farqli o’laroq
funktsionalistlar ushbu usuldan foydalana olish imkoniga ega edilar.

Hozirgi kunda ushbu XX asrda yaqqol ko’zga tashlangan harakatlarning har ikkisi ham

mavjud emas.

Ushbu davrda yuzaga kelgan maktablardan yana biri bixeviorizm (ingliz. “behavior” –

xulq-atvor) maktabi hisoblanadi. Bu yondashuv asoschisi sifatida Dj.Uotson takidlanadi. Olim
psixologiya – his-tuyg’u, sezgi, istaklar yoki fikrlar, asosan ong haqidagi talimot degan
tushunchaga qat’iy e’tiroz bildirgan, hatto bu haqida: “Hechkim hechqachon ongni ko’rmagan,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1228

tegmagan, hidlamagan, tatib ko’rmagan yoki harakatga keltirmagan. Ong shunchaki ilmiy
farazdan boshqa narsa emas, uni xuddi “ruh”ning eski tushunchasi kabi eksperimental tekshirish
imkonsizdir” deya fikr bildirgan.

U psixologiyani ham fizika, kimyo kabi tabiiy fanlar qatoriga qo’shishga harakat qilgan,

lekin buning uchun ong, sezgi, his-tuyg’u singari ba’zi ichki jarayonlarni o’rganish uchun
introspeksiyani emas, balkim xatti-harakatlarni kuzatish kerakligini takidlagan. Shu bois ilmiy
diagrama sifatida S(stimul) va R(reaksiya) tushunchalarini taqdim qildi. Stimul – ichki yoki yashqi
tomondan tasir etuvchi kuch. Reaksiya – ushbu tasirga nisbatan organizmning bildirgan javobidir.

Bixevioristlar uchun o’rganish obyekti hayvonlar va insonlarning xatti-harakatlari va xulq-

atvori hisoblanar edi. Ular barcha etiborni ongga emas, balkim xatti-harakatlar, ularning yuzaga
kelishi va ma’lum sharoitlarda o’zgarishiga qaratish kerakligini da’vo qilardi. Yo’nalish
tarafdorlarining fikricha xulq-atvorni tadqiq qilish orqali qo’zg’atuvchilar orasidagi bog’liqlik va
ularning tashqi tasirga javobini aniqlash, keyinchalik bu orqali xatti-harakatlarni bashorat qilish,
shu jumladan boshqarish ham mumkin bo’ladi.

Germaniyada vujudga kelgan geshtalt yo’nalishning asoschilari sifatida X.Erenfels,

M.Vertgeymer, K.Koffka,

V. Köhler va K.Levinlarni ko’rsatishimiz mumkin. Ushbu yo’nalish

asoschilari ongni molekulyar nuqtai nazardan o’rganish lozimligi to’g’risidagi nazariyani ilgari
surgan strukturalistlarga qarshi chiqqanlar. Geshtaltchilar asosan eksperiment obyekti sifatida
idrokni o’rganishgan.

Ular fikricha idrok, ong, sezgi va shunga o’qshash boshqa hodisalar butun bir yaxlitlikdir.
Alohida olingan qism va elementlar butun yaxlit strukturaning mazmunini belgilay

olmaydi, aksincha yaxlit struktura ushbu qism va elementlarning xususiyat va mazmunlarini
belgilashga qodirdir. Inson idroki harqanday tasvirlar va shakllarning tarkibiy qismlarini emas,
balkim butun bir majmuini qabul qiladi. Masalan, maxsus teshikchalar orqali istalgan harf shaklini
yasab, uni barmoq bilan silab qaysi harfligini aytish mumkin. Lekin, o’sha harfning malum
joylarida teshikcha qoldirmasdan yasalsa ham uning qaysi harfligini topish mumkin.

Geshtaltchilar inson idroki yetishmayotgan qismni to’ldirish va inson ongida yaxlit

strukturani xosil qilish qobiliyatiga ega deya takidladilar va ushbu hodisani

M.Vertgeymer Fi(Phi)

fenomeni bilan asoslab berdi. Keyinchalik ushbu yo’nalish vakillari nafaqat idrok, balki xotira,
iroda, ong va tafakkur hodisalariga ham o’z talimotlarini tatbiq etdilar.

Shu jumladan psixologiya tarixida katta iz qoldirgan psixoanaliz(freydizm) maktabi ham

mana shu davrda vujudga keldi. Bu yo’nalish namoyandalari sifatida avstriyalik psixolog Z.Freyd
va uning shogirtlari A.Adler, shuningdek K.Yunglarni takidlashimiz mumkin. Ushbu yo’nalish
nazariyasining boshqalaridan farqi, ular psixik hodisalarning tuzilishi, vazifalari yoki ong, idrok
kabilarga etibor qaratmagan.

Ularni asosan insonlardagi g’ayritabiiy harakatlar va ularning kelib chiqishi qiziqtirgan.
Tadqiqotlar natijasida Z.Freyd inson ongining 1.onglilik; 2.ong osti; 3.ongsizlik kabi

darajalarini aniqlashga muvaffaq bo’ldi. Bu, albatta, katta yutuqlardan biri edi, chunki ongsizlik
tushinchasi insonlardagi g’ayritabiiy harakatlar, hatto nevroz singari kasalliklarning asoslarini
ilmiy isbotlashga zamin yaratdi. Olim o’z tadqiqotlarida jinsiy qoniqish masalalariga katta etibor
qaratdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1229

Lekin, inson hardoim ham o’z istaklarini amalga oshirishga muvofiq bo’la bermaydi. Shu

asosida olim o’z vaqtida qondirilmagan harqanday jinsiy mayillar, aytilmagan hissiyotlar yoki
bildirilmagan g’azablar vaqt o’tishi bilan onglilikdan chiqishi, lekin ong osti yoxud ongsizlikda
saqlanishi va shu omillar to’satdan insonda psixik o’zgarishlarning yuzaga kelishiga sabab
bo’lishini takidladi. Shuningdek, ongsiz tabiiy (jinsiy ehtiyojni qondirishga qaratilgan) mayl va
tashqi anglab turilgan vaziyat o’rtasidagi, aniqrog’i ichki ruhiy kechinmalar va odat, axloqiy
tamoyillar, ijtimoiy senzuralar orasidagi konfliktlar asosida insonlarda kuchli nevrologik
kasalliklar kelib chiqishi mumkinligini qayd etgan.

Z.Freyd bemorlarni davolashda dast avval gipnoz usulidan foydalangan bo’lsa ham,

keyinchalik ushbu usulni rad etgan, chunki bu muammoni batamom hal qilish imkonini
bermasligini qayd etgan. O’z tadqiqotlari asosida u yangi psixoanaliz deb nomlanuvchi usulni
yaratdi.

Unga ko’ra bemordan divanga yotishlari (bu psixoanalitikga bo’lgan ishonch muhitini

yaratadi) va barcha narsalarni ro’y-rost aytishlari so’raladi. Bu uslub orqali inson ongidan o’chgan,
lekin ong osti yoki ongsizlikda saqlangan barcha malumotlarni, jumladan bolalikdagi har xil
travmalar, depressiyalar, stresslar, jinsiy muammolar yoki fobiyalarni aniqlash, bemorga tashhis
qo’yish va unga yuqori samarali yo’rdam ko’rsatish mumkin.

Albatta, psixologik yo’nalishlar faqat yuqorida ko’rsatilganlardan iborat emas, bunnan

tashqari vyursburg, gumanistlik, kognitivizm singari birqancha maktablarni ham ko’rsatishimiz
mumkin. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanish davrida bunday maktablarning ko’pligi,
o’z navbatida fanga har tarafdan nazar solishga, nazariyalarning xilma-xilligiga va buning asosida
sog’lom raqobatning yuzaga kelishiga turtki bo’ldi.

Raqobatdoshlarning o’z kamchiliklarini zudlik bilan to’g’irlash va nazariyalarini yanada

ilmiy isbotlashga urinishlari psixologiya fani zahirasining aniq ilmiy dalillar bilan boyishiga va
mustaqil fan sifatida tarkib topishiga katta hissa qo’shdi. Shu kabi ko’pgina mashaqatli, lekin
samarali mehnatlar asosida hozirgi kundagi barchamiz biladigan psixologiya fani boshqa fanlar
kabi mustaqil fanlar qatoridan joy oldi.

REFERENCES

1.

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007

2.

Davletshin M. G. «Umumiy psixologiya» T-2000

3.

Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002

4.

MUHAMEDOVA D.G‘., MULLABOYEVA N.M., RASULOV A.I. “UMUMIY
PSIXOLOGIYA” Toshkent «MUMTOZ SOʻZ» 2018

5.

https://fayllar.org/psixologik-maktablarning-yuzaga-kelishi-tarixi-geshtalt-
psixol.html?page=2

6.

https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/psixologiya/psixologiya-maktablari

7.

https://psy.wikireading.ru/1950

8.

https://edprodpo.com/blog/psychology/osnovnye-shkoly-psikhologii/

9.

Matiyazovna M. Z. EXPERIMENTAL STUDY OF PATRIOTISM //European Journal of
Research and Reflection in Educational Sciences Vol. – 2020. – Т. 8. – №. 12.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1230

10.

Матуразова З. М. ВОСПИТАНИЕ ПАТРИОТИЧЕСКОГО ЧУВСТВА У
ПОДРОСТКОВ НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Экономика и социум. –
2019. – №. 5 (60). – С. 930-933

11.

Матуразова З. М. и др. ПАТРИОТИЗМ КАК ЭТНОПОЛИТИЧЕСКАЯ КАТЕГОРИЯ
ЦЕННОСТНЫХ

ОРИЕНТАЦИЙ

У

МОЛОДЕЖИ

РЕСПУБЛИКИ

КАРАКАЛПАКСТАН //Восточно-европейский научный журнал. – 2016. – Т. 8. – №.
4. – С. 121-122.

References

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007

Davletshin M. G. «Umumiy psixologiya» T-2000

Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002

MUHAMEDOVA D.G‘., MULLABOYEVA N.M., RASULOV A.I. “UMUMIY PSIXOLOGIYA” Toshkent «MUMTOZ SOʻZ» 2018

https://fayllar.org/psixologik-maktablarning-yuzaga-kelishi-tarixi-geshtalt-psixol.html?page=2

https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/psixologiya/psixologiya-maktablari

https://psy.wikireading.ru/1950

https://edprodpo.com/blog/psychology/osnovnye-shkoly-psikhologii/

Matiyazovna M. Z. EXPERIMENTAL STUDY OF PATRIOTISM //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. – 2020. – Т. 8. – №. 12.

Матуразова З. М. ВОСПИТАНИЕ ПАТРИОТИЧЕСКОГО ЧУВСТВА У ПОДРОСТКОВ НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Экономика и социум. – 2019. – №. 5 (60). – С. 930-933

Матуразова З. М. и др. ПАТРИОТИЗМ КАК ЭТНОПОЛИТИЧЕСКАЯ КАТЕГОРИЯ ЦЕННОСТНЫХ ОРИЕНТАЦИЙ У МОЛОДЕЖИ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН //Восточно-европейский научный журнал. – 2016. – Т. 8. – №. 4. – С. 121-122.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов