BIOREGULATION OF SODIUM IN THE HUMAN BODY CHARACTERISTICS, ITS TOXIC-PHARMACOLOGICAL EFFECT. IMPORTANCE OF THE CONNECTIONS USED IN MEDICINE

HAC
Google Scholar
f
957-960
0
0
To share
Satimov, F. (2024). BIOREGULATION OF SODIUM IN THE HUMAN BODY CHARACTERISTICS, ITS TOXIC-PHARMACOLOGICAL EFFECT. IMPORTANCE OF THE CONNECTIONS USED IN MEDICINE. Modern Science and Research, 3(2), 957–960. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30493
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the biogenic element sodium, important for the human body, carries out bioregulation in the body, its participation in metabolism in cells and tissues, its effect on increasing the cellular buffer through redox processes, the synthesis of chlorine salt with HCl, hydrochloric acid of gastric juice and acid - information is given on the importance of maintaining the basic balance of physiological solutions used in medicine.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

957

NATRIYNING INSON ORGANIZMIDAGI BIOREGULYATORLIK XUSUSIYATLARI,

UNING TOKSIKO-FARMAKOLOGIK TA’SIRI. TIBBIYOTDA ISHLATILADIGAN

BIRIKMALARINING AHAMIYATI.

Satimov Farrux Zafarovich

O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti

“Tabiiy fanlar” fakulteti Kimyo o‘qitish metodikasi

ta’lim yo‘nalishi talabasi.

E-mail:

zafarbaltabayev1970@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10895088

Annotatsiya.

Usbu maqolada inson organizmi uchun muhim bo‘lgan biogen element

natriyning organizmdagi bioregulyatorlik xususiyati,hujayra va to‘qimalarda boradigan
moddalar almashinuvidagi ishtiroki,oksidlanish-qaytarilish orqali hujayra buferligining
oshishiga ta’siri,xlorli tuzining oshqozon shirasi tarkibidagi HCl xlorid kislotasi bilan
sintezlanishi,

hamda

kislota-asos

muvozanatini

boshqarishdagi

ahamiyati,tibbiyotda

ishlatiladigan fiziologik eritmalari haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Biotik ta’sir, oligobiogen, biomolekulyar, HCl sintezlanishi, buferlik,

fosforoprotein, izotonik.

BIOREGULATION OF SODIUM IN THE HUMAN BODY CHARACTERISTICS, ITS

TOXIC-PHARMACOLOGICAL EFFECT. IMPORTANCE OF THE CONNECTIONS

USED IN MEDICINE

Abstract.

In this article, the biogenic element sodium, important for the human div,

carries out bioregulation in the div, its participation in metabolism in cells and tissues, its effect
on increasing the cellular buffer through redox processes, the synthesis of chlorine salt with HCl,
hydrochloric acid of gastric juice and acid - information is given on the importance of maintaining
the basic balance of physiological solutions used in medicine.

Keywords:

Biotic effect, oligobiogenic, biomolecular, HCl synthesis, buffering,

phosphoroprotein, isotonic.

БИОРЕГУЛЯЦИЯ НАТРИЯ В ОРГАНИЗМЕ ЧЕЛОВЕКА ХАРАКТЕРИСТИКА,

ЕГО ТОКСИКО-ФАРМАКОЛОГИЧЕСКОЕ ДЕЙСТВИЕ. ЗНАЧЕНИЕ

СОЕДИНЕНИЙ, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В МЕДИЦИНЕ.

Аннотация.

В данной статье биогенный элемент натрий, важный для организма

человека, осуществляет биорегуляцию в организме, его участие в обмене веществ в
клетках и тканях, его влияние на увеличение клеточного буфера посредством
окислительно-восстановительных процессов, синтез хлорной соли с HCl, соляной кислотой
желудочного сока и кислотой - даны сведения о важности поддержания основного баланса
физиологических растворов, применяемых в медицине.

Ключевые слова:

Биотический эффект, олигобиогенный, биомолекулярный, синтез

HCl, буферизация, фосфоропротеин, изотонический.


Tirik organizmlardagi hayotiy jarayonlarda bevosita ishtirok etuvchi yoki shu moddalar

tarkibiga kiruvchi elementlar biogen elementlar deb ataladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

958

Odam organizmida kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi 80 dan ortig‘i saqlanib,ular

o‘zaro nafaqat bajaradigan vazifasi balki biologik xossalari bilan,organizmdagi to‘qimalar va
hujayralarda teng taqsimlanishi bilan ajralib turadi.

