THE LIFE AND CREATION, LITERARY HERITAGE OF ZAKIRJON KOLMUHAMMAD SON OF FURKAT

HAC
Google Scholar
f
890-893
0
0
To share
Xoʻjaqulova, C. (2024). THE LIFE AND CREATION, LITERARY HERITAGE OF ZAKIRJON KOLMUHAMMAD SON OF FURKAT. Modern Science and Research, 3(2), 890–893. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30409
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

He is a great influencer of his time. A great thinker who is among the intellectuals. Because Alisher loved reading Navoi's works, the atmosphere of Navoi's poems is clearly felt in his poems. He traveled to several countries and created something new for himself, felt the European atmosphere.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

890

ZOKIRJON XOLMUHAMMAD O’G’LI FURQATNING HAYOTI VA IJODI, ADABIY

MEROSI

Xoʻjaqulova Charos Sherzod qizi

Toshkent Arxitektura qurulish universiteti

Devorbop va pardozbop qurulish materiallari texnalogiyasi yoʻnalishi 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10887790

Annotatsiya.

Oʼz vaqtining buyuk zabardasti, namoyondasi. Ziyolilar qatoridan joy olgan

buyuk mutaffakir. Alisher Navoiy ijodini juda sevib oʼqiganligi bois yozgan ashʼorlaridan ham
Navoiy sheʼrlaridagi muhit yaqqol sezilib turadi. Bir qancha davlatlarni kezib oʼzi uchun yangilik
yaratgan, yevropacha muhitni his qilgan.

Kalit soʼzlar:

“Furqat”, XIV- XX asr ziyolilari, “Sayding qoʼyaber sayyod”,

“Sayohatnoma”.

THE LIFE AND CREATION, LITERARY HERITAGE OF ZAKIRJON

KOLMUHAMMAD SON OF FURKAT

Abstract.

He is a great influencer of his time. A great thinker who is among the

intellectuals. Because Alisher loved reading Navoi's works, the atmosphere of Navoi's poems is
clearly felt in his poems. He traveled to several countries and created something new for himself,
felt the European atmosphere.

Key words:

"Furqat", intellectuals of the 14th-20th centuries, "Sayding qo’yaber sayyod",

"Sayohatnoma".

ЖИЗНЬ И ТВОРЕНИЕ, ЛИТЕРАТУРНОЕ НАСЛЕДИЕ ЗАКИРДЖОНА

КОЛМУХАММАДА СЫНА ФУРКАТА

Аннотация.

Великий влиятельный человек и представитель своего времени.

Великий мыслитель, находящийся среди интеллектуалов. Поскольку Алишер любил читать
произведения Навои, в его стихах отчетливо чувствуется атмосфера стихотворений
Навои. Он объездил несколько стран и создал для себя что-то новое, почувствовал
европейскую атмосферу.

Ключевые слова:

«Фуркат», интеллектуалы XIV-XX веков, «Сайдинг койабер

сайод», «Путешественник».

KIRISH

Furqat desa elimiz koʼz oʼngiga albatta Zokirjon Mullo Xolmuhammad oʼgʼli keladi. U
bitgan gʼazal, muhammas, mudarris taqlidnomalari koʼz oldimizda namoyon boʼladi. U bitgan har
bir asarlarida oʼzi yashagan zamonasi muhitini ajoyib tarzda jo aylagan. Tugʼilish chogʼidan toki,
vafotigacha boʼlgan ajoyib muhitni oʼz asarlarida batafsil keltirib oʼtgan. Yoshligidan sheʼrga oʼz
mehrini bergan ilm-u savodini ham madrasada, ham oilasida chiqargan. U oʼn sakkiz yoshidan
boshlab togʼasi iltimosiga koʼra uning yonida yordamga borgan va u yerda savdo ishlarini
oʼrgangan[3]. Oilasi yoniga qaytib u yerda oila quradi, lekin shunda ham ijoddan toʼxtamadi.
Oradan koʼp oʼtmay u Margʼilonga yana qaytib keladi. U yerda yana sheriyat dunyosiga berilib
ketadi.

Shaharning ziyolilari Xoʻjajon Rojiy, Muhammad Umar Umidiy – Havoiy, Mulla

Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib, adabiy suhbatlar qurdi. Furqat 1889-yil yoʼlga
Toshkent tomon yoʼlga otlagan, avval Toshkent soʼng Qoʼqon orqali Xoʼjandga qarab yoʼl olgan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

891

shoir, u yerda ham oʼziga oʼxshagan sheriyat shaydolari bilan tanishib, ular bilan mushoira,
munozalar oʼtkazadi[1]. Shulardan biri Toshxoʼja Asiriydir, badiiyat ixlosmandi, ziyoli inson,
bilan yaqin oʼrtoq boʼladi. Shu bilan birga oʼsha shaxar aholisini yashash sharoiti, turmush tarzi,
koʼrgan bilganlari bilan yaqindan tanishadi. Furqatda shunday qiziqish boʼlganki, u oʼzi borgan
hamma joydagi aholisini turmush tarzini yaqindan oʼrgangan. Oʼz yurti bilan borgan joylaridagi
yashash sharoitlarni bir-biri bilan taqqoslab koʼrishga juda qiziqqanlar. Borgan joylari baʼzilari
qiynalib, baʼzilari esa yengil hayotda yashagan xalqlarni koʼgan Furqat oʼzi uchun xulosa olardi.
Qaydadir yaxshi xislatlarni olsa, qaydadir yomon xislatlardan voz kechardi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Furqat oʼz ijodida ijtimoiy muhit haqida ham biroz toʼxtalib oʼtgan. Oʼz yoziqlarida xalq

dardini imkon qadar yoritar edi-yu, lekin uni ochiq aytadigan zamon emasligi uchun ham
nimanidir ortiga bekitib ketar edi. Oʼsha zamon Mustamlaka tizimning tazyiqlari boshlangan
kezlar boʼlgani uchun ham koʼproq siyosatga yaqinlashmagan. Lekin uning xon Xudoyorxon
nomidan yozilgan “Dermish xon bir kuni-kim, davru davronlar qayon qoldi?”[3] deb nomlangan
gʼazali ham hatto badiiylik bilan birga yoʼgʼrilgan desak xato boʼlmaydi, menimcha. Chunki shoir
bu gʼazalni yozarkan, uning qalb istiroblari, chorasizliklari, alam, nafrat hamma hammasini
chiroyli mubolagʼa bilan goʼzal taʼriflar bilan soʼz ortiga berkitganligi bunga asil misol
hisoblanadi. Bundan tashqari yana bir sheʼri boʼlgan “Sayding qoʼyaber sayyod sayyora ekan
mendek” nomli musaddasida ham shoirning qay mahoratda soʼz ortiga soʼz berkitish, dard-u
alamni qanday yoʼl bilan baham koʼrish qobilyatiga tassanno aytmay ilojimiz yoʼq.

Sayding qoʻya ber, sayyod, sayyora ekan mendek,
Ol domini boʻynidin, bechora ekan mendek,
Oʻz yorini topmasdan ovora ekan mendek,
Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek,
Hijron oʻtidin jismi koʻp yora ekan mendek,
Kuygan jigari-bagʻri sadpora ekan mendek.[2]
Bu sheʼrni oʼqigan odam albatta chuqur mulohazaga choʼkadi. Chunki buni bir misrasini anglab
olishni oʼzi uchun ham ancha vaqt ketadi. Har bir qatorini oʼziga qarata yozgan shoir aslida esa
allakimlarni fikri, dardi va hattoki baxtini ham oddiy misralari ortiga goʼzal qiyoslov bilan
berkitganiga ajablanadi odam.

MUHOKAMA

Furqat hayotida ayniqsa Toshkentdagi davr ancha noodatiy kechdi. Chunki Toshkent
hududiga chor qoʼshinlarini kirib kelishi bilan bu yerdagi muhit tubdan oʼzgara boshladi.
Toshkentga kelgan Ovropacha madaniyat ham Furqatning ham dunyoqarashlarida oʼzgarishlarni
paydo qila boshladi. Bu bilan shoir nafaqat oʼzida balki ijodida ham maʼrifatparvar, Ovropacha
ilm-madaniyat, fan va texnikaga xayrixohlik oʼzida mujassamlashtira boshladi. Shu davrdan
boshlab oʼzbek adabiyotiga yangidan navotor ijodkor sifatida koʼp asrlik qoidalardan voz kechgan
holda yangicha mavzu hamda yevropacha gʼoyalar olib kirgan shoir boʼlib qoldi. Endichi u,
yangicha fikr, mulohaza va yoki gʼoyalarning targʼibotchisi, hisoblanardi. Imkon qadar ulardan
yaxshi fikr va mulohazalarni olib boshqalarga ham imkon qadar tushuntirardi, targʼib etardi. Shu
tariqa Furqat hayotida ijtimoiy, ilmiy, ijodiy hamda tortishuvlarga boy boʼlgan eng qiziq hayot
yoʼlidagi bosqichi endi boshlangan edi. Shoir va nihoyat oʼzi uchun qulay boʼlgan va ommabop


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

892

qoʼllanma hisoblangan gazeta matbootiga ishga kirdi va bu ishni u gazetalar yordamida bajara
boshlaydi.

NATIJALAR

1890 yilning may, iyul va sentyabr oylarida “Ilm xosiyati”, “Akt majlisi xususida”,

“Toshkent shahrida boʻlgʻon nagʻma bazmi xususida”, shuningdek, uch qismdan iborat “Vistavka
xususida” kabi davr adabiyotidagi maʼrifatparvarlik yoʻnalishining yetuk namunalari darajasida
boʻlgan asarlari shu gazeta sahifalarida dunyo yuzini koʻrdi.[1] Bunday asarlaridan keyin Furqat
oʼsha zamonning eng jonkuyar, fidoiy, mehnatsevar va Yevropacha madaniyatning yorqin jarchisi
sifatida namoyon bolib borgandi. Bu bilan u oʼz xalqini zamonaviy ilm-fanni oʼrganishga va
dunyoviy bilimlarni puxta egallashga toʼxtovsiz ravishda daʼvat etardi. Bundan maqsad esa albatta
xalqning tinchi va birdamliligini oʼylab qilingan ishlar edi. Xalqini boshqa xalqlardan
qolishmaydigan boʼlishi uchun butun vujudi bilan harakat qilardi. Shoir bitgan har bir hayqirigʼi
nihoyatda taʼsirchan, uni oʼqigan inson qalbidan albatta chuqur joy olar edi. Har bir soʼzida olam-
olam maʼno topar edi oʼqigan odam.

Jahon bastu kushodi – ilm birla!

Nadur dilni murodi – ilm birla!

Koʻngullarni sururi – ilmdandur!

Koʻrar koʻzlarni nuri – ilmdandur[1]!

Mana shunday oddiy jumlalarni bir biri bilan chambars bogʼlashlik faqat oʼz ishini

ustalari boʼlgan shoirlargagina xos ishdir.

Shoir haqli ravishda oʻzbek publitsistikasining

asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning otashin publitsist sifatida faoliyati 1890-yildan “Turkiston
viloyatining gazeti” xodimi sifatida boshlanadi. Shoirning Toshkentda boʼlgan vaqti uzoqqa
choʼzilmadi. 1891-yili u Samarqandga joʼnaydi. U yerda shahar fozillaridan Mirzo Buxoriy
hovlisida yashab, tarixiy obidalarni oʼrganadi[1]. Ular haqida material tayyorlab Toshkentga
yuboradi. Soʼngra Buxoroga oʼtib undan keyin esa dunyo kezishni boshlaydi. Marv, Ashxobod,
Boku, Botumi orqali noyabr oyida Istanbulga boradi. Bu bilan ham shoir juda ilhomlanardi,
dunyoviy muhit bilan tobora qiziqar ekan uning dunyoga boʼlgan intilishi yana ham ortar edi.
Lekin bu bilan birga vatan sogʼinchi, ona yurtga boʼlgan intilish, yaqinlarini sogʼinish kabi
vatangadolikning ilk bosqichlari ham boshlangan edi. Shu sabab Istanbuldan Toshkentga
yoʼllagan “Sabogʼa maktub” sheʼriy maktubi shoirning sogʼinch alamlarini imkon qadar inson
omiliga yetkazib bera olgan. Furqat Istanbuldan Bulgʻoriya va Yunonistonga qisqa muddatli
sayohat uyushtirib, Bolqon yarim orolining qator shaharlarida boʻladi. Furqat 1892-yil martida
Istambuldan Oʻrta yer dengizi oraqali Arabistonga oʻtib, Makkada haj ziyoratini bajo aylab, Jadsa,
Madina shaharlarida boʻldi. Xuddi shu ziyorat munosabati bilan uning “Hajnoma” asari maydonga
keladi. Makkadan keyin esa Bombeyga yol oladi. 1893-yil Kashmir-Tibet orqali uygʼurlar vatani
boʼlgan Yorkentga boradi va oʼsha yerda muqim boʼlib oʼrnashib qoladi. Shoir har daqiqa har onda
vatanga qaytish orzusi bilan yashagani u yozgan yozishma va asarlarida namoyon boʼladi. Oʼzini
yozishi boʼyicha uning eng koʼp yozilgan asari “Sayohatnoma” asari boʼlgan. Bundan tashqari
ham shoir “Masarratnoma”, “Qasida” asarlari, hamda rus-yapon urushi munosabati bilan yozgan
masnaviysi xuddi shu turkum jumlasidandir[1]. Bundan tashqari shoir yana bir qator xatlarni
doʼstlariga yuborib ular bilan ham aloqalashib turgan. “Turkiston gazeta”siga ham tinmay sheʼr,
maqola va xabarlar yoʼllab turgan. U yerda oila qurib shu bilan muqim yashab qoladi. Umrini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

893

soʼnggi kunlarini Yorkentda yashab oʼtgan shoirni bilganlarni fikricha. Har on har daqiqada shoir
vatanini qoʼmsab yashagan. Qalbida vatanga boʼlgan sadoqat aslo soʼnmagan.

XULOSA

Izlanishlarim va qiziqishlarim natijasida shunga amin boʼldimki, shoir hayotida juda ham

ochilmagan sahifalar mavjud. Bu sahifar aslida qanchalik haqiqatga yaqin joyda va ularni topish
qay darajada boʼladi buni bilmadimu lekin shoir hayotini yanada chuqurroq oʼrgangan maʼqul
ekan. Shoir hayoti bilan tanishar ekanman ochiq qolgan qancha savollar menda paydo boʼldi.
Ularga javobni kimdan va qaydan olishni esa hozircha bilmayapman. Balki bu yozganlarimni yana
ham davomi boʼlar, balki bu izlanishlar shu joyda yakun topar, bu esa ozgina ochilmay qolgan
haqiqatlarga ham haqiqatlar bogʼliq deb oʼylayman.

REFERENCES

1.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/furqat-1859-1909/

2.

Furqat (1859-1909).Abdurashid Abdugʻafurov, Begali Qosimov. https://ziyouz.uz/ozbek-
sheriyati/ozbek-mumtoz-sheriyati/furqat/ 2017

3.

Oʻzbek adabiyoti tarixi. "Oʻqituvchi" nashriyoti. Toshkent, 1974. 384 b

4.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF
THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

5.

qizi Zarifova, D. O. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA
XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 159-162.

6.

Zarifova , D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING
O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57–62.
Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259

7.

Furqat. http://e-adabiyot.uz/uzbek/mumoz/1194-kitob.html. 2018.

References

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/furqat-1859-1909/

Furqat (1859-1909).Abdurashid Abdugʻafurov, Begali Qosimov. https://ziyouz.uz/ozbek-sheriyati/ozbek-mumtoz-sheriyati/furqat/ 2017

Oʻzbek adabiyoti tarixi. "Oʻqituvchi" nashriyoti. Toshkent, 1974. 384 b

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

qizi Zarifova, D. O. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 159-162.

Zarifova , D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57–62. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259

Furqat. http://e-adabiyot.uz/uzbek/mumoz/1194-kitob.html. 2018.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов