1391
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
TUT IPAK QURTIDA PILLANING HOSIL BO’LISHI HAMDA O`ZBEKISTONDA
IPAKCHILIKNI RIVOJLANISHI
Ochilov Behzod Salimovich
Narbayeva Sayqal Xudayarovna
Maxmudov Umidjon Maxmud o’g’li
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Akademik litsey biologiya o’qituvchilari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15257773
Annotatsiya.
Beshinchi yosh oxiriga kelib, ipak qurtining rivojlanish jarayoni
tugallanadi. Qurt barg yemay qo‘yadi va pilla o‘rash uchun joy qidirib o‘rmalab yuradi, shu
bilan bir vaqtda ichagidagi suyuq moddalarning qoldiqlarini chiqarib tashlaydi. Ko‘pchilik zot
qurtlar pilla o‘rash uchun jadal harakat bilan dastaning ustiga yoki so‘kchaklarning yon
yog‘ochlari tomon balandroq joylarga o‘rmalab ketadi, ammo ba’zi xitoy zot qurtlarda bunday
harakat yo‘q, ular bemalol pilla o‘rayveradi.
Kalit so’zlar:
Qurt, pilla, novda, g’umbak, Xorazm, Farg’ona, Xiva.
THE PRODUCTION OF THE COCOON IN THE MULBERRY SILKWORM AND THE
DEVELOPMENT OF SILK INDUSTRY IN UZBEKISTAN
Abstract
. By the end of the fifth instar, the development process of the silkworm is
completed.
The caterpillar stops eating leaves and crawls around looking for a place to make a
cocoon, while at the same time expelling the remains of liquid substances in its intestine. Most of
the caterpillars move quickly to cocoon by crawling up the stalks or higher up the side of the
stilts, but some Chinese caterpillars have no such movement and simply cocoon.
Key words:
Worm, cocoon, branch, mushroom, Khorezm, Fergana, Khiva.
ПРОИЗВОДСТВО КОКОНА ШЕЛКОВОГО ШЕЛКОВНИКА И РАЗВИТИЕ
ШЕЛКОВОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация.
К концу пятого возраста процесс развития тутового шелкопряда
завершается. Гусеница перестает питаться листьями и ползает в поисках места для
создания кокона, одновременно изгоняя остатки жидких веществ в своем кишечнике.
Большинство гусениц быстро перемещаются в кокон, ползая по стеблям или выше
по ходулям, но некоторые китайские гусеницы не имеют такого движения и просто
скрываются в коконе.
Ключевые слова:
Червь, кокон, ветка, гриб, Хорезм, Фергана, Хива.
1392
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Tut ipak qurtida pillaning hosil bo’lishi: Besh yoshga kirgan qurt dasta bo‘ylab yuqoriga
ko‘tarilib, dastaning pilla o‘rash bo‘shlig‘i hosil qiladigan va shu yerga joylashib olib, pilla
o‘rash mumkin bo‘lgan tarzda o‘rnashgan novdachalarini qidiradi. Shunday joyni topib, qurt
avval bo‘shliq hosil qiladigan novdachalarni ipak tolalari bilan bir-biriga biriktiradi. Biriktirilgan
bu novdachalar va ularni bog‘lab turuvchi ipak tolalari bo‘shliqning tashqi devorini hosil qiladi.
Shundan keyin qurt bo‘shliqning ichiga ipak tolalarini torta boshlaydi, ya’ni chulg‘amlar
hosil qiladi, ular bo‘shliqning ichki tomonini to‘ldiradi, ammo bu bo‘shliqning o‘rta qismi ochiq
qoladi. Pilla o‘rashning birinchi bosqichini tugatib, qurt bo‘shliqning o‘rta qismiga joylashib
oladi va pilla qavatini o‘ray boshlaydi: u ipak tolalarini oldindan tortib qo‘ygan hovonlarga
tutashtirib, bo‘lajak pillaning konturini yasaydi.
Pilla o‘rashning bu ikkinchi bosqichda ipak tolalari yanada g‘ovakroq o‘raladi; bo‘shliq
orasidagi ochiq joy pilla sig‘adigan hajmgacha juda kichrayib boradi. Bu bo‘shliqqa joylashish
uchun ipak qurti «S» harfi shaklida bukilib oladi va soxta oyoqlari yordamida yasalgan yuza
bo‘ylab surilib, tanasining oldingi qismini yoysimon harakatlantirish yo‘li bilan bu qavatga ipak
tolalarini to‘playdi.
Bo‘lajak pillaning konturi yasalib bo‘lgandan keyin pilla o‘rashning uchinchi bosqichi -
pilla qobig‘ining asosiy qavatini o‘rash jarayoni boshlanadi. Ipak qurti harakatlana olishi
mumkin bo‘lgan bo‘shliq tobora kichrayib boradi va qurt faqat boshi hamda bir-ikki ko‘krak
bo‘g‘imlari bilan harakatlanadigan bo‘lib qoladi. Ipak qurti oldindan o‘rab qo‘ygan ipak qavatiga
soxta oyoqlari yordamida tayanib boshi bilan tebranma harakat qiladi, bir vaqtda ko‘krak qismi
bo‘g‘imlarini qisqartiradi, bunda go‘yo boshini ichiga tortadi. Bunday qo‘sh harakat natijasida
qurt ipak tolalarini sakkizliklar yoki sinusoidal egri chiziqlar shaklida taxlaydi. Bunday seriya
«paket» deb ataladi: paketning kengligi qurt boshining tebranma harakatlari kengligiga
(amplitudasiga) bog‘liq, uzunligi esa ko‘krak qismi bo‘g‘imlarining qisqarish darajasiga bog‘liq
bo‘ladi. Ipak qurti bitta paketni yasab bo‘lgandan keyin boshini bir oz ko‘tarib qo‘yadi, so‘ngra
boshini yana pastga tushirib, yangi paket yasay boshlaydi. Ipak qurti boshini ko‘targan vaqtda
ham ipak chiqarishni to‘xtatmaydi, shuning uchun ham bir paketdan ikkinchi paketga cho‘ziq
to‘g‘ri yoki egri-bugri shaklli ipak tolalari ketadi.
Ba’zan bunday yo‘llar halqa shaklida bo‘ladi. Ipak qurti pillaning birinchi yarim sharini
o‘rash protsessida ikkinchi yarim shardagi soxta oyoqlarini asta-sekin harakatlantiradi, bunda u
birinchi yarim shar sirtining hamma joyiga ipak tolalarini qavat qilib taxlash imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Ipak qurti pillaning bitta yarim sharida paketlar to‘plamlari yasab bo‘lgandan so‘ng
ikkinchi yarim shar tomon harakatlana boshlaydi, yo‘lda ham paketlar yasashni davom
ettiraveradi.
1393
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Ipak qurti pillaning bitta yarim sharidan ikkinchi yarim shariga o‘tish vaqtida yo‘lda
yasalgan paketlar yarim shardagi paketlardan farq qiladi: ular anchagina cho‘ziq sakkizliklar va
sinusoidal egri chiziqlar shaklidadir, ular birmuncha katta bo‘ladi.
Ipak qurti pillaning bitta yarim sharidan ikkinchisiga o‘tib bo‘lgandan keyin ikkinchi
yarim sharda paketlar o‘ray boshlaydi, bu vaqtda ipak qurti tolasining tayanch qismi - qorin
bo‘g‘imlari va soxta oyoqlari qarama-qarshi tomondagi yarim sharda bo‘ladi. Ipak qurtining bitta
yarim shardan ikkinchisiga bunday o‘tib yurishi o‘rnini o‘zgartirish, deb ataladi. Ipak qurti pilla
o‘rash vaqtida 250 dan 500 martagacha vaziyatini o‘zgartiradi. Qurtning bir vaziyatda turish
muddati har xil va bu muddat pilla o‘rash jarayonining boshidan oxirigacha juda katta
ahamiyatga ega bo‘lgan harorat sharoitiga ham, pillaning qavatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Pilla
o‘rash jarayonida uning qobig‘i qalinlashib borgan sari qurtlar vaziyatini kamroq o‘zgartiradi.
Pilla o‘rash davrining boshlarida qurtlar har bir vaziyatda 140 sekund, pilla o‘rash
davrining o‘rtalarida esa 258 sekund «ishlaydi». Pilla o‘rash davrining boshlarida qurtlar bir
vaziyatda chiqargan ipak tolasining uzunligi 94 sm, bu davrning o‘rtalarida 170 sm, oxirida esa
333 sm. bo‘ladi (kuzatishlar eski barg‘dod zot qurtlar pillasi ustida olib borilgan). Shuningdek,
sakkizliklar va sinusoidal egri chiziqlarning kattaliklari ham o‘zgaradi: pilla o‘rash davri
boshlangandan to pilla o‘ralib bo‘lguncha ular asta-sekin kattalashib boradi. Pilla qobig‘ining
tashqi qavatida sakkizliklarning bo‘yi (uzunligi) 3,1 mm ga (temperatura 25°C bo‘lganda),o‘rta
qavatida 3,7 mm ga va ichki qavatida 5,1 mm ga teng bo‘ladi. Agar pilla qobig‘ining tashqi
qavatini o‘rashda ipak qurti har bir sakkizlik uchun 1,55 sekund sarflagan bo‘lsa, o‘rta qavatni
o‘rashda har bir sakkizlik uchun 2,12 sekund, ichki qavatni o‘rashda esa 2,35 sekund vaqt sarf
qilgan. Ipak tolasining yo‘g‘on-ingichkaligi ham o‘zgaradi: pilla o‘rash davrining boshlaridagi
23,28 mikrondan bu davr oxirlarida 22,28 mikrongacha ingichkalashib boradi.
Hamma ipakning 25-30% i pillaning ikki qutbiga, qolgan ipak esa ikki qutbining
yonlariga va pillaning o‘rta qismiga o‘raladi. Pilla qutblaridan baravar uzoqlikda pillani o‘rab
oluvchi geometrik ekvator yo‘li o‘tadi. Beli ingichka pillalarda bu yo‘l ingichka joyining
o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Pillani qutb tomonlaridan baravar uzoqlikda o‘rab oluvchi o‘rta
qismining sirti dinamik ekvator deb ataladi. Pillaning ekvatorida ipak o‘ralayotganda bitta yarim
sharda boshlangan paketlar ikkinchi yarim sharda tamomlanadi, bunda bir paket ketidan ikkinchi
paket navbat bilan yasalib turadi, ular «qulf» shaklida birining ustiga ikkinchisi taxlanadi,
natijada pilla qobig‘ining shu qismi belbog‘i qalinlashadi va bu bilan pilla qutblari orasida
mustahkam bog‘lanish ta’minlanadi. Ipak qurti kamdan-kam hollarda dinamik ekvatorda
paketlar yasamaydi, bunda pillaning beli ingichka joyi yaxshi o‘ralmaydi; bunday pillalarning
yarim sharlari ipak qurti bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga o‘tish vaqtida chiqargan ozroq ipak
bilan birlashgan bo‘ladi.
1394
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Pillaning dinamik ekvatorida paketlarning «qulf» shaklida taxlanishi ipak tortish vaqtida,
ayniqsa, beli ingichka (juda ingichka) pillalar ipagini tortishda qiyinchilik tug‘diradi. Bir-biriga
kirib turadigan paketlar ipak tortish vaqtida paketlar oralig‘ida ishqalanish hosil bo‘lishi, ipak
tolalarining chuvalanib ketishi va uzilishiga sabab bo‘ladi. Oval shaklli pillalar ipagi beli
ingichka pillalar ipagiga qaraganda yaxshiroq tortilishi aniqlangan. Pilla qobig‘ining asosiy
qavatini o‘rash uchun ipak qurti ipak chiqaruvchi bez ishlab chiqaradigan hamma ipak
massasining 70 - 80% ini sarflaydi.
Ipak qurti pilla qobig‘ining asosiy qavatini o‘rab bo‘lgandan keyin pilla o‘rash
jarayonining so‘nggi - to‘rtinchi bosqichiga o‘tadi. Bu vaqtga kelib, uning tanasi birmuncha
qisqaradi, boshining bir me’yordagi harakati buziladi, anchagina ingichkava seritsinga kam
bo‘lgan ipak tolalari cho‘ziq, noto‘g‘ri shaklli halqalar ko‘rinishida o‘raladi. Ipagini tortib
bo‘lmaydigan g‘ovak parda hosil bo‘ladi. G‘umbakning boshi turgan joyda bu parda yana ham
g‘ovakroq tuzilgan bo‘lib, asosiy qobiqdan bir oz qochibroq turadi.
O`ZBEKISTONDA IPAKCHILIKNI RIVOJLANISHI:
O‘zbekiston pillachiligi tarixi ya’ni yurtimizga pillani kirib kelishi va ipakchilikni
rivojlanishi tarixiy manbalarda qo‘yidagicha bayon etilgan. Ipakchilik O‘rta Osiyo davlatlariga
IV-asrda kirib kelish sabablaridan biri Xitoydan ipakchilik O‘zbekistonga yashirincha yo‘l bilan
olib o‘tilgan, ya’ni Xitoy malikalaridan biri Xitoyning G‘arbiy chegarasidagi Xotan davlati
shahzodasiga turmushga chiqib, o‘z jonini xavf ostida qoldirib, turmush o‘rtog‘iga sadoqati
sifatida sochining turmagi ichida ipak qurti tuxumini yashirib, Xotan davlatiga olib kelgan
(Xotan shahri Xitoyning uyg‘ur avtonom rayonida joylashgan. U ba’zi tarixiy manbalarda
Serinda deb atalgan. Yunoncha «Serin» so‘zi «ipak» degan ma’noni bildiradi.)
Malika ipak qurtini boqishni juda yaxshi ko‘rib, u bilan shug‘ullanish uchun ipak qurt
urug‘ini o‘z bilan birga olib o‘tganligi rivoyat qilinadi. Yana bir manbada Art Stalkerni
“Shelkovodstvo” kitobida yozishicha Buxoroning kichik Amiriga kelin bo‘lib kelgan Xitoy
Imperatorini qizi o‘z yoriga sovg‘a sifatida soch turmagiga pillani yashirib olib kelganligi bayon
qilingan. Shu bilan ipakchilik yangi bir mamlakatda rivojlanishiga sababchi bo‘lgan, ipakchilik
O‘rta Osiyo va undan Eron davlatiga tarqalgan.
Ipakchilik qaysi mamlakat bo‘lmasin, bu mavjudotni o‘z chegarasidan tashqariga olib
chiqib ketishlariga qarshilik qilingan, shunga qaramay, pillachilik turli yo‘llar bilan sekin-asta
boshqa davlatlarga ham tarqaldi. Pilladan ipak ajratib olish tasodifan kashf etilgan, deyiladi.
Xitoy Imperatorini rafiqasi Xitoy malikasi bog‘da choy ichib o‘tirganda uning piyolasiga
tut daraxtidan pilla tushgan. Pilla piyolada ma’lum vaqt qolib ketgandan keyin, tasodifan qo‘lga
olinganda undan ipak tola ajrala boshlagan.
1395
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Tarixiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Xorazm vohasi o‘tmishda pillachilik
markazlaridan biri bo‘lgan. Geograf olim Maqsudiy (940-985) u erda X asrlardayoq rivojlangan
pillachilik hunarmandchiligining mavjud bo‘lganligini yozadi. Geografiya lug‘atini tuzgan
mashhur sayyoh Yoqut Hamaviy Xorazmda ko‘plab tut daraxtlari o‘stirilganligi va pillachilik
ipakchilik ishlari rivojlanganligi haqida yozadi.
Pillachilik O‘rta Osiyoda tarqalishi bilan N.Petrovskiyning (1874) ma’lumotlariga ko‘ra,
ipakchilik Chorjo‘ydan Amudaryo bo‘ylab shimol tomonga, to G‘ijduvongacha, undan Xiva
xonligigacha tarqalgan. Buxorodan Zarafshon daryosi bo‘ylab Kattaqo‘rg‘on va
Samarqandgacha, undan Shahrisabzgacha borib yetgan. Namangan, Marg‘ilon, Andijon
okruglari va undan shimol tomonga - Toshkent, CHimkent va Turkistonga qadar tarqalgan.