Inson organizmining o‘sishida, akseleratsiyalik xususiyatlari, organizmdagi yangi

hujayralarning adaptatsiyalik xususiyatida biogen elementlar va ekosistema katta ro‘l o‘ynaydi.
Jumladan, ona qornidagi homilaning jigaridagi mis va yangi tug‘ilgan chaqaloqnikidan 10 barobar
ko‘p bo‘ladi.

Organizmimizdagi ba’zi a’zolarimiz o‘zlarida depo xususiyatini namoyon qiladi. Ulardagi

elementlar organizmimizning ehtiyojiga qarab asta-sekin sarflanishi xususiyati shakllangan.

Masalan, hammamiz bilgan jigar, qon deposi vazifasini bajarsa, undan tashqari 30 dan ortiq

oelementni depo(zahira) sifatida saqlaydi. Bu elementlarga Fe, Co, Si, Mn, Zn va boshqa
elementlar zahira sifatida yig‘iladi.

Ba’zi bioogen elementlar masalan mishyak As ning asosiy o‘zgarmas depo vazifasi teri

to‘qimalari deposi hisoblanadi. Terining tez-tez yangilanib turishi, terida moddalar va nerv
hujayralarini oziqlantirish vazifasini bajaradi.

Bu xususiyatlarni istisno qiluvchi elementlardan rux Zn hisoblanadi rux ionlari Zn

2+

ionlari

faqat jinsiy bezlar faoliyatida ishtirok etib qolmasdan, oqsil, yog‘, minerall moddalar
almashinuvida ishtirok etadi.

Inson organizmida biror vitamin yoki biogen elementning vitaminoz yoki avitaminoz,

gipovitaminoz holatlari organizm uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Natriy inson organizmi uchun nihoyatda zarur bo‘lgan oligobiogen element

bo‘lib,organizmdagi umumiy miqdori 0,25-0,30% atrofida bo‘ladi.

Natriy biomolekulyar holda, boshqa biogen elementlarni tashish, stimulyatorlik, nerv

impulslari hosil qilishda, osmotik bosimni normada saqlashda muhim bioregulyator element
vazifasini bajaradi.

Natriy hujayra tashqi muhit suyuqligining ioni hisoblanib, uning nerv hujayra sirtqi

muhitidagi miqdori ichidagidan 15 barobar ko‘p.Bunday konsentratsiya nomutanosibliklari
doimiy energiya sarfini talab qiladi.Bir so‘z bilan aytganda natriy “nasos’’vazifasini bajaradi.

Organizmda natriy ionlarining miqdori kamayishi organizmdagi osmotik bosimni boshqa

ionlar bila qayta tiklanmaydigan darajada o‘zgartiradi,oqibatda suyuqlik hujayra ichiga kirib shish
hosil qiladi.

Organizmda natriy va kaliy ionlari doim bir-biriga qarama-qarshi tarzda antagonistik

ta’sirda bo‘ladi. Masalan, organizmda natriy ionlari miqdori oshishi, kaliy ionlari miqdorining
kamayishi bilan kechadi.

Natriyning antidotlik xususiyati. Tibbiyotda natriyning CaN

2

EDTA (EDTA ning kalsiy-

natriyli tuzi) berilishi siydik tarkibida ajralib chiqayotgan temir miqdorining 13-45 marotaba, axlat
bilan chiqayotgan misning miqdorini esa 2-5 barobarga ortishiga olib keladi. Buning natijasida
avitaminoz, yanada kamayib ketishi o‘limga olib keladi.

Natriy xloridning 0,86% li eritmasi fiziologik eritma, ko‘p qon yo‘qotilganda,organizm

suvsizlanganda tomirdan in’eksiya qilinadi.

Natriy o‘rtacha 60 kg odam organizmida o‘rtacha 60 g ni tashkil etadi. Hujayra tashqi

suyuqligining musbat ioni (Na

+

) ta’minlash, suv balansi, eng muhim elektrolitlar o‘zlashtirilishida,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

959

nerv impulslar normal o‘tishida muhim ahamiyatga ega. Natriy makrobiogen element bo‘lib, turli
biomolekulalar tarkibiga kirib, K

+

,Ca

2+

,va Mg

2+

ionlari bilan birgalikda nerv impulslari hosil

qilish,va aksonlar bo‘ylab o‘tkazishda ishlatiladi.

Odam organizmidagi elektrolit ionlarining miqdoriy o‘zgarishlari qator ko‘ngilsiz

natijalarga olib kelishi shubhasiz. Masalan, organizmdagi natriy ionlarining kamayishi qon
quyilishi kasalligini bu esa bevosita tromblar hosil qilib yurak-qon tomir tizimida qon aylanishning
buzilishiga olib keladi. Natijada qon qovushqoqligi 5.0 dan ortib ketadi, yurak qon bilan
ta’minlanmay qolib kuchli sanchiq sezilishi, natijada organizm o‘limiga saba bo‘lishi mumkin.
Natriy ionlarining kamayishi kislotali muhitning kuchayishiga ya’ni atsidozga olib keladi.
Natijada organizm o‘sishi sekinlashadi. Natriy ionlarining hujayra ichiga kirishi natijasida kelib
chiqqan hujayra membranasining depolyarizatsiyasi kalsiy kanallarini faollashtiradi.

Nerv va muskul hujayralarining sirtidagi suyuqlikka nisbatan protoplazmasida kaliy ionlari

20-50 baravar ko‘proq, natriy ionlari 8-10 barobar kamroq bo‘ladi.Bu natriy va kaliy izatoplari
yordamida o‘tkazilgan tajribada isbotlangan.

Aldosteron buyrakning distal kanalchalarida Na

+

reabsorbsiyasini va bir vaqtning o‘zida

kaliy ionlarini siydik bilan ko‘p chiqib ketishini kuchaytiradi.

Aldosteron gormon sekretsiyasining pasayishi organizmdan natriy va suvning ko‘plab

chiqib ketishiga sabab bo‘ladi,natijada qon-tomir tizimida tromblar hosil bo‘ladi va aretmiya
yuzaga keladi. Agar qonda giponatriyemiya va gipokalsiyemiya kuzatilsa, sezilarli darajada
bo‘lmasa ham bu gormonning sekretsiyasi kortikotropin tomonidan ham stimullanadi.

Hayvonlarda buyrak usti bezi po‘stlog‘i olib tashlansa, ular tezda o‘lib qoladi. Buning

asosiy sababi–siydik bilan ko‘p miqdorda natriy yo‘qolishi va buning natijasida qon va
to‘qimalardagi natriyning keskin kamayishidandir. Organizmga ko‘p miqdorda natriy yuborib ,bu
hayvonlar umrini bir necha vaqtga cho‘zsa bo‘ladi.

Natriy reabsorbsiyasi buyrak usti bezi po‘stloq moddasining aldesteron gormoni ta’sirida

nefronning distall kanallari oxiri va yig‘uvchi naychalarda kuchayadi.Aldasteron sekretsiyasi qon
hajmi kamayganda va plazmada natriy ionlari miqdori kamayganda kuchayadi.Yurak
bo‘lmachalaridan ajralib chiqadigan natriyuretik gormon natriy reabsorbsiyasini tormozlab,uni
chiqib ketishini kuchaytiradi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Natriy organizm normal fiziologiyasi uchun

biostilulyator element bo‘lib qoladi. Uning birikmalari asosan tuzlar holida qazib olinadi va qayta
ishlanadi. Qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan natriy xlorid NaCl osh tuzi asosan
dengiz suvlarida ko‘proq uchraydi. Orol dengizining qurigan qismida minglab tonna tuzlar shamol
yordamida minglab kilometr masofalarga uchib borishi va odamlar salomatligiga, nafas olish
yo‘llarida hastaligi bor bemorlarga jiddiy tasir ko‘rsatdi.

So‘nggi yillardagi izlanishlar va iinovatsion usullar yaratilib tuzning uchuvchanligini

kamaytirish, saksovulzorlar plantatsiyasini ko‘paytirish ishlari 50% dan oshdi. Jumladan
Natriyning birikmalaridan o‘g‘it ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Inson uchun birinchi baxt uning sog‘ligi hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Sobirjon Masharipov “Tibbiy kimyo” Toshkent-2018. Sahifalar:9-10,15-16,41-42


References

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов