A CHARACTERISTIC FEATURE OF THE DEVELOPMENT OF SOCIO-PHILOSOPHICAL THINKING THAT EMERGED IN CENTRAL ASIA IN THE SECOND HALF OF THE 19TH CENTURY

HAC
Google Scholar
f
521-526
0
0
To share
Qosnazarova, P. (2024). A CHARACTERISTIC FEATURE OF THE DEVELOPMENT OF SOCIO-PHILOSOPHICAL THINKING THAT EMERGED IN CENTRAL ASIA IN THE SECOND HALF OF THE 19TH CENTURY. Modern Science and Research, 3(2), 521–526. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30205
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article describes the emergence of the Jadidism movement in Central Asia at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century, and the formation of not only the Jadidism movement, but also other ideological doctrines, as well as the foundation of Jadidism, the foundation of Jadidism, the establishment of Jadid schools, which appeared in Turkestan in the second half of the 19th century. Newspapers and magazines published by the progressive representatives of modernism in Turkestan are mentioned as a characteristic feature of the development of socio-philosophical thinking.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

521

XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA MARKAZIY OSIYODA VUJUDGA KELGAN

IJTIMOIY-FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATI

Qosnazarova P.Q

Nukus davlat pedagogika instituti 09.00.04 ijtimoiy falsafa 2- bosqich tayanch doktoranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10835545

Annotatsiya.

Maqolada XIX asrning oxiri va XX asrning boshida Markaziy Osiyoda

jadidlik harakatining vujudga kelishi va bu davrda nafaqat jadidlar harakati balki boshqa
g’oyaviy ta’limotlarning ham shakllanishi shuningdek, Jadidlikning poydevori, tamal toshi usuli
jadid maktablarining tashkil qilinishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda vujudga kelgan
ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotining o’ziga xos xususiyati, Turkistonda jadidlarning
taraqqiyparvar vakillari tomonidan nashr etilgan gazeta va jurnallar so’z etilgan.

Tayanch so’zlar:

jadidlar harakati, usuli jaded, jadid maktablari, Oktyabr to’ntarishi,

revolyutsiya, Ovrupa texnikasi, tanqid bayrog’i

.

A CHARACTERISTIC FEATURE OF THE DEVELOPMENT OF SOCIO-

PHILOSOPHICAL THINKING THAT EMERGED IN CENTRAL ASIA IN THE

SECOND HALF OF THE 19TH CENTURY

Abstract.

The article describes the emergence of the Jadidism movement in Central Asia

at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century, and the formation of not only
the Jadidism movement, but also other ideological doctrines, as well as the foundation of Jadidism,
the foundation of Jadidism, the establishment of Jadid schools, which appeared in Turkestan in
the second half of the 19th century. Newspapers and magazines published by the progressive
representatives of modernism in Turkestan are mentioned as a characteristic feature of the
development of socio-philosophical thinking.

Key words:

jadid movement, jaded method, jadid schools, October coup, revolution,

European technique, flag of criticism.

ХАРАКТЕРНАЯ ОСОБЕННОСТЬ РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВЕННО-

ФИЛОСОФСКОЙ МЫСЛИ, СЛОЖИВШЕЙСЯ В СРЕДНЕЙ АЗИИ ВО ВТОРОЙ

ПОЛОВИНЕ XIX ВЕКА.

Аннотация.

В статье описывается возникновение движения джадидизма в

Центральной Азии в конце XIX - начале XX века, а также формирование не только
движения джадидизма, но и других идеологических доктрин, а также основы
джадидизма, основание джадидизма, создание джадидских школ, появившихся в
Туркестане во второй половине XIX века. Газеты и журналы, издаваемые прогрессивными
представителями модернизма в Туркестане, упоминаются как характерная черта
развития общественно-философской мышление.

Ключевые слова:

джадидское движение, измученный метод, джадидские школы,

октябрьский переворот, революция, европейская техника, флаг критики.

“XIX asr ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotda so’nggi va

keyingi yuz yillikning boshlanish davri bo’lib, g’oyaviy-nazariy va mafkuraviy qarashlarning
shakllanish xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Jadidlar harakati vujudga kelguniga qadar
Turkistonda turli ma’naviy-g’oyaviy va mafkuraviy oqimlar qadimchilar, islohotchilar,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

522

bedilchilar, mashrabxonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli
bo’lgan tafakkurning turli shakllari, ijtimoiy-falsafiy mazmun va yo’nalishga ega bo’lgan ma’rifiy
ta’limotlar va nazariyalar mavjud edi”.

Demak, bu davrda nafaqat jadidlar harakati balki boshqa g’oyaviy ta’limotlar ham

shakllandi. Kishilarning dunyoqarashida tasavvuf falsafasi an’analarini tiklashga intilish kuchayib
borayotgandi. Bu davrda O’rta asr musulmon mutafakkirlarining asarlarini qayta nashr etish ishlari
boshlandi. Kalom falsafasi, shariat axloqiga oid klassik adabiyotlar arab-fors tilidan turkiy tillarga
tarjima qilinib nashr etildi. Masjid va madrasalarda Bedilxonlik, diniy ulamolar tomonidan
qadimchilik harakatlari, sherxonliklar avj oldi. O’rta Osiyoda ma’rifatparvarlik harakati
kishilarning ilm-fan taraqqiyotiga, umuminsoniy qadriyatlarga, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-
ma’naviy qoloqlikni bartaraf etishga bo’lgan intilishining natijasi edi.

Jadidlar turli mamlakatlardagi taraqqiyot va islohotlar uchun olib borilgan harakatlarning

tajribasini milliy asosda qayta ishlashga intildi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh
g’oyasi ana shu murakkab sharoitda shakllanib yetildi. Bu davr haqida shunday deyilgan:
“Tarixdan shu narsa ma’lumki, har bir kichik harakat ertangi katta harakatning zamini vazifasini
o’taydi. Bu kungi mag’lubiyat ertangi g’alabaning amalga oshuvida ozmi-ko’pmi rol o’ynaydi.

Busiz jamiyatning rivojini tasavvur etish qiyin”.
Jadidlik Turkistonda XIX asrning oxirida maydonga kelgan, XX asrning boshida

shakllanib, qisqa muddatda o’zining cho’qqisiga ko’tarilgan. Jadidlik 1917 yilgi bol’sheviklar
to’ntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura o’rnatilgunga qadar o’z mavqe va yo’nalishini
saqlab qola olgan ijtimoiy harakatdir. Ba’zi manbalarda jadidlik oqim deb atalsa, ba’zisida harakat
deb aytiladi. Jadidlik oqim emas, harakat deb ta’kidlaydi B.Qosimov. Ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy
harakat yaqingacha ham ataylab faqat ma’rifatchilik harakati deb kelindi. Maqsad jadidlikning
doirasini toraytirish, sotsialistik-kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab
olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi.

Bu xarakter va yo’nalishni qator olimlar e'tirof etdi. Bugungi kunda jadidlarni olib borgan

ishlari keng jamoatchilik o’rtasida turli xil bahslarning vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda. Aslida
jadidlar harakati faqat Turkistonda vujudga kelmadi.

Turkistonda jadidchilik XIX asrning 80 yillarida Rusiya musulmonlari, xususan, Kavkaz

va Volga bo’yida yoyilgan shu nomdagi taraqqiyparvarlik harakatining bevosita ta'siri va samarasi
sifatida dunyoga keldi. Bunda Ismoil Gaspiralining “Tarjimon” gazetasi (1883) va u asos solgan
“usuli jaded” (ikkinchi nomi “usuli savtiya”) maktabi (1884) muhim rol o’ynadi. Bu harakatning
jadid deb atalishi haqida Abdulla Avloniy “Shul zamonda (1894-1904 yillar) yerli xalqlar orasida
eskilik-yangilik (qadim-jadid) janjali boshlandi. G’azit o’qig’uvchilarni mullalar “jadidchi” nom
bilan atar edi”, degan fikrni keltiradi.

Jadidlikning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktablarining tashkil qilinishi edi.
Hamonki, maqsad jamiyatni yangilash ekan, uni yangi avlodgina qilishi mumkin edi.
Buning uchun esa zamon talabiga mos yoshlarni tarbiyalash masalasi jadid allomalarining

oldiga qo’yilgan bosh masala bo’ldi. 1900-1925 yillar “jadidchilik” tushunchasining paydo
bo’lishi o’z davrining eng peshqadam, tashabbuslar davridir.

O’zbek falsafasining ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotida

“XIX asrning so’nggi va keyingi yuz yillikning boshlanish davri g’oyaviy-nazariy va mafkuraviy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

523

shakllanishining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Turkistonda o’sha paytda turli ma’naviy-
g’oyaviy va mafkuraviy oqimlar – qadimchilar, jadidchilar, islohotchilar, bedilchilar,
mashrabxonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli bo’lgan
tafakkurning turli shakllari hamda ijtimoiy-falsafiy mazmun va yo’nalishga ega bo’lgan
“Chig’atoy gurungi” kabi ancha yetuk yig’inlar, ular ilgari surgan ma’rifiy ta’limotlar, nazariyalar
mavjud edi”. Demak, bu davrda nafaqat jadidlar harakati, balki boshqa harakatlar ham
shakllangan.

XIX asrning ikkinchi yarmidan ilg’or ma’rifatparvarlar davlat mustaqilligini yo’qotilishiga

asosiy sabab, O’rta Osiyo jamiyatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy qoloqligi ekanini
juda yaxshi tushunib yetgan. Ular turli ijtimoiy qatlamlarning orasidan chiqqan va eng asosiysi
zakovatli bo’lib, ilg’or ziyolilarning birinchi avlodi bo’ldi. Ana shu negizdan keyinchalik jadidlar
yetishib chiqib ularning g’oyalarini rivojlantirdi va ma’rifatdan siyosatga qarab yo’l oldi.

Yangi ziyolilarning qarashlarida eng avvalo, aholining barcha ijtimoiy qatlamlari orasida

hukm surgan savodsizlikni tugatish, eski ta'lim tizimini isloh qilish, qoloq, eski va behuda
odatlarga chek qo’yish singari maqsadlar ilgari surildi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra ular, ayniqsa diniy mutaassiblik, behuda sarf-harajatlarga

olib keluvchi an’anaviy odatlarga tanqidiy yondashgan. Agar bunday qarashlar debochasini
Ahmad Donish kabi ma’rifatparvarlar boshlab bergan bo’lsa, ularning g’oya va qarashlarini
Sadriddin Ayniy, Abdulvohid Munzim, Mirkomil Burxonov, Usmonxo’ja Po’latxo’jayev,
Xolidxoji Mehri, Mulla Vafo, Abdurauf Fitrat rivojlantirdi.

Aslida jadidlik rasman XIX asrning oxirida o’z amaliy faoliyatini boshlagan bo’lsada,

ularning g’oyalari shu asrning boshidayoq (o’n to’qqizinchi asrning boshida) o’z ta’sirini namoyon
qilayotgan edi. “Turkistonda ilk bor Ovrupa texnikasini o’rganish kerakligi masalasini Qo’qon
xoni Sayid Muhammad Hakimxon (Olimxonning ukasi) Rossiya, Turkiya, Eron va boshqa
mamlakatlarga sayohat qilib qaytgach, 1843 yilda birinchi bo’lib o’rtaga qo’ygan”. Tashqi olam
bilan tanishish Turkistonliklarning orasida falsafiy mushohadasi taraqqiy qilayotgan yoshlarni
tarbiyalay boshladi.

Bundan ko’rinadiki, tashqi olam bilan tanishish, o’zga millat va davlatlarning tarixi,

madaniyati, Turkiston yoshlarining tafakkurini o’zgartirgan ilk sabablardan biridir. Tarixdan
ma'lumki, hamma vaqt globallashuv jarayoni mavjud bo’lgan, faqat o’zini sekinlik bilan namoyon
etgan. Mana shunday jarayonlarning natijasi o’laroq jadidlik ta’limoti o’zini turli yo’llar bilan
namoyon qila boshladi. Turkistonda jadidlik g’oyalari va harakatining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy
va ma’naviy zamini XIX asrning oxirgi choragiga kelib to’liq yetildi.

Rus hukumati o’lkada xalqni asta-sekin ruslashtirishga qaratilgan siyosat olib bordi. 1870

yilda Rossiya xalq maorifi vazirligi maorifning maqsadi pirovardida barcha mahalliy aholini
ruslashtirishdan iborat bo’lishi haqida qaror qabul qilgan. Shunga o’xshash fikrni N.O. Ostroumov
ham aytgan, u: “Rus hukumati mahalliy aholini rus xalqi bilan aralashtirishga harakat qilishi kerak.
Shu yo’nalishda mahalliy aholining ma’orifini ma'lum darajada rivojlantirish lozim”, degan edi.

Turkistonning Rossiyaga qo’shib olinishi o’lka iqtisodiyotini yuksaltirishda xonlik

tuzumiga nisbatan birmuncha qulay zamin yaratdi. Mahalliy aholining turmush tarzini o’zgartirish
maqsadida bank, vokzal, bosmaxona, zavod kabi yangiliklar kirib kela boshladi. Temir yo’llar
qurildi, yangi iqtisodiy aloqalar paydo bo’ldi, litografiyalar vujudga keldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

524

Turkistonda jadidlarning taraqqiyparvar vakillari tomonidan “Tarbiyati atfol”, “Umid”,

“Nashri maorif”, “Barakat”, “G’ayrat”, “Taraqqiy parvar” kabi dastlabki ijtimoiy-siyosiy, ilmiy
jamiyatlar tuzildi. Bu jamiyatlar gazeta va jurnallar chop etib xalqning ma’naviy ongini oshirishga
va mafkuraviy salohiyatini ko’tarishga intildi. Jadidlarning bevosita rahbarligida Toshkentda
“Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Xurshid”, “Sadoyi Turkiston”, Samarqandda “Samarqand”, “Oyna”,
“Hurriyat”, “Shu’lai Inqilob”, “Mehnatkashlar tovushi”, “Bolalar yo’ldoshi”, “Tayoq majmuasi”,
davriy “Sharq”, “Yosh kuch”, “Zarafshon”, Buxoroda “Turon”, “Buxoroi Sharif”, Qo’qonda
“Sadoyi Farg’ona” kabi o’nlab gazeta va jurnallar nashr etila boshlandi.

Bundan ko’rinib turibdiki, o’z davrining ijtimoiy-falsafiy tafakkuri milliy ozodlik

xarakteriga ega bo’lgan. Shunday vaziyatda Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy harakatlardan
biri-jadidlik vatanni mustaqillikka olib chiqish va milliy o’zlikni anglash tadbirlaridan biri edi.

Ma’lumki, milliy o’zlikni anglash muayyan millatning ijtimoiy-tarixiy, ma’naviy-madaniy

hayotini, qadriyatlarini, shuningdek, tabiatini bilishdir. Jadidlik mana shunday maqsadlarni
ko’zlab shakllandi va rivojlanib bordi.

XIX asrning oxiri va XX asrning boshida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va falsafiy

qarashlar eng avvalo millat yoshlarini tarbiyalash va yangicha ko’rinishdagi ta’lim tizimidan
foydalanishni maqsad qilgan. Dastlab xususiy jadid maktablarini ochib yoshlarga ta’lim bera
boshlagan bo’lsa, keyinchalik jadid maktablari shakllanishi keng quloch yozib bordi. Mintaqaning
turli hududlarida o’ziga xos tarzda bunday maktablar ochila boshladi. Shu o’rinda jadid
maktablarining faoliyati haqida bo’lgan quyidagi fikrga e'tibor bersak, “Biz turkistonliklar ham 15
yil bo’ladirki, bu dunyoda o’zgalardek taraqqiy va toliy etmak orzusi bilan yangi maktablar ocha
boshladik. Yolg’iz erkak bolalarimizni tarbiya etarg’a kirishdik, ammo qizlarimizning tarbiyasiga
hozirgacha hech bir ahamiyat bermadik”.

1910 yili bu “usuli jaded”, ya’ni jadid maktablari yopildi. Ammo bu maktablarning

yopilishi jadidlik harakatini susaytirolmadi, aksincha, yanada rivojlanishi uchun xizmat qildi.
Bundan “ko’rinib turibdiki, jadidlik keng ijtimoiy masalalar va ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari
surish maqsadida shakllangan ijtimoiy-falsafiy yo’nalish bo’lgan”. Ammo jadidlik ta’limotiga
munosabat faqatgina mustaqillik yillarida o’z mavqeini tiklab bordi.

Jadidlarning asosiy maqsadi dunyoviy ilmlarni egallagan yoshlarni tarbiyalash va ularning

ma’naviy ongini oshirish, o’z vazifasini o’tay olmay qolgan eskicha ta’lim tizimiga yangicha
innovatsion g’oyalarni singdirish edi. Bundan tashqari ular ijtimoiy hayot tarzini zamonaviy
hayotga moslashtirish, milliy va zamonaviy armiyani joriy etish, diniy va dunyoviy, axloqiy
normalarni inobatga olgan holda yangi qonunchilik kontseptsiyasini ishlab chiqish va joriy etish,
davlatning boshqaruv tizimini isloh etish, hududiy tarqoqlikni bartaraf etish chora-tadbirlarini
ishlab chiqish, jamiyat rivojlanishining barcha sohalari uchun milliy kadrlarni tayyorlash, davlatlar
bilan diplomatik aloqalarni va tashqi siyosat kontseptsiyasini o‘rnatish kabi bir qancha masalalarni
ilgari surdi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-falsafiy tafakkur

taraqqiyotining o’ziga xos xususiyati shundaki, A.Donish, Furqat, Muqimiy singari mutafakkirlar,
Ibrohim Mo’minov ta’kidlaganidek, adolatning va inson aqlining tantanasiga qarshi tanqid
bayrog’ini ko’tarib chiqdi. Bu bayroqni keyinchalik Behbudiy, Fitrat, Munavvar qori, Abdulla
Avloniy, Hamza va Cho’lpon kabilar yangi bosqichga ko’tardi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

525

“XX asrning avvalida jahon miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi

voqealar, 1905 yilgi rus revolyusiyasi, Turkiston xalqlarining ongida demokratik tushunchalarning
shakllanishi va rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. Bunday siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar ijtimoiy
tafakkurning taraqqiyotiga ta’sir etmay qolmadi. Yashirin bildirilgan demokratik talablar,
ma’rifatparvarlik va vatanparvarlik g’oyalari tobora oshkora bayon etiladigan va ayrim
kishilarning hayot tarzi va maqsadlariga aylangan edi. Ana shu davrda shakllangan jadidlar ikki
tomonlama tanqid ostida bo’lgan bo‘lsa, keyinchalik Oktyabr to’ntarishidan so’ng jadidlar “qizil
zambaraklar”dan o’qqa tutildi”, demak ilg’or fikrli jadidlar o’z davrining qurboniga aylandi.

Turkiston jadidlarining tarixiga nazar tashlar ekanmiz turli adabiyotlarda ularga

zamonasining muhitiga qarab o’z ta'rifini berishgan. Masalan, jadidlarning faoliyati haqida
Fayzulla Xo’jayev birinchilardan bo’lib harakatni ikki yo’nalishda bo’lganini ko’rsatib bergan:

“Shunday qilib, sentyabr revolyutsiyasi boshlanguncha Oktyabr va uning oqibatlari tufayli

vujudga kelgan jadidlar tashkilotlarining tabaqalanishi uzil-kesil rasmiylashdi, bu harakat bir-
biridan butunlay boshqa bo’lgan ikki qismga bo’lindi: Uning birinchi qismi Buxoro Kommunistik
partiyasiga kirib, o’z taqdirini Oktyabr revolyutsiyasi va jahon kommunistik harakatining taqdiri
bilan, jahon sotsial revolyutsiyasi uchun kurash bilan qo’shdi va birlashtirdi. Jadidlarning
Oktyabrgacha bo’lgan qismi esa fevralgachagi pozitsiyalarda qolib o’zining millatchilik
ideologiyasini tark etmadi”.

Turkistonda o’z faoliyatini olib borgan jadidlar hududiy qatlamiga ko’ra ham farqlangan.

Masalan, Turkiston jadidlari, Buxoro jadidlari va Xiva jadidlariga ajratib tahlil qilsak, bularning
asosiy maqsadlari ozodlik pozitsiyasiga yo’g’rilgan bo’lsada, ichki tuzilishida ayrim farqlarni ham
ko’rish mumkin. “Turkiston jadidlari ham Buxoro jadidlari singari tabaqalanish yo’lidan bordi.

Turkiston jadidlarining katta qismi revolyutsiyani tushunmadi va uning ilgarigi milliy

burjua ideologiyasida qolaverdi”. Bundan ko’rinib turibdiki, jadidlarning faoliyati revolyutsiyadan
oldingi va revolyutsiyadan keyingi bosqichlarga ajralgan. Masalan, Farg’ona vodiysidagi milliy
harakatlar, Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar, Toshkentdagi ziyolilarning faoliyatlaridagi o’zaro
birlik va o’ziga xoslik holatlarini ham ko’rishimiz mumkin. Samarqandda vujudga kelgan
ma’rifatparvarlik harakati ijtimoiy rivojlanishi natijasida jadidchilikning siyosiy bosqichiga
ko’tarildi. O‘z davrining ko’zga ko’ringan ijtimoiy-siyosiy oqimi sifatida jadidlik milliy o’z-o’zini
anglashning o’sishiga va milliy-ozodlik mafkurasining shakllanishi va taraqqiyotiga juda katta
xizmat qildi.

Fikrimizning xulosasida Turkistonda vujudga kelgan jadidlikning asosiy bosh maqsadi

jamiyat taraqqiyoti uchun lozim bo’lgan barcha sohalarda innovatsion g’oyalarni joriy qilish edi.

Bu bilan jadidlar xalqning yashash tarzini o’zgartirishni, ularning ma’naviy ongini

rivojlantirishni asosiy maqsadlaridan biriga aylantirgan. Jadidlar Turkistonda milliy rivojlanish
pozitsiyasining boshida jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotini ta'minlash
g’oyasini olib chiqdi. Ular siyosiy faoliyatida mustaqillik g’oyalari bilan yo’g’rilgan maqsadni
ilgari surdi. Bu harakatni biz jadidlarning Chor Rossiyasining tajovuziga qarshi qaratilgan
kurashida ko’rishimiz mumkin. Jadidlar milliy rivojlanish bilan qaramlikka qarshi kurashmoq
lozimligini angladi. Bu g’oyalar jadidlar siyosiy faoliyatining asosini tashkil etdi. Shuning uchun
jadidlar mazlum xalqni ozodlik kurashiga chorladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

526

REFERENCES

1.

Tag’oeva D.XIX asrning oxiri va XX asr boshida jadidlar dunyoqarashiga ta’sir etgan
omillar. Maqolalar.29.07.2022.

2.

Q. Nazarov. O’zbek falsafasi. –T., 2003.

3.

Tulak. I. XX asr o’zbek adabiyoti. –Andijon, 1993.

4.

B. Qosimov. Milliy uyg’onish: Jasorat, ma'rifat, fidoiylik. –T., Ma'naviyat, 2002.

5.

Sh. G’affarov. Istibdod davrida Turkistondagi ta'lim tizimi. Samarqand.: SamDU nashr,
2000.

6.

E. Tog’ayev. va boshqalar. Darsda jadidchilik va uning mohiyatini o’rganish. / ”Xalq
ta’limi”, 1993, 1-son.

7.

Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. –T.: Universitet,
1999.

8.

Hoji Muin. Oila tarbiyasi. «Mehnatkashlar tovushi» gazetasi, 1918 yil 9 iyul.

9.

Guli Mahmudova. Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti. –T., 2006.

10.

F. Xo’jayev. Tanlangan asarlar: uch tomlik. –T.: Fan, 1976. 1-tom.

11.

O’zbekiston tarixi: Yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar. Davra
suhbati materiallari. 1998 yil 9 oktyabr. –T.: Eldinur nashriyot uyi, 1998.

12.

Tajenova G., Bayjanov S., Abishov M. IMPROVING THE PRACTICE OF FINANCING
EXPORT OF AGRICULTURAL PRODUCTS: THEORY AND PRACTICE //Novateur
Publications. – 2023. – №. 4. – С. 1-77.

13.

Esbosynovna T. G., Sarsenbaevich A. M., Saparbaevich K. A. Current Situation of
Agricultural Product Export Financing and its Analysis //Periodica Journal of Modern
Philosophy, Social Sciences and Humanities. – 2022. – Т. 9. – С. 4-11.

14.

Esbosynovna T. G., Sarsenbaevich A. M. PROBLEMS WITH FINANCING EXPORT OF
AGRICULTURAL PRODUCTS //EPRA International Journal of Economic and Business
Review (JEBR). – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 5-8.

15.

Ismailov K. S. et al. Organizational-Economic Principles of Digitalizing the Processes of
Using Meliorative Systems //Journal of Survey in Fisheries Sciences. – 2023. – Т. 10. –
№. 2S. – С. 3088-3091.


References

Tag’oeva D.XIX asrning oxiri va XX asr boshida jadidlar dunyoqarashiga ta’sir etgan omillar. Maqolalar.29.07.2022.

Q. Nazarov. O’zbek falsafasi. –T., 2003.

Tulak. I. XX asr o’zbek adabiyoti. –Andijon, 1993.

B. Qosimov. Milliy uyg’onish: Jasorat, ma'rifat, fidoiylik. –T., Ma'naviyat, 2002.

Sh. G’affarov. Istibdod davrida Turkistondagi ta'lim tizimi. Samarqand.: SamDU nashr, 2000.

E. Tog’ayev. va boshqalar. Darsda jadidchilik va uning mohiyatini o’rganish. / ”Xalq ta’limi”, 1993, 1-son.

Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. –T.: Universitet, 1999.

Hoji Muin. Oila tarbiyasi. «Mehnatkashlar tovushi» gazetasi, 1918 yil 9 iyul.

Guli Mahmudova. Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti. –T., 2006.

F. Xo’jayev. Tanlangan asarlar: uch tomlik. –T.: Fan, 1976. 1-tom.

O’zbekiston tarixi: Yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar. Davra suhbati materiallari. 1998 yil 9 oktyabr. –T.: Eldinur nashriyot uyi, 1998.

Tajenova G., Bayjanov S., Abishov M. IMPROVING THE PRACTICE OF FINANCING EXPORT OF AGRICULTURAL PRODUCTS: THEORY AND PRACTICE //Novateur Publications. – 2023. – №. 4. – С. 1-77.

Esbosynovna T. G., Sarsenbaevich A. M., Saparbaevich K. A. Current Situation of Agricultural Product Export Financing and its Analysis //Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities. – 2022. – Т. 9. – С. 4-11.

Esbosynovna T. G., Sarsenbaevich A. M. PROBLEMS WITH FINANCING EXPORT OF AGRICULTURAL PRODUCTS //EPRA International Journal of Economic and Business Review (JEBR). – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 5-8.

Ismailov K. S. et al. Organizational-Economic Principles of Digitalizing the Processes of Using Meliorative Systems //Journal of Survey in Fisheries Sciences. – 2023. – Т. 10. – №. 2S. – С. 3088-3091.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов