ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
697
UMUMTA’LIM O‘RTA MAKTABLARIDA CHET TILINI O‘RGANISHDA
O‘QUVCHILARNING MOTIVASIYANI OSHIRISH YO‘LLARI
Maxmatqulova Zarina Nurillayevna
Alfraganus universiteti.
Filologiya fakulteti Linglistika (ingliz tili) yo‘nalishi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10873852
Annotatsiya.
Ushbu maqolada, umumta'lim o‘rta maktablarida ingliz tilini o‘rganishda
o‘quvchilarning motivasiyani oshirish yo‘llari bayon etigan bo‘lib, o‘quvchilar ingliz tilini
o‘rganishga qiziqishi va qat'iyatliligini oshirishga yordam beradigan samarali strategiyalarni
aniqlash va tahlil qilishga qaratilgan.
Tayanch so‘z va iboralar:
umumta'lim o‘rta maktablari, chet tili, ingiz tili,
o‘qituvchi.o‘quvchi, motivasiya, o‘quv jarayonlari, muloqat,interfaol metod, pedogogik
texnologiya.
WAYS TO INCREASE THE MOTIVATION OF STUDENTS IN LEARNING A
FOREIGN LANGUAGE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS
Abstract.
This article describes ways to increase students' motivation in English language
learning in comprehensive secondary schools, and aims to identify and analyze effective strategies
to increase students' interest and persistence in learning English.
Key words and phrases:
general secondary schools, foreign language, English language,
teacher, student, motivation, educational processes, communication, interactive method,
pedagogical technology.
ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ МОТИВАЦИИ ОБУЧАЮЩИХСЯ В ИЗУЧЕНИИ
ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА В ОБЩИХ СРЕДНИХ ШКОЛАХ
Аннотация.
В статье описаны пути повышения мотивации учащихся при изучении
английского языка в общеобразовательных средних школах, а также определены
эффективные стратегии повышения интереса и настойчивости учащихся в изучении
английского языка и направленные на анализ.
Ключевые слова и фразы:
общеобразовательная школа, иностранный язык,
английский язык, учитель, ученик, мотивация, образовательный процесс, общение,
интерактивный метод, педагогическая технология.
Kirish.
Chet tili (ingliz tili)ni o‘rganish zamonaviy ta'limning ajralmas qismi bo‘lib,
o‘quvchilarga gilabol muloqot va kasbiy rivojlanish uchun qimmatli vositalarni taqdim etadi. Bu
jarayon, ayniqsa, o‘quvchilar kelajakdagi o‘quv va kasbiy yo‘nalishini belgilovchi asosiy
ko‘nikma va bilimlari shakllanadigan umumta'lim o‘rta maktabda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotning dolzabligi.
Umumta'lim o‘rta maktablarida chet tilini o‘rganishda
o‘quvchilar motivasiyani oshirish muammosi dolzarbligi nafaqat hayotiy faoliyatdagi turli
sohalarida chet tilida so‘zlashuvchi muhitdagi ta'siri kuchayishi, balki zamonaviy dunyoda tilini
muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun til ko‘nikmalarini chuqur egallash zarurati bilan ham
ta'kidlanadi.
Shunday ekan, yanada kuchliroq o‘qishimiz va maqsadlar sari dadil harakat qilishimiz
o‘zimizni baxtli his qilishimiz o‘z qo‘limizdadir. Zero Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta'biri bilan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
698
aytganda “Hozirgi kunda har tomonlama kamol topgan, yuksak salohiyatli, aql-zakovatli shaxsni
shakllantirish uchun avvalo ularning ta'lim tizimiga e'tibor qaratishimiz lozim”. Bu gaplardan
ko‘rinib turibdiki Yurtboshimiz ham ta'lim tizimiga e'tibor qaratar ekan, avvalo buning uchun
yoshlar ongiga yuksalish tushunchasini yanada kuchliroq singdirish uchun bunga turtki zarurdir.
Aynan salohiyatli yoshlarni shakllantirish va ulkan maqsadlar sari dastlabki qadam aynan
motivasiya desak mubolag'a bo‘lmaydi. Shu nuqti nazardan, ham ushbu mavzu bugungi kunda
ham dolzabligicha qolmoqda.
Tadqiqot mavzusiga tegishli materillarni o‘rganganlik darajasi
. “Motivasiya”
atamasini birinchi marta A. Shopengauer o‘z maqolasida qo‘llagan.
