ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1171
MAKTAB KIMYO KURSIDA O‘QUVCHILARDA KIMYO FANIGA OID
BILIMLARINI SHAKLLANTIRISHDA PISA TESTLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Satimov Farrux Zafarovich
O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti
“Tabiiy fanlar” fakulteti Kimyo o‘qitish metodikasi
ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.
E-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.11078010
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bugungi kunda keng ommalashgan va yaxshi samara berib
kelayotgan, o‘quvchilarda fanga oid tushunchalarni kengroq shakllantirishda, fanga oid
bilimlarni mustahkamlash uchun xizmat qilib kelayotgan dastur PISA Xalqaro baholash
dasturining kimyo fanidagi tatbig‘i va uning samarasi haqida bir qancha ma’lumotlar keltirilgan.
PISA testlarini yana bitta ahamiyatli tomoni shundaki, unda kimyoviy tajriba o‘kazishga
sharoiti bo‘lmagan maktablar balki abituriyentlar uchun ko‘z xotirasini rivojlantirishga va
tanqidiy masalalarni qiynalmasdan ishlashlariga, labaratoriya sharoitlarida kimyoviy idishlar,
va boshqa moddalar bilan ishlashda yaxshi samara berishi haqida ushbu maqolada batafsil
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
PISA, tabiiy fanlar, OECD, kimyoviy tajriba, virtual labaatoriya, inklyuziv
ta’lim, tanqidiy fikrlash, IQ darajasi, vizual xotira, tabiiy-ilmiy savodxonlik, empiric tajriba,
ko‘nikma.
CHEMISTRY STUDENTS IN A SCHOOL CHEMISTRY COURSE PISA TESTS FOR
KNOWLEDGE BUILDING PLACE AND SIGNIFICANCE
Abstract.
This article provides some information about the implementation of the PISA
International Assessment Program for Chemistry and its effectiveness, which is widely popular
and effective today and serves to strengthen students' scientific knowledge. Another important
aspect of the PISA tests is that schools do not administer them. have conditions for conducting
chemical experiments, and so that applicants can easily develop visual memory and work on
important issues, work with chemical containers and other substances in laboratory conditions,
the information is detailed in this article.
Keywords:
PISA, natural sciences, OECD, chemistry experiment, virtual laboratory,
inclusive education, critical thinking, IQ level, visual memory, science literacy, experiential
experience, skills.
ПО ХИМИИ УЧАЩИХСЯ В ШКОЛЬНОМ КУРСЕ ХИМИИ ТЕСТЫ PISA ДЛЯ
ФОРМИРОВАНИЯ ЗНАНИЙ МЕСТО И ЗНАЧЕНИЕ
Аннотация.
В этой статье представлена некоторая информация о реализации
Международной программы оценки PISA по химии и ее эффективности, которая сегодня
широко популярна и эффективна и служит для укрепления научных знаний учащихся. Еще
одним важным аспектом тестов PISA является то, что школы их не проводят. иметь
условия для проведения химических опытов, а для того, чтобы соискатели могли без
затруднений развивать зрительную память и работать над ответственными вопросами,
работать с химическими емкостями и другими веществами в лабораторных условиях,
подробно изложенная в этой статье информация.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1172
Ключевые слова:
PISA, естественные науки, ОЭСР, химический
эксперимент, виртуальная лаборатория, инклюзивное образование, критическое
мышление, уровень IQ, зрительная память, естественнонаучная грамотность,
эмпирический опыт, навыки.
Biz bilamizki XXI asr –Axborot texnologiyalari asri hisoblanadi. Zamon rivojlangan sari
bizdan ko‘proq bilim, intilish va ko‘nikmalarni rivojlantirish zarurati oshib boraveradi.
Chunonchi, oddiy maktab qamrovini oladigan bo‘lsak qog‘ozbozlik, konspekt yozishlar
kabi holatlar tugatilib, o‘qituvchi pedagoglar uchun o‘z mahoratini oshirish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratildi.
Amaliyot davrimda o‘quvchilar bilan so‘rovnoma o‘tkazgan paytlarim, ularda kimyoga oid
qiziqishlar borligini lekin fan nuqtai nazaridan kimyo qiyin fan degan fikr ongida o‘rnashib
qolganliklarini ham guvohi bo‘ldim.Barcha fanlar qatori kimyo fanida ham PISA (The Programme
for International Student Assesment)-o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash
bo‘yicha Xalqaro dastur bo‘lib ,dasturning asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini
oshirish, ularda vizual xotirani kuchaytirish, savodxonlik darajasini turli xil testlar orqali baholash
imkonini beradigan tizim hisoblanadi.
Ushbu tizim XX asrning oxirida joriy qilingan bo‘lib, har 3 yilda bir marta o‘tkazilib
kelinadi.
Bu dasturning asosiy maqsadi, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini
balki malaka ,bilim ,ko‘nikmalarini hayotda qo‘llay olishlariga, va muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri
yo‘l topishlarida, tanqidiy fikrlarini rivojlantirishda muhim ro‘l o‘ynaydi.Undan tashqari 7 sinf
o‘quvchilarida kimyoga oid tushunchalarni shakllantirishda, kimyoviy labaratoriya asbob-
uskunalari haqida tushunchalar shakllantirishda, vizual va aqliy xotiralarini shakllantirishda
innovatsion dastur hisoblanadi.
So‘nggi yillarda BMB tomonidan rasmli testlar Davlat imtihonlarida qo‘yila boshlandi. Bu
nima beradi? Ya’ni avvallari kimyo fanidan faqat masala va mashqlar ishlagan bo‘lsak, endi
abituriyentlar labaratoriyaga oid bilimlari ham baholanadi. Rasmli PISA testlar abituriyentlarda
diqqatni jamlab eslab qolish qobilyatini, moddalardagi sifat ko‘rsatgichlari: rang o‘zgarishi,
cho‘kma yoki gaz hosil bo‘lishi, alanga rangini moddalar qanday rangga bo‘yashi kabi
jarayonlarni ko‘z xotirasi orqali eslab qolib, kimyoviy bilimlarini rivojlantirishga imkon beradi
desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Kelinglar endi kimyoga oid ba’zi PISA namunadagi teslar bilan tanishib tahlilini
ko‘rib chiqamiz:
7 sinf o‘quvchilari uchun PISA testlar
1.Idish nomi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)
probirka b) minzurka c)tubi yumaloq kolba d) stakan
Bu testni tahlil qiladigan bo‘lsak o‘quvchilar bu idishni nomi nima
ekanligini va nima maqsadlarda ishlatilishini ,qanday qizdirish kerakligini o‘qituvchi ko‘magida
o‘rgnishlari ham mumkin.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1173
2
. Idish nomi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) universal shtativ b) tubi yassi kolba c) o’lchov kolba d) pipetkalar
Bu labaratoriya jihozi ham eng ko‘p labaratoriyalarda moddalarni olishda
zarur jihoz hisoblanadi.Uning o‘zagiga biriktirilgan qo‘shimcha vositalar nima vazifani
bajarishi haqida ham ma’lumot berilsa o‘quvchilar xotirasida yaxshi esda qoladi.
3. Idish nomi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a)
probirka b) minzurka c) tubi yumaloq kolba d) stakan
4.
Ushbu rasmda qaysi moddaning formulasi keltirilgan?
A) Is gazi B) Karbonat angdrid C)sulfat angdrid D)Uglerod monooksid
Bu test esa o‘quvchilarda modda formulalarini eslab qolishga yordam beradi.
5. bu qaysi modda?
A) Havo B)suv C)Tuz D)Ishqor
PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:
Bir javobli testlar
;
Bir nechta javobli testlar
;
Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar
;
Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri
(odatda bunday savollarda
tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi
talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi).
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1174
Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hk)
duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi.
Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin
boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi.
Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir
boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga
koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish
koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy maqsadidir.
Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari bilan
birga), biologiya, kimyo va geografiya fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi koʻzda tutilgan.
XULOSA
Kimyo fanini o‘qitishda, amaliy va nazariy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda
amaliyot hamkorligini ta’minlash, o‘quvchilar bilan birga ko‘rgazmali qurollar yasash, turli xil
munozarali, kimyo kechalarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘ysak ularda kimyoga ya’ni fanga nisbatan
mehr uyg‘ota olsak biz o‘z maqsadimizga yetishgab bo ‘lamiz. PISA testlari orqali berilayotgan
va mustahkamlanayotgan bilimlar o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshirishda va kimyo
darslarida PISA asosli o‘quv materiali o‘quvchilarga amaliyot o‘tkazish, empirik tajribalarni
boyitish, va tanqidiy fikrlash qobilyatini oshirishda beminnat yordamchi bo‘la oladi.
REFERENCES
1.
http://reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/content/4653/html/88144/pisa%20test.html
2.
https://edu-chem.uz/pisa-testlarozingizni-sinab-koring.html
4.
Rahmatullayev N.G va boshqalar. “Kimyo fani yutuqlari va zamonaviy ta’lim
texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish masalalari”. Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi maqolalar majmuasi.
5.
“Fan va texnologiyalar markazining bosmaxonasi”. 2007.
6.
Rahmatullayev N.G. “Pedagogik ta’lim”jurnali .2002-2007 yilar
7.
Asqarov I.R, G'opirov K.G'. Rustamov A. Rahimov. M. "Kimyodan test". Toshkent.
"O'qituvchi". 1994.-256 bet
8.
Asqarov I.R. Mamasoliyev M.M., A.X. Majidov. "Maktabda kimyodan amaliy
mashg'ulotlar". Toshkent. "O'qituvchi". 1992.-286 bet.