Pillachilik yetib borgan joy borki, o‘sha yerli halq ipak qurti boqish bilan mashg‘ul
bo‘lgan.
Demak, Marg‘ilon, Namangan, Andijon, Qo‘qon. Xo‘jand, Xiva, Buxoro, Samarqand,
Toshkent, Chimkent shaharlari va uning atrofidagi viloyatlar juda qadim zamonlardayoq
pillachilik va har xil ipakli matolar tayyorlash bilan mashhur bo‘lgan. O‘rta Osiyo pillachiligi
tarixiga oid boshqa bir manbada (Ibrohimov, 1964) ko‘rsatilishicha, bu yerda ipakchilik boshqa
davlatlarga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil ravishda yuzaga kelgan, deyiladi.
Ilmiy kuzatishlar O‘rta Osiyoda Yer tarixining uchlamchi davrida ham tut daraxtlari va
yovvoyi pilla qurtlari bo‘lganligi haqida dalolat beradi. Bunday qurtlar asta-sekin
xonakilashtirilgan, deyishga asos bo‘ladi. Bu haqida muallif bir qancha tarixiy, lingvistik, folklor
va etnografik faktlar ham mavjudligini yozadi. Ipakdan shoyi matolar to‘qish dastlab Markaziy
Osiyoda bundan 4 ming yil ilgari vujudga kelgan va mustaqil ravishda Farg‘ona vodiysi,
Zarafshon daryosining bosh qismi va O‘zbekistonning janubida rivojlana boshlagan.
Bunga miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikdan shu paytgacha saqlangan tabiiy ipakdan
to‘qilgan mato namunalari dalildir. Yuqorida keltirilgan ikkita manbaning o‘zi pillachilik va
ipakchilik xitoyliklarga bog‘liq bo‘lmagan holda ulardan bir asr oldin yurtimizda ma’lum va
mashhurligini isbotlaydi. O‘rta Osiyoning pillachilik markazi o‘tmishda Farg‘ona vodiysi
hisoblangan. Buning isboti sifatida u joylarning tabiiy sharoiti ipak qurti uchun qulayligi,
tutzorlar barpo qilish uchun sug‘oriladigan yerlarning mavjudligi, xalqning o‘troq holda yashashi
kabi dalillarni keltirish kifoyadir. 1917 Osiyoda asosiy pillachilik rayoni Farg‘ona viloyati
bo‘lib, u yerda O‘rta Osiyoda tayyorlanadigan umumiy pillaning 80 foizdan ko‘prog‘i
tayyorlanar edi. Pillachilik hatto viloyatning gerbida ham o‘z aksini topgandi (ipak qurti kapalagi
tasviri tushirilgan edi). Bu viloyatda pillachilik bilan Qo‘qon, Namangan, Andijon, O‘sh uezdlari
shug‘ullanardi. Farg‘ona viloyatida 1900 yilda 101,4 ming 1910 yilda qariyib, 164 ming va 1914
yilda–161 ming put pilla tayyorlangan.
1396
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Turkiston o‘lkasida birorta ham pillakashlik fabrikasi bo‘lmaganligi tufayli har yili ko‘p
miqdorda pilla tashqi mamlakatlarga chiqarilar edi. Masalan, 1907 yilda Chor Rossiyasida 4570
tonna pilla tashqariga chiqarilgan bo‘lsa, uning 4170 tonnasi O‘rta Osiyoniki edi.
«Шелководство и шелковая промышленность» jurnalida yozilishicha, Rossiya pillalari
Marselga (Fransiya) jo‘natilar, u yerdan esa ipak holida yana Rossiyaga qaytar edi. Bu degan
so‘z katta mehnat evaziga tayyorlangan pillalar katta mablag‘lar sarflanib, boshqa yurtlarga
yuborilib, ipak xoliga keltirilar edi. Birinchi pillakashlik fabrikasi 1921 yil Farg‘onada, 1927 yil
Samarqandda, 1928 yilda Buxoroda sungra Marg‘ilon shahrida qurilib, ishga tushrildi. 1959
yilda Toshkent pillakashlik fabrikasi, keyinchalik 1980-85 yillarda Urganch, Shaxrisabz,
Namangan, Buloqboshi, Urganch, G‘ijduvon, Sho‘rchi, pillakashlik korxonalari ishga tushdi.
1924 yilda Farg‘onada ipakchilik ilmiy stansiyasi ochildi. Ikki yillik kursdan tashqari, 1925 yilda
Toshkent va Farg‘onada pillachilik bo‘yicha instruktorlar tayyorlaydigan 3 oylik kurslar ham
ochildi. Mazkur kursning bitiruvchilari joylarda ishbilarmon tashkilotchi va mutaxassis sifatida
o‘sha paytlarda sohaning rivoji uchun o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Hukumat
tomonidan pillachilikka e’tibor berilishi va uni ilmiy asosda rivojlantirish masalasi qo‘yilar ekan,
endi bu sohaning o‘z ilmiy muassasasi bo‘lishini hayotning o‘zi ko‘rsatdi.
O‘rta Osiyo Davlat universiteti agronomiya fakultetida 1927 yilda tashkil qilingan
ipakchilik kursi ochildi. Bo‘limda ikki oylik (qishloq instruktorlari), bir yillik (rayon
instruktorlari), ikki yillik (ipar qurti urug`chilik korxonalari uchun mutaxassislar) kurslar faoliyat
ko‘rsatgan. Ikki yillik kursga asosan O‘rta Osiyo davlat universitetining agronomiya va
biologiya fakultetining bitiruvchilari qabul qilingan. O‘rta Osiyoga pillachilik hunarining
markazi Farg‘ona vodiysi bo‘lganligi qayd etilgan. Farg‘ona viloyatida 1946-52 yillarda ipak
qurtining boqish va hosildorligini oshirish ishlari olib borilishi ya’ni O.Sultonovaning jadal qurt
boqish usulini ishlab chiqishi sababli pilla hosili 21,6 % dan 37 % gacha ya’ni 1 qutidan o‘rtacha
56,6 kg dan olganligini jadal qurt boqish usulida yozilganidan bilish mumkin.
XULOSA:
Pilla o‘rash jarayonida ipak qurti harakatlarining xarakteri va ularning
izchilligi “pilla o‘rash biodinamikasi” deb ataladi. Pilla o‘rash jarayoni tamom bo‘lgandan keyin
qurtlar beshinchi marta pust tashlaydi, ammo bu safar ular eski po‘stini tashlab, g‘umbakka
aylanadi. Asrlar davomida insoniyatga xizmat qilgan Buyuk Ipak yo‘li endilikda TRASEKA deb
qayta tiklanayotgan ekan, bu yo‘l ham mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, madaniyat, iqtisodiy
ravnaq yo‘li yangi ahamiyat kasb etmoqda.
REFERENCES
1.
Muxamedov M.M. – «Buyuk ipak yo‘li», - madaniyatlarini birlashtiruvchi yo‘l. Ipak
jurnali, 1996, 3-son,.
1397
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
2.
N.G.Bagovutdinov, va boshqalar. “Pillachilar uchun qo‘llanma” “O‘qituvchi ” nashriyoti
ruschadan tarjima. Toshkent -1984 y.
3.
Pillachilikning oziqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari etishtirish
hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori. Toshkent 2000 yil 15 mart, Xalq so‘zi ro‘znomasi 16 mart 2000
yil.
4.
Respublikada pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Toshkent, 1998, 30 mart, “Xalq so‘zi”
ro‘znomasi, 1998 yil 1 aprel № 67 (1848), 1-bet.
5.
www.sheki-ipek.com.az www.
6.
Ziyonet. Uz O‘zbek internet resurslarining katalogi:
7.
O‘zbekiston ensklopediyasi 553 bet.