Maslou o‘zining “Motivasiya va shaxsiyat” (1954) asarida insonning barcha ehtiyojlari
tug'ma yoki instinktiv ekanligini va ular ustuvorlik yoki ustunlik ierarxik tizimida tashkil
etilganligini quyidagi diagramma orqali taklif etadi.
1-rasm. Avraam Maslouning inson ehtiyojlari ierarxiyasi diagrammasi.
Oxirgi uchta daraja: “idrok”, “estetik” va “o‘zini o‘zi anglash” odatda “o‘zini namoyon
qilish zarurati” (shaxsiy o‘sishga bo‘lgan ehtiyoj) deb ataladi.
Rubinshteyn S.L. “Motivasiya-bu psixika orqali amalga oshuvchi determinasiyasidir”, deb
ta'kidlagan bo‘lsa, Madsen K.B. “Motivasiya bu xulqiga yo‘naltirilgan qo‘llab quvvatlovchi,
qo‘zg'atuvchi omillar yig'indisidir”, deb aytib o‘tgan. Quyidagi ma'lumotlar rang barangligi
motivasiyaga yanada chuqurroq yondashish imkoniyatini beradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
699
Yoshi katta insonlar esa hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida o‘zini omadsiz va baxtsiz his
qilishlariga sabab bu aynan motivasiya etishmasligi deya ta'kidlashadi. Shu o‘rinda Jaloliddin
Rumiyning shu gapini eslatib o‘tish o‘rinli deb hisoblayman. “Hayotda omadsiz, baxtsiz va
muofaqiyatsiz tushunchalarni o‘zi yo‘q. Shunchaki hayotda dangasa, loqayd va e'tiborsiz degan
so‘zlar bor holos”.
Motivasiya mohiyati bo‘yicha bildirilgan yuqoridagi fikr-mulohazalar unga berilgan
umumlashgan fazilatlarga mutloqo mutanosibdir. Shu bilan birga motivasiyaga quyidagicha izoh
berishimiz mumkin.
Motivasiya -(lotincha movēre “harakat qilish” dan) harakatga undash; inson xulq-atvorini
boshqaradigan uning yo‘nalishini, tashkiliyligini, faolligini va barqarorligini belgilovchi
psixofiziologik jarayon; insondagi o‘z ehtiyojlarini faol ravishda qondirish qobiliyatidir.
Tadqiqot maqsadi.
Umumta'lim o‘rta maktablaridagi o‘quvchilar chet tilini o‘rganishdagi
motivasiyasini oshirish usullarini o‘rganish, bu jarayonda o‘quvchilar duch keladigan asosiy
qiyinchilik va muammolarni aniqlash.
Tadqiqot maqsadida kelib chiqib quyidagi
vazifalarni
xal etiladi:
- umumta'lim o‘rta maktablarida chet tilini o‘qitishda motivasiya muammosi bo‘yicha
zamonaviy tadqiqotlarni ko‘rib chiqish;
- umumta'lim o‘rta maktab o‘quvchilari motivasion xususiyatlarini tahlil qilish, ularning
qiziqishi va ta'lim muvaffaqiyatiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash;
-umumta'lim o‘rta maktab o‘quvchilari ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini
oshirishga qaratilgan aniq strategiya va usullarni taqdim etish va asoslash.
Ilmiy yangiligi
. Umumta'lim o‘rta maktablaridagi o‘quvchilari chet tilini o‘rganishga
qiziqishi va ularning motivasiyasini oshirish uchun innovasion strategiyalar va pedagogik usullar,
jumladan pedagogik texnologiya, interfaol yondashuvlar va o‘yinlarni qo‘llash ko‘rsatilgan. Bu
maktab o‘quvchilari ishtiyoqini oshirish uchun noan'anaviy texnologiyalar, metodlar, uslublar va
o‘quv qo‘llanmalaridan foydalangan holda chet tilini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy
tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, boshlang'ich chet tili o‘qituvchilari amaliy faoliyatida
materiallaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot materillari mahalliy va xorijiy
mualliflarning ilmiy tadqiqot ishlari va o‘quv adabiyotlari tahlil qilingan bo‘lib, tahlilar asosida
tayyorlangan materiallar, o‘qituvchilar o‘quvchilarni o‘qitishda gilabal muloqot va malaka
oshirish uchun qimmatli vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Asosiy qismi.
Satatistik ma'lumotlarga ko‘ra, halqaro hamjamiyatdagi aholining 70 foizi
ingliz tilida muloqat qilishar ekan, bu degan jaxondagi 7/1 qismi odamlar ingliz tilida muloqat
qilishadi degani. Bizning mamalakatimizda ham ingliz tiliga bo‘lgan e'tibor kundan-kunga oshib
bormoqda, barcha umumta'lim, o‘rta maxsus va oliy ta'lim muassasalaridagi barcha yo‘nalishlarda
ingliz tili majburan o‘qitilmoqda. Bundan tashqari barcha shaxar va tumanlarda o‘quv markazlari
faoliyat olib bormoqda. Chet tilidan Milliy va halqaro sertifikat ega bo‘lgan o‘qituvchilar oylik
maoshiga 50 foizgacha ustama tulanmoqda. Lekin tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, zamonaviy
ta'limda o‘quvchilar chet tilini o‘rganishga bo‘lgan motivasiyasi yuqori darajada deb bo‘lmaydi.
Buning sababi shundaki, chet tilini o‘rganish ko‘pincha katta kuch va intizomni talab
qiladigan murakkab va ko‘p vaqt talab qiladigan faoliyat turi sifatida izohlanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
700
Chet tilini o‘rganish kontekstida motivasiya - bu o‘quv faoliyatini boshqaradigan samarali
tizimi. O‘quvchilar o‘qituvchi topshirig'ini muvaffaqiyatli bajarganlarida uni rag'batlantirsa, bu
uni yanada muvaffaqiyatli bajarishga motivasiya beradi.
O‘quvchidagi chet tilini o‘rganishdagi motivasiyasini shakllantirish o‘qituvchilardan
malakali yondashuvni va o‘quvchilar motivasiyasidagi turli tomonlarini hisobga oladigan turli xil
usullardan foydalanishni talab qiladi.
Muloqot jarayonida ijobiy va hissiy jihatdan qulay muhitni tanlash juda muhim, chunki u
ijodiy birgalikdagi faoliyatni va boshqa odamlarga nisbatan alohida ijtimoiy munosabatni
shakllantirishga yordam beradi, hurmat va minnatdorchilik tuyg'usini uyg'otadi.
Qulay muloqot jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi umumiy hissiy va psixologik makonni
yaratadilar, unda o‘quvchini tashqi dunyo bilan madaniy va kognitiv o‘zaro munosabatlarga jalb
qilishga qaratilgan ijodiy jarayon rivojlanadi.
Asosiy vazifalardan bir o‘qituvchi ham o‘quvchi ham o‘z-o‘zini takomillashtirish uchun
motivasiyasini shakllantirishni ta'kidlash lozim.O‘quvchi o‘quv jarayonlarida yangi bilimlardan
zavqlana olsa, bu o‘quv faoliyatiga mos keladigan usul va jarayonlar mavjudligidan dalolat beradi.
Zamonaviy darsliklariga kiritilgan chet tilini o‘rganishda katta yoshdagi maktab
o‘quvchilari motivasiyasini oshirishga yordam beradigan bir qator samarali usullar mavjud.
Jumladan,
- talabalar uchun haqiqiy muammolarni keltirib chiqaradigan va faol nutq amaliyotini
(tinglash, gapirish, o‘qish, yozish) talab qiladigan topshiriqlardan foydalanish; bu bilan chet tilini
o‘rganishga qiziqishni rivojlantirishga yordam beradi.
- konstruktiv va amaliy (kundalik yuritish yoki topshiriqlar yaratish);
-o‘yin (rol o‘ynash loyihalari va dramatizasiya);
-axborot-tadqiqot loyihalarini o‘z ichiga olgan turli xil usul va vositalardan foydalanish
[2].
Bu usullar faol va qiziqarli tashkil etilishi tilni o‘rganishga yordam beradi, bu esa o‘z
navbatida katta yoshdagi maktab o‘quvchilarida chet tilini o‘rganishda motivasiyani
rivojlantirishga olib keladi.
Ingliz tilini o‘rganish uchun kognitiv motivasiyani shakllantirish muhim rol o‘ynaydi.
Kognitiv tizim-(lotincha kognitio “idrok qilish, tasvirlash, vaziyatni tahlil qilish” so‘zidan)
xarakter rivojlanishi, tarbiyasi, o‘rgatish, ta'lim rivojlanishi natijasida ongda shakllangan bilish
tizimi (shaxs). Kognitiv tizimning asosi - tafakkur, ong, xotira va tilning o‘zaro ta'siri. Bunday
tizimni tashuvchisi (inson) miyasidir [1].
O‘qituvchilar zamon bilan harakat qilishlari, qiziqarli va samarali o‘rganishni yaratishlari
va o‘quvchilar qobiliyatlariga ishonchni singdirishlari kerak. Har bir dars “muvaffaqiyatli vaziyat”
sifatida baholanishi va har bir o‘quvchi harakatlari natija berayotganini ko‘rishi kerak.
Ichki motivasiya asta-sekin rivojlanadi va o‘quvchilar ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishlari va qat'iyatliliklarini oshiradilar, ayniqsa ular har bir darsdan so‘ng o‘z malakalari va
bilimlarida sezilarli yaxshilanishlarni ko‘radilar.
Mualif, o‘quvchilarni chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishning turli usullari
orasida hali darsliklar va o‘qitish usullarida keng e'tirof etilmagan, ammo o‘quvchilarga sezilarli
ta'sir ko‘rsatadigan usullarni taklif etadi. Shunday usullardan biri ingliz, amerikaliklar kabi ingliz
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
701
tilida so‘zlashuvchi mamlakatlardan kelgan o‘quvchilar va tengdoshlar o‘rtasida aloqani o‘rnatish
(bevosita yoki onlayin muloqat orqali). Ushbu usul ko‘plab maktab o‘quvchilariga ijobiy ta'sir
ko‘rsatadi, ularga nafaqat ona tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar madaniyati, tarixi va turmush tarzi
haqida qiziqarli ma'lumotlar, balki ona tilida so‘zlashuvchilar bilan ingliz tilida muloqot qilish
amaliyotini ham beradi, bu esa ularni mavzular va umuman tilni aniq o‘rganishga undaydi.
Motivasiyani oshirishda yana bir samarali usuli - bu ingliz tili darslarida musiqa va
qo‘shiqlardan foydalanish. Bu amaliyot talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantiradi, grammatik
tuzilmalarni mustahkamlaydi va o‘quvchilarda so‘z boyligini kengaytiradi, o‘qish va tinglash
ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Musiqa sinfda ijobiy psixologik kayfiyatni yuzaga
keltiradi, psixologik stressni kamaytiradi va til faolligini oshiradi [3].
Iloji boricha tabiiy sharoitga yaqin bo‘lgan o‘quv jarayonlarini tashkil etish ham
o‘quvchilar motivasiyasini oshirishda muhim vositasidir. Katta yoshdagi maktab o‘quvchilari
bunday vaziyatlarda ishtirok etishi ularda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi,
o‘rganish va rivojlanish istagini uyg'otadi. Misol uchun, o‘rganish maqsadida faqat gapirish bilan
cheklanib qolmaydi, balki suhbatdoshni tushunishni ham o‘z ichiga oladi, bu esa darsni yanada
qiziqarli qiladi.
Chet tilini o‘rganish jarayonida dialoglarni dramatizasiya qilish ham katta ahamiyatga ega.
O‘quvchilar o‘zlari dialoglar tuzishlari yoki tayyor namunalarni bajarishlari mumkin, bu
esa materialni yaxshiroq o‘rganishga yordam beradi.
Leksik va grammatik material bilan ishlash uchun ko‘pincha o‘yin texnikasi, qofiyalar,
topishmoqlar va maqollar qo‘llaniladi. Juftlik va guruhli topshiriqlarni tashkil etish ham o‘quv
jarayonini faollashtiradi, barcha o‘quvchilarni faol o‘quv faoliyatiga jalb qiladi.
Shu bilan birgan, o‘qitish tizimi qanchalik zamonaviy uslub va shakllari xilma-xilligi,
shuningdek, darslarda ko‘rgazmali materiallardan foydalanishga qaramasdan, o‘quvchi chet tilini
o‘zlashtirishga bo‘lgan ichki istagi bo‘lmasa, kerakli natijalarga erishish qiyin bo‘lib qolaveradi.
Shunday qilib, yuqoridagi ko‘rsatib utilganlarga asoslanib, quyidagilarni xulosa qilishimiz
mumkin.
Hozirgi vaqtda faol xalqaro integrasiya va xalqaro munosabatlar rivojlanishi sharoitida
ingliz tilini o‘rganish yangi ahamiyat kasb etmoqda. Bu nafaqat foydali, balki zaruriy yashash
sharoitiga aylanmoqda. Biroq, umumta'lim o‘rta maktab o‘quvchilari ko‘pincha imtixonlarga
tayyorgarlik ko‘rish va oliy o‘quv yurtlariga kirish kabi vazifalari bilan yuklanib qolganligi to‘fayli
ham har doim ham ingliz tilini o‘rganish muhimligini tushunmaydilar va har doim ham uni
o‘rganish jarayoniga jiddiy yondashishga tayyor emaslar.
Shu nutqti nazardan ingliz tilini o‘qitish sohasidagi o‘qituvchilar o‘quvchilar
motivasiyasini oshirish bilan bog'liq usul va vositalarni keng joriy etishdek vazifalarni xal etishlari
lozim bo‘ladi. Buning uchun esa o‘qituvchi o‘zidagi ichki motivasiyani saqlab qolish va
o‘quvchilardagi mativasiyasini rivojlantirish uchun sharoit yaratish kerak.. [4,].
Chet tilini o‘rganishga chinakam qiziqqan o‘quvchilar o‘qishga ko‘proq jalb qilinadi va
yuqori o‘rganish motivasiyasini namoyish etadi. Shu sababli, umumta'lim o‘rta maktab
o‘quvchilari chet tiliga o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalasi o‘qituvchilar uchun oliy
vazifalardan biriga aylanmog'i lozim.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
702
REFERENCES
1.
И. А. Джидарьян. О месте потребностей, эмоций, чувств в мотивации личности.
//Теоретические проблемы психологии личности. / Под ред. Е. В. Шороховой. – М.:
Наука, 2015. – 147 с.
2.
И. А. Зимняя. Психология обучения иностранным языкам в школе. – М:
Просвещение, 2018. – 200 с.
3.
И. А. Зимняя. Педагогическая психология. Учебник для вузов. Изд. второе, доп.,
испр. и перераб. - М.: Издательская корпорация «Логос», 2020. – 475 с.
4.
N.A. Muslimov, Z.T.Raximov, A.A.Xo‘jayev, A.N. Mamatqulov I.N. Karimov.
“Ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyasi”. O‘quv qo‘llanma. – Qarshi: Intellekt
nashriyoti, 2020. – 170 b.
5.
R. Mavlonova, N. Voxidova, N. Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi.
Toshkent - «Fan va texnologiya» - 2010
6.
Е.П. Ильин. Мотивы и мотивация - СПб: Питер, 2022. – 203 с.
7.
Н. А. Шишкина. Построение модели обучения иностранному языку при
многоуровневой системе профобразования в техническом вузе: Дис.... канд. пед.
наук. -Ульяновск, 2004. -196 c.
8.
A. X.Xujaqulov. Muhandislik ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy tanlovga ta’sir etuvchi
omillar. Science and Education. 2023.- 493-496 с
9.
А.Х.Хужакулов.
Значение
инновационных
технологий
в
организации
самостоятельной работы студентов в системе высшего образования. Вестник
науки. 2023.- 113-117 с
10.
Xujaqulov Abdulaziz Xakim o‘g‘li. Muhandislik yo‘nalishi talabalaring umumkasbiy
tayyorgarligiga qo‘yilgan talablar. Prospects and main trends in modern science 2023.-
60-63 с
11.
Muradov S. ЭCONOMIC ANALYSIS OF PROFITS IN THE FIELD OF LABOR
PROTECTION //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 1239-1245.
12.
Sultonova D. N., qizi Siddiqova M. A. COLOR SCHEME IN THE FORMATION OF
THE
ARTISTIC
ENVIRONMENT
OF
THE
INTERIOR
OF
MODERN
EDUCATIONAL CENTERS //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т.
2. – №. 14. – С. 109-115.
13. Muradov, S. (2024). MAIN INDICATORS OF LABOR PROTECTION MEASURES
EFFICIENCY. Modern Science and Research, 3(2), 473–484. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30191
14.
Muradov S. ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION IN AN ACCIDENT IN
FACILITIES USING STRONG TOXIC SUBSTANCES (KTZM) //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 464-472.
15.
Muradov S. CHEMICAL STATUS ASSESSMENT AND ANALYSIS //Modern Science
and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 455-463.
16.
Muradov, S. (2024). STUDY AND ANALYSIS OF WORKING ACCIDENTS. Modern
Science
and
Research,
3(2),
444–454.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30166
