Authors

  • Jahongir Xo'janiyozov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.30292

Keywords:

Lower Egypt Buto Narmer Herodotus

Abstract

This article is about the 1st Dynasty of Ancient Egypt and religion in Ancient Egypt. Also in Ancient Egypt, there is talk about the importance of the Nile River in the statehood of Ancient Egypt.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

654

QADIMGI MISR DASTLABKI SULOLALAR DAVRIDA.

Xo'janiyozov Jahongir Hasanovich

Buxoro davlat pedagogika instituti 2-TAR 23 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10873058

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Eng Qadimgi Misrning 1-sulolasi va Qadimgi Misrdagi din

haqida so’z boradi. Shuningdek Qadimgi Misrda Nil daryosining Qadimgi Misr davlatchiligidagi
ahamiyati tog’risida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

Quyi Misr, Buto, Narmer, Geradot, “Amrat”, Negada 2, Ta-kemet, Adjib,

Geliopol, Geb, Onufriy, Ta-nuter, Nun.

ANCIENT EGYPT DURING THE EARLY DYNASTIES.

Abstract.

This article is about the 1st Dynasty of Ancient Egypt and religion in Ancient

Egypt. Also in Ancient Egypt, there is talk about the importance of the Nile River in the statehood
of Ancient Egypt.

Key words:

Lower Egypt, Buto, Narmer, Herodotus, "Amrat", Negada 2, Ta-kemet, Adjib,

Heliopolis, Geb, Onufry, Ta-nuter, Nun.

ДРЕВНИЙ ЕГИПЕТ ВО ВРЕМЕНА РАННИХ ДИНАСТИЙ.

Аннотация.

Статья посвящена I династии Древнего Египта и религии в Древнем

Египте. Также в Древнем Египте ходят разговоры о значении реки Нил в
государственности Древнего Египта.

Ключевые слова:

Нижний Египет, Буто, Нармер, Геродот, «Амрат», Негада 2, Та-

кемет, Аджиб, Гелиополь, Геб, Онуфрий, Та-нутер, Нун.

Misr o’zining qadimgi madaniyati boy tarixi bilan boshqa rivojlangan davlatlar orasida

yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Misr tarixida, madaniyatining rivojlanishida Nil daryosining
ahamiyati juda katta bo’lgan. Misrning serunum yerlari asosan Nil daryosining oqizib keltirgan
tuproqlaridan vujudga kelganligini Yunon tarixchilari va geograflari – Gerodot bilan Strabon
ta’kidlab o’tgan edilar. Misrning iqlimi issiq va quruq bo’lishi yomg’ir esa juda kam yog’ishi
tufayli dehoqnchiligi, xo’jaligi uchun Nil toshqinlarining ahamiyati juda kattadir.

Toshqin vaqtlarida mineral loyqa oqib kelgan va Misr yerlarida o’tirib qolib g’oyat yaxshi

og’it xizmatini o’taydi, tuproqni serunum qiladi. Shuning uchun Misr yerlari yuqori hosildor bo’lib
yiliga 3 martagacha hosil olingan

1

. O’rta yer dengizini qadimgi Misrliklar “Uadj-Ur” (Buyuk

yashillik)deb ataganlar. Nil deltasining sharqiy qirg’oqlari Qizil dengizga tutashgan, uni qadimgi
Misrliklar “She-Laru”(Laru ko’li) deb nomlaganlar. Qizil dengiz qirg’oqlari esa “Ta-Nuter”
sifatida tilga olingan.

Qadimgi Misr tarixida ilk bor sinfiy tabaqalanish mill.avv V ming yillikda Nil vohasining

o’zlashtirilishi natijasida vujudga keladi. Sulolagacha bo’lgan davr deb yuritiluvchi mazkur davr,
Misr tarixida 2 ga bo’linadi. Bular: 1) “Amrat”, (Negada I) va Gerzey (Negada ll) madaniyatlari
sifatida o’rganiladi. Hunarmandchilik dehqonchilikdan alohida xo’jalik sifatida ajralib chiqti, va
natijada Qadimgi jamiyatda mulkiy tabaqalanish jarayoni yanada o’sib boradi.

1

A.Kabirov “Qadimgi sharq tarixi”. -T.: “Tafakkur”. 2016-y. B-15-73.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

655

Aynan manashu davrda Nil daryosi qirg’oqlarida ilk davlatchalar (Sepat yoki Nom) paydo

bo’ladi. Shu tariqa qadimgi Misrda ilk davlatchilikning paydo bo’lishi uchun zamin
yaratildi.Nomliklar soni Nil bo’yi aholisining o’sishi bilan bevosita bog’liq edi. Ularning hududiy
chegaralari doimiy tusga ega bo’lmagan. Har bir nom dastlab mustaqil ichki va tashqi siyosat
yuritgan. Nil bo’yi davlatchalari “Nomarx”lar tomonidan boshqarilgan. Nomlik o’z gerbi, diniy
va siyosiy markazga hamda harbiy qismlarga ega edi. Natijada ichki urushlar (Misrshunoslikda
“Nol sulolasi”)davrida har bir nomarx oliy hukmronlikka intildi. Umumiy 42 ta nomlik ikkiga
ya’ni Yuqori Misr va Quyi Misr davlatiga birlashadi. Yuqori Misr hukmdori oq rangli toj, Quyi
Misr hukmdori esa qizil rangli toj kiygan. Madaniy jihatdan bu ikki davlatni bir-biridan farq qilgan
deb bo’lmaydi. Ammo dini va siyosiy mafkurasida sezilarli tafovut bo’gan.

Qadimgi iyerogliflarda misrliklar davlatini “Ta-kemet” yoki “Ta-ni” deb ataganlar

2

.

Eramizdan oldingi 3200-yilga kelib Misrda 2 ta podsholik vujudga keldi. Janubda Nubiylar

bilan chegarada hozirgi Qohira yaqinidagi deltagacha “Yuqori Misr”ni tashkil etgan va u Xiera
Konpolis (Exnab) shahrini poytaxt qilib oldi. Quyi Misr shimolda ya’ni pastroqda joylashgan
bo’lib, uncha katta bo’lmagan ammo serhosil yerda joylashgan edi. Quyi Misrning poytaxti Buto
shahrida tashkil topgan edi. Ilk podsholikni Misrning Tinis nomligidan (Abidosdan uncha uzoq
bo’lmagan hudud)dan chiqqan Menes (Axa yoki Mina) tuzadi. Poytaxtni esa delta yaqinidagi
strategik jihatdan juda ham qulay bo’lgan Memfis (Yunoncha Xeliopolis; misrcha Minnefer)
shahriga ko’chiradi. 1-sulola fir’avnlari: 1) Menes, 2)Jer (mill.avv 2970-2923-yy). 3)Uadji
(mill.avv 2922-2915-yy.) 4)Den (mill.avv 2915-2910-yy.) 5)Adjib mill.avv 2910-2900-yy.)
6)Semerxet mill.avv 2900-2890-yy.) 7)Ka (mill.avv 2890-2864-yy.)lar davrida Misr davlatchiligi
asoslari mustahkamlandi. Misr fir’avnlari Den va Adjiblarni yuzlab qullarni narigi dunyoga
“Kuzatib” qo’yish uchun ular bilan birga dafn etilganlar. 1 va 2- sulola vakillari Mastaba deb
ataluvchi qabrlarga dafn etilganlar. Ko’pincha atrofi toshlar bilan to’silgan mastabalar xom
g’ishtdan to’g’ri burchak shaklida tiklangan bo’lib, juda ko’p xonalardan tashkil topgan

3

. Oddiy

misrliklar esa odatda chol’da yuzi sharqqa qaratib qumga ko’milgan. Hukmdor Adjib o’ziga
“Nesu-bit” podsholik unvonini qabul qilgan. “Nesu” tushunchasi yuqoridan, hokimyatni otadan
o’g’ilga o’tishi va “lit” fir’avn o’limidan so’ng ham hokimyatni tutib turguvchi ma’nolarini
anglatar edi. Ya’ni bunda hukmdor o’z og’lida qayta gavdalanishiga ishora qilingan. Ilk podsholik
davrida yagona va ko’p sonli davlat apparatni boqadigan davlat yer egaligi shakllangan. Davlat
yerlari tashkil etilgan yirik xo’jaliklarda davlatga qaram bo’lgan ishchilar mehnat qilganlar.
Davlatga turli soliq va majburiyatlar o’tashga majbur bo’lgan qishloq jamoasi ham mavjud edi. Ilk
podsholik davri sug’orish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis qurollarning mukammallashuvi,
kulolchilik charxining paydo bo’lishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan
xarakterlanadi. Ilk podsholik davrida omoch paydo bo’lgan. Nil daryosi misrliklarning asosiy suv
manbayi bo’lib, ziroatchilikni asosini sug’orma dehqonchilik tashkil etgan. Ekinzorlar Nil daryosi
va Fayum suv omboridan suv oladigan kanallar orqali sug’orilgan.

2

A.G.Xolliyev.”Jahon tarixi”.-T.: “Navro’z”. 2018-y. B-12-14.

3

X.A.Salohuddinov. “Fir’avnlar mamlakati” . -T.: “Mehnat”. 1992-y . B- 3-9.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

656

Ularda bog’dorchilik rivoj topib, shimolda uzumchilikka, janubda esa xurmochilikka katta

e’tibor qaratilgan.

Qadimgi Misrda din.

Sersuv Nil daryosi bilan muntazam sur’atda sug’orilib turadigan Nil

vodiysi serunum tuprog’i dehqonchilik xo’jaligini o’sishini tezlashtrgach qadimgi Misrliklar
dinida “Muqaddas yer”, “Tabiatning onasi ma’buda” yerning xudosi Geb tog’risida tasavvurlar
paydo bola boshlagan. Nilning alluvial vodiysi sharoitida faqat murakkab suniy sug’orish
asosidagina dehqonchilik qilish mumkin bo’lgan. Shuning uchun qadimgi Misrliklar Nilni
ilohiylashtirishgan. Misrliklar dastlab suv xudosini xudo Nun deb ataganlar. Nil daryosi xudosi
esa Xapi de ataganlar qadimgi misrliklar nazarida esa suv ruxlar va suv parilari bilan to’lib
toshgan. Ularga suv girdobi xudosi Sobk podsholik qiladi deb bilishgan. Ular Sobkni odam boshli
timsox shaklida tassavur qilganlar. Uy hayvonlarini ilohiylashtirsh ham qadimgi Misrliklar dinida
ahamiyatli bo’lgan

4

. Qadimgi Misr poytaxtlari Memfis va Geliopolda Apis va Mnevis deb atalagan

muqaddas buqalar topilgan. Qo’chqor shaklida tasavvur qilingan xudo Xnum ijodiy kuch xudosi
hisoblangan. Qadimgi Misrliklar xudolari podshosi bu lochin boshli quyosh xudosi Ra
hisoblangan. U suratlarda doimo podsholik ramzi sifatida dumoloq sharda tasvirlangan. Misrliklar
fir’avn xudo Ra ning yerdagi farzandi u har kuni oltin qayiqda osmonda sayr qiladi va yerga
tushadi deb ishonilgan. Yana Ibis (laylaksimon qush)boshli aql-idrok va yozuv xudosi Taxt,
chiyabo’ri boshli mumiyolash xudosi Anubis ko’karib turgan boshoq shaklida tasvirlangan
Unnafar-Onufriy dehqonchilik xudosi va bir qancha xudolar mavjud bo’lgan

5

.

Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joizki, firavnning kuchli hokimyati orqali tashkil qilingan

umum jamoa mehnati bilan misrliklar qulay hayot uchun shart-sharoit yaratishgan. Shu bois,
tabiatning daxshatli kuchlari oldidagi qo’rqinch firavnning qudratli hokimiyati, xudolari, ularning
ulug’vorligi va qudrati qadimgi misrliklarning dunyoqarashiga singib ketgan. Bu davrda
san’atning diniy e’tiqodga qaramligi yaqqol seziladi.


REFERENCES

1.

Sh.Ergashev, “Qadimgi sivilizatsiyalar”.-T.: “O’zbekiston” 2016- y .B-64-97.

2.

A.Kabirov “Qadimgi sharq tarixi”. -T.: “Tafakkur”. 2016-y. B-15-73.

3.

X.A.Salohuddinov “Fir’avnlar mamlakati” .- T.: “Mehnat” . 1992-y . B- 3-9.

4.

V.Avdiyev “Qadimgi sharq tarixi”. -T.: O’zSSSR “O’rta Osiyo va Oliy maktab” davlat
nashriyoti. 1964-y. B-572-593.

5.

A.G.Xolliyev.”Jahon tarixi”.-T.: “Navro’z”. 2018-y. B-12-14.

6.

Муродов,

Х.

(2022).

MUSTAQILLIKNING

DASTLABKI

YILLARIDA

O‘ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNING RIVOJLANISHI VA UNING
ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб

4

V.Avdiyev “Qadimgi sharq tarixi”. -T.: O’zSSSR “O’rta Osiyo va Oliy maktab” davlat nashriyoti. 1964-y. B-572-

593.

5

Sh.Ergashev, “Qadimgi sivilizatsiyalar”.-T.: “O’zbekiston” 2016- y .B-64-97.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

657

муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems
of Humanities and Social Sciences., 1(4), 13-13.

7.

Salimovich, M. H. (2022). Tourism Development in Bukhara During the 1990s and Its
Problems. International Journal on Integrated Education, 5(6), 298-302.

8.

Муродов, Х. (2022, April). СОСТОЯНИЕ ТУРИСТИЧЕСКОЙ ОТРАСЛИ
УЗБЕКИСТАНА НАКАНУНЕ НЕЗАВИСИМОСТИ. In International Conference on
Research Identity, Value and Ethics (pp. 140-143).

9.

Murodov, H. S. (2023). MARKAZIY OSIYODA RIVOJLANISHNING YANGI
TENDENTSIYALARI: QOZOG ‘ISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH VA
HAMKORLIK MASALALARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(4), 340-
345.

10.

Мурадов, Х. С. (2023). МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ТУРИЗМ СОҲАСИНИНГ
РИВОЖЛАНИШИ ТАРИХИ (ЎЗБЕКИСТОН МИСОЛИДА). Educational Research in
Universal Sciences, 2(8), 84-98.

11.

Салимович, М. Ҳ. (2023). REVIEW OF THE HISTORY OF TOURISM
DEVELOPMENT IN THE REGION OF UZBEKISTAN. SAMARALI TA’LIM VA
BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(3), 70-78.

12.

Ashurovich, B. A. (2024). Results of the Archaeological Research Works Carried Out in
Bactria.

EUROPEAN

JOURNAL

OF

INNOVATION

IN

NONFORMAL

EDUCATION

,

4

(3),

113–119.

Retrieved

from

https://www.inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2686

13.

Bobohusenov, A. (2024). HISTORICAL GEOGRAPHY OF BUKHARA OASIS. Modern
Science

and

Research,

3(2),

634–640.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29429

14.

Akmal , B. (2024). THE GREAT WALL OF THE EARLY MIDDLE AGES - KANPIRAK
WALL.

Modern

Science

and

Research,

3(1),

694–698.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28381

15.

Bobohusenov Akmal. (2023). BUXORO VOHSINING ANTIK DAVRI SHISHA
BUYUMLARI.

TADQIQOTLAR

,

25

(2),

208–211.

Retrieved

from

http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/307

16.

Bobohusenov Akmal Ashurovich. (2023). THE MATERIAL CULTURE OF THE
TOMBS OF THE ANCIENT AND EARLY MEDIEVAL PERIOD.

International Journal

Of

History

And

Political

Sciences

,

3

(11),

24–29.

https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue11-06

17.

Bobohusenov Akmal. (2023). ANTIK VA ILK O‘RTA ASRLAR DAVRI MOZOR-
QO‘RG‘ONLARI MODDIY MADANIYATI .

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ

В

МИРЕ

,

35

(3),

65–70.

Retrieved

from

https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10037

18.

Bobohusenov Akmal. (2023). ANTIK VA ILK O‘RTA ASRLAR DAVRI MOZOR-
QO‘RG‘ONLARI MODDIY MADANIYATI .

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ

В

МИРЕ

,

35

(3),

65–70.

Retrieved

from

https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10037


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

658

19.

Tursunova, M., & Bobohusenov, A. (2023). QADIMGI VARAXSHA DEVORIY
GANCH

VA

LOY

BEZAKLARI.

SCHOLAR,

1(28),

303–308.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10026873

20.

Bobohusenov Akmal. (2023). BUXORO VOHSINING ANTIK DAVRI SHISHA
BUYUMLARI.

TADQIQOTLAR

,

25

(2),

208–211.

Retrieved

from

http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/307

21.

Bobohusenov Akmal Ashurovich. (2023). VARAKHSHA MURAL GANCH AND CLAY
PAINTINGS.

International Journal Of History And Political Sciences

,

3

(12), 48–53.

https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue12-09

22.

Bobohusenov Akmal, & Naimov Ismat. (2023). BAQTRIYANING BRONZA DAVRI
ARXEOLOGIYA

YODGORLIKLARINING

JOYLASHUVI

VA

MODDIY

MADANIYATI.

Innovations in Technology and Science Education

,

2

(8), 73–80.

Retrieved from

https://humoscience.com/index.php/itse/article/view/557

23.

Bobohusenov

A.

(2023).

BUXORO

VOHASINING

ANTIK

DAVRI

YODGORLIKLARI.

SCHOLAR

,

1

(28),

298–302.

Retrieved

from

https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/5055

24.

Bobohusenov Akmal. (2023). BUXORO VOHASI QOYATOSH SURATLARINING
DAVRIY TASNIFI.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В

МИРЕ

,

29

(1),

142–146.

Retrieved

from

https://newjournal.org/index.php/01/article/view/8667














References

Sh.Ergashev, “Qadimgi sivilizatsiyalar”.-T.: “O’zbekiston” 2016- y .B-64-97.

A.Kabirov “Qadimgi sharq tarixi”. -T.: “Tafakkur”. 2016-y. B-15-73.

X.A.Salohuddinov “Fir’avnlar mamlakati” .- T.: “Mehnat” . 1992-y . B- 3-9.

V.Avdiyev “Qadimgi sharq tarixi”. -T.: O’zSSSR “O’rta Osiyo va Oliy maktab” davlat nashriyoti. 1964-y. B-572-593.

A.G.Xolliyev.”Jahon tarixi”.-T.: “Navro’z”. 2018-y. B-12-14.

Муродов, Х. (2022). MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNING RIVOJLANISHI VA UNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 1(4), 13-13.

Salimovich, M. H. (2022). Tourism Development in Bukhara During the 1990s and Its Problems. International Journal on Integrated Education, 5(6), 298-302.

Муродов, Х. (2022, April). СОСТОЯНИЕ ТУРИСТИЧЕСКОЙ ОТРАСЛИ УЗБЕКИСТАНА НАКАНУНЕ НЕЗАВИСИМОСТИ. In International Conference on Research Identity, Value and Ethics (pp. 140-143).

Murodov, H. S. (2023). MARKAZIY OSIYODA RIVOJLANISHNING YANGI TENDENTSIYALARI: QOZOG ‘ISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH VA HAMKORLIK MASALALARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(4), 340-345.

Мурадов, Х. С. (2023). МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ТУРИЗМ СОҲАСИНИНГ РИВОЖЛАНИШИ ТАРИХИ (ЎЗБЕКИСТОН МИСОЛИДА). Educational Research in Universal Sciences, 2(8), 84-98.

Салимович, М. Ҳ. (2023). REVIEW OF THE HISTORY OF TOURISM DEVELOPMENT IN THE REGION OF UZBEKISTAN. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(3), 70-78.

Ashurovich, B. A. (2024). Results of the Archaeological Research Works Carried Out in Bactria. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 113–119. Retrieved from https://www.inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2686

Bobohusenov, A. (2024). HISTORICAL GEOGRAPHY OF BUKHARA OASIS. Modern Science and Research, 3(2), 634–640. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29429

Akmal , B. (2024). THE GREAT WALL OF THE EARLY MIDDLE AGES - KANPIRAK WALL. Modern Science and Research, 3(1), 694–698. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28381

Bobohusenov Akmal. (2023). BUXORO VOHSINING ANTIK DAVRI SHISHA BUYUMLARI. TADQIQOTLAR, 25(2), 208–211. Retrieved from http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/307

Bobohusenov Akmal Ashurovich. (2023). THE MATERIAL CULTURE OF THE TOMBS OF THE ANCIENT AND EARLY MEDIEVAL PERIOD. International Journal Of History And Political Sciences, 3(11), 24–29. https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue11-06

Bobohusenov Akmal. (2023). ANTIK VA ILK O‘RTA ASRLAR DAVRI MOZOR-QO‘RG‘ONLARI MODDIY MADANIYATI . ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 65–70. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10037

Bobohusenov Akmal. (2023). ANTIK VA ILK O‘RTA ASRLAR DAVRI MOZOR-QO‘RG‘ONLARI MODDIY MADANIYATI . ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 65–70. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10037

Tursunova, M., & Bobohusenov, A. (2023). QADIMGI VARAXSHA DEVORIY GANCH VA LOY BEZAKLARI. SCHOLAR, 1(28), 303–308. https://doi.org/10.5281/zenodo.10026873

Bobohusenov Akmal. (2023). BUXORO VOHSINING ANTIK DAVRI SHISHA BUYUMLARI. TADQIQOTLAR, 25(2), 208–211. Retrieved from http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/307

Bobohusenov Akmal Ashurovich. (2023). VARAKHSHA MURAL GANCH AND CLAY PAINTINGS. International Journal Of History And Political Sciences, 3(12), 48–53. https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue12-09

Bobohusenov Akmal, & Naimov Ismat. (2023). BAQTRIYANING BRONZA DAVRI ARXEOLOGIYA YODGORLIKLARINING JOYLASHUVI VA MODDIY MADANIYATI. Innovations in Technology and Science Education, 2(8), 73–80. Retrieved from https://humoscience.com/index.php/itse/article/view/557

Bobohusenov A. (2023). BUXORO VOHASINING ANTIK DAVRI YODGORLIKLARI. SCHOLAR, 1(28), 298–302. Retrieved from https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/5055

Bobohusenov Akmal. (2023). BUXORO VOHASI QOYATOSH SURATLARINING DAVRIY TASNIFI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 29(1), 142–146. Retrieved from https://newjournal.org/index.php/01/article/view/8667