IN THE COUNTRY - NAVROZ

HAC
Google Scholar
f
204-208
0
0
To share
Karimjonova, G. (2024). IN THE COUNTRY - NAVROZ. Modern Science and Research, 3(2), 204–208. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30415
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Spring is the flower of the seasons, the season of awakening. The whole being, mother nature is alive and renewed. There is a living creature that can enjoy the birth of a new day. It is no coincidence that Turkish peoples also celebrate Navruz holiday, that is, the birth of a new day, in spring. Nowruz is a spring, New Year holiday. The term "Navroz" is composed of two Persian words "nav" - new, "roz" - day, meaning "new day". Nowruz is the most public and beautiful holiday of the Turkic peoples. This article also talks about the Nowruz holiday event held by the teacher and students of elementary school 320 of Shaikhontohur district of Tashkent city.

Similar Articles


background image


204

O‘LKAMDA – NAVRO‘Z

Karimjonova Gulnora Saipovna

Toshkent shahar Shayxontohur tumani 320-maktabning boshlang‘ich sinf o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10888197

Annotatsiya.

Bahor - fasllar gulshani, uyg'onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq

urib yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug'ilishidan bahra oladi,

zavqlanadi. Turkiy xalqlar ham Navro'z bayramini, ya'ni yangi kunning tug'ilishini aynan

bahor faslida nishonlashi bejiz emas. Navro`z - bahor, yangi yil bayrami. “Navro`z” atamasi

ikki fors so'zidan tashkil topgan bo'lib “nav” - yangi, “ro'z” - kun ya'ni, “yangi kun” degan

ma'noni bildiradi. Navro'z – turkiy xalqlarning eng ommaviy va go'zal bayramidir. Ushbu

maqolada Toshkent shahar Shayxontohur tumani 320-maktabning boshlang‘ich sinf o’qituvchisi

hamda o‘quvchilari tomonidan o‘tkazilgan Navro‘z bayrami tadbiri haqida ham so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Navro’z, urf-odat, qadryat, xalqlar, bayram.

IN THE COUNTRY - NAVROZ

Abstract.

Spring is the flower of the seasons, the season of awakening. The whole being,

mother nature is alive and renewed. There is a living creature that can enjoy the birth of a new day.

It is no coincidence that Turkish peoples also celebrate Navruz holiday, that is, the birth of a new

day, in spring. Nowruz is a spring, New Year holiday. The term "Navroz" is composed of two

Persian words "nav" - new, "roz" - day, meaning "new day". Nowruz is the most public and beautiful

holiday of the Turkic peoples. This article also talks about the Nowruz holiday event held by the

teacher and students of elementary school 320 of Shaikhontohur district of Tashkent city.

Key words:

Nowruz, tradition, value, peoples, holiday.

В СТРАНЕ - НАВРОЗ

Аннотация.

Весна – цветок времен года, пора пробуждения. Все существо, мать-

природа, живо и обновлено. Есть живое существо, способное радоваться рождению нового

дня. Неслучайно весной турецкие народы также отмечают праздник Навруз, то есть

рождение нового дня. Навруз – весенний, новогодний праздник. Термин «Навруз» состоит

из двух персидских слов «нав» — новый, «роз» — день, что означает «новый день». Навруз –

самый общественный и красивый праздник тюркских народов. В данной статье также

рассказывается о праздничном мероприятии Новруз, проведенном учителем и учащимися

начальной школы №320 Шайхонтохурского района города Ташкента.

Ключевые слова:

Навруз, традиции, ценности, народы, праздник.


background image


205

Yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Shukuhli bu kunlarda esa yurtimizda

Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanadi. Navro‘z saylidan qaytayotgan dehqonu

bog‘bonlar dala tomon oshiqar ekan, «Qadaming qutlug‘ kelsin, Navro‘z», deya niyat qilishadi.

Navro‘z — bunyodkorlik, birdamlik va rizq-ro‘z bayramidir.

Navro‘z nomoddiy-madaniy meros namunalaridan biri sifatida xalqaro YUNESKO

tashkilotining ro‘yxatidan joy olgan. Xalqimiz tarixi va madniyatining bir bo‘lagi bo‘lgan

Navro‘z qadimiy bo‘lishi bilan birga, har yili biz bilan birga yangilanib, anglanib borayotgan

ulug‘ va navqiron bir bayramdir. Qolaversa, O‘rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi

xalqlarning eng qadimiy an’anaviy bayrami hamdir.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, Navro‘zni nishonlash turkiy xalqlarda eng katta bayramlardan

biri hisoblangan. Kuyoshning kamal burjiga kirishi, kecha bilan kunduzning barobar kelishi

yil boshi xisoblangan. Bu eski kuyosh yili xisobida farvardin oyining avvaliga (22 mart) – kecha

bilan kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanish, baxorning boshlanish davriga to‘gri

keladi. Buni kichik Navro‘z bayrami yoki ommaviy Navro‘z bayrami deyilgan. Farvardinning

oltinchi kuni esa katta Navro‘z bayrami yoki maxsus (xususiy) Navro‘z bayrami deb atalgan.

An’anaga ko‘ra, kichik Navro‘z bayramdan boshlab xamma narsa amalga kiradi, deb,

xisoblashgan. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida Navro‘zga bag‘ishlangan

ko‘plab xalq qo‘shiqlari keltirilgan. Navro‘z bayrami haqidagi ma’lumotlar Abu Rayhon

Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Umar Hayyomning «Navro‘znoma»si,

Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa allomalarning asarlarida uchraydi. Umuman

olganda, Sharq mamlakatlarida Navro‘z bayramini yangi yilning boshlanishi sifatida yuqori

kayfiyatda va o‘zgacha shukuhda kutib olishgan.

Dunyoda bayramlar, unutilmas kunlar ko`p. Yer yuzida qancha xalq bo`lsa, shuncha

turfaxil bayramlar mavjud. Ularning har biri o`ziga xos tarovatlarga, ne`matlarga boy bo`lib

nishonlanishi jihatidan ham bir-biriga mutloqa o`xshamaydi. Masalan, gurji xalqida shunday

bir marosim borki, unda ishtirok etuvchi kishilar qo`llarini bir-birlarining elkasiga tashlab, jo`r

ovoz bo`lib qo`shiq kuylashadi. Qozoq qardoshlarimizning “Qiz quvdi”, “Qiz olib qochdi” singari

urf-odatlari o`sha mamlakat xalqlarining o`ziga xos milliy xususiyatlarini aks ettiradi. O`rta Osiyo

va yaqin sharq xalqlarini bir-biriga yaqinlashtiradigan ulug` bir bayram borki, bu Navro`zi olamdir.

Navro’z 3000 yillik tarixga ega bayramdir. Navro’z qadimiy milliy bayrami (fors tilidan

tarjima qilinganda “yangi kun” ma’nosini anglatadi) 21-mart kuniga to’g’ri keladi. Ushbu kun

kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko’pgina


background image


206

O’zbek oilalarida Sumalak, xalim, ko’k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar.

Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo’lgan ko’pgina vitaminlarga boydir.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va

qadriyatlari kuchga kirdi. Jumladan Navro’z bayramini nishonlash o’ziga xos tusga ega bo’ldi. Bu

bayram barcha xalqlarning do’stlik va birlik ramziga ega bo’lgan umumxalq bayramdir. Bugungi

kunda Navro’z bayrami mahallalarda va qishloqlarda, tuman va shaharlarda keng miqyosda

nishonlanmoqda.

Navro`z so`zi tilga olinganida, so’z va g’azal mulkining sultoni Nizomiddin mir Alisher

Navoiyning go`zal bir bayti xotiraga keladi:

Har tuning qadr o`libon,

Har kuning o`lsin Navro`z.

Ya`ni har bir kechang qadr kechasi, xayrli, qutlug`, tun bo`lsin, har-bir kuning yangi kun

bo`lsin! Bu albatta, inson zotiga har doim ham nasib bo`lavermaydigan oliv saodatdir.

Navro`zi olam kelishi bilan yer yuzi har- xil kiyimlar kiygan qiz – juvonlardek jilolandi.

Tog`lar, qirlar, dalalar ham butunlay turfa xil ranglarga burkanib, minglab gullar, chechaklar yer

ostidan shodiyona bosh ko`tardi. Butun olam ushbu kun muattar hidlarga to`ladi.

Navro`z asrlar davomida kishilarda ona yerga muhabbat, uni va tabiatni avaylab asrash

tuyg`usini uyg`otishga xizmat qilib kelgan, ularni mehnatga, muhabbat ruhida, yuksak manaviyatli

qilib tarbiyalashda jiddiy ahamiyat kasb etgan. Navro`z kunlarida o`zaro urushlarga chek

qo`yilgan, qarindoshlar bir – birini, yorug dunyodan ko`z yumganlar qabrini, yosh - yalanglar

keksalarni ziyorat qilganlar. Shu kunlarda arazlar, gina – va qudratlar unut bo`lgan. Zero

Navro`z kishlarni yaxshi ishlarga o`gatgan, qalblarini ezgu - tilaklarga to`ldirgan, mehr – oqibatni

kuchaytirgan.

Mamlakatimiz mustaqillakka erishgach, yurtimiz milliy urf – odatlarimizning qadrini

ko`tarishga e`tiborini kuchaytirdi. Jumladan, Navro`z shodiyonalari yanada keng miqyosda

tantana qilina boshladi. Mamlakatimiz rahbariyati kishilarni ma`naviyatli, yurtsevarlik ruhida

tarbiyalashda Navro`zning roli katta ekanligini ta`kidlamoqda. Jamiyatni ma`naviy jihatdan

yuksaltirish, demokratik hur fikrlik tamoyillarini qaror toptirishda Navro`z bayrami muhim

tadbirlardan biridir.

Xulosa qilib aytganda, Navro’z – xalqimiz qalbidan mustahkam o`rin egallagan, teran ildiz

otgan muqaddas bayramdir. Navro`z xalq tabiatida, tabiat qonuniyatida yashaydi. Ushbu bayram

har bir inson qalbiga olam – olam shodlik, quvonchlar hadiya etadi.


background image


207

Har bir joyda bo`lgani kabi Toshkent shahar Shayxontohur tuman 320 – maktab 3 - A

sinf o‘quvchilari tomonidan sinf rahbari

S.R.Karimjonova Gulnora

boshchiligida tayyorlangan

tadbirda ham Navro`z shodiyonalarini yaqqol misol qilsak bo‘ladi. Ushbu tadbir 2024-yilning 20-

mart kuni bo‘lib o‘tdi. Obidova Jannatoy - kabutar qo‘shigi bilan Tulaboeva Ziyoda - Uzbekiston

qiziman, o‘quvchilar ijrosida - Sumalak qo‘shiklari jonli ijro etildi.

Sobirjonov Muxammad Ali, Oqilova Solixa, Ismoilov Rustambek, Xusniddinov Yusufbek saxna

ko‘rinishida qatnashdilar. Sinf qizlari ishtirokida bahor, Dutorchi qizlar raqslari ijro etildi. Tadbir

so‘ngida maktab rahbari

Dildora Xolmurodova

so‘zga chiqib tadbir qatnashchilarini o‘zining

samimiy so‘zlari bilan olqishladi. Shu bilan birga 3-chorak yulduzlarini rag‘batlantirdi va ularga

ma'muriyat tomonidan maqtov yorliqlari topshirildi.


background image


208

Bayram arafasida maktab hududida, ko`cha va xiyobonlarni obod etishda, daraxt va

gullar o`tqazish maqsadida mahallalarda, viloyat, tuman markazlari, qishloqlarda xalq hasharlari

o`tkaziladi. Chunki o’zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan bu azaliy qadriyatda har bir inson

faol ishtirok etishini o’zining muqaddas burchi deb biladi. Jumladan, biz pedagoglar ham

Navro’z bayramiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, o’z

fuqorolik burchimizni bajarib, xalqimiz quvonchiga quvonch bag’ishlaymiz.

Navro`z mehnat bayrami sifatida ham qadrlidir xalqimizda “Hamal kirdi, amal kirdi

“degan naql bor. Bu dehqonning yerga Baraka urug`ini sepishini bildiradi. Shuningdek

saxovat, mehr – oqibat, tinchlik, xayru baraka, san`at, pazandachilik bayrami sifatida ham

Navro`zga tarif - tavsif beriladi.

Navro`z keldi deguncha doshqozonlarda sumalaklar qaynaydi. Bu xushxor taom ilikuzuldi

davrida inson tanasiga cheksiz quvvat olib kiradi.

Mustaqillik sharofati bilan qaytadan dunyo yuzini ko`rgan Navro`zimiz bor bo`lsin. U

asrlar osha xalqimizga tinchlik, ezgulik, baxt, iqbol, xursandchilik, qut Baraka olib kelaversin!

Navro`z hammamizga qutlug` bo`lsin. Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!

REFERENCES

1.

Boltaboy Shodiyev. Navruz bayrami. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”

nashriyoti 2001 yil.

2.

Mamatqul Jo’rayev. Navro’z taronalari. Kamalak nashriyoti 2016 yil

3.

Shaxsiy fikrlar va internet manbalaridan foydalanilgan.

References

Boltaboy Shodiyev. Navruz bayrami. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyoti 2001 yil.

Mamatqul Jo’rayev. Navro’z taronalari. Kamalak nashriyoti 2016 yil

Shaxsiy fikrlar va internet manbalaridan foydalanilgan.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов