THEORETICAL-PHILOSOPHICAL FOUNDATIONS OF THE CONCEPTS OF JADIDISM MOVEMENT

HAC
Google Scholar
f
515-520
0
0
To share
Qosnazarova, P. (2024). THEORETICAL-PHILOSOPHICAL FOUNDATIONS OF THE CONCEPTS OF JADIDISM MOVEMENT. Modern Science and Research, 3(2), 515–520. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30204
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article talks about the emergence of the Jadidism movement in Central Asia at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century, the representatives of the Jadidism movement, the ideology of the revival, the founders of the Jadidism movement, and the renaissance in literature. One of the important directions of the Jadids' activity is to modernize Islam, purify it from heresies, acquire scientific achievements and advanced technologies.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

515

JADIDCHILIK HARAKATI TUSHUNCHALARINING NAZARIY-FALSAFIY

ASOSLARI

Qosnazarova P.Q

Nukus davlat pedagogika instituti 09.00.04 ijtimoiy falsafa 2-bosqich tayanch doktoranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10835344

Annotatsiya.

Maqolada XIX asrning oxiri va XX asrning boshida Markaziy Osiyoda

jadidlik harakatining vujudga kelishi, jadidchilik harakati namoyandalari, uygʻonish mafkurasi,
jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar, adabiyotdagi uyg’onish kabi masalalar haqida so’z
etiladi. Jadidlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri islomni modernizatsiyalash, uni
bid'atlardan tozalash, fan yutuqlari va ilg‘or texnologiyalarni egallashdan iborat.

Tayanch so’zlar:

jadidlik, uygʻonish mafkurasi, jamiyati xayriya, xalq dushmani, ilm-fan,

adabiyot, jadidchilik harakati.

THEORETICAL-PHILOSOPHICAL FOUNDATIONS OF THE CONCEPTS OF

JADIDISM MOVEMENT

Abstract.

The article talks about the emergence of the Jadidism movement in Central Asia

at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century, the representatives of the
Jadidism movement, the ideology of the revival, the founders of the Jadidism movement, and the
renaissance in literature. One of the important directions of the Jadids' activity is to modernize
Islam, purify it from heresies, acquire scientific achievements and advanced technologies.

Key words:

Jadidism, ideology of renaissance, charity society, enemy of the people,

science, literature, Jadidism movement.

ТЕОРЕТИКО-ФИЛОСОФСКИЕ ОСНОВЫ КОНЦЕПЦИЙ ДВИЖЕНИЯ

ДЖАДИДИЗМ

Аннотация.

В статье говорится о возникновении движения джадидизма в

Центральной Азии в конце XIX - начале XX века, о представителях движения джадидизма,
идеологии возрождения, основоположниках движения джадидизма, а также о Ренессанс в
литературе. Одним из важных направлений деятельности джадидов является
модернизация ислама, очищение его от ересей, приобретение научных достижений и
передовых технологий.

Ключевые слова:

Джадидизм, идеология Возрождения, общество милосердия, враг

народа, наука, литература, движение джадидизма.

XIX asrning oxiri XX asrning boshi jahon sivilizatsiyasining taraqqiyotida keskin

burilishlar davri boʻldi. Bu davrda chuqur islohotlar, birinchi va ikkinchi jahon urushi boʻlib, ilm-
fan taraqqiyotida tub sifatiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Bir jamiyatning butunlay yod jamiyat taʼsirida
qolishi nafaqat hayotda balki kishilarning falsafasida ham inqilob yasadi.

XIX asrning oxiri va XX asrning boshida Markaziy Osiyoda ham boshqa mintaqalarda

boʻlgani kabi oʻzgacha fikrlovchi, yangicha qarash vakillari shakllanib bordi. XIX asrning ikkinchi
yarmida Oʻrta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qoloq, fuqarolarning turmush tarzi oʻta past,
madaniy-maʼnaviy hayotida islom dini peshvolarining taʼsiri kuchli edi. Insonlar dunyoqarashida
tasavvuf falsafasi anʼanalarini tiklashga intilish kuchayib borayotgan bir vaziyatda, unga qarshi
kuchlar bilan tafovutlar kelib chiqdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

516

“XIX asr ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotda soʻnggi va

keyingi yuz yillikning boshlanish davri boʻlib, gʻoyaviy-nazariy va mafkuraviy qarashlarning
shakllanish xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Jadidlar harakati vujudga kelguniga qadar
Turkistonda turli maʼnaviy-gʻoyaviy va mafkuraviy oqimlar qadimchilar, islohotchilar,
bedilchilar, mashrabxonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli
boʻlgantafakkurning turli shakllari, ijtimoiy-falsafiy mazmun va yoʻnalishga ega boʻlgan maʼrifiy
taʼlimotlar va nazariyalar mavjud edi”.

Jamiyatni qisqa fursat ichida o’zligini toptirish yo’lida qilingan harakat o’z aksini

topadi:“Tarixdan shu narsa maʼlumki, har bir kichik harakat ertangi katta harakatning zamini
vazifasini oʻtaydi. Bu kungi magʻlubiyat ertangi gʻalabaning amalga oshuvida ozmi-koʻpmi rol
oʻynaydi. Busiz jamiyatning rivojini tasavvur etish qiyin jadidlik Turkistonda XIX asrning oxirida
maydonga kelgan, XX asrning boshida shakllanib, qisqa muddatda oʻzining choʻqqisiga
koʻtarilgan.

Jadidlik 1917-yilgi bolsheviklar toʻntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura

oʻrnatilgunga qadar oʻz mavqe va yoʻnalishini saqlab qola olgan ijtimoiy harakatdir. Baʼzi
manbalarda jadidlik oqim deb atalsa, baʼzisida harakat deb aytiladi.

Jadidlik oqim emas, harakat deb taʼkidlaydi B.Qosimov. Oqim bilan harakat o’rtasidagi

tafovut anchagina bo’lsada, maqsad jadidchilik doirasini qoralash orqali kamaytirish edi.
Jadidshunos olim B.Qosimov jadidlik harakatining xarakter va muddaosini 3 turga boʻlib
izohlaydi:

-Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uygʻonish mafkurasi boʻlib xizmat qildi.
-Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning gʻayrat va tashabbusi bilan dunyo koʻrgan

Turkiston muxtoriyati bu yoʻldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi.

-Ma’orif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. Endi

jadidlarning bu harakatlari qanday boshlaganlari haqida qisqacha to’xtalib o’tsak.

Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida

qrimtatarlar oʻrtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini
taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar
kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada
qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik
mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi.

Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga

boʻlish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-
1920; 1921—1929- yillarni oʻz ichiga oladi. Birinchi davrda Turkistonda podsho Rossiyasining
mustahkam oʻrnashib olishi kuzatiladi. U oʻz siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon
va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qoʻgʻirchoqqa aylantirib, rus va gʻarb
sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik
jamiyatlari manfaatini koʻzlaydi.

Ayni chogʻda mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qoʻyildi, diniy

eʼtiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy
saviyasi yuqori boʻlgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxoʻrlik, ijtimoiy-siyosiy
adolatsizlik avj oldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

517

Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan

almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar boʻyniga xoch taqtirishgacha borildi.

Oʻsha davr ahvolini Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli (Dukchi eshon) xalqqa qarata oʻz

„Xitobnoma“si (1898) da yaxshi bayon qilgan. Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar
xalqning deyarli barcha tabaqalari - hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida
mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish -
siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar.

Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish

uchun oʻziga qulay zamin topdi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik
sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod
va oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar.

Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor

edi: yangi usul maktablari tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga
yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish,
xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish.

Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga

oshirish mumkin edi. Jadidlarning dolzarb g’oyasi yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek: Turkistonni
oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa maʼrifat
tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada
konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish
orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin
tuzish edi.

Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxoʻja

Behbudiy, Abduqodir Shukuriy (Shakuriy), Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov,
Abdulla Avloniy, Majid Qori Qodiriy, Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (Ubaydulla Xoʻjayev),
Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov (Toshkent), Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev,
Abdulvohid Burhonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov,
Hamza, Choʻlpon, Isʼhoqxon Ibrat, Muhammadsharif Soʻfizoda (Fargʻona vodiysi), Boltihoji
Sultonov, Rahmonberdi Madazimov, Fozilbek Qosimbekov (Oʻsh uyezdi), Polvonniyoz hoji
Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm) turardi. 1904—1905-yillardagi rus-yapon urushi, 1905—
1907-yillarda boʻlgan 1- rus inqilobi, 1905—1911-yillardagi Eron inqilobi, 1908-yil Turkiyada
boʻlgan Yosh turklar inqilobi jadidlar dunyoqarashiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Jadidlar oʻz gazeta
va jurnallari, yangi usul maktablari, turli kutubxona va qiroatxonalar, havaskor teatr gruppalari
tevaragida toʻplanishar edi.

Ularning koʻpchiligi shu davrning koʻzga koʻringan ijodkorlari — shoir-u yozuvchilar edi.

Ular oʻz asarlari bilan tarixan yangi milliy adabiyot yaratdilar. Adabiyot davr voqealariga
hamohang bordi. 1910-yillardayoq maʼrifat va ozodlik gʻoyalari uning markaziy mavzuiga
aylandi. Adabiyotga „millat“ va „vatan“ tushunchalari kirib keldi. Milliy sheʼrlarga ragʻbat
kuchaydi. Yangi zamonaviy dostonchilik maydonga keldi, publitsistika (Behbudiy, Fitrat,
Munavvarqori, Mirmuhsin) rivojlandi, realistik proza shakllandi.

Shuning uchun ham bu davr adabiyoti Oʻzbekiston mustaqilligidan keyin milliy uygʻonish

davri oʻzbek adabiyoti deb davrlashtirildi. Adabiyotdagi bunday uygʻonish, ayni vaqtda, shu davr


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

518

madaniy hayotida ham roʻy berdi. Jadidlar oʻzbek xalqi hayotiga tom maʼnodagi milliy teatrni olib
kirdi.

Milliy matbaaning vujudga kelishi bilan kitob bosish ishi yoʻlga qoʻyila boshlandi.

Yevropa koʻpovozli musiqa sanʼati bilan tanishgan jadidlar oʻzbek anʼanaviy musiqa uslublarini
ham isloh qilishga daʼvat etishgan.

1919-yilda Toshkentning Eski shahar qismi (hozirgi “Turon” kutubxonasi yonidagi bino)

da jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (eski shahar) boʻlimi
tashkil etildi. Shu tarzda jadidlar sanʼat vositasi bilan millat qadrini koʻtarish, sanʼatning deyarli
barcha turlarini yuksaltirishga intildilar. “Oʻzbekiston Respublikasi” maxsus jildining tegishli
boʻlimlariga-adabiyoti, teatri, musiqasiga jadidchilikning aksar vakillari yoshlarga dastavval diniy
taʼlim bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasini kun tartibiga qoʻydilar.

Ular musulmon maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, yangicha usuldagi

maktablarni ochdilar. Behbudiy, Munavvarqori, Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy va
boshqalar yangi usul maktablari uchun darsliklar yozib, nashr etishgan.

Bundan tashqari jadidchilik o’z navbatida matbuotni rivojlantirishga kirishdilar maqsad

albatta matbuot orqali insonlarga o’sha vaqtdagi siyosiy tuzum, jamiyatning kamchiliklarini
yoritib berish va asosiy maqsadi qanday shlarni birinchi navbatda amalga oshirish masalasini
o’rtaga qo’ydi.

1909- yilda Toshkent yosh ziyolilari tomonidan “Jamiyati xayriya” tashkil etildi. Mahalliy

yoshlardan davlat mahkamalarida, sanoat, tijorat sohasida ishlaydigan mutaxassislar tayyorlash,
kambagʻal musulmonlarga madaniymaʼnaviy yordam koʻrsatish masalasi qoʻyildi. Bu millatning
boshqa xalqlar ichiga singib ketmasligi yoʻlida koʻrilgan tadbirlar edi.

Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani bilan tanishtirar ekan, oʻzligini

anglab, uyushishga chaqirdi. Oʻlka moddiy va maʼnaviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi.
Usha vaqtdagi jadidlar harakatining yuragi bo’lgan Choʻlpon sheʼr va maqolalarida
mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi.

Shu tarzda harakatning davom etishi jamiyatda ilg’or fikrli insonlarning shakllanishi

“Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik” boʻlgan proletar adabiyotning yaratilishi yozuvchilarni
oʻz gʻoyalarini sunʼiy ravishda hosil qilingan qoliplarga solishga majbur etdi.

Bu yerda 1923- yildayoq L.Trockiy “Adabiyot va inqilob” asarida “proletar madaniyat

boʻlmagan va boʻlmaydi ham” deb yozganini esga olib oʻtish oʻrinli. Aks holda dehqonlar
adabiyoti va ziyolilar adabiyoti haqida masala yuzaga keladi. Choʻlpon ijodi, albatta, hech
qanaqasiga proletar adabiyot qatoriga kirmagan. Yuqoridan kelgan koʻrsatma asosida Choʻlponga
qarshi ayovsiz siyosiy taʼqib amalga oshirilgan. Zarif Bashir, Ayn, Otajon Hoshimov, Sotti
Husayn, Tregulov, S.Pismenniy, A.Arsharuni oʻzlarining tanqidiy maqolalarida unga millatchi
shoir, “pessimistik kayfiyatdagi ziyolilar shoiri” tamgʻasini bosdilar.

Partiyaning masʼul xodimi S.Pismenniy fikricha, 1924-yildayoq adabiyot vakillari

orasida, umuman, jamiyatda ikkita lagerga boʻlinish xavfi vujudga kelgan, yaʼni koʻngil amri bilan
ijod qilganlar va barcha narsada partiya belgilab bergan yoʻlga amal qilganlar.

Bu haqda Choʻlpon qaygʻurib yozadi: “Har doim tirnoq ostidan kir topish mumkin, qancha

koʻp qidirsang, shuncha koʻp chiqadi. Ammo odamga hayot faqat shuning uchun ato etilmagan.
Ayniqsa, pedagoglar Turkistonning oqni qoradan ajrata olmaydigan mahalliy aholisiga nimanidir


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

519

isbotlashga uringan holda bir-birining aybini qidirib umrini behuda oʻtkazishmoqda -bu
jinoyatdir”.

Choʻlponni tanqid qilish nafaqat respublika miqyosida, balki SSSR darajasida davom

ettirilgan. Ommabop boʻlgan “Noviy Vostok” jurnalida 1929-yili partiyaning masʼul xodimi
A.Arsharunining “Oʻrta Osiyo badiiy adabiyoti haqida qaydlar” maqolasi chop etilgan, u
Choʻlponning “marksistcha” adabiyotshunoslik talablariga javob bermaydigan ijodi tahliliga
bagʻishlangan.

Oʻsha paytda Choʻlponni himoya qilishga jurʼat etgan yosh yozuvchi Oybekni ham ayovsiz

tanqid ostiga olishgan. Muallifni, ayniqsa, Oybekning “Qizil Oʻzbekiston” gazetasidagi “...
Choʻlpon oʻzining kelib chiqishi, tarbiyasi va intilishlari bilan bu narsadan yiroqdir”, degan
soʻzlari gʻazablantirgan. Boz ustiga, Oybek uni ahamiyatiga koʻra Pushkin bilan bir darajaga
qoʻyib, Choʻlpon va Pushkinni tenglashtirishga jurʼat etgan: “... Nahotki, biz hozirgi adabiy
talablarga javob bermaydi deb hisoblab Choʻlpondan voz kechamiz? Menimcha, bu xatodir...
Shoirlarni qulogʻidan tortib proletar shoirga aylanishga majburlab boʻlmaydi... Bizning
zamonaviy adabiy talablarimizga javob bermaydi deb Choʻlpondan uzoqlashishimiz kerakmi?
Menimcha, bu yanglish harakat.

Agar biz hozir rus oʻrtoqlarimizga qarasak, ular Pushkinni qanchalar sevishlarini koʻramiz.

Uni hamma oʻqiydi va yaxshi koʻradi. U inqilobdan keyin ham Pushkinligicha qolgan. Rus
adabiyotida oliy oʻrinni egallagan. Pushkin proletar shoir boʻlmagan, u pomeshchik va hukmdorlar
shoiri boʻlgan va uning dunyoqarashi zamonaviy davrga mos kelmaydi, lekin nega uni bunchalar
yoqtirishadi? Negaki u goʻzal asarlar yaratgan, rus sheʼriga ajoyib badiiy obrazlarni taqdim etgan,
bu orqali rus adabiyotining oʻlmas boyliklarini yaratgan.

Ruslar hech qachon ushbu buyuk adabiy merosdan voz kechishmaydi. Biz ham

Choʻlpondan qoʻl tortmaymiz. Choʻlpon yangi adabiyotda yangi shakllarga asos soldi. Mistik
adabiyot oʻrniga zamonaviy ziyrak adabiy didga javob beruvchi ajoyib sheʼrlarni taqdim etdi.
Bugungi yosh avlod uning jozibali texnikasini, sodda tilini, gʻaroyib uslubini sevadi va undan koʻp
ajoyib narsalarni qabul qiladi. Choʻlponning gʻoyalari emas, balki u tomonidan yaratilgan orginal
sheʼriy obrazlar oʻqiladi va undan hech kim voz kechmaydi”.

Nihoyat, 1937-yil oxirida Choʻlpon “xalq dushmani” deb eʼlon qilindi. Siyosiy tuzum

uning Ahmad Zakiy Validiy bilan doʻstligini, Boshqirdistonning milliy mustaqilligi uchun
kurashdagi yordamini, Turkiston muxtoriyatidagi faol ishtirokini, jadidlar safida turib ochiq-oydin
ifodalagan siyosiy qarashlarini unutmadi va kechirmadi. Ehtimol uning “aybi” eng mashhur va
xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan oʻzbek shoiri boʻlgani va xalq, ayniqsa, yoshlar orasidagi obroʻ-
eʼtiborini hech narsa tushira olmaganida boʻlgandir.

Shaxsning buyukligi har doim oʻz davrini ortda qoldirgan. Taqdir taqozosi bilan ular yo

koʻklarga koʻtariladi, yo jismonan yoʻq qilinadi. Ammo Abdulhamid Choʻlpon xotirasini
yoʻqotishning iloji yoʻq edi, chunki uning sheʼrlari, gʻoyalari, xalqiga boʻlgan muhabbati
barhayotdir.

Bundan ko’rinib turibtiki, xalq ichidagi ko’plab ziyokorlarning yo’q qilinishi o’zbek xalqi

uchun juda katta yo’qotish hisoblangan. Bir ziyoli shoir birgina harakati orqali butun jamiyatni
erkinlikka boshqa xalqaa qo’shilib ketmasdan o’z fikri ongiga ergashishiga ma’nan ko’mak bera
boshlagan Cho’lpon hatto o’z she’rlarini vatanida chop ettira olmaydi bunga misol qilib uning


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

520

“Yaproqlar she’rini keltiramiz: Qarg’alar bog’larda qag’lashib qoldilar, Bilmadim, kimlarning
qismati uzilur? Yaproqqa yopishib, bir changal soldilar, Bilmadim, kimlarning umidi yo’q bo’lur?
Ey sovuq ellardan muz kiyib kelg’onlar, U qo’pol tovushingiz qorlarda yo’q bo’lsin! Ey menim
bog’imdan mevamni terg’onlar, U qora boshingiz yerlarga ko’mulsin! Cho’lponning ushbu
she’rida xalqqa bo’lgan achinish, dushmanlarga bo’lgan cheksiz nafrat yaqqol sezilib turadi.

Jadidlar islom falsafasi nuqtai nazari asosida ish tutganlar. Mavzuning hozirgi

tadqiqotchilari yozganidek: «Islom va fan, islom va ilg’or taraqqiyot - XIX asr ikkinchi yarmida
musulmon mamlakatlaridagi intellektual va ijtimoiy-siyosiy islohotlar o‘tkazish yo‘lidagi
izlanishlarning falsafiy asosi hisoblanadi». Shuning uchun ham jadidlar faoliyatining muhim
yo‘nalishlaridan biri islomni modernizatsiyalash, uni bid'atlardan tozalash, fan yutuqlari va ilg‘or
texnologiyalarni egallashdan iborat edi. Birinchi navbatda, ular islomning mohiyatini o‘z
manfaatlariga moslab olgan din namoyandalarini qattiq tanqid ostiga oldilar hamda dinni qurol
qilib olgan siyosiy o‘yinlar qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdilar.

REFERENCES

1.

Abdirashidov, Zaynabidin. 2005. Ismail Gaspıralı’nın Türkestan Seyahatleri. Türk Edebiyatı
382: 18-21.

2.

Абдужалилова, Шоира. 2005. Абдурауф Фитратнинг оила тарбиясига оид қарашлари.
Педагогика фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун диссертация. Тошкент.

3.

Adhami, Siamak. 1999. Anote on 'The House of Oblivion'. Central Asian Survey 18 (3):
385-391.

4.

Osmanlı son dönem kurumlarından Dâru’l Hikmeti’l-İslamiye’nin din eğitimi ve öğretimi
alanındaki faaliyetleri. İslâmî Araştırmalar dergisi 1: 85-94.

5.

Allworth, Edward (ed.). 1994. Central Asia: 130 Years of Russian Dominance. A Historical
Overview. -3rd ed. Duke University Press, Durham & London.

6.

Tajenova G., Bayjanov S., Abishov M. IMPROVING THE PRACTICE OF FINANCING
EXPORT OF AGRICULTURAL PRODUCTS: THEORY AND PRACTICE //Novateur
Publications. – 2023. – №. 4. – С. 1-77.

7.

Esbosynovna T. G., Sarsenbaevich A. M., Saparbaevich K. A. Current Situation of
Agricultural Product Export Financing and its Analysis //Periodica Journal of Modern
Philosophy, Social Sciences and Humanities. – 2022. – Т. 9. – С. 4-11.

8.

Esbosynovna T. G., Sarsenbaevich A. M. PROBLEMS WITH FINANCING EXPORT OF
AGRICULTURAL PRODUCTS //EPRA International Journal of Economic and Business
Review (JEBR). – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 5-8.

9.

Ismailov K. S. et al. Organizational-Economic Principles of Digitalizing the Processes of
Using Meliorative Systems //Journal of Survey in Fisheries Sciences. – 2023. – Т. 10. – №.
2S. – С. 3088-3091.


References

Abdirashidov, Zaynabidin. 2005. Ismail Gaspıralı’nın Türkestan Seyahatleri. Türk Edebiyatı 382: 18-21.

Абдужалилова, Шоира. 2005. Абдурауф Фитратнинг оила тарбиясига оид қарашлари. Педагогика фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун диссертация. Тошкент.

Adhami, Siamak. 1999. Anote on 'The House of Oblivion'. Central Asian Survey 18 (3): 385-391.

Osmanlı son dönem kurumlarından Dâru’l Hikmeti’l-İslamiye’nin din eğitimi ve öğretimi alanındaki faaliyetleri. İslâmî Araştırmalar dergisi 1: 85-94.

Allworth, Edward (ed.). 1994. Central Asia: 130 Years of Russian Dominance. A Historical Overview. -3rd ed. Duke University Press, Durham & London.

Tajenova G., Bayjanov S., Abishov M. IMPROVING THE PRACTICE OF FINANCING EXPORT OF AGRICULTURAL PRODUCTS: THEORY AND PRACTICE //Novateur Publications. – 2023. – №. 4. – С. 1-77.

Esbosynovna T. G., Sarsenbaevich A. M., Saparbaevich K. A. Current Situation of Agricultural Product Export Financing and its Analysis //Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities. – 2022. – Т. 9. – С. 4-11.

Esbosynovna T. G., Sarsenbaevich A. M. PROBLEMS WITH FINANCING EXPORT OF AGRICULTURAL PRODUCTS //EPRA International Journal of Economic and Business Review (JEBR). – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 5-8.

Ismailov K. S. et al. Organizational-Economic Principles of Digitalizing the Processes of Using Meliorative Systems //Journal of Survey in Fisheries Sciences. – 2023. – Т. 10. – №. 2S. – С. 3088-3091.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов